09.06.2022 yildagi PF-152-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.06.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6218-son va 2021-yil 23-noyabrdagi “Orolboʻyi mintaqasida tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-25-son farmonlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4796-son hamda 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-104-son qarorlariga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Markaziy bank raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 9-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-152-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-son Farmoniga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi “2020 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-5992-son Farmoni quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“71. Belgilansinki, Markaziy bankning faoliyat yuritishini taʼminlovchi oʻz idoraviy boʻysunuvidagi korxona va tashkilotlarning tegishli tuzilmaviy boʻlinmalari Markaziy bank, shuningdek, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha bosh boshqarmalari hududi va binolarida bepul joylashtiriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3165-son qarorining 6-bandidan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-iyundagi “Xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4752-son qarorining 2-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“mazkur qarorga muvofiq jalb etilgan resurs mablagʻlarining muddatidan kelib chiqib, avval ajratilgan kreditlarning soʻndirilgan qismi hisobidan xizmatlar sohasidagi yangi loyihalarni (moliya sohasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar va xizmatlar sohasida aylanma mablagʻlarni toʻldirish hollari bundan mustasno) moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan 14 foiz stavkada bitta loyiha boʻyicha 2 milliard soʻmgacha miqdorda kreditlar ajratiladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4796-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2-ilovaning 14-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

14.

“Jahon bankining “Jahon rivojlanish indikatorlari” (World Development Indicators, World Bank) maʼlumotlar bazasida Oʻzbekiston Respublikasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirish.

1. Jahon bankining “Jahon rivojlanish indikatorlari” maʼlumotlar bazasida Oʻzbekiston Respublikasi toʻgʻrisida mavjud boʻlmagan indikatorlarni shakllantirish uchun tegishli xalqaro va hukumat idoralari hamda xususiy tashkilotlar bilan birgalikda hamkorlik va tegishli dasturlar doirasida indikatorlarni xalqaro tan olingan va tavsiya etilgan uslubiyat asosida aks ettirilishini taʼminlash.

Doimiy

Iqtisodiy taraqqiyot vazirli�i

(I. Norkulov),

Davlat statistika qoʻmitasi

(B. Begalov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

(masʼul boʻlgan indikatorlar doirasida)

2. Jahon bankining “Jahon rivojlanish indikatorlari” maʼlumotlar bazasida Oʻzbekiston Respublikasi toʻgʻrisida shakllangan indikatorlarni monitoring qilish va Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portalida (data.gov.uz) aks ettirish.

Har chorak (hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar)

Davlat statistika qoʻmitasi

(B. Begalov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

”;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 3-ilovaning oʻn uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“A.A. Ikramov — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Statistika kengashi kotibi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari”gi PQ-5113-son qarorining 5-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“mazkur qarorga muvofiq jalb etilgan resurs mablagʻlarining muddatidan kelib chiqib, avval ajratilgan kreditlarning soʻndirilgan qismi hisobidan xizmatlar sohasidagi yangi loyihalarni (moliya sohasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar va xizmatlar sohasida aylanma mablagʻlarni toʻldirish hollari bundan mustasno) moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan 14 foiz stavkada bitta loyiha boʻyicha 2 milliard soʻmgacha miqdorda kreditlar ajratiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-avgustdagi “Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5233-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining investorning qiymati 200 milliard soʻmdan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun — 50 milliard soʻmdan) oshadigan, uning oʻz mablagʻlari ulushi 25 foizdan kam boʻlmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarini (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihalari) zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun ushbu tartib boʻyicha 50 milliard soʻmdan 200 milliard soʻmgacha boʻlgan investitsiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash xarajatlari ushbu loyihalar qiymatining 20 foizidan oshmasligi lozim”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2, 3, 6, 8 va 9-bandlardan “qiymati 200 milliard soʻmdan oshadigan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5296-son Farmoni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi “Qimmatbaho metallar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6066-son Farmoniga 1-ilovaning 3-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3620-son qarorining 1 va 2-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 3-iyuldagi 332-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida, Markaziy bankida va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida konsultantlar lavozimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 926-son “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan, davlat daromadiga oʻtkazilgan va berilgan boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasiga sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga ilovaning 95-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga 1-ilovaning 6-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 834-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga 1-ilovaning 6-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida”gi qaroriga 4-ilovaning 18-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)