26.05.2022 yildagi PQ-260-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.05.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2021-yil 18-noyabrda Toshkent shahrida va 2021-yil 19-noyabrda Moskva shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasidagi yadroviy avariya haqida tezkor xabar berish hamda yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida axborot almashish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida Rossiya tomoniga tegishli bildirishnoma yuborsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 26-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-260-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2022-y., 07/22/260/0453-son; 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)