20.05.2022 yildagi PF-139-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dorivor oʻsimliklar xom ashyo bazasidan samarali foydalanish, qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlash orqali qoʻshimcha qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dorivor oʻsimliklar xom ashyo bazasidan samarali foydalanish, kasalliklarning oldini olish va davolashda dorivor oʻsimliklarni keng qoʻllash, dorivor oʻsimliklarning madaniy plantatsiyalarini barpo etayotgan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash orqali chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda qoʻshimcha qiymat zanjirini yaratish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tumanlar qizilmiya, zaʼfaron, kavrak, lavanda, steviya, moychechak, naʼmatak, ravoch, mavrak, dalachoy, togʻrayhon, boʻymadaron, kiyik oʻti, kovul, qalampir yalpiz va boshqa dorivor oʻsimliklar yetishtirish boʻyicha hududlar kesimida ixtisoslashtiriladi. Bunda, 2022-yildan 2026-yilgacha 36 000 gektar maydonda yangi dorivor oʻsimliklar plantatsiyalari tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yaratilayotgan har 10 gektar yer maydonidagi dorivor oʻsimliklarning madaniy plantatsiyalariga suv chiqarish uchun burgʻilangan quduq qazish, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortish maqsadida nasos stansiyasini qurishga suv tejovchi texnologiyalarni qoʻllash sharti bilan har bir metri uchun 600 ming soʻmdan, ammo 120 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining tegishli dalolatnomasiga asosan respublika budjetidan tegishincha Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi orqali subsidiya ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dorivor oʻsimliklarni madaniy plantatsiya tashkil qilish orqali yetishtirish uchun belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkalariga boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksportbop dorivor oʻsimliklar yetishtirishni kengaytirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi “Mahallalarda tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlik subyektlari bilan aholi oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5214-son qarori 4-bandida nazarda tutilgan imtiyoz va moliyalashtirish tartiblari dorivor oʻsimliklarni yetishtirish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2022-yil 1-iyundan boshlab Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining 100 milliard soʻm mablagʻlari hisobidan tijorat banklari orqali quyidagilarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fermer, dehqon xoʻjaliklari va boshqa mahsulot yetishtiruvchilarga — dorivor oʻsimliklarni yetishtirish uchun yillik 14 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga kreditlar ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dorivor oʻsimliklarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga — yetishtirilgan mahsulotni xarid qilishga talab etiladigan aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun yillik 14 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada 12 oylik “revolver” kreditlar ajratiladi. Bunda, ushbu kredit hisobidan klaster va kooperatsiyalarning tijorat banklaridan olingan boshqa kreditlarini soʻndirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bilan birgalikda dorivor oʻsimliklarni chuqur qayta ishlashni (dorivor oʻsimliklarni qayta ishlash asosida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni) moliyalashtirish uchun Jahon bankining “Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish”, “Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihalari va Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida 20 million AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlarni tijorat banklariga ajratish choralarini koʻrsin. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu mablagʻlar milliy valyutada yillik 14 foiz stavkada tijorat banklariga resurs sifatida joylashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat banklari 5 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga yillik 17 foiz stavkada (shundan 3 foizi bank marjasi) tijorat krediti ajratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori S.X. Kariyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat hokimlari bilan birgalikda ikki oy muddatda har bir hududda kamida bittadan dorivor oʻsimliklar klasterini tashkil etish boʻyicha loyiha takliflarini ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2022-2023-yillarda dorivor oʻsimliklarni qayta ishlash boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli roʻyxatini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 1-yanvarga qadar dorivor oʻsimliklarni yetishtirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etadigan tadbirkorlik subyektlaridan olinadigan yer soligʻi, foyda soligʻi va mol-mulk soligʻi stavkalari 50 foizga kamaytiriladi. Bunda, mazkur xatboshiga asosan soliqlardan ozod qilinadigan mablagʻlar dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini kengaytirishga yoʻnaltirilishi shart;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dorivor oʻsimliklar xom ashyosidan biologik faol qoʻshimchalar, essensiyalar va ekstraktlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari hamda biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyo va materiallar, qadoqlash materiallari belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha 2025-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash uchun foydalaniladigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari, asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar, kimyoviy preparatlar hamda himoya vositalarini olib kirishda qoʻshimcha qiymat soligʻini 180 kunga kechiktirib toʻlash imkoniyati beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-228-sonli Farmoniga asosan 4-band beshinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Sogʻliqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrdan boshlab dorixona sotuv zali peshtaxtalarining kamida 10 foiziga dorivor oʻsimliklar xom ashyosidan tayyorlangan biologik faol qoʻshimchalar va dori vositalarini joylashtirishni dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishning litsenziya talablari va shartlariga kiritish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Bosh prokuratura (Sh.J. Raximov) va Hisob palatasi (B.T. Turabov) dorivor oʻsimliklarni qayta ishlash boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalar doirasidagi mablagʻlarning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin hamda har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalariga dorivor oʻsimliklarni tabiiy muhitdan terib olishga kvota ajratish va uning shartlariga qatʼiy rioya qilinishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini oʻrnatish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.A. Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A.K. Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev), Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A.A. Xaitov) bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida mazkur Farmonning mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirishga oid materiallar, turkum telekoʻrsatuvlar namoyish etilishini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur Farmonning ijrosini tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev, sogʻliqni saqlash vaziri B.A. Musayev, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi raisi B.Q. Sharipov, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 20-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-139-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 06/22/139/0442-son; 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son)