20.05.2022 yildagi PF-138-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni

Ish haqi miqdorini oshirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻlamini kengaytirish hamda fuqarolarning daromadlarini izchil oshirib borish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2022-yil 1-iyundan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 12 foizga oshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2022-yil 1-iyundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 920 000 soʻm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bazaviy hisoblash miqdori — oyiga 300 000 soʻm etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori oshirilishi bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish beruvchilarga ish haqi miqdorini qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan holda toʻlashni taʼminlab, ish haqi miqdorini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga muvofiq oshirish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ushbu Farmonning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-avgustdagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi PF-6279-son Farmonining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur Farmonning ijrosini taʼminlash uchun masʼul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 20-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-138-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 06/22/138/0441-son)