16.05.2022 yildagi O‘RQ-769-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 28-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 28-aprelda maqullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda; № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 10-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 20-moddaning 2-bandidagi “hakamlik sudi sudyasi” degan so‘zlar “hakamlik sudi sudyasi, arbitr” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“41) arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlar”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettinchi qismi “birinchi qismining” degan so‘zlardan keyin “41” raqami bilan to‘ldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) quyidagi mazmundagi 281-modda bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“281-modda. Arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlar jumlasiga “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan quyidagi arizalar bo‘yicha ishlar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) arbitrni tayinlash to‘g‘risidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) arbitrni rad etishni qanoatlantirish haqidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) arbitr vakolatlarining amal qilishini tugatish xususida qaror qabul qilish to‘g‘risidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish haqidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ta’minlash choralarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) ta’minlash choralarini ko‘rish haqidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) dalillarni olishga ko‘maklashish to‘g‘risidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida sanab o‘tilgan ishlar iqtisodiy sudlar tomonidan iqtisodiy sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ushbu Kodeksning 291-bobida ko‘rsatilgan o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda birinchi qismining 1 — 4, 7 va 8-bandlarida sanab o‘tilgan ishlar iqtisodiy sudlar tomonidan faqat, agar arbitraj joyi O‘zbekiston Respublikasida joylashgan bo‘lsa, ko‘rib chiqiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) 32-moddaning ikkinchi qismi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshisi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Arbitrni tayinlash, arbitrni rad etishni qanoatlantirish, arbitr vakolatlarining amal qilishini tugatish xususida qaror qabul qilish, arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish, dalillarni olishga ko‘maklashish, shuningdek arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza arbitraj joylashgan erdagi iqtisodiy sudga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ta’minlash choralarini tan olish va ijroga qaratish, arbitraj sudida ko‘rilayotgan da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi ariza arbitraj joylashgan erdagi yoki qarzdor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi yoxud, agar qarzdor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy noma’lum bo‘lsa, uning mol-mulki turgan joydagi iqtisodiy sudga beriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) 53-moddaning ikkinchi qismi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“arbitrlar, arbitraj tarkibi tomonidan tayinlangan ekspertlar, arbitraj muassasasining xodimlari, hakamlik sudyalari — arbitraj yoki hakamlik muhokamasi davomida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan holatlar to‘g‘risida”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshisi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) 93-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Arbitraj sudida ko‘rilayotgan da’voni ta’minlash choralari arbitraj muhokamasi tarafining arizasiga ko‘ra iqtisodiy sud tomonidan ko‘rilishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi arbitrajning hal qiluv qarori ta’minlash choralarini iqtisodiy sud tomonidan bekor qilish uchun asos bo‘ladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sakkizinchi qismi to‘qqizinchi qism deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bandi “hakamlik sudi” degan so‘zlardan keyin “arbitraj sudi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ushbu nizoni hakamlik sudiga yoki arbitrajga ko‘rish uchun topshirish to‘g‘risidagi kelishuvi mavjud bo‘lib, hakamlik sudiga yoki arbitrajga murojaat qilish imkoniyati boy berilmagan bo‘lsa va, agar ishning iqtisodiy sudda ko‘rilishiga qarshi bo‘lgan javobgar o‘zining nizoning mazmuni bo‘yicha birinchi arizasidan kechiktirmay nizoni hakamlik sudining yoki arbitrajning hal qiluviga o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma bersa”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) 110-modda quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“31) ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan arbitrajning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa, bundan iqtisodiy sud arbitrajning hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etgan hollar mustasno”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) 154-moddaning birinchi qismi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bandi “hakamlik sudining” degan so‘zlardan keyin “arbitraj sudining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“41) ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan arbitrajning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa, bundan iqtisodiy sud arbitrajning hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etgan hollar mustasno”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 51-band bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“51) ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan arbitraj muhokamasini tugatish to‘g‘risida chiqarilgan ajrim mavjud bo‘lsa, bundan arbitraj sudida ushbu nizoni ko‘rib chiqish vakolati mavjud emasligi sababli arbitraj muhokamasi tugatilganligi holati mustasno”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) quyidagi mazmundagi 291-bob bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“291-bob. Arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Arbitraj muhokamasiga ko‘maklashish bilan bog‘liq ishlarni yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2321-modda. Arbitraj muhokamasiga ko‘maklashish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqishning umumiy qoidalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bobda belgilangan qoidalar arbitraj muhokamasi taraflarining arbitrni tayinlash, arbitrni rad etishni qanoatlantirish, arbitr vakolatlarining amal qilishini tugatish xususida qaror qabul qilish, arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish, ta’minlash choralarini tan olish va ijroga qaratish, ta’minlash choralarini ko‘rish, dalillarni olishga ko‘maklashish to‘g‘risidagi arizalari iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqilayotganda qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2322-modda. Arizaning shakli va mazmuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 2321-moddasida ko‘rsatilgan arizalar yozma shaklda beriladi va arbitraj muhokamasining tarafi yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak, arbitraj sudi tomonidan dalillarni olishga ko‘maklashish to‘g‘risida berilgan ariza esa raislik qiluvchi arbitr tomonidan imzolanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi;

2) arbitraj sudining nomi, arbitrajning joylashgan eri va tarkibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) arbitraj muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan eri (pochta manzili) yoki yashash joyi;

4) talabga asos bo‘lgan holatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) talabning asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalillarni olishga ko‘maklashish to‘g‘risidagi arizada ish uchun ahamiyatli bo‘lgan qaysi holatlar ushbu dalil bilan aniqlanishi mumkinligi ham ko‘rsatilgan bo‘lishi, dalil belgilanishi va uning turgan eri ko‘rsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizada taraflarning telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili va boshqa ma’lumotlari ko‘rsatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ariza arbitraj muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan bo‘lsa, arizaga vakilning arizani imzolashga bo‘lgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arbitrni tayinlash, arbitrni rad etishni qanoatlantirish, arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish haqidagi ariza “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16, 18 va 21-moddalarida ko‘rsatilgan muddat ichida berilishi mumkin. Ko‘rsatilgan muddat iqtisodiy sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, o‘tkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 2323-moddasida, ushbu moddaning birinchi, ikkinchi, uchinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, ariza ushbu Kodeksning 155-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha arizachiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2323-modda. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 2321-moddasida ko‘rsatilgan arizalarga quyidagilar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) arbitraj bitimining asl nusxasi yoki uning tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) arizaning ko‘chirma nusxasi arbitraj muhokamasining boshqa tarafiga topshirilganligi haqidagi xabarnoma yoki xabarnoma yuborilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) arbitrni tayinlash to‘g‘risidagi arizaga — arbitraj sudiga da’vo taqdim etilganligining dalillari; arizachi (arbitraj muhokamasi taraflari) tomonidan arbitr tayinlanganligi yoxud arbitrni tayinlash tartib-taomiliga rioya etilmaganligi dalillari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) arbitrni rad etishni qanoatlantirish haqidagi arizaga — arbitraj sudiga da’vo taqdim etilganligining dalillari; arbitrni rad etish haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha arbitraj sudi ajrimining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi. Doimiy arbitraj muassasasi ajrimining ko‘chirma nusxasi ushbu arbitraj muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi, muayyan nizoni hal qilish uchun tashkil etilgan arbitraj sudi ajrimining ko‘chirma nusxasidagi arbitr imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) arbitr vakolatlarining amal qilishini tugatish xususida qaror qabul qilish to‘g‘risidagi arizaga — arbitraj sudiga da’vo taqdim etilganligining dalillari; arbitr o‘z vazifalarini bajarishi mumkin emasligini tasdiqlovchi dalil yoki arbitrning o‘z vazifalarini amalga oshirishga asossiz ravishda kechikishsiz kirishmaganligini tasdiqlovchi dalil;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish haqidagi arizaga — arbitraj sudining o‘z yurisdiksiyasi haqidagi ajrimining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi. Doimiy arbitraj muassasasi ajrimining ko‘chirma nusxasi ushbu arbitraj muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi, muayyan nizoni hal qilish uchun tashkil etilgan arbitraj sudi ajrimining ko‘chirma nusxasidagi arbitr imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ta’minlash choralarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi arizaga — arbitraj sudining ta’minlash choralari ko‘rilganligi haqidagi ajrimining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi. Doimiy arbitraj muassasasi ajrimining ko‘chirma nusxasi ushbu arbitraj muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi, muayyan nizoni hal qilish uchun tashkil etilgan arbitraj sudi ajrimining ko‘chirma nusxasidagi arbitr imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) ta’minlash choralarini ko‘rish haqidagi arizaga — arbitraj sudiga da’vo taqdim etilganligining dalillari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) dalillarni olishga ko‘maklashish to‘g‘risidagi arizaga — arbitraj sudining ish yurituvida nizo mavjud bo‘lib, uni hal etish uchun dalillar zarurligi va bu dalillarni olish uchun ko‘maklashish haqida ariza berilganligining dalili.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet tilida tuzilgan hujjatlarni iqtisodiy sudga taqdim etishda ushbu hujjatlarga ularning davlat tilidagi yoki iqtisodiy sud ishlari yuritilayotgan tildagi tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimasi qo‘shib topshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2324-modda. Arbitraj muhokamasiga ko‘maklashish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud muhokamasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ta’minlash choralarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi, ta’minlash choralarini ko‘rish haqidagi arizalar bo‘yicha ishlar ariza kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arbitrni tayinlash, arbitrni rad etishni qanoatlantirish, arbitr vakolatlarining amal qilishini tugatish xususida qaror qabul qilish, arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish, dalillarni olishga ko‘maklashish to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha ishlar ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kun ichida ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arbitraj muhokamasiga ko‘maklashish bilan bog‘liq ishlar iqtisodiy sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha mazkur bobda ko‘rsatilgan o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan ishlarni ko‘rib chiqish chog‘ida sud doimiy arbitraj muassasasi arbitrlarining ro‘yxatiga kiritilgan arbitrlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqilayotgan ish bilan bog‘liq bo‘lgan ish materiallarini talab qilib olishi mumkin. Arbitraj muassasasi talab qilib olinadigan hujjatlarni so‘rov qabul qilinganidan keyingi kundan kechiktirmay iqtisodiy sudga taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy sud ishlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy sudning ta’minlash choralarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi hamda ta’minlash choralarini ko‘rish haqidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha chiqarilgan ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2325-modda. Arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arbitraj muhokamasining tarafi arbitrajning hal qiluv qarori ustidan iqtisodiy sudga arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani berish orqali shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda ishtirok etishga jalb etilmagan, huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan shaxslar ham arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ushbu arizani bergan taraf arbitrajning hal qiluv qarorini olgan sanadan e’tiboran, “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi Qonunning 49-moddasiga muvofiq iltimosnoma berilgan taqdirda esa ushbu iltimosnoma bo‘yicha arbitraj sudi tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingan sanadan e’tiboran yoki ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, huquq va majburiyatlari to‘g‘risida arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan shaxs arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani berish uchun asos bo‘lgan holatlarni bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan sanadan e’tiboran uch oy o‘tgach berilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida ariza kelib tushgan taqdirda, iqtisodiy sud arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi masala bo‘yicha ish yuritishni arbitraj sudiga arbitraj muhokamasini tiklash yoki arbitraj sudining fikriga ko‘ra arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish asoslarini bartaraf etadigan boshqa harakatlarni bajarish imkonini berish uchun o‘zi belgilagan muddatga, tegishli holatda va taraflardan birining iltimosnomasiga ko‘ra to‘xtatib turishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2326-modda. Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza yozma shaklda beriladi va arbitraj muhokamasining tarafi yoki ishda ishtirok etishga jalb etilmagan, huquq va majburiyatlari to‘g‘risida arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan shaxslar yoki ularning vakili tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) arbitraj sudining nomi, arbitrajning joyi va tarkibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) arbitraj muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan eri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etgan taraf shikoyat qilinayotgan hal qiluv qarorini olgan sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi talab va ushbu qaror ustidan qanday asoslar bo‘yicha shikoyat qilinayotganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizada taraflarning telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili va boshqa ma’lumotlari ko‘rsatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arbitraj muhokamasi tarafining arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizasiga quyidagilar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) arbitraj hal qiluv qarorining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi. Doimiy arbitraj muassasasi hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxasi ushbu arbitraj muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi, muayyan nizoni hal qilish uchun tashkil etilgan arbitraj sudi hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxasidagi arbitr imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) arbitraj kelishuvining asl nusxasi yoki uning tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi talabni asoslash uchun taqdim etiladigan hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji hamda pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari arbitraj muhokamasining boshqa tarafiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet tilida tuzilgan hujjatlar iqtisodiy sudga taqdim etilayotganda, ushbu hujjatlarga ularning davlat tilidagi yoki iqtisodiy sud ishlari yuritilayotgan tildagi tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimasi qo‘shib topshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda ishtirok etishga jalb etilmagan, huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan shaxsning arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizasiga ushbu modda to‘rtinchi qismining 3, 4 va 5-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza arbitraj muhokamasi tarafining vakili yoki ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, huquq va majburiyatlari to‘g‘risida arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan shaxsning vakili tomonidan berilgan bo‘lsa, arizaga vakilning arizani imzolashga bo‘lgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 2325-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, ushbu Kodeksning 154-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga ko‘ra arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish rad etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 37-moddasining beshinchi qismida, mazkur moddaning birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi — yettinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksning 155-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga ko‘ra arizachiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2327-modda. Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksning 28-bobida nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2328-modda. Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arbitrajning hal qiluv qarori, agar taraf yoki ishda ishtirok etishga jalb etilmagan, huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan shaxs quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etsa, iqtisodiy sud tomonidan bekor qilinishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) arbitraj kelishuvi taraflar ushbu kelishuvni qaysi qonunchilikka bo‘ysundirgan bo‘lsa, o‘sha qonunchilik bo‘yicha, bunday qonunchilik mavjud bo‘lmaganda esa O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo‘yicha haqiqiy emasligi dalilini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasida ko‘rsatilgan arbitraj kelishuvining taraflaridan biri qaysidir darajada muomalaga layoqatsiz ekanligi dalilini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) taraf arbitr tayinlanganligi haqida yoki arbitraj muhokamasi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z vajlarini taqdim eta olmaganligi dalilini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) arbitrajning hal qiluv qarori arbitrajda hal qilinishi nazarda tutilmagan yoki arbitrajga murojaat qilish shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan nizo bo‘yicha qabul qilinganligi dalilini yoki unda arbitraj kelishuvini qo‘llash doirasidan chetga chiquvchi masalalar bo‘yicha qaror mavjudligi dalilini. Bunda, agar arbitrajda ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha qarorlarni arbitrajga tegishli bo‘lmagan masaladan ajratib olish mumkin bo‘lsa, u holda arbitraj hal qiluv qarorining arbitrajga tegishli bo‘lmagan masalalar bo‘yicha qarori mavjud bo‘lgan qismigina bekor qilinishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) arbitraj sudining tarkibi yoki arbitraj tartib-taomili taraflarning kelishuviga muvofiq emasligi dalilini, agar faqat bunday kelishuv “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining taraflar chekinishi mumkin bo‘lmagan har qanday qoidasiga zid bo‘lmasa yoki bunday kelishuv mavjud bo‘lmasa, “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq emasligi dalilini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar iqtisodiy sud:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) nizo predmeti O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga ko‘ra arbitraj muhokamasiga tegishli emasligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) arbitrajning hal qiluv qarori O‘zbekiston Respublikasining ommaviy tartibiga zidligini aniqlasa, arbitrajning hal qiluv qarori bekor qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2329-modda. Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ajrim
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy sud arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarorini qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga ko‘ra ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy sudning arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi yoki arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish haqidagi ajrimida quyidagilar ham bo‘lishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) arbitrajning shikoyat qilinayotgan hal qiluv qarori va u qabul qilingan joy haqidagi ma’lumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) shikoyat qilinayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan arbitrajning nomi va tarkibi haqidagi ma’lumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) arbitraj muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) arbitrajning hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga yoxud arizachining talabini to‘liq yoki qisman qanoatlantirishni rad etishga oid ko‘rsatma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arbitraj hal qiluv qarorining bekor qilinganligi, agar arbitrajga murojaat etish imkoniyati yo‘qolmagan bo‘lsa, arbitraj muhokamasi taraflarining arbitraj kelishuviga muvofiq arbitrajga yangitdan murojaat etishi yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga ko‘ra iqtisodiy sudga murojaat etishi uchun monelik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar arbitrajning hal qiluv qarori iqtisodiy sud tomonidan arbitraj kelishuvi haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori arbitraj kelishuvida nazarda tutilmagan yoxud uning shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan nizo bo‘yicha chiqarilganligi yoki unda arbitraj kelishuvida qamrab olinmagan masalalar bo‘yicha xulosalar mavjudligi oqibatida to‘liq yoki qisman bekor qilingan bo‘lsa, arbitraj muhokamasining taraflari bunday nizoni hal etish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga ko‘ra iqtisodiy sudga murojaat etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha iqtisodiy sud ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) 248-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish masalalari, agar arbitraj joyi O‘zbekiston Respublikasida joylashgan bo‘lsa, ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda, “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda hal etiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) 334-moddaning ikkinchi qismidagi “chet davlat sudining yoki arbitrajining” degan so‘zlar “chet davlat sudining, arbitrajning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘RQ-600-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 5-moddaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2) iqtisodiy sudlarga beriladigan da’vo arizalaridan, tashkilotlarni va fuqarolarni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizalardan, nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida ishga kirishish haqidagi arizalardan, iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari yuzaga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi arizalardan, iqtisodiy sudning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish haqidagi, da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi, sud jarimalarini solish haqidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi, arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi arizalardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi, arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi ishlar bo‘yicha iqtisodiy sud ajrimlari ustidan beriladigan apellatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, chet davlat sudining, arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi arizalardan, chet davlat sudining, arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi ishlar bo‘yicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, shuningdek iqtisodiy sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlarini va ko‘chirma nusxalarini berganlik uchun”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ilovaning 2-bandi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“j” kichik bandidagi “hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi” degan so‘zlardan keyin “arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“z” kichik bandining ruscha matnidagi “inostrannix sudov (arbitrajey)” degan so‘zlar “inostrannix sudov i arbitrajey” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 16-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘RQ-769-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2022-y., 03/22/769/0421-son)