29.04.2022 yildagi PQ-230-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholiga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, nogironligi boʻlgan shaxslarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvi uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirishning oilaviy va boshqa muqobil shakllarini davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-iyuldan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) oilaviy bolalar uylariga Davlat budjetidan mablagʻ ajratishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaviy bolalar uylarining saqlash xarajatlari uchun Davlat budjetidan mablagʻ ajratishda bir nafar tarbiyalanuvchiga toʻgʻri keladigan xarajatlar miqdori hamda bolalar sonidan kelib chiqib, zarur mablagʻlar ota-onalar nomiga ochilgan bank plastik kartalariga oʻtkazib beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaviy bolalar uylarida bir nafar tarbiyalanuvchi uchun Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan oylik xarajatlar tarkibiga kommunal xarajatlar ham kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) oilaviy bolalar uylari tomonidan isteʼmol qilingan kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar jismoniy shaxslar uchun belgilangan narxlarda amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda hamda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlarida ishlovchi mutaxassis (shu jumladan tibbiyot xodimlari), ishlab chiqarish, oʻquv yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz miqdorda ustamalar toʻlanadi.
(1-band “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilda eshitish qobiliyati zaif bolalarning odatiy hayotga moslashuvini osonlashtirish uchun xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda 4 ming dona zamonaviy eshitish moslamalari ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan zaif eshituvchi bolalarga yetkazib berilishi natijasida ularning eshitish qobiliyati yaxshilanib, umumtaʼlim fanlarini oʻzlashtirish darajasi oshganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlarida maktabgacha yoshdagi nogironligi boʻlgan bolalarga taʼlim berish bilan birgalikda, reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlgan bittadan “Imkon” koʻp tarmoqli ixtisoslashgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi PQ-257-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 07/24/257/0511-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi 2023 — 2025-yillarda qolgan 10 ta hududda reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan “Imkon” koʻp tarmoqli ixtisoslashgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish va maktabgacha yoshdagi nogironligi boʻlgan bolalarni ushbu muassasalar bilan qamrab olish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida oʻz nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun (oldi-sotdi shartnomasi va koʻchmas mulk obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish) davlat boji toʻlashdan ozod etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalarga davlat oliy taʼlim muassasalarida oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalari xarid qilish uchun mablagʻ ajratish amaliyoti nodavlat oliy taʼlim muassasalari talabalariga ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, ushbu maqsadlar uchun mablagʻlar Davlat budjeti parametrlarida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga ajratilgan resurslarda nazarda tutiladi va nodavlat oliy taʼlim muassasalarining soʻroviga asosan ajratib boriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 2022-yil 1-iyundan boshlab “Ishga marhamat” monomarkazlarida inklyuziv taʼlim asosida kasb-hunarga oʻqitilayotgan nogironligi boʻlgan shaxslarga nogironlik nafaqasi bilan bir vaqtda, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik stipendiya toʻlab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 2022-yil 1-maydan boshlab “Saxovat” uylarida yashovchi zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga shaxsiy sarf-xarajatlari uchun har oyda tegishli nafaqa miqdorining 20 foizini toʻlash tartibi joriy qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasining Afgʻon urushida ishtirok etgan nogironligi boʻlgan jangchi-faxriylarni individual oʻlchovlar asosida tayyorlanadigan tegishli zamonaviy protez-ortopediya moslamalari bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov), Oʻzbekiston “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlar birlashmasi ikki oy muddatda Afgʻon urushida ishtirok etgan nogironligi boʻlgan jangchi-faxriylarni protez-ortopediya moslamalari bilan taʼminlash reja-grafigini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlar uchun Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining asoslangan hisob-kitoblariga binoan 2022-yilda Davlat budjetidan qoʻshimcha mablagʻ ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab I va II guruh nogironligi uchun pensiya tayinlangandan keyin ishlagan fuqarolarning ish staji va ish haqini hisobga olgan holda, nogironlik pensiyasi miqdorlarini har ikki yilda qayta hisoblash tartibi joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur bandda koʻrsatilgan tartibni joriy etish boʻyicha “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilab qoʻyilsinki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy jamoat fondlari) hisobidan Oʻzbekiston nogironlar jamiyati, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati, Oʻzbekiston karlar jamiyati hamda Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasining hududiy boʻlinmalariga davlat subsidiyasini ajratish tizimi joriy etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston nogironlar jamiyati, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati, Oʻzbekiston karlar jamiyati va Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasining oʻz hududiy boʻlinmalari tomonidan 2023-yil 1-yanvardan boshlab tegishli hududlardagi nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy yordam koʻrsatish, jamiyatda oʻz oʻrnini topishida koʻmaklashish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasi boʻyicha har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalariga hisobot berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish haqidagi taklifi maʼqullansin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasiga Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda, ikki oy muddatda Oʻzbekiston nogironlar jamiyati, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati, Oʻzbekiston karlar jamiyati va Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasining hududiy boʻlinmalari uchun tavsiyaviy shtatlar meʼyorlarini hamda mehnatga haq toʻlash miqdorlarini tasdiqlash va hududiy jamoat fondlariga yetkazish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2023-yildan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarida hududiy jamoat fondlari uchun tegishli mablagʻlar koʻzda tutilishini taʼminlasin.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining 2022-2023-yillarda davlat ijtimoiy muassasalarining qurish va taʼmirlash hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 600 milliard soʻm yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2022-2023-yillarda davlat ijtimoiy muassasalarining qurilish va taʼmirlash hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha manzilli dasturni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish-taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlari oʻrnatilgan tartibda 2023-yilga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) davlat ijtimoiy muassasalarini joriy taʼmirlash va jihozlash uchun 2022-yilda Davlat budjeti parametrlarida aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturlarini moliyalashtirish uchun koʻzda tutilgan mablagʻlarning yil yakuniga qadar iqtisod qilinishi kutilayotgan qismi hisobidan 150 milliard soʻm ajratsin, 2023-yilda esa qurilish-taʼmirlash ishlarini oʻrnatilgan tartibda 2023-yilga moʻljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida koʻzda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) mazkur qarorda koʻzda tutilayotgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun asoslangan hisob-kitoblarga asosan Davlat budjetidan mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A.K. Inakov, xalq taʼlimi vaziri B.O. Saidov va sogʻliqni saqlash vaziri B.A. Musayev belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 29-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-230-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 07/22/230/0368-son; 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son; 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son; 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son; 17.07.2024-y., 07/24/257/0511-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)