25.04.2022 yildagi PQ-216-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.09.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022 — 2026-yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoni bilan reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar, bolalar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish, perinatal markazlarni zarur tibbiy texnika va buyumlar bilan jihozlash, ularni malakali kadrlar bilan taʼminlash vazifasi belgilandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻnggi besh yil davomida amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosat onalik va bolalikni tizimli ravishda muhofaza qilish imkonini yaratdi, natijada onalar va goʻdaklar oʻlimining kamayishiga erishildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, olis hududlarda tibbiy yordamni maqsadli yoʻnaltirish tizimini yuqori darajada tashkil etish, onalar va bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatning samaradorligini oshirish, ambulator yordamni yanada yaxshilash, shoshilinch va ixtisoslashgan tibbiy yordamni rivojlantirish, tibbiy genetika hamda zamonaviy skrining dasturlarini joriy etish talab etilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, sogʻlom bola tugʻilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash, shuningdek, 2022-yil 18-mart kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan “Tibbiyotdagi islohotlar — inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar 2022 — 2026-yillarda onalar va bolalar salomatligini mustahkamlashning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻinida onalar va bolalar oʻrtasida kasalliklar profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlash va sogʻlomlashtirish dasturlarini amaliyotga joriy etish, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻlom farzand tugʻilishi, rivojlanishi va tarbiyasi masalalari boʻyicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish, toʻgʻri ovqatlanish hamda jismoniy faollikni oshirishni targʻib etish, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalar, homilador hamda emizikli ayollarni vitamin va minerallar bilan bepul taʼminlash hamda maqsadli skrining tadbirlari orqali kasalliklarning samarali profilaktikasini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2022 — 2026-yillarda onalar va bolalar uchun tibbiy xizmat koʻrsatiladigan obyektlarni rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) diagnostika va davolashning yuqori texnologiyali hamda innovatsion usullarini amaliyotga joriy etish hamda soha xodimlarining ilmiy salohiyatini muntazam oshirib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2022 — 2026-yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflariga rozilik berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagilarni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nukus shahrida “Bolalar tibbiyot klasteri”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangidan tashkil etilayotgan 46 ta tumanlararo perinatal markazlarda chaqaloqlar reanimatsiyasi boʻlimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-maydan boshlab tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari, shuningdek, Toshkent shahri oilaviy poliklinikalarida bolalar boʻlimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida amaldagi shtat birliklari doirasida bolalar anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimlari hamda kechayu kunduz shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatuvchi pediatriya postlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bolalarda irsiy-genetik, shu jumladan orfan kasalliklarga barvaqt tashxis qoʻyish boʻyicha Referens laboratoriya va hududlarda uning 17 ta mintaqaviy laboratoriyalarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika perinatal markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar perinatal markazlari va bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida 2022-2023-yillarda jami 29 ta shoshilinch perinatal hamda shoshilinch pediatrik mobil navbatchi reanimatsion brigadalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi tugʻilgan chaqaloqlarda eshitish nuqsonlarini erta aniqlashga qaratilgan audioskrining tadbirlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari va hududlardagi barcha tugʻuruq komplekslarida tatbiq etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
audioskrining tadbirlari natijalarini tahlil qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladigan elektron kuzatuv (treking) markazlarini jihozlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Nukus shahridagi “Bolalar tibbiyot klasteri” Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi binosini yangidan qurish orqali tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti klinikasi va Bolalar stomatologiya poliklinikasi “Bolalar tibbiyot klasteri” tarkibiga kiritilib, yagona boshqaruv yoʻlga qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bolalar tibbiyot klasteri” binosi 2023-yil yakuniga qadar foydalanishga topshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 46 ta tumanlararo perinatal markazlarda 6 oʻrindan kam boʻlmagan chaqaloqlar reanimatsiyasi boʻlimi qoʻshimcha shtat birliklari ajratish hisobidan tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari, shuningdek, Toshkent shahar oilaviy poliklinikalarida tashkil etiladigan bolalar boʻlimi mavjud shtat birliklari doirasida shakllantiriladi va unda pediatriya yoʻnalishi boʻyicha barcha tor soha mutaxassislari, maktab oʻquvchilariga xizmat koʻrsatish uchun shifokor-pediatrlar, bolalar shifokor-ginekologi, tegishli oʻrta tibbiyot xodimlari, vaksinatsiya xonasi xodimlari, “tibbiyot brigadalari”dagi pediatriya hamshiralari faoliyat yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) shoshilinch perinatal hamda shoshilinch pediatrik mobil navbatchi reanimatsion brigadalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun kechayu kunduz faoliyat yuritadigan qoʻshimcha navbatchilik postlari tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar hamda tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari tomonidan bolalar hamda homilador va tugʻish yoshidagi ayollarni yanada sifatli tibbiy xizmat bilan toʻliq qamrab olish uchun 2022-yil 1-iyuldan boshlab “tibbiyot brigadalari” tarkibiga qoʻshimcha 3 600 ta, 2023-yil 1-yanvardan boshlab yana qoʻshimcha 4 900 ta oʻrta tibbiyot xodimlari (pediatriya hamshirasi va doya) shtatlari ajratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bilan birgalikda ikki oy muddatda oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar, tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tizimiga qoʻshilishi koʻzda tutilgan yangi shtatlardan kelib chiqib, shtat meʼyorlarini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi “Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini yanada kengaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-4513-son qarori bilan tashkil etilgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish kengashi (A.N. Aripov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish boʻyicha qabul qilingan dasturlar hamda chora-tadbirlarning bajarilishini doimiy nazorat qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har bir viloyat, tuman (shahar) kesimida maʼlumot taqdim etib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda “Reproduktiv salomatlik, onalik va bolalik masalalari boʻyicha” respublika shtabi, 14 ta hududiy shtablar faoliyatini yoʻlga qoʻysin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududlarda aholi reproduktiv salomatligini muhofaza qilish, onalar va bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat faoliyatini tizimli oʻrganish, tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf qilish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda ijrosini nazorat qilish shtabning asosiy vazifalari hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi hududida ilik koʻchirish amaliyotini yoʻlga qoʻyish maqsadida 2022-yilda yangi maxsus amaliyot kompleksining binosini qurish va jihozlash uchun Onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasidan zarur mablagʻ ajratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-maydan boshlab Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bemor bolalarga qarovchi shaxslar (ota-ona va boshqalar) uchun bepul ovqatlanish yoʻlga qoʻyilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Moliya vazirligi ushbu qarorda koʻzda tutilgan tadbirlarni bajarish uchun har yili Davlat budjetidan zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev) Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) bilan birgalikda 2022 — 2025-yillar davomida 227 ta tugʻuruq kompleksi va 46 ta tumanlararo perinatal markazlarni toʻliq taʼmirlash va jihozlash uchun xalqaro moliya institutlarining grant va kredit mablagʻlarini jalb qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ushbu qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri B.A. Musayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari L.N. Toʻychiyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 25-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-216-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022 — 2026-yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Talab etiladigan mablagʻ

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

1.

Besh yilga moʻljallangan reproduktiv yoshdagi ayollar va bolalarni skrining qilish dasturini ishlab chiqish.

Bunda, bolalarda tugʻma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash davlat tizimini yanada rivojlantirish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil avgust

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

2.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida bolalarga manzilli va malakali tibbiy xizmatlar koʻrsatish. Bunda, quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi:

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar hamda tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari tomonidan bolalar va homilador hamda tugʻish yoshidagi ayollarni yanada sifatli tibbiy xizmat bilan toʻliq qamrab olish uchun “tibbiyot brigadalari”ga 2022-2023-yillarda qoʻshimcha 8500 ta oʻrta tibbiyot xodimlari (pediatriya hamshirasi vadoya) shtatlarini ajratish (2022-yilda — 3 600 ta, 2023-yilda — 4 900 ta);

Idoralararo hujjat

2022-yil iyul

251,1 mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

bolalar uchun profilaktik koʻriklar dasturini qayta koʻrib chiqib, 18 yoshgacha boʻlgan bolalarni pediatr, stomatolog, endokrinolog, ortoped kabi eng zarur mutaxassislar tomonidan manzilli koʻrikdan oʻtkazish tizimini joriy qilish.

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2022-yil iyun

3.

Hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining maslahat-tashxislash poliklinikalari faoliyatini bir tomondan birlamchi tizim bilan, ikkinchi tomondan respublika bolalar tibbiyot muassasalari bilan tizimli integratsiyalash.

Har bir maslahat-tashxislash poliklinikasini qoʻshimcha jihozlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil davomida

11,1 mlrd soʻm

Mahalliy budjet mablagʻlari doirasida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Musayev)

4.

Bolalarning ruhiy salomatligini mustahkamlash va muhofaza qilishdagi ilgʻor xalqaro tajribaga asoslangan holda, bolalar psixonevrologik xizmatini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Bunda, quyidagilarni nazarda tutish:

bolalar nevrologiyasi boʻyicha tashxislash va davolash standartlarini yangilash va takomillashtirish;

bolalar oʻrtasida nevrologik kasalliklarni prognozlash va davolashning zamonaviy usullarini amaliyotga tatbiq etish;

ilmiy izlanishlarga qaratilgan faoliyatni ragʻbatlantirish hamda mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarini tashxislash va neyroreabilitatsion asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil avgust

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

5.

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida referens laboratoriya va uning 17 ta mintaqaviy referens laboratoriyalarini tashkil etib, respublikada klinik-biokimyoviy laboratoriyalarning sifat nazoratini taʼminlash yuzasidan yagona tizim yaratish.

Bunda:

mintaqaviy referens laboratoriyalarni hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari, koʻp tarmoqli Qoʻqon shahar bolalar shifoxonasi, Buxoro va Jizzax viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari hamda Toshkent shahridagi Konsultativ-diagnostika markazida tashkil etish;

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazidagi referens laboratoriyadabolalarda irsiy-genetik, shu jumladan orfan kasalliklarni erta tashxislashni yoʻlga qoʻyish;

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va yetakchi xorijiy markazlarda referens laboratoriya va mintaqaviy referens laboratoriyalar mutaxassislarining malakasini oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 — 2024-yillar

11,3 mln yevro

“KfW” banki (Germaniya) qarz va grant mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Vafayev)

6.

Yangidan tashkil etilayotgan 46 ta tumanlararo perinatal markazlarda chaqaloqlar reanimatsiyasi boʻlimi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yilda

31,5 mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2023-yildan boshlab

47,2 mlrd soʻm

Bunda:

joylarda 46 ta tumanlararo perinatal markazlarning moddiy-texnika bazasini xatlovdan oʻtkazish va ehtiyojlarini aniqlash;

2022-yil iyul

tumanlararo perinatal markazlarida faoliyat koʻrsatuvchi shifokorlar malakasini oshirish.

Reja-jadval asosida

7.

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining 46 ta tugʻuruq boʻlimlari negizida tumanlararo perinatal markazlar infratuzilmasini yaxshilash.

Bunda:

uzluksiz markazlashtirilgan suv taʼminoti va kanalizatsiya (sovuq va issiq suv);

suv rezervuarlari va uni tozalash filtrlari;

avtonom elektr taʼminoti;

tegishli boʻlinmalarni tunu-kun siqilgan havo va uzluksiz kislorod bilan taʼminlash tizimi (kompressor) va binodagi havoni tozalash tizimi (laminar oqimlar);

tugʻuruq zallarida, operatsiya xonasida, ona va bolani birgalikda davolash xonalarida haroratni 25 — 29S oraligʻida saqlash imkonini beruvchi markaziy isitish tizimi;

tugʻuruq zallari va reanimatsiya boʻlimlarida tibbiy jihozlar va ish joylari sonini (quvvat yukini) hisobga olgan holda, yetarli miqdorda elektr taʼminoti bilan taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil yakuniga qadar

16,7 mlrd soʻm

Mahalliy budjet mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Musayev)

8.

Yangi tashkil etiladigan 46 ta tumanlararo perinatal markazlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirish uchun xalqaro moliya tashkilotlarining grant va kredit mablagʻlarini maqbullashtirish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil yakuniga qadar

5,2 mln AQSH doll.

Xalqaro moliya tashkilotlarining grant va kredit mablagʻlari

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Vafayev),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Musayev)

9.

227 ta tugʻuruq muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash (jihozlash) uchun xalqaro moliya tashkilotlarining grant va kredit mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-2024-yillar

100 mln AQSH doll.

Xalqaro moliya tashkilotlarining grant va kredit mablagʻlari

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Vafayev),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Musayev)

10.

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlari filiallarini tibbiy texnika bilan qoʻshimcha jihozlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar

1,89 mln yevro

“KfW” banki (Germaniya) grant mablagʻlari

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Vafayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Musayev)

11.

Respublika perinatal markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar perinatal markazlari va bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida 29 ta shoshilinch perinatal hamda shoshilinch pediatrik mobil navbatchi reanimatsion brigadalarini tashkil etish uchun kechayu kunduz faoliyat yurituvchi navbatchilik postlariga qoʻshimcha shtat birliklarini ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil

10,8 mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov)

2023-yil

16,2 mlrd soʻm

12.

Hududlarda eshitish zaifligi va karlik mavjud bolalarni erta aniqlash va koxlear implantatsiya amaliyoti bilan qamrab olishni kengaytirish.

Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

Amaliy chora-tadbirlar

2022 — 2024-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Vafayev)

yangi tugʻilgan chaqaloqlarda eshitish nuqsonlarini erta aniqlashga qaratilgan audioskrining tadbirlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari va hududlardagi barcha tugʻuruq komplekslarida tatbiq etish (227 ta skrining audiometr va 15 ta statsionar audiometrlarni xarid qilish);

2022-2023-yillar

24,5 mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

audioskrining tadbirlari natijalarini tahlil qilish uchun Qoraqalpogʻiston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida treking markazlarini zarur anjomlar (kompyuter texnikasi, printer, mobil aloqa vositalari (sim-kartalar) bilan taʼminlash, ularni 227 ta tugʻuruq muassasalaridagi skrining audiometrlari bilan ulash va muntazam ishlashini tashkil qilish.

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida va uning 4 ta filiali:

2022-yildan boshlab

Har yili 2 mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand viloyati mintaqaviy filiallari;

2022-yil

8 mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Andijon, Buxoro viloyatlari mintaqaviy filiallarida koxlear implantatsiya amaliyotini toʻliq yoʻlga qoʻyish, ularni maxsus asbob-uskunalar bilan jihozlash.

2023-yil

8 mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

2014 — 2016-yillarda koxlear implantatsiya operatsiyasi oʻtkazgan bolalarda nutq protsessorlarini almashtirish dasturini yoʻlga qoʻyish (2022-yilda — 112 nafar, 2023-yilda — 132 nafar, 2024-yilda — 125 nafar).

2022 — 2024-yillar

Har yili koxlear implantatsiyaga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan

13.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari tomonidan yangi tugʻilgan chaqaloqlar va bolalarni chuqurlashtirilgan audiologik tekshiruv va tashxislash bilan toʻliq qamrab olish uchun qoʻshimcha 13 ta audiolog (surdolog) shifokorlar shtat birliklarini ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil davomida

0,6 mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov)

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida audiolog (surdolog) mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash kursini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

(Reja-jadval asosida)

2022 — 2026-yillar

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Musayev)

14.

Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tibbiyot xodimlarini xalqaro standartlar asosida oʻqitish orqali ularning homilador ayollar va chaqaloqlarga, shu jumladan kam vazn bilan tugʻilgan chaqaloqlarga tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

(Reja-jadval asosida)

2022 — 2026-yillar

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Musayev)

15.

786 ming dona (538,5 mingta bachadon ichi vositasi va 247,5 mingta oral kontratseptiv vositalar) kontratseptiv vositalarni xarid qilish. Bunda, xalqaro “UNFPA” tashkiloti bilan ushbu sohada shakllangan koʻp yillik ishonchli hamkorlikni kuchaytirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023 — 2026-yillar

Jami 33 mlrd soʻm

(har yili 8,3 mlrd soʻmdan)

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Moliya vaziri

(Ishmetov)

16.

Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi va uning hududiy filiallari uchun yangilangan shtat meʼyorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoralararo hujjat

2022-yil sentabr

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

(Xusanov)

17.

Samarqand viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazining kardiojarrohlik boʻlimi uchun qoʻshimcha bino qurish va uni zamonaviy uskunalar bilan taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar

Hisob-kitoblarga asosan

Investitsiya dasturi doirasida

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(Boboyev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Vafayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Qurilish vazirligi

(Zakirov),

Samarqand viloyati hokimligi

(Turdimov)

18.

Fargʻona viloyatida tashkil etilayotgan Bolalar reabilitatsiya markazi tarkibida maxsus jihozlangan kardiojarrohlik reabilitatsiya boʻlimini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar

Hisob-kitoblarga asosan

Mahalliy budjet mablagʻlari doirasida

Fargʻona viloyati hokimligi

(Bozarov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

19.

Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar xirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bino-inshootlarini xalqaro talablar va standartlar asosida qurilish ishlarini yakunlash va toʻliq jihozlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil yakunigacha

-

Investitsiya dasturi doirasida

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(Boboyev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Vafayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Qurilish vazirligi

(Zakirov)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga koʻra obyektlar qiymati oʻzgarishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Chora-tadbirlar rejasidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun 1 494,9 mlrd soʻm hamda 105,2 mln AQSH dollari va 13,2 mln yevro talab etiladi, shundan:

mlrd soʻmda

mln dollarda

mln yevroda

Davlat budjeti mablagʻlari

1 467,1

-

-

shundan, mahalliy budjeti mablagʻlari

27,8

-

-

Xalqaro moliya tashkilotlari grant va kredit mablagʻlari

-

105,2

13,2

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-sentabrdagi PQ-296-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2023-y., 07/23/296/0687-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-iyuldagi “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3137-son qarorining 1-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ikkinchi xatboshidagi “Oʻzmedimpeks” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzmedimpeks” DUK deb yuritiladi)” soʻzlari “Oʻzmedimpeks” masʼuliyati cheklangan jamiyati (keyingi oʻrinlarda “Oʻzmedimpeks” MCHJ deb yuritiladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) toʻrtinchi xatboshi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“tibbiyot mahsulotlarini sertifikatlashtirish faqatgina oʻrnatilgan tartibda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining sogʻliqni saqlash sohasi boʻyicha qabul qilingan qarorlari bilan tasdiqlangan Davlat dasturlarida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish hamda shu maqsadlar uchun ajratilgan budjet mablagʻlaridan oʻz vaqtida, maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, reagentlar, reaktivlar, butlovchi qismlar, sarflov vositalari, dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida, davlat xaridlari Sogʻliqni saqlash vazirligi buyurtmasi asosida “Oʼzmedimpeks” MCHJ tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, “Oʼzmedimpeks” MCHJ uchun Moliya vazirligida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochiladi hamda budjet mablagʻlari oluvchisi sifatida xarajatlar smetasi oʻrnatilgan tartibda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
markazlashgan tartibda xarid qilinadigan dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnikalar, maxsus tibbiy avtotransport vositalari xaridini amalga oshirish boʻyicha “Oʼzmedimpeks” MCHJ tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlov miqdori Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishgan holda belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash vazirligi buyurtmasiga asosan “Oʼzmedimpeks” MCHJ tomonidan import shartnomalari asosida dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnikalar hamda maxsus tibbiy avtotransport vositalarining xaridi “Oʼzmedimpeks” MCHJga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki orqali akkreditiv toʻlov asosida amalga oshiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha sakkizinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) toʻqqizinchi xatboshidagi “Oʻzmedimpeks” DUKga” soʻzlari “Oʻzmedimpeks” MCHJga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4890-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshidan “va uning ijro etuvchi apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 46 nafar etib belgilansin” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Jamgʻarmani saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish hajmi Davlat budjetidan kafolatlangan tibbiy xizmatlarni xarid qilish uchun ajratiladigan mablagʻlarning 2 foizi miqdorida belgilansin. Bunda, tibbiy xizmatlarni xarid qilish uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari Jamgʻarmaning budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va hisobot davri oxirida mablagʻlarning qoldigʻi Jamgʻarma ixtiyorida qoldiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“b” kichik bandning uchinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bunda, har bir birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasining jon boshiga moliyalashtirish hajmi tasdiqlangan bazaviy stavkalar asosida belgilanishini koʻzda tutish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi xatboshi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kuzatuv kengashiga oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlar berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmani saqlash uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida Jamgʻarma tarkibiy tuzilmasi, shtat birliklari soni, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish shartlarini belgilash va shartnoma asosida mutaxassislar jalb qilish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-banddan “, uning tarkibi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-bandda “ish haqi fondi” soʻzlari “ajratilgan mablagʻlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) 4-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-maydagi “Sogʻliqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5124-son qarori quyidagi mazmundagi 171-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“171. Sogʻliqni saqlash vaziriga ushbu qarorga muvofiq sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosarlari oʻrtasida taqsimlangan vazifalar va funksiyalarni, zarur hollarda qayta taqsimlash huquqi berilsin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-fevraldagi 31-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish va uning uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilova quyidagi mazmundagi 13-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“13. Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga qarovchi shaxslar (ota-ona va boshqalar)”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son; 08.09.2023-y., 07/23/296/0687-son)