06.04.2022 yildagi 159-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jizzax viloyatida futbolni yanada rivojlantirish va ommalashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning saylovoldi dasturlari va hududlarda saylovchilar bilan uchrashuvlari davomida berilgan topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining Jizzax shahrida “Soʻgʻdiyona” professional futbol klubi huzuridagi futbol akademiyasi binosini qurish haqida 2020-yil 16-yanvardagi 23-f-son farmoyishi qabul qilinganligi va uning doirasida qurilish ishlari amalga oshirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sportni rivojlantirish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda “Soʻgʻdiyona” professional futbol klubi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Soʻgʻdiyona” va “Soʻgʻdiyona Vumen” professional futbol klublari huzurida Futbol akademiyasini (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiya faoliyatini 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab tashkil qilish va oʻquv jarayonini unga eng yaqin masofada joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yosh istiqbolli sportchilarni tanlab olish va tarbiyalash masalalari boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, futbol mahorat maktablari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari bilan uzluksiz hamkorlikni amalga oshirish, ularga oʻquv-uslubiy va meʼyoriy-axborot yordami koʻrsatishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) zarur sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlangan oʻquv-mashgʻulot bazalarini yaratish hamda futbol boʻyicha respublika va xalqaro musobaqalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritishga qodir boʻlgan sportchilarni tayyorlashda ushbu bazalardan samarali foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Akademiya bazasida milliy terma jamoalar va ularning zaxiralari ishtirokida oʻquv-mashq yigʻinlari, respublika va mintaqaviy sport bellashuvlarini tashkil etish hamda muntazam ravishda oʻtkazib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) oʻquvchi-futbolchilar va trenerlar tarkibining professional mahoratini oshirish uchun Yevropa futbol jamoalari, futbol maktablari, akademiyalari va klublari bilan tajriba almashish boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Xalqaro futbol federatsiyasi trenerlarini oʻqitish dasturlaridan foydalangan holda futbol boʻyicha Akademiya trenerlari malakasini tizimli asosda oshirishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) zarur hollarda futbol boʻyicha xorijiy trenerlar va mutaxassislarni taklif qilgan holda futbol sohasida eng yangi ilmiy-metodik tavsiyalar asosida yosh futbolchilarni tayyorlash borasida oʻquv-mashq jarayonlarini yuqori darajada tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yo) oʻquvchilarning nazariy tayyorgarligi va texnik-taktik koʻnikmalarini takomillashtirish, professional fazilatlarini rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) mini-futbol va ayollar futbolini rivojlantirish maqsadida bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida seksiyalar tashkil etish hamda tanlab olish (seleksiya) tizimini joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiya qobiliyatli yosh futbolchilarni tanlab olish va tayyorlash hamda futbol boʻyicha malakali mutaxassislar tayyorlashga yoʻnaltirilgan nodavlat sport-taʼlim tashkiloti hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiyaga oliy maʼlumotga va sport-taʼlim muassasalarida kamida 5 yillik amaliy ish tajribasi hamda Osiyo futbol konfederatsiyasining “A” litsenziyasiga ega shaxslar orasidan muassis tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiyaning umumiy kontingenti 168 nafar oʻquvchini tashkil etadi, ular tomonidan toʻrt yillik boshlangʻich taʼlim yakunlangach har yili tanlov asosida 24 nafar qobiliyatli oʻquvchilar qabul qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiyada oʻqish muddati 7 yilni tashkil etadi, oʻqish yakunlanganidan soʻng ularga tegishli sertifikat beriladi va avvalambor olimpiya va paralimpiya zaxirasi kollejlarida keyingi maxsus, kasb-hunar taʼlimi berilishi taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar Akademiyaning moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyat ixtisosligi boʻyicha va Akademiyaning ustavidagi vazifalariga muvofiq boʻlgan boshqa faoliyat turlaridan olinadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy mashgʻulotlar oʻtkazilmaydigan vaqtda boʻsh turgan mol-mulkni ijaraga berishdan tushadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy yoki xorijiy futbol klublariga transfer qilishda tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan futbolchini tayyorlaganlik uchun toʻlanadigan kompensatsiya puli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov) Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov) hamda Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev) bilan birgalikda “Soʻgʻdiyona” professional futbol klubi” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Akademiyaning ustavini ishlab chiqib, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishda, uni malakali professor-oʻqituvchilar va trenerlar bilan taʼminlashda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Akademiyaga nomzodlarni qabul qilish va oʻquv jarayonini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlashda har tomonlama koʻmaklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2022-yilda Jizzax viloyatida mini-futbol va ayollar futbolini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtidorli yosh futbolchilarni tanlab olish (seleksiya) maqsadida sport-taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida futbol, ayollar futboli, futzal (mini-futbol) boʻyicha musobaqalarni tizimli tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
futbol, ayollar futboli va futzal (mini-futbol) boʻyicha trenerlar va isteʼdodli yosh futbolchilarning xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishini (stajirovkasini) tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mashhur mahalliy va xorijiy futbolchilar, trenerlarni jalb qilgan holda yosh futbolchilar uchun futbol boʻyicha festivallar va master-klasslar oʻtkazish chora-tadbirlarini belgilash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov) Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov) bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiya oʻquvchilarini yashash uchun anjomlar, oziq-ovqat, shuningdek, sport ekipirovkasi va formasi bilan taʼminlash normativlarini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiyaga tizimli asosda tashkiliy va oʻquv-metodik yordam, shuningdek, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda koʻmak bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Akademiya Jizzax viloyati, Jizzax shahri, “Qipchoq” mahallasi Daryoboʻyi (Xonimqulov) koʻchasi 25-uy manziliga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov hamda Jizzax viloyati hokimi E.A. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 6-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
159-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-apreldagi 159-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yilda Jizzax viloyatida mini-futbol va ayollar futbolini yanada rivojlantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chora-tadbirlar dasturi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Chora-tadbirlar nomi

Moliyalashtirish manbasi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Mini-futbol va ayollar futboli boʻyicha isteʼdodli sportchi yoshlarni tanlab olish (seleksiya) faoliyati samaradorligini oshirish va oʻquv-mashgʻulotlar jarayonini sifatli tashkil qilish

1.

Innovatsion ilmiy-metodik ishlanmalar va ilgʻor xalqaro tajribani inobatga olgan holda, mini-futbol va ayollar futboli boʻyicha tayyorgarlik dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

-

2022-yil avgust

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov),

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov),

Jizzax viloyati hokimligi

(E. Saliyev)

2.

Mini-futbol va ayollar futboli boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida seksiyalar tashkil etish va oʻquv-mashgʻulot jarayonini tashkil qilishning samaradorligini monitoring qilib borish.

-

2022-yil avgust oyidan boshlab doimiy

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov),

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov),

Jizzax viloyati hokimligi

(E. Saliyev)

3.

Iqtidorli yosh futbolchilarni tanlab olish (seleksiya) maqsadida ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari shugʻullanuvchilari oʻrtasida mini-futbol, ayollar futboli va futbol boʻyicha musobaqalarni tizimli tashkil qilish.

Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

2022-yil sentyabr oyidan boshlab doimiy

Jizzax viloyati hokimligi

(E. Saliyev),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov),

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

4.

Mashhur mahalliy va xorijiy futbolchilar, trenerlarni jalb qilgan holda yosh futbolchilar uchun futbol boʻyicha festivallar va master-klasslar oʻtkazish.

Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

2022-yil noyabr oyidan boshlab doimiy

Jizzax viloyati hokimligi

(E. Saliyev),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov),

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

5.

Iqtidorli futbolchilarni tanlab olish (seleksiya) maqsadida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasasi oʻquvchilari hamda oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida mini-futbol, ayollar futboli va futbol boʻyicha musobaqalarni tashkil etish.

Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

2022-yil sentyabr oyidan boshlab doimiy

Jizzax viloyati hokimligi

(E. Saliyev),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov),

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

II. Trenerlar va futbol sport turi boʻyicha boshqa mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish

6.

Futbol boʻyicha hududiy texnik direktor lavozimiga xorijiy mutaxassislardan nomzodlarni tanlab olishni tashkil etish.

Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

2022-yil sentyabr

Jizzax viloyati hokimligi

(E. Saliyev),

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

7.

Mini-futbol, ayollar futboli va futbol boʻyicha trenerlar va isteʼdodli yosh futbolchilarni xorijiy mamlakatlarda, shu jumladan Yevropa futbol jamoalari bilan hamkorlikni oʻrnatib, ularning malaka oshirishini (stajirovkasini) tashkil etish.

Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

2022-yil dekabr

Jizzax viloyati hokimligi

(E. Saliyev),

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

8.

Har yili futbolchilar va boshqa mutaxassislarni tayyorlashning dolzarb masalalari yuzasidan yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, futbol boʻyicha ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar oʻtkazish.

Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

2022-yil noyabr

Jizzax viloyati hokimligi

(E. Saliyev),

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

III. Futbolni rivojlantirishning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va infratuzilmasini takomillashtirish

9.

“Soʻgʻdiyona” professional futbol klubi stadionini zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq rekonstruksiya qilish.

Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

2022-yil avgust

Jizzax viloyati hokimligi

(E. Saliyev),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov),

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

10.

Futzal (mini-futbol) boʻyicha musobaqalar oʻtkaziladigan sport zallarini asbob-uskuna va texnologiyalar bilan jihozlash.

Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

2022-yil avgust oyidan boshlab doimiy

Jizzax viloyati hokimligi

(E. Saliyev),

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov)

11

Mahallalarda futbol maydonlari qurilishini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilishini nazarda tutuvchi “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

2022-yil iyun

Jizzax viloyati hokimlig�

(E. Saliyev),

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov)

IV. Futbolni moliyalashtirish tizimini rivojlantirish va tijoratlashuv mexanizmlarini joriy etish

12.

“Soʻgʻdiyona” professional futbol klubi stadioniga futbol muxlislarini keng jalb qilish maqsadida zamonaviy chipta tizimi (shu jumladan, abonement sotuvi)ni joriy qilish, shu jumladan, stadionlar infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida (ovqatlanish, fitnes va boshqalarni) tashkil etish, klub va stadion muzeyi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

-

2022-yildan oktyabr oyidan boshlab

Jizzax viloyati hokimligi

(E. Saliyev),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov),

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov),

manfaatdor hududiy boshqarmalar va tashkilotlar

V. Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish

13.

Jizzax viloyatida bolalar va oʻsmirlar, ommaviy futbolni rivojlantirish maqsadida chet ellik (Rossiya, Qozogʻiston, Turkiya) mutaxassislarni jalb etgan holda ularning ish tajribalaridan amaliy foydalanish.

Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

2022-yil avgust

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov),

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

14.

Taniqli futbolchilar va trenerlarni jalb qilgan holda yosh futbolchilar uchun uchrashuv va master-klasslar oʻtkazib borish.

-

Har yili oktyabr-noyabr oylarida

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov),

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

15.

Futbolni ommaviylashtirish va har tomonlama rivojlantirish maqsadida tuman (shahar) bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida ayollar futboli, futzal (mini-futbol) guruhlarini tashkil qilish, ular oʻrtasida muntazam ravishda musobaqalar oʻtkazish.

-

2022-yil aprel-may

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov),

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2022-y., 09/22/159/0276-son; 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son)