17.03.2022 yildagi PF-89-son
Hujjat 18.03.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasidagi vazifalarni amalga oshirish hamda qonunchilik hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish maqsadida 2022-yil 1-maydan boshlab quyidagi tartib o‘rnatilsin, unga muvofiq:
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 3-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Kutilayotgan natija

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

1. Yagona davlat huquqiy siyosati sifatini takomillashtirish, huquq ijodkorligi faoliyatini muvofiqlashtirish

1.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga (ro‘yxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, ularni huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlarini yanada soddalashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga sabab bo‘layotgan tizimli muammolarni bartaraf etish hamda amaldagi qonunchilik hujjatlarini o‘zaro muvofiqlashtirish.

2022-yil iyun

Adliya vazirligi

2.

1990 — 2016-yillar oralig‘ida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlarini xatlovdan o‘tkazish, xatlov natijasida eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan normalarni bekor qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Milliy qonunchilik bazasini ortiqcha normativ-huquqiy hujjatlardan holi etish, uning tizimliligini ta’minlash, huquqni qo‘llash amaliyotida yuridik ta’sir kuchiga ega bo‘lmagan hujjatlarni bekor qilish.

2022-yil iyun

Adliya vazirligi

3.

Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholash tartibi doirasida xarajatlarni avtomatlashtirilgan tarzda tahlil qiluvchi elektron dasturni ishlab chiqish.

Tashkiliy-texnik tadbirlar

Normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’sirini baholashda shaffoflik va tizimlilikni ta’minlash hamda xodimlarning vaqti va resurslarini tejash.

2022-2023-yillar

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta, moliya va kredit, tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati, tashqi iqtisodiy faoliyat va bojxona ishi sohalariga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etish. Ekspertiza natijasiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasiga qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish orqali ijtimoiy himoya tizimi mustahkamlanishi va tadbirkorlik faoliyati yanada rivojlanishiga, shuningdek, mamlakat investitsion jozibadorligini yanada oshirishga erishish.

2022-yil davomida

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga cheklovlar, qo‘shimcha talablar, majburiyatlar yoxud xarajatlar joriy qilish, shuning�ek, har qanday turdagi imtiyoz, kafolat, preferensiyalarni belgilashni nazarda tutuvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazilishini ta’minlash.

Baholash natijasiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasiga qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish rejasi

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari ta’minlanishi orqali ularning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmini oshirish.

2022-yil davomida

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayonini avtomatlashtirish.

Tashkiliy-texnik tadbirlar

Normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini avtomatlashtirilgan tahlil qilish, o‘zini o‘zi o‘rganish mexanizmidan foydalanish orqali normativ-huquqiy hujjatlarni tasniflash va tizimlashtirish muammolarini hal qilish, xarajatlarni kamaytirish va ish samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratish.

2022-2023 yillar

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

7.

“Legal-Tech” huquqiy tarmog‘ini joriy etish tizimini “sun’iy intellekt” mexanizmlaridan foydalangan holda takomillashtirish.

Tashkiliy-texnik tadbirlar

Hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun sarflanadigan resurslar va vaqtni tejash, tayyorlanadigan loyihalar sifatini oshirish hamda loyihalarni tayyorlash jarayonini avtomatlashtirish.

2022-yil dekabr

Adliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

8.

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari hamda FHDY organlari o‘z ishini tuman (shahar) adliya bo‘limlari tarkibida davom ettirishi munosabati bilan ularni yagona ma’muriy binoga joylashtirish.

Dastur

Tuman (shahar) miqyosidagi alohida faoliyat ko‘rsatuvchi 4 ta tuzilma 1 ta tuzilmaga aylantiriladi va yagona ma’muriy binoga joylashtiriladi, ortib qolinadigan ma’muriy binolar belgilangan tartibda xususiy sektorga realizatsiya qilinadi.

2022-yil 1-iyul

Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2. Huquqni qo‘llash amaliyoti va davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini kompleks tahlil qilish

9.

“E-SNARTNOMA” yagona elektron portalini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

“E-SNARTNOMA” yagona elektron portalini joriy qilish orqali shartnomalarni yagona platforma orqali tayyorlash va ular bilan ishlash jarayonini soddalashtirish, uni boshqarish va nazorat qilish imkoniyatini yaratish.

2022-2023-yillar

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

10.

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan kelgusida xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar sonini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Kelgusida bosqichma-bosqich tuman va shahar darajasidagi davlat organlariga malakali yuridik xizmat ko‘rsatilishini kengaytirish orqali qonun ustuvorligini ta’minlash.

2022-yil dekabr

Adliya vazirligi

11.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron — “E-qaror” tizimi funksional imkoniyatlarini kengaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Hokimliklarning faoliyatida qonun ustuvorligini yanada ta’minlash.

2022-yil oktyabr

Adliya vazirligi

12.

Huquqni qo‘llash amaliyotida takliflarni aniqlash va ishlab chiqish uchun jamoatchilik fikrini o‘rganish uslubiyotini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Adliya vaziri buyrug‘i

Qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishda keng jamoatchilik fikrini inobatga olish va huquqiy muammolarni aniqlashning samarali mexanizmini yaratish.

2022-yil oktyabr

Adliya vazirligi

13.

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritish:

yangi deputatlik nazorat shakli — “kengash so‘rovi”ni joriy etish orqali mahalliy Kengashlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi rolini oshirish;

Kengashlarga yuklatilgan va turli hujjatlarda nazarda tutilgan 20 dan ortiq vazifalarni bir hujjatda jamlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar ustidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari nazoratining huquqiy asoslarini takomillashtirish.

2022-yil dekabr

Adliya vazirligi

3. Ma’muriy tartib-taomillar hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish

14.

“SMART JUSTICE — AQLLI ADLIYA” veb-portali va mobil ilovasini yaratish.

Tashkiliy-texnik tadbirlar

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya organlari va muassasalari tomonidan hozirgi kunda ko‘rsatilayotgan 50 dan ortiq elektron davlat xizmatlarini yagona portalga jamlash va uning mobil ilovasini ishlab chiqish, yagona nuqtadan yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish hamda fuqarolarning davlat xizmatlarini elektron shaklda olish jarayonidan qoniqish darajasi oshirish.

2022-2023-yillar

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

15.

“Litsenziya” axborot tizimini takomillashtirish. Mazkur axborot tizimi orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sonini 100 taga yetkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Xizmatdan foydalanuvchilarga qulay sharoitlar yaratish, davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha tartib-taomillar va muddatlarni qisqartirish.

2022-yil iyun

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

16.

Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sonini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Aholiga tezkor va sifatli xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash.

2022-yil davomida

Adliya vazirligi

17.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish axborot tizimi (dxa.gov.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) muddat buzilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan qonun buzilishi holatlarini har bir xizmatlar, sohalar va idoralar kesimida avtomatik ravishda aniqlash tizimini takomillashtirish.

Tashkiliy-texnik tadbirlar.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi qonunbuzilishlarni tizimli tahlil qilish, ularni bartaraf qilish choralarini ko‘rish hamda aybdorlarni avtomatik ravishda aniqlash orqali qonunbuzilish holatlari bartaraf qilinishiga erishish.

2022-2023-yillar

Adliya vazirligi

18.

Mobil identifikatsiya tizimini (MOBIL ERI, FACE ID, DIGITAL ID, SMART ID) ishlab chiqish va ularni rivojlantirish, shuningdek, jismoniy shaxslar uchun jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamidan va yuridik shaxslar uchun soliq to‘lovchi identifikatsiya raqamidan yagona login sifatida foydalanish tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Davlat xizmatlaridan foydalanishda qulay va ortiqcha byurokratiyadan holi bo‘lgan tizim yaratish hamda foydalanuvchilarning vaqtini tejash.

2022-yil iyun

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

19.

Adliya organlari va muassasalarining veb-saytlarida yoki xizmat ko‘rsatish uchun tashkil qilingan maxsus sayt (portal)da ko‘rsatilayotgan xizmatlarni iste’molchilar tomonidan istalgan vaqtda doimiy va tizimli baholash, izohlar va takliflar taqdim qilib borish imkoniyatini beruvchi platforma yaratish.

Tashkiliy-texnik tadbirlar

Adliya organlari va muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati oshadi hamda doimiy baholanish natijasida xizmat ko‘rsatishda qonunbuzilish holatlari kamayadi.

2022-2023-yillar

Adliya vazirligi

20.

Nikohni qayd etish va nikohdan ajralishni qayd etish bo‘yicha xizmatlarni Davlat xizmatlari markazlari, tug‘ilishni qayd etishni kompleks tarzda tibbiyot muassasalari orqali FXDYo organida qayd etish tizimini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Xizmatdan foydalanuvchilarga qulay sharoitlar yaratish, davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha tartib-taomillar va muddatlarning qisqartirish.

2022-yil iyun

Adliya vazirligi

21.

Jismoniy va yuridik shaxslarni muhandislik kommunikatsiya tarmoqlariga ulashda ularga bir vaqtning o‘zida abonentning shaxsiy raqamini taqdim etishni yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Yangi ulangan iste’molchilarga qulaylik yaratish va ortiqcha byurokratik to‘siqlarning oldini olish.

2022-yil iyun

Adliya vazirligi

22.

Jismoniy va yuridik shaxslarni muhandislik tarmoqlariga ulashda xizmat natijasi bo‘lgan hujjatlarni (texnik shartlar, ta’minot shartnomasi kabilar) hamda loyiha-smeta hujjatlarini kelishishda sanitariya-epidemiologiya va yong‘inga qarshi nazorat xizmatlari hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan beriladigan xulosalarni QR-kod qo‘ygan holda rasmiylashtirishni yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yagona yondashuv bo‘lishiga erishish hamda ariza beruvchilarning ortiqcha ovoragarchiliklarining oldini olish.

2022-yil iyun

Adliya vazirligi

23.

Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga va odamning immunitet tanqisligi virusini keltirib chiqaradigan kasallikka (OIV infeksiyasiga) chalingan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga hamda 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqani tayinlash bo‘yicha davlat xizmatlarining kompozit tartibda ko‘rsatilishini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Davlat xizmatlaridan foydalanishda qulay va ortiqcha byurokratiyadan holi bo‘lgan tizim yaratish hamda foydalanuvchilar vaqtini tejash.

2022-yil sentyabr

Adliya vazirligi

24.

Ko‘chmas mulk hamda manzilga ro‘yxatga qo‘yish davlat xizmatlarini kompozit tartibda ko‘rsatish tartibini joriy etish.

Bunda, ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ushbu manzilga mulkdorlarni ro‘yxatga qo‘yish davlat xizmatlarini bir vaqtda ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Aholining bir-biriga bog‘liq bo‘lgan xizmatlardan foydalanishda davlat idoralariga alohida-alohida murojaat qilishi oldini olish hamda ortiqcha sarf-xarajatlarni tejash.

2022-yil sentyabr

Adliya vazirligi

4. Intellektual mulk sohasida davlat siyosatini amalga oshirish

25.

“Advice for business” maxsus interfaol yuridik portalida intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ulardan foydalanish hamda intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarni himoya qilish to‘g‘risida ma’lumot beruvchi alohida bo‘lim yaratish.

Tashkiliy-texnik tadbirlar

Tadbirkorlar tomonidan ish faoliyatini qonuniy yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish hamda ular tomonidan intellektual mulk sohasida sodir etilayotgan qonunbuzilishlar sonini kamaytirish.

2022-yil noyabr

Adliya vazirligi

26.

Kontrafakt mahsulotlar bo‘yicha axborotlar bazasini yaratish va keng omma e’tiboriga taqdim etish hamda ma’lumotlar almashinuvini ta’minlab turish.

Tashkiliy-texnik tadbirlar

Aholining kontrafakt mahsulotlar bo‘yicha xabardorlik darajasi oshirish hamda huquq egalarining huquqlari buzilishi oldini olish.

2022-2023-yillar

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

27.

“IP-Protection” axborot portalida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan patent vakillarining yagona elektron reyestrini shakllantirish.

Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar

Jismoniy va yuridik shaxslarga intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularni huquqiy himoya qilish bo‘yicha patent vakillari xizmatlaridan kengroq foydalanish imkoniyatini yaratish.

2022-yil dekabr

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

28.

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulk sohasidagi xalqaro hujjatlarning normalari va qoidalaridan xabardorligini oshirish hamda mahalliy intellektual mulk obyektlarining xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilishini yanada jonlantirish maqsadida tanlov asosida soha bo‘yicha xalqaro hujjatlarning o‘zbek tilidagi tarjimasini tayyorlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Intellektual mulk obyektlarini xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish ko‘rsatkichlari ortishiga hamda aholi, shu jumladan tadbirkorlik subyektlarining soha bo‘yicha huquqiy savodxonligini oshirish.

2022-yil dekabr

Adliya vazirligi

5. Huquqiy ma’rifat va huquqiy axborotni tarqatish bo‘yicha izchil manzilli ishlarni tashkil etish

29.

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasidan (Lex.uz) foydalanishda jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga qulayliklar yaratish, jumladan ovozli qidiruv modulini joriy qilish.

Tashkiliy-texnik tadbirlar

Imkoniyati cheklangan shaxslarning tizimdan foydalanish imkoniyatini oshirish hamda milliy bazadagi katta hajmdagi ma’lumotlarni qulay hamda tez topish imkonini yaratish.

2022-yil dekabr

Adliya vazirligi

30.

Milliy huquqiy internet portali (huquqiyportal.uz)ni huquq bilan bog‘liq axborot va ta’lim resurslari bilan integratsiya qilish orqali uni huquqiy xamda sud-huquq masalalari bo‘yicha aholi uchun qiziqarli bo‘lgan ma’lumotlar bilan boyitish va portaldagi ma’lumotlar qamrovini kengaytirish.

Tashkiliy-texnik tadbirlar

Yagona platforma orqali huquqiy axborotlarni olish shakllari va sohalarini kengaytirish.

2022-yil dekabr

Adliya vazirligi

31.

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik, ma’muriy, jinoyat va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlari qarorlarini umumlashtirib, toifa (klassifikator)lar bo‘yicha Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasiga bosqichma-bosqich kiritish.

Tashkiliy-texnik tadbirlar

Keng jamoatchilik uchun O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik, ma’muriy, jinoyat va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlari tomonidan qabul qilingan 1,7 mln. dan ortiq sud qarorlari bilan yagona platforma orqali tanishish imkoniyatini yaratish.

2023-yil dekabr

Adliya vazirligi, Oliy sud

6. Huquqiy xizmat ko‘rsatish tizimining samarali ishlashi hamda fuqarolar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash

32.

“Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi va Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining elektron bazasini o‘zaro integratsiya qilish.

Tashkiliy-texnik tadbirlar

Notarial xizmatdan foydalanuvchilarga qulay sharoitlar yaratish hamda mazkur xizmatlardan foydalanishda ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish.

2022-yil iyun

Adliya vazirligi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

33.

Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya hamda advokatlik tuzilmasini ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatlarining kompozit tartibda ko‘rsatilishini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha ruxsat berishga oid hujjatlarni olishda qulay va ortiqcha byurokratiyadan holi bo‘lgan tizim yaratish.

2022-yil noyabr

Adliya vazirligi

34.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar faoliyatini takomillashtirish.

Bunda, idoraviy notarial arxivlar tomonidan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning arxivga topshirgan notarial harakatlaridan dublikatlar berish, O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari konsullari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalarni qabul qilish, “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali sobiq notariuslar tomonidan mol-mulkka qo‘yilgan taqiqlarni bekor qilish imkoniyatini nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Idoraviy notarial arxivlar xizmat ko‘rsatish doirasini oshirish orqali ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish.

2022-yil dekabr

Adliya vazirligi

35.

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan advokatlar reytingini aks ettiruvchi “Adlex” platformasini yaratish.

Tashkiliy-texnik tadbirlar

Advokatlar reytingini joriy qilish orqali ular orasida sog‘lom raqobat muhiti yuzaga kelishiga hamda aholi tomonidan malakali va bilimli advokatni tanlab olishga imkon yaratish.

2022-yil dekabr

Advokatlar palatasi

7. Yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish tizimini takomillashtirish

36.

Toshkent davlat yuridik universiteti xodimlari va professor-o‘qituvchilarini malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun nufuzli xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlarga yuborish.

Kompleks chora-tadbirlar

Toshkent davlat yuridik universiteti tizimida yuridik ta’lim sifatini oshirish va ta’lim tizimiga innovatsion yangiliklarni kiritish.

2022-yil davomida

Adliya vazirligi

37.

Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini birlashtirish, jumladan, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Yurist-kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish.

2022-yil dekabr

Adliya vazirligi

38.

Ta’lim tizimining sifatini oshirish maqsadida: yuridik adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish; shakllantirilgan ro‘yxat asosida yuridik adabiyotlarni tayyorlash va to‘plash;

“Yuridik kutubxona” elektron tizimini joriy qilish.

Kompleks chora-tadbirlar

Xorijiy olimlarni jalb yetgan holda yangi avlod darsliklarini yaratish. Bunda darslikni yozishda mavzularni o‘zlashtirish oson bo‘lishi uchun yangicha usul, jumladan zamonaviy axborot-texnologiyalari imkoniyatlari va QR-kodlardan foydalanish.

2022-yil dekabr

Adliya vazirligi

39.

Adliya vazirligi tizimidagi barcha axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasini yagona platformada shakllantirish uchun “virtual adliya” avtomatlashtirilgan axborot tizimini adliya organlari va muassasalariga joriy qilish.

Tashkiliy-texnik tadbirlar

Ish faoliyatini yanada qulay shaklda tashkil qilish, ortiqcha tartiblar va jarayonlarni bekor qilish, xodimlar vaqtini tejash orqali samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish.

2022-yil iyun

Adliya vazirligi

8. Sud ekspertizasi sifatini izchil yaxshilash

40.

Yakka tartibda nodavlat sud-ekspertlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy ekspertlar institutini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Sud-ekspertlik faoliyatining muqobil shakllarini joriy etish orqali sohada raqobat va xolislikni hamda ekspertlarning mustaqilligini ta’minlash.

2023-yil may

Adliya vazirligi

41.

Sud ekspertlarining faoliyatini ularning kasbiy layoqatliligi, o‘tkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan reyting tizimida baholash tartibini joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Ekspertlar reytingi asosida rag‘batlantirish orqali sud ekspertiza jarayonida shaxslarning buzilgan huquqlarini malakali tarzda tiklashga ko‘maklashish.

2023-yil sentyabr

Adliya vazirligi

42.

O‘zbekiston Respublikasi sud-ekspertiza muassasalari va tashkilotlari tomonidan xorijiy tashkilot va chet el fuqarolariga sud-ekspertiza imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun sharoit yaratish maqsadida ularga xizmat ko‘rsatish tizimini joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirish, qo‘shimcha xizmat turlarini joriy qilish.

2023-yil sentyabr

Adliya vazirligi

43.

Kriminalistika amaliyotida shaxs identifikatsiyasi va diagnostikasi masalalarini hal etishga qaratilgan ko‘p tarmoqli elektron dasturiy ta’minot yaratish.

Tashkiliy-texnik tadbirlar

Laboratoriya genetik ma’lumotlar bazasi negizida qo‘shimcha identifikatsiya va diagnostika imkoniyatlarini yaratish.

2022-2023-yillar

Adliya vazirligi

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash; ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4725-son Farmoni 8-bandining uchinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi” so‘zlari “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) to‘qqizinchi xatboshidan “belgilansin” so‘zi chiqarib tashlansin;
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasining “IV. Xalqaro reytinglarda O‘zbekiston bank tizimining mavqeyini oshirish” bo‘limi 3-bandidagi “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Majburiy ijro byurosi, Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari “Kadastr agentligi, Majburiy ijro byurosi, Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 3-ilovaning 4.1.3-pozitsiyasi “Mas’ul davlat organlari” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi (U. Muxammadiyev)” so‘zlari “Adliya vazirligi (R. Davletov)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5-ilovaning 3-bandi “b” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
a) 12-banddagi “Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari “Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 13-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi” so‘zlari “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
a) 22-ilovaning 26-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 4-ilovaning 7-pozitsiyasi “Mas’ul tashkilot va muassasa nomi” ustunidagi “, Intellektual mulk agentligi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
b) 12 va 13-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 19-banddan “hamda Davlat xizmatlari agentligi direktori U.I. Muxammadiyev” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) 2-ilovaning 48 va 79-pozitsiyalari hamda 5-ilovaning 14-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
d) 3-ilovaning 1 va 2-bandlari “Ma’lumotlar bazasini raqamlashtirish hamda ularni berishga mas’ul organlar” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari “Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 5-ilovaning 9-pozitsiyasi “vazirlik va idoralardan” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi (U. Muxammadiyev)” so‘zlari “Adliya vazirligi (R. Davletov)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
z) 7-ilovaning 7-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
to‘rtinchi xatboshidagi “yetakchi” so‘zi “bosh” so‘zi bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) 41-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) birinchi xatboshidagi “Agentlik faoliyatini” so‘zlari “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 2-bandning “a” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
to‘rtinchi xatboshidan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 210 nafardan iborat bo‘lgan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari” so‘zlari “muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, qoida tariqasida,” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 1 — 6-ilovalar tegishincha quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Vazir

Vazir yordamchisi

Vazirning birinchi o‘rinbosari

Vazir o‘rinbosari

Vazir o‘rinbosari

Vazir o‘rinbosari

Vazir o‘rinbosari

Tashkiliy-nazorat va strategik rejalashtirish boshqarmasi

17

Qonunchilik departamenti

1

Davlat boshqaruvi tizimini tahlil va monitoring qilish boshqarmasi

9

Xalqaro huquqiy hamkorlik departamenti

1

Davlat xizmatlari departamenti*

1

Intellektual mulk departamenti

1

Inson resurslari boshqarmasi

10

Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi

14

Intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatga olish boshqarmasi

7

Xalqaro-huquqiy hamkorlik boshqarmasi

9

Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish boshqarmasi*

7

Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi

5

Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi

16

Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi

14

Sanoat mulkini huquqiy himoya qilish boshqarmasi

12

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi

6

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

5

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi

15

Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi*

12

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi

11

Mualliflik va turdosh huquqlar boshqarmasi

8

Arbitraj va sud nizolari masalalari bo‘yicha boshqarma

7

Moliya-iqtisod boshqarmasi

12

Intellektual mulk sohasini tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi

7

Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi

11

Ishlar boshqarmasi

10

Qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish ta’sirini baholash boshqarmasi

15

Davlat xizmatlarini raqamlashtirish boshqarmasi*

12

Huquqiy xizmat ko‘rsatishni tartibga solish boshqarmasi

17

Birinchi bo‘lim

2

Huquqiy siyosat tadqiqot instituti

“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi**

Vazir maslahatchisi

1

Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza boshqarmasi

7

AKTRM davlat muassasasi

Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasi

12

Ma’muriy tartib-taomillarni rivojlantirish va monitoringini yuritish boshqarmasi*

12

X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi

Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat boshqarmasi

7

TDYU

“Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi**

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi” davlat muassasasi

YuMOM