21.02.2022 yildagi 84-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.02.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targʻibot tadbirlari konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek, yoshlarning faol ishtirokida odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlarini tizimli tashkil etish, ushbu tadbirlarga tegishli tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilgan holda ularning mazkur sohada idoralararo hamkorlik mexanizmlari samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasida odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targʻibot tadbirlari konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi oʻrtasida odam immunitet tanqisligi virusi (keyingi oʻrinlarda — OIV) infeksiyasi tarqalishini kamaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olishda aholining xabardorligini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OIV infeksiyasining aholi, ayniqsa yoshlar orasida tarqalishining oldini olish masalasida aniq maqsadga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OIV va orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) epidemiyasiga qarshi kurashish va uning oqibatlarini bartaraf etish, aholining, jumladan, yoshlarning xabardorligini oshirishga qaratilgan rejalarni Oʻzbekistonning strategik rivojlanish dasturlariga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining turli qatlamlari, shuningdek, OIV infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori guruhlar, OIV infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarning yaqinlari orasida tushuntirish ishlari qamrovini yanada oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumot olish imkoniyatlari cheklangan aholi guruhlari va shaxslar (til toʻsigʻi, hududning uzoqligi, jismoniy imkoniyatlari cheklangan va boshqalar)ga maʼlumot olishlari uchun axborot tarqatishning maxsus usullaridan foydalanishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlar, ayniqsa oʻsmirlar orasida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha oʻtkaziladigan turli targʻibot-tashviqot tadbirlarida OIV bilan kasallangan fuqarolarga nisbatan bagʻrikenglik, insoniylik muhitini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy urf-odatlar va anʼanalardan kelib chiqqan holda profilaktik tadbirlarga OIV infeksiyasi bilan kasallangan shaxslarni jalb etish, inson sogʻligʻi uchun xavfsiz boʻlgan usullar boʻyicha ish olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy tarmoqlarda OIV infeksiyasi xavfini muntazam yoritib boruvchi alohida bloglar/saytlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hamkor tashkilotlar bilan aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida oilaga sodiqlik, tasodifiy jinsiy munosabatlarning salbiy oqibatlari, jinsiy faoliyatni oila qurgandan keyin boshlash toʻgʻrisida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borishda ommaviy axborot vositalaridan keng foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OIV infeksiyasi profilaktikasiga bagʻishlangan ijtimoiy videoroliklarni ommaviy axborot vositalari orqali efirga muntazam uzatib borish, aeroport va temir yoʻl kutish zallari hamda metrolarda namoyish etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfsiz xulq-atvorni targʻib qiluvchi profilaktika dasturlarida aholining OIV infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori guruhlari qamrovini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
targʻibot tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirishga koʻmaklashish uchun taʼlim tashkilotlari, mehnat jamoalari va xorijda yashovchi vatandosh yoshlar ishtirokida “salomatlik valantyorlari” harakatini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OIV infeksiyasi profilaktikasi va uni diagnostika qilish, davolash boʻyicha kelgusida aholiga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordamni yanada takomillashtirish va kengaytirish uchun OIV infeksiyasi profilaktikasi, diagnostikasi va davolash boʻyicha tibbiyot xodimlarining kasbiy bilim darajalarini doimiy ravishda oshirib borish hamda aholining OIV infeksiyasi tekshiruvlari qamrovini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OIV infeksiyasi epidemiyasini harakatlantiruvchi kuchlarni muntazam ravishda oʻrganib, natijasiga muvofiq profilaktik tadbirlarni belgilab borish, OITSga qarshi kurash xizmatida faoliyat koʻrsatayotgan mutaxassislarning uzoq xorij va hamdoʻstlik mamlakatlari tajribalarini oʻrganib, ular bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borishini yoʻlga qoʻyish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Konsepsiyaning asosiy maqsadlari ijrosini taʼminlashga qaratilgan hamda OIV infeksiyasi profilaktikasi, tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish qamrovini oshirish, diagnostika va infeksiyaga chalingan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tadbirlarini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasida odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targʻibot tadbirlari konsepsiyasini 2022-yilda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022-yildan boshlab har yili 1-dekabrga qadar “Yoʻl xaritasi” ijrosini batafsil oʻrganish asosida keyingi yil uchun tegishli “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Idoralararo va hududiy ishchi guruhlarni shakllantirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yoʻl xaritasi”da belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, shuningdek, ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish boʻyicha vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda fuqarolik jamiyati tashkilotlari faoliyati va hamkorligini muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoralararo ishchi guruh, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda “Yoʻl xaritasi”da belgilangan tadbirlar ijrosi ustidan monitoringni yoʻlga qoʻysin va har chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasiga axborot kiritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 21-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
84-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 84-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targʻibot tadbirlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KONSEPSIYASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasida odam immunitet tanqisligi virusi (keyingi oʻrinlarda — OIV) infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targʻibot tadbirlari konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”, “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”, “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida, Hukumat qarorlarida, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasining sogʻliqni saqlash sohasidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalar asosida ishlab chiqilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. OIV oqibatida kelib chiqqan kasallik bugungi kunda barcha mamlakatlar uchun jiddiy muammoga aylandi. Uning taʼsiri nafaqat sogʻliqni saqlash tizimiga, fuqarolarning salomatligiga, balki mamlakatning iqtisodiy va milliy xavfsizligiga jiddiy xavf tugʻdirmoqda. U aholining mehnatga qobiliyatli qismiga zarar yetkazishi, OIV kasalligiga chalinganlarni ijtimoiy himoya qilish majburiyati yuzaga kelishi va unga ketadigan sarf-xarajatlarning kattaligi, shuningdek, mamlakatning demografik holatiga taʼsir qilishi bilan iqtisodiy taraqqiyotga xavf tugʻdirib, ushbu kasallikka chalinganlarning kamsitishlarga uchrashi mumkinligi tufayli va aholining sogʻlom, bexavotir turmush kechirishiga xavf tugʻdirishi orqali milliy taraqqiyot va barqarorlikka ham salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targʻibot tadbirlari konsepsiyasiga Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va majburiyatlari asos qilib olinadi, unda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va madaniyatiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi xalqlarning tarixiy anʼanalariga tayaniladi hamda OIV/OITSga qarshi kurashishda ijobiy xalqaro tajribadan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targʻibot tadbirlari OIV/OITSga qarshi kurashda davlat idoralari, taʼlim muassasalari, ilmiy tashkilotlar, jamoat tashkilotlari va siyosiy uyushmalar, nodavlat, notijorat, xayriya va diniy tashkilotlarning samarali hamkorligini nazarda tutgan holda ularning ishtirokini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu konsepsiya OIV infeksiyasi Oʻzbekiston aholisi, jumladan, yoshlar hamda millat kelajagiga va ularning xavfsizligiga tahdid solishining oldini olishga, kasallikning tarqalishiga qarshi kurashda davlat, uning tashkilotlari bilan birga barcha fuqarolarning javobgar ekanligini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targʻibot tadbirlarining maqsadi va asosiy vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targʻibot tadbirlarining maqsadi OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va salbiy oqibatlarining oldini olish Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari va Oʻzbekiston hududidagi barcha shaxslarning huquqi va burchi ekanligini singdirishdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targʻibot tadbirlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi oʻrtasida odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi tarqalishini kamaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olishda aholining xabardorligini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OIV infeksiyasining aholi, ayniqsa yoshlar orasida tarqalishining oldini olish masalasida aniq maqsadga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OIV/OITS epidemiyasiga qarshi kurashish va uning oqibatlarini bartaraf etish, aholining, jumladan, yoshlarning xabardorligini oshirish boʻyicha tadbirlarni Oʻzbekistonning strategik rivojlanish rejalariga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining turli qatlamlari, jumladan, OIV infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori guruhlar, OIV infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarning yaqinlari orasida tushuntirish ishlari qamrovini yanada oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumot olish imkoniyatlari cheklangan aholi guruhlari va shaxslar (til toʻsigʻi, hududning uzoqligi, jismoniy imkoniyatlari cheklangan va boshqalar) maʼlumotlar olishini taʼminlash uchun axborot tarqatishning maxsus usullaridan foydalanishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlar, ayniqsa oʻsmirlar orasida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha oʻtkaziladigan turli targʻibot-tashviqot tadbirlarida OIV bilan kasallangan fuqarolarga nisbatan bagʻrikenglik, insoniylik muhitini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy urf-odatlar va anʼanalardan kelib chiqqan holda profilaktik tadbirlarga OIV infeksiyasi bilan kasallangan shaxslarni jalb etish, inson sogʻligʻi uchun xavfsiz boʻlgan usullar boʻyicha ish olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy tarmoqlarda OIV infeksiyasi xavfini muntazam yoritib boruvchi alohida bloglar/saytlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hamkor tashkilotlar bilan aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida oilaga sodiqlik, tasodifiy jinsiy munosabatlarning salbiy oqibatlari, jinsiy faoliyatni oila qurgandan keyin boshlash toʻgʻrisida tashviqot-targʻibot ishlarini yoritishda ommaviy axborot vositalaridan keng foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OIV infeksiyasi profilaktikasiga bagʻishlangan ijtimoiy videoroliklarni televideniye orqali efirga muntazam uzatib borish, aeroport va temir yoʻl kutish zallari, metro bekatlarida namoyish etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfsiz xulq-atvorni targʻib qiluvchi profilaktika dasturlarida aholining OIV infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori guruhlari qamrovini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
targʻibot tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirishga koʻmaklashish uchun taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va xorijda yashovchi vatandosh yoshlar ishtirokidagi “salomatlik valantyorlari” harakatini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OIV infeksiyasi profilaktikasi va uni diagnostika qilish, davolash boʻyicha kelgusida aholiga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordamni yanada takomillashtirish va kengaytirish uchun tibbiyot xodimlarining kasbiy bilim darajalarini oshirish hamda aholining OIV infeksiyasi tekshiruvlari qamrovini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OIV infeksiyasi epidemiyasini harakatlantiruvchi kuchlarni muntazam ravishda oʻrganib, natijasiga muvofiq profilaktik tadbirlarni belgilab borish, OITSga qarshi kurash xizmatida faoliyat koʻrsatayotgan mutaxassislarning uzoq xorij va hamdoʻstlik mamlakatlari ijobiy tajribalarini oʻrganib, ular bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borishini yoʻlga qoʻyish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarda yon-atrofimiz va jahonda roʻy berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish koʻnikmalarini, turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha tadbirlar, jumladan, OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish va uning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar inson huquqlarini hurmat qilishga asoslanganligini inobatga olib ularni davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, jamoat tashkilotlari, nodavlat notijorat, xususiy tashkilotlar va fuqarolar, shu jumladan, OIV/OITS bilan kasallangan fuqarolar hamkorligida amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun OIV infeksiyasi bilan bogʻliq maʼlumot olish, har tomonlama profilaktika, davolash, parvarish qilish va qoʻllab-quvvatlashda tenglikni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikamiz fuqarolarini OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash yoʻllari toʻgʻrisida maʼlumot berish va tarqatishning barcha mavjud vositalari va usullaridan foydalangan holda muntazam ravishda xabardor qilib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining, jumladan, yoshlarning ijtimoiy ongiga axborot vositasida ruhiy taʼsir koʻrsatishga, uni chalgʻitishga yoʻl qoʻymaslik hamda milliy oʻzlikni anglashni izdan chiqarishga, jamiyatni tarixiy va milliy anʼanalar hamda urf-odatlardan uzoqlashtirishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni nobarqarorlashtirishga, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni buzishga qaratilgan maʼlumotlarni tarqatishga qarshi harakat qilish tizimini barpo etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlar va ularning ota-onalari bilan tibbiy koʻrikdan oʻtmasdan sharʼiy nikoh qurish holatlarining oldini olish tadbirlarini mahalla faollari va diniy ulamolar ishtirokida amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turli soha va kasblarda faoliyat koʻrsatuvchi fuqarolar, ayniqsa yoshlarning OIV infeksiyasi masalalarida bilimi va xabardorligini oshirish uchun tadbirlarga mutaxassislarni jalb etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. OIV infeksiyasi tarqalishini oldini olish toʻgʻrisida aholini xabardor qilish va oʻqitish davlat idoralari, xususiy muassasalar va tashkilotlarning vazifasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. OIV kasalligining joriy holati va mavjud muammolari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. OIV — odam organizmida immunitet tanqisligini keltirib chiqaruvchi virus. OIV odamga jinsiy yoʻl — OIV yuqqan shaxs bilan himoyalanmagan jinsiy muloqot qilish orqali, parenteral yuqish yoʻli — teri va shilliq qavatlar butunligi buzilishi bilan bogʻliq amaliyot orqali, vertikal yoʻl — OIV infeksiyali onadan homilaga homiladorlik davrida (prenatal), tugʻish paytida (intranatal) va emizishda (postnatal) yuqishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OIV odamdan odamga boshqa yoʻllar orqali yuqmasa ham virus tufayli yuzaga kelgan kasallikning bir qator xususiyatlari uning aholi orasida keng tarqalishini taʼminlaydi. OIV tarqalishini nazorat qilish juda qiyin. Chunki infeksiya yuqqandan keyin kasallik uzoq yillar davomida belgisiz kechishi mumkin. Odamning tanasida OIVning mavjudligi faqat qon yoki boshqa biologik moddalarni maxsus diagnostik laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazish yoʻli bilan aniqlanadi. Biroq OIV yuqqandan soʻng inson organizmining kasalliklarga qarshi himoya mexanizmlari asta-sekinlik bilan izdan chiqadi, oʻrtacha 8 — 10 yil oʻtgach OIVni yuqtirgan odam organizmining himoya tizimi zaiflashadi va orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) kelib chiqadi. OITS bu OIV infeksiyasining oxirgi (terminal) bosqichi hisoblanib, sogʻlom organizmda infeksiya chaqirmaydigan mikroorganizmlarni ham kasalliklar chaqiruvchi mikroorganizmlarga aylantiradi va opportunistik (hamroh kasalliklar) infeksiyalar va boshqa oʻsma kasalliklar paydo boʻlishiga olib keladi. Maxsus ARV terapiya oʻtkazilmasa, bemorlar hayoti oʻlim bilan yakun topadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birlashgan Millatlar Tashkilotining bergan maʼlumotlariga koʻra dunyo boʻyicha ayni kunda OIV bilan yashayotganlar soni 38,0 million nafarni tashkil etadi (2019-yil). 2019-yilda dunyo boʻyicha OIV bilan yangi kasallanganlar 1,7 million nafarni tashkil etdi. 32,7 million nafar inson esa epidemiya boshlangandan buyon ushbu kasallikdan vafot etgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslarning 40 foizini yoshlar tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekistonda OIV epidemiyasi konsentrlangan bosqichda, lekin Markaziy, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari uchun xos ravishda tarqalish tezligi ortib bormoqda. Har yili respublikamizda 3,5 — 4,0 ming nafar bemor aniqlanib, dispanser nazoratiga olinmoqda. Respublikada giyohvandlik moddalarini inyeksiya orqali qabul qiluvchilar OIV epidemiyasining asosiy harakatlantiruvchi omili hisoblansada, oxirgi yillarda dunyoning qator davlatlari kabi respublikamizda ham OIVning jinsiy aloqa yoʻli orqali yuqish salmogʻi ortib borayotganligi kasallik aholining boshqa qatlamlariga tarqalishi xavfini oshirmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. 2020-yilda respublikamizda roʻyxatga olingan 2817 nafar OIV infeksiyali shaxsdan 2110 (74,9%) nafariga kasallik jinsiy aloqa yoʻli orqali yuqqanligi aholi, ayniqsa yoshlar orasida jinsiy yoʻl orqali yuquvchi infeksiyalar toʻgʻrisidagi targʻibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirishni taqozo etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Aholining OIV infeksiyasidan xabardorligi va kasallikning oldini olish boʻyicha koʻnikmalarining yetarli darajada emasligi oqibatida aholi orasida OIV infeksiyasi yangi qayd etilgan holatlarning 25 foizi 18 — 30 yoshlilarga toʻgʻri kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishning ustuvor yoʻnalishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Respublikada OIV/OITSga qarshi kurashishning ustuvor yoʻnalishlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va oʻzaro hamkorligini jadallashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OIV infeksiyasining profilaktikasi boʻyicha milliy rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish holati monitoringini yuritish va doimiy ravishda har tomonlama baholash, maqsadli va manzilli chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OIV/OITSning oldini olish, tashxis qoʻyish va davolashning inson salomatligi uchun xavfsiz usullarini oʻrganish va joriy etishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OITSga qarshi kurashda xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan oʻzaro aloqalarni oʻrnatish va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Kutilayotgan natijalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Soʻnggi yillarda OIV infeksiyasi boʻyicha epidemik vaziyatning barqarorlashuvi va OIV infeksiyali shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordamning yaxshilanishi, OIV infeksiyasi epidemiyasiga chek qoʻyishga erishish uchun 2016-yilda BMT Bosh Assambleyasida BMTga aʼzo davlatlar (shu jumladan, Oʻzbekiston) ishtirokida imzolangan “OIV/OITS boʻyicha Siyosiy deklaratsiyada OIV infeksiyasiga qarshi kurashni jadallashtirish va 2030-yilga borib OITS epidemiyasiga barham berish” uchun “90-90-90” strategiyasi olgʻa surilgan. Keyinchalik BMTning OIV/OITS boʻyicha birlashgan dasturi (UNAIDS) tashabbusiga koʻra ushbu strategiya 2025-yilgacha “95-95-95” sifatida tatbiq etilishi belgilangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikamizda 2025-yilga borib OIV infeksiyasi epidemiyasiga barham berishga erishish uchun “95-95-95” strategiyasiga muvofiq tadbirlarni amalga oshirish dolzarb masalalardan biri boʻlib qolmoqda, xususan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchidan, 95 foiz OIV infeksiyali shaxslar oʻz maqomini bilishlari kerak (maxsus elektron dasturlar asosida oʻtkazilgan hisob-kitoblarga koʻra respublikamizda roʻyxatga olingan OIV-infeksiyali shaxslardan tashqari 14 foiz insonlar oʻzlarining OIV maqomini bilmagan holda atrofdagilar uchun kasallik tarqatuvchi manba boʻlib qolmoqda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchidan, 95 foiz OIV infeksiyali shaxslar maxsus davolash kurslari bilan qamrab olinishi kerak (maxsus davolash kurslari bilan qamrab olingan bemorlardan boshqalarga kasallikning yuqish xavfi keskin kamayadi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchidan, maxsus (retrovirusga qarshi) davolanayotgan bemorlarning 95 foizi qonida virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajaga tushishi kerak (bu bemordan boshqalarga kasallik yuqish omilini kamaytiradi, bemorning salomatligi tiklanishiga olib keladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi orasida kasallik yuqishining oldini olish, ularning hushyorligini oshirish, OIV infeksiyasi tekshiruvlari qamrovini oshirish maqsadida tegishli tashkilotlar va idoralarning mazkur muammoga eʼtiborini qaratib, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalaridan samarali foydalangan holda OIV infeksiyasi xavfi toʻgʻrisida tizimli maʼlumotlarni berib borish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targʻibot tadbirlari konsepsiyasida nazarda tutilgan maqsad va vazifalarga erishishning moliyaviy xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti, budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishidagi oʻzgarishlardan kelib chiqib Konsepsiyaning ayrim qoidalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlashtirilishi hamda toʻldirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 84-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targʻibot tadbirlari konsepsiyasini 2022-yilda amalga oshirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi profilaktikasi boʻyicha tadbirlar

1.

2025-yilga borib odam immun-tanqisligi virusi (keyingi oʻrinlarda — OIV) infeksiyasi epidemiyasiga barham berishga erishish uchun quyidagi saʼy-harakatlarni inobatga olgan holda tarmoqlararo va hududiy chora-tadbirlar rejalarini qabul qilish:

mahalliy, moddiy va kadrlar resurslarini safarbar qilish;

OIV infeksiyasining ijtimoiy, moliyaviy, tibbiy, maʼnaviy-axloqiy jihatlari bilan bogʻliq muammolarni hal qilish masalalariga kompleks yondashish.

Idoralararo va hududiy ishchi guruhlarni tashkil etish.

Kasallanishning ijtimoiy-demografik jihatlarini, epidemik jarayonni harakatlantiruvchi kuchlarni inobatga olgan holda OIV infeksiyasi epidemiyasiga barham berishni koʻzda tutuvchi “95-95-95” tamoyiliga muvofiq tadbirlarni 2025-yilgacha amalga oshirish boʻyicha hududiy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda masʼul ijrochilar bilan kelishish.

Tarmoqlararo va hududiy ijrochilarga yagona tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasini ijro uchun yuborish.

2022-yil aprel

Ijrochilarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshqulov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

(S. Toshboyev),

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

(G. Marufova),

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(M. Xodjimatov)

2.

OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va oʻzaro hamkorligini jadallashtirish.

Idoralararo va hududiy ishchi guruhlarni tashkil etish. Tarmoqlararo va hududiy ijrochilarga yagona tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasini ijro uchun yuborish.

2022-yil mart-aprel

Ijrochilarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshqulov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

(S. Toshboyev),

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

(G. Marufova),

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(M. Xodjimatov)

3.

OIV infeksiyasining profilaktikasi boʻyicha milliy rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Idoralararo va hududiy ishchi guruhlarni tashkil etish. Tarmoqlararo va hududiy ijrochilarga yagona tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasini ijro uchun yuborish.

2022-yil mart-aprel

Ijrochilarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshqulov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

(S. Toshboyev),

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

(G. Marufova),

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(M. Xodjimatov)

4.

Respublikada OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish holati monitoringini yuritish va doimiy ravishda har tomonlama baholash, maqsadli va manzilli chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Idoralararo va hududiy ishchi guruhlarni tashkil etish. Tarmoqlararo va hududiy ijrochilarga yagona tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasini ijro uchun yuborish.

2022-yil mart-aprel

Ijrochilarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshqulov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

(S. Toshboyev),

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

(G. Marufova),

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(M. Xodjimatov)

5.

OIV/OITSning oldini olish, tashxis qoʻyish va davolashning inson salomatligi uchun xavfsiz usullarini oʻrganish va joriy etishni taʼminlash;

Idoralararo va hududiy ishchi guruhlarni tashkil etish. Tarmoqlararo va hududiy ijrochilarga yagona tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasini ijro uchun yuborish.

2022-yil mart-aprel

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshqulov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Din ishlari boʻyicha qoʻmita (S. Toshboyev),

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

(G. Marufova),

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(M. Xodjimatov)

6.

OITSga qarshi kurashda xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan oʻzaro aloqalarni oʻrnatish va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Xalqaro tashkilotlar, NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan OIV infeksiyasi muammolari boʻyicha turli yoʻnalishdagi loyihalarni jalb etish, tayyorlash va amalga oshirish. Ilmiy-amaliy hamkorlik shartnomalarini imzolash.

2022-yil mart-aprel

Ijrochilarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshqulov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A.Saʼdullayev),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

(S. Toshboyev),

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

(G. Marufova),

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(M. Xodjimatov)

7.

Aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar, umumiy oʻrta, oliy taʼlim muassasalari oʻquvchi-talabalari oʻrtasida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish, uning kelib chiqishi sabablarini tushuntirish va oqibatlaridan himoya qilish choralarini koʻrish.

Aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar, umumtaʼlim maktablari, oliy taʼlim muassasalari oʻquvchi-talabalari oʻrtasida giyohvandlik, OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan quyidagi choralar koʻrilishi lozim:

mahalliy hokimliklar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligida keng tushuntirish-targʻibot ishlari, koʻrgazmali uchrashuvlar va davra suhbatlari oʻtkazilishini tashkil etish;

aholining turli qatlamlari, turli kasb-hunar egalari, jumladan, yoshlar oʻrtasida targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish va bilimlarini oshirishga moʻljallangan metodik qoʻllanmalar, oʻquv modullari loyihasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;

taʼlim muassasalari oʻquvchi-talabalari oʻrtasida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish, uning kelib chiqishi sabablari va oqibatlaridan himoya qilish yuzasidan oʻquv darslariga OIV infeksiyasi etiologiyasi, epidemiologiyasi va profilaktikasi mavzusida oʻquv soatlarini oshirish choralarini koʻrish.

2022-yil aprel

Ijrochilarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshqulov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov),

Narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy markazi

(N. Narzullayev)

8.

Respublikada aholining barcha qatlami, ayniqsa qishloq aholisining OIV infeksiyasidan xabardorlik darajasini oshirish.

Tarmoqlararo reja tuzish. Mahalla faollari, turli din vakillari, yosh volontyorlar va xotin-qizlarni OIV infeksiyasi masalalari boʻyicha oʻqitib tayyorlash.

Qishloq aholisi orasida OIV profilaktikasi boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish va OIV infeksiyasiga tekshiruvdan oʻtishida mahalla fuqarolar yigʻinlari, Yoshlar ishlari agentligi faollari, diniy ulamolar hamda NNTlar bilan hamkorlikni taʼminlash.

Aeroport va temir yoʻl kutish zallarida OIV infeksiyasining oldini olish boʻyicha videoroliklar namoyishini yoʻlga qoʻyish.

Doimiy ravishda

Ijrochilarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

(S. Toshboyev),

Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi

(G. Marufova),

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(M. Xodjimatov)

9.

Uyushgan va uyushmagan yoshlar oʻrtasida yuqumli infeksiyalarga ixtiyoriy davriy tekshiruvlardan oʻtishga yoʻnaltirish va oila qurishga tayyorlash koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish.

Migrantlar, nikohlanuvchilar, homiladorlar oʻrtasida “Sogʻlo� o�la — kelajak poydevori”, “Farzanding sogʻlom va barkamol boʻlishi sening qoʻlingda” kabi mavzularda tadbirlarni oʻtkazish.

Mahalla faollari va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida uyushmagan yoshlar orasida OIV infeksiyasining oldini olishni targʻib etuvchi tadbirlar tashkil etish.

Doimiy ravishda

Ijrochilarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshqulov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

(S. Toshboyev),

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

(G. Marufova),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

10.

OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish tadbirlariga xalqaro va nodavlat tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini keng jalb etish.

Xalqaro tashkilotlar, NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini OIV infeksiyasi muammolari boʻyicha turli yoʻnalishdagi loyihalarni jalb etish, tayyorlash va amalga oshirish. Ilmiy-amaliy hamkorlik shartnomalarini imzolash.

OIV infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori boʻlgan guruhlar, mehnat migrantlari, uyushmagan yoshlar salomatligini qoʻllab-quvvatlash, jumladan jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar (JYBYUK)ning oldini olish maqsadida aholini OIV, V, S gepatitlar, zaxm infeksiyalariga ekspress usulida tekshirishni amalga oshirishga yoʻnaltirish.

Reja asosida

Ijrochilarning mablagʻlari, mahalliy budjet mablagʻlari, donorlik mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

OʻzNNTMA

(O. Izzatillayev),

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,

(G. Marufova),

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

(S. Toshboyev),

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(M. Xodjimatov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Komilov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar

11.

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida saqlanayotgan tarbiyasi ogʻir oʻsmirlar va yoshlarga OIV infeksiyasi profilaktikasi va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazish.

Hamkorlikda mashgʻulotlar oʻtkazish rejasini tayyorlash.

Ushbu reja asosida har oyda bir marotaba markazdagi tarbiyasi ogʻir oʻsmirlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi va OIV-infeksiyasi profilaktikasi boʻyicha mashgʻulotlar olib borish

Doimiy ravishda

Ijrochilarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Milliy gvardiya

(R. Joʻrayev)

12.

Taʼlim muassasalarida, harbiylashtirilgan taʼlim muassasalarida, mahallalarda va tibbiyot muassasalarida yoshlar oʻrtasida tibbiy madaniyatni oshirish, tibbiy koʻrikning sogʻlom hayot kechirishda tutgan oʻrni va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida “Salomatlik kunlari”ni oʻtkazish yuzasidan targʻibot tadbirlarini olib borish.

Yoshlar, ayniqsa oʻsmirlar orasida OIV infeksiyasining oldini olish boʻyicha turli shakldagi tushuntirish-targʻibot tadbirlarini (savol-javob kechalari, sport-madaniy tadbirlar, sahna namoyishi va h.k) oʻtkazish.

“Biz OITSga qarshimiz” shiori ostida yoshlar orasida turli aksiya va sport musobaqalari oʻtkazishni davom ettirish.

Doimiy ravishda

Ijrochilarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshqulov),

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

(G. Marufova),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sadullayev)

13.

“Yoshlar OIV infeksiyasiga qarshi” shiori ostida oʻtkazilayotgan tadbirlarning asosiy gʻoya va maqsadlarini ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, nashrlar) va Internet tarmogʻi orqali keng yoritish boʻyicha targʻibot mediaplatformasini shakllantirish.

“Yoshlar OIV infeksiyasiga qarshi” shiori ostida aholi, xususan, yoshlar uchun ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali targʻibot mediaplatformasini shakllantirish boʻyicha media-rejani ishlab chiqish.

Media-rejada quyidagilarni nazarda tutish:

intervyu, brifing, matbuot anjumanlari tashkil etish;

ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, elektron va bosma nashrlar) orqali mavzuga oid materiallar berib borish;

maxsus videorolik, animatsiyalar, titr va fotolavhalar tayyorlash va Internet jahon axborot tarmoqlariga joylashtirish;

masʼul vazirliklar va idoralarning rasmiy saytlarida maxsus ruknlar tashkil etish;

yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish.

Reja asosida

Ijrochilarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(A. Xodjayev),

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Xodjayev),

Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

(F. Abduxoliqov),

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

(A. Koʻchimov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

(G. Marufova),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshqulov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(M. Xodjimatov),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

14.

Yoshlar salomatligini asrash, hududlarda oʻsmirlar oʻrtasida doimiy sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida “Salomatlik volontyorlari” faoliyatini tashkil etish.

“Salomatlik volontyorlari” loyihasini amalga oshirishda:

loyiha toʻgʻrisida OAVda eʼlon berish;

nomzodlarni saralash;

“Salomatlik volontyorlari” oromgohini tashkil etish, nomzodlarni trenerlikka tayyorlash;

targʻibot yoʻnalishlari boʻyicha mavzularni belgilab berish;

targʻibot jarayonlarini doimiy yoritib borish.

2022-yil iyun

Yoshlar ishlari agentligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sadullayev),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshqulov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov)

Narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy markazi

(N. Narzullayev)

15.

Yoshlar orasida OIV/OITS va uning salbiy oqibatlari toʻgʻrisidagi targʻibot materiallarini muntazam ravishda joylashtirib borish orqali yoshlar oʻrtasida tibbiy savodxonlikni rivojlantirish maqsadida quyidagi ijtimoiy tarmoqlar “telegram”, “facebook”, “tik-tok”, “Instagram” hamda “youtube” sahifalarida “repro.uz” ruknini tashkil qilish va targʻibot materiallarini doimiy ravishda joylashtirib borish.

Sahifa loyihasiga joylashtiriladigan materiallar ishlab chiqiladi, ishlab chiqilgan materiallar ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirib boriladi.

Doimiy ravishda

Yoshlar ishlari agentligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sadullayev),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(A. Xodjayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(O. Pekos),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshqulov),

Xalq taʼlim vazirligi

(B. Saidov)

16.

Aholi, ayniqsa yoshlar orasida milliy qadriyatlar va anʼanalarni hisobga olgan holda OIV infeksiyasi profilaktikasiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari, hujjatli filmlar namoyishini tashkil etish.

Sahna koʻrinishlari, hujjatli filmlar loyihalarini tayyorlash, ekspertizadan oʻtkazish va aholiga namoyish etish

Doimiy ravishda

Ijrochilarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

(A. Koʻchimov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sadullayev),

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Xadjayev)

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshqulov),

Xalq taʼlim vazirligi

(B. Saidov)

17.

OIV infeksiyasi profilaktikasi, OIV infeksiyasi yuqqan shaxslarga ruhiy yordam koʻrsatish borasida aholi orasida keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlar uchun grantlar ajratish.

NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirokida OIV infeksiyasi muammolari boʻyicha turli yoʻnalishdagi loyihalarni jalb etish, tayyorlash va amalga oshirish.

2022-yilda

Ijrochilarning mablagʻlari, mahalliy budjet mablagʻlari, donorlik mablagʻlari

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

OʻzNNTMA

(O. Izzatillayev)

II. Aholini OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish qamrovini oshirish boʻyicha tadbirlar

18.

“95-95-95” tamoyiliga asosan shifoxonalarda klinik koʻrsatma asosida hamda ixtiyoriy tekshiruvlarni kengaytirish.

Tibbiyot xodimlarini (vrach, hamshira) OIV infeksiyasi boʻyicha oʻqitish uchun trenerlar tayyorlash.

OIV infeksiyasi bilan bogʻliq masalalar bilan tuman va birlamchi boʻgʻin darajasida shugʻullanuvchi tibbiyot xodimlarining bilimlarini oshirish.

Reja asosida

Ijrochilarning mablagʻlari, mahalliy budjet mablagʻlari, donorlik mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

19.

Aholi orasida OIV bilan kasallanganlarni erta aniqlash maqsadida tekshiruvlar qamrovini oshirish.

Test toʻplamlariga ehtiyojni aniqlash va buyurtma tayyorlash.

Test toʻplamlarini sotib olish.

Mobil brigadalar tashkil etish orqali uzoq hududlardagi aholiga OIV infeksiyasi boʻyicha tibbiy xizmat koʻrsatish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Oʻzini oʻzi OIV infeksiyasiga testdan oʻtkazish boʻyicha xalqaro tajribalarni oʻrganish.

Maʼlum bir hududda sinov tariqasida oʻzini oʻzi OIV infeksiyasiga testdan oʻtkazish usuli samaradorligini oʻrganish va natijasi boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

Reja asosida

Donorlik mablagʻlari, homiylik xayriyalari, ijrochilarning mablagʻlari, mahalliy budjet mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

III. OIV infeksiyasi diganostikasi va OIV infeksiyali shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish borasidagi tadbirlar

20.

OIV infeksiyasi tarqalishi jadalligiga taʼsir koʻrsatuvchi sabablarni aniqlash, ularning faolligini baholash, OIV infeksiyali bemorlarni davolash samarasini oʻrganish boʻyicha maxsus tadqiqotlar oʻtkazish.

Tadqiqot oʻtkazish boʻyicha normativ hujjat tayyorlash.

Epidemiologik, serologik va ijtimoiy tadqiqotlar oʻtkazish.

Olingan maʼlumotlarni tahlil qilish.

Oʻtkazilgan tadbirlarning samara- dorligini baholash va amalga oshiriladigan davolash-profilaktika ishlarini yaxshilash uchun tegishli tavsiyalar ishlab chiqish.

Doimiy ravishda

Ijrochilarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

21.

Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizligi xizmati tizimidagi hamda xususiy tibbiyot muassasalari tibbiy xodimlarini OIV infeksiyasi masalalari boʻyicha oʻqitish.

Oʻquv va kalendar rejalarini tuzish.

Reja asosida tajribaga ega va salohiyati yuqori mutaxassislarni jalb qilgan holda oʻqitish ishlarini tashkil etish.

Tibbiyot va soha xodimlarining OIV infeksiyasi masalalari boʻyicha bilimini oshirish.

2022-yil mart-aprel

Ijrochilarning mablagʻlari, donorlik mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar

22.

OIV infeksiyasiga barham berishga yoʻnaltirilgan tadbirlar oʻtkazilishini qoʻllab-quvvatlash, ushbu masalada jahon tajribasini oʻrganish va amaliyotga tatbiq etish maqsadida xalqaro va milliy ekspertlar ishtirokida turli oʻquv seminarlari va treninglarni tashkil etish va oʻtkazish.

Ishtirokchilar roʻyxatini aniqlash va dasturni tasdiqlash.

OIV infeksiyasi sohasida ilgʻor zamonaviy tajribani oʻrganish.

OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va uning oldini olishda keng tajribaga ega Jahon sogʻliqni saqlash tashki�oti (JSST), YUNEYDS (UNAIDS), YUSAID (USAID), SDS (CDC), YUNFPA (UNFPA) kabi xalqaro tashkilotlarni jalb qilish.

Tajriba almashish, hamkorlik oʻrnatish, OIV infeksiyasi sohasida ilmiy izlanishlarni rejalashtirish.

Reja asosida

Ijrochilarning mablagʻlari, donorlik mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov)

23.

OIV infeksiyasi profilaktikasi va ijtimoiy masalalar boʻyicha ijtimoiy tarmoqlar orqali maslahat berilishini tashkil etish.

Ijtimoiy tarmoqlarda OIV infeksiyasi masalalarini muntazam yoritib boruvchi alohida bloglar/saytlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Bloglar/saytlar orqali targʻib etiladigan materiallarni idoralararo va hududiy ishchi guruhlar ekspertizasidan oʻtkazish.

Doimiy ravishda

Ijrochilarning mablagʻlari, donorlik mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

OʻzNNTMA

(O. Izzatillayev).

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/84/0158-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)