08.02.2022 yildagi 62-son
Hujjat 08.02.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 2021-yil 25-martdagi PF-6195-son hamda “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son farmonlari, “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyati hamda bolalarga nogironlikni belgilash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 27-noyabrdagi PQ-22-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoniga muvofiq nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, anatomik nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni klinik-funksional ma’lumotlarni olishga doir qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazmasdan turib, ular nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilganda nogironlikni muddatsiz davrga belgilash amaliyotini joriy etish hamda tibbiy-ijtimoiy xizmatning mutlaqo yangi modelini shakllantirish vazifasi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining faoliyati tashkil etilgunga qadar “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq 16 — 17 yoshdagi bolalarga tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan nogironlik guruhi belgilanganligi hamda ularga “bolalikdan nogironlik” maqomi berilgan muddat mobaynida nafaqa va nogironlik guruhi uchun to‘lov to‘lanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 12-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 13-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK) nomi

Xizmat ko‘rsatish hududi

TIEK biriktirilgan tibbiyot muassasalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

Bosh TIEK

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda — KTTM) va Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va tegishli hududiy reabilitatsiya markazlari (keyingi o‘rinlarda — NRPM)

2.

Amudaryo tumanlararo TIEK

Amudaryo va Beruniy tumanlari

Amudaryo va Beruniy tuman tibbiyot birlashmasi (keyingi o‘rinlarda — TTB) (tegishli hududlar bo‘yicha)

3.

Kegayli tumanlararo TIEK

Kegayli, Nukus, Qorao‘zak va Bo‘zatov tumanlari

Kegayli, Nukus, Qorao‘zak va Bo‘zatov TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

4.

Qo‘ng‘irot tumanlararo TIEK

Qo‘ng‘irot, Qonliko‘l va Mo‘ynoq tumanlari

Qo‘ng‘irot, Qonliko‘l va Mo‘ynoq TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

5.

Nukus shahar TIEK

Nukus shahri

Nukus shahar tibbiyot birlashmasi (keyingi o‘rinlarda — SHTB)

6.

Xo‘jayli tumanlararo TIEK

Xo‘jayli, Shumanay va Taxiatosh tumanlari

Xo‘jayli va Shumanay, Taxiatosh TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

7.

Chimboy tumanlararo TIEK

Chimboy va Taxtako‘pir tumanlari

Chimboy va Taxtako‘pir TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

8.

Ellikqal’a tumanlararo TIEK

Ellikqal’a va To‘rtko‘l tumanlari

Ellikqal’a va To‘rtko‘l TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

9.

Ixtisoslashtirilgan Ftiziatriya va pulmonologiya TIEK

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Sapar Sultanov nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ftiziatriya va pulmonologiya markazi

10.

Ixtisoslashtirilgan Psixiatriya TIEK

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi psixonevrologiya dispanseri

11.

Pediatriya TIEK

Amudaryo, Beruniy, Taxiatosh, To‘rtko‘l, Xo‘jayli va Ellikqal’a tumanlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda — KTBTM), NRPM va TTB lar (tegishli hududlar bo‘yicha)

12.

Pediatriya TIEK

Nukus shahri, Nukus, Buzatov, Qonliko‘l, Qorao‘zak, Kegeyli, Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq, Taxtako‘pir, Chimboy va Shumanay tumanlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi KTBTM, NRPM va TTB (SHTB) (tegishli hududlar bo‘yicha)

Andijon viloyati

13.

Bosh TIEK

Andijon viloyati

Andijon viloyat KTTM va NRPM

14.

Andijon shahar TIEK

Andijon shahri

Andijon SHTB

15.

Andijon tumanlararo TIEK

Andijon va Oltinko‘l tumanlari

Andijon va Oltinko‘l TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

16.

Asaka tumanlararo TIEK

Asaka, Marhamat va Buloqboshi tumanlari

Asaka, Marhamat va Buloqboshi TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

17.

Izboskan tumanlararo TIEK

Izboskan va Paxtaobod tumanlari

Izboskan va Paxtaobod TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

18.

Qo‘rg‘ontepa tumanlararo TIEK

Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq va Xo‘jaobod tumanlari, Qorasuv va Xonobod shaharlari

Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq va Xo‘jaobod TTB, Qorasuv va Xonobod SHTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

19.

Shahrixon tumanlararo TIEK

Shahrixon, Bo‘ston, Baliqchi va Ulug‘nor tumanlari

Shahrixon, Bo‘ston, Baliqchi va Ulug‘nor TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

20.

Ixtisoslashtirilgan Psixiatriya TIEK

Andijon viloyati

Andijon viloyat psixonevrologiya dispanseri

21.

Pediatriya TIEK

Andijon, Xonobod va Qorasuv shaharlari, Asaka, Buloqboshi, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Marhamat va Xo‘jaobod tumanlari

Andijon viloyat KTBTM va NRPM, TTB (SHTB) (tegishli hududlar bo‘yicha)

22.

Pediatriya TIEK

Andijon, Baliqchi, Bo‘ston, Izboskan, Oltinko‘l, Paxtaobod, Ulug‘nor va Shahrixon tumanlari

Andijon viloyat KTBTM va NRPM, TTB (SHTB)(tegishli hududlar bo‘yicha)

Buxoro viloyati

23.

Bosh TIEK

Buxoro viloyati

Buxoro viloyat KTTM va NRPM

24.

Jondor tumanlararo TIEK

Buxoro, Jondor va Kogon tumanlari

Buxoro, Jondor va Kogon TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

25.

Buxoro tumanlararo TIEK

Buxoro va Kogon shaharlari, Qorovulbozor tumani

Buxoro va Kogon SHTB, Qorovulbozor TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

26.

Qorako‘l tumanlararo TIEK

Qorako‘l va Olot tumanlari

Qorako‘l va Olot TTB (tegishli hududlar bo‘yicha

27.

Romitan tumanlararo TIEK

Romitan, Shofirkon va Peshku tumanlari

Romitan, Shofirkon va Peshku TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

28.

G‘ijduvon tumanlararo TIEK

G‘ijduvon va Vobkent tumanlari

G‘ijduvon va Vobkent TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

29.

Ixtisoslashtirilgan Psixiatriya TIEK

Buxoro viloyati

Buxoro viloyat psixiatriya shifoxonasi

30.

Pediatriya TIEK

Buxoro viloyati

Buxoro viloyat KTBTM va NRPM

Jizzax viloyati

31.

Bosh TIEK

Jizzax viloyati

Jizzax viloyat KTTM va Jizzax viloyat NRPM

32.

G‘allaorol tumanlararo TIEK

G‘allaorol, Forish va Baxmal tumanlari

G‘allaorol, Forish va Baxmal TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

33.

Jizzax tumanlararo TIEK

Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani

Jizzax SHTB va Sharof Rashidov TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

34.

Do‘stlik tumanlararo TIEK

Do‘stlik, Mirzacho‘l, Zafarobod, Paxtakor va Arnasoy tumanlari

Do‘stlik, Mirzacho‘l, Zafarobod, Paxtakor va Arnasoy TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

35.

Zomin tumanlararo TIEK

Zomin, Zarbdor va Yangiobod tumanlari

Zomin, Zarbdor va Yangiobod TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

36.

Pediatriya TIEK

Jizzax viloyati

Jizzax viloyat KTBTM va Jizzax viloyat NRPM

Qashqadaryo viloyati

37.

Bosh TIEK

Qashqadaryo viloyati

Qashqadaryo viloyat KTTM va Qashqadaryo viloyat NRPM

38.

G‘uzor tumanlararo TIEK

G‘uzor, Qamashi va Dehqonobod tumanlari

G‘uzor, Qamashi va Dehqonobod TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

39.

Qarshi tumanlararo TIEK

Qarshi shahri va Nishon tumani

Qarshi SHTB va Nishon TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

40.

Kasbi tumanlararo TIEK

Qarshi va Kasbi tumanlari

Qarshi va Kasbi TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

41.

Koson tumanlararo TIEK

Koson va Muborak, Mirishkor tumanlari

Koson va Mirishkor, Muborak TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

42.

Kitob tumanlararo TIEK

Kitob va Shahrisabz tumanlari, Shahrisabz shahri

Kitob va Shahrisabz TTB, Shahrisabz SHTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

43.

Chiroqchi tumanlararo TIEK

Chiroqchi va Yakkabog‘ tumanlari

Chiroqchi va Yakkabog‘ TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

44.

Ixtisoslashtirilgan Ftiziatriya va pulmonologiya TIEK

Qashqadaryo viloyati

Qashqadaryo viloyat Ftiziatriya va pulmonologiya markazi

45.

Ixtisoslashtirilgan Psixiatriya TIEK

Qashqadaryo viloyati

Qashqadaryo viloyat psixonevrologiya dispanseri

46.

Pediatriya TIEK

Shahrisabz shahri, Dehqonobod, Qamashi, Kitob, Chiroqchi, Shahrisabz va Yakkabog‘ tumanlari

Qashqadaryo viloyat KTBTM va NRPM, TTB, SHTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

47.

Pediatriya TIEK

Qarshi shahri, G‘uzor, Qarshi, Kasbi, Koson, Muborak, Mirishkor, Nishon tumanlari

Qashqadaryo viloyat KTBTM va NRPM, TTB SHTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

Navoiy viloyati

48.

Bosh TIEK

Navoiy viloyati

Navoiy viloyat KTTM va NRPM

49.

Konimex tumanlararo TIEK

Konimex, Tomdi va Uchquduq tumanlari, Zarafshon shahri

Konimex,Tomdi va Uchquduq TTB, Zarafshon SHTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

50.

Qiziltepa tuman TIEK

Qiziltepa tumani

Qiziltepa TTB

51.

Navbahor tumanlararo TIEK

Navbahor, Nurota tumanlari va G‘ozg‘on shahri

Navbahor, Nurota TTB va G‘ozg‘on SHTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

52.

Navoiy tumanlararo TIEK

Navoiy shahri va Karmana tumani

Navoiy SHTB va Karmana TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

53.

Xatirchi tuman TIEK

Xatirchi tumani

Xatirchi TTB

54.

Pediatriya TIEK

Navoiy viloyati

Navoiy viloyat KTBTM va NRPM

Namangan viloyati

55.

Bosh TIEK

Namangan viloyati

Namangan viloyat KTTM va NRPM

56.

Namangan tumanlararo TIEK

Namangan shahri va Yangi Namangan tumani

Namangan SHTB va Yangi Namangan TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

57.

Davlatobod tumanlararo TIEK

Davlatobod va Namangan tumanlari

Davlatobod va Namangan TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

58.

To‘raqo‘rg‘on tumanlararo TIEK

To‘raqo‘rg‘on va Mingbuloq tumanlari

To‘raqo‘rg‘on va Mingbuloq TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

59.

Chust tumanlararo TIEK

Chust va Pop tumanlari

Chust va Pop TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

60.

Uchqo‘rg‘on tumanlararo TIEK

Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlari

Uchqo‘rg‘on va Norin TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

61.

Chortoq tumanlararo TIEK

Chortoq va Uychi tumanlari

Chortoq va Uychi TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

62.

Yangiqo‘rg‘on tumanlararo TIEK

Yangiqo‘rg‘on va Kosonsoy tumanlari

Yangiqo‘rg‘on va Kosonsoy TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

63.

Ixtisoslashtirilgan Psixiatriya TIEK

Namangan viloyati

Namangan viloyat psixonevrologiya dispanseri

64.

Pediatriya TIEK

Namangan viloyati

Namangan viloyat KTBTM va NRPM

Samarqand viloyati

65.

Bosh TIEK

Samarqand viloyati

Samarqand viloyat KTTM va Samarqand viloyat NRPM

66.

Ishtixon tumanlararo TIEK

Ishtixon, Oqdaryo va Qo‘shrabot tumanlari

Ishtixon, Oqdaryo va Qo‘shrabot TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

67.

Samarqand tumanlararo TIEK

Samarqand va Toyloq tumanlari

Samarqand va Toyloq TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

68.

Narpay tumanlararo TIEK

Narpay, Kattaqo‘rg‘on va Paxtachi tumanlari

Narpay, Kattaqo‘rg‘on va Paxtachi TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

69.

Payariq tumanlararo TIEK

Payariq, Bulung‘ur va Jomboy tumanlari

Payariq, Bulung‘ur va Jomboy TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

70.

Pastdarg‘om tumanlararo TIEK

Pastdarg‘om va Nurobod tumanlari, Kattaqo‘rg‘on shahri

Pastdarg‘om va Nurobod TTB, Kattaqo‘rg‘on SHTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

71.

Samarqand shahar TIEK

Samarqand shahri

Samarqand SHTB

72.

Urgut tuman TIEK

Urgut tumani

Urgut TTB

73.

Ixtisoslashtirilgan Psixiatriya TIEK

Samarqand viloyati

Samarqand viloyat psixonevrologiya dispanseri

74.

Ixtisoslashtirilgan Ftiziatriya va pulmonologiya TIEK

Samarqand viloyati

Samarqand viloyat Ftiziatriya va pulmonologiya markazi

75.

Pediatriya TIEK

Samarqand shahri, Samarqand, Bulung‘ur, Jomboy, Oqdaryo, Urgut, Toyloq va Qo‘shrabot tumanlari

Samarqand viloyat KTBTM va Samarqand viloyat NRPM, SHTB, TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

76.

Pediatriya TIEK

Kattaqo‘rg‘on shahri, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Nurobod, Payariq, Paxtachi va Pastdarg‘om tumanlari

Samarqand viloyat KTBTM va Samarqand viloyat NRPM, SHTB, TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

Surxondaryo viloyati

77.

Bosh TIEK

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyat KTTM va Surxondaryo viloyat NRPM

78.

Angor tumanlararo TIEK

Angor, Muzrabot va Sherobod tumanlari

Angor, Muzrabot va Sherobod TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

79.

Denov tumanlararo TIEK

Denov va Oltinsoy tumanlari

Denov va Oltinsoy TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

80.

Qiziriq tumanlararo TIEK

Qiziriq, Bandixon va Boysun tumanlari

Qiziriq, Bandixon va Boysun TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

81.

Qumqo‘rg‘on tumanlararo TIEK

Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlari

Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

82.

Sariosiyo tumanlararo TIEK

Sariosiyo va Uzun tumanlari

Sariosiyo va Uzun TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

83.

Termiz tumanlararo TIEK

Termiz sh., Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlari

Termiz SHTB, Termiz va Jarqo‘rg‘on TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

84.

Ixtisoslashtirilgan Psixiatriya TIEK

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyati psixonevrologiya dispanseri

85.

Pediatriya TIEK

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyat KTBTM va Surxondaryo viloyat NRPM

Sirdaryo viloyati

86.

Bosh TIEK

Sirdaryo viloyati

Sirdaryo viloyat KTTM va Jizzax viloyat NRPM

87.

Guliston tumanlararo TIEK

Guliston, Yangiyer shaharlari, Guliston tumani

Guliston, Yangiyer SHTB, Guliston TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

88.

Sirdaryo tumanlararo TIEK

Sirdaryo va Sayxunobod tumanlari

Sirdaryo va Sayxunobod TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

89.

Mirzaobod tumanlararo TIEK

Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba tumanlari

Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

90.

Xovos tumanlararo TIEK

Xovos, Boyovut tumanlari va Shirin shahri

Xovos va Boyovut TTB, Shirin SHTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

91.

Pediatriya TIEK

Sirdaryo viloyati

Sirdaryo viloyat KTBTM va Jizzax viloyat NRPM

Toshkent viloyati

92.

Bosh TIEK

Toshkent viloyati

Toshkent viloyat KTTM va Toshkent viloyat NRPM

93.

Oqqo‘rg‘on tumanlararo TIEK

Oqqo‘rg‘on, Quyi Chirchiq va Bo‘ka tumanlari

Oqqo‘rg‘on, Quyi Chirchiq va Bo‘ka TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

94.

Olmaliq tumanlararo TIEK

Olmaliq va Nurafshon shaharlari, Piskent va O‘rta Chirchiq tumanlari

Olmaliq va Nurafshon SHTB, Piskent va O‘rta Chirchiq TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

95.

Angren tumanlararo TIEK

Angren va Ohangaron shaharlari, Ohangaron tumani

Angren va Ohangaron SHTB, Ohangaron TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

96.

Bekobod tumanlararo TIEK

Bekobod shahri va Bekobod tumani

Bekobod SHTB va Bekobod TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

97.

Chirchiq tumanlararo TIEK

Chirchiq shahri va Qibray tumanlari

Chirchiq SHTB, va Qibray TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

98.

Yuqori Chirchiq tumanlararo TIEK

Yuqori Chirchiq, Bo‘stonliq va Parkent tumanlari

Yuqori Chirchiq, Bo‘stonliq va Parkent TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

99.

Yangiyo‘l tumanlararo TIEK

Yangiyo‘l shahri, Yangiyo‘l va Chinoz tumanlari

Yangiyo‘l SHTB, Yangiyo‘l va Chinoz TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

100.

Zangiota tumanlararo TIEK

Zangiota va Toshkent tumanlari

Zangiota va Toshkent TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

101.

Ixtisoslashtirilgan Psixiatriya TIEK

Toshkent viloyati

Toshkent viloyat psixonevrologiya dispanseri

102.

Pediatriya TIEK

Toshkent viloyati

Toshkent viloyat KTBTM va Toshkent viloyat NRPM

Farg‘ona viloyati

103.

Bosh TIEK

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona viloyat KTTM va Farg‘ona viloyat NRPM

104.

Bag‘dod tumanlararo TIEK

Bag‘dod, Buvayda va Uchko‘prik tumanlari

Bag‘dod, Buvayda va Uchko‘prik TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

105.

Qo‘qon tumanlararo TIEK

Qo‘qon shahri va Dang‘ara tumani

Qo‘qon SHTB va Dang‘ara TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

106.

Quva tumanlararo TIEK

Quva va Toshloq tumanlari, Quvasoy shahri

Quva va Toshloq TTB, Quvasoy SHTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

107.

Marg‘ilon tumanlararo TIEK

Marg‘ilon shahri, Qo‘shtepa va Yozyovon tumanlari

Marg‘ilon SHTB, Qo‘shtepa va Yozyovon TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

108.

Rishton tumanlararo TIEK

Rishton, Oltiariq va So‘x tumanlari

Rishton, Oltiariq va So‘x TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

109.

O‘zbekiston tumanlararo TIEK

O‘zbekiston, Beshariq va Furqat tumanlari

O‘zbekiston, Beshariq va Furqat TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

110.

Farg‘ona tumanlararo TIEK

Farg‘ona shahri va Farg‘ona tumani

Farg‘ona SHTB va Farg‘ona TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

111.

Ixtisoslashtirilgan Psixiatriya TIEK

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona viloyat psixonevrologiya dispanseri

112.

Ixtisoslashtirilgan Ftiziatriya va pulmonologiya TIEK

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona viloyat Ftiziatriya va pulmonologiya markazi

113.

Pediatriya TIEK

Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari, Quvasoy, Yozyovon, Quva, Oltiariq, Qo‘shtepa, So‘x, Toshloq va Farg‘ona tumanlari

Farg‘ona viloyat KTBTM, SHTB va TTB (tegishli hududlar bo‘yicha) Farg‘ona viloyat NRPM

114.

Pediatriya TIEK

Qo‘qon shahri, Beshariq, Bog‘dod, Buvayda, Dang‘ara, Rishton, O‘zbekiston, Uchko‘prik va Furqat tumanlari

Farg‘ona viloyat KTBTM, SHTB va TTB (tegishli hududlar bo‘yicha), Farg‘ona viloyat NRPM

Xorazm viloyati

115.

Bosh TIEK

Xorazm viloyati

Xorazm viloyat KTTM va Xorazm viloyat NRPM

116.

Urganch tumanlararo TIEK

Urganch sh. Xonqa tumanlari

Urganch SHTB va Xonqa TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

117.

Qo‘shko‘pir tumanlararo TIEK

Urganch va Qo‘shko‘pir tumanlari

Urganch va Qo‘shko‘pir TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

118.

Hazorasp tumanlararo TIEK

Hazorasp, Bog‘ot va Tuproqqal’a tumanlari

Hazorasp va Bog‘ot TTB, Pitnak SHTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

119.

Xiva tumanlararo TIEK

Xiva shahri, Xiva va Yangiariq tumanlari

Xiva SHTB, Xiva va Yangiariq TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

120.

Shovot tumanlararo TIEK

Shovot, Gurlan va Yangibozor tumanlari

Shovot, Gurlan va Yangibozor TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

121.

Pediatriya TIEK

Xorazm viloyati

Xorazm viloyat KTBTM va Xorazm viloyat NRPM

Toshkent shahri

122.

Bosh TIEK

Toshkent shahri

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi (NRPMM)

123.

Mirzo Ulug‘bek tumanlararo TIEK

Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari

Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

124.

Olmazor tuman TIEK

Olmazor tumani

Olmazor TTB

125.

Sergeli tumanlararo TIEK

Sergeli, Bektemir va Yangi hayot tumanlari

Sergeli, Bektemir va Yangi hayot TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

126.

Uchtepa tumanlararo TIEK

Uchtepa va Chilonzor tumanlari

Uchtepa va Chilonzor TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

127.

Shayxontohur tumanlararo TIEK

Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlari

Shayxontohur va Yakkasaroy TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

128.

Yunusobod tumanlararo TIEK

Yunusobod va Mirobod tumanlari

Yunusobod va Mirobod TTB (tegishli hududlar bo‘yicha)

129.

Ixtisoslashtirilgan Psixiatriya TIEK

Toshkent shahri

Birinchi Toshkent shahar psixonevrologiya dispanseri

130.

Pediatriya TIEK

Toshkent shahri

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent shahar bolalar klinik shifoxonasi va NRPMM

Keyingi tahrirga qarang.
3. Inspeksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Agentlik direktorining buyruqlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etadi;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ijro etish muddatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
3. TIEK o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Agentlik direktorining buyruqlariga, Inspeksiya boshlig‘ining buyruqlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etadi;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ijro etish muddatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etadi;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ijro etish muddatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;
11. Ushbu Nizomga 2-ilovadagi ro‘yxatda keltirilgan, ya’ni nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, anatomik nuqsonlar, shuningdek, noxush klinik prognozga ega kasalliklarga chalingan va ularning asoratlari bo‘lgan shaxslarning tibbiy hujjatlari yuqorida ko‘rsatilgan muddatlardan oldin, klinik-funksional ma’lumotlarni olishga doir qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazmasdan turib, TIEKga yuboriladi va taqdim etilgan tibbiy hujjatlar asosida shaxsning ishtirokisiz ular nogironligi bo‘lgan shaxs deb e’tirof etilganda nogironlik muddatsiz belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Nizomga 3-ilova bilan tasdiqlangan maxsus jihozlangan transport vositasini boshqarish uchun tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatiga muvofiq maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan avtotransport vositasini (faqat qo‘l bilan boshqariladigan va avtomat uzatgichli yengil transport vositalari) boshqarish layoqati to‘g‘risidagi;
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi.
28. Nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha rasmiylashtirilib, QR-kod orqali tasdiqlanib fuqaroga beriladi. Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (keyingi — o‘rinlarda Pensiya jamg‘armasi) tegishli bo‘limiga elektron tarzda o‘sha kunning o‘zida “TIEK” dasturi orqali yuboriladi.
29. TIEK tomonidan ko‘rikda nogironligi bo‘lgan bola deb topilganda, shu kuni mazkur Nizomga 6-ilovada ko‘rsatilgan shakl bo‘yicha ma’lumotnoma rasmiylashtirilib, QR-kod orqali tasdiqlanib nogironligi bo‘lgan bolaga (yoki qonuniy vakiliga) beriladi. Pensiya jamg‘armasining tegishli bo‘limiga elektron tarzda o‘sha kunning o‘zida “TIEK” dasturi orqali yuboriladi.
31. Agar qayta ko‘rikdan o‘tkazishda nogironlik guruhi belgilanmasa, ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha shaxs nogironligi bo‘lgan shaxs deb e’tirof etilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma rasmiylashtirilib, QR-kod orqali tasdiqlanib nogironligi bo‘lgan shaxs (bola)ga (yoki qonuniy vakiliga) beriladi. Pensiya jamg‘armasining tegishli bo‘limiga elektron tarzda o‘sha kunning o‘zida “TIEK” dasturi orqali yuboriladi.
38. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nogironlikni belgilash ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda nogironlikka olib keluvchi asosiy kasalliklar ro‘yxati va ushbu kasalliklarda nogironlikni belgilash mezonlari asosida, 18 yoshdan katta shaxslarga nogironlik belgilash ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq 18 yoshdan katta shaxslarda nogironlikka olib keluvchi asosiy kasalliklar ro‘yxati va ushbu kasalliklarda nogironlik belgilash mezonlari asosida amalga oshiriladi.