19.01.2022 yildagi 34-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.01.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy tillarni oʻrganishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda xorijiy tillarni oʻrgatishni ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish va sohani rivojlantirish uchun tizimli ishlarni tashkil etish, ulgʻayib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni bilan Xalq taʼlimi vazirligiga Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) bir martalik 15,0 mlrd soʻm miqdoridagi moliyaviy koʻmak mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi 2023-yildan boshlab har yili Agentlikning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq Davlat budjeti parametrlarida Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, Jamgʻarmaga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dunyo boʻyicha samarali natija bergan oʻqitish metodikalari, dastur va darsliklarni maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, oliy taʼlim muassasalari va oʻquv markazlarida joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlarda chop etiladigan zamonaviy oʻquv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar hamda oʻquv qoʻllanmalarni, xalqaro testlar va ularni joriy qilish uchun tegishli ruxsatnoma va litsenziyalar, xorijiy tillarni oʻrgatishga qaratilgan kontentlarni mualliflik huquqlarini xarid qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, dasturiy taʼminot loyihalarini ishlab chiqish va joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy tillarni puxta oʻzlashtirish, tilning asosiy koʻnikmalarini shakllantirish uchun videorolik, oʻyin, koʻngilochar koʻrsatuv, filmlar va boshqa oʻrgatuvchi kontent yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik balansidagi bino va inshootlarni saqlash, ulardan foydalanish, qurish va taʼmirlash, zarur anjomlar, shu jumladan mebel, aloqa, kompyuterlar va boshqa vositalar bilan taʼminlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik xodimlarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har yili tuman (shahar)dagi maktablarni xorijiy tillarni oʻqitish uchun zarur boʻlgan adabiyotlar, asbob-uskunalar, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan taʼminlash uchun mahalliy budjetlardan 1 mlrd soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda ajratiladigan mablagʻlarning hisobi hududiy xalq taʼlimi boshqarmalarining Gʻaznachilikdagi alohida ochilgan maxsus hisobvaraqlarida yuritilishi hamda ushbu mablagʻlar Agentlik bilan kelishilgan manzilli dasturlar asosida sarflanishi belgilab qoʻyilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ushbu mablagʻlarni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil yakunlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, Toshkent shahar va viloyatlar mahalliy budjetlarida shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan joriy yilning 15-fevraliga qadar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil uchun joriy yil mahalliy budjet parametrlari hamda yil davomida shakllanadigan qoʻshimcha manbalar hisobidan joriy yilning 15-iyuliga qadar ajratish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Agentlik Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda uzluksiz taʼlim tizimida chet tilini oʻqitishning oʻquv-metodik majmualarini oʻquvchilarning asosiy til koʻnikmalarini (tinglab tushunish, oʻqish, yozish va gapirish) shakllantirish nuqtai nazaridan toʻliq qayta koʻrib chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malakali mutaxassislarni jalb etgan holda 2022-yil 1-martdan boshlab chet tili fani oʻqituvchilarining tinglab tushunish, oʻqish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini rivojlantirishga hamda sertifikatga ega boʻlishlariga yoʻnaltirilgan oʻquv kurslarini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun zamonaviy til oʻrgatish metodikalari asosida ishlab chiqilgan chet tili darsliklarini toʻliq chop etish va taʼlim tashkilotlariga yetkazish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi darsliklardan foydalanish metodikalari boʻyicha oʻqituvchilar va metodistlar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Agentlik hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022/2023 oʻquv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar boʻyicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining (fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan) bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti, Qoʻqon davlat pedagogika va Nukus davlat pedagogika institutlarining xorijiy tillar boʻyicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlarida fanlar majmuasidagi chet tili fanidan tinglab tushunish, oʻqish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan oliy taʼlim muassasalariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-maydagi 395-son qarori bilan belgilangan Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikat (keyingi oʻrinlarda — milliy sertifikat) yoki xalqaro tan olingan sertifikatning tegishli darajalariga ega boʻlgan abituriyentlarga oʻqishga kirish sinovlarida berilgan imtiyozlar saqlab qolinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari uchun belgilangan majburiy fanlar majmuasiga chet tili fanini kiritish yuzasidan asoslangan taklif kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilansinki, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional, shuningdek, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari chet tili fani oʻqituvchilarining attestatsiyasi jarayonida oʻquv fani boʻyicha malaka sinovlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tinglab tushunish, oʻqish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini baholashni nazarda tutuvchi kasbiy sinov shaklida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega chet tili fani oʻqituvchilariga oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan maksimal ball berish tartibi saqlab qolinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Agentlik, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2022-yil 1-fevraldan 2024-yil 1-yanvarga qadar Toshkent va Samarqand shaharlarida faoliyat yuritadigan nodavlat taʼlim tashkilotlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim jarayonida foydalaniladigan bino va inshootlar ijara toʻlovi xarajatlarining 50 foizigacha, biroq davlat koʻchmas mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining qonunchilik hujjatlarida belgilangan minimal stavkasining 50 foizi miqdoridan koʻp boʻlmagan miqdorda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlik va idoralar tizimidagi kollej va texnikumlarning bino va inshootlarida faoliyatini amalga oshirganida ijara toʻlovidan ozod etish (saqlash va kommunal toʻlovlar boʻyicha xarajatlar bundan mustasno) toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. 2022-yil 1-mayga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xalqaro tan olingan baholash tashkilotlari bilan hamkorlikda pedagog kadrning malaka toifasini olish boʻyicha chet tili fani oʻqituvchilarining malaka sinovlarida tinglab tushunish, oʻqish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini baholash tizimini ishlab chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda xorijiy tillarni bilish va xorijiy til oʻqituvchilarining malaka va koʻnikmalarini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarning Yagona elektron bazasini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Agentlik, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Xalq taʼlimi vazirligining S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani oʻqituvchilariga sertifikat olingan kundan boshlab ikki yil davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ustama toʻlash tartibini 2022-yil 1-fevraldan boshlab joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Agentlik tuzilmasida umumiy shtat birliklari doirasida 3 ta shtat birligidan iborat Xorijiy tillarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikatlar yagona bazasini yuritish boʻlimi tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik direktoriga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Agentlikning markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Agentlik Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlasin hamda har chorak yakuni bilan mazkur qaror ijrosi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi direktori v.b. S.O. Obidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 19-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/34/0048-son; 20.10.2022-y., 09/22/612/0949-son; 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son; 21.07.2025-y., 06/25/114/0633-son; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son; 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)