O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA ATROF TABIIY MUHIT IFLOSLANTIRILGANLIGI VA CHIQINDILAR JOYLASHTIRILGANLIGI UCHUN KOMPENSATSIYA TO‘LOVLARINI QO‘LLASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘SHIMCHA KIRITISH HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 820-sonli “Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun to‘lovlar tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 1-maydagi 199-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 5-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandi quyidagi mazmundagi “e” kichik bandi bilan to‘ldirilsin:
“e) foydali qazilmalar xom ashyo resurslari sifatida maxsus jihozlangan chiqindi saqlash omborlarida joylashtirilgan va keyinchalik qayta ishlanadigan kon qazish sanoati chiqindilari”.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-may,
126-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 19-20-son, 142-modda)