O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son “2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qaror qiladi:

T/r

Yangi bakalavriat yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun talablar

Ko‘rsatkichlar

Moddiy-texnika bazaga qo‘yiladigan talablar

1.

Bino va inshootlar bo‘yicha

a)

ta’lim sohalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasasining hududidagi har bir ta’lim oluvchi uchun ishchi maydon o‘lchami

texnika va muhandislik

11,2 — 19,4 m2

pedagogika

8,7 — 14,5 m2

farmatsevtika

11,2 — 19,4 m2

iqtisodiyot va huquq

7,9 — 13,1 m2

tibbiyot

12,3 — 22,0 m2

qishloq xo‘jaligi

11,2 — 19,4 m2

zooveterinariya

11,4 — 20,5 m2

madaniyat

15,0 — 26,0 m2

san’at va arxitektura

20,0 — 33,8 m2

b)

o‘quv xonalaridagi har bir ta’lim oluvchi uchun ajratiladigan maydon o‘lchami

o‘quv auditoriyalarida

2,2 m2

kompyuter zalida (sinfida)

4 m2

chet tili xonasida

2,4 m2

umumnazariy va umumta’lim laboratoriya xonalarida

4 m2

texnik va maxsus laboratoriyalarda

6 m2

alohida kabinalarga ajratilgan fonozallarda

3 m2

o‘quv-texnik vositalar bilan jihozlangan o‘quv auditoriyalarida

2,4 m2

kurs loyihasi va malakaviy bitiruv ishlari bajarish zallarida (arxitektura-qurilish va badiiy yo‘nalishlarda)

3,6 m2 (6 m2)

axborot-resurs markazi

0,6 m2

2.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha

a)

kompyuter texnikalari soni

har 6 nafar talaba uchun 1 donadan

b)

Internet jahon axborot tarmog‘i (WiFi tizimi) mavjudligi

20 mbit/sek tezlikda

3.

Malaka talablarida belgilangan amaliy malaka va ko‘nikmalarning shakllanishi uchun zarur laboratoriya asbob-uskunalari, jihozlari, inventarlar, texnikalar va xomashyolar

o‘quv dasturiga ko‘ra mashg‘ulotlar soniga mutanosib ravishda

4.

Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha

yong‘in xavfsizligi nazorati organining ijobiy xulosasi

5.

Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi bo‘yicha

sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi organining ijobiy xulosasi

Professor-o‘qituvchilar ta’minotiga qo‘yiladigan talablar

6.

Professor-o‘qituvchilar shtat birliklari soni

a)

kunduzgi va kechki ta’lim shaklida

har 16 nafar talabaga 1 shtat birligi*

b)

sirtqi ta’lim shaklida

har 20 nafar talabaga 1 shtat birligi*

7.

Professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha

a)

asosiy ish joyi bo‘yicha ishlaydiganlar ulushi

40 foiz

b)

bakalavriat yo‘nalishida ilmiy darajalilar ulushi

35 foiz

v)

magistratura mutaxassisligida ilmiy darajalilar ulushi

100 foiz

8.

Professor-o‘qituvchi tayanch ma’lumotining (mutaxassisligi yoki ixtisosligining) muvofiqligi bo‘yicha

dars beradigan faniga mos bo‘lishi zarur

O‘quv-metodik ta’minotiga qo‘yiladigan talablar

9.

Har bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun malaka talablari mavjudligi bo‘yicha

davlat ta’lim standarti, kasb standarti, mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablariga muvofiq bo‘lishi

10.

Har bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun o‘quv reja mavjudligi bo‘yicha

o‘quv fanlari, kreditlar miqdori, mashg‘ulot turlari, muddatlari ko‘rsatilgan va fanlarning uzviyligi ta’minlangan bo‘lishi

11.

O‘quv rejadagi har bir fanning o‘quv dasturlari mavjudligi bo‘yicha

davlat ta’lim standartlari va malaka talablarida belgilangan bilim, malaka, ko‘nikma va kompetensiyalarning talabalarda to‘liq shakllantirish imkonini yaratadigan darajada bo‘lishi

12.

O‘quv rejadagi kreditlar miqdori bo‘yicha

a)

bakalavriat yo‘nalishida

bir o‘quv yiliga 60 kredit**

b)

magistratura mutaxassisligida

bir o‘quv yiliga 60 kredit**

13.

O‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan ta’minlanganligi bo‘yicha

a)

bakalavriat yo‘nalishida talabalarning darsliklar bilan ta’minlanganligi

har 6 nafar talabaga 1 donadan

b)

magistratura mutaxassisligida talabalarning darsliklar bilan ta’minlanganligi

har 2 nafar talabaga 1 donadan

v)

laboratoriya ishlari va kurs loyihalari uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanganligi

har bir talabaga 1 donadan

g)

o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning elektron shakli bilan ta’minlanganligi

darsliklar, o‘quv va o‘quv uslubiy qo‘llanmalarning elektron shakli mavjud bo‘lishi***

14.

Talabalar bilimini baholash mezonlari, amaliyot va stajirovkalarni tashkil etish bo‘yicha shartnoma va dasturlarning mavjudligi bo‘yicha

ustavga muvofiq tasdiqlangan bo‘lishi