24.11.2021 yildagi 709-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.05.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24 va 242-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmonining 14-bandi, “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-son qarorining 4-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovga chiqarish materiallarini tayyorlash, tanlovni tashkil etish, unda ishtirok etish, tanlov gʻolibini aniqlash va tanlov natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtirish hamda tanlov gʻolibining yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini nazarda tutuvchi Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovga chiqarish materiallarini tayyorlash, tanlovni tashkil etish, tanlov gʻolibini aniqlash va tanlov natijalarini tasdiqlash hamda tanlov gʻolibining yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini nazarda tutuvchi Yuridik shaxslarga qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi, ikkilamchi ijaraga berganlik uchun toʻlovlarni amalga oshirish, ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga oʻzgartirish kiritish va uni bekor qilish tartibini nazarda tutuvchi Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) hokimliklari manfaatdor davlat tashkilotlari bilan birgalikda har yili noyabr oyiga qadar (zaruratga koʻra, yilning boshqa davrlarida) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududlarni ixtisoslashtirish, boʻsh turgan, zaxiradagi va kelgusida zaxiraga olinadigan yer maydonlarini qishloq xoʻjaligi korxonasi yoki dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish boʻyicha loyihalarni tayyorlaydi hamda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining navbatdan tashqari sessiyasiga kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kiritilgan loyihalar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan maʼqullangandan soʻng, tuman (shahar) hokimligi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini ochiq elektron tanlovga qoʻyish choralarini koʻradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan hududlarni ixtisoslashtirish yoʻnalishlari yil davomida zaxiradagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha loyiha tayyorlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda takroran oʻtkazilgan ochiq elektron tanlovda ham gʻolib aniqlanmagan yer uchastkalari boʻyicha yer tuzish loyihalarini yangidan shakllantirish, zaruratga koʻra, yer uchaskasining maydoni, ixtisosligini oʻzgartirgan holda talab yuqori boʻlgan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ochiq elektron tanlovga chiqarilishini taʼminlasin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi yer maydonlarini ijaraga olish huquqini qoʻlga kiritish uchun yerning normativ qiymatidan kelib chiqib yer uchastkasining ijara muddatiga hisoblanadigan qoʻshimcha toʻlovlar tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetiga yoʻnaltiriladi hamda ularning alohida hisobi yuritiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablagʻlar qatʼiy ravishda investitsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlariga muvofiq tegishli hududda qishloq va suv xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan sugʻorish tizimlarini yaxshilash, zamonaviy sugʻorish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun zarur infratuzilmani yaratish, yer tuzish ishlarini institutsional rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi sohasidagi soʻngi ilmiy yangilik va innovatsion yondashuvlarni joriy etish, kadrlar malakasini oshirish hamda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish tadbirlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan mablagʻlarning aniq hisobini yuritish, undirish muddatlarini belgilash va ushbu mablagʻlarni sarflash tartibini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “2004 — 2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 24-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
709-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga
1-ILOVA

Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAʼMURIY REGLAMENTI

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Reglament qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Reglament talablari yakka tartibda bogʻdorchilik, polizchilik va chorvachilik yuritish uchun yer uchastkalari berishga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli tashkilotlar — yer tuzish loyihalarini kelishadigan tashkilotlar — Qishloq xoʻjaligi vazirligi (yer uchastkasidan foydalanish maqsadi va ixtisosligi boʻyicha), Suv xoʻjaligi vazirligi (suv taʼminoti, irrigatsiya va melioratsiya inshootlari boʻyicha) va Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (yer uchastkasi chegaralari boʻyicha) hududiy boʻlinmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer tuzish loyihasi — yagona mavze boʻyicha konturlar yaxlitligi saqlab qolingan holda, yer uchastkasi chegaralari, hududning ixtisosligi, ishlab chiqarish yoʻnalishi, sugʻorish tarmoqlari, kollektorlar, yoʻllar va boshqa topografik elementlari hisobga olingan muayyan yer uchastkasini ijaraga berish uchun ishlab chiqilgan hujjatlar toʻplami;

ijrochi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti;

zakalat — ishtirokchi tomonidan tanlovda qatnashish uchun kafolat taʼminoti sifatida kiritiladigan pul;

lot — buyurtmachi tomonidan tanlovda yer uchastkasini ijaraga berish uchun savdo platformasiga qoʻyilgan obyekt;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operator — savdo platformasida tanlovni tashkil etish hamda oʻtkazish vakolati berilgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi;

ochiq elektron tanlov — lotni ijaraga berishda talabgorlardan kelib tushgan takliflar orasidan eng yaxshi taklifni avtomatik ravishda baholash yoʻli bilan gʻolibni aniqlash boʻyicha oʻtkaziladigan ochiq elektron tanlov shakli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor — lotni qoʻlga kiritish boʻyicha qiziqish bildirib, ochiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun murojaat qilgan, oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, muomalaga layoqatli Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov gʻolibi — ochiq elektron tanlov natijalari boʻyicha eng yuqori ballga ega boʻlgan talabgor;

tanlovning salohiyatli gʻolibi — tanlov gʻolibining taklifidan keyingi eng yaxshi taklifni taqdim etgan talabgor;

texnik uzilish — tanlov jarayonida bir yoki bir nechta ishtirokchining qatnashishini yoki mazkur Reglament talablari asosida operatorning xizmat koʻrsatish imkoniyatini cheklaydigan savdo platformasidagi texnik nosozliklar;

shaxsiy kabinet — ishtirokchiga tanlovlarga buyurtma berish, ularda qatnashish, shaxsiy hisobni boshqarish, uning holati va boshqa statistik maʼlumotlarni koʻrish hamda operator tomonidan joʻnatilayotgan xabarlar bilan tanishib borish imkonini beruvchi savdo platformaning maxsus boʻlimi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsiy hisobvaraq — savdo platformasi maʼlumotlar bazasida talabgor roʻyxatdan oʻtganda avtomatik ravishda ochiladigan hisobvaraq;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qaroriga asosan oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron buyurtma — dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov asosida realizatsiya qilish boʻyicha tanlov tashkil qilish yuzasidan ijrochi tomonidan operatorga beriladigan elektron buyurtma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beruvchi imzo;

“E-IJARA” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “E-IJARA” AT) — yer uchastkalarini berish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishishni amalga oshirishga moʻljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“E-AUKSION” elektron savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda — savdo platformasi) — yer uchastkalarini ijaraga berish uchun ochiq onlayn tanlovlarni tashkil etish axborot tizimi.

3. Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasi Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi va “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan muddatlarga va oʻlchamlarda ijaraga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovga qoʻyish boʻyicha materiallarni tayyorlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar)lar hokimliklari nomiga davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan, yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlarni elektron axborot almashinuv orqali Ijrochiga yuboradi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasi kadastr raqami, yer turi va geografik joylashuvi, maydoni (gektarda);

yer uchastkasining elektron xaritasida koʻrsatish uchun yer uchastkasini kadastr xaritasi (koordinatali nuqtalari, chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari koʻrsatilgan vaziyat bilan bogʻliq sxema);

mavjud davlat kadastrlari obyektlari (gaz, aloqa va energetika obyektlari, avtomobil va temir yoʻllar, tabiiy va texnogen xavfi yuqori boʻlgan tegralar, transport quvurlari, gidrotexnik inshootlar, muhofaza qilinadigan obyekt va hududlar hamda boshqalar) mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (izoh koʻrinishida). Bunda Davlat kadastrlarini yurituvchi vazirlik va idoralar davlat kadastrlari yagona tizimida maʼlumotlarni toʻliqligiga javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Jismoniy shaxslar “E-IJARA” AT ga boʻsh turgan yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ochiq elektron tanlovga qoʻyish masalasini belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijrochi jismoniy yoki yuridik shaxsning taklifi kelib tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida ochiq elektron tanlovdagi maʼlumotlar bilan solishtirib taklifni qabul qiladi yoki sabablarini koʻrsatgan holda joylashtirishni rad etadi. Boʻsh yer uchastkasi aniqlangan taqdirda yer uchastkasiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman (shahar) hokimliklari taklif etilgan yer uchastkasini yerlardan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlari yuzasidan koʻrib chiqadi. Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish yuzasidan uch ish kuni ichida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalariga elektron axborot almashinuv orqali buyurtma beradi.

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari besh ish kuni ichida mazkur yer uchastkasining kadastr hujjatlarini tuman (shahar) hokimligi nomiga rasmiylashtiradi, natijasi boʻyicha taklif etilgan yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yoki rad etib, buning sabablarini elektron axborot almashinuvi orqali “E-IJARA” ATga joylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda kadastr yigʻmajildini (pasportini) tayyorlash va yer uchastkasini davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish xarajatlari mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarorida belgilangan miqdorlarda qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslar vakolatli organlarning murojaatini koʻrib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etganlik ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki bevosita sudga shikoyat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ijrochi uch ish kuni ichida “E-IJARA” AT orqali yuklab olingan tuman (shahar) hokimliklari nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi yer uchastkalarini joyiga chiqqan holda oʻrganadi va yer uchastkasining haqiqiy holati (loyihalashtirilayotgan yer uchastkasining holati, hududning ixtisosligi, suv bilan taʼminlanganlik darajasi va irrigatsiya tizimining holati, ball-boniteti, shoʻrlanish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar)dan kelib chiqib, yer uchastkasining yer tuzish loyihasini ishlab chiqadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijrochi ochiq elektron tanlovga qoʻyilayotgan yer uchastkasi boʻyicha ushbu Reglamentning 4-bandida belgilangan qishloq xoʻjaligi maqsadlari va oʻlchamlaridan kelib chiqib, bir nechta yer tuzish loyihasini ishlab chiqishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir yer tuzish loyihasiga “E-IJARA” ATda avtomatik tarzda oʻziga xos raqam beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitta yaxlit konturdagi bir nechta lotlar uchun umumlashgan yagona yer tuzish loyihasi ishlab chiqilishi mumkin. Bunda ijrochi tomonidan har bir lotning buyurtmasiga yer uchastkasini identifikatsiya qilish imkonini beruvchi maʼlumotlar kiritiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ijrochi har bir yer tuzish loyihasini Kadastr agentligidan olingan dastlabki formatlarda kelishish uchun vakolatli tashkilotlarga “E-IJARA” AT orqali yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ochiq elektron tanlovga qoʻyilayotgan yer uchastkasida davlat kadastrlari obyektlari (gaz, aloqa va energetika obyektlari, avtomobil va temir yoʻllar, tabiiy va texnogen xavfi yuqori boʻlgan tegralar, transport quvurlari, melioratsiya va irrigatsiya inshootlari, muhofaza qilinadigan obyekt va hududlar hamda boshqalar) mavjud boʻlgan holatlarda qoʻshimcha ravishda davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatli organlar bilan ham kelishiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “E-IJARA” ATga yer tuzish loyihalari joylashtirilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) vakolatli tashkilotlar tomonidan ushbu loyihalar kelishiladi yoki kelishish rad etiladi, bunda:

“E-IJARA” AT da qabul qilingan tegishli qaror haqida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadigan belgi qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelishuv hech qanday eʼtiroz va shartlarsiz amalga oshiriladi;

kelishish rad etilganda, sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda, taqdim etilgan yer tuzish loyihasini amalga oshirish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi hamda mazkur loyiha aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi koʻrsatiladi;

belgilangan muddatda javob berilmagan hollarda yer tuzish loyihalari kelishilgan hisoblanadi;

Kadastr agentligiga kelishish uchun maʼlumotlar elektron axborot almashinuvi orqali yuboriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tuman (shahar) hokimligi taqdim etilgan yer tuzish loyihasini koʻrib chiqib, ERI bilan tasdiqlaydi hamda “E-IJARA” AT orqali ijrochiga yuboradi, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) hokimligi ochiq elektron tanlovga qoʻyilayotgan yer uchastkasining ixtisoslashuvi va yoʻnalishiga oʻzgartirish kiritish haqida yoki ochiq elektron tanlovda ishtirok etuvchi shaxslar (ochiq elektron tanlovga quyilgan yer uchastkasi joylashgan hududdagi jismoniy shaxslar) doirasini belgilagan holda yer tuzish loyihasini unga tuzatishlar kiritish uchun ijrochiga qaytarishi mumkin, boshqa sabablar bilan yer tuzish loyihasini qaytarishga yoʻl qoʻyilmaydi;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ishlab chiqilgan yer tuzish loyihasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yer uchastkasining maydoni (gektarda) va toifasi hamda yer turlari konturlar kesimida jadval shaklidagi maʼlumot;

b) infratuzilma obyektlari mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot;

v) yer uchastkasining (1:2000 miqyosdagi, yaylovlar uchun 1:5000 miqyosdagi) qishloq xoʻjaligi elektron xaritasidan koʻchirmasi, yer tuzish loyihasining chegaralari va manzili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) chegaradosh yer uchastkalari foydalanuvchilari haqida maʼlumotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)

12. Ijrochi uch ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etib, loyihani tasdiqlash uchun tuman (shahar) hokimligiga qayta kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda vakolatli tashkilotlar bilan qaytadan kelishish talab etilmaydi.

13. Tuman (shahar) hokimligi ikki ish kuni ichida taqdim etilgan yer tuzish loyihasini koʻrib chiqib, ERI bilan tasdiqlaydi hamda “E-IJARA” AT orqali ijrochiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer tuzish loyihasi belgilangan muddatda tasdiqlanmagan hollarda loyiha tasdiqlangan hisoblanadi va harakat “E-IJARA” AT da avtomatik tarzda keyingi bosqichga oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ijrochi bir ish kuni ichida tuman (shahar) hokimligi tomonidan tasdiqlangan yer tuzish loyihasi asosida yer uchastkasini ochiq elektron tanlovga qoʻyish toʻgʻrisida ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi elektron buyurtmani “E-IJARA” AT orqali operatorga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmaga yer tuzish loyihasi ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, lotlarga boʻlingan konturning yaxlitligini taʼminlagan holda bir xil turdagi mahsulot ekish boʻyicha yer tuzish loyihasi tayyorlanib, bir yoʻla yuboriladigan buyurtmanoma bilan ochiq elektron tanlovga chiqariladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Buyurtmaga yer tuzish loyihasi ilova qilinmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilgan taqdirda, operator tomonidan buyurtma kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmasdan koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun buyurtmani “E-IJARA” AT orqali ijrochiga qaytaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ijrochi buyurtmani qaytarishga asos boʻlgan kamchiliklarni bir ish kuni ichida toʻliq bartaraf etib, takroran elektron buyurtmani “E-IJARA” AT orqali operatorga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Ochiq elektron tanlovni tashkil etish tartibi

17. Operator buyurtma kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida ochiq elektron tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnoma va lot haqidagi maʼlumotlarni, shuningdek, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi ijara shartnomasi loyihasini savdo platformada eʼlon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eʼlon qoʻshimcha ravishda ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, tuman (shahar) hokimligining rasmiy veb-sayti va gazetalarida ham eʼlon qilinishi mumkin.

18. Ochiq elektron tanlov xabarnoma va lot haqida eʼlon berilgan kundan boshlab 15 kalendar kunidan soʻng oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ochiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun arizalar savdo platformasi orqali yuboriladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki yoki undan ortiq lotlar boʻyicha ochiq elektron tanlovda gʻolib boʻlgan talabgorga faqat bitta yer uchastkasi uchun gʻoliblik bayonnomasi rasmiylashtiriladi, tanlov gʻolibiga yer uchastkalaridan birini tanlash imkoniyati beriladi, qolgan lotlar boʻyicha tanlov natijalari bekor qilinadi, bunda bekor qilingan lotlar boʻyicha zakalat pul tanlov gʻolibiga qaytariladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq elektron tanlovda bir marotaba gʻolib boʻlgan shaxs keyingi tanlovlarda ishtirok etmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaldagi dehqon xoʻjaligi yuritish uchun olingan yer uchastkasi boʻyicha shartnoma bekor boʻlganda “E-IJARA” AT orqali operatorga xabar beradi va qayta ochiq tanlovlarda ishtirok etish huquqiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ochiq elektron tanlovda qatnashish uchun talabgorlarning arizasi xabarnoma joylashtirilgandan boshlab tanlov oʻtkazilishi belgilangan kun soat 9-00 ga (GMT+5) qadar savdo platformasi orqali qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul qilish uchun belgilangan muddat oʻtgandan keyin kelib tushgan arizalar qabul qilinmaydi.

Talabgor ariza qabul qilish muddati davomida oʻz arizasini qaytarib olishga va qayta topshirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Xabarnoma va lotga oid axborot tanlov boshlanishidan kamida 15 kalendar kunidan oldin savdo platformasida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xabarnomada quyidagilar aks ettiriladi:

tanlov shakli, oʻtkaziladigan sanasi, tanlov natijalarini eʼlon qilish vaqti;

lot raqami va obyekt nomi;

tanlovda qatnashish uchun ariza qabul qilishni yakunlash sanasi va vaqti;

tanlov obyektiga oid buyurtmada koʻrsatilgan va unga ilova qilingan maʼlumot va hujjatlar;

zakalat pulining miqdori;

ijrochining manzili va telefon raqami;

ijrochi tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha maʼlumotlar (agar mavjud boʻlsa);

tanlov obyektini oldindan koʻrish (koʻzdan kechirish) tartibi;

tanlov shartlarini savdo platformasida eʼlon qilish;

obyektning joylashgan manzili, fotosurati va geolokatsiyasi.

Operator tomonidan savdo platformasida tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabarnoma eʼlon qilingandan keyin tanlov shartlarini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ijrochi tomonidan buyurtmani savdo platformasidan chiqarib olish hamda tanlov shartlarini oʻzgartirilgan holda buyurtmani qayta yuborish holatlari bundan mustasno.

Operator ijrochi tomonidan taqdim etilgan tanlov obyekti boʻyicha maʼlumot va hujjatlar yuzasidan javobgar hisoblanmaydi.

4-bob. Ochiq elektron tanlovda ishtirok etish tartibi

22. Talabgorlar ochiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo platformasi orqali ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan shakldagi arizani ERI bilan yoki platformada yaratilgan maxsus identifikatsiyalash imkoniyatidan foydalangan holda tasdiqlab yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi zakalat pulni operatorning maxsus depozit hisobvaragʻiga kiritadi, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga va 2022-yil 1-mart sanasidan keyin xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlari roʻyxatiga kiritilgan talabgorlar ushbu toʻlovdan ozod qilinadi.
(22-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ariza ushbu Reglament talablariga muvofiq taqdim etilgan taqdirda, operator zudlik bilan talabgorga ochiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun ruxsat beradi, shuningdek, uyali aloqa telefoniga va elektron pochta orqali talabgorning tanlov ishtirokchisi maqomini olganligi haqida qoʻshimcha ravishda xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgor xabar bilan oʻz vaqtida tanishmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.

24. Ushbu Reglamentning 22-bandida nazarda tutilgan zakalat pul talabgor tomonidan operatorning maxsus depozit hisobvaragʻiga kiritilmaganda, talabgorlar tanlovda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi (toʻlovdan ozod qilingan talabgorlar bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgor tomonidan savdo platformasiga kiritilgan maʼlumotlar, shu jumladan, tanlov takliflarining haqqoniyligi uchun talabgor javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ochiq elektron tanlovga talabgorlar belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtmagani yoxud tanlov savdolariga oid maʼlumotlar bilan tanishib chiqmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Ochiq elektron tanlovni oʻtkazish va ball berish tartibi

25. Tanlov natijalari boʻyicha talabgorlarning roʻyxati, tanlov takliflari va ularga berilgan ballar tanlov oʻtkaziladigan kun soat 09:30 da (GMT+5) savdo platformasida avtomatik ravishda eʼlon qilinadi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ochiq elektron tanlov dam olish va bayram kunlarida oʻtkazilmaydi.

26. Ochiq elektron tanlovda ishtirok etayotgan talabgorlarning imkoniyatlari ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan mezonlar boʻyicha baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ochiq elektron tanlov quyidagi hollarda oʻtkazilmagan deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun ariza kelib tushmagan boʻlsa;

ochiq elektron tanlov gʻolibi tomonidan yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini imzolash rad etilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun faqat bir nafar ishtirokchi ariza topshirgan boʻlsa (bundan tanlovga chiqarilgan lot boʻyicha tanlov oʻtmagan deb eʼtirof etilgan va mazkur lot takroriy tanlovga qoʻyilganda bitta talabgor ishtirok etish hollari mustasno).
(27-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Tegishli lot boʻyicha tanlov oʻtkazilmagan deb eʼtirof etilganda besh kundan soʻng takroriy tanlov oʻtkaziladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Operator quyidagi majburiyatlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq elektron tanlovni belgilangan vaqtda tashkil etish;

ochiq elektron tanlovning inson omili aralashuvisiz oʻtishini taʼminlash;

dasturiy mahsulotlar, mavjud texnikalarini, server qurilmalari, kommunikatsiya uskunalari va ochiq elektron tanlovni oʻtkazishda foydalaniladigan barcha vositalarning texnik uzilishlarsiz ishlashini taʼminlashga qaratilgan barcha zarur choralarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq elektron tanlov qoidalari buzilishining oldini olish, bunday holatlarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etish;

ochiq elektron tanlovda ishtirok etishda barcha ishtirokchilar uchun shart-sharoitlarning tengligini taʼminlash;

ochiq elektron tanlov oʻtkazishda oshkoralik va ommaviylik shartlarini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq elektron tanlov ishtirokchilari va barcha manfaatdor taraflar uchun tanlovga oid maʼlumotlarni qulay va tezkor ravishda doimiy eʼlon qilib borish.

Operator zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.

6-bob. Ochiq elektron tanlov gʻolibini aniqlash va tanlov natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtirish tartibi

30. Talabgorlarning har bir koʻrsatkichiga qoʻyilgan ballar ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan mezonlarga muvofiq savdo platformasi orqali avtomatik ravishda hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Eng koʻp ball toʻplagan talabgor ochiq elektron tanlov gʻolibi deb topiladi va operator tomonidan tanlov oʻtkazilgan kunning oʻzida eʼlon qilinadi hamda bir vaqtning oʻzida tanlov gʻolibining shaxsiy kabineti, uyali aloqa telefoniga va elektron pochta manziliga bu haqda xabar yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgorlar toʻplagan ballar teng boʻlib qolgan taqdirda kalendar tartibida arizani birinchi boʻlib topshirgan talabgor ochiq elektron tanlov gʻolibi sifatida eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Tanlov obyekti boʻyicha yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini imzolash uchun tanlov gʻolibiga besh ish kunlik muddat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Operator ochiq elektron tanlov yakunlangan kundan keyingi kundan kechiktirmasdan QR-kodini (matrik shtrixli kod) qoʻllash orqali tanlov natijalari toʻgʻrisidagi maxsus raqam qoʻyilgan elektron bayonnomani rasmiylashtiradi va ushbu bayonnoma bilan birga yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini ERI bilan tasdiqlash uchun va tanlov gʻolibining shaxsiy kabinetiga yuboradi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Bayonnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov oʻtkazilgan sana;

bayonnoma rasmiylashtirilgan sana;

tanlov gʻolibi haqida maʼlumot hamda uning tanlov takliflariga berilgan ballari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov obyekti haqida maʼlumotlar;

buyurtmachi va tanlov gʻolibi oʻrtasida tanlov obyekti boʻyicha yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini tuzish muddati.

35. Agar tanlov gʻolibi bayonnoma rasmiylashtirilgandan soʻng tanlov obyekti boʻyicha yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini imzolashdan bosh tortsa, tanlovning salohiyatli gʻolibiga (agar ballar teng boʻlsa — arizani oldinroq bergan talabgorga) operator tomonidan besh ish kunlik muddat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlovning salohiyatli gʻolibi tanlov obyekti boʻyicha yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini imzolashga rozilik bildirgan taqdirda, u tanlov gʻolibi deb eʼtirof etiladi va belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan muddatda tanlov obyekti boʻyicha “E-IJARA” AT orqali tuman (shahar) hokimligi bilan shartnoma imzolashni rad etgan tanlov gʻolibi (salohiyatli gʻolib) tomonidan kiritilgan zakalat puli qaytarilmaydi (talabgor (salohiyatli gʻolib) bir nechta lot boʻyicha gʻolib boʻlgan taqdirda uning kalendar tartibida birinchi lotga topshirilgan arizasi boʻyicha zakalat puli qaytarilmaydi) hamda ushbu mablagʻlar operator tasarrufida qoladi.
(35-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Ochiq elektron tanlov gʻolibi dehqon xoʻjaligini yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirish istagini bildirgan taqdirda, ikki ish kuni ichida dehqon xoʻjaligi sifatida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtadi. Bunda ochiq elektron tanlov natijalariga doir elektron bayonnomada gʻolib sifatida ushbu jismoniy shaxs, ijara shartnomasida esa u tomonidan taʼsis etilgan dehqon xoʻjaligi koʻrsatiladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Tanlov gʻolibi (salohiyatli gʻolib) tomonidan tanlov obyekti boʻyicha tuman (shahar) hokimligi bilan yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi imzolagandan soʻng, operator maxsus depozit hisobvaragʻiga kiritilgan zakalat puli bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida xizmat haqini chegirib qolgan holda, qolgan 70 foiz pulni besh ish kuni ichida quyidagi tartibda taqsimlaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasiga;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan mablagʻlar — ijrochining hisobvaragʻiga.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlov gʻolibidan keyingi eng koʻp ballni toʻplagan talabgorga (salohiyatli gʻolib) zakalat puli tanlov gʻolibi tomonidan yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi imzolanganidan soʻng avtomatik ravishda ularning shaxsiy hisobvaragʻiga toʻliq qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa talabgorlarga operatorning maxsus depozit hisobvaragʻiga kiritilgan pul tanlov gʻolibi (salohiyatli gʻolib) tomonidan yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi imzolangandan soʻng avtomatik ravishda shaxsiy hisobvaragʻiga toʻliq qaytariladi.
(37-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Savdo platformasi orqali ochiq elektron tanlov natijalariga doir elektron bayonnoma “E-IJARA” AT ga joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Savdo platformasida tanlov gʻolibi tomonidan bir tomonlama imzolangan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasi bir ish kuni ichida tuman (shahar) hokimligiga tasdiqlash uchun “E-IJARA” AT orqali yuboriladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. “E-IJARA” AT orqali yuborilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi ijara shartnomasi tuman (shahar) hokimligi tomonidan bir ish kuni ichida ERI bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman (shahar) hokimligi tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi ijara shartnomasi belgilangan muddat ichida tasdiqlanmagan taqdirda ijara shartnomasi tasdiqlangan hisoblanadi va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻladi.

Bunda ijara shartnomasiga u oʻz vaqtida tasdiqlanmaganligi toʻgʻrisida operatorning QR-kodi tushiriladi va savdo platformasida mazkur toifadagi shartnomalar reyestrida aks ettiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ijrochi tomonidan yer tuzish hujjatlari va ijara shartnomasi “E-IJARA” ATda elektron axborot almashinuvi orqali bir ish kuni ichida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga yuboriladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tegishli hududiy boshqarmasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida ikki ish kuni ichida ochiq elektron tanlov gʻolibining yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va tegishli reyestrdan koʻchirmani elektron axborot almashinuvi orqali ijrochiga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Ijrochi ochiq elektron tanlov gʻolibining yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kunning oʻzida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasini hamda tanlov gʻolibining yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha reyestrdan koʻchirmani tanlov gʻolibiga “E-IJARA” AT orqali yuboradi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Ijrochi uch ish kuni ichida ochiq elektron tanlov gʻolibiga yer uchastkasining chegarasini joyida koʻrsatib beradi va bu haqida tegishli maʼlumotlarni “E-IJARA” ATga joylashtiradi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Tanlovga qoʻyilgan obyekt buyurtmachi tomonidan yoki tegishli sud, prokuror, tergovchi va surishtiruvchining qarorlariga asosan tanlov boshlangunga qadar yoki tanlov oʻtkazilmagan deb topilgandan soʻng savdo platformasidan olinishi (buyurtmaga oʻzgartirish kiritilishi, bekor qilinishi) mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Talabgorlarning integratsiyalashgan axborot tizimlari orqali olinadigan maʼlumotlari oʻz vaqtida kelmasligi (umuman kelmasligi) yoki mavjud emasligi oqibatida yuzaga keladigan nizolarga operator javobgar boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Yakuniy qoidalar

48. Ushbu Reglamentni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

49. Mazkur Reglament talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.

Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

I. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish va hududlarni ixtisoslashtirish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish va tasdiqlash tartib-taomillari

1-bosqich

Tuman (shahar) hokimliklari

1. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududlarni ixtisoslashtirish, boʻsh turgan, zaxiradagi va kelgusida zaxiraga olinadigan yer maydonlarini qishloq xoʻjaligi korxonasi yoki dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish boʻyicha loyihalarni tayyorlaydi.

2. Tayyorlangan loyihalarni koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining navbatdan tashqari sessiyasiga kiritadi.

Har yili 1-noyabrgacha, zaruratga koʻra, yilning boshqa davrlarida

2-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari

Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan kiritilgan loyihalarni koʻrib chiqadi va maqullaydi.

Har yili noyabr oyida, zaruratga koʻra, yilning boshqa davrlarida

II. Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini tanlovga qoʻyish tartib-taomillari

1-bosqich

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi

Tuman (shahar) hokimliklari nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan, yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan qishloq xoʻjaligi yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron axborot almashinuv orqali “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutiga yuboradi.

Doimiy

1a-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslar

Boʻsh turgan yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ochiq elektron tanlovga qoʻyish yuzasidan “E-IJARA” ATga takliflar kiritadi.

Zaruratga koʻra

Oʻzdaverloyihadavlat ilmiy-loyihalash instituti

Jismoniy yoki yuridik shaxsning taklifini oʻrganib chiqadi, yer uchastkasiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi yoki taklifni rad etadi.

5 ish kuni ichida

Tuman (shahar) hokimliklari

Taklif etilgan yer uchastkasiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalariga elektron axborot almashinuv orqali buyurtma beradi.

3 ish kuni ichida

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi
hududiy boshqarmalari

Mazkur yer uchastkasining kadastr hujjatlarini tuman (shahar) hokimligi nomiga rasmiylashtiradi, natijasi boʻyicha taklif etilgan yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yoki rad etish sabablarini elektron axborot almashinuvi orqaliE-IJARA ATga joylashtiradi.

5 ish kuni ichida

2-bosqich

Oʻzdaverloyiha davlat ilmiy-loyihalash instituti

1. Tuman (shahar) hokimliklari nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi yerlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni E-IJARA AT orqali yuklab oladi.

2. Yer uchastkasini joyiga chiqqan holda oʻrganadi va yer tuzish loyihasini ishlab chiqadi.

3. Har bir loyihani kelishish uchun vakolatli tashkilotlargaE-IJARA AT orqali yuboradi.

4. Yer tuzish loyihasini “E-IJARA” AT orqali tasdiqlash uchun tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boʻlinmalari

Tuman (shahar) hokimligi

Yer tuzish loyihasini “E-IJARA” AT orqali kelishadi yoki kelishishni rad etadi.

Taqdim etilgan yer tuzish loyihasini ERI bilan tasdiqlaydi hamda “E-IJARA” AT orqali “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutiga yuboradi.

3 ish kuni ichida

“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti

Yer uchastkasini ochiq elektron tanlovga qoʻyish toʻgʻrisidagi buyurtmani “E-IJARA” AT orqali “E-AUKSION” elektron savdo platformasiga yuboradi.

1 ish kuni ichida

III. Tanlov oʻtkazish tartib-taomillari

1-bosqich

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi

Ochiq elektron tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnoma va lot haqidagi maʼlumotlarni, shuningdek, qishloq xoʻjaligi yer uchastkasi ijara shartnomasi loyihasini E-AUKSION elektron savdo platformasida eʼlon qiladi.

2 ish kuni ichida

2-bosqich

Talabgorlar (jismoniy shaxslar)

Belgilangan zakalat mablagʻlarni “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasining maxsus depozit hisobvaragʻiga kiritadi va ariza yuboradi.

15 kun ichida

3-bosqich

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi

1. Ochiq elektron tanlov ishtirokchilarigaE-AUKSION elektron savdo platformasida tanlovni tashkil etadi.

2. Ochiq tanlov gʻolibini eʼlon qiladi va bu haqda tanlov gʻolibining shaxsiy kabineti, uyali aloqa telefoniga va elektron pochta manziliga xabar yuboradi.

3. Tanlov natijalari toʻgʻrisidagi elektron bayonnomani rasmiylashtiradi va qishloq xoʻjaligi yer uchastkasi ijara shartnomasi bilan birga tanlov gʻolibining shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Tanlov oʻtkazilgan kuni soat 09:30 da (GMT+5) Tanlovdan keyingi kun

4-bosqich

Ochiq elektron
tanlov gʻolibi

1. Qishloq xoʻjaligi yer uchastkasi ijara shartnomasini imzolaydi.

2. Bayonnomaga qoʻyilgan maxsus raqamni kiritish orqali belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtadi (dehqon xoʻjaligini yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirish istagini bildirgan taqdirda).

5 ish kuni ichida

2 ish kuni ichida

5-bosqich

“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti

Qishloq xoʻjaligi yer uchastkasi ijara shartnomasini tasdiqlash uchun tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.

1 ish kuni ichida

Tuman (shahar) hokimligi

Qishloq xoʻjaligi yer uchastkasi ijara shartnomasini tasdiqlaydi.

1 ish kuni

ichida

“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti

Qishloq xoʻjaligi yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yer tuzish hujjatlari va ijara shartnomasini Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni ichida

6-bosqich

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi

1. Tanlov gʻolibining yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.

2. Reyestrdan koʻchirmani elektron axborot almashinuvi orqali “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutiga yuboradi.

2 ish kuni ichida

7-bosqich

Oʻzdaverloyiha davlat ilmiy-loyihalash instituti

Tanlov gʻolibiga yer uchastkasining chegarasini koʻrsatib beradi va bu haqida tegishli maʼlumotlarni “E-IJARA” ATga joylashtiradi.

3 ish kuni ichida

(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish uchun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ELEKTRON BUYURTMA

‎‎20____ yil “_____” da _________________ tuman (shahar) hokimligi tomonidan tasdiqlangan loyiha boʻyicha quyidagi yer uchastkasini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish uchun ushbu buyurtmani taqdim etadi:
‎1. Yer uchastkasining oʻziga xos raqami ___________;
‎2. Yer uchastkasining maydoni _____________ga;
‎3. Yer uchastkasi joylashgan joy __________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________;
‎4. Belgilangan maqsadi ________________________________________________________________________;
‎5. Yerning toifasi ___________________________________________________________________________;
‎5.1. Yer turi _________________________________________________________________________________;
‎6. Tanlov gʻolibining majburiyatlari _____________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________;
‎6.1.Ijara muddati _____________________________________________;
‎6.2. Tanlov gʻolibiga qoʻyiladigan talablar:
‎____________________________________________________________________________________________
‎‎____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎6.3. Yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa talablar
‎___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎7. “Oʻzdaverloyiha” institutining hududiy boʻlinmasining manzili va bogʻlanish uchun maʼlumotlar (telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar) ______________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎Buyurtma 20 ____yil “ _____ ” __________________________ da taqdim etildi.
‎“Oʻzdaverloyiha” institutining __________________________________________________________ hududiy boʻlinmasi boshligʻi _________________________________

(F.I.O.)‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA

Ochiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun

ARIZA

‎‎____________________________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________

(jismoniy shaxsning F.I. O., yashash joyi, STIR raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili)‎‎‎

‎‎Tanlov oʻtkazilishi haqidagi xabarnoma bilan tanishdim:
‎‎Loyiha raqami:
‎‎№ ____________________
Loyiha‎ ‎yoʻnalishi, maydoni:
‎‎________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________________________

‎‎Ochiq elektron tanlov oʻtkazish qoidalari (keyingi oʻrinlarda — Qoidalar) bilan tanishib, 20 ____ yil “ __ ” ________________ kuni soat __________ daqiqada oʻtkaziladigan ochiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun ushbu arizani qabul qilishingizni soʻrayman.
‎Ochiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun ushbu arizani taqdim etib, ochiq elektron tanlovni oʻtkazish boʻyicha qoidalarga va keltirilgan shartlarga rozilik beraman.
‎Men tomondan taqdim etilgan maʼlumotlar notoʻgʻri boʻlgan taqdirda, ochiq elektron tanlov natijalari haqiqiy emas deb topilishi haqida ogohlantirildim.
‎Shuningdek, ochiq elektron tanlov gʻolibi deb topilgan taqdirimda, menga majburiyatlarni bajarishni oʻz zimmamga olaman.

Toʻldirilgan sana ‎‎ _____________________________________________________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“___”-lot boʻyicha dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga olish uchun oʻtkazilgan tanlovda ishtirok etgan talabgorlarning jamgʻargan ballarini jamlash

VARAQASI

T/r

Ball berish mezonlari

Reyting ballari

Talabgor

(F.I.O)

A-BLOK. Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga olish boʻyicha majburiyatlar

1.

Ijara huquqini yutib olish uchun toʻlanadigan toʻlov (mazkur summa tanlov oʻtkazilgan sanadagi normativ qiymat boʻyicha hisoblanadi hamda yer uchastkasining ijara muddatiga teng taqsimlanadi)

yer normativ qiymatining 10 barobaridan yuqori (har bir normativ qiymat uchun)

10

yer normativ qiymatining 0 barobaridan 10 barobarigacha (har bir normativ qiymat uchun)

5

B-BLOK. Talabgor haqida maʼlumotlar

2.

Talabgorning kredit tarixi

Aʼlo koʻrsatkich

8

Yaxshi koʻrsatkich

6

Oʻrtacha koʻrsatkich

4

Zaif koʻrsatkich

2

Yomon koʻrsatkich

0

3.

Talabgorning agrar soha boʻyicha mutaxassisligi va aniq rejalarning mavjudligi

Oliy va oʻrta maxsus maʼlumot

5

Yangi tartibda tashkil qilingan kasbga oʻqitish markazlarida, malaka va bilimga egaligi (mono-markaz, agroxizmatlar markazi, fermerlar maktabi, maslahat ofislari va boshqa)

3

Mavjud emas

0

4.

Talabgorning oʻz tomorqasidan samarali foydalanayotganligi (mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali ERI bilan tasdiqlash yoʻli bilan baholanadi)

aʼlo

8

yaxshi*

4

qoniqarli

0

qoniqarsiz

-5

5.

Ishsiz oila aʼzolari soni (ota-onasi, er-xotini, farzandlari)

4 kishi va undan koʻp

15

3 kishi

10

2 kishi

7

1 kishi

3

V-BLOK. Qoʻshimcha imkoniyatlar beruvchi koeffitsiyentlar (avtomatik ravishda baholanadi)

6.

Yer uchastkasi joylashgan tuman (shahar)da yashovchi talabgor

1,5

Yer uchastkasi joylashgan viloyatda, biroq boshqa tuman (shahar)da yashovchi talabgor

1,1

7.

“Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga va 2022-yil 1-mart sanasidan keyin xorijdan qaytgan mehnat migrantlari roʻyxatiga kiritilgan talabgor

1,3

Jami

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. *Tomorqasi mavjud boʻlmagan uylarda, shu jumladan, koʻp qavatli uylarda yashovchi talabgorlarga “yaxshi” baho beriladi.
(4-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 709-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslarga qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAʼMURIY REGLAMENTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Reglament yuridik shaxslarga (dehqon xoʻjaliklaridan tashqari) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Reglament talablari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) dehqon xoʻjaligi yuritish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) oʻrmon fondi yerlarini ijaraga berishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli tashkilotlar — yer tuzish loyihalarini kelishadigan tashkilotlar — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi (yer uchastkasidan foydalanish maqsadi va ixtisosligi boʻyicha), Suv xoʻjaligi vazirligi (suv taʼminoti, irrigatsiya va melioratsiya inshootlari boʻyicha) va Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (yer uchastkasi chegaralari boʻyicha) hududiy boʻlinmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer tuzish loyihasi — yagona mavze boʻyicha konturlar yaxlitligi saqlab qolingan holda, yer uchastkasi chegaralari, hududning ixtisosligi, ishlab chiqarish yoʻnalishi, sugʻorish tarmoqlari, kollektorlar, yoʻllar va boshqa topografik elementlari hisobga olingan muayyan yer uchastkasini ijaraga berish uchun ishlab chiqilgan hujjatlar toʻplami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijrochi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zakalat — ishtirokchi tomonidan tanlovda qatnashish uchun kafolat taʼminoti sifatida kiritiladigan pul;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lot — tanlovga qoʻyilgan, tuman (shahar) hokimliklari nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan, yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operator — savdo platformasida tanlovni tashkil etish hamda oʻtkazish vakolati berilgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq elektron tanlov — lotni ijaraga berishda talabgorlardan kelib tushgan takliflar orasidan eng yaxshi taklifni avtomatik ravishda baholash yoʻli bilan gʻolibni aniqlash boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov shakli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor — lotni qoʻlga kiritish boʻyicha qiziqish bildirib, tanlovda ishtirok etish uchun murojaat qilgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov gʻolibi — ochiq elektron tanlov natijalari boʻyicha eng yuqori ballga ega boʻlgan talabgor;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovning salohiyatli gʻolibi — tanlov gʻolibining taklifidan keyingi eng yaxshi taklifni taqdim etgan talabgor;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik uzilish — tanlov jarayonida bir yoki bir nechta ishtirokchining qatnashishini yoki mazkur Reglament talablari asosida operatorning xizmat koʻrsatish imkoniyatini cheklaydigan savdo platformasidagi texnik nosozliklar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsiy kabinet — ishtirokchiga tanlovlarga buyurtma berish, ularda qatnashish, shaxsiy hisobni boshqarish, uning holati va boshqa statistik maʼlumotlarni koʻrish hamda operator tomonidan joʻnatilayotgan xabarlar bilan tanishib borish imkonini beruvchi savdo platformasining maxsus boʻlimi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsiy hisobvaraq — savdo platformasi maʼlumotlar bazasida talabgor roʻyxatdan oʻtganda avtomatik ravishda ochiladigan hisobvaraq;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qaroriga asosan oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron buyurtma — qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini tanlov asosida realizatsiya qilish boʻyicha tanlov tashkil qilish yuzasidan ijrochi tomonidan operatorga beriladigan elektron buyurtma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beruvchi imzo;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“E-IJARA” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “E-IJARA” AT) — yer uchastkalarini berish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish hamda vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishishni amalga oshirishga moʻljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“E-AUKSION” elektron savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda — savdo platformasi) — yer uchastkalarini ijaraga berish uchun ochiq onlayn tanlovlarni tashkil etish axborot tizimi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish ushbu Reglamentning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkasi Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksida belgilangan muddatlarga ijaraga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkasi quyidagi oʻlchamlarda ijaraga beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sabzavot-polizchilik yoʻnalishiga — kamida 3 gektar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bogʻdorchilik, uzumchilik yoʻnalishiga — kamida 3 gektar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chorva ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda sugʻoriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta va gʻallachilik yoʻnalishiga — kamida 30 gektar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻallachilik va sabzavotchilik yoʻnalishiga — kamida 10 gektar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sunʼiy suv havzalarida baliq yetishtirishga — kamida 0,01 gektar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovga qoʻyish boʻyicha materiallarni tayyorlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar)lar hokimliklari nomiga davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan, yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlarni elektron axborot almashinuv orqali ijrochiga yuboradi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasi kadastr raqami, yer turi va geografik joylashuvi, maydoni (gektarda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasining elektron xaritasida koʻrsatish uchun yer uchastkasini kadastr xaritasi (koordinatali nuqtalari, chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari koʻrsatilgan vaziyat bilan bogʻliq sxema);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavjud davlat kadastrlari obyektlari (gaz, aloqa va energetika obyektlari, avtomobil va temir yoʻllar, tabiiy va texnogen xavfi yuqori boʻlgan tegralar, transport quvurlari, gidrotexnik inshootlar, muhofaza qilinadigan obyekt va hududlar hamda boshqalar) mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (izoh koʻrinishida). Bunda, davlat kadastrlarini yurituvchi vazirlik va idoralar davlat kadastrlari yagona tizimidagi maʼlumotlarning toʻliqligi uchun javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Jismoniy va yuridik shaxslar “E-IJARA” AT orqali boʻsh turgan yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ochiq elektron tanlovga qoʻyish masalasini belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijrochi jismoniy yoki yuridik shaxsning taklifi kelib tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida uni ochiq elektron tanlovdagi maʼlumotlar bilan solishtirgan holda qabul qiladi yoki aniq sabablarini koʻrsatgan holda joylashtirishni rad etadi, boʻsh yer uchastkasi aniqlangan taqdirda, yer uchastkasiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun tuman (shahar) hokimliklariga taklif yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman (shahar) hokimliklari taklif etilgan yer uchastkasini yerlardan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlari yuzasidan koʻrib chiqadi. Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish yuzasidan uch ish kuni ichida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalariga elektron axborot almashinuv orqali buyurtma beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari besh ish kuni ichida mazkur yer uchastkasining kadastr hujjatlarini tuman (shahar) hokimligi nomiga rasmiylashtiradi, natijasi boʻyicha taklif etilgan yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yoki rad etish sabablarini elektron axborot almashinuvi orqali “E-IJARA” ATga joylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, kadastr yigʻmajildini (pasportini) tayyorlash va yer uchastkasini davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish xarajatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy va yuridik shaxslar vakolatli organlar tomonidan murojaatni koʻrib chiqish asossiz ravishda rad etilganligi ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki bevosita sudga shikoyat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ijrochi toʻrt ish kuni ichida “E-IJARA” AT orqali yuklab olingan tuman (shahar) hokimliklari nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi yer uchastkalarini joyiga chiqqan holda oʻrganadi va yer uchastkasining haqiqiy holati (loyihalashtirilayotgan yer uchastkasining holati, hududning ixtisosligi, suv bilan taʼminlanganlik darajasi va irrigatsiya tizimining holati, ball-boniteti, shoʻrlanish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar)dan kelib chiqib, yer uchastkasining yer tuzish loyihasini ishlab chiqadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijrochi ochiq elektron tanlovga qoʻyilayotgan yer uchastkasi boʻyicha ushbu Reglamentning 5-bandida belgilangan qishloq xoʻjaligi maqsadlari va oʻlchamlaridan kelib chiqib, bir nechta yer tuzish loyihasini ishlab chiqishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir yer tuzish loyihasiga “E-IJARA” ATda avtomatik tarzda oʻziga xos raqam beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda bir nechta konturlar uchun umumlashgan yagona loyiha ishlab chiqilishi mumkin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ijrochi har bir yer tuzish loyihasini Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasidan olingan dastlabki formatlarda kelishish uchun vakolatli tashkilotlarga hamda quyidagi maʼlumotlardan tashkil topgan yer tuzish loyihasini tasdiqlash uchun tuman (shahar) hokimligiga “E-IJARA” AT orqali yuboradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yer uchastkasining maydoni (gektarda) va toifasi hamda yer turlari konturlar kesimida jadval shaklidagi maʼlumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) infratuzilma obyektlari mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yer uchastkasining qishloq xoʻjaligi elektron xaritasidan koʻchirmasi, yer tuzish loyihasining chegaralari va manzili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) chegaradosh yer uchastkalari foydalanuvchilari haqida maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ochiq elektron tanlovga qoʻyilayotgan yer uchastkasida davlat kadastrlari obyektlari (gaz, aloqa va energetika obyektlari, avtomobilʼ va temir yoʻllar, tabiiy va texnogen xavfi yuqori boʻlgan tegralar, transport quvurlari, melioratsiya va irrigatsiya inshootlari, muhofaza qilinadigan obyekt va hududlar hamda boshqalar) mavjud boʻlgan holatlarda yer tuzish loyihasi qoʻshimcha ravishda davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatli organlar bilan ham kelishiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. “E-IJARA” ATga yer tuzish loyihalari joylashtirilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) vakolatli tashkilotlar tomonidan ushbu loyihalar kelishiladi yoki kelishish rad etiladi, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“E-IJARA” AT da qabul qilingan qaror haqida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadigan tegishli belgi qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelishuv hech qanday eʼtiroz va shartlarsiz amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelishish rad etilganda, sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda, taqdim etilgan yer tuzish loyihasini amalga oshirish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi hamda mazkur loyiha aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi koʻrsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan muddatda javob berilmagan hollarda yer tuzish loyihalari kelishilgan hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasiga kelishish uchun maʼlumotlar elektron axborot almashinuvi orqali yuboriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tuman (shahar) hokimligi taqdim etilgan yer tuzish loyihasini koʻrib chiqib, ERI bilan tasdiqlaydi hamda “E-IJARA” AT orqali ijrochiga yuboradi, bunda tuman (shahar) hokimligi ochiq elektron tanlovga qoʻyilayotgan yer uchastkasining ixtisoslashuvi va yoʻnalishiga oʻzgartirish kiritish haqida yoki ochiq elektron tanlovda ishtirok etuvchi shaxslar (ochiq elektron tanlovga quyilgan yer uchastkasi joylashgan hududdagi jismoniy shaxslar) doirasini belgilagan holda yer tuzish loyihasini unga tuzatishlar kiritish uchun ijrochiga qaytarishi mumkin. Boshqa sabablar bilan yer tuzish loyihasini qaytarishga yoʻl qoʻyilmaydi:
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ijrochi uch ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etib, loyihani tasdiqlash uchun tuman (shahar) hokimligiga qayta kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda vakolatli tashkilotlar bilan qaytadan kelishish talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tuman (shahar) hokimligi ikki ish kuni ichida taqdim etilgan yer tuzish loyihasini koʻrib chiqib, ERI bilan tasdiqlaydi hamda “E-IJARA” AT orqali ijrochiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer tuzish loyihasi belgilangan muddatda tasdiqlanmagan hollarda loyiha tasdiqlangan hisoblanadi va harakat “E-IJARA” ATda avtomatik tarzda keyingi bosqichga oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ijrochi bir ish kuni ichida tuman (shahar) hokimligi tomonidan tasdiqlangan yer tuzish loyihasi asosida yer uchastkasini ochiq elektron tanlovga qoʻyish toʻgʻrisida ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi elektron buyurtmani “E-IJARA” AT orqali operatorga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmaga yer tuzish loyihasi ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Buyurtmaga yer tuzish loyihasi ilova qilinmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilgan taqdirda, operator tomonidan buyurtma kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmasdan koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun buyurtmani “E-IJARA” AT orqali ijrochiga qaytaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ijrochi buyurtmani qaytarishga asos boʻlgan kamchiliklarni bir ish kuni ichida toʻliq bartaraf etib, takroran elektron buyurtmani “E-IJARA” AT orqali operatorga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Ochiq elektron tanlovni tashkil etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Operator buyurtma kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida ochiq elektron tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnoma va lot haqidagi maʼlumotlarni, shuningdek, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi ijara shartnomasi loyihasini savdo platformasida eʼlon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eʼlon qoʻshimcha ravishda ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, tuman (shahar) hokimligining rasmiy veb-sayti va gazetalarida ham eʼlon qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ochiq elektron tanlov xabarnoma va lot haqida eʼlon berilgan kundan boshlab 15 kalendar kunidan soʻng oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ochiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun arizalar savdo platformasi orqali yuboriladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki yoki undan ortiq lotlar boʻyicha ochiq elektron tanlovda gʻolib boʻlgan talabgorga faqat bitta yer uchastkasi uchun gʻoliblik bayonnomasi rasmiylashtiriladi, tanlov gʻolibiga yer uchastkalaridan birini tanlash imkoniyati beriladi, qolgan lotlar boʻyicha tanlov natijalari bekor qilinadi, bunda bekor qilingan lotlar boʻyicha zakalat puli tanlov gʻolibiga qaytariladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq elektron tanlovda bir marotaba gʻolib boʻlgan shaxs keyingi tanlovlarda faqat bir yil oʻtgandan soʻng ishtirok etishiga ruxsat beriladi.
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ochiq elektron tanlovda qatnashish uchun talabgorning arizasi xabarnoma joylashtirilgandan boshlab tanlov oʻtkazilishi belgilangan kun soat 9-00 ga (GMT+5) qadar savdo platformasi orqali qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul qilish uchun belgilangan muddat oʻtgandan keyin kelib tushgan arizalar qabul qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgor ariza qabul qilish muddati davomida oʻz arizasini qaytarib olishga va takroran berishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Xabarnoma va lotga oid axborot tanlov boshlanishidan kamida 15 kalendar kunidan oldin savdo platformasida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xabarnomada quyidagilar aks ettiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov shakli, oʻtkaziladigan sanasi, tanlov natijalarini eʼlon qilish vaqti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lot raqami va obyekt nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovda qatnashish uchun ariza qabul qilishni yakunlash sanasi va vaqti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov obyektiga oid buyurtmada koʻrsatilgan va unga ilova qilingan maʼlumot va hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zakalat pulining miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijrochining manzili va telefon raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijrochi tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha maʼlumotlar (agar mavjud boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov obyektini oldindan koʻrish (koʻzdan kechirish) tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov shartlarini savdo platformasida eʼlon qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektning joylashgan manzili, fotosurati va geolokatsiyasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Operator tomonidan savdo platformasida tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabarnoma eʼlon qilingandan keyin tanlov shartlarini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ijrochi tomonidan buyurtmani savdo platformasidan chiqarib olish hamda tanlov shartlarini oʻzgartirilgan holda buyurtmani qayta yuborish holatlari bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Operator ijrochi tomonidan taqdim etilgan tanlov obyekti boʻyicha maʼlumot va hujjatlar yuzasidan javobgar hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Ochiq elektron tanlovda ishtirok etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Talabgorlar ochiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo platformasi orqali ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan shakldagi arizani ERI bilan tasdiqlab yuboradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasi maydoni 30 gektargacha boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari, 30 gektardan 100 gektargacha boʻlgan hollarda — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari, 100 gektar yoki undan koʻp boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdoridagi zakalat pulini operatorning maxsus depozit hisobvaragʻiga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Ariza ushbu Reglament talablariga muvofiq taqdim etilgan taqdirda, operator zudlik bilan talabgorga tanlovda ishtirok etish uchun ruxsat beradi, shuningdek, uyali aloqa telefoniga va elektron pochta orqali talabgorning tanlov ishtirokchisi maqomini olganligi haqida qoʻshimcha ravishda xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgor xabar bilan oʻz vaqtida tanishmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Ushbu Reglamentning 23-bandida nazarda tutilgan zakalat puli talabgor tomonidan operatorning maxsus depozit hisobvaragʻiga kiritilmaganda, talabgorlar tanlovda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgor tomonidan savdo platformasiga kiritilgan maʼlumotlar shu jumladan, tanlov takliflarining haqqoniyligi uchun talabgor javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ochiq elektron tanlovga talabgorlar belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtmagani yoxud tanlov savdolariga oid maʼlumotlar bilan tanishib chiqmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Ochiq elektron tanlovni oʻtkazish va ball berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Tanlov natijalari boʻyicha talabgorlarning roʻyxati, tanlov takliflari va ularga berilgan ballar tanlov oʻtkaziladigan kun soat 09:30 da (GMT+5) savdo platformasida avtomatik ravishda eʼlon qilinadi.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ochiq elektron tanlov dam olish va bayram kunlarida oʻtkazilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ochiq elektron tanlovda ishtirok etayotgan talabgorlarning imkoniyatlari ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan mezonlar boʻyicha baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chorva ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha ochiq elektron tanlov oʻtkazilganda talabgor ochiq elektron tanlovga qoʻyilgan yer maydoniga muvofiq qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdordagi shartli bosh chorva mollariga ega boʻlishi hamda ushbu chorva mollari belgilangan tartibda identifikatsiya qilinib, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining yagona elektron axborot tizimiga kiritilgan boʻlishi talab etiladi hamda bu baholash davrida asosiy koʻrsatkich sifatida hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Ochiq elektron tanlov quyidagi hollarda oʻtkazilmagan deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun ariza kelib tushmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq elektron tanlov gʻolibi tomonidan yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini imzolash rad etilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun faqat bir nafar ishtirokchi ariza topshirgan boʻlsa (bundan tanlovga chiqarilgan lot boʻyicha tanlov oʻtmagan deb eʼtirof etilgan va mazkur lot takroriy tanlovga qoʻyilganda bitta talabgor ishtirok etish hollari mustasno).
(28-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Tegishli lot boʻyicha tanlov oʻtkazilmagan deb eʼtirof etilganda besh kundan soʻng takroriy tanlov oʻtkaziladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Operator quyidagi majburiyatlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq elektron tanlovni belgilangan vaqtda tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq elektron tanlovning inson omili aralashuvisiz oʻtishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dasturiy mahsulotlar, mavjud texnikalarini, server qurilmalari, kommunikatsiya uskunalari va tanlovni oʻtkazishda foydalaniladigan barcha vositalarning texnik uzilishlarsiz ishlashini taʼminlashga qaratilgan barcha zarur choralarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq elektron tanlov qoidalari buzilishining oldini olish, bunday holatlarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq elektron tanlovda ishtirok etishda barcha ishtirokchilar uchun shart-sharoitlarning tengligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq elektron tanlovni oʻtkazishda oshkoralik va ommaviylik shartlarini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq elektron tanlov ishtirokchilari va barcha manfaatdor taraflar uchun tanlovga oid maʼlumotlarni qulay va tezkor ravishda doimiy eʼlon qilib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Operator zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Ochiq elektron tanlov gʻolibini aniqlash va tanlov natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Talabgorlarning har bir koʻrsatkichiga qoʻyilgan ballar ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan mezonlarga muvofiq savdo platformasi orqali avtomatik ravishda hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Eng koʻp ball toʻplagan talabgor ochiq elektron tanlov gʻolibi deb topiladi va operator tomonidan tanlov oʻtkazilgan kunning oʻzida eʼlon qilinadi hamda bir vaqtning oʻzida tanlov gʻolibining shaxsiy kabineti, uyali aloqa telefoniga va elektron pochta manziliga bu haqda xabar yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgor toʻplagan ballar teng boʻlib qolgan taqdirda, kalendar tartibida arizani birinchi boʻlib topshirgan talabgor ochiq elektron tanlov gʻolibi sifatida eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Tanlov obyekti boʻyicha yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini imzolash uchun tanlov gʻolibiga besh ish kunlik muddat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Operator ochiq elektron tanlov yakunlangan kundan keyingi kundan kechiktirmasdan QR-kodini (matrik shtrixli kod) qoʻllash orqali tanlov natijalari toʻgʻrisidagi maxsus raqam qoʻyilgan elektron bayonnomani rasmiylashtiradi va ushbu bayonnoma bilan birga yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini ERI bilan tasdiqlash uchun va tanlov gʻolibining shaxsiy kabinetiga yuboradi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Bayonnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov oʻtkazilgan sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bayonnoma rasmiylashtirilgan sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov gʻolibi haqida maʼlumot hamda uning tanlov takliflariga berilgan ballar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov obyekti haqida maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi va tanlov gʻolibi oʻrtasida tanlov obyekti boʻyicha yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini tuzish muddati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Agar tanlov gʻolibi bayonnoma rasmiylashtirilgandan soʻng tanlov obyekti boʻyicha yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini imzolashdan bosh tortsa, tanlovning salohiyatli gʻolibiga (agar ballar teng boʻlsa — arizani oldinroq bergan talabgorga) operator tomonidan besh ish kunlik muddat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlovning salohiyatli gʻolibi tanlov obyekti boʻyicha yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini imzolashga rozilik bildirgan taqdirda, u tanlov gʻolibi deb eʼtirof etiladi va belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan muddatda tanlov obyekti boʻyicha “E-IJARA” AT orqali tuman (shahar) hokimligi bilan shartnoma imzolashni rad etgan tanlov gʻolibi (salohiyatli gʻolib) tomonidan kiritilgan zakalat puli qaytarilmaydi (talabgor (salohiyatli gʻolib) bir nechta lot boʻyicha gʻolib boʻlgan taqdirda uning kalendar tartibida birinchi lotga topshirilgan arizasi boʻyicha zakalat puli qaytarilmaydi) hamda ushbu mablagʻlar operator tasarrufida qoladi.
(36-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Ochiq elektron tanlov gʻolibi jismoniy shaxs boʻlgan taqdirda, ikki ish kuni ichida fermer xoʻjaligi sifatida yoki boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ochiq elektron tanlov natijalariga doir elektron bayonnomada gʻolib sifatida ushbu jismoniy shaxs, ijara shartnomasida esa u tomonidan taʼsis etilgan fermer xoʻjaligi yoki boshqa yuridik shaxs koʻrsatiladi.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, tanlov gʻolibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgandan keyin yer uchastkasiga boʻlgan huquq tashkil etilgan yuridik shaxs nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Tanlov gʻolibi (salohiyatli gʻolib) tomonidan tanlov obyekti boʻyicha tuman (shahar) hokimligi bilan yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi imzolagandan soʻng, operator maxsus depozit hisobvaragʻiga kiritilgan zakalat pulining yigirma foizi miqdorida xizmat haqini chegirib qolgan holda, qolgan 80 foiz pulni besh ish kunida quyidagi tartibda taqsimlaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasiga;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida — yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tegishli hududiy boshqarmasining hisobvaragʻiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 foizi (yer uchastkasi maydoni 100 gektar va undan koʻp boʻlganda 15 foizi) — tegishli tuman (shahar) mahalliy budjeti daromadiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan mablagʻlar — ijrochining hisobvaragʻiga.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlov gʻolibidan keyingi eng koʻp ballni toʻplagan talabgorga (salohiyatli gʻolib) zakalat puli tanlov gʻolibi tomonidan yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi imzolangandan soʻng avtomatik ravishda uning shaxsiy hisobvaragʻiga toʻliq qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa talabgorlarga operatorning maxsus depozit hisobvaragʻiga kiritilgan pul tanlov gʻolibi (salohiyatli gʻolib) tomonidan yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi imzolangandan soʻng avtomatik ravishda shaxsiy hisobvaragʻiga toʻliq qaytariladi.
(38-bandning oltinchi-yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu nizomning 6-bandida koʻrsatilgan yer uchastkasi chegarasi oʻzgargan hollarda tanlov gʻolibidan kadastr pasportini shakllantirish uchun ham qonunchilikda belgilangan miqdorda toʻlov undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Savdo platformasi orqali ochiq elektron tanlov natijalariga doir elektron bayonnoma “E-IJARA” AT ga joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Savdo platformasida tanlov gʻolibi tomonidan bir tomonlama imzolangan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasi bir ish kuni ichida tuman (shahar) hokimligiga tasdiqlash uchun “E-IJARA” AT orqali yuboriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. “E-IJARA” AT orqali yuborilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi ijara shartnomasi tuman (shahar) hokimligi tomonidan bir ish kuni ichida ERI bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman (shahar) hokimligi tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi ijara shartnomasi belgilangan muddat ichida tasdiqlanmagan taqdirda ijara shartnomasi tasdiqlangan hisoblanadi va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ijara shartnomasiga u oʻz vaqtida tasdiqlanmaganligi toʻgʻrisida operatorning QR-kodi tushiriladi va savdo platformasida mazkur toifadagi shartnomalar reyestrida aks ettiriladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ijrochi tomonidan yer tuzish hujjatlari va ijara shartnomasi “E-IJARA” ATda elektron axborot almashinuvi orqali bir ish kuni ichida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga yuboriladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tegishli hududiy boshqarmasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida ikki ish kuni ichida ochiq elektron tanlov gʻolibining yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va tegishli reyestrdan koʻchirmani elektron axborot almashinuvi orqali ijrochiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ushbu nizomning 6-bandida koʻrsatilgan yer uchastkasi chegarasi oʻzgargan hollarda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tegishli hududiy boshqarmasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasi va yer tuzish hujjatlari asosida besh ish kuni ichida kadastr pasportini rasmiylashtiradi hamda ochiq elektron tanlov gʻolibining yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va tegishli reyestrdan koʻchirmani elektron axborot almashinuvi orqali ijrochiga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Ijrochi ochiq elektron tanlov gʻolibining yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida reyestrdan koʻchirmani olgan kunning oʻzida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasini hamda tanlov gʻolibining yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha reyestrdan koʻchirmani tanlov gʻolibiga “E-IJARA” AT orqali yuboradi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Ijrochi uch ish kuni ichida ochiq elektron tanlov gʻolibiga yer uchastkasining chegarasini joyida koʻrsatib beradi va bu haqida tegishli maʼlumotlarni “E-IJARA” ATga joylashtiradi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Tanlovga qoʻyilgan obyekt buyurtmachi tomonidan yoki tegishli sud, prokuror, tergovchi va surishtiruvchining qarorlariga asosan tanlov boshlangunga qadar yoki tanlov oʻtkazilmagan deb topilgandan soʻng savdo platformasidan olinishi (buyurtmaga oʻzgartirish kiritilishi, bekor qilinishi) mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Ushbu Reglamentni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Mazkur Reglament talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslarga qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslarga qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

I. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish va hududlarni ixtisoslashtirish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish va tasdiqlash tartib-taomillari

1-bosqich

Tuman (shahar) hokimliklari

1. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududlarni ixtisoslashtirish, boʻsh turgan, zaxiradagi va kelgusida zaxiraga olinadigan yer maydonlarini qishloq xoʻjaligi korxonasi yoki dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish boʻyicha loyihalarni tayyorlaydi.

2. Tayyorlangan loyihalarni koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining navbatdan tashqari sessiyasiga kiritadi.

Har yili
1-noyabrgacha, zaruratga koʻra, yilning boshqa davrlarida

2-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari

Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan kiritilgan loyihalarni koʻrib chiqadi va maqullaydi.

Har yilinoyabr oyida, zaruratga koʻra, yilning boshqa davrlarida

II. Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini tanlovga qoʻyish tartib-taomillari

1-bosqich

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi

Tuman (shahar) hokimliklari nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan, yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan qishloq xoʻjaligi yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron axborot almashinuv orqaliOʻzdaverloyiha davlat ilmiy-loyihalash institutiga yuboradi.

Doimiy

1a-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslar

Boʻsh turgan yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ochiq elektron tanlovga qoʻyish yuzasidan E-IJARA ATga takliflar kiritadi.

Zaruratga
koʻra

Oʻzdaverloyiha davlat ilmiy-loyihalash instituti

Jismoniy yoki yuridik shaxsning taklifini oʻrganib chiqadi, yer uchastkasiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi yokitaklifni rad etadi.

5 ish kuni
ichida

Tuman (shahar) hokimliklari

Taklif etilgan yer uchastkasiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalariga elektron axborot almashinuv orqali buyurtma beradi.

3 ish kuni
ichida

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari

Mazkur yer uchastkasining kadastr hujjatlarini tuman (shahar) hokimligi nomiga rasmiylashtiradi, natijasi boʻyicha taklif etilgan yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yoki rad etish sabablarini elektron axborot almashinuvi orqaliE-IJARA ATga joylashtiradi.

5 ish kuni
ichida

2-bosqich

Oʻzdaverloyiha davlat ilmiy-loyihalash instituti

1. Tuman (shahar) hokimliklari nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi yerlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni E-IJARA AT orqali yuklab oladi.

2. Yer uchastkasini joyiga chiqqan holda oʻrganadi va er tuzish loyihasini ishlab chiqadi.

3. Har bir loyihani kelishish uchun vakolatli tashkilotlarga E-IJARA AT orqali yuboradi.

4. Yer tuzish loyihasini “E-IJARA” AT orqali tasdiqlash uchun tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.

4 ish kuni
ichida

3-bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boʻlinmalari

Tuman (shahar) hokimligi

Yer tuzish loyihasini E-IJARA AT orqali kelishadi yoki kelishishni rad etadi.

Taqdim etilgan yer tuzish loyihasini ERI bilan tasdiqlaydi hamda E-IJARA AT orqali Oʻzdaverloyiha davlat ilmiy-loyihalash institutiga yuboradi.

3 ish kuni
ichida

Oʻzdaverloyiha davlat ilmiy-loyihalash instituti

Yer uchastkasini ochiq elektron tanlovga qoʻyish toʻgʻrisidagi buyurtmani E-IJARA AT orqali E-AUKSION elektron savdo platformasiga yuboradi.

1 ish kuni
ichida

III. Tanlov oʻtkazish tartib-taomillari

1-bosqich

Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi davlat unitar korxonasi

Ochiq elektron tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnoma va lot haqidagi maʼlumotlarni, shuningdek, qishloq xoʻjaligi yer uchastkasi ijara shartnomasi loyihasini E-AUKSION elektron savdo platformasida eʼlon qiladi.

2 ish kuni
ichida

2-bosqich

Talabgorlar (jismoniy va yuridik shaxslar)

Belgilangan zakalat mablagʻlarni Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi davlat unitar korxonasining maxsus depozit hisobvaragʻiga kiritadi va ariza yuboradi.

15 kun
ichida

3-bosqich

Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi davlat unitar korxonasi

1. Ochiq elektron tanlov ishtirokchilariga E-AUKSION elektron savdo platformasida tanlovni tashkil etadi.

2. Ochiq tanlov gʻolibini eʼlon qiladi va bu haqda tanlov gʻolibining shaxsiy kabineti, uyali aloqa telefoniga va elektron pochta manziliga xabar yuboradi.

3. Tanlov natijalari toʻgʻrisidagi elektron bayonnomani rasmiylashtiradi va qishloq xoʻjaligi yer uchastkasi ijara shartnomasi bilan birga tanlov gʻolibining shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Tanlov oʻtkazilgan kuni soat 09:30 da (GMT+5) Tanlovdan keyingi kun

4-bosqich

Ochiq elektron
tanlov gʻolibi

1. Qishloq xoʻjaligi yer uchastkasi ijara shartnomasini imzolaydi.

2. Bayonnomaga qoʻyilgan maxsus raqamni kiritish orqali belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtadi (yuridik shaxslar bundan mustasno).

5 ish kuni
ichida

2 ish kuni
ichida

5-bosqich

“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti

Tasdiqlangan qaror va qishloq xoʻjaligi yer uchastkasi ijara shartnomasini tasdiqlash uchun tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.

1 ish kuni
ichida

Tuman (shahar) hokimligi

Qishloq xoʻjaligi yer uchastkasi ijara shartnomasini tasdiqlaydi.

1 ish kuni
ichida

Oʻzdaverloyiha davlat ilmiy-loyihalash instituti

Qishloq xoʻjaligi yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yer tuzish hujjatlari va ijara shartnomasini Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni
ichida

6-bosqich

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi

1. Tanlov gʻolibining yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.

2. Reyestrdan koʻchirmani elektron axborot almashinuvi orqali Oʻzdaverloyiha davlat ilmiy-loyihalash institutiga yuboradi.

2 ish kuni
ichida

7-bosqich

Oʻzdaverloyiha davlat ilmiy-loyihalash instituti

Tanlov gʻolibiga yer uchastkasining chegarasini koʻrsatib beradi va bu haqida tegishli maʼlumotlarni “E-IJARA ATga joylashtiradi.

3 ish kuni
ichida

(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslarga qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish uchun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ELEKTRON BUYURTMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎20 ___ yil “ _____ ” da ______________________ tuman (shahar) hokimligi tomonidan tasdiqlangan loyiha boʻyicha quyidagi yer uchastkasini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish uchun ushbu buyurtmani taqdim etadi:
‎1. Yer uchastkasining oʻziga xos raqami ____________;
‎2. Yer uchastkasining maydoni _____________________ ga;
‎3. Yer uchastkasi joylashgan joy ________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________
‎4. Belgilangan maqsadi _______________________________________________________________________;
‎5. Yerning toifasi ____________________________________________________________________________;
‎5.1. Yer turi _________________________________________________________________________________;
‎6. Tanlov gʻolibining majburiyatlari ____________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________
‎6.1. Ijara muddati _______________________________________________;
‎6.2. Tanlov gʻolibiga qoʻyiladigan talablar:
‎____________________________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎6.3. Yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa talablar
‎____________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎7. “Oʻzdaverloyiha” instituti hududiy boʻlinmasining manzili va bogʻlanish uchun maʼlumotlari (telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar) ______________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎Buyurtma 20 _____ yil “ _____” __________________ da taqdim etildi.
‎ “Oʻzdaverloyiha” institutining __________________________________________________________ hududiy
‎boʻlinmasi boshligʻi _____________________________________

‎‎(F.I.O.)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslarga qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ochiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ARIZA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
‎‎
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

‎‎(yuridik shaxs uchun — toʻliq nomi, pochta manzili, bank rekvizitlari, telefon raqami, elektron pochta manzili)‎

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

‎‎(jismoniy shaxs uchun — F.I.O., yashash joyi, STIR raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili)

‎‎Tanlov oʻtkazilishi haqidagi xabarnoma bilan tanishdim:
Loyiha raqami:‎ ‎‎№ ___________________________
Loyiha yoʻnalishi, maydoni:‎‎ ‎‎____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

‎‎Ochiq elektron tanlov oʻtkazish qoidalari (keyingi oʻrinlarda — Qoidalar) bilan tanishib, 20 ____ yil “ ____ ” _________________ kuni soat _______________daqiqada oʻtkaziladigan ochiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun ushbu arizani qabul qilishingizni soʻrayman.
‎Ochiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun ushbu arizani taqdim etib, ochiq elektron tanlovni oʻtkazish boʻyicha qoidalarga va keltirilgan shartlarga rozilik beraman.
‎Men tomondan taqdim etilgan maʼlumotlar notoʻgʻri boʻlgan taqdirda, ochiq elektron tanlov natijalari haqiqiy emas deb topilishi haqida ogohlantirildim.
‎Shuningdek, ochiq elektron tanlov gʻolibi deb topilgan taqdirimda, menga yuklatiladigan majburiyatlarni bajarishni oʻz zimmamga olaman.

‎‎Toʻldirilgan sana __________________________________________________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslarga qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“___”-lot boʻyicha dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga olish uchun oʻtkazilgan tanlovda ishtirok etgan talabgorlarning jamgʻargan ballarini jamlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VARAQASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Ball berish mezonlari

Amalga oshirish muddati

Reyting ballari

Talabgor

(F.I.O)

A-BLOK. Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga olish boʻyicha majburiyatlar

Qishloq xoʻjaligi yer maydonlarini ijaraga olish huquqini qoʻlga kiritish uchun yerning normativ qiymatidan kelib chiqib, 30 yil muddatga hisoblanadigan qoʻshimcha toʻlovlar

1.

Ijara huquqini yutib olish uchun toʻlanadigan toʻlov (mazkur summa tanlov oʻtkazilgan sanadagi normativ qiymat boʻyicha hisoblanadi hamda 30 yilga teng taqsimlanadi)

yer normativ qiymatining 10 barobaridan yuqori (har bir normativ qiymat uchun)

10

yer normativ qiymatining 0 barobaridan10 barobarigacha (har bir normativ qiymat uchun)

5

B-BLOK. Talabgor haqida maʼlumot (avtomatik ravishda baholanadi)

2.

Talabgorning kredit tarixi

aʼlo koʻrsatkich

10

yaxshi koʻrsatkich

6

oʻrtacha koʻrsatkich

3

zaif koʻrsatkich

2

yomon koʻrsatkich

0

3.

Talabgorning mutaxassisligi

agronom, fermer xoʻjaligini boshqarish

5

seleksiya va urugʻchilik, oʻsimliklarni himoya qilish, yer tuzish

4

qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash, agroiqtisodiyot

3

mexanik, zootexnik, veterinar

2

boshqa mutaxassis

1

mutaxassisligi mavjud boʻlmaganda

0

4.

Talabgor (yuridik shaxs rahbari)ning agrar sohadagi ish staji

15 yil va undan yuqori

10

10 yildan 15 yilgacha

9

5 yildan 10 yilgacha

8

3 yildan 5 yilgacha

7

1 yildan 3 yilgacha

6

ish staji boʻlmaganda

0

5.

Mavjud qishloq xoʻjaligi texnikasi (xizmat muddati 15 yildan kam va texnik soz texnikalar hisobga olinadi)

yuqori unumli texnika (haydov traktor yoki kombayn yoki PTM)

10

universal chopiq traktori

8

ishlov berish traktori

5

kombinatsiyalashgan agregat

4

yuk mashinasi

2

boshqa qishloq xoʻjaligi texnikasi

1

6.

Mavjud chorva boshi soni (shartli bosh)

1 gektar yer uchun 5 bosh va undan koʻp

15

1 gektar yer uchun 4 bosh

10

1 gektar yer uchun 3 bosh

5

V-BLOK. Talabgorning kelgusidagi rejalari

Yaratiladigan ish oʻrni

7.

Paxta-gʻallachilik yoʻnalishida

1 yil davomida har 2 gektar maydon uchun 1 ta doimiy ish oʻrni

3

1 yil davomida har 3 gektar maydon uchun 1 ta doimiy ish oʻrni

2

1 yil davomida har 5 gektar maydon uchun 1 ta doimiy ish oʻrni

1

8.

Gʻallachilik (sholichilik) yoʻnalishida

1 yil davomida har 5 gektar maydon uchun 1 ta doimiy ish oʻrni

3

1 yil davomida har 10 gektar maydon uchun 1 ta doimiy ish oʻrni

2

1 yil davomida har 15 gektar maydon uchun 1 ta doimiy ish oʻrni

1

9.

Bogʻdorchilik-uzumchilik yoʻnalishida

1 yil davomida har 1 gektar maydon uchun 1 ta doimiy ish oʻrni

3

1 yil davomida har 2 gektar maydon uchun 1 ta doimiy ish oʻrni

2

1 yil davomida har 3 gektar maydon uchun 1 ta doimiy ish oʻrni

1

10.

Sabzavot-polizchilik, kartoshkachilik va boshqa yoʻnalishlarda

1 yil davomida har 1 gektar maydon uchun 3 ta doimiy ish oʻrni

3

1 yil davomida har 1 gektar maydon uchun 2 ta doimiy ish oʻrni

2

1 yil davomida har 1 gektar maydon uchun 1 ta doimiy ish oʻrni

1

Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish

11.

Suv tejovchi texnologiyalar joriy etish

10 yil davomida 100 foiz maydonga

20

9 yil davomida 90 foiz maydonga

18

8 yil davomida 80 foiz maydonga

16

7 yil davomida 70 foiz maydonga

14

6 yil davomida 60 foiz maydonga

12

5 yil davomida 50 foiz maydonga

10

4 yil davomida 40 foiz maydonga

8

3 yil davomida 30 foiz maydonga

6

2 yil davomida 20 foiz maydonga

4

1 yil davomida 10 foiz maydonga

2

Mexanizatsiyalashtirish darajasi

12.

Paxtachilik va gʻallachilik (kamida 30 gektar uchun) yoʻnalishida

15 yil davomida kamida 1 dona yuqori unumli texnika (150 ot kuchidan yuqori)

10

10 yil davomida kamida 1 dona universal chopiq traktori

8

7 yil davomida kamida 1 dona ishlov berish traktori

6

5 yil davomida kamida 1 dona kombinatsiyalashgan agregat

4

5 yil davomida kamida 1 dona yuk mashinasi

3

3 yil davomida kamida 1 dona boshqa qishloq xoʻjaligi texnikasi

1

13.

Chorvachilik (kamida 10 gektar uchun) yoʻnalishida

15 yil davomida kamida 1 dona yuqori unumli texnika (haydov traktori yoki kombayn)

10

10 yil davomida kamida 1 dona universal chopiq traktori

8

7 yil davomida kamida 1 dona ishlov berish traktori

6

5 yil davomida kamida 1 dona kombinatsiyalashgan agregat

4

5 yil davomida kamida 1 dona yuk mashinasi

3

3 yil davomida kamida 1 dona boshqa qishloq xoʻjaligi texnikasi

1

14.

Sabzavot-polizchilik va kartoshkachilik (kamida 5 gektar uchun) yoʻnalishida

15 yil davomida kamida 1 dona haydov traktori

10

10 yil davomida kamida 1 dona maxsus texnikalar

8

7 yil davomida kamida 1 dona universal chopiq traktori

5

5 yil davomida kamida 1 dona kombinatsiyalashgan agregat

4

5 yil davomida kamida 1 dona yuk mashinasi

3

3 yil davomida kamida 1 dona boshqa qishloq xoʻjaligi texnikasi

1

15.

Bogʻdorchilik-uzumchilik (kamida 5 gektar uchun) yoʻnalishida

15 yil davomida kamida 1 dona maxsus mini traktor

10

10 yil davomida kamida 1 dona maxsus texnika

8

7 yil davomida kamida 1 dona kombinatsiyalashgan agregat

6

5 yil davomida kamida 1 dona yuk mashinasi

5

3 yil davomida kamida 1 dona boshqa qishloq xoʻjaligi texnikasi

1

Chorvachilik yoʻnalishi uchun

16.

Sugʻoriladigan ekin yerlarida 1 gektar maydon uchun chorva mol bosh sonini oshirish

5 yil davomida 5 bosh va undan koʻpaytirish

10

3 yil davomida 4 boshga yetkazish

5

1 yil davomida 3 boshga yetkazish

3

17.

Sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda 1 gektar maydon uchun chorva mol boshi sonini oshirish

5 yil davomida 3 boshga va undan koʻpaytirish

10

3 yil davomida 2 boshga yetkazish

5

1 yil davomida 1 boshga yetkazish

3

18.

Yaylov va pichanzorlarda 2 gektar maydon uchun chorva mol bosh sonini oshirish

5 yil davomida 3 boshga va undan koʻpaytirish

10

3 yil davomida 2 boshga yetkazish

5

1 yil davomida 1 boshga yetkazish

3

G-BLOK. Umumiy ballarni oshiruvchi koeffitsiyentlar (avtomatik ravishda baholanadi)

19.

Yer uchastkasi joylashgan tuman (shahar)da yashovchi talabgor

1,3

20.

Yer uchastkasi joylashgan viloyatda, biroq boshqa tuman (shahar)da yashovchi talabgor

1,1

JAMI

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Tanlovga qoʻyilayotgan yer maydoni normativ qiymatining joriy narxi belgilangan tartibda har bir ekin turi boʻyicha hisob-kitob qilingan holda yer tuzish loyihasi bilan birga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 1-yanvarga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasining Boʻzatov, Qoraoʻzak, Kegeyli, Qoʻngʻirot, Qonlikoʻl, Moʻynoq, Nukus, Taxiatosh, Taxtakoʻpir, Xoʻjayli, Chimboy, Shumanay tumanlaridagi qishloq xoʻjaligi oborotidan chiqib ketgan hamda yangi oʻzlashtirilgan yerlarni ijaraga berish boʻyicha ochiq elektron tanlovlarda talabgorlarning kredit tarixi, mutaxassisligi, agrar sohadagi ish staji mavjudligi talab etilmaydi hamda ushbu mezonlar boʻyicha ball qoʻyilmaydi.
(4-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksiga muvofiq qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga ikkilamchi ijaraga berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizom qoidalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan agrosanoat klasterlari, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga ijaraga berilgan yer uchastkalariga;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlariga, shu jumladan Qurolli Kuchlar, chegara, ichki ishlar va temir yoʻl qoʻshinlarining harbiy qismlari, harbiy taʼlim muassasalari, tashkilotlariga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga (oʻrmon fondi yerlari bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berilgan va ular tomonidan foydalanishga kiritilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagi yer uchastkalari ikkilamchi ijaraga berilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dehqon va tomorqa xoʻjaliklari berilgan yer uchastkalari (Yer kodeksning 243-moddasiga muvofiq vaqtincha foydalanishga berilishi mumkin);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoa bogʻdorchiligi, polizchiligi va uzumchiligi uchun berilgan yer uchastkalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ijaraga berilib, foydalanishga kiritilmagan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish — qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida ijara haqi evaziga ikkilamchi ijaraga oluvchiga belgilangan muddatga foydalanish uchun berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkilamchi ijaraga beruvchi — ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatib oʻtilgan subyektlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkilamchi ijaraga oluvchi — qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga muvofiq qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini belgilangan tartibda ikkilamchi ijaraga beruvchidan oladigan yuridik va jismoniy shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun foydalaniladigan yer uchastkalari (sugʻoriladigan va lalmi haydalma yerlar, boʻz yerlar, koʻp yillik mevali-rezavor dov-daraxtlar, tokzorlar va boshqa daraxtlar band boʻlgan yerlar, yaylov va pichanzorlar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oraliq ekish — ekin maydonlarini asosiy ekinlardan boʻshagandan keyin hamda bogʻ-tok qator oralariga ekin ekib vaqtincha foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanishga kiritilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari — investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik bitimida nazarda tutilgan talablar asosida foydalanishga (irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, qayta tiklash, yangidan barpo etish, mevali koʻchatlar ekish, tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etish va boshqalar) kiritilgan yer uchastkalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkilamchi ijara shartnomalari reyestri — qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida ijara haqi evaziga ikkilamchi ijaraga oluvchiga belgilangan muddatga foydalanishga berish toʻgʻrisida ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi oʻrtasida tuzilgan shartnomalarni hisobga olish reyestri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga ikkilamchi ijaraga (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qonunchilikda boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish ikkilamchi ijaraga beruvchining yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasida belgilangan majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari oraliq qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga bir yilgacha boʻlgan muddatga ikkilamchi ijaraga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanishga kiritilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) muddati ikkilamchi ijaraga beruvchi va ikkilamchi ijaraga oluvchining (keyingi oʻrinlarda — taraflar) kelishuviga koʻra belgilanadi. Mazkur muddat qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi muddatidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ikkilamchi ijaraga berish shartnomalari vakolatli organ tomonidan elektron axborot tizimi orqali ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkilamchi ijaraga berish shartnomalarini ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi uchun vakolatli organga bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida toʻlov amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkilamchi ijaraga oluvchi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan boʻlsa, toʻlov undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkilamchi ijara shartnomalari reyestri Yer kadastriga doir axborot hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Shartnoma tuzish va uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari ikkilamchi ijaraga ixtiyoriylik asosida ikkilamchi ijaraga beruvchining tashabbusi bilan ikkilamchi ijaraga oluvchining roziligiga koʻra faqat qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari ikkilamchi ijaraga ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Shartnoma ikkilamchi ijaraga beruvchi va ikkilamchi ijaraga oluvchi oʻrtasida yozma shaklda, qogʻoz yoki elektron hujjat shaklida tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qogʻoz shaklidagi shartnoma kamida 4 nusxada tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taraflar shartnomani tuzishda amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ikkilamchi ijaraga beriladigan yer uchastkasining oʻlchami, joylashgan joyi, shartnoma summasining miqdori va boshqa shartlar taraflarning kelishuviga asosan belgilanadi hamda shartnoma bilan mustahkamlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Shartnoma ikkilamchi ijaraga beruvchining yozma yoki elektron shakldagi murojaatiga asosan vakolatli organ tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organ murojaatni koʻrib chiqishda qoʻshimcha zarur maʼlumotlarni idoralararo axborot tizimlari orqali oʻzaro hamkorlik qilish asosida oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Taqdim etilgan murojaat va shartnoma vakolatli organ tomonidan uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlar vakolatli organga kelib tushgan sana murojaat qabul qilingan sana hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organ shartnomani koʻrib chiqish natijalariga koʻra, uni ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazib, reyestrdan koʻchirma taqdim etadi yoki asoslantirilgan xulosa bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Quyidagi hollarda shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
murojaat vakolatsiz shaxs tomonidan imzolangan yoki umuman imzolanmagan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkilamchi ijaraga berilayotgan yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqi ijaraga beruvchiga tegishli boʻlmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkilamchi ijaraga berilayotgan yer uchastkalariga boʻlgan tegishli huquq belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkilamchi ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun toʻlov amalga oshirilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikka muvofiq koʻrsatilgan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish mumkin boʻlmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xulosada rad etish asoslari aniq koʻrsatilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandda koʻrsatilmagan boshqa holatlar asosida shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organ qaroridan norozi boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Vakolatli organ yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berishga oid hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi haqida taraflarni bir ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Agar shartnomada boshqa tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ikkilamchi ijaraga beruvchi shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin ikki ish kuni ichida shartnomada koʻrsatilgan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga oluvchiga foydalanish uchun berishi, mazkur holat taraflar tomonidan imzolanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taraflarning kelishuviga koʻra, ikkilamchi ijaraga beriladigan yer uchastkasining chegaralarini joyida belgilash va uni ajratib berish uchun geodeziya faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan tashkilotlar jalb qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanishga kiritilgan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berishning alohida xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining faqat foydalanishga kiritilgan qismi ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Yer uchastkalarining foydalanishga kiritilganligi tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimining xulosasi asosida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining foydalanishga kiritilganligini besh ish kunida joyiga chiqqan holda monitoring qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning foydalanishga kiritilganligi quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat-xususiy sheriklik bitimi yuzasidan davlat sherigining xususiy sherik tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini foydalanishga kiritish boʻyicha bajarilgan majburiyatlarini toʻliq qabul qilib olganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya shartnomasida qishloq xoʻjaligi yerlarini foydalanishga kiritish boʻyicha majburiyatlar investor tomonidan toʻliq bajarilganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik bitimiga muvofiq foydalanishga kiritilgan yer uchastkalarining foydalanishga kiritilgunga qadar boʻlgan holatlarini tasdiqlovchi hujjatlar asosida taqqoslash orqali tahlil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Monitoring yakuni boʻyicha tegishli xulosa tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xulosada quyidagilar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya shartnomasi (yoki davlat-xususiy sheriklik bitim) tuzilgan sana va raqam;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik bitimida foydalanishdan chiqqan yer uchastkalarini foydalanishga kiritish bilan bogʻliq tadbirlar, ularning bajarilganlik darajasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanishga kiritilgan yer uchastkasining huquqiy rejimi, joylashgan joyi (manzili), chegarasi, kontur raqami, maydoni, yer toifalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan yer uchastkalarining investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik bitimiga muvofiq foydalanishga kiritilganligi yoki kiritilmaganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monitoring jarayoni foto (video) qayd etishning maxsus avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xulosaga davlat sherigining xususiy sherik tomonidan bajarilgan majburiyatlar toʻliq qabul qilib olinganligi yoki investor tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlari hamda foto (video) tasvirlar ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Monitoring yakuni boʻyicha ijobiy xulosa qabul qilinganda yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berganlik uchun toʻlovlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ikkilamchi ijaraga oluvchi yer uchastkasining ikkilamchi ijara haqi uchun toʻlovlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ikkilamchi ijara haqi miqdori yerlarning ball boniteti, qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar uchun soliq stavkalari, qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda, taraflarning kelishuvi asosida erkin belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Ikkilamchi ijara haqi ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga beruvchining bankdagi hisobvaragʻiga naqd yoki naqd pulsiz shaklda, elektron toʻlov vositalaridan foydalangan holda yoxud taraflarning kelishuviga asosan qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa usullarda toʻlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga oʻzgartirish kiritish va uni bekor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar qonunchilikda belgilangan tartibda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnomaga kiritilgan oʻzgartirishlar ushbu Nizomda belgilangan tartibda ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Shartnoma taraflarning oʻzaro kelishuviga koʻra yoki sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qonunchilikda va shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasining muddatidan oldin bekor qilish shartnomaning bekor qilinishiga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Yer uchastkalarni ikkilamchi ijaraga beruvchi yuridik va jismoniy shaxslar

1. Oʻz tashabbusi bilan ixtiyoriylik asosida ikkilamchi ijaraga oluvchining roziligi bilan yozma yoki elektron shaklda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi.

2. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy organlariga yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi

1. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

a) shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish;

b) shartnomani roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish.

3 ish kuni ichida

2. Yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berishga oid hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi haqida taraflarni yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.

1 ish kuni ichida

3-bosqich

Yer uchastkalarni ikkilamchi ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar (oʻzaro kelishuv asosida)

1. Yer uchastkasining chegaralarini joyida belgilash va uni ajratib berish.

2. Yer uchastkasini ajratish boʻyicha tegishli dalolatnomani rasmiylashtirish.

2 ish kuni ichida yoki shartnomada belgilangan muddatda

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “2004 — 2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 7 va 8-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 09/21/709/1090-son; 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son; 03.04.2023-y., 09/23/137/0186-son; 13.04.2023-y., 07/23/121/0209-son, 31.05.2023-y., 09/23/222/0304-son; 31.07.2023-y., 09/23/320/0544-son; 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son; 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son, 22.04.2024-y., 09/24/223/0292-son, 27.04.2024-y., 09/24/237/0303-son; 06.08.2024-y., 09/24/479/0579-son; 11.01.2025-y., 09/25/4/0021-son; 13.01.2025-y., 09/25/6/0023-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 31.03.2025-y., 07/25/131/0288-son; 29.07.2025-y., 09/25/469/0659-son; 12.09.2025-y., 06/25/172/0824-son; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son; 24.12.2025-y., 09/25/815/1202-son; 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son; 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)