Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
JAHON BANKI GURUHI ISHTIROKIDA “BUXORO VA SAMARQAND SHAHARLARINI SUV BILAN TAʼMINLASH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Resurslarni tejash chora-tadbirlarini amalga oshirish, aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash, Buxoro va Samarqand shaharlarining ichimlik suvi taʼminotini zamonaviylashtirish va takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi hamda Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklarining umumiy qiymati 62,33 mln AQSH dollari boʻlgan “Buxoro va Samarqand shaharlarini suv bilan taʼminlash” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida besh yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 20 yil muddatga 20,0 mln AQSH dollari miqdorida Qarz bitimi imzolanganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi oʻrtasida oʻn yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 35 yil muddatga 20 mln AQSH dollariga teng boʻlgan qarz olishning maxsus huquqlari bilan 15,9 mln miqdorida Kredit bitimi imzolanganligi;
Shveysariya hukumati tomonidan 9,0 mln AQSH dollariga teng boʻlgan miqdorda grant berilishi nazarda tutilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan qarz toʻgʻrisidagi bitim va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan kredit bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
4. Quyidagilar:
“Buxoro va Samarqand shaharlarini suv bilan taʼminlash” loyihasini mablagʻ bilan taʼminlash sxemasi 1-ilovaga* muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
kredit va qarzni qaytarish jadvallari 2 va 2a-ilovalarga* muvofiq;
subqarzlarni “Suvoqova” Buxoro viloyati ishlab chiqarish boshqarmasi va “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish boshqarmasi tomonidan qaytarish jadvallari 3, 3a; 4 va 4a-ilovalarga* muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
loyihani amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
* Ilovalar berilmaydi.
5. Belgilansinki:
loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash, loyiha mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek zarur hujjatlar oʻz vaqtida ishlab chiqilishi hamda tegishli idoralarga kiritilishi uchun shaxsiy javobgarlik “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktoriga hamda Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimlariga yuklanadi;
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditining asosiy qarzi, foizlari va vositachilik haqi “Suvoqova” Buxoro viloyat va Samarqand shahar ishlab chiqarish boshqarmalari mablagʻlari hisobiga qaytariladi. Koʻrsatib oʻtilgan tashkilotlar hamda Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklarining rahbarlari jalb etilayotgan qarz va kredit boʻyicha majburiyatlar zarur darajada bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
6. “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
“Suvoqova” Buxoro viloyati ishlab chiqarish boshqarmasi va “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish boshqarmasi bilan birgalikda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi krediti boʻyicha tashqi va ichki toʻlovlar oʻrtasidagi tafavutni davlat budjeti mablagʻlari hisobiga kompensatsiya qilish mexanizmini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan berilayotgan qarz va kredit mablagʻlaridan foydalanish va ularni qaytarish tartibini, shuningdek Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan maʼqullangan Loyihani baholash hujjatiga muvofiq xorijiy va milliy valyutada loyihaning hisob raqamlarini ochish, ulardan foydalanish va ularni toʻldirish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
subqarz bitimlarini “Suvoqova” Buxoro viloyati ishlab chiqarish boshqarmasi hamda “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish boshqarmasi bilan Qarz toʻgʻrisidagi bitimda va Kredit bitimida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq imzolasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
koʻrsatib oʻtilgan Loyiha boʻyicha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarz mablagʻlaridan, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditidan va Shveysariya hukumati grantidan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda investitsiya dasturlarini shakllantirishda davlat budjeti va “Suvoqova” Buxoro viloyati ishlab chiqarish boshqarmasi hamda “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish boshqarmasining oʻz mablagʻlari hisobiga koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishga, mablagʻ bilan taʼminlashning tasdiqlangan sxemasiga muvofiq kapital qoʻyilmalar limitlarini belgilangan tartibda nazarda tutsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Belgilab qoʻyilsinki, texnik-iqtisodiy va muhandislik-loyiha hujjatlari loyiha mablagʻlari hisobiga, “Oʻzkommunloyiha” instituti ishtirokida ishlab chiqiladi hamda 2003-yilning I choragida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilishi kerak.
2010-yilgacha respublika suv taʼminotini rivojlantirishning tasdiqlangan sxemasiga muvofiq loyiha tarkibida, koʻrsatib oʻtilgan mintaqalarda Damxoʻja suv quvurini yanada rivojlantirish va zamonaviylashtirish nazarda tutilsin, zarurat boʻlganda mablagʻ bilan taʼminlashning qoʻshimcha manbalari qidirib topilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Ushbu loyihani amalga oshirish davrida loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinadigan asbob-uskunalar, tovarlar, ishlar (xizmatlar) bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi buyurtmanomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kelish vizalarining konsullik yigʻimlari undirmasdan rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazish muddatini uzaytirish uchun davlat boji toʻlashdan ozod qilsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N.Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 11-dekabr,
435-son