Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 26.11.2002 yildagi 408-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“CHORSU” MEHMONXONA KOMPLEKSINI REKONSTRUKSIYA QILISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida mehmonxona biznesi va xalqaro turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 2-sentabrdagi 310-son qarorini bajarish yuzasidan hamda “Chorsu” mehmonxona kompleksini rekonstruksiya qilishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi va “Emsash” (Turkiya) firmasining ustav jamgʻarmasi 10 mln AQSH dollaridan iborat boʻlgan masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Chorsu Otel” qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. Oʻzbekiston tomonining ulushi “Chorsu” mehmonxona kompleksi tarzida 3 mln AQSH dollari miqdorida va “Emsash” firmasining ulushi asbob-uskunalar va pul mablagʻlari tarzida 7 mln AQSH dollari miqdorida belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Chorsu” mehmonxona kompleksini rekonstruksiya qilish investitsiya loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1, 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*Ilovalar berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Chorsu” mehmonxonasini rekonstruksiya qilish davri uchun “Chorsu” mehmonxonasini rekonstruksiya qilish uchun jalb etilayotgan kredit mablagʻlarini taʼminlashda garov (ipoteka) shartnomasini “Buxara Palas” mehmonxonasiga rasmiylashtirish huquqini “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasiga bersin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston tomonining “Chorsu Otel” qoʻshma korxonasi ustav jamgʻarmasidagi 3 mln AQSH dollari miqdoridagi ulushini rekonstruksiya qilishdan keyin 5 yil mobaynida teng ulushlar bilan sotish yuzasidan “Emsash” firmasi bilan shartnoma tuzsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Emsash” firmasi tomonidan “Chorsu” mehmonxona kompleksini rekonstruksiya qilish tugallangungacha Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kreditini taʼminlash sifatida rekonstruksiya qilish tugallangandan keyingi davr uchun birinchi klass xorijiy bankning bank kafolati berilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Turkiyaning eksport-import banki (Turkeksimbank) bilan 12950 ming AQSH dollari summasiga kredit bitimi tuzsin va Turkeksimbank mablagʻlarining “Chorsu Otel” qoʻshma korxonasi uchun qayta moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 3-yanvardagi 4-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N.Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 26-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
408-son