22.10.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2231-3
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.10.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 7-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 22-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2231-3]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-son “Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 25-maydagi 111-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231, 2011-yil 25-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 20-21-son, 218-modda) bilan tasdiqlangan Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 7-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshidagi “milliy pasport” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi xatboshidagi “harbiy biletlar” degan soʻzlar “harbiy biletlar yoxud ID-kartalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“chet el fuqarolarining shaxsi — ularning milliy pasporti (qonunchilik hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan roʻyxatga olinishi lozim) yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir R. DAVLETOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 21-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-mh-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2021-y., 10/21/2231-3/0987-son)