Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 07.10.2021 yildagi 627-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjat 09.11.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga aholining ortib borayotgan talabini toʻliq qondirish, narxlar oshib ketishi va aholi real daromadlari pasayishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining mavsumiy oshishining oldini olish maqsadida 2022-yil 1-mayga qadar muddatda ilovaga muvofiq ayrim turdagi tovarlar, istisno tariqasida, bojxona bojidan ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishda tadbirkorlik subyektlarini aylanma mablagʻlari bilan taʼminlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi 32,8 mln AQSh dollari ekvivalentida milliy valyutada hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 200 mlrd soʻm miqdordagi mablagʻlarni tegishli tijorat banklariga ularning soʻrovlariga asosan 2024-yil 1-iyulga qadar qaytarish sharti bilan foizsiz depozitga joylashtirsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-noyabrdagi 592-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining foizsiz depozitlari hisobidan kreditlar tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga likvidli garov taʼminoti asosida oʻsimlik yogʻi, kartoshka, guruch, goʻsht (mol, qoʻy, parranda goʻshti), muzlatilgan baliq importi uchun yillik 4 foizlik stavkada ajratiladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-noyabrdagi 592-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2021-yil 10-oktabrdan 2021-yil 31-dekabrga qadar goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni soʻyish mahsulotlarini, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, shuningdek, ularni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalarini qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 7-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
627-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-oktabrdagi 627-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 10-oktabrdan 2022-yil 1-mayga qadar bojxona bojidan ozod qilinadigan ayrim tovarlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tovar nomi

TIF TN kodi

1.

Bananlar, shu jumladan plantaynlar (yangi yoki quritilgan)

0803

2.

Yangi yoki quritilgan finikilar, anjir, ananaslar, avokado, guayyava, mango va mangostan yoki garsiniya

0804

3.

Yangi yoki quritilgan sitrus mevalar

0805

4.

Yangi papayya

0807 20 000 0

5.

Yangi olma, nok va behi

0808

6.

Kivi

0810 50 000 0

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 09/21/627/0975-son; 21.06.2024-y., 09/24/344/0435-son)