Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.09.2002 yildagi 336-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 27.09.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI SOHASIDAGI FAOLIYATNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kosmik tadqiqotlarni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 26-sentabrdagi PF-3135-son Farmoniga muvofiq va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini mamlakatimizning oʻzida ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “KOINOT” ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondidagi aksiyalarning davlat ulushini boshqarish Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bir oy muddatda 2002—2010-yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning tasdiqlangan dasturini amalga oshirish uchun “Granit” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi va “KOINOT” ochiq aksiyadorlik jamiyatining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan ushbu quvvatlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini mamlakatimizning oʻzida ishlab chiqarishni tashkil etish yoʻli bilan foydalanish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qaroriga 1-ilovaning II boʻlimiga “Granit” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi soʻzlari, IV boʻlimiga “KOINOT” soʻzlari qoʻshilsin xamda 1a-ilovaga ham ana shunday qoʻshimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Oripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 27-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
336-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 220-modda)