Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.11.2022 26.09.2002 yildagi 333-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.11.2022
Hujjat 26.07.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MUDOFAA VAZIRLIGI, QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShI, VILOYATLAR, ShAHARLAR VA TUMANLAR HOKIMLIKLARINING HARBIY XIZMATGA ChAQIRIShNI TAShKIL ETISh VA OʻTKAZISh YuZASIDAN MASʼULIYATINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-noyabrdagi 680-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari sohasidagi milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlatning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, harbiy xizmatga chaqirishni tashkil etish va oʻtkazish uchun Mudofaa vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar mansabdor shaxslarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish, Qurolli Kuchlarni har tomonlama tayyorlangan chaqiriluvchilar bilan toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirliga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimliklarining muhim vazifalari hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning har birining oʻziga xos xususiyatlarini chuqur oʻrganishni hisobga olgan holda ularni Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun tanlash va chaqirishni tashkil etish va oʻtkazishning yuksak sifatini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirishni sifatli tashkil etish va oʻtkazish uchun mahalliy hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, mudofaa ishlari boshqarmalari va boʻlimlarining masʼuliyatini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirishni tashkil etish, oʻtkazish uchun chaqiriq komissiyalari raislari va aʼzolarining shaxsiy javobgarligini oshirish, ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning qonuniyligi va xolisligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurolli Kuchlarga chaqirishga jamoat tashkilotlarini jalb etish va tadbirlarga keng ijtimoiy ahamiyat baxsh etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarni harbiy xizmatga maʼnaviy-axloqiy va harbiy-texnik jihatdan tayyorlash tizimini takomillashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarni Qurolli Kuchlarga chaqirishni tashkil etish tizimi armiyaga chaqirilayotgan yoshlar uchun xolis, adolatli, Qonunga toʻla muvofiq tanlash shartlarini taʼminlashi, ular uchun harbiy xizmat konstitutsiyaviy burchni bajarishgina boʻlib qolmasdan, balki nufuzli ish, oʻzining jamiyatdagi oʻrnini oʻylab tanlash, jismoniy, maʼnaviy-axloqiy va ruhiy-psixologik chiniqish maktabiga aylanishiga koʻmaklashishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining ijtimoiy masalalar boʻyicha mutasaddi oʻrinbosarlari joylardagi chaqiriq komissiyalarining raislari etib tayinlanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 30-son, 344-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir hafta muddatda fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqirishni oʻtkazishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amaldagi qonun hujjatlariga aniq muvofiq ravishda, chaqiriluvchilarni tanlashda subyektivizm namoyon boʻlishining har qanday imkoniyatini istisno etgan holda ishlab chiqsinlar va ularning amalga oshirilishini taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chaqiriq komissiyalarini yigʻilish va chaqiriq punktlarida ishlash uchun zarur shart-sharoitlar, aloqa vositalari, avtomobil transporti bilan, shuningdek jamoat tartibi saqlanishini taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chaqiriqning oshkoraligini, ochiqligini va komissiyalar ishlari ustidan samarali jamoat nazoratini amalga oshirish uchun chaqiriq komissiyalari tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati, “Nuroniy” va “Mahalla” jamgʻarmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xotin-qizlar qoʻmitalari vakillarini kiritsinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hamma joyda chaqiriluvchilarning tantanali ravishda kuzatilishini taʼminlasinlar, toki ushbu tadbir yangicha anʼana, Qurolli Kuchlarda muddatli xizmatga yuborilayotgan har bir chaqiriluvchi hayotida unutilmas voqea boʻlib qolsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatning nufuzini va ahamiyatini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida fuqarolar chaqiruvini tashkil etish va oʻtkazishning ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda va har tomonlama yoritilishini taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xar bir chaqiriq yakunlari boʻyicha oʻn kun muddatda uning natijalari chuqur tahlil qilinishini hamda yakuniy hisobotlarning Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirishni tashkil etish va oʻtkazishni nazorat qilish boʻyicha Respublika komissiyasiga taqdim etilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mudofaa vazirligi (Q.Gʻ.Gʻulomov);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mudofaa vazirligi, harbiy okruglar mansabdor shaxslarining, mudofaa ishlari boshqarmalari va boʻlimlari boshliqlarining fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirishning tashkil etilishi va oʻtkazilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyatini oshirishni taʼminlasin, buning uchun ularni vaqti-vaqti bilan attestatsiyadan oʻtkazishni amalda qoʻllansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda mudofaa ishlari boshqarmalari va boʻlimlarini qoʻshinlarda xizmat qilishda yetarli tajribaga ega boʻlgan, kasb boʻyicha eng yuqori darajada tayyorlangan va intizomli ofitser kadrlar bilan taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurolli Kuchlarga xizmatga kelayotganlarni qoʻshinlarda psixologik va jismoniy jihatdan tezda moslashtirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini bir oy muddatda ishlab chiqsin va joriy etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil mobaynida Mudofaa vazirligida, harbiy okruglarda, mudofaa ishlari boshqarmalari va boʻlimlarida chaqiriqgacha yoshdagi va chaqiriq yoshidagilar harbiy hisobga toʻliq va toʻgʻri olinishini taʼminlash, ularni Qurolli Kuchlarda xizmat qilishga tayyorlash hamda muddatli harbiy xizmatga chaqirishning oʻtkazilishi ustidan tezkor nazoratni amalga oshirish uchun chaqiriluvchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sogʻliqni saqlash vazirligi (F.Gʻ.Nazirov) Mudofaa vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chaqiriluvchilarning yuqori malakali shifokorlar tomonidan tibbiy tekshiruvdan sifatli oʻtkazilishini tashkil etsin, chaqiriluvchilarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish boʻyicha muqobil tibbiy komissiyalar tuzilishini taʼminlash tizimini yaratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash vazirligi mansabdor shaxslarining, chaqiriq komissiyalari ishiga jalb etiladigan tibbiyot xodimlarining ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning asoslanganligi uchun shaxsiy masʼuliyatini oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chaqiriluvchilar sogʻligʻining ahvoliga, qoʻshinlarning har xil turlarida xizmat qilishga tibbiy jihatdan ruxsat berishga nisbatan talablarni qatʼiylashtirsin va aniqlashtirsin, sogʻligʻining ahvoli qoʻyilayotgan talablarga muvofiq boʻlmagan shaxslarning xizmatga chaqirilishi imkoniyatlariga chek qoʻysin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻsmirlar poliklinikalari, markazlar va davolash-profilaktika muassasalarining, chaqiriq va yigʻilish punktlari tibbiy komissiyalarining zarur zamonaviy davolash-diagnostika asbob-anjomlari bilan jihozlanishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chaqiriqgacha yoshdagi va chaqiriluvchi yoshlar oʻrtasida davolash-sogʻlomlashtirish ishlarini tubdan yaxshilash, oʻsmirlarning davolash muassasalarini malakali tibbiy xodimlar bilan taʼminlash, oʻsmirlarga xizmat koʻrsatuvchi shifokorlar nufuzini oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash vazirligi Mudofaa vazirligi (Q.Gʻ. Gʻulomov) bilan birgalikda Qurolli Kuchlar uchun yagona boʻlgan Tinchlik va urush vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mudofaa vazirligi (Q.Gʻ.Gʻulomov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (S.S.Gʻulomov) akademik litseylarda, kasb-hunar kollejlarida yoshlarni harbiy xizmatga chaqirishdan oldin tayyorlash dasturini harbiy islohotlar talablarini hisobga olgan holda ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Oʻzteleradio” kompaniyasi (A.K. Koʻchimov) Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi (R.Sh.Shogʻulomov) bilan birgalikda, harbiy xizmat nufuzini oshirish maqsadida yoshlarni Qurolli Kuchlarda xizmat qilishga tayyorlash, fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirishni, chaqiriq komissiyalari ishlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalarining ommaviy axborot vositalarida har tomonlama yoritilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashining Kotibi Gʻ.D.Obloyorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 26-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
333-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 30-son, 344-modda; 2017-y., 37-son, 996-modda)