27.09.2021 yildagi 609-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.11.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2021-yil 25-avgustdagi OʻRQ-711-son Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2021-yil 25-avgustdagi OʻRQ-711-son Qonuniga muvofiq yoʻl-transport hodisalari boʻyicha haydovchilar tomonidan ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani tuzish orqali sugʻurta tovonini olish tartibi joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 6-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi 2021-yil 1-noyabrga qadar sugʻurta tashkilotlarining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlarida yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma blankasining namunasini joylashtirish va uni yuklab olish imkoniyati yaratilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2021-yil 1-noyabrga qadar Internet jahon axborot tarmogʻidagi oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida hududlardagi narkologik dispanserlar yoxud haydovchilarning mastlik holatini aniqlash boʻyicha tibbiy tekshiruv oʻtkazadigan tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalari roʻyxatlarini joylashtirsin hamda doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda amaliy ahamiyati aholi oʻrtasida keng yoritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ushbu qaror 2021-yil 25-noyabrdan kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 27-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
609-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-sentabrdagi 609-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2-bandga quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma — sodir etilgan yoʻl-transport hodisasi haqida sugʻurtalovchiga xabar berish uchun yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan joyda yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻldiriladigan, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi yuzaga kelganligi faktini tasdiqlovchi hujjat”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 47-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“47. Sugʻurta toʻlovi amalga oshirilishiga asos boʻlgan mustaqil ekspertiza (baholash) hamda haydovchilarning mastlik holatini tekshiruvdan oʻtkazish qiymati majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi tomonidan oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan zararlar tarkibiga kiritiladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagi mazmundagi V1 bob qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“V1. Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani tuzish asoslari va tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
471. Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan darhol joyning oʻzida ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz ixtiyoriy ravishda ikki nusxada tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma blankasi sugʻurtalovchi tomonidan mustaqil ravishda yoki bosmaxona usulida mazkur Qoidalarga 7-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchining dasturiy taʼminoti (mobil ilovasi)dan yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma blankasini mustaqil ravishda chop etib olish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani tuzish mazkur Qoidalarga 8-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
472. Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani tuzish uchun quyidagi asoslar bir vaqtning oʻzida mavjud boʻlishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl-transport hodisasi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yetkazilishiga yoxud yoʻl harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl-transport hodisasida ishtirokchi boʻlgan haydovchilardan biri oʻz aybiga toʻliq iqror boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl-transport hodisasi piyoda ishtirokisiz sodir etilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl-transport hodisasi ikkita transport vositasi (shu jumladan, tirkamali transport vositalari) toʻqnashuvi natijasida roʻy bergan hamda faqat ushbu transport vositalariga shikast yetkazilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi yoʻl-transport hodisasi sodir etilguniga qadar sugʻurta qilingan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilarda haydovchilik guvohnomasi, transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, ishonchnoma (ishonchnoma talab etilmaydigan hollar bundan mustasno), yoʻl varaqasi (qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda) mavjud boʻlib, mazkur hujjatlarning amal qilish muddati oʻtmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl-transport hodisasi ishtirokchilari boʻlgan haydovchilarda mastlik holati boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl-transport hodisasi natijasida transport vositalarining shikastlanishi holatlari, shuningdek, transport vositalarining shikastlangan qismlari tavsiflari va roʻyxati yoʻl-transport hodisasi ishtirokchilari oʻrtasida kelishmovchiliklarni (nizolarni) keltirib chiqarmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda koʻrsatilgan asoslardan bittasi mavjud boʻlmagan taqdirda, tuzilgan yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
473. Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma haqiqiy emas deb topilgan taqdirda yoxud sugʻurtalovchi tomonidan ishni koʻrib chiqish jarayonida aybdor taraf oʻzgarganligi fakti aniqlangan taqdirda (aybdorlik videoyozuvlar yoxud koʻrik va (yoki) mustaqil ekspertiza natijalari asosida yaqqol namoyon boʻlganda) sugʻurtalovchi yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani va unga ilova qilingan hujjatlarni, shuningdek, koʻrik va (yoki) mustaqil ekspertiza natijalarini (aybdor taraf oʻzgarganligi fakti aniqlangan hollarda) oʻsha kunning oʻzida ichki ishlar organlariga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani koʻrib chiqish chogʻida aybdor taraf oʻzgarganligi fakti aniqlanishi va boshqa tarafning aybini tasdiqlovchi materiallar yoki videoyozuvlar yoxud ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan koʻrik va (yoki) mustaqil ekspertiza natijalari boʻlmaganda sugʻurtalovchining yigʻilgan hujjatlarni ichki ishlar organlariga yuborishi sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini toʻlashni asossiz rad etgan deb baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan holda yuborilganda, ichki ishlar organlari uch ish kuni mobaynida xabarnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni oʻrganib chiqadi va yoʻl-transport hodisasi yuzasidan xabarnoma tuzishni rad etuvchi holatlar mavjud emas deb topilganda xabarnoma hamda unga ilova qilingan materiallar va hujjatlarni sugʻurtalovchiga qaytarib yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
474. Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma haydovchilarning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilgan sugʻurtalovchilarga quyidagi materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda uch ish kuni ichida yuboriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl-transport hodisasi joyining (avtotransport vositalari toʻqnashgan joyning (vaziyat oʻzgartirilmagan holdagi), transport vositalarining fotosurati va (yoki) videoyozuvi, transport vositalarining shikastlangan qismlarining fotosurati va (yoki) videoyozuvi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
haydovchilarning sugʻurta hodisasini toʻgʻridan-toʻgʻri hal etish toʻgʻrisidagi arizalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan joydagi yoki unga yaqin joydagi narkologik dispanserda yoxud sogʻliqni saqlash organlari tomonidan belgilangan tuman va shahar davolash-profilaktika muassasasida yoʻl-transport hodisasi haqida xabarnoma tuzilgan paytdan eʼtiboran toʻrt soat ichida haydovchilarning mastlik holatini aniqlash boʻyicha tibbiy tekshiruv oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilarning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarining, transport vositalari roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi hujjatlarining koʻchirma nusxalari, shuningdek sugʻurta polisining koʻchirma nusxalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
475. Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomada yoʻl-transport hodisasi natijasida transport vositalarining shikastlanishi holatlari, shuningdek, transport vositalarining shikastlangan qismlari tavsiflari va roʻyxati boʻyicha yoʻl-transport ishtirokchilari oʻrtasida kelishmovchiliklar (nizolar) yoʻqligi haqidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
476. Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomaning koʻchirma nusxasi sugʻurtalovchiga ushbu Qoidalarning 474-bandida koʻrsatilgan materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda sugʻurtalovchining dasturiy taʼminoti (mobil ilovasi) orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
477. Transport vositalari egalari yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan transport vositalarini koʻrikdan va (yoki) mustaqil ekspertizadan oʻtkazish uchun soʻrov olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida sugʻurtalovchining soʻroviga koʻra taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
478. Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisida xabarnoma ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz tuzilgan holatlarda yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan transport vositalarini koʻrikdan yoki mustaqil texnik ekspertizadan oʻtkazish ushbu Qoidalarning 41 — 44-bandlarida koʻrsatilgan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositalarining egalari transport vositalarini sugʻurtalovchining yozma roziligisiz yoki sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida yoxud uni toʻlashni rad etish haqida qaror qabul qiladigan kunga qadar taʼmirlashga yoki utilizatsiya qilishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
479. Sugʻurtalovchi yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma ushbu Qoidalarning 474-bandida koʻrsatilgan materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kalendar kun ichida sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida yoki uni toʻlashni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositalarini koʻzdan kechirish, mustaqil ekspertizani hamda oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan zararning miqdorini belgilash uchun baholashni tashkil etish ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddatda sugʻurtalovchi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4710. Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisida xabarnoma tuzilganda jabrlanuvchining transport vositasiga yetkazilgan zarar ushbu Qoidalarning 39-bandida belgilangan sugʻurta toʻlovi miqdoridan oshmasligi kerak. Bunda yetkazilgan zarar miqdori yoʻl-transport hodisasi haqidagi xabarnoma sugʻurtalovchiga taqdim etilganidan soʻng oshgan taqdirda, sugʻurtalovchi sugʻurta summasining faqat ushbu Qoidalarning 39-bandida koʻrsatilgan miqdordan ortiq boʻlmagan qismini sugʻurta tovoni sifatida toʻlaydi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 78-bandga quyidagi mazmundagi “j” kichik band qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“j) mazkur shaxs yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma tuzilganidan keyin toʻrt soat ichida mastlik holatini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan oʻtish choralarini koʻrmagan boʻlsa yoki yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani sugʻurtalovchiga uzrli sabablarsiz oʻz vaqtida taqdim etmagan boʻlsa”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga quyidagi mazmundagi 7 va 8-ilovalar qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga
7-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xabarnoma

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga
8-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani tuzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan ikki transport haydovchilari, sugʻurtalovchi

1. Tan jarohati bilan bogʻliq boʻlmagan hamda ikki transport vositasi toʻqnashuvi natijasida sodir etilgan yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan oʻzaro kelishilgan holda ixtiyoriy ravishda ikki nusxada yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma tuziladi.

2. Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani tuzish bilan bir vaqtning oʻzida yoʻl-transport hodisasi joyi (avtotransport vositalari toʻqnashgan joy (vaziyat oʻzgartirilmagan holdagi), transport vositalarini fotosuratga va (yoki) videoyozuvga olinadi, shuningdek, transport vositalarining shikastlangan qismlarini fotosuratga va (yoki) videoyozuvga tushiriladi.

Hodisa sodir etilgan vaqtda oʻsha joyning oʻzida

2-bosqich

Yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan ikki transport haydovchilari, narkolog yoki masʼul tibbiyot xodimi

1. Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma tuzilganidan soʻng ikkala haydovchi mastlik darajasini aniqlash yuzasidan ushbu hududdagi yoki unga yaqin boʻlgan narkologik dispanser yoxud sogʻliqni saqlash organlari tomonidan belgilangan tuman va shahar davolash-profilaktika muassasasiga murojaat qilib, tekshiruvdan oʻtadilar.

1. Hodisa sodir etilgan vaqtdan eʼtiboran 4 soat ichida

Yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan ikki transport vositalari haydovchilari, ekspertiza (baholash) oʻtkazadigan tashkilot

2. Jabrlanuvchi yoʻl-transport hodisasi natijasida oʻzining mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash maqsadida
oʻz tashabbusi bilan yoki sugʻurtalovchining talabiga asosan transport vositasini mustaqil ekspertizadan (baholashdan) oʻtkazadi va mustaqil ekspertiza natijalarini yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomaga ilova qiladi.

2. Hodisa sodir etilgan vaqtdan eʼtiboran 3 ish kun ichida

Yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan ikki transport haydovchilari, sugʻurtalovchi

3. Haydovchilar tomonidan sugʻurtalovchilarga yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda taqdim etiladi:

yoʻl-transport hodisasi joyining (avtotransport vositalari toʻqnashgan joyning (vaziyat oʻzgartirilmagan holdagi), transport vositalarining fotosurati va (yoki) videoyozuvi, transport vositalarining shikastlangan qismlarining fotosurati va (yoki) videoyozuvi;

haydovchilarning sugʻurta hodisasini toʻgʻridan-toʻgʻri hal etish toʻgʻrisidagi arizalari;

yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan joydagi yoki unga yaqin joydagi narkologik dispanserda yoxud sogʻliqni saqlash organlari tomonidan belgilangan tuman va shahar davolash-profilaktika muassasasida yoʻl-transport hodisasi haqida xabarnoma tuzilgan paytdan eʼtiboran toʻrt soat ichida haydovchilarning mastlik holatini aniqlash boʻyicha tibbiy tekshiruv oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma;

yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilarning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarining, transport vositalari roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi hujjatlarining koʻchirma nusxalari, shuningdek, sugʻurta polisining koʻchirma nusxalari.

3. Hodisa sodir etilgan vaqtdan eʼtiboran 3 ish kuni ichida

3-bosqich

Sugʻurtalovchi, ekspertiza (baholash) oʻtkazadigan tashkilot, haydovchilar

1. Sugʻurtalovchi yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani hamda toʻgʻridan-toʻgʻri zararlarni qoplash toʻgʻrisidagi arizani qabul qilganidan soʻng uni tegishli jurnalda roʻyxatdan oʻtkazib, hujjatlarni tekshiradi hamda shikastlangan transport vositasini koʻzdan kechiradi, zarurat boʻlsa mustaqil ekspertizani (baholashni) tashkil etadi.

Sugʻurtalovchiga taqdim etilgan kundan eʼtiboran 15 kalendar kun ichida

Sugʻurtalovchi

2. Sugʻurtalovchi yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani va unga ilova qilingan materiallar va hujjatlarni koʻrib chiqadi va uning natijasiga asosan sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish haqida yoki uni toʻlash haqida qaror qabul qiladi va shu bilan birga haydovchilarga tegishli transport vositalarini taʼmirlash hamda utilizatsiya qilishga ruxsat beradi.

Sugʻurtalovchi, haydovchi (jabrlanuvchi)

3. Sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, jabrlanuvchining sugʻurtalovchisi sugʻurta tovonini toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlaydi, bunda sugʻurta tovonini toʻlash bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi.

3. Sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 5 ish kuni ichida

Sugʻurtalovchilar

4. Sugʻurta hodisasini toʻgʻridan-toʻgʻri hal etish qoʻllanilganda aybdor tarafning sugʻurtalovchisi jabrlanuvchining sugʻurtalovchisiga jabrlanuvchiga sugʻurta tovonini toʻlash bilan bogʻliq barcha xarajatlarni qoplab beradi.

4-bosqich

Sugʻurtalovchi, haydovchilar

1. Sugʻurtalovchi zarar yetkazgan shaxsdan (sugʻurta qildiruvchiga, fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxsga) oʻzi toʻlagan sugʻurta toʻlovi miqdorida yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz tuzilganda belgilangan vaqtda mastlik darajasini aniqlash chorasini koʻrmagan boʻlsa, shuningdek, sugʻurtalovchiga taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlarni uzrli sabablarsiz oʻz vaqtida taqdim etmagan boʻlsa, regress tartibida talab qilib oladi.

Sugʻurtalovchiga taqdim etilgan kundan 15 ish kun ichida

Sugʻurtalovchi, haydovchilar, ichki ishlar organi xodimlari

2. Sugʻurtalovchi ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz tuzilgan yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisida xabarnomani koʻrib chiqish vaqtida yoʻl-transport hodisasida jinoyat alomatlari yoki yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani rasmiylashtirishni istisno etadigan holatlarni aniqlagan taqdirda, toʻplangan hujjatlarni tegishliligi boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etadi.

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2021-y., 09/21/609/0916-son)