Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletovning “Jamiyatda huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish haqida
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4 va 10-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletovning “Jamiyatda huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida eshitish haqidagi Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi eshituvga tayyorgarlik koʻrilishini hamda uning oʻtkazilishini tashkil etsin.
3. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 16-avgust,
1291-IV-son