23.08.2021 yildagi 536-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.09.2022 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi muammolarning hal etilishi, aholi bilan ochiq, toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kuchaytirish, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlarning “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash yuzasidan faoliyatiga baho berish hamda oʻzining fidokorona mehnati bilan namuna koʻrsatgan sektorlarni munosib ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (keyingi oʻrinlarda — sektorlar) faoliyati samaradorligini baholash, namunali va tashabbuskor sektorlarni ragʻbatlantirish tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sektorlar faoliyati samaradorligini baholashga oid asosiy indikatorlar, ularni hisoblash va baholash hamda baholash natijalari yuzasidan sektorlarni ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan baholash bir yilda bir marotaba — hisobot yilidan keyingi yilning 1-fevraliga qadar amalga oshirilib, natijasi boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va xalq deputatlari Kengashlariga kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholash natijalariga koʻra tuman, shahar sektorlari oʻrtasida respublika darajasida — “eng namunali sektor” hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida — “eng tashabbuskor sektor” nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi va ragʻbatlantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“eng namunali sektor” va “eng tashabbuskor sektor”ni ragʻbatlantirish — sektor rahbarining idoraviy boʻysunuviga qarab tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hamda Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sektorlar faoliyatiga baho berish boʻyicha maʼlumotlarning oʻz vaqtida taqdim etilishi va haqqoniyligi uchun manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari shaxsan javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga, zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda baholash koʻrsatkichlari tizimi hamda ularni hisoblash usullariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda sektorlar faoliyati samaradorligi koʻrsatkichlarini hisoblash va baholash boʻyicha “sektor.reyting.uz” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi ishlab chiqilishini va ishga tushirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda “Eng namunali sektor” va “Eng tashabbuskor sektor”ning ijobiy ish tajribasini boshqa hududlar oʻrtasida ommalashtirish boʻyicha ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 23-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
536-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 536-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (keyingi oʻrinlarda — sektorlar) faoliyati samaradorligini baholash, “eng namunali sektor” va “eng tashabbuskor sektor”ni aniqlash (keyingi oʻrinlarda — baholash) tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
indikator — sektorlar faoliyati samaradorligini aniqlashda baholanishi lozim boʻlgan asosiy koʻrsatkich;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rasmiy statistik maʼlumotlar — baholashga va aniqlashga maʼlumotlarni taqdim etish uchun masʼul boʻlgan vakolatli tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga taqdim etilgan va ushbu tashkilotlarning rahbarlari tomonidan tasdiqlangan statistik va tahliliy maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“sektor.reyting.uz” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda “sektor.reyting.uz” AAT) — hududlarda sektorlar faoliyati samaradorligi koʻrsatkichlarini hisoblash va baholash boʻyicha avtomatlashtirilgan dasturiy taʼminot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sektorlar faoliyatini baholash yil yakuni boʻyicha mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Baholash natijasiga koʻra tuman, shahar sektorlarining (keyingi oʻrinlarda — hududiy sektorlar) reytingi tuzilib, baholash ikki darajada amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) respublika darajasida — barcha tuman, shahar sektorlari oʻrtasida reytingda yuqoridan pastga tamoyili asosida 3 ta sektor aniqlanadi va moddiy ragʻbatlantiriladi. Bunda eng yuqori koʻrsatkichga ega sektor — “eng namunali sektor” deb eʼtirof etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan 3 tadan sektorlar aniqlanadi va moddiy ragʻbatlantiriladi. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida eng yuqori koʻrsatkichga ega sektor — “eng tashabbuskor sektor” deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Sektorlar faoliyati samaradorligini baholashga oid asosiy indikatorlar hamda ularni hisoblash va baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Baholash quyidagi ustuvor yoʻnalishlar asosida amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” bilan ishlash natijadorligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“mahallabay” ishlash tizimining yuritilishi holati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish darajasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlikni rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoyatchilikni kamaytirish va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
murojaatlar bilan ishlash samaradorligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi indikatorlarni baholashda tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan zarur maʼlumotlarni bepul oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sektorlar faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari mazkur Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan rasmiy statistik maʼlumotlarga asosan hisoblanadi va ularga muvofiq sektor uchun eng yuqori ball 100 ballni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan har bir ustuvor yoʻnalish uchun maksimal ball ularning tarkibiy reyting koʻrsatkichlari boʻyicha teng taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Rasmiy statistik maʼlumotlar masʼul tashkilotlar tomonidan yil yakuni boʻyicha kelgusi yil 15-yanvarga qadar “sektor.reyting.uz” AATga kiritilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Baholashda foydalaniladigan rasmiy statistik koʻrsatkichlar ham ijobiy, ham salbiy toifada boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ijobiy toifadagi koʻrsatkichlar boʻyicha ballar quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Xball =

X

* Y max ball

Xmax

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda: Xball — sektorning muayyan koʻrsatkich boʻyicha balli; X — sektor koʻrsatkichi; Xmax — sektorlar orasida ushbu koʻrsatkichning maksimal qiymati; Y max ball — ushbu Nizomning 2-ilovasida berilgan koʻrsatkichning eng yuqori balli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Salbiy toifadagi koʻrsatkichlar boʻyicha ballar quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Xball =Y max ball

Y max ball

* X

Xmax

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda: Xball — sektorning muayyan koʻrsatkich boʻyicha balli; X — sektor koʻrsatkichi; Xmax — sektorlar orasida ushbu koʻrsatkichning maksimal qiymati; Y max ball — ushbu Nizomning 2-ilovasida berilgan koʻrsatkichning maksimal balli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Sektor uchun jami ball — statistik koʻrsatkichlar ballarini jamlash yoʻli bilan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Baholash natijalari boʻyicha sektorlarni ragʻbatlantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Baholash natijalari boʻyicha respublika darajasida — “eng namunali sektor” nominatsiyasida gʻolib boʻlgan sektorlar quyidagi tartibda ragʻbatlantiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-oʻrin uchun — bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 500 baravari miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-oʻrin uchun — BHMning 400 baravari miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-oʻrin uchun — BHMning 300 baravari miqdorida pul mablagʻi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Baholash natijalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida — “eng tashabbuskor sektor” nominatsiyasida gʻolib boʻlgan sektorlar quyidagi tartibda ragʻbatlantiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-oʻrin uchun — BHMning 200 baravari miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-oʻrin uchun — BHMning 150 baravari miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-oʻrin uchun — BHMning 100 baravari miqdorida pul mablagʻi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. “Eng namunali sektor” va “eng tashabbuskor sektor” deb topilgan hududiy sektorlarning faoliyat samaradorligiga taʼsir etuvchi tashkilotlar xodimlari (sektor aʼzolari) faqat oʻzlari masʼul boʻlgan koʻrsatkichlardan kelib chiqib taqdirlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Baholash yakunlari boʻyicha “eng namunali sektor” deb topilgan sektorning ijobiy ish tajribasini respublika hamda “eng tashabbuskor sektor”ning ijobiy ish tajribasini tegishli hudud miqyosida ommalashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi baholash natijalari boʻyicha har yil yakuni boʻyicha keyingi yilning 1-fevraliga qadar tahliliy maʼlumotnoma tayyorlaydi hamda Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvolini oʻrganishning yangi mexanizmlarini joriy etish boʻyicha komissiyaga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Sektorlar faoliyati samaradorligini baholash natijalari har yili xalq deputatlari Kengashlari majlislarida muhokama qilib borilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Tadbirlar

Masʼullar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Rasmiy statistik maʼlumotlarni “sektor.reyting.uz” AATga kiritish.

Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan masʼul tashkilotlar

15-yanvarga qadar

2-bosqich

“Sektor.reyting.uz” AAT orqali sektorlarning samaradorlik koʻrsatkichini hisoblash vasektorlar kesimida natijani aniqlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

25-yanvarga qadar

3-bosqich

Rasmiy statistik maʼlumotlar natijalari asosida sektorlar faoliyati samaradorligini baholash yakunlarini umumlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda xalq deputatlari Kengashlariga taqdim qilish, oʻz rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilib borish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

1-fevralga qadar

4-bosqich

Xalq deputatlari Kengashlari majlislarida sektorlar faoliyati samaradorligining baholash natijalarini muhokama qilish.

Viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari

15-fevralga qadar

5-bosqich

Baholash natijalariga koʻra tuman, shahar sektorlari oʻrtasida respublika darajasida — “eng namunali sektor” va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida — “eng tashabbuskor sektor” nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblar ragʻbatlantiriladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar

15-fevralga qadar

6-bosqich

Baholash yakunlari boʻyicha “eng namunali sektor” deb topilgan sektorning ijobiy ish tajribasini respublika hamda “eng tashabbuskor sektor”ning ijobiy ish tajribasini tegishli hudud miqyosida ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

1-martga qadar

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rasmiy statistik koʻrsatkichlarga asosan sektorlar faoliyati samaradorligini baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TIZIMI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

Oʻlchov birligi

Koʻrsatkichlarni hisoblash metodikasi

Masʼul organ*

Indikator toifasi va ballari

Jami maksimal ball

100,0

1. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash natijadorligi koʻrsatkichlari

60,0

a) “Temir daftar” bilan ishlash natijadorligi

16,0

1.

“Temir daftar”dan chiqarilgan oilalar

foiz

“Temir daftar”dan chiqarilgan oilalarning “Temir daftar”ga kiritilgan oilalardagi ulushi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

Ijobiy

2.

“Temir daftar”dagi oilalarning kasb-hunarga oʻqitilgan aʼzolari

foiz

“Temir daftar”dagi oilalarning kasb-hunarga oʻqitilgan aʼzolarining jami oʻqish istagi mavjud aʼzolar sonidagi ulushi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

Ijobiy

3.

Rasmiy oʻzini oʻzi band qilishga jalb qilingan “Temir daftar”dagi oila aʼzolari

foiz

Rasmiy oʻzini oʻzi band qilgan “Temir daftar”dagi oila aʼzolarining jami bandligi taʼminlangan aʼzolar sonidagi ulushi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

Ijobiy

4.

“Temir daftar”dagi oilalarga tibbiy xizmat koʻrsatish darajasi

foiz

Tibbiy xizmat koʻrsatilgan “Temir daftar”dagi oilalarning jami tibbiy xizmatga muhtoj oilalar sonidagi ulushi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

Ijobiy

b) “Ayollar daftari” bilan ishlash natijadorligi

24,0

5.

“Ayollar daftari”dan chiqarilgan ayollar

foiz

“Ayollar daftari” roʻyxatidan chiqarilgan ayollarning “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar sonidagi ulushi

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

Ijobiy

6.

“Ayollar daftari”dagi kasb-hunarga oʻqitilgan ayollar

foiz

“Ayollar daftari”dagi kasb-hunarga oʻqitilgan ayollarning jami oʻqish istagi mavjud ayollar sonidagi ulushi

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

Ijobiy

7.

“Ayollar daftari”dagi rasmiy oʻzini oʻzi band qilishga jalb qilingan ayollar

foiz

Rasmiy oʻzini oʻzi band qilgan “Ayollar daftari”dagi ayollarning jami bandligi taʼminlangan ayollar sonidagi ulushi

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

Ijobiy

8.

“Ayollar daftari”dagi ayollarga tibbiy xizmat koʻrsatish darajasi

foiz

Tibbiy xizmat koʻrsatilgan “Ayollar daftari”dagi ayollarning jami tibbiy xizmatga muhtoj ayollar sonidagi ulushi

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

Ijobiy

9.

“Ayollar daftari”dagi ayollarga psixologik xizmat koʻrsatish darajasi

foiz

Psixologik xizmat koʻrsatilgan “Ayollar daftari”dagi ayollarning jami psixologiki xizmatga muhtoj ayollar sonidagi ulushi

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

Ijobiy

10.

“Ayollar daftari”dagi ayollar tomonidan tadbirkorlikning yoʻlga qoʻyilishi

foiz

Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻygan “Ayollar daftari”dagi ayollarning jami tadbirkorlik qilish istagi mavjud ayollar sonidagi ulushi

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

Ijobiy

v) “Yoshlar daftari” bilan ishlash natijadorligi

20,0

11.

“Yoshlar daftari”dan chiqarilgan yoshlar

foiz

“Yoshlar daftari” roʻyxatidan chiqarilgan yoshlarning “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar sonidagi ulushi

Yoshlar ishlari agentligi

Ijobiy

12.

“Yoshlar daftari”dagi kasb-hunarga oʻqitilgan yoshlar

foiz

“Yoshlar daftari”dagi kasb-hunarga oʻqitilgan yoshlarning jami kasb-hunarga oʻqish istagi mavjud yoshlar sonidagi ulushi

Yoshlar ishlari agentligi

Ijobiy

13.

“Yoshlar daftari”dagi rasmiy oʻzini oʻzi band qilishga jalb qilingan yoshlar

foiz

Rasmiy oʻzini oʻzi band qilgan “Yoshlar daftari”dagi yoshlarning jami bandligi taʼm?nlangan yoshlar sonidagi ulushi

Yoshlar ishlari agentligi

Ijobiy

14.

“Yoshlar daftari”dagi yoshlarga tibbiy xizmat koʻrsatish darajasi

foiz

Tibbiy xizmat koʻrsatilgan “Yoshlar daftari”dagi yoshlarning jami tibbiy xizmatga muhtoj yoshlar sonidagi ulushi

Yoshlar ishlari agentligi

Ijobiy

15.

“Yoshlar daftari”dagi yoshlar tomonidan tadbirkorlikning yoʻlga qoʻyilishi

foiz

Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻygan “Yoshlar daftari”dagi yoshlarning jami tadbirkorlik qilish istagi mavjud yoshlar sonidagi ulushi

Yoshlar ishlari agentligi

Ijobiy

2. “Mahallabay” ishlash tizimining yuritilishi

8,0

16.

Mahallalardagi muammolarning hal etilishi

foiz

Doimiy vakillar tomonidan aniqlangan jami muammolardagi hal etilgan muammolarning ulushi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

Ijobiy

17.

Mahallaning “oʻsish nuqtasi” (drayveri)ning amalga oshirilishi

foiz

Amalga oshirilgan “oʻsish nuqtalari” (drayveri)ning jami aniqlangan “oʻsish nuqtalari” (drayveri)dagi ulushi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

Ijobiy

3. Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish darajasi

8,0

18.

Investitsiya loyihalarining (sanoat, xizmatlar va qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi) amalga oshirilishi

foiz

Hududiy investitsiya dasturlaridagi ishga tushirilgan loyihalarning jami loyihalardagi ulushi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Ijobiy

19.

Maktabgacha taʼlim muassasalari bilan qamrab olish darajasi

foiz

Maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning 3 — 6 yoshdagi bolalar umumiy sonidagi ulushi

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi

Ijobiy

4. Tadbirkorlikni rivojlantirish koʻrsatkichlari

12,0

20.

Kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari sonining oʻsishi

foiz

Kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlarining oʻtgan yilgi mos davriga nisbatan oʻsishi

Davlat statistika qoʻmitasi, Adliya vazirligi

Ijobiy

21.

Tadbirkorlik subyektlariga kreditlar ajratilishi holati

soʻm

Tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kredit miqdorining sektordagi har mingta faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektiga toʻgʻri keladigan kredit miqdori

Markaziy bank, Davlat statistika qoʻmitasi

Ijobiy

22.

Tadbirkorlik subyektlari uchun oʻquv-seminarlar tashkil qilinganligi

birlik

Savdo-sanoat palatasi, Adliya boʻlimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun tashkil etilgan soliq, moliya, buxgalteriya, bank, huquqiy va boshqa sohalar boʻyicha oʻquv-seminarlar umumiy sonining har mingta tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan miqdori

Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi

Ijobiy

5. Jinoyatchilikni kamaytirish va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish

8,0

23.

Sodir etilgan jinoyatlarning kamayishi

birlik

Har ming kishiga toʻgʻri keladigan jinoyatlarning oʻtgan yilning mos davriga nisbatan farqi

Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi

Ijobiy

24.

Oilaviy ajrimlarni qisqartirish

foiz

Nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnomalar sonining (sud tomonidan bedarak yoʻqolgan, muomalaga layoqatsiz deb topilgan, sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi sababli qayd etilgan ajralganlik holatlari bundan mustasno) oʻtgan yilning mos davriga nisbati

Adliya vazirligi

Ijobiy

6. Murojaatlar bilan ishlash samaradorligi

4,0

25.

Qanoatlantirilgan murojaatlar ulushi

foiz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual, Xalq qabulxonalari va Bosh vazir qabulxonalari orqali kelib tushgan jami murojaatlardagi qanoatlantirilgan murojaatlar ulushi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari, Bosh vazir qabulxonasi

Ijobiy

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Axborot tizimiga maʼlumotlarni joylashtirish (kiritish) uchun birinchi koʻrsatilgan ijrochi masʼul hisoblanadi. Koʻrsatkichlarni shakllantirish uchun javobgarlik har bir koʻrsatilgan davlat boshqaruvi organi va muassasasiga yuklatiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/536/0817-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)