09.08.2021 yildagi PQ-5216-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.01.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha keng jamoatchilik bilan oʻtkazilgan muhokama natijalari ijrosini taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2021-yil 15-avgustdan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlashning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlariga biriktirilgan turar joyga ega boʻlmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ular 18 yoshga toʻlgan yilda koʻp kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam boʻlmagan 1 xonali, voyaga yetgan yetim bolalar oʻrtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam boʻlmagan 2 xonali kvartiralar ajratiladi. Bunda, mazkur toifaga kiruvchi nogironligi boʻlgan bolalarga kvartiralar koʻp qavatli uylarning uchinchi qavatigacha ajratiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun kvartiralar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan koʻchmas mulkning birlamchi bozoridagi shahar va tumanlarda qurilgan koʻp kvartirali uy-joylardan xarid qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli tuman (shahar)da koʻchmas mulk birlamchi bozorida mazkur bandda nazarda tutilgan mezonlarga mos keladigan kvartiralar mavjud boʻlmaganda, hududiy “Xalqparvar” komissiyalari xulosasiga asosan kvartiralar koʻchmas mulkning ikkilamchi bozoridan tegishli mezonlarga muvofiq holda xarid qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joylar bilan taʼminlash “onlayn-navbat” tizimi asosida amalga oshiriladi, bunda mazkur navbatga oʻzgartirish kiritilishiga hamda navbatidan oldin keyingi navbatdagi bolalarga uy-joy ajratilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq taʼlimi vazirligi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning uy-joy bilan taʼminlanishi holati haqidagi har oyda yangilanadigan maʼlumotlarni oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtirib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joylar mulkka egalik qilish huquqi asosida, biroq ular 30 yoshga toʻlgunga qadar uy-joyni sotish, hadya qilish yoki garovga qoʻyish yoxud ijaraga berish hamda uy-joyda oʻzi va oila aʼzolari (eri yoki xotini, farzandlari) dan tashqari boshqa fuqarolarni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish huquqisiz ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning asoslantirilgan murojaati asosida mahalliy hokimliklar tomonidan uy-joyning umumiy maydonini kengaytirish va mazkur bandda nazarda tutilgan talablarni saqlab qolish sharti bilan sotishga ruxsat beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash jarayonida quyidagilar taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitta koʻp kvartirali uy-joyning har bir kirish yoʻlagidagi kvartiralarda bir nafardan ortiq yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki va undan ortiq yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun koʻp kvartirali uy-joydan bitta kvartira ajratish (ular oʻrtasida nikoh tuzilgan hollar mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun alohida koʻp qavatli uy-joylar qurish va bu yerda ularning barchasini joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun yotoqxonalardan uy-joylar ajratish (xarid qilish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar kollej, akademik litsey, texnikum va oliy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan davrida mahalliy hokimliklar tomonidan ajratilgan uy-joylarda kommunal xizmatlarning meʼyoriy koʻrsatkichlari boʻyicha foydalanilgan kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarning ellik foizi tegishli tuman va shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan kompensatsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, mahalliy hokimliklar tomonidan ajratilgan uy-joylarda foydalaniladigan kommunal xizmatlarning meʼyoriy koʻrsatkichlari tegishli tuman va shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joylar bilan taʼminlashni tashkil etish, uy-joylarning adolatli taqsimlanishi va oʻz vaqtida ajratilishini nazorat qilish boʻyicha Respublika komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun uy-joy xarid qilishning maqsadli parametrlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Uy-joylarga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joy xarid qilish va qurish uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilda talab etiladigan mablagʻlarning 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, qolgan qismi Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari va boshqa mablagʻlar hisobidan ajratiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi uchun ajratilgan mablagʻlar tarkibida alohida satrda mablagʻlar rejalashtiriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yildan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joylarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni hisoblash uchun uy-joylarning bir kvadrat metrining eng yuqori narxi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Statistika agentligi tomonidan hududlar kesimida belgilanadi.
(4-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-son qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, taʼmirlash va jihozlash bilan bogʻliq xarajatlar tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, “Mehr daftari” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Respublika komissiyasi (A. Aripov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2021-yil 1-dekabrga qadar mazkur qaror doirasida uy-joyga muhtoj 757 nafar yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn kun muddatda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joylarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar uchun mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi takliflarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga kiritilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ajratilgan uy-joylar yashash uchun barcha zarur sharoitlarga ega boʻlgan (taʼmirlangan va jihozlangan) holda topshirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Hisob palatasi (B. Turabov) va Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash uchun ajratiladigan mablagʻlarning shakllanishi va maqsadli sarflanishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) va Milliy gvardiya (R. Djurayev):
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlashning “onlayn-navbat” tizimini amaliyotga joriy etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar roʻyxatining “onlayn-navbat” tizimiga kiritilishini va doimiy yangilanishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrdan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning uy-joyga muhtojligini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlanishini yoʻlga qoʻysin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2021-yil 1-sentabrdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablarga navbatga qoʻyilmagan holda joylashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ular texnikum, kollej, akademik litsey yoki oliy taʼlim muassasasida oʻqiyotgan davrida har oʻquv yilida bir marotaba oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlari uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida subsidiyalar ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlik va idoralar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan grafikka asosan bir yilda kamida bir marotaba barcha “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylari, shuningdek “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalarida (keyingi oʻrinlarda — oʻquv-tarbiya muassasalari) taqdimotlar oʻtkazadi. Bunda, mazkur taqdimotlar oʻtkazish metodikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining nodavlat taʼlim tashkilotlarining xorijiy tillar, oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish uchun imtihon topshiriladigan 2 ta fan, oshpazlik, qandolatchilik, sartaroshlik, kompyuter savodxonligi va oʻzlarining qiziqishlaridan kelib chiqqan holda boshqa mos yoʻnalishlar boʻyicha kurslarida oʻqish xarajatlari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bir yilda bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha miqdorda kompensatsiya qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar oʻqishni davlat oliy taʼlim muassasalarida davom ettirganda ularga Talabalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan stipendiya toʻlovlari 50 foizga oshirilgan holda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Belgilansinki, oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari boʻlgan chin yetimlar uchun qoʻshimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalari 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (yigirma besh yoshga toʻlmagan) uchun ham tatbiq qilinadi, bunda ushbu qoʻshimcha kvotalarning oliy taʼlim muassasalari boʻyicha taqsimoti Xalq taʼlimi vazirligi va Milliy gvardiya tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi (A. Aripov) 2021/2022 oʻquv yilida SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilariga, shuningdek, yigirma besh yoshgacha boʻlgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalarga ushbu bandda nazarda tutilgan qoʻshimcha kvotalardan foydalanish imkoniyatini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda bir oy muddatda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish xarajatlarini qoplab berish tartibini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) va Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bir oy muddatda oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining nodavlat taʼlim tashkilotlarining oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab oʻquv-tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ishga joylashtirish va ularning bandligini taʼminlashning quyidagi tartibi joriy etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi shakllantirgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar roʻyxati asosida ularning yirik ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalarida har yili amaliyot oʻtashi tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnikum, kollej yoki oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirmagan hamda kasb egallash istagidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning oʻz tizimidagi “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari va maskanlarida kasb-hunarga oʻqitilishi yoʻlga qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning bandligi boʻyicha doimiy monitoring amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “Har bir oila — tadbirkor” dasturida belgilangan mablagʻlar va tartiblar doirasida yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ularning biznes loyihalarida koʻzda tutilgan maqsadlarga kreditlar navbatga qoʻyilmagan holda ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) oʻquv-tarbiya muassasalari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning turmushini yaxshilash, kasb-hunar va biznes bilan shugʻullanish orqali daromad topish hamda ularga bunday faoliyatni yoʻlga qoʻyishning amaliy jihatlarini oʻrgatishga qaratilgan “kouching” video materiallar, motivatsion roliklar va darsliklar toʻplamlari bilan oʻquv-tarbiya muassasalari Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Belgilansinki, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni, ularni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) olayotgan va tarbiya qilayotgan oilalarni moddiy, huquqiy va psixologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar ota-onalarining yaqin qarindoshlariga ushbu bolalarni navbatsiz farzandlikka yoki oilaga tarbiyaga (patronatga) olish huquqi beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-sentabrdan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining tashabbusi bilan, yetim bolalar va ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni vasiylikka va homiylikka olgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan oilalarga ushbu bolalar 18 yoshga toʻlguniga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida moddiy yordam puli toʻlash amaliyoti joriy etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-sentabrdan keyin nogironligi boʻlgan bolalarni vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan oilalarga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan toʻlovlar bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorigacha yetkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida ogʻir kasallikka chalingan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning respublikada yoʻlga qoʻyilmagan jarrohlik amaliyotlari boʻyicha xorijiy davlatlardagi jarrohlik operatsiyalari bilan bogʻliq xarajatlar Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan toʻliq miqdorda kompensatsiya qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalariga 2 ta psixolog shtat birligi ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan bepul yuridik xizmat koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar tomonidan toʻlanadigan davlat bojlari va mahalliy yigʻimlarga kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash yuzasidan takliflarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini oluvchi bolalar akademik litsey va oliy taʼlim muassasalariga kirganda, ularning mazkur pensiyani olish huquqini akademik litsey va oliy taʼlim muassasalarida oʻqishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga toʻlgunga qadar saqlab qolish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv-tarbiya muassasalariga yoki yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga moddiy yordam berish uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan xayriya yordami tarzida yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasiga foyda soligʻini hisoblashda chegiriladigan xarajatlar sifatida qaralishini belgilashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qarordan kelib chiqib, “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mazkur qarorning mazmun-mohiyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Milliy gvardiya qoʻmondoni R.M. Djurayev, xalq taʼlimi vaziri Sh.H. Shermatov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari D.M. Kenjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorakda axborot berib borilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 9-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-5216-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5216-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joylar bilan taʼminlashni tashkil etish, uy-joylarning adolatli taqsimlanishi va oʻz vaqtida ajratilishini nazorat qilish boʻyicha Respublika komissiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

A.N. Aripov

Bosh vazir, Komissiya raisi

2.

N.T. Yoʻldoshev

Bosh prokuror, Komissiya raisi oʻrinbosari

3.

R.M. Djurayev

Milliy gvardiya qoʻmondoni, Komissiya raisi oʻrinbosari

4.

B.A. Musayev

Bosh vazir oʻrinbosari

5.

A.T. Yunusova

Bola huquqlari boʻyicha vakil (Bolalar ombudsmani)

6.

Sh.X. Shermatov

xalq taʼlimi vaziri

7.

A.Z. Saʼdullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

8.

A.H. Toshkulov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

9.

B.T. Abdullayev

ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

10.

J.I. Abruyev

moliya vaziri oʻrinbosari

11.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5216-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun uy-joy xarid qilishning maqsadli
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PARAMETRLARI*
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

mln soʻm

T/r

Hududlar

Uy-joylarning soni

(birlik)

Xarajatlarning hisoblangan qiymati

shundan

Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan

mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalaridan

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

33

5 148

2 574

2 574

2.

Andijon viloyati

30

4 680

2 340

2 340

3.

Buxoro viloyati

26

4 056

2 028

2 028

4.

Jizzax viloyati

17

2 652

1 326

1 326

5.

Qashqadaryo viloyati

16

2 496

1 248

1 248

6.

Navoiy viloyati

91

14 196

7 098

7 098

7.

Namangan viloyati

44

6 864

3 432

3 432

8.

Samarqand viloyati

99

15 444

7 722

7 722

9.

Surxondaryo viloyati

13

2 028

1 014

1 014

10.

Sirdaryo viloyati

39

6 084

3 042

3 042

11.

Toshkent viloyati

100

15 600

7 800

7 800

12.

Fargʻona viloyati

26

4 056

2 028

2 028

13.

Xorazm viloyati

50

7 800

3 900

3 900

14.

Toshkent shahar

173

29 583

14 792

14 792

Jami

757

120 687

60 344

60 344

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Uy-joylarning hisoblangan qiymatiga va uy-joylar soniga Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan Moliya vazirligi, uy-joylarning hisoblangan qiymati boʻyicha Qurilish vazirligi va uy-joylar soni boʻyicha Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2021-y., 07/21/5216/0783-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son; 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son; 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)