Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2021 29.05.1997 yildagi 274-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2021
Hujjat 16.04.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TASIS DASTURINI AMALGA OShIRIShNI TAʼMINLAShDA VAZIRLIKLAR VA IDORALARNING FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida Yevropa Ittifoqi Komissiyasining texnikaviy koʻmaklashish dasturi (TASIS) doirasida chet El pudratchi kompaniyalari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini tartibga solish, shuningdek, TASIS loyihalarini amalga oshirishni muvofiqlashtirishni va ularning monitoringini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasida Yevropa Ittifoqi Komissiyasining TASIS dasturi doirasida vazirliklar va idoralar faoliyatining prinsiplari va shartlari toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirish departamentiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1997-yil 29-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
274-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-maydagi 274-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida Yevropa Ittifoqi Komissiyasining TASIS dasturi doirasidagi loyihalar boʻyicha vazirliklar va idoralarning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Yevropa Ittifoqi Komissiyasi texnikaviy koʻmaklashish dasturi (TASIS) doirasida loyihalarni amalga oshirish tartibini boshqaradi hamda koʻrsatib oʻtilgan loyihalarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari faoliyatini tartibga soladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. TASIS — bu Yevropa Ittifoqi bilan Mustaqil Davlatlararo Hamdoʻstligi va Moʻgʻuliston oʻrtasidagi uygʻun aloqalarni rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida Yevropa Ittifoqi tomonidan ushbu sherik mamlakatlar uchun ishlab chiqilgan dasturdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekistonda TASIS dasturi faoliyati Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti huzuridagi Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqi Komissiyasining texnikaviy yordamni muvofiqlashtirish Byurosi (“OʻZYIKBYuRO”) tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. TASIS dasturining faoliyati boshqaruv, huquqiy va normativ bazani tashkil etish, yangi muassasalar tashkil etish va ishlab turganlarini qayta tashkil etish, ekspertlar guruhini yuborish, ekspert tadqiqotlari oʻtkazish va mutaxassislarning kasb-kor tayyorgarligi, xalqaro tarmoq tuzilmalari tashkil etish, pilot loyihalarini amalga oshirish masalalarida maslahat yordami koʻrsatish shaklida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TASIS DASTURI DOIRASIDA TEXNIKAVIY YORDAM OLISh TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. TASIS dasturi doirasida texnikaviy yordam olishni xohlovchi tashkilotlar buyurtmanoma bilan “OʻZYIKBYuRO” ga yozma ravishda murojaat qiladilar. Buyurtmanomada boʻlajak loyihani mablagʻ bilan taʼminlashga doir aniq takliflar bayon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Barcha buyurtmanomalar TASIS dasturi maqsadlari va shartlariga tanlovdan oʻtadi va kelishish uchun Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentiga yuboriladi. Tanlovdan oʻtgan va kelishilgan takliflar tasdiqlash va boʻlajak xatti-harakatlar dasturiga kiritish uchun Yevropa Komissiyasiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tasdiqlangan loyihalar roʻyxati loyihalarni bajarish yuzasidan takliflar qabul qilinishi haqida boʻlajak pudratchilarni xabardor qilish uchun Yevropa Komissiyasining rasmiy jurnalida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Kontraktlar boʻyicha axborot eʼlon qilingandan keyin Yevropa Komissiyasi tender hujjatlarini tayyorlaydi. Ushbu hujjatlarda har bir loyiha boʻyicha batafsil texnik topshiriqlar mavjud boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TASIS DASTURI BOʻYIChA LOYIHALARNI TAYYORLASh VA AMALGA OShIRISh TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. TASIS dasturi aniq loyihalar boʻyicha tenderda yutib chiqqan kompaniyalar (keyingi oʻrinlarda “pudratchilar” deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ham alohida kompaniya, ham bir necha kompaniyalardan iborat konsorsium pudratchi boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. TASIS dasturining har bir loyihasi koʻrsatilgan loyiha boʻyicha YIK ning mustaqil maslahatchisi tomonidan ishlab chiqiladigan texnik topshiriqlarga muvofiq amalga oshiriladi va yordam oluvchi tashkilot (keyingi oʻrinlarda “buyurtmachi” deb yuritiladi) bilan kelishiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Pudratchi loyihani amalga oshirish uchun u bilan YI ekspertlari oʻrtasida tuziladigan uzoq muddatli (olti oydan ortiq) yoki qisqa muddatli (bir haftadan bir necha oygacha) kontrakt asosida Yevropa ekspertlarini (keyingi oʻrinlarda “YI ekspertlari” deb yuritiladi) jalb etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. “OʻZYIKBYuRO” loyiha rahbarlarining moʻljallanayotgan kelishi toʻgʻrisida buyurtmachini oldindan xabardor qiladi va loyihani amalga oshirish boshlanishi muddatlarini kelishadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Buyurtmachi koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tarkibini aniqlaydi va oʻz tomonidan ishlarni muvofiqlashtiruvchini tayinlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. YI ekspertlari “OʻZYIKBYuRO” ga va buyurtmachiga loyiha boʻyicha texnik topshiriqni barcha ilovalar va qoʻshimchalar bilan birgalikda beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Pudratchi “OʻZYIKBYuRO” va buyurtmachi bilan kelishilgan jadvalga koʻra loyiha boʻyicha nazarda tutilgan barcha hisobotlarni taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. YI ekspertlari “OʻZYIKBYuRO” da roʻyxatdan oʻtishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. YI ekspertlari oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida amalga oshirish huquqiga egadirlar, chet el fuqarolarining boʻlishi qonunchilikda belgilangan tartibda tartibga solinadigan ayrim rayonlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Tashqi ishlar vazirligi “OʻZYIKBYuRO” ning buyurtmanomasi boʻyicha loyiha boʻyicha ishlash davrida YI ekspertlari va ularning oila aʼzolari mazkur Nizomning 18-moddasiga muvofiq konsullik yigʻimlari toʻlamasdan boʻlishlari huquqini beruvchi vizaviy qoʻllab-quvvatlashni olish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. YI ekspertlarini xususiy uylarda roʻyxatdan oʻtkazish buyurtmachining buyurtnomasiga koʻra ichki ishlar organlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻim yoki haq olmasdan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Pudratchi mahalliy ekspertlarni kontrakt asosida ishga jalb etishga haqlidir. Ularning huquqiy holati Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. “OʻZYIKBYuRO” ekspertlarga ularning maqomi, huquqlari va vazifalarini tushuntirish shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Pudratchi loyiha ustida ishlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy xodimlarni (tarjimonlar, kotiblar, haydovchilar va boshqalarni) yollashga haqlidir. Mahalliy xodimlarga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish “OʻZYIKBYuRO” tomonidan Tashqi ishlar vazirligining diplomatik servis xizmatida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasida 183 kundan ortiq boʻlgan ekspertlari belgilangan muddatda mahalliy soliq organiga daromadlari toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TASIS DASTURI LOYIHALARINI MODDIY-TEXNIK TAʼMINLASh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. TASIS dasturi loyihalarini amalga oshirish doirasida chet eldan yetkazib beriladigan asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqa texnika (keyingi oʻrinlarda — asbob-uskunalar deb yuritiladi) Yevropa Ittifoqining granti sifatida qaraladi va ularga boj poshlinalari, soliqlar va yigʻimlar solinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Asbob-uskunalar “OʻZYIKBYuRO” nomiga keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. TASIS dasturi loyihalari mablagʻlari hisobiga xarid qilingan transport vositalari ichki ishlar organlari tomonidan yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda ekspertlar nomiga roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. TASIS dasturi boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga asbob-uskunalar yetkazib berishga kontrakt Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida va vakil qilingan bankda roʻyxatdan oʻtkazilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Olinadigan asbob-uskunani sertifikatsiyalash zarur boʻlganda, u “Oʻzdavstandart” markazi organlari va ular tomonidan vakil qilingan tashkilotlar tomonidan sertifikatsiya qilinganligi uchun haq undirilmasdan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Loyiha tugallangandan keyin asbob-uskunalar pudratchi tomonidan “OʻZYIKBYuRO” bilan kelishilgan holda buyurtmachiga berilishi mumkin. Buyurtmachi asbob-uskunalarni belgilangan tartibda oʻz balansiga qabul qiladi. Ushbu holatda loyiha tugallangandan keyin mazkur banda koʻrsatilgan asbob-uskunalar Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan (transport vositalarini berishda — Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan) boj poshlinalari, soliqlar va boshqa yigʻimlar undirilmasdan buyurtmachining nomiga qayta rasmiylashtiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-apreldagi 161-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Buyurtmachi asbob-uskunalarni olishda loyiha tugallangandan keyin “OʻZYIKBYuRO”ga va tegishli statistika organiga olingan asbob-uskunalarning foydalanilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har yili taqdim etadi. Begonalashtirilgan taqdirda esa belgilangan tartibda toʻlovlar va soliqlar toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Pudratchi yoki “OʻZYIKBYuRO” tomonidan asbob-uskunalar qaytarib olib ketilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda (fors-major holatlar paydo boʻlganda), qaytarib olib ketishni rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan boj poshlinalari, soliqlar, yigʻimlar va har qanday tusdagi boshqa toʻlovlar undirilmasdan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOLARNI HAL QILISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Loyihani amalga oshirish davomida paydo boʻluvchi barcha nizolar vazirliklar va idoralar, shuningdek, yordam oluvchi tashkilotlar tomonidan “OʻZYIKBYuRO” bilan birgalikda hal qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Zarurat boʻlganda nizoli masalalar “OʻZYIKBYuRO” tomonidan kelishish uchun Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentiga kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.