Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.01.2012 27.12.1996 yildagi 355-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.01.2012
Hujjat 08.01.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TOVAR BOZORLARIDA MONOPOLISTIK FAOLIYATNI ChEKLASh VA RAQOBAT TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 6-yanvardagi OʻRQ-319-sonli “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Qonunning maqsadi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun tovar bozorlarida monopolistik faoliyat va insofsiz raqobatning oldini olish, uni cheklash, toʻxtatishning tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilab beradi, raqobat munosabatlarining shakllanishi va samarali amal qilishi uchun sharoitlar taʼminlashga qaratilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Qonunni tatbiq etish sohasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik shaxslar, davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari qatnashadigan tovar bozorlaridagi raqobatga taʼsir koʻrsatuvchi munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi. Qonun mazkur shaxslar va organlarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi tegishincha harakatlari yoki tuzayotgan bitimlari Oʻzbekiston Respublikasi tovar bozorlaridagi raqobatning cheklanishiga olib kelayotgan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan yoxud boshqa salbiy oqibatlarga sabab boʻlayotgan hollarda ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun ixtirolar, sanoat namunalari, tovar belgilari, seleksiya yutuqlari va mualliflik huquqlarini huquqiy jihatdan himoya qilish normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi, tegishli huquqlardan qasddan foydalanish raqobatning cheklanishiga olib keladigan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnat, qimmatli qogʻozlar va moliyaviy xizmat bozorlaridagi monopolistik faoliyat va insofsiz raqobat bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi, bu bozorlarda vujudga keladigan munosabatlar tovar bozorlaridagi raqobatga taʼsir koʻrsatadigan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida quyidagi sohalarda tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini bevosita davlat tomonidan tartibga solish nazarda tutilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
neft, gaz kondensati, tabiiy gaz va koʻmir qazib chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
neft, neft mahsulotlari va gazni magistral quvurlar orqali uzatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish va uzatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
temir yoʻllarda yoʻlovchi, bagaj va yuk tashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
portlar va aeroportlarning xizmatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hamma uchun moʻljallangan elektr va pochta aloqasi xizmatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv quvurlari va kanalizatsiya xoʻjaligi xizmatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida sanab oʻtilgan subyektlarga nisbatan ushbu Qonunning mazkur subyektlar oʻzlariga xos vazifalarni bajarishini cheklamaydigan qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Asosiy tushunchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar — sotish (almashtirish) uchun moʻljallangan faoliyat mahsuli boʻlib, ishlar va xizmatlar ham shunga kiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir-birining oʻrnini bosadigan tovarlar — belgilangan vazifasi, qoʻllanilishi, sifati va texnikaviy tavsiflari, narxi va boshqa jihatlariga koʻra taqqoslanishi mumkin boʻlgan tovarlar guruhi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar bozori — tovarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi boʻlib, u respublikaning maʼmuriy-hududiy boʻlinishiga mos kelishi yoki mos kelmasligi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlar — tovarlar ishlab chiqarish, sotish, sotib olish va xizmatlar koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi barcha tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik shaxslar, ularning birlashmalari, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning musobaqalashuvi boʻlib, bunda ularning mustaqil harakatlari har bir subyekt tomonidan tegishli tovar bozoridagi tovarlar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga taʼsir koʻrsatish imkoniyatini cheklaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
insofsiz raqobat — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tadbirkorlik faoliyatida ustunlikni qoʻlga kiritishga qaratilgan, qonun hujjatlariga va ish muomalasi odatlariga zid boʻlgan, ular oʻrtasida musobaqalashuvni istisno etadigan va amalga oshirilishi natijasida xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tegishli tovar bozorida tovarlar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga taʼsir koʻrsatish imkonini beradigan harakatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustun mavqe — xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki bir qancha xoʻjalik yurituvchi subyektlarning oʻrnini bosuvchisi boʻlmagan tovar bozorida yoxud bir-birining oʻrnini bosadigan tovarlar bozorida oʻziga (oʻzlariga) raqobatga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatish, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini qiyinlashtirish yoki ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini oʻzga tarzda cheklash imkoniyatini beradigan hukmron mavqeyi. Bozordagi ulushi oltmish besh foiz va undan ziyodni tashkil etadigan xoʻjalik yurituvchi subyektning mavqeyi ustun mavqe deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektning bozordagi ulushi oʻttiz besh foizdan oltmish besh foizgacha boʻlib, bu hol monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektning bozordagi ulushi barqarorligiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bozordagi raqobatchilarga tegishli ulushlarning nisbiy miqdoriga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu bozorga yangi raqobatchilarning kirishi mumkinligiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan tovar bozorini tavsiflovchi boshqa mezonlarga qarab aniqlangan boʻlsa, uning bozordagi mavqeyi ustun mavqe deb hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutlaq monopoliya — xoʻjalik yurituvchi subyekt tovar bozorida yagona sotuvchi yoki xaridor boʻlgan vaziyat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopolistik faoliyat — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining monopoliyaga qarshi kurash haqidagi qonun hujjatlariga xilof boʻlgan, raqobatga yoʻl qoʻymaslikka, uni cheklash yoki bartaraf etishga qaratilgan harakatlari yoki harakatsizligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narx sohasida kamsitish — mahsulot yetkazib beruvchining boshqa sharoitlar teng boʻlgani holda oʻz mahsulotini muayyan bir xaridorga boshqa xaridorlarga nisbatan yuqoriroq yoki pastroq narxda sotishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kamsituvchi shartlar — mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonaning isteʼmolchilarga shartnoma mohiyatiga daxli boʻlmagan turli shartlarni majburan qabul qildirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notoʻgʻri taqqoslash — muayyan raqobatchini yoki umuman barcha raqobatchilarni, shuningdek ishlab chiqarilayotgan va (yoki) sotilayotgan tovarlarni boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tovarlariga nisbatan yomonlab taqqoslash yoki fikr bildirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopol qimmat narx — tovar bozorida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻlaligicha foydalanmaslik tufayli qilgan asossiz xarajatlarini qoplash yoki tovar sifatini pasaytirish natijasida qoʻshimcha foyda olish maqsadida tovarga belgilagan narxi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopol arzon narx — tovar bozorida xaridor sifatida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektning sotib olayotgan tovariga qoʻshimcha foyda olish yoki qilingan asossiz xarajatlarni sotuvchi hisobiga qoplash maqsadida belgilaydigan narxi yoxud tovar bozorida sotuvchi sifatida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektning sotayotgan tovariga ongli ravishda shu tovarni sotishdan zarar koʻradigan darajada belgilaydigan narxi boʻlib, uni belgilash natijasida bozordan raqobatchilarni siqib chiqarish yoʻli bilan raqobat cheklanadi yoki cheklanishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxslar guruhi — shaxslar yigʻindisi, ularga tatbiqan quyidagi bir yoki bir necha shartlar bajariladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitim yoki kelishib olingan harakatlar natijasida, shu jumladan oldi-sotdi, mol-mulkni ishonchli boshqarish, birgalikdagi faoliyat, topshiriqnoma, ijara shartnomalari asosida yoki boshqa bitimlar asosida hal etuvchi taʼsir koʻrsatish uchun yetarli boʻlgan aksiyalar nazorat paketini yoki ovozlar sonini bevosita yoki bilvosita birgalikda tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan shaxs yoki bir necha shaxslar. Bunda yuridik shaxsning ovozlarini bilvosita tasarruf etish deganda bu ovozlarni uchinchi shaxslar orqali amalda tasarruf etish imkoniyati tushuniladi, birinchi shaxs uchinchi shaxslarga nisbatan yuqorida sanab oʻtilgan huquq va vakolatga ega boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki yoki undan ortiq shaxslar oʻrtasida shartnoma tuzilib, unga koʻra shartnoma qatnashchilaridan biri yoki bir qanchasining yoxud boshqa shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini yuritish shartlarini belgilash yoinki ular ijroiya organi vazifalarini bajarish huquqi qoʻlga kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxs yuridik shaxs ijroiya organi va (yoki) direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) tarkibining ellik foizidan ortigʻini tayinlash huquqiga ega boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ayni bir jismoniy shaxslarning oʻzi ikki va undan ortiq yuridik shaxs ijroiya organi va (yoki) direktorlar kengashi tarkibining ellik foizdan ortiqrogʻini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning maqsadlarini nazarda tutgan holda shaxslar guruhiga yagona xoʻjalik yurituvchi subyekt deb qaraladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Xalqaro shartnomalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida tovar bozorlaridagi raqobat va ularda monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, unda xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. MONOPOLISTIK FAOLIYAT
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻz ustun mavqeyini suiisteʼmol qilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektning raqobatni cheklaydigan va (yoki) boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning manfaatlarini kamsitgan yoxud kamsitishi mumkin boʻlgan quyidagi harakatlari taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni muomaladan olib qoʻyish, bundan koʻzlangan maqsad yoki erishilgan natija bozorda taqchillikni keltirib chiqarish yoki saqlab turishdan yoxud narxlarni oshirishdan iborat boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopol qimmat yoki monopol arzon narxlarni belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kontragentga shartnoma mohiyatiga taalluqli boʻlmagan shartlarni, shu jumladan moliyaviy mablagʻlar, boshqa mol-mulk, mulkiy huquqlarni oʻtkazishga doir asossiz talablarni majburan qabul qildirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kontragentni boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan teng boʻlmagan vaziyatga solib qoʻyadigan kamsituvchi shartlarni shartnomaga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kontragent tomonidan boshqa tovarlarni sotib olish yoki sotish yoxud kontragentning boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlardan tovarlar sotib olishdan yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tovarlar sotishdan oʻzini tiyish sharti bilangina shartnoma tuzishga rozilik berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutlaq monopoliyachi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektning tegishli tovarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish imkoniyatlari mavjud boʻlganda shartnoma tuzishdan asossiz bosh tortishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishiga toʻsqinlik qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida hollarda xoʻjalik yurituvchi subyektning ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan harakatlari monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan toʻgʻri deb topilishi mumkin, basharti xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻz harakatlarining ijobiy samarasi, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi ijobiy samarasi koʻrib chiqilayotgan tovar bozori uchun salbiy oqibatlardan ortiq boʻlishini isbotlay olsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklaydigan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muayyan tovar bozorida jami oʻttiz besh va undan ortiq foiz ulushga ega boʻlgan oʻzaro raqobatlashayotgan yoki raqobatlashishi mumkin boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklab qoʻygan yoki cheklab qoʻyishi mumkin boʻlgan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari), shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qatʼiy narxlar, tariflar, chegirmalar, ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar yoki ortiqcha narxlar belgilash yoki ularni saqlab turishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin bozor narxlari qaror topishiga toʻsqinlik qilib, ularni sunʼiy ravishda oʻstirish yoki pasaytirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish, mahsulot sotish bozorlari va kapital qoʻyilmalar ustidan nazorat oʻrnatishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taklif hajmini sunʼiy ravishda oʻzgartirish maqsadida ishlab chiqarish hajmlarini kelishib olishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auksionlar, birjalar va boshqa kim oshdi savdolarida narxlarni oshirish, pasaytirish yoki saqlab turishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narx sohasida kamsitishlarni belgilashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bozorni hudud boʻyicha, sotuv yoki xarid hajmi, tovarlar xillari boʻyicha, sotuvchilar va xaridorlar, buyurtmachilar doirasi boʻyicha boʻlib olishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan tovarlarning sotuvchilari yoki ularning xaridorlari, buyurtmachilari sifatida boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini cheklab qoʻyish yoki ularni bozordan chetlatishga qaratilgan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari) taqiqlanadi va belgilangan tartibda toʻla yoki qisman haqiqiy emas deb topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar biri ustun mavqeni egallab turgan, boshqa biri esa uning mahsulot yetkazib beruvchisi yoki xaridori boʻlgan oʻzaro raqobatlashmayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bitimlari (kelishib qilingan harakatlari) raqobatni cheklab qoʻysa yoki cheklab qoʻyishi mumkin boʻlsa, bunday bitimlar (kelishib qilingan harakatlar), shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xaridorlar hududi yoki doirasini cheklaydigan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzidan xaridor sotib olgan tovarlarni qayta sotish uchun narxga cheklashlar belgilaydigan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga raqobatchilar ishlab chiqargan tovarlarni sotishni man etadigan bitimlar (kelishib qilingan harakatlar) taqiqlanadi va belgilangan tartibda toʻla yoki qisman haqiqiy emas deb topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ushbu moddada nazarda tutilgan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari) alohida hollarda monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan qonuniy deb hisoblanishi mumkin, basharti xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻz harakatlarining bozorda savdo qilish sharoitlarini yaxshilashga, tovarning raqobatbardoshligini oshirishga koʻmaklashuvchi, xaridorlarga sezilarli naf keltiruvchi ijobiy samarasi koʻrib chiqilayotgan tovar bozori uchun salbiy oqibatlardan ortiq boʻlishini isbotlab bera olsalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslar birlashmalari (ittifoqlari, uyushmalari), xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlarining uyushmaga kirgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar xoʻjalik faoliyatiga raqobatni cheklaydigan yoxud cheklashi mumkin boʻlgan tarzda aralashishi taqiqlanadi. Ushbu talabni buzish monopoliyaga qarshi davlat organi (oʻz vakolatlari doirasida hududiy organ)ning daʼvosiga binoan yuridik shaxslar birlashmasi (ittifoqi, uyushmasi)ning, xoʻjalik shirkati yoki jamiyatining sud orqali tugatilishiga asos boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari va harakatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga quyidagilar taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biror-bir faoliyat sohasida yangi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil qilishga cheklashlar joriy etish, shuningdek ayrim faoliyat turlarini amalga oshirish yoki muayyan bir tovarlarni ishlab chiqarishni taqiqlash, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektga shartnomalar tuzishda kimgadir ustunlik berish, isteʼmolchilarning muayyan doiralariga tovarlarni birinchi navbatda yetkazib berish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baʼzi bir xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ayni bir tovar bozorining oʻzida ishlaydigan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan ustunlik beruvchi soliq yoki boshqa imtiyozlarni, litsenziyalash boʻyicha huquqlarni asossiz ravishda berib qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarmoq boʻysunuvida boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar aksiyalarining nazorat paketini sotib olish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyati uchun boshqa kamsituvchi yoki imtiyozli shart-sharoitlarni belgilash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim hollarda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tabiiy ofatlar, falokatlarning oqibatlarini tugatish hamda kasalliklar tarqalib ketishining oldini olish maqsadida ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan mazmundagi qarorlarni qabul qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruv organining boshqa bir boshqaruv organi bilan yoxud xoʻjalik yurituvchi subyekt bilan bozorning meʼyorida faoliyat koʻrsatishiga, raqobatni rivojlantirishga toʻsqinlik qiluvchi va isteʼmolchilarning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazuvchi bitimlariga (kelishib olingan harakatlariga), shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narxlar yoki tariflarni oshirish, pasaytirish, saqlab turishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bozorni hududiy prinsip boʻyicha, sotuvlar va xaridlar hajmi, tovar xillari yoxud sotuvchilar yoki xaridorlarning, buyurtmachilarning doirasi boʻyicha taqsimlab olishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini cheklash yoki ularni bozordan chetlatishga qaratilgan bitimlariga (kelishib qilingan harakatlariga) yoʻl qoʻyilmaydi va ular belgilangan tartibda toʻla yoki qisman haqiqiy emas deb topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslar va boshqaruv organlarining tovarlar ishlab chiqarish yoki sotishni monopoliyalash maqsadida birlashishi, mavjud davlat boshqaruvi organlariga raqobatni cheklab qoʻyishi mumkin boʻlgan vakolatlarni berish, shuningdek boshqaruv organlarining vazifalarini xoʻjalik yurituvchi subyektlar vazifalari bilan qoʻshib yuborish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga mazkur organlarning vazifalari va huquqlarini, shu jumladan davlat boshqaruvi organlarining vazifalari va huquqlarini berish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Insofsiz raqobatni taqiqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Insofsiz raqobatga, chunonchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektga zarar keltiradigan yoki uning tadbirkorlik obroʻsiga putur yetkazadigan yolgʻon, noaniq yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni tarqatishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxsning intellektual faoliyati natijalaridan va ularga tenglashtirilgan individuallashtirish vositalaridan, mahsulotni, xizmatlar bajarishni individuallashtirish vositalaridan qonunsiz foydalanib tovar sotishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarning xususiyati, uni tayyorlash usuli va joyi, isteʼmol xossalari, sifati xususida isteʼmolchilarni chalgʻitishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektning, shu jumladan uning reklama faoliyati jarayonida ham, oʻzi ishlab chiqaradigan yoki sotadigan tovarlarni boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tovarlari bilan qoʻpol taqqoslashiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish yoki savdo axborotini, shu jumladan tijorat sirini egasining roziligisiz olish, undan foydalanish, uni oshkor etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi xoʻjalik yurituvchi subyektning tovarlar va xizmatlar bozoriga kirishini toʻsishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. MONOPOLIYAGA QARShI DAVLAT ORGANI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar bozorlarida raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining monopolistik faoliyatini va insofsiz raqobatini cheklash hamda toʻxtatib qoʻyish sohasida davlat siyosatini monopoliyaga qarshi davlat organi olib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi davlat organi oʻz faoliyatida boshqa boshqaruv organlaridan mustaqildir, uning qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi davlat organining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari quyidagilardan iboratdir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mulkini boshqarish davlat organi bilan birgalikda tovar bozorlarida raqobat muhitini yaratishga, monopoliyadan holi qilishning tarmoq va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni muvofiqlashtirishga nisbatan yagona uslubiy yondashuvni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat va tadbirkorlikni rivojlantirish asosida bozor munosabatlarini shakllantirishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopolistik faoliyatning, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tovar bozorlaridagi oʻz ustun mavqeyini suiisteʼmol qilishining oldini olish va unga yoʻl qoʻymaslik, insofsiz raqobatga va isteʼmolchilar manfaatlari kamsitilishiga chek qoʻyish chora-tadbirlarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopoliyachi birlashmalar (korxonalar)ning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat reyestrini yuritish (bundan keyin reyestr deb ataladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishda oshkoralikni taʼminlash, iqtisodiyotni monopoliyadan holi qilish, raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishning borishi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan maxsus davriy nashrlar orqali fuqarolarni xabardor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi chet el tajribasini tahlil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organining vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi davlat organi quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar bozorlarida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeyi mavjudligini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzishni toʻxtatish yoki bunday buzishning oqibatlarini bartaraf etish toʻgʻrisida, dastlabki holatni tiklash haqida, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga xilof shartnomalarni bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish natijasida qoʻlga kiritilgan foydani olib qoʻyish va tegishli budjetga oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga oʻzlari qabul qilgan va monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga zid boʻlgan hujjatlarni bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ularning rahbarlarini, shuningdek mansabdor shaxslarni monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik yoki monopoliyaga qarshi davlat organining koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida, shu jumladan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga xilof shartnomalarni toʻla yoki qisman haqiqiy emas deb hisoblash toʻgʻrisida arizalar bilan sudga murojaat qilish, shuningdek monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini qoʻllash va ularni buzish bilan bogʻliq ishlarni sudda koʻrib chiqishda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish bilan bogʻliq jinoyat alomatlari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun materiallarni tegishli organlarga yuborish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalashni joriy etish yoki uni bekor qilish, bojxona tariflarini oʻzgartirish, kvotalar joriy etish yoki ularni bekor qilish, shuningdek soliq imtiyozlari, imtiyozli kreditlar va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlarini tatbiq etish yoki bekor qilish toʻgʻrisida tegishli organlarga takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini qoʻllash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning reyestrini shakllantirish tartibini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Axborot olish huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi davlat organining mansabdor shaxslari xoʻjalik yurituvchi subyektning hududiga kirish hamda soʻrov asosida zarur hujjatlar va maʼlumotlardan foydalanish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organiga axborot taqdim etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, ularning rahbarlari, shuningdek mansabdor shaxslar monopoliyaga qarshi davlat organining talabiga binoan unga hujjatlar va boshqa axborotlar taqdim etishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organining tijorat sirini saqlash borasidagi majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi davlat organi ushbu Qonunga muvofiq oʻziga berilgan vakolatlarni amalga oshirish chogʻida olgan tijorat siri hisoblangan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi davlat organi xodimlari tijorat siri hisoblangan maʼlumotlarni oshkor etganlari taqdirda, ular yetkazgan zarar qonun hujjatlariga muvofiq undirib olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. RAQOBAT USTIDAN DAVLAT NAZORATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Xoʻjalik subyektlarini tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish ustidan davlat nazorati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi davlat organi quyidagilar ustidan nazoratni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslar birlashmalarini tashkil etish, qoʻshib yuborish va birlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va birlashtirish, moliya-sanoat guruhlari, xolding kompaniyalari tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalarni tugatish va boʻlish ustidan, agar bu bozorda ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektning paydo boʻlishiga olib keladigan boʻlsa, tugatish sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga muvofiq amalga oshirilgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda xoʻjalik subyektlarini qoʻshib yuborish, birlashtirish va tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan shaxslar yoki organlar monopoliyaga qarshi davlat organiga quyidagilarni taqdim etadilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatishga rozilik berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birlashayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan har birining asosiy faoliyat turlari, ularning tegishli tovar bozoridagi ulushi va birlashmaga kirishga roziligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi davlat organi qaror chiqarish uchun zarur boʻlgan boshqa axborotlarni ham soʻrab olishga haqlidir. Koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni taqdim etish xususiyati va shakllariga qoʻyiladigan talablar monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi davlat organi zarur hujjatlarni olgan vaqtdan boshlab oʻttiz kundan kechiktirmay arizachiga qabul qilingan qaror haqida yozma ravishda maʼlum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar iltimosnomaning qondirilishi tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektning ustun mavqeyi yuzaga kelishi yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatni cheklashga olib kelishi mumkin boʻlsa, agar taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish chogʻida ularda bayon etilgan va qaror qabul qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan axborot ishonchsiz boʻlsa, monopoliyaga qarshi davlat organi iltimosnomani rad etishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi davlat organi iltimosnomani qondirishni raqobatni taʼminlashga qaratilgan talablarni bajarishga bogʻliq qilib qoʻyishga haqlidir. Bunda mazkur talablar, shuningdek ularni bajarish muddatlari monopoliyaga qarshi davlat organining ushbu modda birinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish uchun rozilik berishi toʻgʻrisidagi qarorida aks etmogʻi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilayotgan shaxslar va organlar oʻzlarining harakatlari bozorda savdo sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilishini, xaridorlarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab bersalar, monopoliyaga qarshi davlat organi hatto yuqorida koʻrsatib oʻtilgan noxush oqibatlar yuz berishi mumkin boʻlganida ham iltimosnomani qondirishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektni tashkil etish, qoʻshib yuborish, birlashtirish tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektning ustun mavqeyi yuzaga kelishi yoki kuchayishiga yoxud raqobatning cheklanishiga olib kelgan hollarda xoʻjalik yurituvchi subyektning muassislari, qoʻshib yuborish, birlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan shaxslar yoki organlar monopoliyaga qarshi davlat organining talabiga binoan raqobat uchun zarur sharoitlarni tiklash chora-tadbirlarini koʻrishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda xoʻjalik yurituvchi subyektlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar tugatilishi munosabati bilan ularni reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida yozib qoʻyish roʻyxatga oluvchi organ tomonidan faqat monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini olib amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada belgilangan tartibni buzgan holda yuridik shaxslarni tashkil etish, qoʻshib yuborish yoki birlashtirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborib va birlashtirib, moliya-sanoat guruhlari, xolding kompaniyalar tashkil etish, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq monopoliyaga qarshi davlat organi qoʻygan talablarni bajarmaslik davlat roʻyxatiga olishni monopoliyaga qarshi davlat organining daʼvosiga binoan sud tartibida haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Aksiyalar, ulushlar va boshqa mulkiy huquqlarni olish vaqtida monopoliyaga qarshi kurashga doir qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan olingan roziligi bilan xoʻjalik yurituvchi subyektning iltimosnomasi asosida quyidagilar amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir shaxsning, bir guruh shaxslarning xoʻjalik yurituvchi subyektning aksiyalarini, ustav kapitalidagi ovoz huquqiga ega boʻlgan ulushlarini olishi, bunda ushbu shaxs, bir guruh shaxslar mazkur aksiyalar, ulushlarning oʻttiz besh foizdan ortigʻini tasarruf etish huquqini oladi. Ushbu talab xoʻjalik yurituvchi subyektni tashkil etish chogʻida uning taʼsis etuvchilariga tatbiq etilmaydi, moliya-sanoat guruhlari, xolding kompaniyalarni tashkil etish hollari bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir shaxsning, bir guruh shaxslarning xoʻjalik yurituvchi subyektning tadbirkorlik faoliyatini olib borish yoxud uning ijroiya organi vazifalarini amalga oshirish shartlarini belgilash imkonini beruvchi huquqlarni olishi, shu jumladan bitimlar, shartnomalar, topshiriqnomalar, kontraktlar vositasida yoki boshqa yoʻllar bilan olishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli bitimda qatnashuvchi shaxslar aktivlarining jami balans qiymati eng kam ish haqining toʻrt ming barobari miqdoridan ortiq boʻlsa yoki bitim qatnashchilaridan biri tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlsa yoxud ushbu xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatini nazorat qiluvchi bir guruh shaxslar sotib oluvchi boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olinishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan bitimlarni tuzish uchun shaxslar monopoliyaga qarshi davlat organiga bunday bitimlarni tuzish uchun rozilik berish haqida iltimosnoma taqdim etishlari va qaror chiqarish uchun zarur boʻlgan axborotni maʼlum qilishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bitim qatnashchilari oʻz harakatlarining bozorda savdo sharoitlarini yaxshilashga, tovarning raqobatbardoshligini oshirishga koʻmaklashuvchi, xaridorlarga sezilarli tarzda naf keltiruvchi ijobiy samarasi koʻrib chiqilayotgan tovar bozori uchun kelib chiqadigan salbiy oqibatlardan ustun boʻlishini isbotlasalar, hatto raqobatni cheklash ehtimoli boʻlgan taqdirda ham monopoliyaga qarshi davlat organi iltimosnomani qondirishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxs aktivlarining jami balans qiymati eng kam ish haqining ikki ming barobari miqdoridan ortiq boʻlgan ikki va undan ortiq xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yoki ayni bir turdagi tovar guruhi boʻyicha reyestrga kiritilgan yoxud ayni bir turdagi ishlab chiqarish-sotish jarayonining turli bosqichidagi tovarlar guruhi boʻyicha reyestrga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ijroiya organlari, direktorlar kengashlari yoki kuzatuv kengashlarida ishtirok etgan taqdirda bu shaxs koʻrsatilgan organlarga yoki kengashlarga kirgani yoki saylanganidan soʻng oʻn besh kun ichida monopoliyaga qarshi davlat organiga xabar berishi zarur. Monopoliyaga qarshi davlat organiga xabar berilayotganida arizachi unga ariza bilan birga ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan axborotni ham taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada belgilangan tartibni buzgan holda tuzilgan, ustun mavqening vujudga kelishi yoki kuchayishiga yoki raqobatning cheklanishiga olib keladigan bitimlar yoki harakatlar haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda boʻlib yuborish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, monopoliyaga qarshi davlat organi raqobatni rivojlantirish maqsadida uni majburiy tarzda boʻlib yuborish yoki undan tarkibiy boʻlinmalar negizida bir yoki bir necha yuridik shaxsni ajratib chiqarish haqida sudga daʼvo arizasi berishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda boʻlib yuborish quyidagi shartlarning hammasi boʻlganida, yaʼni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻlib yuborilayotgan tarkibiy boʻlinmalar tashkiliy va hududiy jihatdan ajralib chiqishi mumkin boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uning tarkibiy boʻlinmalari oʻrtasida texnologiya jihatidan oʻzaro uzviy bogʻlanish boʻlmaganida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻlib yuborish natijasida tarkibiy boʻlinmalar muayyan tovar bozorida mustaqil ishlash imkoniyatiga ega boʻlganida amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. MONOPOLIYAGA QARShI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish oqibatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopoliyaga qarshi davlat organining koʻrsatmalarini belgilangan muddatda bajarishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jarima, penya toʻlashlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi davlat organi quyidagi qonunbuzarliklar uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga jarimalar solishga haqlidir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qonunbuzarliklarni toʻxtatish, dastlabki holatni tiklash, shartnomalarni bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarni bajarishdan boʻyin tovlaganlik yoki oʻz vaqtida bajarmaganlik uchun quyidagi miqdorlarda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqaruv organlari va yuridik shaxs boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxs boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) monopoliyaga qarshi davlat organiga axborot taqdim etmaganlik yoki ataylab notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etganlik uchun quyidagi miqdorlarda:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqaruv organlari va yuridik shaxs boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining qirq baravaridan ellik baravarigacha miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxs boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jarima xoʻjalik yurituvchi subyekt, boshqaruv organi yoki mansabdor shaxs tomonidan jarima solinganligi toʻgʻrisidagi qaror olingan paytdan boshlab oʻttiz kun muddat ichida akseptsiz tartibda toʻlanadi va davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni zudlik bilan ijro etish xoʻjalik yurituvchi subyektning bankrot boʻlishiga olib kelishi mumkin boʻlsa, monopoliyaga qarshi davlat organi yoki sud jarima solingan xoʻjalik yurituvchi subyektning arizasiga binoan jarimani boʻlib-boʻlib toʻlashga imkon berishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jarimani toʻlash monopoliyaga qarshi davlat organining qarori yoki koʻrsatmasini bajarish yoki monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni bajarish majburiyatidan ozod etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararni toʻlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar davlat boshqaruvi organi va mahalliy davlat hokimiyati organi, shu jumladan monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga xilof ravishda qabul qilingan normativ hujjat tufayli xoʻjalik yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga zarar keltirilsa, zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar xoʻjalik yurituvchi subyektning monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzuvchi harakati yoki harakatsizligi tufayli boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga zarar keltirilgan boʻlsa, u zarar yetkazgan xoʻjalik subyekti tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq toʻlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. MONOPOLIYAGA QARShI DAVLAT ORGANINING QARORLAR QABUL QILIShI, ULAR USTIDAN ShIKOYAT QILISh VA ULARNI IJRO ETISh TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisida monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi davlat organi monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish faktlarini koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida qarorlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish uchun monopoliyaga qarshi davlat organining oʻz tekshiruvlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining arizalari hamda prokuraturaning taqdimnomalari asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishlarni qoʻzgʻatish va koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisida ishlarni qoʻzgʻatish va koʻrib chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror manfaatdor tomonlarga ushbu qaror qabul qilinganidan soʻng besh kundan kechiktirmay yozma ravishda joʻnatiladi. Qabul qilingan qaror asosida beriladigan koʻrsatma ham xuddi shu muddatda joʻnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organining qarorlarini ijro etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori (koʻrsatmasi) unda belgilangan muddatda ijro etilishi lozim. Qarorni (koʻrsatmani) belgilangan muddatida ijro etmaslik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oqibatlarga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organining qarorlari ustidan shikoyat qilish tartibi va asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruv organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar monopoliyaga qarshi davlat organi qabul qilgan qarordan norozi boʻlganlari taqdirda bunday qarorni toʻla yoki qisman haqiqiy emas deb topish yoxud bekor qilish yoki iqtisodiy jazolarni qoʻllashga doir qarorni oʻzgartirish toʻgʻrisida ariza bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori (koʻrsatmasi) ustidan ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan jamoat nazorati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻz ustavlariga muvofiq raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish va isteʼmolchilarning manfaatlarini monopolistik faoliyatdan himoya qilish maqsadini koʻzlovchi jamoat birlashmalari tegishli organlar bilan birgalikda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yil 27-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
355-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 54-modda; 1999-y., 9-son, 229-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 405-modda)