Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 06.06.2002 yildagi 199-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 28.02.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YEVROPA TIKLANISh VA TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKNI KENGAYTIRIShGA DOIR ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihalar tayyorlanishini jadallashtirish, loyiha tayyorlanishidan uning toʻliq amalga oshirilishigacha boʻlgan butun davr mobaynida amaliy natija beradigan monitoringni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan birgalikda amalga oshirish moʻljallangan loyihalar roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*1-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*2-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan qoʻshma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki hafta muddatda ishchi guruhlarni shakllantirsinlar va ularning rahbarlarini tayinlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan qoʻshma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish boʻyicha ijroiya agentliklar sifatida belgilangan respublika vazirliklari va idoralari bilan birgalikda bir oy muddatda loyihalarni amalga oshirishga jadal tayyorgarlik koʻrilishini taʼminlaydigan chora-tadbirlarning tegishli rejalarini tasdiqlasinlar, bunda texnik-iqtisodiy asoslash oʻz vaqtida ekspertizadan oʻtkazilishini, mablagʻ bilan taʼminlash manbalari va qarz mablagʻlari qaytarilishini kelishishni nazarda tutsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshma loyihalarning tayyorlanishidan ularning toʻliq amalga oshirilishigacha boʻlgan butun davr mobaynida amaliy natija beradigan monitoringni taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida ishlab chiqilayotgan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishi yuzasidan texnik vazifalar ishchi guruhlar tomonidan majburiy tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligiga kelishish uchun taqdim etiladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlashga buyurtmanomalar Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari rahbarlari bilan kelishilgandan keyin Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti orqali yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar tayyorlanishi va roʻyobga chiqarilishi jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun vazirlikning markaziy apparati tuzilmasida 4 kishidan iborat monitoring guruhini tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Bosh vazirning oʻrinbosari, Iqtisodiyot vaziri R.S.Azimov texnik koʻmak olish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida moliyaviy koʻmak olish yuzasidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga buyurtmanomalarni imzolashga vakil qilinsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 6-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
199-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 42-modda)