1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining uy-joyga boʻlgan ehtiyojini qondirish, shuningdek oʻrtacha oylik daromadi yuqori boʻlmagan fuqarolarni davlat tomonidan manzilli qoʻllab-quvvatlashni izchil davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni bilan daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj aholiga uy-joy sotib olish uchun ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badal va foiz toʻlovlarining bir qismini toʻlash uchun subsidiya ajratilishi yoʻlga qoʻyilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari belgilanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tahlillar natijasiga koʻra, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ajratilgan ipoteka kreditlarini qaytarishda qarzdorlarning oʻrtacha oylik daromadi yetmasligi, natijada ularning muammoli kreditga aylanish xavfi mavjudligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi hamda mahalliy ijro hokimiyati organlarining 2022-yil 1-avgustga qadar tajriba tariqasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolariga ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha mahalliy hokimliklarning kafilliklarini berish va muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorliklarni qoplash tartibini joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tajriba tariqasida 2021-yil 1-avgustga qadar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining ipoteka kreditlari boʻyicha qarzdorliklarini soʻndirish jamgʻarmalarini (keyingi oʻrinlarda — jamgʻarma) tashkil etib, mahalliy budjet daromadlarining hisobot choraklari yakunlari boʻyicha aniqlanadigan prognozidan oshirib bajarilgan qismining 5 foizigacha boʻlgan miqdoridagi mablagʻlarni jamgʻarmaga yoʻnaltirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, jamgʻarma tomonidan beriladigan jami kafilliklar yigʻindisi jamgʻarma mablagʻlari qoldigʻining 5 baravaridan oshishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha mahalliy hokimliklar tomonidan kafilliklar berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlaridan oʻrtacha oylik daromadi kam boʻlgan fuqarolarga ipoteka kreditlari boʻyicha mahalliy hokimliklar tomonidan kafilliklar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kafillik berilgan qarz oluvchilarning ipoteka krediti boʻyicha bank oldidagi muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni mahalliy hokimliklar tomonidan qoplash tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan “Xalqparvar” komissiyalariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-avgustdan boshlab Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 25-martdagi 182-son qaroriga asosan subsidiya olish uchun oʻrtacha oylik daromadi yetmaydigan ipoteka kreditini olish istagida boʻlgan fuqarolarning roʻyxatini (keyingi oʻrinlarda — roʻyxat) shakllantirib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-avgustga qadar tijorat banklari bilan birgalikda mazkur qaror qabul qilingunga qadar ipoteka krediti olgan va oʻrtacha oylik daromadlari qarzdorliklarini toʻlash uchun yetarli boʻlmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj qarz oluvchilar toʻgʻrisida maʼlumotni shakllantirish va ularni roʻyxatga kiritish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi hamda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan birgalikda 2022-yil 10-avgustga qadar tajriba yakunlaridan kelib chiqib, asoslangan takliflarni Hukumatga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 24-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
459-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-iyuldagi 459-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha mahalliy hokimliklar tomonidan kafilliklar berish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VAQTINCHALIK NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi oʻrinlarda — hokimliklar) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolariga ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha kafilliklar berish va muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorliklarni qoplash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom 2022-yil 1-avgustga qadar amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamgʻarma — hokimliklar mahalliy budjetining choraklik daromadlar prognozidan oshirib bajarilgan qismining 5 foizigacha boʻlgan miqdoridagi oʻtkazmalardan shakllanadigan hokimliklarga ochiladigan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kafillik — ariza beruvchiga taqdim etiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan asosiy va foiz qarzdorliklarni soʻndirish yuzasidan kafillik shartnomasiga muvofiq hokimliklarning tijorat banki (keyingi oʻrinlarda — bank) oldidagi majburiyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxat — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoni bilan tashkil etilgan “Xalqparvar” komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — “Xalqparvar” komissiyasi) tomonidan shakllantiriladigan hamda oʻrtacha oylik daromadi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 25-martdagi 182-son qaroriga asosan subsidiya olish uchun belgilangan mezonlardan kam boʻlgan fuqarolar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarz oluvchi — ipoteka krediti boʻyicha kafillik olish maqsadida ariza bilan murojaat qiluvchi 18 yoshga toʻlgan va 60 yoshdan oshmagan hamda roʻyxatda turuvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Kafillik roʻyxatdagi qarz oluvchilarga banklar tomonidan ajratilgan (ajratiladigan) ipoteka kreditlari boʻyicha beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Kafillik berilganligi uchun hokimliklar tomonidan toʻlov (mukofot puli) undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Hokimliklar choraklar yakuni bilan mahalliy budjet daromadlari prognozidan oshirib bajarilgan qismining 5 foizigacha miqdordagi mablagʻlarni har chorak yakuni bilan keyingi oyning 25 sanasiga qadar Jamgʻarmaga oʻtkazib boradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Kafillikni berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Kafillik ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha hokimliklar tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafillik hokimliklar tomonidan “Xalqparvar” komissiyalarining ijobiy xulosasi mavjud boʻlgan taqdirdagina beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Kafillikni olish uchun qarz oluvchi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha arizani hamda unga ilova sifatida shaxsiy identifikatsiya raqami maʼlumotlari va shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini hokimlikka taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hokimlik, zaruratga koʻra, qarz oluvchi va uning oila aʼzolari toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil soʻrab oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Hokimlik hujjat kelib tushgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni “Xalqparvar” komissiyasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarz oluvchi va uning oila aʼzolarining shaxsiy identifikatsiya raqami maʼlumotlarini hududiy davlat soliq boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Soliq boshqarmasi) yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur Nizom tasdiqlangunga qadar ipoteka krediti olgan va oʻrtacha oylik daromadlari qarzdorliklarini toʻlash uchun yetarli boʻlmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj qarz oluvchilarning bank filialiga taqdim etgan arizasiga asosan mazkur bank filiali tomonidan ushbu Nizomning 7-bandida keltirilgan hujjatlarni “Xalqparvar” komissiyasiga hamda qarz oluvchi va uning oila aʼzolarining shaxsiy identifikatsiya raqami maʼlumotlarini Soliq boshqarmasiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Soliq boshqarmasi qarz oluvchi va uning oila aʼzolari shaxsiy identifikatsiya raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlari kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida ularning oʻrtacha oylik daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Xalqparvar” komissiyasiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Xalqparvar” komissiyasi hokimlik (bank) va Soliq boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqadi va Soliq boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan maʼlumot kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanqidiy mulohazalar boʻlmaganda — qarz oluvchini roʻyxatga kiritadi va hokimlikka ipoteka krediti boʻyicha kafillik berishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida ijobiy xulosani taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanqidiy mulohazalar boʻlganda — kafillik berishni rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda uni hokimlikka (mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hollarda — bankka) yozma shaklda yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Quyidagi hollarda ariza beruvchiga kafillik berilishi rad etilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ariza beruvchining oʻrtacha oylik daromadi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 25-martdagi 182-son qaroriga asosan subsidiya olish uchun belgilangan mezonlarga mos yoki undan koʻproq boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki soxta maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. “Xalqparvar” komissiyasi tomonidan taqdim etilgan ijobiy xulosa kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida hokimlik Jamgʻarma mablagʻlarining mavjudligi va mahalliy budjeti tushumlari prognozini, shuningdek kredit shartnomasi va qarzni qaytarish jadvalini (ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha) hisobga olgan holda qarz oluvchi tomonidan jalb etilayotgan (etilgan) ipoteka kreditlari boʻyicha unga kafillik berish toʻgʻrisida kafillikning maksimal miqdorini koʻrsatgan holda qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. “Xalqparvar” komissiyasidan tanqidiy mulohaza kelib tushganda hokimlik (mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hollarda — bank) uch ish kuni mobaynida qarz oluvchiga kafillik taqdim etilmaslik sabablarini va kamchiliklarni bartaraf qilgan holda hujjatlarni qayta topshirish muddatini koʻrsatgan holda (agar bartaraf etish imkoni mavjud boʻlsa) rad etish xatini yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Hokimlik kafillik berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilgan kundan keyingi kundan kechiktirmasdan qaror nusxasini qarz oluvchiga, (mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hollarda — bankka) yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qarz oluvchi hokimlikning kafillik ajratish toʻgʻrisidagi qaroridan nusxani olgan kundan besh ish kuni mobaynida tegishli bank filialiga borib, qarordan nusxani taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ipoteka krediti ajratish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingan, shuningdek hokimlikdan kafillik berish toʻgʻrisidagi qaror nusxasi kelib tushgan taqdirda, uch ish kuni davomida ipoteka krediti shartnomasi nusxasini hamda bank filiali rahbari yoki uning oʻrinbosari va qarz oluvchi tomonidan imzolagan kafillik shartnomasi loyihasini 3 nusxada hokimlikka yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Bank filiali va qarz oluvchi imzolagan uch nusxadagi kafillik shartnomasi loyihasi hokimlikka kelib tushgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi yoki uning birinchi oʻrinbosari tomonidan imzolanadi hamda kafillik shartnomasini qarz oluvchi va bank filialiga bir nusxadan yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Kafillik shartnomalarini hisobi hokimlikning alohida hisobga olish jurnalida yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafillik shartnomalarini hisobga olish jurnali raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan vakolatli mansabdor shaxsning imzosi va hokimlikning gerbli muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Kafillik shartnomasi imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Bank tomonidan ipoteka kreditlari hokimlikning kafilligi taqdim etilgan qarz oluvchilarga Moliya vazirligi tomonidan bankka ipoteka krediti ajratish uchun joylashtirgan resurslar hisobidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Qarz oluvchilarga kafillik ostida ajratilgan kreditlar boʻyicha kafillik shartnomalarida belgilangan majburiyatlarni ijro etish va muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni qoplash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Kafillik berilgan qarz oluvchilarga ajratilgan kreditlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelganda va kredit shartnomalariga ilova qilinadigan ularni qaytarish jadvaliga rioya qilinmaganda, bank filiali oʻttiz kun mobaynida hokimliklarni muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik hosil boʻlganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Bank filiali murojaatga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kafillik shartnomasining nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit shartnomasining nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarz oluvchining muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik borligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Hokimlik bank filialining murojaatini besh ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi va qarz oluvchining mavjud muddati oʻtkazib yuborilgan qarzini bank filialiga toʻlab berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jalb etilgan kreditlar boʻyicha qarz oluvchining muddati oʻtkazib yuborilgan qarzini qaytarish uchun moʻljallangan mablagʻlar kafil tomonidan faqat kredit beruvchining hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Qarz oluvchining muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng keyingi ish kunidan kechikmay hokimlik qarz oluvchining qarzdorligi summasini Jamgʻarmadagi mablagʻlar hisobiga har bir qarz oluvchi uchun bankda alohida ochiladigan 29801 (Mijozlar bilan hisob-kitoblar) hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29801 hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlardan faqat qarz oluvchilarning kreditlari va unga hisoblangan foizlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni qaytarish uchun foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Hokimliklarning qarz oluvchi tomonidan jalb etilgan kredit boʻyicha qarz oluvchining muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorligini qaytarishga yoʻnaltirilgan Jamgʻarma mablagʻlari koʻrsatib oʻtilgan qarz oluvchiga tegishli boʻlgan mol-mulk yoki boshqa hech qanday manba hisobidan qoplanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Hokimliklarning kafilligi ostida ajratilgan ipoteka kreditlaridan maqsadli foydalanish va ularni oʻz vaqtida qaytarishning hisobini yuritish va monitoring olib borish hokimliklarning moliya boʻlimlari tomonidan maʼlumotlarni muntazam ravishda solishtirish orqali banklar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari har chorak yakunlari boʻyicha kafilliklar berilishining toʻgʻriligini tekshiradi hamda hokimliklarining kafilligi ostida ajratilgan ipoteka kreditlaridan maqsadli va samarali foydalanish ustidan nazorat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha mahalliy hokimliklar tomonidan kafilliklar berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy hokimliklar tomonidan ipoteka kreditlari boʻyicha kafillik berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Qarz oluvchi
Kafillik olish uchun ariza va zarur tegishli hujjatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga (keyingi oʻrinlarda — hokimlik), kredit boʻyicha qarzdorligi mavjud hollarda esa tegishli bank filialiga taqdim etadi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Hokimlik / Bank filiali
1. Kafillik olish uchun taqdim etilgan ariza va hujjatlarni qabul qilib oladi.
Hujjatlar qabul qilingan kunda.
2. Kafillik uchun zarur hujjat va maʼlumotlarni “Xalqparvar” komissiyasiga va qarz oluvchi va uning oila aʼzolarining shaxsiy identifikatsiya raqamiga doir maʼlumotlarini viloyat Soliq boshqarmasiga yuboradi.
Hujjatlar kelib tushgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay
3-bosqich
Soliq boshqarmasi
1. Qarz oluvchi va uning oila aʼzolarining shaxsiy identifikatsiya raqamiga doir maʼlumotlarini qabul qilib oladi.
Hujjatlar kelib tushgan kunda
2. Qarz oluvchi va uning oilasi oʻrtacha oylik daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani “Xalqparvar” komissiyasiga yuboradi.
Uch ish kun davomida
4-bosqich
“Xalqparvar” komissiyasi
1. Kafillik boʻyicha Hokimlik va bank tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni hamda Soliq boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotnomani qabul qiladi.
Hujjatlar kelib tushgan kunda
2. Olingan hujjatlarni koʻrib chiqadi va Hokimlikka kafillik ajratishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida ijobiy xulosa beradi va qarz oluvchini Roʻyxatga kiritadi yoki ular boʻyicha tanqidiy mulohazalar Hokimlik yoki bankka yuboradi.
Soliq boshqarmasi maʼlumotnoma taqdim etgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida
5-bosqich
Hokimlik
Kafillik ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va qarordan koʻchirmani qarz oluvchiga yuboradi (ijobiy xulosa boʻlganda).
Uch ish kuni mobaynida
Hokimlik / Bank filiali
Kafillik taqdim etilmasligi boʻyicha rad etish xatini qarz oluvchiga yuboradi (tanqidiy mulohazalar boʻlganda).
6-bosqich
Qarz oluvchi
1. Kafillik berish toʻgʻrisida qarordan nusxani qabul qilinganda, tegishli bank filialiga qaror nusxasini taqdim etadi.
Besh ish kuni mobaynida
2. Tanqidiy mulohazalar bildirilgan boʻlsa, ularni bartaraf etish va takliflarni hisobga olgan holda hujjatlarni qayta taqdim etadi.
Tanqidiy mulohazalarda koʻrsatilgan muddat mobaynida (zaruratga koʻra)
7-bosqich
Bank filiali
Kredit shartnomasi nusxasini hamda bank va qarz oluvchi tomonidan uch nusxada imzolagan kafillik shartnomasi loyihasini Hokimlikka yuboradi.
Uch ish kuni mobaynida
8-bosqich
Hokimlik
Kafillik shartnomasi Hokim yoki uning birinchi oʻrinbosari tomonidan imzolanadi hamda kafillik shartnomasini qarz oluvchi va tegishli bank filialiga bir nusxadan yuboradi.
Kafillik shartnomasi loyihalari kelib tushgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha mahalliy hokimliklar tomonidan kafilliklar berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
______________________________ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat (Toshkent shahar) hokimligiga
Ipoteka kreditlari boʻyicha mahalliy hokimliklarning kafilligini olish uchun
ARIZA
1. Fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi______________________________________
2. Yashash manzili____________________________________________________________
3. Telefon raqami (kod bilan)_____________________________________________________
5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR)_____________________
6. Asosiy faoliyati turi______________________________________________________
7. Oila aʼzolari haqida maʼlumot
___________________
___________________
___________________
(F.I.O.)
(qarindoshlik aloqasi)
(JSH SHIR)
___________________
___________________
___________________
(F.I.O.)
(qarindoshlik aloqasi)
(JSH SHIR)
___________________
___________________
___________________
(F.I.O.)
(qarindoshlik aloqasi)
(JSH SHIR)
8. Kafillik ostida jalb etilgan (etilayotgan) ipoteka krediti summasi: _______________ ming soʻm.
9. Kafillik olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar ushbu arizaga ilova qilinadi, _________ varaqda.
Sizdan ushbu arizani unga ilova qilinadigan hujjatlar bilan birgalikda koʻrib chiqishingizni va men tomonidan jalb qilingan (qilinadigan) ipoteka krediti boʻyicha _________________ hokimligining kafilligi berilishini iltimos qilaman.
Fuqaroning F.I.O.
imzo____________
sana____________
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 09/21/459/0698-son; 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)