14.07.2021 yildagi O‘RQ-701-son
Hujjat 15.07.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
ushbu Qonunning 2-ilovasida ko‘rsatilmagan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni jismoniy shaxslarga berish bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ushbu Qonunning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakolatlariga taalluqli bo‘lgan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari tegishli faoliyat sohalaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu Qonunning 1-ilovasida ko‘rsatilgan faoliyat turlari faoliyatning litsenziyalanadigan turlaridir.
litsenziyalarni bekor qiladi yoki ushbu Qonunning 33-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda litsenziyalarni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi;
Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan faoliyat turlarini (kichik turlarini) amalga oshirish uchun litsenziyalarning amal qilish muddatlari faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarda va ularning pasportlarida belgilanadi, lekin bu muddatlar besh yildan kam bo‘lmasligi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddati tugagach, u litsenziatning arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan tartibda vakolatli organga topshiriladi. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziyani berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu Qonunning 2-ilovasida ko‘rsatilgan faoliyat (harakatlar) turlari amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turlaridir.
ushbu Qonunning 32 va 33-moddalarida nazarda tutilgan hollarda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilishini to‘xtatib turish yoki ularni bekor qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi va (yoki) ushbu masalalarni sud tartibida ko‘rib chiqish tashabbusi bilan chiqadi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati tugagach, u talabgorning arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan tartibda vakolatli organga topshiriladi. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirish ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirishning soddalashtirilgan tartibi belgilanishi mumkin.
Ariza hamda unga ilova qilingan hujjatlar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda vakolatli organga kelib tushgan paytdan e’tiboran ular ro‘yxatdan o‘tkazilgan deb hisoblanadi.
Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi ariza bilan ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan tartibda murojaat qilgan taqdirda, talabgor tomonidan quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Talabgorning arizasi ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan tartibda barcha zarur hujjatlar bilan qabul qilib olingan sanadan e’tiboran vakolatli organ tomonidan uni ko‘rib chiqish, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoxud uni berishni rad etish muddati yigirma ish kunidan oshmasligi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatning ayrim litsenziyalanadigan turlari va amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish zarur bo‘lgan faoliyat (harakatlar) turlari uchun ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda talabgorlarning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizasini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqish, uni berish yoki berishni rad etish muddatlarini yigirma ish kunidan ortiq etib belgilashi mumkin.
Agar vakolatli organ talabgorning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish, uni berish yoki berishni rad etish muddati mobaynida talabgorga litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bermasa va uni berishni rad etmasa, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar o‘tganidan keyin talabgor amalga oshirilishi uchun litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olish niyatida bo‘lgan faoliyatni (harakatni) amalga oshirish huquqiga, bu haqda vakolatli organni maxsus elektron tizim yoki YIDXP vositasida elektron shaklda xabardor qilgan holda, ega bo‘ladi.
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan holda talabgor belgilangan davlat bojini yoki yig‘imni to‘laganidan keyin maxsus elektron tizim vositasida unga litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat beriladi. Bunda talabgor litsenziyasiz va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz faoliyat bilan shug‘ullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas hamda vakolatli organlar ehtimol tutilgan barcha oqibatlar uchun javobgar bo‘ladi.
Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi va ikkinchi qismining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollar aniqlanganda, agar arizada bartaraf etish mumkin bo‘lgan kamchiliklar mavjud bo‘lsa, vakolatli organ ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat beradi. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risidagi xabarnoma vakolatli organ tomonidan maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda talabgorga bir ish kuni ichida yuboriladi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatda ko‘rsatilgan ma’lumotlar ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilmagan hollarda o‘zgartirilgan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish tadbirkorlik subyektining tegishli hujjatlar ilova qilingan holdagi arizasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlarni vakolatli organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda, sud litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat ushbu modda birinchi qismining yettinchi — o‘ninchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollarda sud tomonidan bekor qilinadi. Vakolatli organ litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish to‘g‘risida sudga ariza bilan murojaat qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay litsenziatga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxsga maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish haqida ariza bilan sudga murojaat qilish asoslarini, qonunchilikning aniq normalarini ko‘rsatgan holda yetkazadi.
Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat ushbu modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisida ko‘rsatilgan asosga ko‘ra bekor qilingan taqdirda, litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat ular berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Ushbu Qonunning 3-ilovasida ko‘rsatilgan faoliyat (harakatlar) turlarini (kichik turlarini) amalga oshirish uchun bu haqda vakolatli organni xabardor qilish talab etiladi. Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning (harakatlarning) ushbu Qonunda nazarda tutilmagan yangi turlarini (kichik turlarini) joriy etish taqiqlanadi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan faoliyat (harakatlar) turlari (kichik turlari) bilan vakolatli organni xabardor qilmasdan shug‘ullanish taqiqlanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda xabardor qiluvchi tomonidan maxsus elektron tizim yoki YIDXP vositasida xabarnoma yuborilganda, pasportlarda belgilangan tartibda taqsimlanadigan yig‘imning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Agar vakolatli organ ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rmasa, xabardor qiluvchi vakolatli organni maxsus elektron tizim vositasida xabardor qilgan holda o‘z faoliyatini (harakatlarini) davom ettirishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda vakolatli organ dalolatnoma tuzadi va bir ish kuni ichida uni maxsus elektron tizim vositasida xabardor qiluvchiga yuboradi. Dalolatnoma tuzilganidan keyin vakolatli organ besh ish kuni ichida sudga xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatish haqida ariza beradi.
Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyati (harakatlari) ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan asosga ko‘ra tugatilgan taqdirda, bu faoliyat xabardor qiluvchi tomonidan xabarnoma yuborilgan sanadan e’tiboran tugatilgan deb hisoblanadi.
Vakolatli organ xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni (harakatlarni) tugatish to‘g‘risidagi arizada xabardor qiluvchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlikning ahamiyatini hisobga olgan holda, ushbu Qonunning 3-ilovasiga kiritilgan faoliyat (harakatlar) turlarini (kichik turlarini) xabardor qiluvchi tomonidan amalga oshirishni uch oygacha bo‘lgan muddatga taqiqlash to‘g‘risidagi talabni nazarda tutishi mumkin. Bunda xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirishni taqiqlashning aniq muddati sud tomonidan qonunga muvofiq aniqlanadi.
Ushbu modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlari bilan bog‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarni vakolatli organlar tomonidan tahlil qilish, tekshirish hamda ularni litsenziatlardan, faoliyatni (harakatlarni) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida amalga oshiruvchi shaxslardan, xabardor qiluvchilardan so‘rab olish taqiqlanadi.
Jarimalar vakolatli organlar tomonidan ushbu Qonun 48-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda o‘tkaziladigan nazorat tadbirlari asosida solinadi. Bunda nazorat tadbiri davomida aniqlangan huquqbuzarlik to‘g‘risida dalolatnoma tuzilib, u tegishincha vakolatli organning va yuridik shaxs bo‘lgan huquqbuzar (bundan buyon matnda huquqbuzar deb yuritiladi) mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi.
Yuridik shaxsning ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi tegishli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda uning mansabdor shaxslarini ma’muriy, jinoiy yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa javobgarlikdan ozod etmaydi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda vakolatli organ tomonidan huquqbuzarning o‘z faoliyatini qonunchilik hamda litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari talablari va shartlariga muvofiq amalga oshirishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi hamda yordam ko‘rsatiladi.
Ushbu Qonun 48-moddasi ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi hamda uchinchi qismi, shuningdek 49 — 57-moddalari rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

T/r

Litsenziyaning nomi

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari

Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar

1.

Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya

Maktabgacha ta’lim xizmatlari (bundan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xizmatlari mustasno);

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim xizmatlari;

professional ta’lim xizmatlari;

oliy ta’lim xizmatlari;

oliy ta’limdan keyingi ta’lim xizmatlari;

avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash.

2.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyat.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi

3.

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya

Yakkaxon ijrochi konserti (bitta ijrochining yakkaxon konsert dasturi), bitta janrning ikki yoki undan ko‘p ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi, turli janrlar yo‘nalishlarining bir nechta ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi va boshqalar), ommaviy axborot vositalarida qo‘shiqlar va videokliplarni taqdim etish;

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi O‘zbekkonsert davlat muassasasi

restoranlar, barlar, qahvaxonalar, xususiy uylarda yubiley tantanalarida xizmat ko‘rsatish, restoranlar, barlar, qahvaxonalar va xususiy uylarda to‘ylarda (FHDYdagi marosim, osh berish” marosimi, kechqurungi nikoh tuzish — nikoh to‘yi” marosimi, kelin salom” marosimi), sunnat to‘yi marosimiga xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar tashkilotlarda — klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahvaxonalarda xizmat ko‘rsatish (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi, didjey-ovoz operatori, ma’mur va boshqalar).

4.

Advokatlik faoliyati uchun litsenziya

Fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritishni amalga oshirishga doir advokatlik faoliyati;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari

ma’muriy va jinoiy sud ishlarini yuritishni amalga oshirishga doir advokatlik faoliyati.

5.

Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya

Xususiy notarial faoliyat.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari

6.

Turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya

Ichki turizm faoliyati (O‘zbekiston Respublikasi ichkarisida turistik faoliyatni amalga oshirish);

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm va sport bosh boshqarmalari

chiqish turizmi faoliyati (O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida turistik faoliyatni (shu jumladan tibbiy va ta’lim turizmini) amalga oshirish);

kirish turizmi faoliyati (O‘zbekiston Respublikasiga chet el fuqarolarini jalb etishga oid turistik faoliyatni amalga oshirish).

7.

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya

Kripto-birja faoliyati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi

8.

Sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati uchun litsenziya

Sug‘urtalovchilarning sug‘urta faoliyati;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi

sug‘urta brokerlarining faoliyati.

9.

Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun litsenziya

Rektifikatlangan iste’mol etil spirtini, shu jumladan uzum, rezavor meva, shuningdek vino spirtini, uzum va rezavor mevadan tayyorlangan spirt xomashyosini ishlab chiqarish;

O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

texnik et�l spirtini, efiroaldegidli fraksiyani (etil spirtining bosh fraksiyasini) ishlab chiqarish;

uzum, vino, konyak, viski, rom, rezavor meva va kalvados distillyatini ishlab chiqarish;

aroq, shu jumladan uzum va meva arog‘ini, shuningdek likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarish;

konyak, konyak ichimligini, brendi, viski, rom, kalvadosni ishlab chiqarish;

uzum va rezavor meva vinosini, ko‘piklanadigan va gazli vinoni ishlab chiqarish;

o‘tkirligi 7,0 foizdan 22 foizgacha bo‘lgan vino ichimliklarini ishlab chiqarish;

uzum va rezavor mevadan tayyorlangan vino materiallarini ishlab chiqarish.

10.

Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyat uchun litsenziya

Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi.

O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

11.

Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati uchun litsenziya

Tamaki mahsulotlarini (barcha klassdagi sigaretlar, papiroslar, sigaralar va sigarillalarni) sanoat asosida ishlab chiqarish.

O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

12.

Affinaj faoliyati uchun litsenziya

Ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilardagi qimmatbaho metallarni, shu jumladan oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallarni affinaj qilish, shuningdek mexanik, kimyoviy va metallurgiya jarayonlaridan foydalangan holda o‘z ishlab chi�arish chiqindilaridan qimmatbaho metallarni ajratib olish;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi

foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litseziyaga ega bo‘lganlar uchun — tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan mineral xom-ashyoni qazib olish, qayta ishlash, tashish, shixtovkalash, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan konsentratlarni, gravitatsiya konsentratlarini, cho‘kindi oltinni, Dore qotishmasini, katod metallarni, rux cho‘kmalarini, boyitilgan smolani olish;

tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan ikkilamchi resurslarni, parcha va chiqindilarni to‘plash, tashish, qismlarga ajratish, ularga dastlabki ishlov berish, ularni saralash, qayta ishlash hamda utilizatsiya qilish;

yuridik va jismoniy shaxslardan qimmatbaho metallarni, shu jumladan oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallarni, zargarlik buyumlarini, qimmatbaho metallarning parcha va chiqindilarini, ikkilamchi resurslarni, ishlab chiqarish-texnik yo‘nalishdagi va tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan boshqa buyumlarni sotib olish;

oltin izlovchilarga xizmatlar ko‘rsatish, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan ikkilamchi resurslar, parchalar va chiqindilarni to‘plash uchun sotib olingan qimmatbaho metallarning but saqlanishini ta’minlashga doir talablarga muvofiq jihozlangan sayyor qabul qilish-tayyorlov punktlarini tashkil etish;

respublika hududida qimmatbaho metallarni sotib olish va sotish punktlarini ochish;

qimmatbaho metallarni sotib olish va sotish bo‘yicha birja savdolarida ishtirok etish.

13.

Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya

Bank faoliyati.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

14.

Mikrokredit tashkilotlari faoliyati uchun litsenziya

Mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

15.

Kredit byurolari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya

Kredit byurolari faoliyati.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

16.

Avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyati uchun litsenziya

Yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo mikroavtobus hamda avtobuslarda tashish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri transport boshqarmalari

yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo yengil avtomobillarda tashish;

yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslarda tashish;

yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha mikroavtobuslarda tashish;

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha yengil avtomobillarda tashish.

17.

Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati uchun litsenziya

Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish;

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

18.

Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyati uchun litsenziya

mahalliy yo‘nalishda temir yo‘l transportida yo‘lovchilar tashish;

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

xalqaro yo‘nalishda temir yo‘l transportida yo‘lovchilar tashish;

mahalliy yo‘nalishda temir yo‘l transportida yuklar tashish;

xalqaro yo‘nalishda temir yo‘l transportida yuklar tashish.

19.

Bojxona omborini ta’sis etish uchun litsenziya

Bojxona omborini ta’sis etish va uning faoliyat yuritishi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi

20.

Bojxona rejimida omborxona — “erkin omborxona” ta’sis etish uchun litsenziya

Bojxona rejimida omborxona — “erkin omborxona” ta’sis etish va uning faoliyat yuritishi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi

21.

Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyati uchun litsenziya

Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyati.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi

22.

Pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya

Pirotexnika buyumlarini yaratish;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

pirotexnika buyumlarini ishlab chiqarish;

pirotexnika buyumlarini tashish;

pirotexnika buyumlarini yo‘q qilish;

pirotexnika buyumlarini utilizatsiya qilish;

pirotexnika buyumlarini saqlash;

pirotexnika buyumlarini realizatsiya qilish;

texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan foydalanish (xavflilikning III — V klasslari).

23.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat uchun litsenziya

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish);

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash hamda realizatsiya qilish (berish);

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash hamda taqsimlash;

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish;

yangi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqish hamda saqlash;

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish, tayyorlash va saqlash;

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilish;

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va o‘quv maqsadlarida, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shu jumladan tibbiyotda hamda veterinariyada foydalanish va ularni saqlash;

tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish hamda saqlash.

24.

Tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish, olib kirish (olib chiqish), qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish (berish), olish va tashish faoliyati uchun litsenziya

Tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish;

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida olib kirish (olib chiqish);

tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida qayta ishlash;

tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida saqlash;

tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida realizatsiya qilish (berish);

tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida olish;

tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida tashish.

25.

Tibbiy faoliyat uchun litsenziya

Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari bo‘yicha.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

26.

Farmatsevtika faoliyati uchun litsenziya

Dori vositalarini ishlab chiqarish;

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

dori vositalarini tayyorlash;

dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilish;

dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish (bundan oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish mustasno).

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining hududiy bo‘linmalari

27.

Veterinariya faoliyati uchun litsenziya

Veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlari;

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

veterinariya preparatlarini, shu jumladan veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qo‘shimchalari, biologik preparatlar va zoogigiyena vositalarini ishlab chiqarish hamda tayyorlash;

veterinariya preparatlarini, shu jumladan veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qo‘shimchalari, biologik preparatlar va zoogigiyena vositalarini realizatsiya qilish.

28.

Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyati uchun litsenziya

Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash ishlarini bajarish;

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida qurilish-montaj ishlarini bajarish.

29.

Ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish va ularni ta’mirlash faoliyati uchun litsenziya

Ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish;

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

ko‘priklar va tonnellarni qurish;

ko‘priklar va tonnellarni ta’mirlash.

30.

Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish faoliyati uchun litsenziya

Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish;

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni qurish;

xavfi yuqori bo‘lgan obyektlardan va potensial xavfli ishlab chiqarishlardan foydalanish.

31.

Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziya

O‘zbekiston Respublikasi hududini va hududi qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish;

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari hududini rivojlantirishni rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish;

aholi punktlari hududlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish;

aholi punktlari hududlarini qurish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish;

qurilish obyektlari uchun muhandislik-texnik qidiruvlarini (muhandislik-geodeziya qidiruvlaridan tashqari) bajarish;

uy-joy-xo‘jalik qurilishi uchun obyektlar va komplekslar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish;

sanoat qurilishi uchun obyektlar va komplekslar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish;

suv xo‘jaligi qurilishi uchun obyektlar va komplekslar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish;

qishloq xo‘jaligi qurilishi uchun obyektlar va komplekslar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish;

energetika qurilishi va aloqa obyektlari hamda komplekslarini loyihalashtirish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish;

transport va yo‘l qurilishi obyektlari hamda komplekslarini loyihalashtirish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish;

magistral muhandislik tarmoqlarini (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlaridan tashqari) loyihalashtirish;

umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;

arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash uchun hujjatlar;

“Obyektlarning asoslari va poydevorlari bo‘limini loyihalashtirish;

“Metall obyektlar konstruksiyalari bo‘limini loyihalashtirish;

“Temir-beton obyektlari konstruksiyalari bo‘limini loyihalashtirish;

maxsus obyektlar va inshootlarni loyihalashtirish;

qurilish obyektlarini kapital va joriy ta’mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlari;

binolar va inshootlarning texnik holatini tekshirish;

binolar va inshootlarni mustahkamlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;

korroziyaga qarshi himoyani ishlab chiqish;

binolar va inshootlarning muhandislik tarmoqlari hamda tizimlarini loyihalashtirish;

kapital qurilishda tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish uchun tanlov (tender) hujjatlarini tayyorlash.

32.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya

Mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish;

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommuni�atsiyalarini rivojlantirish vazirligi

mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlarini qurish;

mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish;

mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish;

xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish;

xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish;

ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish;

ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini qurish;

ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish;

ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlarini qurish;

ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlaridan foydalanish;

ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish;

ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish;

ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish;

ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini qurish;

ma’lumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanish;

ma’lumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish;

teleradioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish;

teleradioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) tarmoqlarini qurish;

teleradioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) tarmoqlaridan foydalanish;

teleradioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish.

33.

Birja faoliyati uchun litsenziya

Fond birjasi faoliyati va qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi faoliyati;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

valyuta birjasi faoliyati;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

tovar-xomashyo birjasi faoliyati.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

34.

Xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyati uchun litsenziya

Xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyati.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

35.

Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya

Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish;

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi

portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini ishlab chiqarish;

portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini tashish;

portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini saqlash;

portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini realizatsiya qilish.

36.

Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyat uchun litsenziya

Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomalada bo‘lish;

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi

ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini loyihalashtirish;

ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini barpo etish;

ionlashtiruvchi nurlanish manbalariga xizmat ko‘rsatish;

ionlashtiruvchi nurlanish manbalari uchun texnologik asbob-uskunalarni, radiatsiyadan muhofazalanish vositalarini yaratish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari;

ionlashtiruvchi nurlanish manbalari uchun texnologik asbob-uskunalarni, radiatsiyadan muhofazalanish vositalarini tayyorlash sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari;

ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish;

ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ishlab chiqarish;

ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini hosil qilish;

ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qayta ishlash;

ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish;

ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini saqlash;

ionlashtiruvchi nurlanish manbalariga xizmat ko‘rsatish;

ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini tashish;

ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini zararsizlantirish;

ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini utilizatsiya qilish;

ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ko‘mish.

37.

Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya

Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat.

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi

38.

Qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya

Qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish;

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani ishlab chiqarish;

qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani ta’mirlash;

qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani realizatsiya qilish.

39.

Bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash faoliyati uchun litsenziya

Bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash);

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini qayta ishlash.

40.

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

fuqaroviy va xizmat qurolini ta’mirlash;

fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish.

41.

Kosmik texnologiyalarni qo‘llovchi tashkilotlarning f�oliyati uchun litsenziya

Ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari, loyiha-konstruktorlik va texnologik ishlanmalar, kosmik texnikaning sinov, tajriba va tijorat namunalarini tayyorlash hamda sinovdan o‘tkazish;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi

oxirgi iste’molchilarga kosmik xizmatlar ko‘rsatish.

42.

Axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya

Axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati

axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqarish;

axborotning kriptografik himoya vositalarini realizatsiya qilish.

43.

To‘lov tizimlari operatorining faoliyati uchun litsenziya

To‘lov tizimlari operatorining faoliyati.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

44.

To‘lov tashkilotlarining faoliyati uchun litsenziya

To‘lov tashkilotlarining faoliyati.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

45.

Diniy ta’lim muassasalarining faoliyati uchun litsenziya

Diniy ta’lim muassasalarining faoliyati.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

46.

Bukmekerlik faoliyati uchun litsenziya

Bukmekerlik faoliyati.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

47.

Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat uchun litsenziya

Investitsiya vositachisining faoliyati;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyati.

48.

Neft, gazni (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya

Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish;

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

neft, gaz va gaz kondensatini qayta ishlash;

neft, gaz va gaz kondensatini realizatsiya qilish.

49.

Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish hamda ularni ta’mirlash faoliyati uchun litsenziya

Magistral gaz quvurlarini loyihalashtirish;

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

neft quvurlarini loyihalashtirish;

neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish;

magistral gaz quvurlarini qurish;

neft quvurlarini qurish;

neft mahsulotlari quvurlarini qurish;

magistral gaz quvurlaridan foydalanish;

neft quvurlaridan foydalanish;

neft mahsulotlari quvurlaridan foydalanish;

magistral gaz quvurlarini ta’mirlash;

neft quvurlarini ta’mirlash;

neft mahsulotlari quvurlarini ta’mirlash.

T/r

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning (tartib-taomilning) nomi

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar)

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar

1.

Og‘ir vaznli va katta hajmli yuklarni avtomobil transportida tashish uchun ruxsatnoma, bundan past va o‘rtacha faollikdagi radioaktiv chiqindilarni tashish mustasno

Og‘ir vaznli va katta hajmli yuklarni avtomobil transportida tashish, bundan past va o‘rtacha faollikdagi radioaktiv chiqindilarni tashish mustasno.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

2.

Avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnoma

Xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

3.

Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma

Boshqa model va modifikatsiyalarning agregat va uzellari, ehtiyot qismlari va butlovchi detallaridan foydalangan holda avtomototransport vositasi konstruksiyasi va tarkibiy qismlarining elementlariga o‘zgartirishlar kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

4.

Harakatdagi tarkibning umumiy foydalaniladigan temir yo‘llarga chiqishi uchun ruxsatnoma

Harakatdagi tarkibning umumiy foydalaniladigan temir yo‘llarga chiqishi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri transport boshqarmalari

5.

Temir yo‘l shoxobcha yo‘llarini, shuningdek yuklash, tushirish hamda vagon va konteynerlarni tozalash uchun mo‘ljallangan qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishib olish

Temir yo‘l shoxobcha yo‘llarini, shuningdek yuklash, tushirish hamda vagon va konteynerlarni tozalash uchun mo‘ljallangan qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

6.

Avtomobil transportida yo‘lovchilari muntazam yo‘nalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma

Shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro yo‘nalishlarda muntazam yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lovchilarni tashish.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

7.

Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma

Quyidagilarni loyihalashtirish, qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash:

aerodrom nazorat nuqtasidan 46 km radiusda joylashtiriladigan binolar, inshootlar, shuningdek odamlar, qushlar hamda yovvoyi hayvonlar (kemiruvchilar) ko‘plab to‘planishiga olib keladigan obyektlar;

aerodrom nazorat nuqtasidan 46 km radiusda joylashtiriladigan radio aloqa liniyalari va elektr uzatish liniyalari (shu jumladan yuqori kuchlanishli), radio- va elektromagnit nurlanishli boshqa obyektlar, shuningdek yoritish texnikasi obyektlari;

aerodrom nazorat nuqtasidan 15 km radiusda joylashtiriladigan portlash xavfi bo‘lgan obyektlar;

joylashtiriladigan joyidan qat’i nazar chiqarib yuboriladigan gazlarni favqulodda yoqish uchun mash’ala qurilmalari;

aerodrom nazorat nuqtasidan 46 km radiusda joylashtiriladigan sanoat va boshqa korxonalar hamda inshootlar, parvoz ko‘rinishini va aerodrom uchish maydonlarining holatini yomonlashtiruvchi obyektlar;

joylashtiriladigan yeridan qat’i nazar mutlaq balandligi 50 m va undan ortiq bo‘lgan obyektlar.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

8.

Fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishga qo‘yish to‘g‘risidagi xulosa

O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi

9.

Ekspluatant sertifikati

Havo orqali tashish yoki aviatsiya ishlarini bajarish.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi

10.

Fuqaro havo kemasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma

Fuqaro havo kemasini uchishga yaroqlilik sertifikatni olish chog‘ida taqdim etish.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi

11.

Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati

Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq fuqaro havo kemasidan foydalanish.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi

12.

Fuqaro havo kemalariga shovqinlar bo‘yicha sertifikat

Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq fuqaro havo kemasidan foydalanish.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi

13.

Fuqaro havo kemalarining radio jihozlari uchun sertifikat

Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq fuqaro havo kemasidan foydalanish.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi

14.

Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti sertifikati

Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi

15.

Ixtisoslashgan so‘yish korxonalari hamda hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni ishlab chiqarish, saqlash va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi subyekt faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi

Ixtisoslashgan so‘yish korxonalarida hayvonlarni so‘yish, hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni ishlab chiqarish, saqlash hamda realizatsiya qilish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari

16.

Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasini ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi

Tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda naqd pulda hisob-kitob qilishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasidan foydalanish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

17.

Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksporti, importi va tranziti uchun ruxsatnoma

Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning import qiluvchi mamlakat veterinariya talablari asosida eksportga (veterinariya sertifikati) veterinariya kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirish, veterinariya sertifikati mavjud bo‘lganda importga (veterinariya guvohnomasi) kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar tranziti.

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi

18.

Veterinariya sertifikati

Davlat veterinariya xizmati tomonidan nazorat qilinadigan tovarlar eksporti va importi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha boshqarmalari

19.

Karantin ruxsatnomasi

Urug‘lar, o‘simliklar va o‘simlik mahsulotlarini import qilish, urug‘lar, o‘simliklar va o‘simlik mahsulotlari ortilgan yuklar tranziti.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi

20.

Fitosanitariya sertifikati

Urug‘lar, o‘simliklar va o‘simlik dunyosi obyektlariga mansub ashyolarni eksport qilish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi

21.

Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importi uchun litsenziya

Ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilangan maxsus turdagi tovarlar eksporti va importi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

22.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlariga binoan olib chiqiladigan buyumlar va mahsulotlarni eksport qilishga doir ruxsatnoma

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlariga binoan olib chiqiladigan buyumlar va mahsulotlarni eksport qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

23.

Import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish

Tovarlar (ishlar, xizmatlar) importi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” Davlat unitar korxonasi

24.

Texnik va maxsus maqsadlardagi pirotexnika vositalarining (xavfl�likning III — V darajalari) O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishiga va ulardan foydalanilishiga doir ruxsatnoma, bundan sanoat maqsadlarida foydalaniladigan pirotexnika vositalari mustasno

Pirotexnika vositalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq ommaviy tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida qo‘llash uchun O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va ulardan foydalanish, bundan sanoat maqsadlarida foydalaniladigan pirotexnika buyumlari mustasno.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

25.

Eksport nazorati obyektlarini olib chiqish uchun ruxsatnoma

Eksport nazorati obyektlarini olib chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

26.

Madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat

Madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi

27.

Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma

Avtotransport vositasida tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari

28.

Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish kitobchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish kitobchasidan foydalanish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi

29.

Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

30.

Loyiha hujjatlarini kelishib olish

Obyektlarning zilzilaga bardoshliligi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha loyihaviy yechimlarini ekspertizadan o‘tkazish hamda qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g‘risida xabarnoma yuborish.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

31.

Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishib olish

Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish.

Tumanlarning (shaharlarning) bo‘yicha qurilish bo‘limlari

32.

Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma

Muhandislik ta’minoti bo‘yicha yuklamalar hajmlarini o‘zgartirmasdan obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish.

Tumanlarning (shaharlarning) bo‘yicha qurilish bo‘limlari

33.

Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi

Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlardan foydalanish.

Tumanlarning (shaharlarning) bo‘yicha qurilish bo‘limlari

34.

Obyektning yong‘in xavfsizligi va zilzilabardoshliligi bo‘yicha davlat ekspertiza xulosasi

Qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g‘risida xabarnoma yuborish uchun.

Davlat ekspertizasi organlari

35.

O‘zbekiston Respublikasidagi avtomobil yo‘llarini, yo‘l inshootlarini, temir yo‘l kesishmalarini, avtomobil yo‘llari va ko‘chalari bo‘yida joylashgan AYoQS, AGTKS hamda AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz to‘ldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash loyihalarini kelishish

Avtomobil yo‘llarini, yo‘l inshootlarini, temir yo‘l kesishmalarini, avtomobil yo‘llari va ko‘chalari bo‘yida joylashgan AYoQS, AGTKS hamda AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz to‘ldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash loyihasini tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va hududiy boshqarmalari

36.

20 kilovattdan ortiq quvvatli iste’molchi obyektlarga energiya yetkazib berish loyihalarini kelishib olish

20 (kVt) kilovatt quvvatdan ortiq iste’mol obyektlariga energiya yetkazib berish loyihalarida nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi

37.

Belgilangan texnologik jarayonlar va texnologik uskunalarning holati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa

Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya olish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ularni ishlatish va ularni ta’mirlash faoliyati uchun litsenziya, neft mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun xabarnomalar yuborish.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy bo‘limlari

38.

Avtomobillarga yonilg‘i quyish stansiyalarining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish va tarqatish talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa

Avtomobillarga yonilg‘i quyish stansiyalarida neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va tarqatish.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy bo‘limlari

39.

Bir yilda 100 000 kub metr va undan ko‘p tabiiy gazdan foydalanadigan korxonalar va texnologik neft-gaz obyektlari (qurilmalari)da qo‘llaniladigan yangidan qurilgan, rekonstruksiya qilingan yoki texnik jihatdan qayta jihozlangan gazdan foydalanish uskunasini, gaz quvurlarini va ulardagi uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiqligi hamda yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalanish to‘g‘risida xulosa

Bir yilda 100 000 kub metr va undan ko‘p tabiiy gazdan foydalanadigan korxonalar va texnologik neft-gaz obyektlari (qurilmalari)da qo‘llaniladigan yangidan qurilgan, rekonstruksiya qilingan yoki texnik jihatdan qayta jihozlangan gazdan foydalanish uskunasini, gaz quvurlarini va ulardagi uskunalardan foydalanish.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy bo‘limlari

40.

Bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnoma

Jismoniy va yuridik shaxslar yoki birgalikda harakat qiluvchi shaxslar, shu jumladan norezidentlar tomonidan bir yoki bir necha bitim natijasida bankning ustav kapitalidagi:

1) besh va undan ko‘proq foizni, lekin ko‘pi bilan yigirma foizni;

2) yigirma va undan ko‘proq foizni, lekin ko‘pi bilan ellik foizni;

3) ellik va undan ko‘proq foizni tashkil etadigan ulushni bevosita yoki bilvosita olish.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

41.

Banklar tomonidan o‘z aksiyalarini sotib olishga doir dastlabki ruxsatnoma

Banklar tomonidan o‘z aksiyalarini sotib olish.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

42.

Bankni qayta tashkil etish �chun ruxsatnoma

Bankni qayta tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

43.

Bankni ixtiyoriy ravishda tugatish uchun ruxsatnoma

Bankni ixtiyoriy ravishda tugatish.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

44.

Banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida sho‘ba banklar va vakolatxonalar ochish, filiallar tashkil etish, banklarning kapitalida ishtirok etish, shu jumladan chet el banklari tashkil etish uchun ruxsatnoma

Banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida sho‘ba banklar, filiallar va vakolatxonalar ochish, chet el banklari tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

45.

Banklar tomonidan naqd chet el valyutasi va (yoki) milliy valyutani O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish uchun ruxsatnoma

Banklar tomonidan naqd chet el valyutasi va (yoki) milliy valyutani O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

46.

Bank tomonidan boshqa bankning aksiyalarini sotib olish uchun ruxsatnoma

Bank tomonidan boshqa bankning aksiyalari sotib olish

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

47.

Bank tomonidan xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlarini autsorsingga topshirish uchun ruxsatnoma

Bank tomonidan xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlarini autsorsingga o‘tkazish

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

48.

Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotini ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestriga kiritish to‘g‘risidagi qaror

Ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish faoliyatini amalga oshirish

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

49.

Sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga doir ruxsatnoma

Sug‘urtalovchini qayta tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi

50.

Sug‘urtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishib olish

Sug‘urtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlarini amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi

51.

Sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoki keyinchalik o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga solishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish to‘g‘risida qaror

Sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoki keyinchalik o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga solishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi

52.

Yer qa’ri to‘g‘risidagi geologik materiallarda nazarda tutilgan foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash to‘g‘risida qaror

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma olish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi

53.

Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (to‘liq yoki qisman) boshqa shaxsga berish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror

Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi (to‘liq yoki qisman) o‘z foydasiga berilayotgan shaxs bilan tegishli yon berish shartnomasini tuzish va unga vakolatli organ tomonidan litsenziya berish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekneftegaz” Aksionerlik jamiyati

54.

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma

Yer qa’ri uchastkasidan geologik jihatdan o‘rganish; tajriba-sanoat yo‘sinida foydali qazilmalarni kavlab olish; oltin izlovchilar usulida qimmatbaho metallarni kavlab olish; foydali qazilmalarni kavlab olish; texnogen mineral xosilalardan foydalanish; foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish; muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo etish; nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

55.

Yer qa’ri bo‘yicha geologik materiallarga doir loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasi xulosasi

Foydali qazilmalar konlarini geologik o‘rganishdan o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi

56.

Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq yer qa’rini geologik o‘rganish ishlarini hisobga olish

Foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnoma egasi tomonidan yer qa’rini geologik o‘rganish bo‘yicha foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq ishlarini amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi

57.

Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma

Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ulash.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi

58.

Kon ajratish dalolatnomasi

Yer qa’ri uchastkalaridan ruxsatnoma asosida foydalanish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi

59.

Foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonani yoki uning bir qismini tugatish va konservatsiya qilishga doir maxsus loyihani kelishib olish

Foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonani yoki uning bir qismini tugatish va konservatsiya qilishga doir maxsus loyihani tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi

60.

Kon ishlarini rivojlantirish rejasini kelishib olish

Kon ishlarini amalga oshirish va foydali qazilma konlarini mineral xomashyoni qayta ishlash bilan birga ishga tushirish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi

61.

Foydalanish, tugatish va konservatsiya qilishda neft va gaz quduqlarini o‘tkazish dalolatnomasi, shuningdek shaxtalarni (konlarni) bir toifadan boshqasiga o‘tkazishni tasdiqlash va kelishish to‘g‘risida xulosa

Foydalanish, tugatish va konservatsiya qilishda neft va gaz quduqlarini o‘tkazish, shuningdek shaxtalarni (konlarni) bir toifadan boshqasiga o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi

62.

Tog‘-kon ishlarini yuritish huquqini beruvchi ruxsatnoma

Tog‘-kon ishlarini yuritish.

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi

63.

Ozonni buzuvchi moddalarning hamda tarkibida ozonni buzuvchi moddalar b�lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga import yoki eksport qilish uchun ruxsatnoma

Ozonni buzuvchi moddalarni hamda tarkibida ozonni buzuvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlarni import yoki eksport qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

64.

Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma

Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi

65.

Yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnoma

Yovvoyi hayvonlarni ovlash.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

66.

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan olish uchun ruxsatnoma

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan olish.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

67.

Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna hamda flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiya (SITES) I, II va III ilovalariga kiritilgan hayvonlar turlari namunalari hamda o‘simliklar turlari namunalarini olib kirish va chetga olib chiqish uchun ruxsatnoma

Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna hamda flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiya (SITES) I, II va III ilovalariga kiritilgan hayvonlar turlari namunalari hamda o‘simliklar turlari namunalarini olib kirish va olib chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

68.

Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va olib chiqish uchun ruxsatnoma

Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va olib chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

69.

Yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish bo‘yicha pitomnik, shuningdek zoologiya kolleksiyalari hisobga qo‘yil�anligi to‘g‘risidagi guvohnoma

Pitomnikdagi yovvoyi hayvonlarni, shuningdek zoologik kolleksiyalarni saqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

70.

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan zaxira yerlarida pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish uchun ruxsatnoma

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan zaxira yerlarida pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalari

71.

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

72.

O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma

O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

73.

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan olish uchun ruxsatnoma

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ket�sh xavfi ostidagi o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan olish.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

74.

Yovvoyi o‘simliklarni, ularning qismlarini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi o‘simliklarni, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish uchun ruxsatnoma

Yovvoyi o‘simliklarni, ularning qismlarini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi o‘simliklarni, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

75.

Portlatish ishlarini bajarish yoki portlovchi moddalar bilan ishlash uchun ruxsatnoma

Portlatish ishlarini bajarish yoki portlovchi moddalar bilan ishlash.

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi

76.

Portlatish ishlarini olib boruvchi korxonalarda joylashgan punktlarda oddiy qumoqlangan va suvli portlovchi moddalarni ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma

Portlatish ishlarini olib boruvchi korxonalarda joylashgan punktlarda oddiy qumoqlangan va suvli portlovchi moddalarni ishlab chiqarish.

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi

77.

Olib kiriladigan portlovchi moddalarni qo‘llash uchun ruxsatnoma

Sanoat maqsadlaridagi portlovchi materiallarni olib kirish uchun ruxsatnoma olish.

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi

78.

Portlovchi moddalarni sotib olish uchun guvohnoma

Portlovchi moddalarni sotib olish.

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi

79.

Portlash xavfi bo‘lgan texnologik yangi jarayonlar va asbob-uskunalarni, istirohat bog‘lari attraksionlarini montaj qilish, ta’mirlash va ishga tushirish, shuningdek xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnik qurilmalardan foydalanish uchun ruxsatnoma

Portlash xavfi bo‘lgan texnologik yangi jarayonlar va asbob-uskunalarni, istirohat bog‘lari attraksionlarini montaj qilish, ta’mirlash va ishga tushirish, shuningdek xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnik qurilmalardan foydalanish.

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi

80.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi nazoratidagi obyektlarda elektr qurilmalarini sozlash ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi nazorati ostidagi obyektlarda rele himoyasi qurilmalari, elektroavtomatika, telemexanika va ikkilamchi zanjirlarni sozlash ishlarini amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi

81.

O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish imkoniyati to‘g‘risida qaror

O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish.

Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi

82.

Ishlab chiqilayotgan (yaratilgan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqarilayotgan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish to‘g‘risida qaror

Radioelektron vositalar va yuqori chastotalari qurilmalar uchun ajratilgan radiochastota polosalaridan foydalanish.

Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi

83.

Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnoma

Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish).

“Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan radiochastota organlar�

84.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish uchun ruxsatnoma

O‘zbekiston Respublikasi hududiga radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish.

“Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan radiochastota organlari

85.

Radioelektron vositalardan foydalanish uchun ruxsatnoma

Radioelektron vositalardan foydalanish.

“Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan radiochastota organlari

86.

O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradio mahsulotlarini tarqatish huquqini berish uchun ruxsatnoma

O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradio mahsulotlarini tarqatish.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

87.

Maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotini olib kirish hamda ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma

Maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotini olib kirish hamda ishlab chiqarish.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

88.

Uskunalar, quvurlar, sisterna va boshqa sig‘imlarni kimyoviy himoya qilish ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma

Uskunalar, quvurlar, sisterna va boshqa sig‘imlarni kimyoviy himoya qilish ishlarini bajarish.

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi

89.

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikadan tibbiy maqsadlarda foydalanish.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

90.

Madaniy meros obyektlarida tadqiqotlar, qidiruvlar o‘tkazish, madaniy meros obyektlarida ilmiy-konservatsiya va restavratsiya ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma

Madaniy meros obyektlarida tadqiqotlar, qidiruvlar o‘tkazish, madaniy meros obyektlarida ilmiy-konservatsiya va restavratsiya ishlarini amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi

91.

Madaniy boyliklarni ochiq savdoga (auksionga) taqdim etishni kelishib olish

Madaniy boyliklarni ochiq savdoga (auksionga) taqdim etish.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi

92.

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-�orilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, ko‘rgazmaga qo‘yish, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish uchun ruxsatnoma

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, ko‘rgazmaga qo‘yish, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

93.

Portlovchi materiallarni olib kirish, sotib olish, saqlash, shuningdek avtomobil va temir yo‘l transportida tashish uchun ruxsatnoma

Portlovchi materiallar aylanmasi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan portlovchi materiallarni olib kirish, olish, saqlash, shuningdek avtomobil va temir yo‘l transportida tashish.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

94.

Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa

Obyektlar (xonalar)da giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlash.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bo‘linmalari

95.

Fuqaro aviatsiyasi havo kemalarida portlovchi materiallarni tashish uchun ruxsatnoma

Fuqarolik aviatsiyasi havo kemalarida portlovchi materiallarni tashish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

96.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida o‘tkazish uchun ruxsatnoma

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

97.

O‘zbekiston Respublikasiga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish uchun sertifikat

O‘zbekiston Respublikasiga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

98.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga ruxsatnoma olish

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

99.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarni ko‘rib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olish

Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondida (ustav kapitalida) aksiya (ulush) olish uchun bir shaxs, bir guruh shaxslar tomonidan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish, ishonchli boshqarish va boshqa bitimlar tuzish.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

100.

Davlat mulki bo‘lgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma

Davlat mulki bo‘lgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi

101.

Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma

Ommaviy tadbirlarni, shu jumladan konsert-tomosha tadbirlarini hamda xalqaro va umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

102.

O‘simliklarni himoya qilish vositalarini tajriba sifatida qo‘llash uchun ruxsatnoma

O‘simliklarni himoya qilish vositalarini tajriba sifatida qo‘llash.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq ho‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

103.

Sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan obyektlar va inshootlarning profili o‘zgargan taqdirda ulardan xo‘jalik maqsadida foydalanish uchun ruxsatnoma

Sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan obyektlar va inshootlarning profili o‘zgargan taqdirda ulardan xo‘jalik maqsadida foydalanish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

104.

Mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalar ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma

Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, qo‘llash hamda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish.

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

105.

Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma

Rentgen uskunasidan foydalanish.

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

106.

Xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘ll�niladigan texnik qurilmalarni va inshootlarni ko‘rik va sinovdan o‘tkazish uchun ruxsatnoma

Xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘llaniladigan texnik qurilmalarni va inshootlarni ko‘rik va sinovdan o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi

107.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida va istirohat bog‘lari attraksionlarida putur yetkazmaydigan nazorat ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida va istirohat bog‘lari attraksionlarida putur yetkazmaydigan nazorat ishlarini bajarish.

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi

108.

Xavfli yuklarni tashish uchun sig‘imlarning yaroqliligi to‘g‘risida xulosa

Avtomobil transportida og‘ir va katta hajmli yoki xavfli yuklarni tashish uchun ruxsatnoma olish.

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi

109.

Gaz quvurlari va gaz xo‘jaligining gaz iste’mol qiluvchi boshqa obyektlarni montaj qilish, ta’mirlash, ishga tushirish va foydalanish uchun ruxsatnoma

Gaz quvurlarini va gaz xo‘jaligining boshqa gaz iste’mol qiluvchi obyektlarini montaj qilish, ta’mirlash, ishga tushirish va ulardan foydalanish.

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi

110.

Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror

Geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

111.

Maxfiy kartografiya materiallarini ko‘paytirish uchun ruxsatnoma

Maxfiy kartografiya materiallarini ko‘paytirish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

112.

O‘zbekiston Respublikasi hududida kartografiya materiallarini nashr qilish va (yoki) tarqatish uchun ruxsatnoma

Kartografiya faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida kartografiya materiallarini nashr qilish va (yoki) tarqatish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

113.

Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) berish uchun ruxsatnoma

Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) berish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

114.

Aerosuratga olish ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma

Aerosuratga olish ishlarini bajarish.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

115.

Aerosuratga olish va kosmik suratga olish materiallarini nazorat ko‘rigidan o‘tkazish uchun ruxsatnoma

Aerosuratga olish va kosmik suratga olish materiallarini nazorat ko‘rigidan o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

116.

Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va video tasvirga olish uchun ruxsatnoma

Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va video tasvirga olish.

“O‘zbekkino” milliy agentligi

117.

Filmni ommaviy namoyish etish uchun bir martalik ruxsatnoma

Filmni ommaviy namoyish etish.

“O‘zbekkino” milliy agentligi

118.

O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma

O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi

119.

Ommaviy axborot vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma

Ommaviy axborot vositalari sifatida faoliyatni amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

120.

O‘zbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarishga ruxsatnoma

O‘zbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi

T/r

Xabarnomaning nomi

Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakat) turlari (kichik turlari)

Xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar

1.

Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari hamda boshqa buyumlar ishlab chiqarish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma

Shaxsiy buyurtma asosida aholi tomonidan taqdim etilgan materiallardan zargarlik buyumlari ishlab chiqarish va qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlarini ta’mirlash. O‘z ishlab chiqarishidan hosil bo‘lgan chiqindilarni mexanik, kimyoviy va metallurgiya jarayonlarini qo‘llash yordamida qayta ishlash va ularning tarkibidan qimmatbaho metallarni ajratib olish (aholi buyurtmasiga asosan zargarlik buyumlari yasashda hosil bo‘lgan chiqindilarni qayta ishlash huquqiga ega emas);

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi

zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish. O‘z ishlab chiqarishidan hosil bo‘lgan chiqindilarni mexanik, kimyoviy va metallurgiya jarayonlarini qo‘llash yordamida qayta ishlash va ularning tarkibidan qimmatbaho metallarni ajratib olish (aholi buyurtmasiga asosan zargarlik buyumlari yasashda hosil bo‘lgan chiqindilarni qayta ishlash huquqiga ega emas).

2.

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma

Zargarlik buyumlarini, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni, shuningdek qimmatbaho toshlarni baholash;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi

qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni baholash, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni gemmologik tekshirish;

qimmatbaho metallardan yasalgan laboratoriya idishlaridan, katalizatorlar, katalizator setkalaridan, tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan uskunalardan, termopar, termorele, termoqarshilikdan foydalanish va ularni saqlash;

tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan tashqi qoplamalar tayyorlash va/yoki surkash (kimyoviy, elektrokimyoviy, purkash va boshqa usullar bilan);

tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan moddalarni (tibbiy preparatlar, tuzlar, reagentlar, kimyoviy birikmalar va boshqalarni) ishlab chiqarish, qo‘llash, saqlash;

tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan tish yasashga mo‘ljallangan mahsulotlar uchun disklar, elektrodlar, anodlar, kontaktlar va kavsharlarni tayyorlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash;

tibbiyot, oziq-ovqat, alkogol va vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqarishda qimmatbaho metallardan, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan oziq-ovqat qo‘shimchalaridan foydalanish;

qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarga ishlov berish, ularni sayqallash. Tabiiy olmosdan yasalgan filyerlar, voloklar, olmos uchliklardan, tabiiy olmosdan yasalgan olmos asbobdan va burg‘ulash olmos asbobidan foydalanish hamda ularni saqlash. Olmos asbobini rekuperatsiya qilish ishlarini amalga oshirish;

qimmatbaho metallarni, qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni tahlil qilish hamda ularning asillik darajasini nazorat qilish ishlari;

tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan maishiy texnika, tashkiliy texnika, tibbiyot texnikasi va boshqa buyumlarni qismlarga ajratish, ularga dastlabki ishlov berish, turlarga ajratish, bosma platalarni utilizatsiya qilish;

uzellarida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan asbob-uskunalarni qismlarga ajratish hamda utilizatsiya qilish, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan asbob-uskunalarni qismlarga ajratishdan va utilizatsiya qilishdan olingan chiqindilarni qayta ishlash korxonalariga topshirish;

tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan ikkilamchi resurslar, parchalar va chiqindilarni keyinchalik qayta ishlash (affinaj) korxonalariga topshirish uchun to‘plash (tayyorlash), qismlarga ajratish, saralash, ularga dastlabki (birlamchi) qayta ishlov berish;

qimmatbaho metallardan harbiy va/yoki aviatsiya texnikasini ta’mirlashda foydalanish, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan harbiy va/yoki aviatsiya texnikasi chiqindilarini saqlash va ulardan foydalanish;

harbiy va/yoki aviatsiya texnikasidan tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan radiodetallar va elementlarni ajratib olish, harbiy va/yoki aviatsiya texnikasining tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan chiqindilarini to‘plash va qayta ishlash korxonalariga topshirish;

tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar bo‘lgan buyumlar hamda predmetlarni ko‘rgazmalarga qo‘yish, saqlash va restavratsiya qilish;

qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari hamda boshqa buyumlarni, tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan predmetlarni (davlat organlarining qarorlariga ko‘ra davlat daromadiga o‘tkazilgan) restavratsiya qilish (ta’mirlash);

tarkibida kumush mavjud bo‘lgan va yorug‘likka ta’sirchan materiallardan, kinofotorentgen-plyonkalar, kinofotorentgen-plastinkalar va tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan xuddi shunday materiallardan foydalanish.

3.

Zargarlik buyumlarini hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni sotish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar bilan chakana savdo qilish (shu jumladan, xorijiy davlatlardan sotish uchun olib kelingan), qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar bilan vositachilik savdosi;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi

axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (onlayn-do‘konlardan) foydalangan holda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarning chakana savdosi;

qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar bilan bojsiz savdo zonalarida chakana savdo qilish (duty free);

qimmatbaho metallar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan buyumlarni sotib olish, qimmatbaho metallarning parchalari va chiqindilarini sotib olish;

qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar bilan ulgurji savdo qilish (shu jumladan, xorijiy davlatlardan sotish uchun olib kelingan).

4.

Investitsiya maslahatchisi faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma

Investitsiya maslahatchisi faoliyati.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

5.

Lombard faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma

Lombard faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

6.

Naqd xorijiy va (yoki) milliy valyutani olib kirganlik haqida xabarnoma

Banklar tomonidan naqd xorijiy va (yoki) milliy valyutani olib kirish

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

7.

Bank filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik va tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma

Bank filialini ochish;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

bank xizmatlari ofisini ochish.

8.

To‘lov tashkilotini qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) haqida xabarnoma

To‘lov tashkilotini qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish).

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

9.

Elektron pullar emitentining elektron pullarni chiqarish bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risidagi xabarnomasi

Elektron pullar emitentining elektron pullarni chiqarish bo‘yicha faoliyati.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

10.

Mikrokredit tashkilotining filialini, mikrokredit tashkilotining chakana xizmatlar markazi shaklidagi filialini tashkil etganlik yoki tugatganlik haqidagi xabarnomasi

Mikrokredit tashkilotining filialini tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

mikrokredit tashkilotining chakana xizmatlar markazi shaklidagi filialini tashkil etish.

11.

Maktabdan tashqari ta’lim faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma

Nodavlat maktabdan tashqari ta’lim, shu jumladan chet tillarini o‘rgatish faoliyati.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

12.

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyati.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

13.

Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma

Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyati.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

14.

Yong‘inni avtomatik tarzda o‘chirish va yong‘in signalizatsiyasi qurilmala�ini montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma

Yong‘inni avtomatik tarzda o‘chirish va yong‘in signalizatsiyasi qurilmalarini montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyati yoki uning bir qismi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi

15.

Qo‘riqlash texnik vositalari va tizimlarini montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma

Qo‘riqlash texnik vositalari va tizimlarini montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyati yoki uning bir qismi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi

16.

Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning bir qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma

Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyat.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

17.

Umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar obyektlarning tungi vaqtda faoliyat yuritishni boshlaganligi yoki tugatganligi to‘g‘risida xabarnoma

Umumiy ovqatlanish korxonalarining soat 23.00 dan 06.00 gacha faoliyat yuritishi;

Tuman va shahar ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)

ko‘ngilochar obyektlarning soat 23.00 dan 06.00 gacha faoliyat yuritishi.

18.

Avtovokzalning (avtostansiyaning) faoliyatini boshlaganligi yoki tugatganligi haqida xabarnoma

Avtovokzalning (avtostansiyaning) faoliyatini amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

19.

Qurilish-montaj ishlarini boshlaganlik to‘g‘risida xabarnoma

Qurilish-montaj ishlarini olib borish.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining qurilish sohasida nazorat bo‘yicha hududiy inspeksiyalari

20.

Veterinariya davolash-profilaktika faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma

Veterinariya davolash-profilaktika faoliyati.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari

21.

Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilg‘isi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek texnik moylar va moylash materiallarini), bundan zavodda idishlarga qadoqlanganlari mustasno, sotish faoliyatini, boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma

Avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yoqilg‘isi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi (bundan neft bitumining yo‘llarga mo‘ljallangan markalari mustasno), shuningdek texnik moylar va moylash materiallarini sotish bo‘yicha faoliyat.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

22.

Geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma

Geodeziya faoliyati turlari;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

kartografiya faoliyati turlari.

23.

Pivo va pivo ichimliklari (bundan tabiiy vino mustasno,) ishlab chiqarish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma

Pivo va pivo ichimliklari ishlab chiqarish faoliyati.

O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

24.

Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma

Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish.

Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari

25.

Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarn�ma

Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish.

Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari

26.

Noshirlik faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma

Ijtimoiy-siyosiy nashrlar faoliyati;

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

adabiy-badiiy nashrlar faoliyati;

bolalar va o‘smirlar nashrlari faoliyati;

ma’naviy-ma’rifiy nashrlar faoliyati;

ilmiy nashrlar faoliyati;

ilmiy-ommabop nashrlar faoliyati;

o‘quv adabiyotlarini nashr etish faoliyati;

ensiklopedik (ma’lumotnoma) nashrlar faoliyati;

rasmiy nashrlar faoliyati;

diniy nashrlar faoliyati;

axborot-reklama nashrlari faoliyati;

ishlab chiqarish sohasidagi normativlarni nashr etish faoliyati.

27.

Matbaa korxonalarini tashkil etganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma

Matbaa mahsulotlarining qoliplarini tayyorlash faoliyati;

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommu�ikatsiyalar agentligi

ofset usulida chop etish faoliyati;

flekso usulida chop etish faoliyati;

mabtaa qoliplarisiz chop etish faoliyati;

trafaret yoki shoyitrafaret usulida chop etish faoliyati;

brayl usulida chop etish faoliyati;

tayyor mahsulotlar va materiallarga bosish faoliyati;

chop etishdan keyingi jarayonlar va muqovalash faoliyati.

28.

Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma

Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmat vazifalarini a�alga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish;

mehnatni muhofaza qilish sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish sohasida audit o‘tkazish.

29.

Yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni boshlash va tugatish to‘g‘risida xabarnoma

Yuqori chastotali qurilmalardan metallarni eritish, metallarga ishlov berish va boshqa sohalarda foydalanish.

O‘zbekiston Respublikasining “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan radiochastota organlari

30.

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari

31.

Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma

Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasiga (optikaga) doir faoliyat.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy bo‘linmalari

32.

Madaniy boyliklarni realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma

Madaniy boyliklarni realizats�ya qilish bo‘yicha faoliyat.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi

33.

Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini tasarrufdan chiqarish yoki universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tkazganlik haqida xabarnoma

Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini tasarrufdan chiqarish;

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi

Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tkazish.

T/r

I. Faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirganlik yoki litsenziyalarni qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olganlik uchun

Litsenziyaning nomi

Jarima miqdori (bazaviy hisoblash miqdorida)

1.

Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziya

200

2.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya

200

3.

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya

200

4.

Advokatlik faoliyati uchun litsenziya

250

5.

Turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya

200

6.

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya

300

7.

Sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati uchun litsenziya

300

8.

Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun litsenziya

300

9.

Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyat uchun litsenziya

300

10.

Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati uchun litsenziya

300

11.

Affinaj faoliyati uchun litsenziya

200

12.

Avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyati uchun litsenziya

300

13.

Avtomobil transportida xalqaro yuklarni tashish faoliyati uchun litsenziya

200

14.

Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyati uchun litsenziya

300

15.

Bojxona omborini ta’sis etish uchun litsenziya

300

16.

Bojxona rejimida omborxona — erkin omborxona ta’sis etish uchun litsenziya

200

17.

Bojsiz savdo do‘koni faoliyati uchun litsenziya

200

18.

Pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya

300

19.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyati uchun litsenziyalash

300

20.

Tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish, olib kirish (olib chiqish), qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish (berish), olish va tashish faoliyati uchun litsenziya

300

21.

Tibbiy faoliyat uchun litsenziya

300

22.

Farmatsevtika faoliyati uchun litsenziya

300

23.

Veterinariya faoliyati uchun litsenziya

250

24.

Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyati uchun litsenziya

250

25.

Ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish va ularni ta’mirlash faoliyati uchun litsenziya

300

26.

Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish faoliyati uchun litsenziya

300

27.

Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha faoliyat uchun litsenziya

200

28.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalash, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya

250

29.

Birja faoliyati uchun litsenziya (bundan valyuta birjasi faoliyati uchun litsenziya mustasno)

200

30.

Xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyati uchun litsenziya

300

31.

Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya

300

32.

Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyat uchun litsenziya

300

33.

Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya

300

34.

Qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani ishlab chiqish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya

300

35.

Bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash faoliyati uchun litsenziya

300

36.

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya

300

37.

Kosmik texnologiyalarni qo‘llovchi tashkilotlarning faoliyati uchun litsenziya

300

38.

Axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish faoliyati uchun litsenziya

200

39.

Diniy ta’lim muassasalarining faoliyati uchun litsenziya

200

40.

Bukmekerlik faoliyati uchun litsenziya

300

41.

Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat uchun litsenziya

200

42.

Neft, gaz (shu jumladan, siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya

300

43.

Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyati uchun litsenziya

300

II. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz faoliyatni (harakatni) amalga oshirganlik yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olganlik uchun

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning (tartib-taomilning) nomi

Jarima miqdori (bazaviy hisoblash miqdorida)

1.

Og‘ir vaznli va katta hajmli yuklarni avtomobil transportida tashishga ruxsatnoma, bundan past va o‘rta faollikdagi radioaktiv chiqindilarni tashish mustasno

100

2.

Avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnoma

150

3.

Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma

100

4.

Harakatlanadigan tarkibning umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarga chiqishi uchun ruxsatnoma

200

5.

Temir yo‘l shaxobcha yo‘llarini, shuningdek yuklash, tushirish, vagon va konteynerlarni tozalash uchun mo‘ljallangan qurilmalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishish

100

6.

Avtomobil transportida yo‘lovchilari muntazam yo‘nalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma

100

7.

Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma

200

8.

Fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishga qo‘yish to‘g‘risidagi xulosa

200

9.

Ekspluatant sertifikati

200

10.

Fuqaro havo kemasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma

200

11.

Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati

200

12.

Fuqaro havo kemalariga shovqinlar bo‘yicha sertifikat

150

13.

Fuqaro havo kemalariga radio jihozlar bo‘yicha sertifikat

200

14.

Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotining sertifikati

150

15.

Ixtisoslashgan so‘yish korxonasining va hayvonotga mansub mahsulotlar hamda xomashyoni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi subyektlar faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligi to‘g‘risida veterinariya-sanitariya xulosasi

100

16.

Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi

100

17.

Davlat veterinariya xizmatining nazorati ostidagi tovarlarni eksport, import va tranzit qilish uchun ruxsatnoma

150

18.

Veterinariya sertifikati

100

19.

Karantin ruxsatnomasi

100

20.

Fitosanitar sertifikat

100

21.

Maxsus turdagi tovarlarni eksport va import q�lish uchun litsenziya

150

22.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlariga binoan olib chiqiladigan buyumlar va mahsulotlarni eksport qilish uchun ruxsatnoma

150

23.

Import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish

200

24.

Texnik va maxsus maqsadlardagi pirotexnika vositalarining (xavflilikning III — V darajalari) O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishiga va ulardan foydalanilishiga doir ruxsatnoma, bundan sanoat maqsadlarida foydalaniladigan pirotexnika vositalari mustasno

150

25.

Eksport nazorati obyektlarini olib chiqish uchun ruxsatnoma

150

26.

Madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat

200

27.

Avtotransport vositasida yuklarni bojxona muhrlari va plombalari ostida xalqaro tashishga ruxsat berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma

100

28.

Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish kitobchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma

150

29.

Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i

200

30.

Loyiha hujjatlarini Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi Arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘iga muvofiqligi yuzasidan kelishish

150

31.

Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish

100

32.

Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma

100

33.

Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi

100

34.

Yong‘in xavfsizligi va zilzilabardoshliligi bo‘yicha davlat ekspertizasining xulosasi

200

35.

O‘zbekiston Respublikasidagi avtomobil yo‘llarini, yo‘l inshootlarini, temir yo‘l kesishmalarini, avtomobil yo‘llari va ko‘chalari bo‘yida joylashgan AYoQS, AGTKS hamda AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz to‘ldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash loyihalarini kelishish

200

36.

Quvvati 20 kilovattdan ortiq bo‘lgan iste’mol obyektlariga energiya yetkazib berish loyihalarini kelishish

150

37.

O‘rnatilgan texnologik jarayonlar va asbob-uskunalarning holati texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xu�osa

200

38.

Avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobini yuritish va tarqatish talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa

200

39.

Bir yilda 100 000 kub metr va undan ko‘p tabiiy gazdan foydalanadigan korxonalar hamda texnologik neft-gaz obyektlarida (qurilmalarida) qo‘llaniladigan yangidan qurilgan, rekonstruksiya qilingan yoki texnik jihatdan qayta jihozlangan gazdan foydalanish uskunasini, gaz quvurlarini va ulardagi uskunalarining energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiqligi hamda yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalanish to‘g‘risidagi xulosa

200

40.

Sug‘urtalovchini qayta tashkil etish uchun ruxsatnoma

100

41.

Sug‘urtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish

100

42.

Sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoki keyinchalik o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga solish chog‘ida tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish to‘g‘risidagi qaror

100

43.

Er osti boyliklari to‘g‘risidagi geologik materiallarda nazarda tutilgan foydali qazilma konlari zaxiralarini tasdiqlash haqidagi qaror

200

44.

Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (to‘liq yoki qisman) boshqa shaxsga berish maqsadga muvofiqligi haqidagi qaror

100

45.

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma

150

46.

Yer osti boyliklari bo‘yicha geologik materiallarning loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish xulosasi

100

47.

Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq yer ostini geologik o‘rganish ishlari bo‘yicha hisobni yuritish

100

48.

Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma

150

49.

Kon ajratish dalolatnomasi

200

50.

Yer osti boyliklari yoki uning qismlarini qazib oluvchi korxonani tugatish va konservatsiya qilishga doir maxsus loyihani kelishish

100

51.

Kon ishlarini rivojlantirish rejasini kelishish

100

52.

Foydalanish, tugatish va konservatsiya qilishda neft va gaz quduqlarini o‘tkazish dalolatnomasi hamda shaxtalarni (konlarni) bir toifadan boshqasiga o‘tkazishni tasdiqlash va kelishish to‘g‘risida xulosa

150

53.

Tog‘-kon ishlarini yuritish huquqini beruvchi ruxsatnoma

200

54.

Ozonni buzuvchi moddalarni, shuningdek tarkibida ozonni buzuvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlarni import va eksport qilish uchun ruxsatnoma

200

55.

Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma

100

56.

Yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnoma

100

57.

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan olish uchun ruxsatnoma

100

58.

Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlar va o‘simlik turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi konvensiya (SITES) I, II va III ilovalariga kiritilgan hayvonlar turlari namunalari va o‘simliklar turlari namunalarini olib kirish hamda chetga olib chiqish uchun ruxsatnoma

150

59.

Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va chetga olib chiqish uchun ruxsatnoma

100

60.

Yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish bo‘yicha pitomniklarning, shuningdek zoologiya kolleksiyalarining hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma

100

61.

Davlat o‘rmon fondi yerlariga kirmaydigan zaxira yerlarida pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish uchun ruxsatnoma

100

62.

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma

100

63.

O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma

100

64.

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan olish uchun ruxsatnoma

150

65.

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi o‘simliklarni, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish uchun ruxsatnoma

150

66.

Portlatish ishlarini bajarish yoki portlovchi moddalar bilan ishlash uchun ruxsatnoma

200

67.

Portlatish ishlarini olib boruvchi korxonalarda joylashgan punktlarda oddiy qumoqlangan va suvli portlovchi moddalarni ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma

200

68.

Olib kiriladigan portlovchi moddalarni qo‘llash uchun ruxsatnoma

150

69.

Portlovchi moddalarni sotib olish uchun guvohnoma

150

70.

Portlash xavfi bo‘lgan yangi texnologik jarayonlar va asbob-uskunalarni hamda istirohat bog‘lari attraksionlarini montaj qilish, ta’mirlash va ishga tushirishga, shuningdek xavfli ishlab chiqarish obyektlarida foydalaniladigan texnik qurilmalardan foydalanish uchun ruxsatnoma

200

71.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi nazoratidagi obyektlarda elektr qurilmalarini sozlash ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma

150

72.

O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish imkoniyati to‘g‘risidagi qaror

150

73.

Ishlab chiqiladigan (modernizatsiya qilinadigan), ishlab chiqariladigan va chet eldan sotib olinadigan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastota polosalarini ajratish to‘g‘risidagi qaror

150

74.

Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), loyihalashtirish va qurish (o‘rnatish) uchun ruxsatnoma

150

75.

Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish uchun ruxsatnoma

100

76.

Radioelektron vositalardan foydalanish uchun ruxsatnoma

100

77.

O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradio mahsulotlarini tarqatish huquqini berish uchun ruxsatnoma

200

78.

Maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalarni, yangi kimyoviy moddalarni, oziq-ovqat qo‘shimchalarini, biologik vositalar va materiallarni, polimer va plastik massalarni, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini olib kirish hamda ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma

200

79.

Uskunalar, quvurlar, sisternalar va boshqa sig‘imlarni kimyoviy muhofazalash ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma

200

80.

Dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiy texnikani ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi

200

81.

Madaniy meros obyektlarida tadqiqotlar, qidiruvlar o‘tkazish, madaniy meros obyektlarida ilmiy-konservatsiya va restavratsiya ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma

150

82.

Madaniy boyliklarni ochiq savdoga (auksionga) taqdim etishni kelishish

200

83.

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, ko‘rgazmaga qo‘yish, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda olib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida o‘tkazish uchun ruxsatnoma

200

84.

Portlovchi materiallarni olib kirish, olish va saqlash, shuningdek avtomobil va temir yo‘l transportida tashish uchun ruxsatnoma

200

85.

Obyektlarning (xonalarning) giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularga o‘xshash moddalarni va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa

200

86.

Fuqarolik aviatsiyasi havo kemalarida portlovchi materiallarni tashish uchun ruxsatnoma

200

87.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularga o‘xshash moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida o‘tkazish uchun ruxsatnoma

200

88.

O‘zbekiston Respublikasiga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish,undan olib chiqish uchun sertifikat

100

89.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashmalarini tashkil etish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish uchun oldindan ruxsat olish

100

90.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarni olishga doir bitimlarni ko‘rib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olish

100

91.

Davlat mulki bo‘lgan arxiv hujjatlarini yoki ularning ko‘chirma nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlarini yoki ularning ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma

150

92.

Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma

100

93.

O‘simliklarni himoya qilish vositalarini tajriba sifatida qo‘llash uchun ruxsatnoma

100

94.

Sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan obyektlar va inshootlarning profili o‘zgargan holda ulardan xo‘jalik maqsadida foydalanish uchun ruxsatnoma

100

95.

Mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma

150

96.

Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma

150

97.

Xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘llaniladigan texnik qurilmalar hamda inshootlarni ko‘rik va sinovlardan o‘tkazish uchun rux�atnoma

200

98.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida va istirohat bog‘larining attraksionlarida putur yetkazmaydigan nazorat ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma

200

99.

Xavfli yuklarni tashishga mo‘ljallangan sig‘imlarning yaroqliligi to‘g‘risidagi xulosa

200

100.

Gaz quvurlari va gaz xo‘jaligining gaz iste’mol qiluvchi boshqa obyektlarini montaj qilish, ta’mirlash, ishga tushirish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnoma

150

101.

Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qaror

100

102.

Maxfiy kartografiya materiallarini ko‘paytirish uchun ruxsatnoma

150

103.

O‘zbekiston Respublikasi hududida kartografiya materiallarini nashr qilish va/yoki tarqatish uchun ruxsatnoma

100

104.

Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) berish uchun ruxsatnoma

150

105.

Aerosuratga olish ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma

150

106.

Aerosuratga olish va kosmik suratga olish materiallarini nazorat ko‘rigidan o‘tkazish uchun ruxsatnoma

100

107.

Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va video tasvirga olish uchun ruxsatnoma

150

108.

Filmlarni ommaviy namoyish etish uchun bir martalik ruxsatnoma

100

109.

O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma

100

110.

Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi guvohnoma

100

111.

O‘zbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarishga ruxsatnoma

150

III. Vakolatli organni xabardor etmasdan faoliyatni amalga oshirganlik, shuningdek xabardor qilish tartibida faoliyat yuritish uchun belgilangan talablar va shartlarning bajarilganligi yuzasidan vakolatli organga yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar berganlik

Xabarnomaning nomi

Jarima miqdori (bazaviy hisoblash miqdorida)

1.

Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasaladigan zargarlik buyumlarini hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqidagi xabarnoma

50

2.

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashni boshlaganlik yoki tugatganlik haqidagi xabarnoma

25

3.

Zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni sotish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqidagi xabarnoma

50

4.

Investitsiya maslahatchisi faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqidagi xabarnoma

50

5.

Maktabdan tashqari ta’lim faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqidagi xabarnoma

50

6.

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqidagi xabarnoma

75

7.

Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqidagi xabarnoma

75

8.

Yong‘inni avtomatik tarzda o‘chirish va yong‘in signalizatsiyasi qurilmalarini montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqidagi xabarnoma

50

9.

Qo‘riqlash texnik vositalari va tizimlarini montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqidagi xabarnoma

50

10.

Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqidagi xabarnoma

50

11.

Umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar obyektlarning tungi vaqtda faoliyat yuritishni boshlaganligi yoki tugatganligi haqidagi xabarnoma

25

12.

Avtovokzal (avtostansiya) faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqidagi xabarnoma

50

13.

Qurilish-montaj ishlarini boshlaganlik haqidagi xabarnoma

25

14.

Veterinariya davolash-profilaktika faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqidagi xabarnoma

25

15.

Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilg‘isi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek, texnik moylar va moylash materiallarini) sotish faoliyatini, bundan zavodda idishlarga qadoqlanganlari mustasno, boshlaganlik yoki tugatganlik haqidagi xabarnoma

100

16.

Geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqidagi xabarnoma

75

17.

Pivo va pivo ichimliklarini (bundan tabiiy vino mustasno) ishlab chiqarish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqidagi xabarnoma

75

18.

Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik yoki tugatganlik haqidagi xabarnoma

25

19.

Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqidagi xabarnoma

25

20.

Noshirlik faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqidagi xabarnoma

25

21.

Matbaa korxonalarini tashkil etganlik yoki tugatganlik haqidagi xabarnoma

50

22.

Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqidagi xabarnoma

50

23.

Yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni boshlaganlik va tugatganlik haqidagi xabarnoma

75

24.

Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqidagi xabarnoma

25

25.

Madaniy boyliklarni realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqidagi xabarnoma

75

26.

Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini tasarrufdan chiqarish yoki universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tkazganlik haqidagi xabarnoma

75