22.04.2021 yildagi KQ-214-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari tomonidan oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni joylarda amalga oshirishda faollik koʻrsatayotgan mahallalarni moddiy va maʼnaviy jihatdan ragʻbatlantirish, shuningdek ijtimoiy tashabbus orqali aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, xorijiy mamlakatlarda yurtimiz manfaatlari va shaʼnini munosib himoya qilayotgan elchilarimizni munosib taqdirlash, ijtimoiy tashabbuskorlikka erishish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini keng jalb etish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.

1. “Yil diplomati” koʻrik tanlovi 1 bosqichda, “Ijtimoiy tashabbus” hamda “Mahalla — besh tashabbus beshigi” koʻrik-tanlovlari 3 bosqichda (tuman (shahar)-viloyat-respublika bosqichlari) 2021-yilning may — dekabr oylarida tashkil etilsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi KQ-340-IV-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrik-tanlovlarning respublika bosqichi Toshkent shahrida oʻtkazilishi belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Koʻrik-tanlovlar toʻgʻrisidagi nizomlar mos ravishda 1-“a”, 3-“a”, 4-“a”-ilovalarga, tanlovni oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyalari tarkiblari mos ravishda 1-“b”, 3-“b”, 4-“b”-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi KQ-340-IV-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi, Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi, Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi (bundan buyon matnda masʼul qoʻmitalar deb yuritiladi) mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda koʻrik-tanlovlarni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari koʻrik-tanlovlarning tuman (shahar) va viloyat bosqichlarini oʻtkazish, gʻoliblarni taqdirlash va ularning respublika tanlov bosqichida ishtirok etishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Masʼul qoʻmitalar bir oy muddatda koʻrik-tanlovlarning respublika bosqichini oʻtkazish joyi, sanasi va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish yuzasidan takliflar tayyorlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Yil diplomati”;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi KQ-340-IV-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi “Mahalla — besh tashabbus beshigi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Xalq taʼlimi, Maktabgacha taʼlim, Sogʻliqni saqlash vazirliklari hamda Yoshlar ishlari agentligi “Ijtimoiy tashabbus” koʻrik-tanlovi boʻyicha gʻoliblarni diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlashni tashkil etishga masʼul etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati koʻrik-tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish jarayonlarini hamda tanlovlar yakunlarini ommaviy axborot vositalarida va Senatning rasmiy veb-saytida muntazam yoritib borish boʻyicha Media-reja ishlab chiqsin hamda uning ijrosini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 22-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KQ-214-IV-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi KQ-214-IV-sonli qaroriga
1a-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yil diplomati” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom “Yil diplomati” respublika koʻrik-tanlovini (bundan buyon matnda tanlov deb yuritiladi) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tanlovning maqsadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha belgilab berilgan muhim vazifalarni amalga oshirish, Oʻzbekiston manfaatlarini xalqaro maydonda faol ilgari surish, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni jahon hamjamiyatiga yetkazish, tasdiqlangan ish rejalarining sifatli ijrosini taʼminlash hamda respublika tashqi iqtisodiy salohiyatini oshirish borasida samarali faoliyat yuritib kelayotgan ishtirokchilarni qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishtirokchilar orasida professionallik, ishbilarmonlik, raqobatbardoshlik muhitini shakllantirishga imkon berish va xalqaro munosabatlar sohasidagi bilim darajasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diplomatiya sohasida yuksak kasb mahoratiga ega boʻlgan, tashabbuskor, har jihatdan ibratli boʻlgan ishtirokchilarni aniqlash va ularning faoliyatini keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ilgʻor ish tajribasini ommalashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining (www.senat.uz) va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining (www.mfa.uz) rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tanlovda ishtirok etish bepul.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tanlov qonuniylik, xolislik, shaffoflik, kollegiallik va tenglik tamoyillari asosida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Tanlovda ishtirok etish tartibi va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimida, shuningdek xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarida ishlovchi diplomatik martabaga ega xodimlar (bundan buyon matnda ishtirokchilar deb yuritiladi) ishtirok etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tanlov 1 bosqichda oʻtkaziladi. Tanlovni oʻtkazish tartibi ushbu Nizomning 1-ilovasida batafsil yoritilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tanlov ishtirokchilari 30-oktabrga qadar foreign@senat.uz va senat19@exat.uz elektron pochta manzillariga yuborilgan ariza orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi. Arizalar ushbu Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Arizalar ishtirokchilarning ushbu Nizom bilan tanishib chiqqanligini, shuningdek ularning shaxsiy maʼlumotlarini saqlash, foydalanish va amalga oshirilgan ishlar natijalarini ommaviy axborot vositalari hamda Internet tarmoqlarida eʼlon qilinishi mumkinligini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ishtirokchi tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha masʼullar faoliyatiga, shuningdek tanlov natijalari va oʻtkazish jarayonlariga aralashish huquqiga ega emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ishtirokchi tomonidan tanlovni oʻtkazish tartibi va shartlari buzilganligi holati aniqlanganda ishtirokchining tanlovda qatnashishi tashkilotchilar tomonidan toʻxtatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. CEFR (Common European Framework of Reference) boʻyicha kamida V2 darajasiga, IELTS (International English Language Testing System) boʻyicha 6 ballga yoki TOEFL (Test of English as a Foreign Language) boʻyicha 72 ballga muvofiq keladigan chet tilini egallaganlikni rasmiy ravishda tasdiqlovchi amaldagi xalqaro sertifikatga ega boʻlgan tanlov ishtirokchilariga maksimal ball qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish komissiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi (bundan buyon matnda Respublika komissiyasi deb yuritiladi) obroʻli jamoat arboblari, vazirlik va idoralarning tajribali, bilimli vakillaridan shakllantiriladi. Respublika komissiyasi tarkibi, raisi, rais oʻrinbosari va kotibi Oliy Majlis Senati Kengashining tegishli qarori bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Respublika komissiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishtirokchilarning soʻrovnomalarini oʻrganish uchun tuzilgan ishchi guruhlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorlarni tanlovda ishtirok etishga qoʻyish yoki qoʻymaslik toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishtirokchilar tomonidan tanlov boʻyicha sinovlar bajarilishini baholaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishtirokchilarni tanlovning navbatdagi bosqichlariga qoʻyish, gʻoliblarini aniqlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov ishtirokchilari tomonidan tanlovni oʻtkazish qoidalarini buzish hollari aniqlangan taqdirda, ularni tanlovdan chetlashtirish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni, shuningdek, tanlovga oid sinovlarni oʻtkazish tartib-qoidalarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Respublika komissiyasining yigʻilishi uning aʼzolari umumiy sonining yarmidan koʻpi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Respublika komissiyasining qarorlari aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng kelib qolgan hollarda Respublika komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Respublika komissiyasi qarorlari ikki nusxada tuziladigan va yigʻilishda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan imzolanadigan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Respublika komissiyasining faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi, uning kotibiyati va Senat devoni Xalqaro boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Tanlovga hujjatlarni taqdim etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Tanlovda qatnashmoqchi boʻlgan ishtirokchilar tanlov haqida eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 20 kun ichida Respublika komissiyasiga ariza taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Tanlovda qatnashish istagini bildirgan ishtirokchilar oʻz arizalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarjimai hol;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Senati hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soʻnggi uch yildagi faoliyati boʻyicha maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diplom va sertifikatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shu bilan birga, ishtirokchilar tanlovga doir boshqa qoʻshimcha materiallar ham taqdim etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Apellatsiya komissiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq shikoyat va arizalarni koʻrib chiqish uchun Respublika komissiyasining qarori bilan apellatsiya komissiyasi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellatsiya komissiyasining shaxsiy tarkibi va ish reglamenti Respublika komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Apellatsiya komissiyasiga ariza tanlovda nazarda tutilgan sinovlarning natijalari eʼlon qilingandan soʻng uch kun ichida taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Apellatsiya komissiyasi qabul qilingan arizani uch kun mobaynida koʻrib chiqishi va arizachi ishtirokida asoslantirilgan qaror qabul qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Tanlov ishtirokchilarini saralash shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Tanlov ishtirokchilarini saralash ishlari Respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Tanlov ishtirokchilari quyidagi mezonlar asosida saralab olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Senati hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan tegishli hujjatlarda belgilab berilgan vazifalar ijrosi taʼminlanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi manfaatlarini ilgari surish, respublikada olib borilayotgan islohotlarni jahon hamjamiyatiga yetkazishdagi faol harakatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika tashqi iqtisodiy salohiyatini oshirishdagi faoliyati va tashabbuslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash faoliyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot-tahlil faoliyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Koʻrik-tanlovni moliyalashtirish manbalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda homiylar mablagʻlari hisobidan qoplanishi nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Tanlov gʻoliblarini taqdirlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Gʻolib deb topilgan ishtirokchilar I, II, III darajali diplomlar va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Respublika komissiyasining diplomatik martabani oshirish boʻyicha tegishli tavsiyanomalar hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Tanlov gʻoliblari quyidagi nominatsiyalar boʻyicha taqdirlanishi ham nazarda tutiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yil diplomati”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yil diplomatik vakolatxonasi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Mazkur Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori bilan kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yil diplomati” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

“YIL DIPLOMATI” KOʻRIK-TANLOVINI OʻTKAZISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARTIBI

Bosqichlar

Tadbirlar

Muddat

Tashkiliy bosqich

Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyasi tomonidan qatnashchilarni saralab olish uchun har bir nominatsiya boʻyicha tanlov komissiyasi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash;

Tanlov komissiyalari tomonidan qatnashchilarning soʻrovnomalarini oʻrganish uchun ishchi guruhlar tarkiblarini shakllantirish va tasdiqlash;

onlayn saralash boshlanishidan oldin kamida bir oy oldin tanlovni oʻtkazish sanasi va shartlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari, shuningdek, Oliy Majlis Senati rasmiy veb-saytida davlat tili va rus tilida eʼlon berish.

1-sentabrga qadar

Onlayn saralash

Tanlovda ishtirok etayotgan fuqarolarning anketalarini va boshqa hujjatlarini (malaka oshirish sertifikatlari, chet tillarini bilish darajasi, motivatsiya xati va boshqalarni) yigʻish va umumlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi arizalar va hisobotlarni yigʻish va umumlashtirish;

Respublika komissiyasiga kelib tushgan hujjatlarni oʻrganish va eng yaxshi arizalarni tanlash;

Nomzodlar roʻyxatining Oliy Majlis Senati rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi, tanlovning navbatdagi bosqichi va topshiriqlar roʻyxati koʻrsatilgan.

30-oktabrga qadar

Bevosita tur

Ishtirokchilar tomonidan yozma tahliliy maʼruza tayyorlash;

30-noyabr

Siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sohasida bilim darajasini aniqlash boʻyicha test sinovini oʻtkazish;

10-dekabr

Tanlov komissiyalari aʼzolari bilan yakkama-yakka suhbat.

20-dekabr

Final

Gʻoliblarni aniqlash. Respublika komissiyasi tomonidan tanlov natijalarini veb-portalda eʼlon qilish;

25-dekabr

Diplomatik darajani navbatdagi koʻtarilishi uchun gʻoliblarni taqdim etish.

27-dekabr

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yil diplomati” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari, “Yil diplomati” koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyasi raisi S.S. Safoyevga Tashqi ishlar vazirligi __________________________ (lavozim) ______________________ (F.I.Sh.) dan

ARIZA

Sizdan “Yil diplomati” koʻrik-tanlovining _________________ nominatsiyasi boʻyicha ishtirok etishga ruxsat berishingizni soʻrayman.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1. ________________________________________;
‎2. ________________________________________;
‎3. ________________________________________;
‎4. ________________________________________;
‎5. ________________________________________;.

_______

_________________________

(imzo)‎

(arizachining F.I.O.)

______________

(sana)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi KQ-214-IV-sonli qaroriga
1b-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yil diplomati” koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI

1.

Safoyev Sodiq Solihovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisi

2.

Alimov Ravshanbek Azadbekovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi, Komissiya raisi oʻrinbosari

3.

Aripov Eldor Taxirovich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining birinchi oʻrinbosari — Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori

4.

Arziyev Farhod Nuritdinovich

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

Kudratov Laziz Shavkatovich

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

Akkulov Abdulaziz Urolboyevich

Oʻzbekiston Respublikasi turizm va sport vazirining oʻrinbosari

7.

Kurbanov Doniyor Djavdatovich

Xalqaro munosabatlar boʻyicha axborot-tahlil markazi direktori

8.

Karimov Komiljon Xamidovich

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori

9.

Azizov Xudoyqoʻl Tojiyevich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining birinchi prorektori

10.

Lavozim boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

11.

Azizov Ildar Rafaelyevich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni bosh maslahatchisi, Komissiya kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Komissiyaning aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2 “a” ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi KQ-340-IV-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2 “b” ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi KQ-340-IV-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi KQ-214-IV-sonli qaroriga
3a-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika koʻrik-tanlovini (bundan buyon matnda tanlov deb yuritiladi) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tanlovda ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashda yuqori natijalarga erishgan, jamiyat rivoji uchun tashabbus koʻrsatayotgan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlagan, jumladan yoshlarni kasb-hunarga oʻrgatish, ularning bandligini taʼminlash, shuningdek ijtimoiy soha muassasalari infratuzilmasini yaxshilashda faol ishtirok etgan tuman (shahar) hokimliklari, davlat boshqaruvi organlari, nodavlat tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari, jismoniy shaxslar (bundan buyon matnda ishtirokchilar deb yuritiladi) qatnashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tanlov 2021-yildan boshlab har yili iyul — noyabr oylarida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tanlov oʻtkazishning aniq muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan belgilanadi hamda ushbu tanlov boshlanishidan bir oy oldin ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tanlov oʻtkazishning muddatlari haqidagi eʼlonlar tuman (shahar) hokimliklari, mahalla fuqarolar yigʻinlari, davlat va nodavlat tashkilotlari binolarining hamma tanishib chiqishi uchun qulay boʻlgan joylariga ilib qoʻyiladi hamda hokimlik hududidagi tashkilotlar oʻrtasida keng targʻib qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Tanlovning maqsadi

6. Tanlov oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarda ijtimoiy masalalarni muvaffaqiyatli hal etishga qaratilgan tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash va jamiyatda ijtimoiy tashbbusokrlikni rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy tashabbuslar orqali aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy tashabbus yordamida hududdagi ijtimoiy soha muassasalari infratuzilmasini yaxshilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimizda ijtimoiy tashabbuskorlikka erishish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini keng jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy tashabbus koʻrsatgan ishtirokchilarning ilgʻor tajribasini aniqlash, umumlashtirish va targʻib qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Tanlov oʻtkazish tartibi va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur tanlov quyidagi 3 ta bosqichda tashkil etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi bosqich — tuman (shahar) miqyosida iyul-avgust oylarida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi bosqich — viloyatlar miqyosida (birinchi bosqich gʻoliblari oʻrtasida) sentyabr-oktyabr oylarida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi bosqich — respublika miqyosida (ikkinchi bosqich gʻoliblari oʻrtasida) noyabr oyida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tanlov quyidagi nominatsiyalarda oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat boshqaruv organi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat notijorat tashkiloti”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik subyekti”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor fuqaro”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor hokimlik” (ikkinchi bosqichdan).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Birinchi bosqichni tashkil etish uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari deputatlaridan iborat tarkibda ishchi guruh tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ishchi guruh tomonidan Nizom talablari asosida tuman va shaharlardan ishtirokchilar orasidan 5 tagacha eng yaxshi ijtimoiy tashabbus koʻrsatganlar tanlab olinib, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari kotibiyatlariga (keyingi oʻrinlarda kotibiyatlar deb yuritiladi) taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Kotibiyatlar Ishchi guruh tomonidan saralangan ishtirokchilarning hujjatlarini xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga eng yaxshi ijtimoiy tashabbus koʻrsatgan ishtirokchilar haqidagi 5 daqiqadan oshmagan videolavhani hujjatlar bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun kiritadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Taqdim etilgan nomzodlarni koʻrib chiqib, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi oʻz xulosasi bilan tanlovning tuman bosqichi gʻolibini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tuman bosqichlarida gʻolib deb topilgan 1 tadan nomzod haqidagi maʼlumotlar ikkinchi bosqichda ishtirok etishi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari kotibiyatlariga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Kotibiyatlar ishtirokchilarning hujjatlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga eng yaxshi ijtimoiy tashabbus koʻrsatgan ishtirokchilar haqidagi 5 daqiqadan oshmagan videolavhani hujjatlar bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun kiritadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Taqdim etilgan nomzodlarni koʻrib chiqib, Kengash oʻz xulosasi bilan tanlovning ikkinchi bosqichi gʻolibini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ikkinchi bosqichda gʻolib deb topilgan 1 tadan nomzod haqidagi maʼlumotlar “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasiga (bundan buyon matnda Respublika komissiyasi deb yuritiladi) taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Respublika komissiyasiga taqdim etilgan maʼlumotlar zaruratga qarab joyiga chiqqan holda oʻrganiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Tanlovning respublika bosqichi Toshkent shahrida tashkil etiladi. Respublika bosqichiga chiqqan har bir nominatsiya boʻyicha 14 tadan ishtirokchi (har bir hududdan bittadan) ijtimoiy tashabbus doirasida olib borgan namunali faoliyatini koʻrgazmali tarzda himoya qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Respublika bosqichida eng yaxshi deb topilgan ishtirokchilar hujjatlari Respublika komissiyasi tomonidan Nizom talablari asosida tahlil etilib, ular orasidan I, II, III-oʻrinni olganlar aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Tanlovga rahbarlik qilish

20. Tanlovni oʻtkazish boʻyicha umumiy rahbarlik Oliy Majlis Senati tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichlari adolatli va shaffof oʻtkazilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari kotibiyatlari zimmasiga yuklanadi. Respublika bosqichi esa Senatning bevosita ishtiroki va nazorati ostida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Tanlovning Respublika komissiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Respublika komissiyasi Senat aʼzolari, vazirlik va idoralar vakillaridan shakllantiriladi. Respublika komissiyasi tarkibi va raisi Oliy Majlis Senati Kengashining tegishli qarori bilan tasdiqlanadi. Respublika komissiyasi tarkibi 9 nafar aʼzodan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Respublika komissiyasi aʼzolari tanlov jarayonida quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovning respublika bosqichi ishtirokchilaridan Nizom talablari asosida tegishli hujjatlarni talab qilish;

tanlov jarayonida tanlov gʻolibini obyektiv baholash maqsadida ishtirokchilardan qoʻshimcha maʼlumotlar olish;

tanlov yakunlarini sarhisob qilish va gʻoliblarni aniqlashda oʻz ovozi bilan ishtirok etish.

24. Komissiya aʼzolari tanlov jarayonida quyidagi majburiyatlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovning respublika bosqichi uchun taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarni oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov ishtirokchilarini saralashda adolatlilik, shaffoflik mezonlariga rioya qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika komissiyasi aʼzolariga qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Tanlovga hujjatlarni taqdim etish tartibi

25. Tanlovda ishtirokchilar yakka holda ishtirok etadi va hujjatlar taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Tanlovda qatnashmoqchi boʻlgan ishtirokchilar tanlov haqida eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 20 kun mobaynida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi kotibiyatlari nomiga ariza beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Tanlovda qatnashish istagini bildirgan ishtirokchilar oʻz arizalariga quyidagi hujjatlarni ilova qilishlari lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishtirokchilar toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizomning 6-bandiga asosan ijtimoiy tashabbus doirasida olib borilgan faoliyatiga oid materiallar (maʼlumotlar, hisobotlar, bayonnomalar, dasturlar, loyihalar, albom, 15x20 sm oʻlchamdagi fotosuratlar va hokazolar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy tashabbusni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni aks ettiruvchi 5 daqiqadan oshmagan videorolik (sifati yuqori, ND formatda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalarida ijtimoiy tashabbusni yoritishga oid chop etilgan maqolalar, televideniye yoki radiodagi chiqishlarni asoslovchi hujjatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishtirokchilar tanlovga doir boshqa qoʻshimcha materiallar ham taqdim etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizalar tuman Kengashlari kotibiyatlari tomonidan tegishli hududdagi xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyatlariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Tanlov ishtirokchilarini saralash mezonlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Tanlov ishtirokchilarini saralash ishlari birinchi bosqichda Ishchi guruh tomonidan, ikkinchi bosqichda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari kotibiyatlari tomonidan, uchinchi bosqichda Respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Tanlov ishtirokchilari quyidagi mezonlar asosida saralab olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizomning 6-bandida belgilangan maqsadlarni bajarilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholini ijtimoiy himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy soha obyektlariga koʻrsatilgan ijtimoiy tashabbus natijasida voyaga yetmagan shaxslarning taʼlim olishi, ularning sogʻligʻini saqlash sohasida zarur sharoitlar yaratilganligi va keng qamrab olinganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy birlik doirasida ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga turli toifadagi (jismoniy va yuridik shaxslar) homiylarni keng jalb etish boʻyicha tizimli ishlarning tashkil etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishtirokchilarning ijtimoiy sohani qoʻllab-quvvatlashdagi tajribasini aniqlash va keng targʻib qilish, hududlardagi soha obyektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy tashabbuskorlikda fuqarolar bilan ishlashda yangi yondashuvlarni qoʻllaganlik va amalda joriy etganlik darajasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Koʻrik-tanlovni moliyalashtirish manbalari

30. Tanlov oʻtkazilishining moliyalashtirish shartlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovning birinchi bosqichi uchun talab etiladigan zarur mablagʻlar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi bosqichi uchun talab etiladigan zarur mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovning uchinchi — respublika bosqichi uchun talab etiladigan zarur mablagʻlar manfaatdor vazirlik va idoralar hamda homiylar tomonidan qoplanishi nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Tanlov gʻoliblarini taqdirlash

31. Gʻolib deb topilgan ishtirokchilar I, II, III darajali diplomlar va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, hamkor tashkilotlar hamda homiylarning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Tanlovning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan hamda faol qatnashgan ishtirokchilar faoliyatiga oid fotoalbomlar, videolavhalar, hujjatlar (shu jumladan, ularning elektron nusxalari) tegishincha Senatning tegishli qoʻmitasida 3 yil muddatda saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Mazkur Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori bilan kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi KQ-214-IV-sonli qaroriga
3b-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ijtimoiy tashabbus” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Iminov Odiljon Karimovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi, komissiyaraisi

2.

Parpiyev Maxmud Mamatovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

3.

Maʼrupova Gulnora Maxmudovna

Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani koʻllab quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

Sharifxodjayev Usmon Ulfatovich

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

Inoyatov Amrillo Shodiyevich

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari

7.

Umurzakov Baxodir Xamidovich

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri oʻrinbosari

8.

Yuldashev Maqsudjon Abdullayevich

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari

9.

Kattaxonova Durdona Sobir qizi

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari, komissiya kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Komissiyaning aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi KQ-214-IV-sonli qaroriga
4a-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mahalla — besh tashabbus beshigi” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom “Mahalla — besh tashabbus beshigi” respublika koʻrik-tanlovini (keyingi oʻrinlarda tanlov deb yuritiladi) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tanlov Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (keyingi oʻrinlarda — ishtirokchilar) oʻrtasida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Tanlovning maqsadi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tanlovning maqsadi quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusni (keyingi oʻrinlarda — besh muhim tashabbus) xalq harakatiga aylantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
besh muhim tashabbusni amalga oshirish boʻyicha faol ish olib borayotgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallalarda yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, isteʼdodlarini yuzaga chiqarish, jismoniy chiniqtirish, sport bilan shugʻullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish, kitobxonlikni keng targʻib qilish hamda xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashga doir ishlar samaradorligini oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Tanlovni oʻtkazish tartibi va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur tanlov quyidagi 3 ta bosqichda tashkil etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi bosqich — tuman va shaharlar miqyosida iyun oyida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi bosqich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida (keyingi oʻrinlarda — hududiy) birinchi bosqich gʻoliblari oʻrtasida avgust oyida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi bosqich — Respublika miqyosida ikkinchi bosqich gʻoliblari oʻrtasida dekabr oyida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Birinchi bosqichni tashkil etish uchun besh muhim tashabbusga masʼul boʻlgan vazirlik idoralarning tuman va shahar tuzilmalari (boʻlimlari) vakillari hamda Yoshlar parlamenti aʼzolaridan iborat Ishchi guruh tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruh aʼzolari tomonidan Nizom talablari asosida tuman va shaharlardan ishtirokchilar orasidan 5 tasini saralab, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlariga (keyingi oʻrinlarda kotibiyatlar deb yuritiladi) taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kotibiyatlar Ishchi guruh tomonidan saralangan ishtirokchilarning hujjatlarini xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga besh muhim tashabbusga doir 5 daqiqadan oshmagan videolavhasi bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun kiritadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari tomonidan kiritilgan nomzodlarni koʻrib chiqib, Kengash xulosasi asosida eng yaxshi deb topilgan 1 tadan nomzodni 2-bosqichda ishtirok etishi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlari kotibiyatlariga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Kotibiyatlar ikkinchi bosqichga taqdim etilgan hujjatlarni Nizom talablari asosida koʻrib chiqib, nomzodlar hujjatlarini Respublika bosqichiga tavsiya etish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlari muhokamasiga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrik-tanlovning hududiy bosqichi koʻrgazmali tarzda (koʻrgazmali qurollar, planshetlar, albomlar, videoroliklar, sahnalar va hokazo) tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlari xulosasi asosida hududiy bosqichda ishtirok etgan nomzodlar orasidan eng yaxshi deb topilgan 1 tadan ishtirokchi Respublika bosqichiga tavsiya etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tanlovning respublika bosqichi Toshkent shahrida Senat tomonidan tashkil etiladi. Respublika bosqichiga chiqqan jami 14 ta ishtirokchi (har bir hududdan bittadan) besh muhim tashabbus borasida olib borgan namunali faoliyatini koʻrgazmali tarzda himoya qiladi. Respublika bosqichi ishtirokchilari faoliyati tanlovning Respublika komissiyasi tomonidan Nizom talablari asosida tahlil etilib, ular orasidan Respublika bosqichi gʻoliblari aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Tanlovga rahbarlik qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tanlovni oʻtkazishga umumiy rahbarlik Oliy Majlis Senati tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tanlovni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi tarkibi Oliy Majlis Senati Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichlari adolatli va shaffof oʻtkazilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar) Kengashlari kotibiyatlari zimmasiga yuklatiladi. Respublika bosqichi esa Senatning bevosita ishtiroki va nazorati ostida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Tanlovning respublika komissiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tanlovni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) obroʻli jamoat arboblari, vazirlik va idoralar, jamoat va notijorat tashkilotlarining tajribali, bilimli va koʻnikmaga ega vakillaridan shakllantiriladi. Komissiya tarkibi 9 nafar vakildan iborat etib belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Komissiya aʼzolari tanlov jarayonida quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovning respublika bosqichi ishtirokchilaridan Nizom talablari asosida tegishli hujjatlarni talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov jarayonida tanlov gʻolibini obyektiv baholash maqsadida ishtirokchilardan qoʻshimcha maʼlumotlar olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov yakunlarini sarhisob qilish va gʻoliblarni aniqlashda oʻz ovozi bilan ishtirok etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Komissiya aʼzolari tanlov jarayonida quyidagi majburiyatlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlovning respublika bosqichi uchun taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarni tanlov asosida joyiga borish orqali oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov hujjatlariga oid maʼlumotlarni oshkor etmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov ishtirokchilarini saralashda adolatlilik, shaffoflik mezonlariga rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya aʼzolariga qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Tanlovga hujjatlarni taqdim etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tanlovda ishtirokchilar yakka holda ishtirok etadi va hujjatlar taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tanlovda qatnashmoqchi boʻlgan nomzodlar tanlov haqida eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 20 kun mobaynida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi kotibiyatlari nomiga ariza taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tanlovda qatnashish istagini bildirgan nomzodlar oʻz arizalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishtirokchilar toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumot (mavjud boʻlsa pasporti);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlis palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan besh muhim tashabbus boʻyicha qabul qilingan tegishli hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
besh muhim tashabbus doirasida olib borilgan faoliyatiga oid materiallar (maʼlumotlar, hisobotlar, bayonnomalar, dasturlar, loyihalar, foto, albom va hokazolar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
besh muhim tashabbusni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni aks ettiruvchi 5 daqiqadan oshmagan videorolik (sifati yuqori, DVD formatida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalarida besh muhim tashabbusga oid chop etilgan maqolalar, televideniye yoki radioda chiqishlarni asoslovchi hujjatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nomzodlar tanlovga doir boshqa qoʻshimcha materiallar ham taqdim etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizalar tegishli hududdagi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi kotibiyatlariga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Tanlov ishtirokchilarini saralash shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Tanlov ishtirokchilarini saralash ishlari 1-bosqichda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi kotibiyatlarida tashkil etilgan Ishchi guruhi tomonidan, 2-bosqichda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan, 3-bosqichda Respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Tanlov ishtirokchilari quyidagi mezonlar asosida saralab olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Senati hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan besh muhim tashabbus boʻyicha qabul qilingan tegishli hujjatlarda belgilab berilgan vazifalar ijrosi taʼminlanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
besh muhim tashabbusning mazmun-mohiyatini xalqqa yetkazilganligi hamda targʻibot tashviqot ishlarining olib borilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, isteʼdodini yuzaga chiqarish samaradorligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratilganligi va keng qamrab olinganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish samaradorligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular va oilalar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarning tashkil etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xotin-qizlarning ish bilan taʼminlanganlik darajasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Koʻrik-tanlovni moliyalashtirish manbalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Tanlov oʻtkazilishining moliyalashtirish shartlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlovning 1-bosqichi uchun talab etiladigan zarur mablagʻlar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlovning 2-bosqichi uchun talab etiladigan zarur mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlovning uchinchi — Respublika bosqichi uchun talab etiladigan zarur mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda homiylar mablagʻlari hisobidan qoplanishi nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, tanlovni oʻtkazishdan manfaatdor vazirlik va idoralar yoki homiylar mablagʻlari ham jalb etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Tanlov gʻoliblarini taqdirlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Gʻolib deb topilgan ishtirokchilar I, II, III darajali diplomlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Koʻrik-tanlovning respublika bosqichida faol ishtirok etgan ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalar boʻyicha taqdirlanishi ham nazarda tutiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Birinchi tashabbus boʻyicha eng faol mahalla”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ikkinchi tashabbus boʻyicha eng faol mahalla”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Uchinchi tashabbus boʻyicha eng faol mahalla”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Toʻrtinchi tashabbus boʻyicha eng faol mahalla”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Beshinchi tashabbus boʻyicha eng faol mahalla”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Koʻrik-tanlov ishtirokchilari “Besh tashabbus boʻyicha eng namunali oila” nominatsiyasi boʻyicha ham taqdirlanishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Mazkur koʻrik-tanlovni tashkil etish va oʻtkazishni Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi muvofiqlashtirib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Ushbu Nizomga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori bilan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi KQ-214-IV-sonli qaroriga
4b-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mahalla — besh tashabbus beshigi” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Sayfullayev Baxtiyor Sayfullayevich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi, komissiya raisi

2.

Kadirxanova Malika Akbarovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi

3.

Parpiyev Maxmudjon Mamatovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

4.

Ahmedov Bahodir Majidovich

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

Azamov Ulugʻbek Adxamovich

Oʻzbekiston Respublikasi turizm va sport vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

Pekos Oleg Andreyevich

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

Maʼrupova Gulnora Maxmudovna

Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani koʻllab quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari

8.

Muxitdinov Erkin Madorbekovich

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari

9.

Quronov Muhammadjon

Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining birinchi oʻrinbosari, komissiya kotibi