Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2019 06.06.1997 yildagi 287-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2019
Hujjat 06.06.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KIMYoVIY QUROLLARNI YaRATISh, IShLAB ChIQARISh, TOʻPLASh VA QOʻLLAShNI TAQIQLASh HAMDA UNI YOʻQ QILIB TAShLASh TOʻGʻRISIDAGI KONVENSIYANI ROʻYoBGA ChIQARISh BOʻYIChA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING KOMISSIYASINI TAShKIL ETISh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan majburiyatlariga muvofiq va Kimyoviy qurollarni yaratish, ishlab chiqarish, toʻplash va qoʻllashni taqiqlash hamda uni yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisidagi Konvensiyani roʻyobga chiqarish boʻyicha vazirliklar va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Kimyoviy qurollarni yaratish, ishlab chiqarish, toʻplash va qoʻllashni taqiqlash hamda uni yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisidagi Konvensiyani roʻyobga chiqarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1-ilovaga* muvofiq tarkibda komissiyasi tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kimyoviy qurollarni yaratish, ishlab chiqarish, toʻplash va qoʻllashni taqiqlash hamda uni yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisidagi Konvensiyani roʻyobga chiqarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Komissiyasi toʻgʻrisida Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasiga Komissiyaning kotibiyati funksiyasini bajarish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Elchixonasiga Kimyoviy qurollarni taqiqlash boʻyicha tashkilot (Gaaga) bilan ishchi aloqalari va oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish hamda Kimyoviy qurollarni yaratish, ishlab chiqarish, toʻplash va qoʻllashni taqiqlash hamda uni yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisidagi Konvensiyani roʻyobga chiqarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Komissiyasi kotibiyati uchun zarur materiallarni taqdim etish yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1997-yil 6-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
287-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 287-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kimyoviy qurollarni yaratish, ishlab chiqarish, toʻplash va qoʻllashni taqiqlash hamda uni yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisidagi Konvensiyani roʻyobga chiqarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Komissiyasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kimyoviy qurollarni yaratish, ishlab chiqarish, toʻplash va qoʻllashni taqiqlash hamda uni yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisidagi Konvensiyani roʻyobga chiqarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi), Kimyoviy qurollarni yaratish, ishlab chiqarish, toʻplash va qoʻllashni taqiqlash hamda uni yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisidagi Konvensiya (keyingi oʻrinlarda Konvensiya deb ataladi) yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni amalga oshirish uchun vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va birlashmalarning (keyingi oʻrinlarda vazirliklar va idoralar deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha idoralararo kollegial organ hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konvensiyaning ish prinsiplari ommaviy qirgʻin qurollari — kimyoviy, bakteriologik (biologik), zaharlovchi moddalar omborlarini va ularni ishlab chiqarish uchun qoʻllaniladigan asbob-uskunalarni kechiktirmasdan yoʻq qilib tashlash zarurligiga asoslanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya oʻz faoliyatida xalqaro shartnomalar va bitimlarga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga amal qiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining koʻrib chiqishi uchun milliy qonunchilikni Konvensiyani imzolash paytida qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga muvofiq holga keltirish uchun uni oʻzgartirish (qoʻshimchalar kiritish) toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eʼlon qilinishi va tekshirilishi kerak boʻlgan sanoat korxonalari roʻyxatini aniqlash masalalari boʻyicha vazirliklar va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konvensiya aʼzolari boʻlgan davlatlarning ana shunday milliy organlari bilan mustahkam oʻzaro aloqa qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot toʻplash, umumlashtirish, tahlil qilish va belgilangan tartibda Konvensiya aʼzolari boʻlgan davlatlar tashkilotining texnik kotibiyatiga berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konvensiya doirasida amalga oshiriladigan tekshirishlarni oʻtkazishda qatnashish yoxud unga har tomonlama koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konvensiya qatnashchilari boʻlgan davlatlarga nisbatan kimyoviy qurol qoʻllanilgan yoki qoʻllash xavfi tugʻilgan taqdirda Konvensiya aʼzolari boʻlgan davlatlarni yoki davlatlar guruhiga yordam koʻrsatish, zarurat boʻlganda ularni himoya qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. KOMISSIYANING FUNKSIYALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolatlari doirasida Konvensiya qatnashchilari boʻlgan boshqa davlatlarning kimyoviy qurollar ustidan nazorat qilish boʻyicha ana shunday milliy organlari bilan hamkorlik oʻrnatadi va uni saqlab turadi, belgilangan tartibda axborot ayirboshlanishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konvensiya qatnashchilari boʻlgan davlatlar tashkiloti ijroiya kengashi va texnik kotibiyatiga hisobotlar va axborotlarni tayyorlaydi va oʻz vaqtida taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimyoviy qurollarni yoʻq qilib tashlash boʻyicha xalqaro va respublika tajribasini oʻrganadi, umumlashtiradi va yoyadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolati doirasida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga kimyoviy qurollarni taqiqlash va ularni yoʻq qilib tashlash masalalari bilan bevosita shugʻullanuvchi, ularga boʻysunuvchi muassasalar faoliyatini tashkil etishda tegishli uslubiy va amaliy yordam koʻrsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, idoralar va boshqa tegishli tashkilotlarga, shu jumladan xalqaro tashkilotlarga belgilangan tartibda tegishli axborot taqdim etilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimyoviy qurollarni taqiqlash va yoʻq qilib tashlashga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazishga moʻljallangan moliyaviy mablagʻlar va moddiy resurslarni taqsimlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasiga Konvensiya masalalariga tegishli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalari va boshqa normativ hujjatlar boʻyicha xulosalar taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konvensiya masalalari boʻyicha Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga kiruvchi davlatlar bilan tuziladigan bitimlar loyihalariga, shuningdek boshqa xorijiy mamlakatlar bilan tuziladigan bitimlar loyihalariga takliflar tayyorlanishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar va idoralar tomonidan Konvensiyada nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimyoviy qurollarni taqiqlashga qaratilgan har qanday tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlaydi, shuningdek kimyoviy qurollardan tinch maqsadlarda foydalanish faktlari toʻgʻrisida Konvensiya qatnashchilari boʻlgan davlatlarning xuddi shunday tuzilmalari bilan asbob-uskunalar, materiallar, ilmiy va texnik axborot ayirboshlanishiga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibda yoki boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda kimyo sohasidagi ilmiy kashfiyotlarni ishlab chiqish va qoʻllashda qatnashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. KOMISSIYANING HUQUQLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya oʻz oldida turgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolati doirasida belgilangan tartibda vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan kimyoviy materiallarni yaratish, ishlab chiqarish yoki ularni respublika hududida saqlashga ruxsat berishga (taqiqlashga) qaratilgan qarorlar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborot va maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha vazirliklar, idoralar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlarni belgilangan tartibda tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspert tekshirishlarini oʻtkazishda qatnashish uchun vatanimiz va chet el mutaxassislarini jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimyoviy qurollarni taqiqlash ustidan nazorat qilish masalalari boʻyicha oʻtkaziladigan xalqaro tashkilotlar, eksport komissiyalari ishida, kengashlarda, seminarlarda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konvensiya qoidalari bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga takliflar kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. IShNI TAShKIL ETISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari boshchilik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyaning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya ishi joriy va istiqbolli rejalar asosida amalga oshiriladi. Komissiya majlislari zaruratga koʻra, biroq yilning har choragida kamida bir marta oʻtkaziladi. Komissiya majlislari unda komissiya aʼzolarining kamida yarmi qatnashganda qaror qabul qilishga haqli boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Majlisda hozir boʻlgan komissiya aʼzolarining koʻpchiligi uning uchun ovoz bersa qaror qabul qilingan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya qarorlari qarorlar sifatida rasmiylashtiriladi va zarurat boʻlganda jamoatchilikka ommaviy axborot vositalari orqali maʼlum qilinadi. Komissiya qarorlari barcha davlat boshqaruvchi organlari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va muassasalar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi organ — Komissiya kotibiyati funksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.