09.06.2021 yildagi 358-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.06.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yigʻimini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yigʻimini joriy etish toʻgʻrisida” 2020-yil 2-iyundagi 347-son qaroriga muvofiq, shuningdek gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yigʻimini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yigʻimini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalariga nisbatan utilizatsiya yigʻimlarini yigʻish, hisoblash, toʻlash, undirish, shuningdek, utilizatsiya yigʻimining ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan summalarini qaytarish va ularni hisobga olish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositalarining chiqindilari bilan ishlash infratuzilmasini tashkil etish xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, transport vositalari chiqindilarini yigʻish, tashish, qayta ishlash, zararsizlantirish, ulardan foydalanish va utilizatsiya qilish xarajatlarini qoplash tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositalarining utilizatsiyasi bilan shugʻullanadigan tashkilotlar uchun ekologik va texnik talablar hamda sanoat xavfsizligi talablarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositalarining utilizatsiya qilinishi munosabati bilan ularni ichki ishlar organlarida toʻlovlar undirmay hisobdan chiqarish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu qarorning mohiyati va ahamiyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 9-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
358-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-iyundagi 358-son qaroriga

ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yigʻimini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Asosiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom qonunchilik hujjatlariga muvofiq utilizatsiya yigʻimini toʻlash talab etiladigan gʻildirakli transport vositalar, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalariga nisbatan (keyingi oʻrinlarda — transport vositalari) utilizatsiya yigʻimini hisoblash, toʻlash, undirish, ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan summalarini qaytarish, shuningdek transport vositalari oʻz isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotganidan keyin hosil boʻladigan chiqindilarni (keyingi oʻrinlarda — transport vositalari chiqindilari) yigʻish, tashish va utilizatsiya qilish bilan bogʻliq infratuzilmani tashkil etish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Utilizatsiya yigʻimini hisoblash va toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Utilizatsiya yigʻimini hisoblab chiqarish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-iyundagi 347-son qarori bilan tasdiqlangan utilizatsiya yigʻimining miqdorlari va utilizatsiya yigimi toʻlanadigan gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalarining turlari va toifalari roʻyxatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Utilizatsiya yigimi transport vositalarini “erkin muomalaga chiqarish” (import) bojxona rejimida rasmiylashtiradigan jismoniy va yuridik shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan transport vositalari ishlab chiqaradigan (yigʻadigan, tayyorlaydigan) jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Utilizatsiya yigʻimini toʻlash uchun hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytlarida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtirish yoʻli bilan utilizatsiya yigimi toʻlovchilariga yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda utilizatsiya yigimi transport vositalari uchun bojxona deklaratsiyasi qabul qilinishidan oldin yoki bir vaqtning oʻzida toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinayotgan transport vositalari uchun utilizatsiya yigʻimini toʻlash mazkur nizomning 1-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Transport vositalarining mahalliy ishlab chiqaruvchisi hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanadan kechiktirmay mahalliy transport vositalari ishlab chiqaruvchisi joylashgan joydagi soliq organiga, faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotish uchun ishlab chiqarilgan transport vositalari boʻyicha utilizatsiya yigimi hisob-kitoblarini elektron shaklda taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mahalliy ishlab chiqaruvchi hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotilgan transport vositalari boʻyicha utilizatsiya yigʻimini toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksport bozorlarida sotish uchun ishlab chiqarilgan avtomobillar mahalliy ishlab chiqaruvchi tomonidan ichki bozorga sotilgan taqdirda, transport vositalari ishlab chiqaruvchisi hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay utilizatsiya yigʻimini toʻlaydi. Bunda sotilgan avtomobil xaridor tomonidan qaytarib berilgan taqdirda hisob-kitobga tuzatish kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Agar mahalliy ishlab chiqaruvchi utilizatsiya yigʻimini toʻlamagan yoki belgilangan muddatlarda toʻliq hajmda toʻlamagan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari tomonidan belgilangan tartibda utilizatsiya yigʻimini undirish amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan transport vositalari ishlab chiqaradigan (yigʻadigan, tayyorlaydigan) jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan utilizatsiya yigʻimini toʻlash mazkur nizomning 2-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Utilizatsiya yigʻimining toʻlangan va qayta hisoblangan summalari oʻrtasida farq aniqlanganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kamchilik miqdori utilizatsiya yigʻimining takroriy (tuzatilgan) hisob-kitobi taqdim etilgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida utilizatsiya yigʻimining toʻlovchisi tomonidan toʻlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ortiqcha toʻlangan (undirilgan) utilizatsiya yigʻimi summasi, toʻlovchining utilizatsiya yigʻimi boʻyicha mavjud qarzlarini qoplashiga yoxud utilizatsiya yigʻimi toʻlovchisiga qaytarish uchun hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ortiqcha toʻlangan utilizatsiya toʻlovlarini qaytarilishi, ortiqcha toʻlangan summa qaysi budjetga yoki jamgʻarmalarga oʻtkazilgan boʻlsa, oʻsha budjet yoki oʻtkazilgan jamgʻarma mablagʻlaridan utilizatsiya yigʻimi toʻlovchisining yozma arizasi yoki soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilgan arizasi asosida, tegishlicha bojxona va soliq organlariga ariza berilgan sanadan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va (yoki) Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan mos ravishda bojxona va soliq nazorati amalga oshirilgan paytda utilizatsiya yigʻimining taqdim etilgan hisob-kitoblarida tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlangan holatda, utilizatsiya yigʻimi toʻlovchisiga ularni qayta hisoblash va (yoki) tegishli hisobotga tuzatishlar kiritish talabnomasini yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Utilizatsiya yigʻimi toʻlovchisi tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi talabnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddatda aniqlashtirilgan hisobotni yoxud tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Utilizatsiya yigʻimi toʻlovchisining taqdim etgan asosnomasi tegishli hujjatlar (asosnomalar) olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida soliq yoki bojxona organining rahbari (rahbari oʻrinbosari) tomonidan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aniqlangan tafovutlar boʻyicha taqdim etilgan asosnomalariga toʻliq yoki qisman rozilik berilgan taqdirda, soliq yoki bojxona organi ilgari yuborilgan talabnoma bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirish xatini yoxud utilizatsiya yigʻimi hisobotiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi aniqlashtirilgan talabnomani utilizatsiya yigʻimi toʻlovchisiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Utilizatsiya yigʻimining taqdim etilgan hisob-kitoblaridagi tafovutlar va (yoki) xatolar utilizatsiya yigʻimining toʻlanmasligiga (yoki toʻliq boʻlmagan hajmda toʻlanmasligiga) olib kelgan holda, toʻlanmagan utilizatsiya yigʻimining undirilishi mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Utilizatsiya yigʻimini qayta hisoblash va (yoki) tegishli hisobotga tuzatishlar kiritish haqidagi talabnoma utilizatsiya yigʻimi toʻlovchisi tomonidan olinganidan soʻng belgilangan tartibda aniqlashtirilgan hisobot yoki aniqlangan tafovutlar boʻyicha asosnomalar taqdim etilmagan yoxud taqdim etilgan asosnomalar yetarli emas deb topilgan taqdirda, toʻlanmagan utilizatsiya yigʻimining undirilishi mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Utilizatsiya yigʻimi toʻlovchisi tomonidan aniqlashtirilgan hisobotni taqdim etilmasligi, yoxud aniqlangan tafovutlar boʻyicha asosnomalarni belgilangan muddatda taqdim etilmasligi, uning utilizatsiya yigʻimining toʻlanmagan qismini qatʼiy belgilangan miqdorda toʻlashga roziligini bildiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Utilizatsiya yigʻimini undirish va qaytarish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Utilizatsiya yigʻimi 100 foiz miqdorida daromadlar boʻyicha gʻaznachilik shaxsiy hisobvaragʻiga kelib tushadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Utilizatsiya yigʻimi toʻlovchisi tomonidan utilizatsiya yigʻimi toʻlanmagan (yoki toʻliq boʻlmagan hajmda toʻlangan) taqdirda, ushbu Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan muddatlarda utilizatsiya yigʻimini undirish boʻyicha soliq va bojxona organlari tegishligiga koʻra utilizatsiya yigʻimi toʻlovchisiga mavjud qarzdorlikni bartaraf etish toʻgʻrisidagi talabnomani yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Utilizatsiya yigimi boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabnoma qoʻyilishi asoslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
utilizatsiya yigʻimini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning talabnoma qoʻyilgan paytdagi summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabnomani bajarish uchun belgilangan muddat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlovchi tomonidan talabnoma bajarilmagan taqdirda, utilizatsiya yigʻimini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni sud tartibida undirish toʻgʻrisida ogohlantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Utilizatsiya yigʻimini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma bunday qarzdorlik yuzaga kelganligi fakti aniqlangan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kechiktirmay, toʻlovchi tomonidan ushbu talabnoma olinganligi faktini va olish sanasini tasdiqlash imkonini beradigan har qanday usulda toʻlovchiga yuborilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Utilizatsiya yigʻimi boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani bajarish muddati talabnoma toʻlovchiga topshirilgan yoki u toʻlovchi tomonidan olingan kunning ertasidan eʼtiboran oʻn ish kunini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Jismoniy shaxslardan utilizatsiya yigʻimini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni undirish sud tartibida amalga oshiriladi, yakka tartibdagi tadbirkorlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Utilizatsiya yigʻimini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlovchining bank hisobvaraqlarida turgan pul mablagʻlari hisobidan undirish bojxona yoki soliq organi tomonidan bankka pul mablagʻlarining soʻzsiz tartibda undirilishi toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasini yuborish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlovchining hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatayotgan bank utilizatsiya yigʻimini undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasini qonunchilik hujjatlarida belgilangan navbat tartibida bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Utilizatsiya yigʻimini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlovchining mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari hisobidan undirish uning hisobvaraqlarida inkasso topshiriqnomasi qoʻyilgan paytdan eʼtiboran olti oydan koʻproq muddatda pul mablagʻlari boʻlmagan taqdirda qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Utilizatsiya yigʻimini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash hisobiga undiruvni mol-mulkka qaratish tegishli bojxona yoki soliq organining daʼvo arizasiga asosan sud tartibida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Transport vositalari chiqindilarini yiish, tashish va utilizatsiya qilish bilan bogʻliq infratuzilmani tashkil etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻz isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotgan barcha turdagi transport vositalari ularning egalari (mulkdorlari) tomonidan utilizatsiya qiluvchilarga topshirilganda, transport vositalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq transport vositalarini roʻyxatga olish (roʻyxatdan chiqarish) vakolatiga ega tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda hisobdan chiqarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Transport vositalarini utilizatsiya qilinishi munosabati bilan ular ichki ishlar organlarida toʻlov undirilmasdan hisobdan chiqariladi. Bunda hisobdan chiqarish haqidagi ariza ichki ishlar organlarida bir ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Transport vositalari oʻz isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotganidan keyin hosil boʻladigan chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni bajarish boʻyicha infratuzilmani tashkil etish utilizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Transport vositasini utilizatsiya qilish uchun topshirilganda utilizatsiya qiluvchi tashkilot va transport vositasining mulkdori oʻrtasida shartnoma tuziladi va bajarilgan ishlar toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Utilizatsiya yigʻimi toʻlanmagan transport vositalarining utilizatsiya qilinishi utilizatsiya qiluvchi tomonidan transport vositalarini turlari va toifalariga koʻra ularning utilizatsiyasi uchun sarflangan xarajatlar miqdoridan kelib chiqqan holda utilizatsiya qiluvchi tashkilot va transport vositasining mulkdori oʻrtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Transport vositalarini utilizatsiya qiluvchi tashkilot hosil boʻladigan rangli va qora metall parchalari, chiqindilarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq rangli va qora metall parchalarini tayyorlash (xarid qilish) boʻyicha yagona vakolatli organ — “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ va “Oʻzmetkombinat” AJga topshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul qilingan metall parchalari uchun toʻlov pul mablagʻlari shaklida bozor asosida aniqlanadigan erkin (shartnomaviy) narxlar boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq toʻlov usullarida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Utilizatsiya qilish natijasida hosil boʻluvchi ikkilamchi xom ashyo yoki boshqa chiqindilarni toʻplash va vaqtincha saqlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Transport vositalarini utilizatsiya qilishda ular birinchi navbatda qismlarga boʻlinishi va turi boʻyicha alohida toʻplanishi lozim, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositalarining barcha suyuq komponentlari — yoqilgʻi, moylar, texnik suyuqliklar (sovutish, tormoz suyuqligi, oyna va chiroqlarni yuvish vositalari va x.k.) ajratib olinishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shinalar, akkumulyatorlar, moy va havo filtrlari, xavfsizlik yostiqchalari, bamperlar, shisha va metall boʻlmagan boshqa qismlar yechib olinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Utilizatsiya qilish natijasida hosil boʻluvchi ikkilamchi xom ashyo yoki boshqa chiqindilarni toʻplash va saqlash, ularning kelib chiqishi, agregat holati, xavflilik darajasi va foydalanish imkoniyatlariga koʻra, alohida saralangan (ajratilgan) holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Transport vositalari chiqindilarini toʻplash va saqlash joylari quyidagi talablarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuproq qatlami transport vositalari chiqindilari bilan ifloslanishining oldi olinishini taʼminlaydigan qoplamaga (suv oʻtkazmaydigan, asfalt, beton) ega boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar sogʻligi hamda atrof-muhitga zararli taʼsiridan muhofaza qilishni taʼminlovchi, alohida saqlanishi talab etiladigan ikkilamchi xom ashyo va chiqindilarni vaqtincha saqlash uchun konteynerlar, chiqindi qutilari va chiqindilarni saqlashning boshqa idishlar (sigʻimlar) bilan taʼminlangan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tungi tashqi yoritish tizimiga ega boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va yongʻin xavfsizligi talablariga javob berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Transport vositalari chiqindilarini utilizatsiya qilish jarayonida hosil boʻluvchi chiqindilarni vaqtincha saqlash ularning xavflilik darajasiga koʻra:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfli chiqindilar (komponentlar) majburiy tartibda konteynerlar, chiqindi qutilari va chiqindilarning fuqarolar sogʻligʻi hamda atrof-muhitga zararli taʼsiridan muhofaza qilishni taʼminlovchi boshqa idishlarda (sigʻimlarda) amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfsiz chiqindilar vaqtincha saqlash joylarining ochiq maydonchalarida saqlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xavfli chiqindilarini vaqtincha saqlash joylarida mazkur chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jarayonlariga aloqador boʻlmagan shaxslarning boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Mazkur Nizomga rioya etilishini nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Utilizatsiya yigʻimi mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazorati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlari transport vositalari chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini taʼminlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Mazkur Nizomning toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yigʻimini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomiga

1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinayotgan transport vositalari uchun utilizatsiya yigʻimini toʻlash

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqich

Tadbirlar

Masʼullar

Ijro muddati

I bosqich

Import qilinayotgan transport vositalarini “erkin muomalaga chiqarish” (import) bojxona rejimiga rasmiylashtirishda utilizatsiya yigʻimi hisob-kitoblarini bojxona organiga topshirish

Import qiluvchi, Davlat bojxona qoʻmitasi

Transport vositalarini “erkin muomalaga chiqarish” (import) bojxona rejimiga rasmiylashtirish vaqtida

II bosqich

Utilizatsiya yigʻimini toʻlash

Import qiluvchi

Bojxona deklaratsiyasi qabul qilinishidan oldin yoki bir vaqtning oʻzida

III bosqich

Utilizatsiya yigʻimining taqdim etilgan hisob-kitoblarida tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlangan holatda, utilizatsiya yigimi toʻlovchisiga ularni qayta hisoblash va (yoki) tegishli hisobotga tuzatishlar kiritish talabnomasini yuborish

Davlat bojxona qoʻmitasi

Qarzdorlik yuzaga kelganligi fakti aniqlangan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kechiktirmay

IV bosqich

Utilizatsiya yigimi boʻyicha tafovut toʻlash yoki ortiqcha toʻlangan mablagʻlarni qaytarish

Import qiluvchi yoki Moliya vazirligi

Utilizatsiya yigʻimining takroriy (tuzatilgan) hisob-kitobi taqdim etilgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yigʻimini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomiga

2-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan transport vositalari ishlab chiqaradigan (yigʻadigan, tayyorlaydigan) jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan utilizatsiya yigʻimini toʻlash

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqich

Tadbirlar

Masʼullar

Ijro muddati

I bosqich

Mahalliy ishlab chiqaruvchi soliq organiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan transport vositalari boʻyicha utilizatsiya yigʻimi hisob-kitoblarini elektron shaklda taqdim etadi

Ishlab chiqaruvchi, Davlat soliq qoʻmitasi

Hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanadan kechiktirmay

II bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotilgan transport vositalari boʻyicha utilizatsiya yigʻimini toʻlash

Ishlab chiqaruvchi

hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay

III bosqich

Utilizatsiya yigʻimining taqdim etilgan hisob-kitoblarida tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlangan holatda, utilizatsiya yigʻimi toʻlovchisiga ularni qayta hisoblash va (yoki) tegishli hisobotga tuzatishlar kiritish talabnomasini yuborish

Davlat soliq organi

Qarzdorlik yuzaga kelganligi fakti aniqlangan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kechiktirmay

IV bosqich

Utilizatsiya yigʻimi boʻyicha tafovut toʻlash yoki ortiqcha toʻlangan mablagʻlarni qaytarish

Ishlab chiqaruvchi yoki Moliya vazirligi

Un besh kunlik muddatda

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2021-y., 09/21/358/0545-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son; 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son; 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)