Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
ADVOKATURA TOʻGʻRISIDA
1-modda. Advokatura va uning vazifalari
Advokatura — huquqiy institut boʻlib, u advokatlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar hamda xususiy advokatlik amaliyoti bilan shugʻullanuvchi ayrim shaxslarning mustaqil, koʻngilli, kasbiy birlashmalarini oʻz ichiga oladi. Advokatura Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yuridik yordam koʻrsatadi.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining advokatura toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Oʻzbekiston Respublikasida advokatura toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. Advokat
Oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan va belgilangan tartibda advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani olgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasida advokat boʻlishi mumkin. Advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun shaxs malaka imtihonini topshirishi shart.
Advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalari tomonidan tegishli malaka komissiyalarining qarorlariga asosan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek sudlanganligi bekor qilinmagan yoki olib tashlanmagan shaxslarning advokatlik faoliyati bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda. Advokatura faoliyatining prinsiplari va tashkiliy shakllari
Advokatura oʻz faoliyatini qonunning ustunligi, mustaqillik va boshqa demokratik prinsiplar asosida amalga oshiradi.
Advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani belgilangan tartibda olgan shaxs oʻz advokatlik byurosini ochib, yakka tartibda faoliyat koʻrsatishga yoxud ixtiyoriylik asosida boshqa advokatlar (sheriklar) bilan hayʼatlar va firmalar tuzishga haqlidir.
Advokatlar byurolari, hayʼatlari va firmalari, shuningdek advokatlar birlashmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda roʻyxatga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Advokatlar byurolari, hayʼatlari va firmalarini tuzish, ularning tuzilishi, shtatlari, vazifalari, mablagʻlarni sarflash tartibi, rahbar organlarining vakolatlari, ularni saylash tartibi hamda advokatlar byurolari, hayʼatlari va firmalarining faoliyatiga doir boshqa masalalar ularning ustavlari (nizomlari) bilan tartibga solib turiladi.
Advokatlar byurolari, hayʼatlari va firmalari roʻyxatdan oʻtgan kundan eʼtiboran yuridik shaxs maqomini oladilar hamda koʻrsatilgan yuridik yordam uchun fuqarolardan va yuridik shaxslardan tushadigan pul mablagʻlari (daromadlar) hisobiga faoliyat koʻrsatadilar.
Advokatlar qonunda belgilangan tartibda advokatlarning jamoat birlashmalarini tuzishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5-modda. Advokatlik faoliyatining turlari
Jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam koʻrsatish maqsadida advokat:
huquqiy masalalar boʻyicha maslahatlar va tushuntirishlar, qonun hujjatlari yuzasidan ogʻzaki va yozma maʼlumotnomalar beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
huquqiy xususiyatdagi arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlarni tuzadi;
fuqarolik ishlari hamda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sudda, boshqa davlat organlarida, jismoniy va yuridik shaxslar oldida vakillikni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
jinoiy ishlar boʻyicha dastlabki tergovda va sudda himoyachi, jabrlanuvchining vakili, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik faoliyatiga yuridik xizmat koʻrsatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Advokat qonun hujjatlarida man etilmagan boshqa turdagi yuridik yordam ham koʻrsatishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. Advokatning huquqlari
Advokat kasbiy faoliyatini amalga oshirish chogʻida quyidagi huquqlarga egadir:
tegishli masalalarni hal etishga vakolatli boʻlgan barcha organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning topshirigʻiga muvofiq ularning manfaatlarini ifoda etish va huquqlarini himoya qilish;
sudlarda, shuningdek maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqayotgan organlarda dalil sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan faktlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash;
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik yordam koʻrsatilishi munosabati bilan davlat organlaridan, korxonalar, muassasalar, tashkilotlardan hamda jamoat birlashmalaridan zarur boʻlgan maʼlumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;
yuridik yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan masalalar yuzasidan ekspertlar xulosalarini, mutaxassislarning maʼlumotnoma-maslahatlarini mijozning roziligi bilan soʻrash va yozma tarzda olish;
unga vakolat bergan yoki uning himoyasida boʻlgan shaxsga nisbatan ish yuritayotgan sudga va boshqa davlat organlariga toʻplangan materiallarni taqdim etish;
mansabdor shaxslarga iltimosnoma va shikoyat berish hamda ulardan yozma tarzda dalil-isbotli javob olish;
qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa harakatlarni bajarish.
Keyingi tahrirga qarang.
Advokat yordamchiga ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
7-modda. Advokatning vazifalari
Advokat oʻz kasbiy faoliyatida amaldagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi, unga yuridik yordam soʻrab murojaat etgan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya etish uchun qonunda koʻzda tutilgan vositalar va usullardan foydalanishi shart.
Advokat muayyan ish boʻyicha yuridik yordam koʻrsatayotgan yoki avval yuridik yordam koʻrsatgan shaxslarning manfaatlari ishni olib borishni soʻrab murojaat etgan shaxsning manfaatlariga zid kelgan yoki u sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruv oʻtkazuvchi shaxs, jamoat ayblovchisi, sud majlisi kotibi, ekspert, mutaxassis, jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning vakili, guvoh, xolis, tarjimon sifatida ishtirok etgan, shuningdek ishni dastlabki tergov qilishda yoxud sudda advokatning qarindoshi boʻlmish mansabdor shaxs ishtirok etgan yoki ishtirok etayotgan boʻlsa, xuddi shuningdek advokat bevosita yoki bilvosita shu ishdan shaxsan manfaatdor boʻlgan va bu hol unga oʻz ishini topshirgan shaxsning manfaatlariga zid keladigan hollarda yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi topshiriqni qabul qilishga haqli emas.
Advokat kimning manfaatlarini himoya qilish topshirigʻini olgan boʻlsa, oʻz vakolatlaridan shu shaxsning zarariga foydalanishga hamda gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini himoya qilishdan bosh tortishga, agar mijozning oʻzi uni bundan ozod etmasa, haqli emas.
Jinoiy ishni koʻrib chiqishda qatnashishga tayinlangan advokat fuqaroning toʻlovga qobiliyatsizligini vaj qilib, unga yuridik yordam koʻrsatishdan bosh tortishga haqli emas.
Advokat davlat xizmatida turishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8-modda. Advokatning yordamchisi
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik maʼlumotga ega boʻlgan fuqarosi advokat yordamchisi boʻlishi mumkin.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganligi bekor qilinmagan yoki olib tashlanmagan shaxs advokat yordamchisi boʻlishi mumkin emas.
Advokat yordamchisi advokat huquqlariga ega boʻlmaydi hamda uning surishtiruv, dastlabki tergov organlarida, sudlarda va boshqa davlat organlarida ishlarni olib borishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Advokat yordamchisi advokat koʻrsatmasiga binoan advokatning yurituvidagi ishlar boʻyicha topshiriqlarni bajaradi, advokatning protsessual vakolatlariga taalluqli ishlar bundan mustasno.
Advokat yordamchisining mehnat sharoitlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladigan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9-modda. Advokatlik siri
Advokat advokatlik sirini saqlashi shart. Advokatlik siri jumlasiga mijoz advokatdan yordam soʻrab murojaat etganligining oʻzi, mijoz yordam soʻrab murojaat etgan masalalar, advokatdan mijoz olgan maslahatlar, nasihatlar va tushuntirishlarning mohiyati, advokatning mijoz bilan oʻtkazgan suhbatida toʻxtab oʻtilgan barcha masalalar kiradi.
Advokat, advokat yordamchisi, advokatlar byurolari, hayʼatlari va firmalari mansabdor shaxslari va texnik xodimlarining advokatlik siri boʻlmish maʼlumotlarni oshkor etishi va bu maʼlumotlardan oʻz manfaatlari yoki uchinchi shaxslar manfaatlari yoʻlida foydalanishi man etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. Advokatlik faoliyatining kafolatlari
Advokatning kasbga oid huquqlari, shaʼni va qadr-qimmati qonun bilan qoʻriqlanadi. Advokatlarning kasbiy faoliyatiga u yoki bu tarzda aralashish, ular oʻz kasbiy vazifalarini bajarayotganda olgan muayyan maʼlumotlarni oshkor etishni talab qilish, shuningdek advokatlar birlashmalarining mansabdor shaxslaridan va texnik xodimlaridan xuddi shunday maʼlumotlarni talab qilish taqiqlanadi. Advokat oʻz kasbiy vazifalarini bajarayotganida unga biror-bir shaklda taʼsir oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Advokat himoyachilik yoki vakillik vazifasini bajarayotganda oʻziga maʼlum boʻlib qolgan tafsilotlar yuzasidan guvoh sifatida soʻroq qilinishi mumkin emas. Advokat kasbiy vazifalarini bajarishi munosabati bilan qoʻlga kiritgan advokatlik dalillari (ashyolari), hujjatlari undan olib qoʻyilishi yoki koʻzdan kechirilishi mumkin emas, shuningdek uning oʻzi yuridik yordam koʻrsatayotgan shaxslar bilan uchrashish huquqi cheklanishi mumkin emas.
Advokatning ish yuzasidan huquqiy nuqtai nazari xususida surishtiruv organi, tergovchi, prokuror taqdimnoma kiritishi, shuningdek sud xususiy ajrim chiqarishi mumkin emas.
Advokat qonunga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam koʻrsatayotganligi munosabati bilan uni jinoiy, moddiy va boshqa javobgarlikka tortish yoki bunday javobgarlikni qoʻllash bilan qoʻrqitish mumkin emas.
Advokatga nisbatan jinoiy ish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
11-modda. Advokatlar mehnatiga haq toʻlash
Advokatlarning mehnatiga koʻrsatilgan yuridik yordam uchun jismoniy va yuridik shaxslardan advokatlar byurolari, hayʼatlari va firmalariga kelib tushgan mablagʻlar hisobidan haq toʻlanadi.
Yuridik xizmat uchun haq toʻlash advokat bilan mijoz oʻrtasida ixtiyoriy ravishda tuziladigan bitim (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Shaxs toʻlovga qobiliyatsizligi sababli koʻrsatilgan yuridik yordam haqini toʻlashdan ozod etilganda, jinoiy ishni koʻrib chiqishda qatnashishga tayinlangan advokatning yuridik yordami uchun haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda davlat hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12-modda. Advokatning ijtimoiy huquqlari
Advokat davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha barcha nafaqa turlarini olish huquqidan foydalanadi. Davlat ijtimoiy sugʻurtasiga badallar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda toʻlanadi.
Advokatga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar belgilash va toʻlash hamda davlat pensiya taʼminoti qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Advokatlar byurolari, hayʼatlari va firmalari mablagʻlari advokatlarning ijtimoiy ehtiyojlariga ishlatiladigan fondlar tuzishga haqlidirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
13-modda. Malaka komissiyalari
Zarur bilimga va kasb malakalariga ega boʻlgan shaxslarga advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani berish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari adliya boshqarmalari huzurida malaka komissiyalari tuziladi.
Malaka komissiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vaziri, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalari boshliqlarining buyruqlari bilan advokatlar hamda adliya organlari xodimlarini teng miqdorda kiritgan holda tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Malaka komissiyalarining qarorlari ustidan keltirilgan shikoyatlarni qarab chiqish, malaka komissiyalari ish tajribasini umumlashtirish va tahlil qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Oliy malaka komissiyasi tuziladi. Oliy malaka komissiyasining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda advokatlarning respublika jamoat birlashmasi tomonidan adliya organlari xodimlari hamda advokatlarni teng miqdorda kiritgan holda tasdiqlanadi.
Malaka komissiyalarining vakolatlari va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan advokatlarning respublika jamoat birlashmasi bilan hamkorlikda belgilab qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14-modda. Advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va litsenziyani bekor qilish
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyani bergan organning qaroriga binoan quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:
advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilganda, u ayblanuvchi sifatida javobgarlikka tortilganidan boshlab sud hukmi qonuniy kuchga kirgunga qadar yoxud oqlovchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingunga qadar;
Oldingi tahrirga qarang.
advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxsning qonun hujjatlari talablarini buzganligi aniqlanganda;
(14-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
litsenziyalovchi organning litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlari advokat tomonidan bajarilmaganda;
advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxsning familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgarganda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish muddatiga.
Litsenziyalovchi organ advokat tomonidan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etish uchun muddat belgilashi shart. Koʻrsatilgan muddat olti oydan oshishi mumkin emas, advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan hollar bundan mustasno.
Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan holatlarni advokat bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turgan litsenziyalovchi organ koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomani olgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart.
Litsenziyani bekor qilish litsenziyani bergan organ tomonidan quyidagi asoslarga koʻra amalga oshiriladi:
advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxsning arizasiga binoan;
Oldingi tahrirga qarang.
agar advokat unga litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan eʼtiboran uch oy ichida litsenziyalovchi organga litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan boʻlsa;
(14-moddaning toʻrtinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-moddaning toʻrtinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Litsenziya sudning qaroriga binoan ham bekor qilinishi mumkin.
Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror u berilgan sanadan eʼtiboran amal qiladi.
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyaning bekor qilinishi advokatning oʻz kasbiy faoliyatini bajarishdagi harakatlarini noqonuniy deb topishga sabab boʻlmaydi.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni bilan 14-modda sakkizinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
15-modda. Advokatning intizomiy javobgarligi
Ushbu Qonun talablarini va advokatlik faoliyatini tartibga solib turuvchi boshqa qonun hujjatlarini buzganlik uchun advokatga nisbatan quyidagi intizomiy choralar qoʻllanilishi mumkin:
ogohlantirish (malaka komissiyasining qaroriga binoan);
advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini olti oygacha muddatga toʻxtatib turish (litsenziya bergan organ tomonidan malaka komissiyasining qaroriga asosan);
Oldingi tahrirga qarang.
advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini tugatish (litsenziya bergan organ tomonidan malaka komissiyasining qaroriga asosan);
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-sonli Qonuniga muvofiq toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16-modda. Advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini tugatish
Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxs litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etganda, lekin agar mijoz talab qilsa avval qabul qilingan topshiriq bajarilib boʻlgach;
advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxsning muomala layoqati belgilangan tartibda cheklanganda yoki u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
advokat litsenziya talablarini va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganda;
(16-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
advokat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni litsenziyalovchi organ belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
litsenziyalovchi organning litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda;
Oldingi tahrirga qarang.
advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxsga nisbatan sud chiqargan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
(16-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda.
Tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran litsenziyaning amal qilishi tugatiladi.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
17-modda. Advokatura va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻz vakolati doirasida:
advokatlar malakasini oshirish tadbirlarini amalga oshirishga yordamlashadi;
advokatura faoliyati toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlarini toʻplaydi va oʻrganadi, advokatlarning ijobiy ish tajribalarini ommalashtiradi, advokatlar byurolari, hayʼatlari va firmalariga uslubiy yordam koʻrsatadi;
advokatlarning kasbiy faoliyati bilan bogʻliq tarzdagi taʼqiblar, asossiz cheklashlar va tajovuzlardan advokatlarni himoya qilish chora-tadbirlarini koʻradi;
advokatlar byurolari, hayʼatlari, firmalari va Oliy malaka komissiyasi faoliyatiga yordam beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 27-dekabr,
349-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 48-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 37-38-son, 280-modda; 2008-y., 52-son, 514-modda; 2009-y., 39-son, 423-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son; 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son; 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son; 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son; 10.08.2023-y., 03/23/862/0578-son; 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son; 28.02.2024-y., 03/24/915/0160-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son)