Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 26.12.1996 yildagi 343-I-son
Дата вступления в силу
01.03.1997
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 18.05.2022 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni | Oʻzbekiston Respublikasining qonuni |
Notariat toʻgʻrisida | Notariat toʻgʻrisida |
I BOʻLIM. NOTARIAT FAOLIYATINING TASHKILIY ASOSLARI | I BOʻLIM. NOTARIAT FAOLIYATINING TASHKILIY ASOSLARI |
1-bob. UMUMIY QOIDALAR | 1-bob. UMUMIY QOIDALAR |
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasida notariat | 1-modda. Oʻzbekiston Respublikasida notariat |
Oʻzbekiston Respublikasida notariat qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni hamda ular bilan bevosita bogʻliq huquqiy va texnik tusdagi harakatlarni notariuslar tomonidan amalga oshirish yoʻli bilan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga daʼvat etilgan huquqiy institutdir. | Oʻzbekiston Respublikasida notariat qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni hamda ular bilan bevosita bogʻliq huquqiy va texnik tusdagi harakatlarni notariuslar tomonidan amalga oshirish yoʻli bilan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga daʼvat etilgan huquqiy institutdir. |
Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat notarial idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan amalga oshiriladi. Notariuslarning reyestrini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuritadi | Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat notarial idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan amalga oshiriladi. Notariuslarning reyestrini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuritadi |
Boshqa davlatlarning hududida notarial harakatlarni Oʻzbekiston Respublikasi konsullari amalga oshiradi. | Boshqa davlatlarning hududida notarial harakatlarni Oʻzbekiston Respublikasi konsullari amalga oshiradi. |
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasida notarius | 2-modda. Oʻzbekiston Respublikasida notarius |
Yigirma besh yoshdan kichik va oltmish besh yoshdan katta boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga, yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan, shu jumladan notarial idorada kamida bir yil stajirovka oʻtagan, malaka imtihonini topshirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi notarius boʻlishi mumkin. Sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bogʻliq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan oʻtish talab qilinmaydi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, adliya organlarining ishi notariat faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqaruv xodimi yoki advokat sifatida kamida uch yil ishlagan shaxslar, agar ularning vakolatlari tugatilgan paytdan eʼtiboran besh yil oʻtmagan boʻlsa, olti oy muddat stajirovka oʻtaydi. | Yigirma besh yoshdan kichik va oltmish besh yoshdan katta boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga, yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan, shu jumladan notarial idorada kamida bir yil stajirovka oʻtagan, malaka imtihonini topshirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi notarius boʻlishi mumkin. Sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bogʻliq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan oʻtish talab qilinmaydi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, adliya organlarining ishi notariat faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqaruv xodimi yoki advokat sifatida kamida uch yil ishlagan shaxslar, agar ularning vakolatlari tugatilgan paytdan eʼtiboran besh yil oʻtmagan boʻlsa, olti oy muddat stajirovka oʻtaydi. |
Quyidagilar notarius boʻlishi mumkin emas: | Quyidagilar notarius boʻlishi mumkin emas: |
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs; | muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs; |
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs; | qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs; |
notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolatlari oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun tugatilgan shaxs — uch yil mobaynida. | notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolatlari oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun tugatilgan shaxs — uch yil mobaynida. |
Notarius yordamchi, stajyor, shuningdek notarial faoliyatni tashkil etish bilan bogʻliq boshqa xodimlarga ega boʻlishi mumkin. | Notarius yordamchi, stajyor, shuningdek notarial faoliyatni tashkil etish bilan bogʻliq boshqa xodimlarga ega boʻlishi mumkin. |
Notarial harakatlarni amalga oshirishda notariuslar, davlat notarial idorasida ishlashidan yoki xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar boʻlib ishlashidan qatʼi nazar, teng huquqlarga ega va bir xil majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi. Davlat notarial idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar bir xil yuridik kuchga ega boʻladi. | Notarial harakatlarni amalga oshirishda notariuslar, davlat notarial idorasida ishlashidan yoki xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar boʻlib ishlashidan qatʼi nazar, teng huquqlarga ega va bir xil majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi. Davlat notarial idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar bir xil yuridik kuchga ega boʻladi. |
Davlat notarial idoralari notariuslariga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi. | Davlat notarial idoralari notariuslariga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi. |
21-modda. Notarius yordamchisi | 21-modda. Notarius yordamchisi |
Yuridik maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi notarius yordamchisi boʻlishi mumkin. | Yuridik maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi notarius yordamchisi boʻlishi mumkin. |
Ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar notarius yordamchisi boʻlishi mumkin emas. | Ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar notarius yordamchisi boʻlishi mumkin emas. |
Davlat notarial idorasi notariusining yordamchisini ishga qabul qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya boshqarmalari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius yordamchisini ishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasining (bundan buyon matnda Notarial palata deb yuritiladi) tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda uni tavsiya qilgan notarius tomonidan amalga oshiriladi. | Davlat notarial idorasi notariusining yordamchisini ishga qabul qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya boshqarmalari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius yordamchisini ishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasining (bundan buyon matnda Notarial palata deb yuritiladi) tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda uni tavsiya qilgan notarius tomonidan amalga oshiriladi. |
Notarius yordamchisi notariusning topshirigʻiga koʻra notarial harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etishga, bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlar loyihalarini tuzishga, hujjatlarning koʻchirma nusxalari va dublikatlarini, ulardan koʻchirmalarni tayyorlashga, shuningdek notarial harakatlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berishga haqli. | Notarius yordamchisi notariusning topshirigʻiga koʻra notarial harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etishga, bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlar loyihalarini tuzishga, hujjatlarning koʻchirma nusxalari va dublikatlarini, ulardan koʻchirmalarni tayyorlashga, shuningdek notarial harakatlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berishga haqli. |
Davlat notarial idorasi notariusi yordamchisiga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi. | Davlat notarial idorasi notariusi yordamchisiga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi. |
22-modda. Notarius stajyori | 22-modda. Notarius stajyori |
Oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi notarius stajyori boʻlishi mumkin. | Oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi notarius stajyori boʻlishi mumkin. |
Ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar notarius stajyori boʻlishi mumkin emas. | Ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar notarius stajyori boʻlishi mumkin emas. |
Davlat notarial idorasi notariusining stajyorini ishga qabul qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. | Davlat notarial idorasi notariusining stajyorini ishga qabul qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. |
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius stajyorini ishga qabul qilish Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi tavsiyasiga asosan ushbu boshqarma tomonidan biriktirilgan notarius tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius tomonidan notarius stajyorini ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius stajyorini ishga qabul qilish Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi tavsiyasiga asosan ushbu boshqarma tomonidan biriktirilgan notarius tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius tomonidan notarius stajyorini ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Stajirovka notarial idorada oʻtaladi. Notarius stajyori oʻz faoliyatini notarius rahbarligida, uning alohida topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi. | Stajirovka notarial idorada oʻtaladi. Notarius stajyori oʻz faoliyatini notarius rahbarligida, uning alohida topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi. |
Notarius stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Notarial palata bilan birgalikda belgilanadi. | Notarius stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Notarial palata bilan birgalikda belgilanadi. |
3-modda. Notarius qasamyodi | 3-modda. Notarius qasamyodi |
Notarius Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining majlisida quyidagi mazmunda qasamyod qiladi: | Notarius Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining majlisida quyidagi mazmunda qasamyod qiladi: |
“Notarius vazifasini halol va vijdonan bajarishga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman”. | “Notarius vazifasini halol va vijdonan bajarishga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman”. |
31-modda. Malaka komissiyalari | 31-modda. Malaka komissiyalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari (bundan buyon matnda malaka komissiyalari deb yuritiladi) xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) toʻxtatib turish va tugatish bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqish maqsadida tashkil etiladi. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari (bundan buyon matnda malaka komissiyalari deb yuritiladi) xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) toʻxtatib turish va tugatish bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqish maqsadida tashkil etiladi. |
Malaka komissiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalarining qarorlari bilan Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi vakillari, notariuslar hamda adliya organlarining xodimlari orasidan besh nafardan toʻqqiz nafar kishigacha boʻlgan tarkibda toq miqdorda tuziladi. | Malaka komissiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalarining qarorlari bilan Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi vakillari, notariuslar hamda adliya organlarining xodimlari orasidan besh nafardan toʻqqiz nafar kishigacha boʻlgan tarkibda toq miqdorda tuziladi. |
Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish, notarius qasamyodini qabul qilish, malaka komissiyalarining qarorlari ustidan berilgan apellyatsiyalarni koʻrib chiqish, shuningdek malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish uchun oʻn bir nafar kishidan iborat tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi (bundan buyon matnda Oliy malaka komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi. | Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish, notarius qasamyodini qabul qilish, malaka komissiyalarining qarorlari ustidan berilgan apellyatsiyalarni koʻrib chiqish, shuningdek malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish uchun oʻn bir nafar kishidan iborat tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi (bundan buyon matnda Oliy malaka komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi. |
Oliy malaka komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalari, Notarial palata vakillari, notariuslar hamda adliya organlarining xodimlari, shuningdek advokatlar kiradi. Oliy malaka komissiyasining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi. | Oliy malaka komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalari, Notarial palata vakillari, notariuslar hamda adliya organlarining xodimlari, shuningdek advokatlar kiradi. Oliy malaka komissiyasining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi. |
Tanlov oʻtkazish va malaka imtihoni topshirish tartibi, Oliy malaka komissiyasi va malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. | Tanlov oʻtkazish va malaka imtihoni topshirish tartibi, Oliy malaka komissiyasi va malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. |
5-modda. Notariusning mustaqilligi va betarafligi | 5-modda. Notariusning mustaqilligi va betarafligi |
Notarius oʻz faoliyatida mustaqil va betaraf boʻlib, uni amalga oshirishda notariat toʻgʻrisidagi qonunchilikka amal qiladi. | Notarius oʻz faoliyatida mustaqil va betaraf boʻlib, uni amalga oshirishda notariat toʻgʻrisidagi qonunchilikka amal qiladi. |
6-modda. Notarial harakatlarning maxfiyligi | 6-modda. Notarial harakatlarning maxfiyligi |
Notariusning, notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslarning, shuningdek amalga oshirilayotgan notarial harakatlar toʻgʻrisida oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xabardor boʻlib qolgan shaxslarning oʻzlariga maʼlum boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi. | Notariusning, notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslarning, shuningdek amalga oshirilayotgan notarial harakatlar toʻgʻrisida oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xabardor boʻlib qolgan shaxslarning oʻzlariga maʼlum boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi. |
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (hujjatlar) bu harakatlar kimning nomidan yoki kimning topshirigʻiga koʻra amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning oʻzigagina berilishi mumkin. | Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (hujjatlar) bu harakatlar kimning nomidan yoki kimning topshirigʻiga koʻra amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning oʻzigagina berilishi mumkin. |
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar) sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlari yurituvida boʻlgan ishlar munosabati bilan ularning talabiga binoan beriladi. | Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar) sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlari yurituvida boʻlgan ishlar munosabati bilan ularning talabiga binoan beriladi. |
Notariuslar tomonidan shuningdek: | Notariuslar tomonidan shuningdek: |
maxsus vakolatli davlat organiga — jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar); | maxsus vakolatli davlat organiga — jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar); |
davlat soliq xizmati organiga — koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini, mol-mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori toʻgʻrisidagi, shuningdek meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi maʼlumotnomalar; | davlat soliq xizmati organiga — koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini, mol-mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori toʻgʻrisidagi, shuningdek meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi maʼlumotnomalar; |
ichki ishlar organiga — avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqi uchun ishonchnomalarni, ushbu vositalarni boshqa shaxsga oʻtkazish, ijaraga berish, ulardan tekin foydalanish, ularning garov, lizing shartnomalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar; | ichki ishlar organiga — avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqi uchun ishonchnomalarni, ushbu vositalarni boshqa shaxsga oʻtkazish, ijaraga berish, ulardan tekin foydalanish, ularning garov, lizing shartnomalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar; |
qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga — boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan koʻchmas mulkning kadastr raqami toʻgʻrisidagi va oluvchi haqidagi maʼlumotlar; | qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga — boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan koʻchmas mulkning kadastr raqami toʻgʻrisidagi va oluvchi haqidagi maʼlumotlar; |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga (bundan buyon matnda ijtimoiy himoya organi deb yuritiladi) umrbod taʼminlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berishga doir bitimlar va umrbod renta shartnomasi toʻgʻrisidagi, vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini taqsimlashga doir bitimlar hamda uning taqdirini hal qilishga qaratilgan boshqa bitimlar haqidagi maʼlumotlar, shuningdek ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizaga asosan yuborilgan soʻrovga koʻra, amalga oshirilgan notarial harakatlar haqidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar), shu jumladan qimmatli qogʻozlar, koʻchmas mulk, avtomototransport vositalarining oldi-sotdi, hadya, ijara, garov, tekin foydalanish, lizing shartnomalari toʻgʻrisidagi va ijara haqining miqdori haqidagi, avtomototransport vositasini boshqarish va sotish huquqi bilan berilgan ishonchnomalar toʻgʻrisidagi, meros va hadya tartibida fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati hamda daromad keltiradigan va majburiy davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan boshqa bitimlarning miqdori haqidagi maʼlumotlar; | |
kredit byurosiga uning soʻroviga koʻra — bitim predmeti boʻlgan obyektni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar); | kredit byurosiga uning soʻroviga koʻra — bitim predmeti boʻlgan obyektni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar); |
rieltorlik tashkilotiga uning soʻroviga koʻra — bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyektini boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar); | rieltorlik tashkilotiga uning soʻroviga koʻra — bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyektini boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar); |
manfaatdor shaxslarga vasiyat qiluvchining vafotidan keyin — vasiyatnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar beriladi. | manfaatdor shaxslarga vasiyat qiluvchining vafotidan keyin — vasiyatnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar beriladi. |
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi maqsadida uning soʻroviga koʻra taqdim etiladi. | Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi maqsadida uning soʻroviga koʻra taqdim etiladi. |
Maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni) taqdim etish axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda amalga oshirilishi mumkin. | Maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni) taqdim etish axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda amalga oshirilishi mumkin. |
7-modda. Notarius faoliyatidagi cheklovlar | 7-modda. Notarius faoliyatidagi cheklovlar |
Notarius: | Notarius: |
ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan, shuningdek Notarial palata va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyatdan tashqari tadbirkorlik va boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga; | ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan, shuningdek Notarial palata va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyatdan tashqari tadbirkorlik va boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga; |
shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish chogʻida vositachilik xizmati koʻrsatishga; | shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish chogʻida vositachilik xizmati koʻrsatishga; |
faksimiledan foydalanishga va shaxsiy muhrni boshqa shaxslarga berishga, bundan uning litsenziyasining amal qilishi toʻxtatilgan davrga muhrni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligiga, adliya boshqarmalariga topshirishi mustasno; | faksimiledan foydalanishga va shaxsiy muhrni boshqa shaxslarga berishga, bundan uning litsenziyasining amal qilishi toʻxtatilgan davrga muhrni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligiga, adliya boshqarmalariga topshirishi mustasno; |
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda oʻz idorasi joylashgan hududdan tashqarida faoliyatni amalga oshirishga haqli emas. | ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda oʻz idorasi joylashgan hududdan tashqarida faoliyatni amalga oshirishga haqli emas. |
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius oʻz fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzmasdan turib oʻz faoliyatini amalga oshirishga ham haqli emas. | Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius oʻz fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzmasdan turib oʻz faoliyatini amalga oshirishga ham haqli emas. |
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan cheklov davlat notarial idorasining boshqa xodimlariga nisbatan ham tatbiq etiladi. | Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan cheklov davlat notarial idorasining boshqa xodimlariga nisbatan ham tatbiq etiladi. |
8-modda. Davlat notarial idorasi | 8-modda. Davlat notarial idorasi |
Davlat notarial idoralari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi. | Davlat notarial idoralari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi. |
Davlat notarial idorasi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmaydi. | Davlat notarial idorasi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmaydi. |
Davlat notarial idorasining nomida “davlat notarial idorasi” degan soʻzlar boʻlishi, tegishli tuman, shahar koʻrsatilishi va zarur boʻlganda, davlat notarial idorasining raqami boʻlishi kerak. | Davlat notarial idorasining nomida “davlat notarial idorasi” degan soʻzlar boʻlishi, tegishli tuman, shahar koʻrsatilishi va zarur boʻlganda, davlat notarial idorasining raqami boʻlishi kerak. |
81-modda. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius | 81-modda. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius |
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius yuridik shaxs tashkil etmagan holda oʻz idorasiga ega boʻlishga, bank hisobvaragʻi va boshqa shaxsiy hisobvaraqlar ochishga, mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻlishga hamda majburiyatlarni oʻz zimmasiga olishga, xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishga, sudda oʻz nomidan ishtirok etishga hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli. | Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius yuridik shaxs tashkil etmagan holda oʻz idorasiga ega boʻlishga, bank hisobvaragʻi va boshqa shaxsiy hisobvaraqlar ochishga, mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻlishga hamda majburiyatlarni oʻz zimmasiga olishga, xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishga, sudda oʻz nomidan ishtirok etishga hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli. |
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusni hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. | Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusni hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. |
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning idorasi tugatilganda kreditorlarning talablari qanoatlantirilgandan soʻng qolgan mol-mulk notariusning tasarrufida qoladi va unga soliq solinmaydi. | Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning idorasi tugatilganda kreditorlarning talablari qanoatlantirilgandan soʻng qolgan mol-mulk notariusning tasarrufida qoladi va unga soliq solinmaydi. |
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius notarial idoraning xodimlarini lavozimga tayinlashda va lavozimidan ozod qilishda mustaqildir, bundan ushbu Qonunning 21 va 22-moddalarida koʻrsatilgan hollar mustasno. | Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius notarial idoraning xodimlarini lavozimga tayinlashda va lavozimidan ozod qilishda mustaqildir, bundan ushbu Qonunning 21 va 22-moddalarida koʻrsatilgan hollar mustasno. |
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius idorasining nomida “xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius” degan soʻzlar boʻlishi va tegishli tuman, shahar koʻrsatilishi kerak. | Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius idorasining nomida “xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius” degan soʻzlar boʻlishi va tegishli tuman, shahar koʻrsatilishi kerak. |
82-modda. Notarial idoraning binosi | 82-modda. Notarial idoraning binosi |
Notarial idora binosida fuqarolarning notarius huzuriga kirish imkoniyati, notarial harakatlarning sir tutilishi, notarial ish yuritish hujjatlari, materiallari va notarial arxivning but saqlanishi, toʻlovlarni qabul qilish, audio- va video qayd etish uchun shart-sharoitlar taʼminlanishi kerak. | Notarial idora binosida fuqarolarning notarius huzuriga kirish imkoniyati, notarial harakatlarning sir tutilishi, notarial ish yuritish hujjatlari, materiallari va notarial arxivning but saqlanishi, toʻlovlarni qabul qilish, audio- va video qayd etish uchun shart-sharoitlar taʼminlanishi kerak. |
10-modda. Notarial ish yuritish va hisobdorlik | 10-modda. Notarial ish yuritish va hisobdorlik |
Notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini taʼminlashi, oʻz notarial arxiv ishini yuritishi shart. | Notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini taʼminlashi, oʻz notarial arxiv ishini yuritishi shart. |
Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil oʻtgach Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlarga topshirilishi kerak. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar tomonidan beriladigan notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari va reyestrlardan koʻchirmalar notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladi hamda ularni berganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda haq undiriladi. | Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil oʻtgach Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlarga topshirilishi kerak. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar tomonidan beriladigan notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari va reyestrlardan koʻchirmalar notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladi hamda ularni berganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda haq undiriladi. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega boʻladi. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega boʻladi. |
Notarial ish yuritish qoidalari, notarial hujjatlarni saqlash muddatlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. | Notarial ish yuritish qoidalari, notarial hujjatlarni saqlash muddatlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari davlat boji tushumlarining hisobini yuritadi va ular yuzasidan davlat soliq xizmati organlariga hisobot taqdim etadi. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari davlat boji tushumlarining hisobini yuritadi va ular yuzasidan davlat soliq xizmati organlariga hisobot taqdim etadi. |
11-modda. Notarial harakatlar amalga oshiriladigan til | 11-modda. Notarial harakatlar amalga oshiriladigan til |
Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. | Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. |
Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius yoki notarial harakatlarni amalga oshiruvchi shaxs tomonidan rus tilida yoki imkon boʻlsa, boshqa maqbul tilda beriladi. | Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius yoki notarial harakatlarni amalga oshiruvchi shaxs tomonidan rus tilida yoki imkon boʻlsa, boshqa maqbul tilda beriladi. |
12-modda. Notariusning muhri, shtamplari, ish qogʻozlari | 12-modda. Notariusning muhri, shtamplari, ish qogʻozlari |
Notarius Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, notarius familiyasi, ismi-sharifi, lavozimi va notarial idoraning nomi koʻrsatilgan shaxsiy muhriga, tasdiqlovchi yozuvlar bitilgan shtamplariga, notarial idoraning blankalariga ega boʻladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning muhrida litsenziyaning seriyasi va raqami koʻrsatiladi. | Notarius Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, notarius familiyasi, ismi-sharifi, lavozimi va notarial idoraning nomi koʻrsatilgan shaxsiy muhriga, tasdiqlovchi yozuvlar bitilgan shtamplariga, notarial idoraning blankalariga ega boʻladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning muhrida litsenziyaning seriyasi va raqami koʻrsatiladi. |
Notariuslarning reyestriga ularning muhri va imzosi namunalari kiritiladi. | Notariuslarning reyestriga ularning muhri va imzosi namunalari kiritiladi. |
Notariusning muhri Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yagona namuna boʻyicha tayyorlanadi. | Notariusning muhri Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yagona namuna boʻyicha tayyorlanadi. |
Notarius muhri, shtamplari, gerbli (maxsus) blankalari litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilgan, tugatilgan va litsenziya bekor qilingan hollarda hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligiga hamda adliya boshqarmalariga qaytarilishi lozim. | Notarius muhri, shtamplari, gerbli (maxsus) blankalari litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilgan, tugatilgan va litsenziya bekor qilingan hollarda hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligiga hamda adliya boshqarmalariga qaytarilishi lozim. |
Notarial idoralar tomonidan gerbli (maxsus) blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. | Notarial idoralar tomonidan gerbli (maxsus) blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. |
2-bob. NOTARIUS LAVOZIMINI TAʼSIS ETISH VA TUGATISH, UNING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TARTIBI | 2-bob. NOTARIUS LAVOZIMINI TAʼSIS ETISH VA TUGATISH, UNING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TARTIBI |
14-modda. Davlat notarial idoralarining tarmogʻi va shtatlari | 14-modda. Davlat notarial idoralarining tarmogʻi va shtatlari |
Oʻzbekiston Respublikasida davlat notarial idoralarining tarmogʻi, shtatlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. | Oʻzbekiston Respublikasida davlat notarial idoralarining tarmogʻi, shtatlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. |
Ikki nafar va undan ortiq notarius ishlaydigan davlat notarial idoralarida notariuslardan biri katta notarius etib tayinlanadi hamda uning zimmasiga ushbu notarial idoraning maʼmuriy-tashkiliy ishlarini nazorat qilish majburiyatlari yuklatiladi. | Ikki nafar va undan ortiq notarius ishlaydigan davlat notarial idoralarida notariuslardan biri katta notarius etib tayinlanadi hamda uning zimmasiga ushbu notarial idoraning maʼmuriy-tashkiliy ishlarini nazorat qilish majburiyatlari yuklatiladi. |
15-modda. Notarius lavozimini taʼsis etish va tugatish tartibi. | 15-modda. Notarius lavozimini taʼsis etish va tugatish tartibi. |
Notarius lavozimi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan taʼsis etiladi va tugatiladi. | Notarius lavozimi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan taʼsis etiladi va tugatiladi. |
Muayyan hududdagi (notarial okrugdagi) notariuslar lavozimlarining eng kam soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻrnatiladigan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. | Muayyan hududdagi (notarial okrugdagi) notariuslar lavozimlarining eng kam soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻrnatiladigan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. |
151-modda. Notarius maqomiga ega boʻlish. Notariusni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish | 151-modda. Notarius maqomiga ega boʻlish. Notariusni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish |
Litsenziya shaxsning xususiy notarial faoliyatini amalga oshirishga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatdir. | Litsenziya shaxsning xususiy notarial faoliyatini amalga oshirishga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatdir. |
Litsenziya Oliy malaka komissiyasining notariuslik vakolatlarini berish boʻyicha malaka imtihoni yakunlari yuzasidan chiqariladigan qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladi. | Litsenziya Oliy malaka komissiyasining notariuslik vakolatlarini berish boʻyicha malaka imtihoni yakunlari yuzasidan chiqariladigan qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladi. |
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius maqomiga ega boʻlishga talabgor shaxs (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) litsenziya olish uchun malaka imtihoni topshirishi shart. | Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius maqomiga ega boʻlishga talabgor shaxs (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) litsenziya olish uchun malaka imtihoni topshirishi shart. |
Malaka imtihonini topshira olmagan talabgor uni takroran topshirishga kamida olti oydan keyin qoʻyiladi. | Malaka imtihonini topshira olmagan talabgor uni takroran topshirishga kamida olti oydan keyin qoʻyiladi. |
Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor bir oy muddat ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligiga, adliya boshqarmalariga litsenziya olish uchun murojaat qilishi kerak. | Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor bir oy muddat ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligiga, adliya boshqarmalariga litsenziya olish uchun murojaat qilishi kerak. |
Talabgor tomonidan litsenziya olish uchun murojaat qilish muddatining uzrsiz sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilishi litsenziyaning amal qilishini tugatishga asos boʻladi. | Talabgor tomonidan litsenziya olish uchun murojaat qilish muddatining uzrsiz sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilishi litsenziyaning amal qilishini tugatishga asos boʻladi. |
Davlat notarial idorasi notariusiga litsenziya uning arizasiga koʻra, malaka imtihoni topshirmasdan beriladi. | Davlat notarial idorasi notariusiga litsenziya uning arizasiga koʻra, malaka imtihoni topshirmasdan beriladi. |
Belgilangan tartibda litsenziya olgan, talabgor shaxs litsenziya olgan kundan eʼtiboran uch oy ichida notarial idora tashkil etishi va notarial harakatlarni amalga oshirishga kirishishi shart. | Belgilangan tartibda litsenziya olgan, talabgor shaxs litsenziya olgan kundan eʼtiboran uch oy ichida notarial idora tashkil etishi va notarial harakatlarni amalga oshirishga kirishishi shart. |
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius notarial idora tashkil etilgan paytdan eʼtiboran uch kun ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligini, adliya boshqarmasini bu haqda xabardor qiladi. | Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius notarial idora tashkil etilgan paytdan eʼtiboran uch kun ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligini, adliya boshqarmasini bu haqda xabardor qiladi. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusni xabarnoma olingan kunning ertasidan kechiktirmay hisobga qoʻyadi va bu haqda Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasini xabardor qiladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius shunday xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran Notarial palataning aʼzosi boʻladi. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusni xabarnoma olingan kunning ertasidan kechiktirmay hisobga qoʻyadi va bu haqda Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasini xabardor qiladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius shunday xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran Notarial palataning aʼzosi boʻladi. |
Davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlash Oliy malaka komissiyasining tanlov natijalari yuzasidan chiqargan qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. | Davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlash Oliy malaka komissiyasining tanlov natijalari yuzasidan chiqargan qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. |
Davlat notarial idoralarining notariuslari ish joyini oʻzgartirish (rotatsiya) tartibida boshqa notarial idoralarga tayinlanishi mumkin. Notariuslarni attestatsiyadan oʻtkazish va ish joyini oʻzgartirish (rotatsiya) tartibi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. | Davlat notarial idoralarining notariuslari ish joyini oʻzgartirish (rotatsiya) tartibida boshqa notarial idoralarga tayinlanishi mumkin. Notariuslarni attestatsiyadan oʻtkazish va ish joyini oʻzgartirish (rotatsiya) tartibi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. |
Davlat notarial idorasining notariusi va xodimlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu Qonun talablarini inobatga olgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. | Davlat notarial idorasining notariusi va xodimlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu Qonun talablarini inobatga olgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. |
Notariuslar oʻz kasbiy malakasini davriy oshirish yakunlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtadi. | Notariuslar oʻz kasbiy malakasini davriy oshirish yakunlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtadi. |
152-modda. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish | 152-modda. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish |
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish uni hisobga qoʻygan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan malaka komissiyasining qaroriga asosan quyidagi hollarda amalga oshiriladi: | Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish uni hisobga qoʻygan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan malaka komissiyasining qaroriga asosan quyidagi hollarda amalga oshiriladi: |
notarius jinoiy javobgarlikka tortilganda — u ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan paytdan eʼtiboran va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoxud reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar; | notarius jinoiy javobgarlikka tortilganda — u ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan paytdan eʼtiboran va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoxud reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar; |
notarius qonunchilikda belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilganda — bedarak yoʻqolgan deb topish haqidagi qaror sud tomonidan bekor qilinguniga qadar boʻlgan davrga; | notarius qonunchilikda belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilganda — bedarak yoʻqolgan deb topish haqidagi qaror sud tomonidan bekor qilinguniga qadar boʻlgan davrga; |
notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik, Notariusning kasb etikasi qoidalari talablari, notarial harakatlar siri va notarius qasamyodi notarius tomonidan buzilganligi aniqlanganda; | notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik, Notariusning kasb etikasi qoidalari talablari, notarial harakatlar siri va notarius qasamyodi notarius tomonidan buzilganligi aniqlanganda; |
Notarial palataning yoki adliya organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan, shu jumladan notariusning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari notarius tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda; | Notarial palataning yoki adliya organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan, shu jumladan notariusning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari notarius tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda; |
notariusda fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi mavjud boʻlmaganda yoki tuzilgan shartnoma qonunchilik talablariga muvofiq boʻlmaganda — bunday shartnoma tuzilgan yoki tuzilgan shartnoma qonunchilikka muvofiq holga keltirilgan kunga qadar; | notariusda fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi mavjud boʻlmaganda yoki tuzilgan shartnoma qonunchilik talablariga muvofiq boʻlmaganda — bunday shartnoma tuzilgan yoki tuzilgan shartnoma qonunchilikka muvofiq holga keltirilgan kunga qadar; |
notarial faoliyatni tashkil etishga oid minimal talablar bajarilmaganda — bunday hollar bartaraf etilguniga qadar; | notarial faoliyatni tashkil etishga oid minimal talablar bajarilmaganda — bunday hollar bartaraf etilguniga qadar; |
notarius Notarial palataga aʼzolik badallarini bir oydan ortiq muddat davomida toʻlamaganda — uch oygacha, aʼzolik badallarini toʻlaguniga qadar. | notarius Notarial palataga aʼzolik badallarini bir oydan ortiq muddat davomida toʻlamaganda — uch oygacha, aʼzolik badallarini toʻlaguniga qadar. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notariusga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazish davrida litsenziyaning amal qilishini oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turishga haqli. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notariusga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazish davrida litsenziyaning amal qilishini oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turishga haqli. |
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish muddati olti oydan oshishi mumkin emas, bundan ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni, agar ular bartaraf etib boʻlmaydigan xususiyatga ega boʻlmasa, koʻrsatilgan muddatda bartaraf etishi shart. | Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish muddati olti oydan oshishi mumkin emas, bundan ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni, agar ular bartaraf etib boʻlmaydigan xususiyatga ega boʻlmasa, koʻrsatilgan muddatda bartaraf etishi shart. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmalarining litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmalarining litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. |
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish notarius maqomining toʻxtatib turilishiga sabab boʻladi. | Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish notarius maqomining toʻxtatib turilishiga sabab boʻladi. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi uch kunlik muddat ichida Notarial palatani xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning maqomi toʻxtatilganligi yoki tiklanganligi haqida xabardor etadi, shuningdek ommaviy axborot vositalarida va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida tegishli xabarni eʼlon qiladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius maqomining toʻxtatib turilishi notariusning Notarial palataga aʼzoligi toʻxtatib turilishiga sabab boʻladi. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi uch kunlik muddat ichida Notarial palatani xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning maqomi toʻxtatilganligi yoki tiklanganligi haqida xabardor etadi, shuningdek ommaviy axborot vositalarida va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida tegishli xabarni eʼlon qiladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius maqomining toʻxtatib turilishi notariusning Notarial palataga aʼzoligi toʻxtatib turilishiga sabab boʻladi. |
Notariusning maqomini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan hollar tugatilganidan keyin shaxs notarial faoliyatga kirishadi. | Notariusning maqomini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan hollar tugatilganidan keyin shaxs notarial faoliyatga kirishadi. |
Notarius maqomi toʻxtatib turilgan shaxsning Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish imkoniyati toʻxtatiladi. | Notarius maqomi toʻxtatib turilgan shaxsning Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish imkoniyati toʻxtatiladi. |
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib keladigan qoidabuzarliklar hollari va ular boʻyicha litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan belgilanadi. | Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib keladigan qoidabuzarliklar hollari va ular boʻyicha litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan belgilanadi. |
153-modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish | 153-modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish |
Notarius litsenziyasining amal qilishini tugatish notariusni hisobga olgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmasining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi: | Notarius litsenziyasining amal qilishini tugatish notariusni hisobga olgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmasining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi: |
notarius litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etganda; | notarius litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etganda; |
ushbu Qonun 151-moddasining oltinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan talablar bajarilmaganda; | ushbu Qonun 151-moddasining oltinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan talablar bajarilmaganda; |
notarius ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan, shuningdek Notarial palata va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyatdan tashqari boshqa haq toʻlanadigan lavozimga tayinlanganda (saylanganda); | notarius ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan, shuningdek Notarial palata va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyatdan tashqari boshqa haq toʻlanadigan lavozimga tayinlanganda (saylanganda); |
notariusning muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda; | notariusning muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda; |
sudning notariusni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda; | sudning notariusni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda; |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilganda; | Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilganda; |
notarius oltmish besh yoshga toʻlganda; | notarius oltmish besh yoshga toʻlganda; |
notarius vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda. | notarius vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda. |
Litsenziyaning amal qilishini maʼmuriy sud tomonidan tugatish notariusni hisobga olgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmasining murojaatiga koʻra malaka komissiyasining qarori asosida quyidagi hollarda amalga oshiriladi: | Litsenziyaning amal qilishini maʼmuriy sud tomonidan tugatish notariusni hisobga olgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmasining murojaatiga koʻra malaka komissiyasining qarori asosida quyidagi hollarda amalga oshiriladi: |
oʻz vazifalarini olti oy mobaynida uzrli sabablarsiz bajarmaganda; | oʻz vazifalarini olti oy mobaynida uzrli sabablarsiz bajarmaganda; |
litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorning gʻayriqonuniy ekanligi aniqlanganda; | litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorning gʻayriqonuniy ekanligi aniqlanganda; |
litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan holatlarni adliya organi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda; | litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan holatlarni adliya organi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda; |
notarius tomonidan notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari, Notariuslarning kasb etikasi qoidalari, notarial harakatlarning siri va notarius qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganda, notariusning shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan hamda notariatning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etilganda. | notarius tomonidan notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari, Notariuslarning kasb etikasi qoidalari, notarial harakatlarning siri va notarius qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganda, notariusning shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan hamda notariatning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etilganda. |
Litsenziyaning amal qilishini tugatish litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran amalga oshiriladi. | Litsenziyaning amal qilishini tugatish litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran amalga oshiriladi. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmasining litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmasining litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. |
Litsenziyaning amal qilishini tugatish notarius maqomining tugatilishiga sabab boʻladi. | Litsenziyaning amal qilishini tugatish notarius maqomining tugatilishiga sabab boʻladi. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi uch kunlik muddatda Notarial palatani xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning maqomi tugatilganligi haqida xabardor qiladi, shuningdek tegishli xabarni ommaviy axborot vositalarida va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius maqomining tugatilishi notariusning Notarial palataga aʼzoligi tugatilishiga sabab boʻladi. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi uch kunlik muddatda Notarial palatani xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning maqomi tugatilganligi haqida xabardor qiladi, shuningdek tegishli xabarni ommaviy axborot vositalarida va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius maqomining tugatilishi notariusning Notarial palataga aʼzoligi tugatilishiga sabab boʻladi. |
Notariusning vakolatlari tugatilgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi notariusning ish yurituvidagi hujjatlarni boshqa notariusga topshirish haqida qaror qabul qiladi, boshqa hujjatlar esa idoraviy notarial arxivga topshiriladi. | Notariusning vakolatlari tugatilgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi notariusning ish yurituvidagi hujjatlarni boshqa notariusga topshirish haqida qaror qabul qiladi, boshqa hujjatlar esa idoraviy notarial arxivga topshiriladi. |
154-modda. Litsenziyani bekor qilish | 154-modda. Litsenziyani bekor qilish |
Litsenziyani bekor qilish notariusning arizasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasining qarori bilan, litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasining arizasiga asosan maʼmuriy sudning qarori bilan amalga oshiriladi. | Litsenziyani bekor qilish notariusning arizasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasining qarori bilan, litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasining arizasiga asosan maʼmuriy sudning qarori bilan amalga oshiriladi. |
Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan deb hisoblanadi. | Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan deb hisoblanadi. |
Litsenziyaning bekor qilinishi notariusning oʻz kasbiy faoliyatini bajarish chogʻidagi harakatlari gʻayrihuquqiy deb topilganligini anglatmaydi, bundan notarial harakatlarni sud tomonidan haqiqiy emas deb topish hollari mustasno. | Litsenziyaning bekor qilinishi notariusning oʻz kasbiy faoliyatini bajarish chogʻidagi harakatlari gʻayrihuquqiy deb topilganligini anglatmaydi, bundan notarial harakatlarni sud tomonidan haqiqiy emas deb topish hollari mustasno. |
16-modda. Notariusning faoliyat koʻrsatish hududi (notarial okrug) | 16-modda. Notariusning faoliyat koʻrsatish hududi (notarial okrug) |
Notariusning faoliyat koʻrsatish hududi (notarial okrug) Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy boʻlinishiga muvofiq belgilanadi. | Notariusning faoliyat koʻrsatish hududi (notarial okrug) Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy boʻlinishiga muvofiq belgilanadi. |
Notarial idora tegishli notarial okrug doirasida joylashgan boʻlishi kerak. | Notarial idora tegishli notarial okrug doirasida joylashgan boʻlishi kerak. |
Notariusning notarial harakatni belgilangan faoliyat hududidan tashqarida amalga oshirishi bu harakatni haqiqiy emas, deb topishga asos boʻlmaydi. | Notariusning notarial harakatni belgilangan faoliyat hududidan tashqarida amalga oshirishi bu harakatni haqiqiy emas, deb topishga asos boʻlmaydi. |
Notarius mavjud boʻlmagan hududdagi vasiyat qiluvchi ogʻir kasal boʻlgan hollarda vasiyatnomani tasdiqlash uchun notarius oʻzi xizmat koʻrsatadigan hududdan tashqariga chiqishga haqlidir. | Notarius mavjud boʻlmagan hududdagi vasiyat qiluvchi ogʻir kasal boʻlgan hollarda vasiyatnomani tasdiqlash uchun notarius oʻzi xizmat koʻrsatadigan hududdan tashqariga chiqishga haqlidir. |
3-bob. NOTARIUSNING HUQUQLARI, MAJBURIYATLARI VA JAVOBGARLIGI | 3-bob. NOTARIUSNING HUQUQLARI, MAJBURIYATLARI VA JAVOBGARLIGI |
17-modda. Notariusning huquqlari | 17-modda. Notariusning huquqlari |
Notarius quyidagi huquqlarga ega: | Notarius quyidagi huquqlarga ega: |
oʻziga murojaat qilgan barcha shaxslar uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish, notarial harakatni amalga oshirish joyi qonunchilikda belgilab qoʻyilgan hollar bundan mustasno; | oʻziga murojaat qilgan barcha shaxslar uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish, notarial harakatni amalga oshirish joyi qonunchilikda belgilab qoʻyilgan hollar bundan mustasno; |
bitim va arizalarning loyihalarini tuzish, hujjatlarning nusxalarini va ulardan koʻchirmalarni tayyorlash, shuningdek notarial harakatlarning amalga oshirilishiga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish; | bitim va arizalarning loyihalarini tuzish, hujjatlarning nusxalarini va ulardan koʻchirmalarni tayyorlash, shuningdek notarial harakatlarning amalga oshirilishiga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish; |
jismoniy va yuridik shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni talab qilib olish. | jismoniy va yuridik shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni talab qilib olish. |
davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni soʻrash hamda olish; | davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni soʻrash hamda olish; |
jismoniy va yuridik shaxslar nomidan tegishli davlat organlariga mol-mulkka boʻlgan huquqlarni va hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshirish uchun, shuningdek hujjatlarning chet elda amal qilishi uchun mazkur organlar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlarni olgan holda hujjatlarni legallashtirish uchun murojaat qilish. | jismoniy va yuridik shaxslar nomidan tegishli davlat organlariga mol-mulkka boʻlgan huquqlarni va hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshirish uchun, shuningdek hujjatlarning chet elda amal qilishi uchun mazkur organlar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlarni olgan holda hujjatlarni legallashtirish uchun murojaat qilish. |
yuridik shaxslarning rahbar organlari yigʻilishlarida ularning taklifiga koʻra ishtirok etish. | yuridik shaxslarning rahbar organlari yigʻilishlarida ularning taklifiga koʻra ishtirok etish. |
18-modda. Notariusning majburiyatlari | 18-modda. Notariusning majburiyatlari |
Notarius: | Notarius: |
jismoniy va yuridik shaxslarga oʻz huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda koʻmaklashishi, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib berishi; | jismoniy va yuridik shaxslarga oʻz huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda koʻmaklashishi, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib berishi; |
taraflar taqdim etgan bitimlar loyihalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishi hamda ularning mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va ushbu bitimlarning qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshirishi; | taraflar taqdim etgan bitimlar loyihalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishi hamda ularning mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va ushbu bitimlarning qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshirishi; |
yuridik jihatdan bexabarlikdan jismoniy va yuridik shaxslarning zarariga foydalanilmasligi uchun ularni amalga oshirilayotgan notarial harakatlarning oqibatlari haqida ogohlantirishi; | yuridik jihatdan bexabarlikdan jismoniy va yuridik shaxslarning zarariga foydalanilmasligi uchun ularni amalga oshirilayotgan notarial harakatlarning oqibatlari haqida ogohlantirishi; |
qonunchilikka mos kelmaydigan notarial harakatni amalga oshirishni rad etishi; | qonunchilikka mos kelmaydigan notarial harakatni amalga oshirishni rad etishi; |
notarial harakatlarni amalga oshirish chogʻida fuqarolar yoki mansabdor shaxslar tomonidan qonuniylik buzilganligini aniqlagan taqdirda, zarur chora-tadbirlar koʻrilishi uchun tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki prokurorga bu haqda xabar qilishi; | notarial harakatlarni amalga oshirish chogʻida fuqarolar yoki mansabdor shaxslar tomonidan qonuniylik buzilganligini aniqlagan taqdirda, zarur chora-tadbirlar koʻrilishi uchun tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki prokurorga bu haqda xabar qilishi; |
uch yilda kamida bir marta oʻz kasbiy malakasini oshirishi; | uch yilda kamida bir marta oʻz kasbiy malakasini oshirishi; |
sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlari yurituvida boʻlgan ishlar bilan bogʻliq notarial harakatlarni amalga oshirganlik toʻgʻrisida ularning talabiga binoan maʼlumotnomalar (maʼlumotlar) berishi; | sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlari yurituvida boʻlgan ishlar bilan bogʻliq notarial harakatlarni amalga oshirganlik toʻgʻrisida ularning talabiga binoan maʼlumotnomalar (maʼlumotlar) berishi; |
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni) maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etishi; | jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni) maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etishi; |
koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini, mol-mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori toʻgʻrisidagi, shuningdek meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi maʼlumotnomalarni davlat soliq xizmati organiga taqdim etishi; | koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini, mol-mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori toʻgʻrisidagi, shuningdek meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi maʼlumotnomalarni davlat soliq xizmati organiga taqdim etishi; |
avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqi uchun ishonchnomalarni, ushbu vositalarni boshqa shaxsga oʻtkazish, ijaraga berish, ulardan tekin foydalanish, ularning garov, lizing shartnomalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni ichki ishlar organiga taqdim etishi; | avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqi uchun ishonchnomalarni, ushbu vositalarni boshqa shaxsga oʻtkazish, ijaraga berish, ulardan tekin foydalanish, ularning garov, lizing shartnomalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni ichki ishlar organiga taqdim etishi; |
boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan koʻchmas mulkning kadastr raqami toʻgʻrisidagi va oluvchi haqidagi maʼlumotlarni qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalariga taqdim etishi; | boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan koʻchmas mulkning kadastr raqami toʻgʻrisidagi va oluvchi haqidagi maʼlumotlarni qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalariga taqdim etishi; |
umrbod taʼminlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berishga doir bitimlar va umrbod renta shartnomasi toʻgʻrisidagi, vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini taqsimlashga doir bitimlar hamda uning taqdirini hal qilishga qaratilgan boshqa bitimlar haqidagi maʼlumotlarni ijtimoiy himoya organiga taqdim etishi; amalga oshirilgan notarial harakatlar haqidagi maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni), shu jumladan qimmatli qogʻozlar, koʻchmas mulk, avtomototransport vositalarining oldi-sotdi, hadya, ijara, garov, tekin foydalanish, lizing shartnomalari toʻgʻrisidagi va ijara haqining miqdori haqidagi, avtomototransport vositasini boshqarish va sotish huquqi bilan berilgan ishonchnomalar toʻgʻrisidagi, meros va hadya tartibida fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati hamda daromad keltiradigan va majburiy davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan boshqa bitimlarning miqdori haqidagi maʼlumotlarni ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizaga asosan ijtimoiy himoya organi tomonidan yuborilgan soʻrovga koʻra taqdim etishi; | |
bitim predmeti boʻlgan obyektni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni) kredit byurolarining soʻroviga koʻra taqdim etishi; | bitim predmeti boʻlgan obyektni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni) kredit byurolarining soʻroviga koʻra taqdim etishi; |
bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyektini boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni) rieltorlik tashkilotining soʻroviga koʻra taqdim etishi; | bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyektini boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni) rieltorlik tashkilotining soʻroviga koʻra taqdim etishi; |
vasiyat qiluvchining vafotidan keyin manfaatdor shaxslarga vasiyatnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni taqdim etishi; | vasiyat qiluvchining vafotidan keyin manfaatdor shaxslarga vasiyatnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni taqdim etishi; |
amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining soʻroviga koʻra taqdim etishi shart. | amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining soʻroviga koʻra taqdim etishi shart. |
Litsenziya olgan notarius ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari: | Litsenziya olgan notarius ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari: |
notarial idora tashkil etilgan notarial okrugda kamida ikki yil ishlab berishi; | notarial idora tashkil etilgan notarial okrugda kamida ikki yil ishlab berishi; |
faoliyati oʻn kundan ortiq muddatga toʻxtatilgan notariusning ish yurituvidagi hujjatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi tomonidan belgilangan hollarda qabul qilib olishi; | faoliyati oʻn kundan ortiq muddatga toʻxtatilgan notariusning ish yurituvidagi hujjatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi tomonidan belgilangan hollarda qabul qilib olishi; |
Notarial palata konferensiyasi tomonidan miqdori belgilanadigan kirish va aʼzolik badallarini Notarial palataga toʻlashi shart. | Notarial palata konferensiyasi tomonidan miqdori belgilanadigan kirish va aʼzolik badallarini Notarial palataga toʻlashi shart. |
19-modda. Notariusning javobgarligi | 19-modda. Notariusning javobgarligi |
Notarius oʻz majburiyatlarini buzganligi uchun qonunda nazarda tutilgan tartibda javobgar boʻladi. | Notarius oʻz majburiyatlarini buzganligi uchun qonunda nazarda tutilgan tartibda javobgar boʻladi. |
Davlat notarial idorasining notariusi tomonidan oʻz majburiyatlarini buzganligi oqibatida yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda davlat tomonidan qoplanadi. | Davlat notarial idorasining notariusi tomonidan oʻz majburiyatlarini buzganligi oqibatida yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda davlat tomonidan qoplanadi. |
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius notarial harakatlar orqali qonunni buzganligi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun, agar ushbu moddada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, mulkiy javobgar boʻladi. | Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius notarial harakatlar orqali qonunni buzganligi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun, agar ushbu moddada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, mulkiy javobgar boʻladi. |
Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hollarda jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta badali (sugʻurta summasi) yoki sugʻurta badali yetarli boʻlmagan taqdirda notariusning shaxsiy mol-mulki hisobidan, notariusning shaxsiy mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi hisobidan qoplanadi. Jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning qasddan sodir etgan xatti-harakatlari natijasida zarar yetkazilganligi sudning qarori bilan tasdiqlangan taqdirda, ushbu zararning oʻrni Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi hisobidan qoplanmaydi. | Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hollarda jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta badali (sugʻurta summasi) yoki sugʻurta badali yetarli boʻlmagan taqdirda notariusning shaxsiy mol-mulki hisobidan, notariusning shaxsiy mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi hisobidan qoplanadi. Jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning qasddan sodir etgan xatti-harakatlari natijasida zarar yetkazilganligi sudning qarori bilan tasdiqlangan taqdirda, ushbu zararning oʻrni Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi hisobidan qoplanmaydi. |
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zarar uchun davlat javobgar boʻlmaydi. | Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zarar uchun davlat javobgar boʻlmaydi. |
191-modda. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius faoliyatini sugʻurta qilish | 191-modda. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius faoliyatini sugʻurta qilish |
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius notarial faoliyatni amalga oshirishda notariusning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasini tuzishi shart. | Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius notarial faoliyatni amalga oshirishda notariusning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasini tuzishi shart. |
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasini tuzmasdan oʻzining majburiyatlarini va notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas. | Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasini tuzmasdan oʻzining majburiyatlarini va notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas. |
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxsga va (yoki) notarial faoliyatni amalga oshirishdagi uchinchi shaxslarga mulkiy zarar yetkazilganligi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlari boʻyicha javobgarligi xavfi bilan bogʻliq mulkiy manfaatlar fuqarolik javobgarlikni sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta obyektidir. | Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxsga va (yoki) notarial faoliyatni amalga oshirishdagi uchinchi shaxslarga mulkiy zarar yetkazilganligi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlari boʻyicha javobgarligi xavfi bilan bogʻliq mulkiy manfaatlar fuqarolik javobgarlikni sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta obyektidir. |
Qonunchilikka zid notarial harakatni amalga oshirish natijasida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning harakatlari (harakatsizligi) tufayli jismoniy yoki yuridik shaxsga mulkiy zarar yetkazilganligining sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan belgilangan yoki sugʻurta qiluvchi tomonidan tan olingan fakti notariusning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta hodisasidir. | Qonunchilikka zid notarial harakatni amalga oshirish natijasida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning harakatlari (harakatsizligi) tufayli jismoniy yoki yuridik shaxsga mulkiy zarar yetkazilganligining sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan belgilangan yoki sugʻurta qiluvchi tomonidan tan olingan fakti notariusning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta hodisasidir. |
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta summasi quyidagi eng kam miqdordan kam boʻlishi mumkin emas: | Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta summasi quyidagi eng kam miqdordan kam boʻlishi mumkin emas: |
Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlarning maʼmuriy markazlarida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius faoliyatini tashkil etish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining kamida ming baravaridan; | Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlarning maʼmuriy markazlarida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius faoliyatini tashkil etish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining kamida ming baravaridan; |
boshqa aholi punktlarida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius faoliyatini tashkil etish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh yuz baravaridan. | boshqa aholi punktlarida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius faoliyatini tashkil etish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh yuz baravaridan. |
4-bob. NOTARIUSLAR FAOLIYATINING MOLIYAVIY VA IJTIMOIY TAʼMINOTI | 4-bob. NOTARIUSLAR FAOLIYATINING MOLIYAVIY VA IJTIMOIY TAʼMINOTI |
21-modda. Notarial harakatlar va notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan boshqa harakatlar uchun haq toʻlash | 21-modda. Notarial harakatlar va notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan boshqa harakatlar uchun haq toʻlash |
Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun belgilangan stavkalar boʻyicha davlat boji undiriladi. | Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun belgilangan stavkalar boʻyicha davlat boji undiriladi. |
Notarius notarial harakatni amalga oshirish uchun oʻz ish joyidan boshqa joyga borganida manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxslar uning haqiqatda qilingan transport xarajatlarining oʻrnini qoplaydi. | Notarius notarial harakatni amalga oshirish uchun oʻz ish joyidan boshqa joyga borganida manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxslar uning haqiqatda qilingan transport xarajatlarining oʻrnini qoplaydi. |
Notarius tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun haq undiriladi. | Notarius tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun haq undiriladi. |
Notarius tomonidan notarial harakatlar amalga oshirilganda notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim loyihasini mustaqil tayyorlagan jismoniy va yuridik shaxslar huquqiy hamda texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun haq toʻlashdan ozod etiladi. | Notarius tomonidan notarial harakatlar amalga oshirilganda notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim loyihasini mustaqil tayyorlagan jismoniy va yuridik shaxslar huquqiy hamda texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun haq toʻlashdan ozod etiladi. |
211-modda. Notarial idora xodimlarining ijtimoiy taʼminoti | 211-modda. Notarial idora xodimlarining ijtimoiy taʼminoti |
Notarial idora xodimlari taʼtil va davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha barcha turdagi nafaqalar olish huquqidan foydalanadi. Davlat ijtimoiy sugʻurtasiga toʻlovlar qonunchilikda belgilanadigan miqdorlarda toʻlanadi. | Notarial idora xodimlari taʼtil va davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha barcha turdagi nafaqalar olish huquqidan foydalanadi. Davlat ijtimoiy sugʻurtasiga toʻlovlar qonunchilikda belgilanadigan miqdorlarda toʻlanadi. |
Notarial idora xodimlariga davlat va jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. | Notarial idora xodimlariga davlat va jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. |
22-modda. Notarial idoralarni moliyalashtirish | 22-modda. Notarial idoralarni moliyalashtirish |
Davlat notarial idoralari qonunchilikda belgilangan tartibda moliyalashtiriladi. | Davlat notarial idoralari qonunchilikda belgilangan tartibda moliyalashtiriladi. |
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning faoliyati: | Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning faoliyati: |
notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat boji summasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarda qoladigan qismi; | notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat boji summasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarda qoladigan qismi; |
huquqiy va texnik xususiyatga ega qoʻshimcha harakatlarni bajarganlik, shuningdek notariatning faol modeli doirasida xizmatlar koʻrsatganlik uchun undiriladigan toʻlovlar; | huquqiy va texnik xususiyatga ega qoʻshimcha harakatlarni bajarganlik, shuningdek notariatning faol modeli doirasida xizmatlar koʻrsatganlik uchun undiriladigan toʻlovlar; |
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. | qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. |
Notariuslarning daromadlariga soliq solish soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Notariuslarning daromadlariga soliq solish soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning depozit hisobvaraqlaridagi mablagʻlar notariusning daromadi hisoblanmaydi. Ushbu mablagʻlarga notarius majburiyatlari boʻyicha undiruvni qaratishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning depozit hisobvaraqlaridagi mablagʻlar notariusning daromadi hisoblanmaydi. Ushbu mablagʻlarga notarius majburiyatlari boʻyicha undiruvni qaratishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
41-bob. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi | 41-bob. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi |
221-modda. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining asosiy qoidalari | 221-modda. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining asosiy qoidalari |
Notarial faoliyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish hamda notarial harakatlarni amalga oshirishga aloqador davlat organlari bilan axborot hamkorligining barcha turlarini taʼminlash uchun moʻljallangan axborot tizimi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidir. | Notarial faoliyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish hamda notarial harakatlarni amalga oshirishga aloqador davlat organlari bilan axborot hamkorligining barcha turlarini taʼminlash uchun moʻljallangan axborot tizimi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidir. |
Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tegishlidir. | Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tegishlidir. |
Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidan notarial idoraga yuborilgan elektron murojaatni olish uchun ham foydalaniladi. | Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidan notarial idoraga yuborilgan elektron murojaatni olish uchun ham foydalaniladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga notariuslarning kirishini taʼminlaydi. | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga notariuslarning kirishini taʼminlaydi. |
Notariuslar tomonidan Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga maʼlumotlar kiritilishi notarial harakatlarni amalga oshirishning maxfiyligini oshkor etish hisoblanmaydi. | Notariuslar tomonidan Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga maʼlumotlar kiritilishi notarial harakatlarni amalga oshirishning maxfiyligini oshkor etish hisoblanmaydi. |
222-modda. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga maʼlumotlar kiritish | 222-modda. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga maʼlumotlar kiritish |
Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritish notariuslar tomonidan amalga oshiriladi. | Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritish notariuslar tomonidan amalga oshiriladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga notariuslar tomonidan kiritilishi lozim boʻlgan maʼlumotlarning roʻyxatini belgilaydi. | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga notariuslar tomonidan kiritilishi lozim boʻlgan maʼlumotlarning roʻyxatini belgilaydi. |
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bunday harakatlar amalga oshirilgan kundan kechiktirmay notarius tomonidan Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi. | Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bunday harakatlar amalga oshirilgan kundan kechiktirmay notarius tomonidan Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi. |
223-modda. Elektron murojaat | 223-modda. Elektron murojaat |
Jismoniy va yuridik shaxslar notarius qabuliga oldindan yozilish, bitimlar va arizalarning elektron shakldagi loyihalarini tayyorlash hamda notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa maqsadlar uchun axborot tizimlari orqali notarial idoralarga murojaat qilishi mumkin. | Jismoniy va yuridik shaxslar notarius qabuliga oldindan yozilish, bitimlar va arizalarning elektron shakldagi loyihalarini tayyorlash hamda notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa maqsadlar uchun axborot tizimlari orqali notarial idoralarga murojaat qilishi mumkin. |
Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim. Agar huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun haq toʻlanmagan boʻlsa, bitimlar va arizalarning elektron shakldagi loyihalarini tayyorlash toʻgʻrisidagi elektron murojaat koʻrib chiqilmaydi. | Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim. Agar huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun haq toʻlanmagan boʻlsa, bitimlar va arizalarning elektron shakldagi loyihalarini tayyorlash toʻgʻrisidagi elektron murojaat koʻrib chiqilmaydi. |
Axborot tizimlari orqali notarial idoralarga kelib tushadigan elektron murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. | Axborot tizimlari orqali notarial idoralarga kelib tushadigan elektron murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. |
42-bob. Notarial palata | 42-bob. Notarial palata |
224-modda. Notarial palataning maqomi | 224-modda. Notarial palataning maqomi |
Notarial palata xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi barcha notariuslarning aʼzoligiga asoslangan notijorat tashkilotdir. | Notarial palata xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi barcha notariuslarning aʼzoligiga asoslangan notijorat tashkilotdir. |
Davlat notarial idorasi notariusi ixtiyoriylik asosida Notarial palataning aʼzosi boʻlishi mumkin. | Davlat notarial idorasi notariusi ixtiyoriylik asosida Notarial palataning aʼzosi boʻlishi mumkin. |
Notarial palata notariuslarning qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashmaslik prinsipi asosida faoliyat koʻrsatadi. | Notarial palata notariuslarning qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashmaslik prinsipi asosida faoliyat koʻrsatadi. |
Notarial palata Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy boshqarmalari bilan birgalikda notariatning yagona oʻzini oʻzi boshqarish tizimini tashkil etadi. | Notarial palata Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy boshqarmalari bilan birgalikda notariatning yagona oʻzini oʻzi boshqarish tizimini tashkil etadi. |
Notarial palataning vazifalari va vakolatlariga oʻxshash vazifalar va vakolatlarga ega boʻlgan boshqa tashkilotlarni tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Notarial palataning vazifalari va vakolatlariga oʻxshash vazifalar va vakolatlarga ega boʻlgan boshqa tashkilotlarni tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Notariuslar Notarial palataning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, notariuslarning majburiyatlari boʻyicha esa Notarial palata javob bermaydi, bundan notarius tomonidan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar mustasno. | Notariuslar Notarial palataning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, notariuslarning majburiyatlari boʻyicha esa Notarial palata javob bermaydi, bundan notarius tomonidan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar mustasno. |
Notarial palataning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar uchun majburiydir. | Notarial palataning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar uchun majburiydir. |
Notarial palata faoliyatini moliyalashtirish Notarial palata konferensiyasi tomonidan miqdori belgilanadigan kirish va aʼzolik badallari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. | Notarial palata faoliyatini moliyalashtirish Notarial palata konferensiyasi tomonidan miqdori belgilanadigan kirish va aʼzolik badallari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. |
225-modda. Notarial palataning asosiy vazifalari | 225-modda. Notarial palataning asosiy vazifalari |
Notarial palataning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: | Notarial palataning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: |
xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini muvofiqlashtirib borish, qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, shuningdek qonunchilikning bir xil tarzda qoʻllanilishiga doir takliflar ishlab chiqish; | xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini muvofiqlashtirib borish, qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, shuningdek qonunchilikning bir xil tarzda qoʻllanilishiga doir takliflar ishlab chiqish; |
nizolarning oldini oluvchi institut sifatida notariatning rolini mustahkamlash, notariuslik kasbi nufuzini oshirish, shuningdek xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning kasbiy tayyorgarligi va malakasi oshirilishini hamda ularning fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurtalanishini tashkil etish; | nizolarning oldini oluvchi institut sifatida notariatning rolini mustahkamlash, notariuslik kasbi nufuzini oshirish, shuningdek xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning kasbiy tayyorgarligi va malakasi oshirilishini hamda ularning fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurtalanishini tashkil etish; |
yagona notarial amaliyotni taʼminlash choralarini koʻrish, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyati toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni toʻplash va oʻrganish, ijobiy ish tajribasini yoyish hamda ularga uslubiy yordam koʻrsatish; | yagona notarial amaliyotni taʼminlash choralarini koʻrish, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyati toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni toʻplash va oʻrganish, ijobiy ish tajribasini yoyish hamda ularga uslubiy yordam koʻrsatish; |
notarial harakatlar boʻyicha tavsiyaviy xususiyatga ega boʻlgan uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish; | notarial harakatlar boʻyicha tavsiyaviy xususiyatga ega boʻlgan uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish; |
aholining huquqiy bilimlarini va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy targʻibot tadbirlarini amalga oshirish; | aholining huquqiy bilimlarini va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy targʻibot tadbirlarini amalga oshirish; |
xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda, sudda va boshqa holatlarda ifodalash hamda himoya qilish; | xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda, sudda va boshqa holatlarda ifodalash hamda himoya qilish; |
notariat toʻgʻrisidagi qonunchilikka, Notariusning kasb etikasi qoidalari va kasbiy majburiyatlarga xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, xizmat tekshiruvlari oʻtkazish, shuningdek notariuslarning kasbiga loyiqligi masalasini koʻrib chiqish haqida malaka komissiyalariga takliflar kiritish; | notariat toʻgʻrisidagi qonunchilikka, Notariusning kasb etikasi qoidalari va kasbiy majburiyatlarga xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, xizmat tekshiruvlari oʻtkazish, shuningdek notariuslarning kasbiga loyiqligi masalasini koʻrib chiqish haqida malaka komissiyalariga takliflar kiritish; |
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan notarial faoliyat masalalari boʻyicha hamkorlik qilish. | tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan notarial faoliyat masalalari boʻyicha hamkorlik qilish. |
226-modda. Notarial palataning organlari va mansabdor shaxslari | 226-modda. Notarial palataning organlari va mansabdor shaxslari |
Notarial palataning konferensiyasi palataning yuqori organi boʻlib, zaruratga koʻra, biroq besh yilda kamida bir marta chaqiriladi. | Notarial palataning konferensiyasi palataning yuqori organi boʻlib, zaruratga koʻra, biroq besh yilda kamida bir marta chaqiriladi. |
Notarial palata boshqaruvi Notarial palataning ustaviga muvofiq notariuslar orasidan saylanadigan ijro etuvchi organ boʻlib, palataning faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi. | Notarial palata boshqaruvi Notarial palataning ustaviga muvofiq notariuslar orasidan saylanadigan ijro etuvchi organ boʻlib, palataning faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi. |
Notarial palataning taftish komissiyasi moliyaviy nazorat organi boʻlib, palata ustaviga muvofiq shakllantiriladi. | Notarial palataning taftish komissiyasi moliyaviy nazorat organi boʻlib, palata ustaviga muvofiq shakllantiriladi. |
Notarial palata raisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Notarial palata konferensiyasi tomonidan, ushbu konferensiya saylagan Notarial palata boshqaruvi aʼzolari orasidan besh yil muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq Notarial palata raisi boʻlishi mumkin emas. | Notarial palata raisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Notarial palata konferensiyasi tomonidan, ushbu konferensiya saylagan Notarial palata boshqaruvi aʼzolari orasidan besh yil muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq Notarial palata raisi boʻlishi mumkin emas. |
Notarial palataning raisini lavozimidan muddatidan oldin chaqirib olish Notarial palataning ustavida belgilangan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Notarial palata konferensiyasi tomonidan amalga oshiriladi. | Notarial palataning raisini lavozimidan muddatidan oldin chaqirib olish Notarial palataning ustavida belgilangan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Notarial palata konferensiyasi tomonidan amalga oshiriladi. |
227-modda. Notarial palata huzuridagi fondlar | 227-modda. Notarial palata huzuridagi fondlar |
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning faoliyati tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash maqsadida Notarial palata huzurida Kompensatsiya fondi tashkil etiladi. | Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning faoliyati tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash maqsadida Notarial palata huzurida Kompensatsiya fondi tashkil etiladi. |
Notarial faoliyatga koʻmaklashish, notariuslarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash maqsadida Notarial palata huzurida Notariuslar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish fondi tashkil etiladi. | Notarial faoliyatga koʻmaklashish, notariuslarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash maqsadida Notarial palata huzurida Notariuslar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish fondi tashkil etiladi. |
Davlat notarial idoralari notariuslari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Notarial palata huzurida Davlat notarial idoralari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash fondi tashkil etiladi. | Davlat notarial idoralari notariuslari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Notarial palata huzurida Davlat notarial idoralari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash fondi tashkil etiladi. |
Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi, Notariuslar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish fondi hamda Davlat notarial idoralari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash fondi notariuslarning Notarial palataga aʼzolik badalidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan shakllantiriladi. | Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi, Notariuslar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish fondi hamda Davlat notarial idoralari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash fondi notariuslarning Notarial palataga aʼzolik badalidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan shakllantiriladi. |
Majburiy ajratmalar miqdori yil yakunida Notarial palata boshqaruvi yigʻilishining qaroriga koʻra belgilanadi. | Majburiy ajratmalar miqdori yil yakunida Notarial palata boshqaruvi yigʻilishining qaroriga koʻra belgilanadi. |
Notarial palata huzuridagi fondlarning mablagʻlaridan oqilona foydalanishi ustidan nazorat qilish Notarial palata tomonidan amalga oshiriladi. | Notarial palata huzuridagi fondlarning mablagʻlaridan oqilona foydalanishi ustidan nazorat qilish Notarial palata tomonidan amalga oshiriladi. |
43-bob. Notarius faoliyati ustidan nazorat va monitoring qilish. Adliya organlarining notariat sohasidagi vakolatlari | 43-bob. Notarius faoliyati ustidan nazorat va monitoring qilish. Adliya organlarining notariat sohasidagi vakolatlari |
228-modda. Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilikka notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat va monitoring qilish | 228-modda. Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilikka notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat va monitoring qilish |
Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilikka notariuslar tomonidan rioya qilishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari amalga oshiradi. | Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilikka notariuslar tomonidan rioya qilishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari amalga oshiradi. |
Notarial palata xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyati ustidan monitoringni amalga oshiradi. | Notarial palata xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyati ustidan monitoringni amalga oshiradi. |
229-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining notariat sohasidagi vakolatlari | 229-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining notariat sohasidagi vakolatlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻz vakolatlari doirasida: | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻz vakolatlari doirasida: |
notariat sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi; | notariat sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi; |
yagona notarial amaliyotni taʼminlash choralarini koʻradi; | yagona notarial amaliyotni taʼminlash choralarini koʻradi; |
notariat toʻgʻrisidagi qonunchilikka notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularning ishlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi; | notariat toʻgʻrisidagi qonunchilikka notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularning ishlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi; |
davlat notarial idoralarini tashkil etadi va tugatadi, notarius lavozimini taʼsis etadi va tugatadi; | davlat notarial idoralarini tashkil etadi va tugatadi, notarius lavozimini taʼsis etadi va tugatadi; |
muayyan hududdagi (notarial okrugdagi) notarius lavozimlarining eng kam sonini belgilaydi; | muayyan hududdagi (notarial okrugdagi) notarius lavozimlarining eng kam sonini belgilaydi; |
Notarial palata faoliyatiga koʻmaklashadi; | Notarial palata faoliyatiga koʻmaklashadi; |
Oliy malaka komissiyasining faoliyatini tashkil etadi; | Oliy malaka komissiyasining faoliyatini tashkil etadi; |
xorijda foydalanish uchun moʻljallangan hujjatlardagi notariuslar imzosi va ularning muhri koʻchirmasi haqiqiyligini tasdiqlaydi, notariat faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa vazifalarni bajaradi; | xorijda foydalanish uchun moʻljallangan hujjatlardagi notariuslar imzosi va ularning muhri koʻchirmasi haqiqiyligini tasdiqlaydi, notariat faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa vazifalarni bajaradi; |
notarial ish yuritish qoidalarini, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomalarni, notarial harakatlarni roʻyxatga olish reyestrlarining shaklini, tasdiqlov yozuvlari va guvohnomalarni, notarius stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibini Notarial palata bilan birgalikda tasdiqlaydi; | notarial ish yuritish qoidalarini, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomalarni, notarial harakatlarni roʻyxatga olish reyestrlarining shaklini, tasdiqlov yozuvlari va guvohnomalarni, notarius stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibini Notarial palata bilan birgalikda tasdiqlaydi; |
notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, notariuslarga koʻrsatmalar va uslubiy tushuntirishlar beradi; | notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, notariuslarga koʻrsatmalar va uslubiy tushuntirishlar beradi; |
pullik xizmatlar hamda notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik xususiyatga ega qoʻshimcha harakatlar roʻyxatini, ushbu harakatlar amalga oshirilganligi va xizmatlar koʻrsatilganligi uchun, shuningdek idoraviy notarial arxivlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari, reyestrlardan koʻchirmalar, maʼlumotnomalarning va arxiv hujjatlarining koʻchirma nusxalari berilganligi uchun toʻlovlarning miqdorlarini tasdiqlaydi; | pullik xizmatlar hamda notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik xususiyatga ega qoʻshimcha harakatlar roʻyxatini, ushbu harakatlar amalga oshirilganligi va xizmatlar koʻrsatilganligi uchun, shuningdek idoraviy notarial arxivlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari, reyestrlardan koʻchirmalar, maʼlumotnomalarning va arxiv hujjatlarining koʻchirma nusxalari berilganligi uchun toʻlovlarning miqdorlarini tasdiqlaydi; |
notariuslarning statistik maʼlumotlarni taqdim etish shakllarini Notarial palata bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi va muddatlarini belgilaydi. | notariuslarning statistik maʼlumotlarni taqdim etish shakllarini Notarial palata bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi va muddatlarini belgilaydi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. |
2210-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmalarining notariat sohasidagi vakolatlari | 2210-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmalarining notariat sohasidagi vakolatlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari oʻz vakolatlari doirasida: | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari oʻz vakolatlari doirasida: |
notariuslar tomonidan amalga oshirilgan notarial harakatlarning qonuniyligi ustidan nazoratni amalga oshiradi; | notariuslar tomonidan amalga oshirilgan notarial harakatlarning qonuniyligi ustidan nazoratni amalga oshiradi; |
notariuslarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatadi; | notariuslarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatadi; |
notarial amaliyotni umumlashtiradi; | notarial amaliyotni umumlashtiradi; |
malaka komissiyasining faoliyatini tashkil etadi; | malaka komissiyasining faoliyatini tashkil etadi; |
xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini litsenziyalaydi; | xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini litsenziyalaydi; |
Notarial palata bilan birgalikda notarius stajyorining faoliyatini tashkil etadi; | Notarial palata bilan birgalikda notarius stajyorining faoliyatini tashkil etadi; |
xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; | xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; |
Xususiy notarial amaliyot bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalarning davlat reyestrini yuritadi; | Xususiy notarial amaliyot bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalarning davlat reyestrini yuritadi; |
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish haqida qaror qabul qiladi; | ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish haqida qaror qabul qiladi; |
xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning faoliyati hududini belgilash maqsadida ularni hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarishni amalga oshiradi; | xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning faoliyati hududini belgilash maqsadida ularni hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarishni amalga oshiradi; |
notarius muhri va shtamplarining namunalari eskizlarini tasdiqlaydi; | notarius muhri va shtamplarining namunalari eskizlarini tasdiqlaydi; |
notariuslarning reyestrini yuritadi; | notariuslarning reyestrini yuritadi; |
notarial idoralarni qatʼiy hisobda turuvchi gerbli (maxsus) blankalar bilan taʼminlaydi; | notarial idoralarni qatʼiy hisobda turuvchi gerbli (maxsus) blankalar bilan taʼminlaydi; |
oʻz faoliyatini tugatgan notarius muhrini yoʻq qilish va hujjatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivga topshirish choralarini koʻradi; | oʻz faoliyatini tugatgan notarius muhrini yoʻq qilish va hujjatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivga topshirish choralarini koʻradi; |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. |
II BOʻLIM. NOTARIAL HARAKATLAR VA ULARNI AMALGA OSHIRISH QOIDALARI | II BOʻLIM. NOTARIAL HARAKATLAR VA ULARNI AMALGA OSHIRISH QOIDALARI |
5-bob. NOTARIAL HARAKATLAR | 5-bob. NOTARIAL HARAKATLAR |
23-modda. Notariuslar amalga oshiradigan notarial harakatlar | 23-modda. Notariuslar amalga oshiradigan notarial harakatlar |
Notariuslar quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi: | Notariuslar quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi: |
1) bitimlarni tasdiqlaydi; | 1) bitimlarni tasdiqlaydi; |
2) vasiyatnomalarni tasdiqlaydi; | 2) vasiyatnomalarni tasdiqlaydi; |
3) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomalar beradi; | 3) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomalar beradi; |
5) merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma beradi; | 5) merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma beradi; |
6) meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi; | 6) meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi; |
61) mediator vazifasini bajaradi; | 61) mediator vazifasini bajaradi; |
7) hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlaydi; | 7) hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlaydi; |
8) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi; | 8) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi; |
9) hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi; | 9) hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi; |
10) koʻchmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi; | 10) koʻchmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi; |
11) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi; | 11) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi; |
12) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi; | 12) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi; |
121) yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlaydi; | 121) yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlaydi; |
122) dalillarni taʼminlaydi; | 122) dalillarni taʼminlaydi; |
13) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi; | 13) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi; |
14) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi; | 14) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi; |
141) mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi; | 141) mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi; |
142) elektron hujjatning qogʻoz shaklidagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlaydi; | 142) elektron hujjatning qogʻoz shaklidagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlaydi; |
15) jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi; | 15) jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi; |
16) pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilib oladi; | 16) pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilib oladi; |
17) hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi; | 17) hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi; |
18) pul toʻlash uchun cheklarni taqdim etadi va cheklar boʻyicha pul toʻlanmaganligini tasdiqlaydi; | 18) pul toʻlash uchun cheklarni taqdim etadi va cheklar boʻyicha pul toʻlanmaganligini tasdiqlaydi; |
19) ijro xatlarini yozadi; | 19) ijro xatlarini yozadi; |
20) veksellarning protestlarini amalga oshiradi; | 20) veksellarning protestlarini amalga oshiradi; |
21) dengiz protestlarini amalga oshiradi; | 21) dengiz protestlarini amalga oshiradi; |
22) notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini hamda reyestrlardan koʻchirmalarni beradi. | 22) notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini hamda reyestrlardan koʻchirmalarni beradi. |
Notariuslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Notariuslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin. |
26-modda. Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalar | 26-modda. Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalar |
Quyidagilar notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladi: | Quyidagilar notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladi: |
kasalxonalarda, gospitallarda, boshqa statsionar davolash muassasalarida davolanayotgan yoki keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarida yashayotgan fuqarolarning ushbu kasalxonalar, gospitallar va boshqa davolash muassasalarining bosh shifokorlari, ularning tibbiyot boʻyicha oʻrinbosarlari yoki navbatchi shifokorlari, shuningdek gospitallarning boshliqlari, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarining direktorlari va bosh shifokorlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari; | kasalxonalarda, gospitallarda, boshqa statsionar davolash muassasalarida davolanayotgan yoki keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarida yashayotgan fuqarolarning ushbu kasalxonalar, gospitallar va boshqa davolash muassasalarining bosh shifokorlari, ularning tibbiyot boʻyicha oʻrinbosarlari yoki navbatchi shifokorlari, shuningdek gospitallarning boshliqlari, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarining direktorlari va bosh shifokorlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari; |
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ostida suzib yurgan kemalarda safarda boʻlgan fuqarolarning shu kemalarning kapitanlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari; | Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ostida suzib yurgan kemalarda safarda boʻlgan fuqarolarning shu kemalarning kapitanlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari; |
qidiruv ekspeditsiyalarida yoki shunga oʻxshash boshqa ekspeditsiyalarda boʻlgan fuqarolarning shu ekspeditsiyalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari; | qidiruv ekspeditsiyalarida yoki shunga oʻxshash boshqa ekspeditsiyalarda boʻlgan fuqarolarning shu ekspeditsiyalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari; |
harbiy xizmatchilarning, harbiy qismlar joylashgan, notariuslar boʻlmagan punktlarda esa, shu qismlarda ishlovchi harbiy xizmatchi boʻlmagan shaxslarning, ular oila aʼzolarining hamda harbiy xizmatchilar oila aʼzolarining harbiy qismlarning komandirlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno; | harbiy xizmatchilarning, harbiy qismlar joylashgan, notariuslar boʻlmagan punktlarda esa, shu qismlarda ishlovchi harbiy xizmatchi boʻlmagan shaxslarning, ular oila aʼzolarining hamda harbiy xizmatchilar oila aʼzolarining harbiy qismlarning komandirlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno; |
ozodlikdan mahrum etish joylaridagi yoki qamoqdagi shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno. | ozodlikdan mahrum etish joylaridagi yoki qamoqdagi shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno. |
Vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni ushbu moddada aytib oʻtilgan mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilab qoʻyadigan tartibda amalga oshiriladi. | Vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni ushbu moddada aytib oʻtilgan mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilab qoʻyadigan tartibda amalga oshiriladi. |
27-modda. Mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalarni va ishonchnomalarni notarial idoraga berish | 27-modda. Mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalarni va ishonchnomalarni notarial idoraga berish |
Ushbu Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar oʻzlari tasdiqlagan vasiyatnomalarning va notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq ishonchnomalarning bittadan nusxasini vasiyat qiluvchi yoki ishonch bildiruvchi doimiy yashaydigan joydagi notarial idoraga saqlash uchun kechiktirmay yuborishi shart. | Ushbu Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar oʻzlari tasdiqlagan vasiyatnomalarning va notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq ishonchnomalarning bittadan nusxasini vasiyat qiluvchi yoki ishonch bildiruvchi doimiy yashaydigan joydagi notarial idoraga saqlash uchun kechiktirmay yuborishi shart. |
Agar vasiyat qiluvchining yoki ishonch bildiruvchining Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʻlmasa yoki ularning yashash joyi nomaʼlum boʻlsa, vasiyatnoma yoxud ishonchnoma uni qaysi tashkilotning mansabdor shaxsi tasdiqlagan boʻlsa, oʻsha tashkilot joylashgan yerdagi notarial idoraga saqlash uchun yuboriladi. | Agar vasiyat qiluvchining yoki ishonch bildiruvchining Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʻlmasa yoki ularning yashash joyi nomaʼlum boʻlsa, vasiyatnoma yoxud ishonchnoma uni qaysi tashkilotning mansabdor shaxsi tasdiqlagan boʻlsa, oʻsha tashkilot joylashgan yerdagi notarial idoraga saqlash uchun yuboriladi. |
Notarius saqlash uchun kelib tushgan vasiyatnomani va ishonchnomani tekshirib koʻrishi hamda ularning qonunga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, bu haqda vasiyat qiluvchiga, ishonch bildiruvchiga va vasiyatnomani tasdiqlagan mansabdor shaxsga maʼlum qilishi shart. | Notarius saqlash uchun kelib tushgan vasiyatnomani va ishonchnomani tekshirib koʻrishi hamda ularning qonunga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, bu haqda vasiyat qiluvchiga, ishonch bildiruvchiga va vasiyatnomani tasdiqlagan mansabdor shaxsga maʼlum qilishi shart. |
Ushbu Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar vasiyatnomalarni oʻzgartirish va bekor qilish, shuningdek ishonchnomaning amal qilishini tugatish uchun asos boʻladigan hujjatning bittadan nusxasini ushbu moddada belgilangan tartibda kechiktirmay notarial idoraga berishi shart. | Ushbu Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar vasiyatnomalarni oʻzgartirish va bekor qilish, shuningdek ishonchnomaning amal qilishini tugatish uchun asos boʻladigan hujjatning bittadan nusxasini ushbu moddada belgilangan tartibda kechiktirmay notarial idoraga berishi shart. |
28-modda. Konsullar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar | 28-modda. Konsullar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar |
Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi: | Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi: |
1) bitimlarni (shartnomalar, vasiyatnomalar, ishonchnomalar va hokazolarni) tasdiqlaydi, Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomalar bundan mustasno; | 1) bitimlarni (shartnomalar, vasiyatnomalar, ishonchnomalar va hokazolarni) tasdiqlaydi, Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomalar bundan mustasno; |
2) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi; | 2) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi; |
3) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi; | 3) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi; |
4) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi; | 4) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi; |
5) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi; | 5) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi; |
6) meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi; | 6) meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi; |
7) merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar beradi; | 7) merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar beradi; |
8) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi haqida guvohnomalar beradi; | 8) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi haqida guvohnomalar beradi; |
9) hujjatlarning nusxalari va hujjatlardan olingan koʻchirmalar toʻgʻriligini shahodatlaydi; | 9) hujjatlarning nusxalari va hujjatlardan olingan koʻchirmalar toʻgʻriligini shahodatlaydi; |
10) hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlaydi; | 10) hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlaydi; |
11) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi; | 11) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi; |
12) pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilib oladi; | 12) pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilib oladi; |
13) saqlash uchun hujjatlarni qabul qilib oladi; | 13) saqlash uchun hujjatlarni qabul qilib oladi; |
14) ijro xatlarini yozadi; | 14) ijro xatlarini yozadi; |
15) dengiz protestlarini amalga oshiradi. | 15) dengiz protestlarini amalga oshiradi. |
Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin. |
29-modda. Notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi | 29-modda. Notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi |
Notariuslarning, notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa mansabdor shaxslarning notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi. | Notariuslarning, notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa mansabdor shaxslarning notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi. |
Notarial harakatni amalga oshirish chogʻida notariuslar tomonidan audio va videoyozuv vositalaridan foydalanilishi mumkin. | Notarial harakatni amalga oshirish chogʻida notariuslar tomonidan audio va videoyozuv vositalaridan foydalanilishi mumkin. |
6-bob. NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OSHIRISH QOIDALARI | 6-bob. NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OSHIRISH QOIDALARI |
30-modda. Notarial harakatlarni amalga oshirish joyi | 30-modda. Notarial harakatlarni amalga oshirish joyi |
Notarial harakatlar notarial idoralarning binolarida amalga oshiriladi. | Notarial harakatlar notarial idoralarning binolarida amalga oshiriladi. |
Fuqaro kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga koʻra notarial idoraga bora olmaydigan ayrim hollarda notarial harakatlar mazkur fuqaro turgan joyda amalga oshirilishi mumkin. | Fuqaro kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga koʻra notarial idoraga bora olmaydigan ayrim hollarda notarial harakatlar mazkur fuqaro turgan joyda amalga oshirilishi mumkin. |
Qonunchilikda notarial harakatlar notarial idoralarning binolaridan tashqarida amalga oshiriladigan boshqa hollar ham nazarda tutilishi mumkin. | Qonunchilikda notarial harakatlar notarial idoralarning binolaridan tashqarida amalga oshiriladigan boshqa hollar ham nazarda tutilishi mumkin. |
31-modda. Notarial harakatni amalga oshirish va toʻxtatib turish muddatlari | 31-modda. Notarial harakatni amalga oshirish va toʻxtatib turish muddatlari |
Notarial harakatlar haq toʻlanganidan soʻng zarur boʻlgan barcha hujjatlar taqdim etilgan kuni amalga oshiriladi. | Notarial harakatlar haq toʻlanganidan soʻng zarur boʻlgan barcha hujjatlar taqdim etilgan kuni amalga oshiriladi. |
Notarial harakatni amalga oshirish qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilib olish yoki hujjatlarni ekspertizaga yuborish zarur boʻlganida kechiktirilishi mumkin. | Notarial harakatni amalga oshirish qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilib olish yoki hujjatlarni ekspertizaga yuborish zarur boʻlganida kechiktirilishi mumkin. |
Notarial harakatlarni amalga oshirish, basharti qonunga binoan manfaatdor shaxslardan ushbu harakatlarni amalga oshirishga eʼtiroz bor-yoʻqligini soʻrash zarur boʻlganda, kechiktirilishi mumkin. Notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish muddati bir oydan oshmasligi lozim. Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning talabiga koʻra unga notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish haqidagi qaror beriladi. | Notarial harakatlarni amalga oshirish, basharti qonunga binoan manfaatdor shaxslardan ushbu harakatlarni amalga oshirishga eʼtiroz bor-yoʻqligini soʻrash zarur boʻlganda, kechiktirilishi mumkin. Notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish muddati bir oydan oshmasligi lozim. Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning talabiga koʻra unga notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish haqidagi qaror beriladi. |
Manfaatdor shaxs tasdiqlashni soʻrayotgan huquq yoki fakt ustida daʼvolashish uchun sudga murojaat qilish istagidagi boshqa manfaatdor shaxsning arizasiga koʻra notarial harakatni amalga oshirish bir marotaba koʻpi bilan oʻn kun muddatga kechiktirilishi mumkin. Agar bu muddat ichida ariza tushganligi haqida suddan maʼlumot olinmasa, notarial harakat amalga oshirilishi lozim. | Manfaatdor shaxs tasdiqlashni soʻrayotgan huquq yoki fakt ustida daʼvolashish uchun sudga murojaat qilish istagidagi boshqa manfaatdor shaxsning arizasiga koʻra notarial harakatni amalga oshirish bir marotaba koʻpi bilan oʻn kun muddatga kechiktirilishi mumkin. Agar bu muddat ichida ariza tushganligi haqida suddan maʼlumot olinmasa, notarial harakat amalga oshirilishi lozim. |
Bir manfaatdor shaxs tasdiqlashni soʻrayotgan huquq yoki fakt ustida daʼvolashayotgan boshqa manfaatdor shaxsdan ariza tushganligi toʻgʻrisida suddan maʼlumot olingan taqdirda notarial harakatni amalga oshirish mazkur ish sudda hal boʻlguniga qadar toʻxtatib turiladi. | Bir manfaatdor shaxs tasdiqlashni soʻrayotgan huquq yoki fakt ustida daʼvolashayotgan boshqa manfaatdor shaxsdan ariza tushganligi toʻgʻrisida suddan maʼlumot olingan taqdirda notarial harakatni amalga oshirish mazkur ish sudda hal boʻlguniga qadar toʻxtatib turiladi. |
Qonunchilikda notarial harakatlarni amalga oshirishni kechiktirish va toʻxtatib turishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin. | Qonunchilikda notarial harakatlarni amalga oshirishni kechiktirish va toʻxtatib turishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin. |
32-modda. Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan kishining shaxsini aniqlash | 32-modda. Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan kishining shaxsini aniqlash |
Notariuslar va notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslar notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan kishilarning shaxsini aniqlaydi. | Notariuslar va notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslar notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan kishilarning shaxsini aniqlaydi. |
Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan kishining shaxsi uning shaxsiga nisbatan har qanday shubhalarni istisno etadigan pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoxud boshqa hujjatlariga asosan aniqlanishi kerak. | Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan kishining shaxsi uning shaxsiga nisbatan har qanday shubhalarni istisno etadigan pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoxud boshqa hujjatlariga asosan aniqlanishi kerak. |
Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning shaxsini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi. | Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning shaxsini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi. |
33-modda. Bitimlarda ishtirok etayotgan fuqarolarning muomala layoqatini va yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish | 33-modda. Bitimlarda ishtirok etayotgan fuqarolarning muomala layoqatini va yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish |
Bitimlar tasdiqlab berilayotganida ularda ishtirok etayotgan fuqarolarning muomala layoqati belgilangan tartibda aniqlanadi va yuridik shaxslarning huquq layoqati tekshiriladi. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda uning vakolati ham tekshiriladi. | Bitimlar tasdiqlab berilayotganida ularda ishtirok etayotgan fuqarolarning muomala layoqati belgilangan tartibda aniqlanadi va yuridik shaxslarning huquq layoqati tekshiriladi. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda uning vakolati ham tekshiriladi. |
34-modda. Notarial tasdiqlanadigan bitimlar, shuningdek arizalar va boshqa hujjatlarni imzolash tartibi | 34-modda. Notarial tasdiqlanadigan bitimlar, shuningdek arizalar va boshqa hujjatlarni imzolash tartibi |
Notarial tasdiqlanadigan bitimlar, shuningdek arizalar va boshqa hujjatlar notarius ishtirokida imzolanadi. Bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlar taraflar tomonidan barmoq izlarini olish yoʻli bilan tasdiqlanishi mumkin. | Notarial tasdiqlanadigan bitimlar, shuningdek arizalar va boshqa hujjatlar notarius ishtirokida imzolanadi. Bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlar taraflar tomonidan barmoq izlarini olish yoʻli bilan tasdiqlanishi mumkin. |
Bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlarni tasdiqlash jarayoni videokonferensaloqa orqali amalga oshirilishi mumkin. | Bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlarni tasdiqlash jarayoni videokonferensaloqa orqali amalga oshirilishi mumkin. |
Agar fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, bitim, ariza yoki boshqa hujjatni uning topshirigʻiga koʻra uning oʻzi va notarius hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligi sabablari yozib qoʻyilishi lozim. Bunday hollarda notarial harakatlarni amalga oshirish chogʻida videoyozuv vositalaridan foydalaniladi. | Agar fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, bitim, ariza yoki boshqa hujjatni uning topshirigʻiga koʻra uning oʻzi va notarius hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligi sabablari yozib qoʻyilishi lozim. Bunday hollarda notarial harakatlarni amalga oshirish chogʻida videoyozuv vositalaridan foydalaniladi. |
Basharti notarial idoraning yigʻmajildlarida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining vakolatlari tekshirilganligi haqida maʼlumotlar, imzolarining shaxsan murojaat qilingan vaqtda olingan namunasi boʻlsa va ularning imzolari haqiqiyligiga shubha tugʻilmaydigan boʻlsa, notarius bu mansabdor shaxslarning oʻzlari kelishini talab qilmasligi mumkin. | Basharti notarial idoraning yigʻmajildlarida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining vakolatlari tekshirilganligi haqida maʼlumotlar, imzolarining shaxsan murojaat qilingan vaqtda olingan namunasi boʻlsa va ularning imzolari haqiqiyligiga shubha tugʻilmaydigan boʻlsa, notarius bu mansabdor shaxslarning oʻzlari kelishini talab qilmasligi mumkin. |
Ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi, shu jumladan ijtimoiy kartani rasmiylashtirish haqidagi arizadagi ariza beruvchining va u bilan birga yashovchi oila aʼzolarining (oʻz oilasiga ega boʻlmaganda ota-onasining, shuningdek oʻz oilasiga ega boʻlganda erining, xotinining, oʻz oilasiga ega boʻlmagan 18 yoshli va undan katta yoshli farzandlarining) imzolarini notarial shahodatlash talab etilmaydi. Mazkur arizada ijtimoiy himoya organiga ariza beruvchining va u bilan birga yashovchi oila aʼzolarining (oʻz oilasiga ega boʻlmaganda ota-onasining, shuningdek oʻz oilasiga ega boʻlganda erining, xotinining, oʻz oilasiga ega boʻlmagan 18 yoshli va undan katta yoshli farzandlarining) imzolari ularga doir boʻlgan, ushbu Qonun 6-moddasi toʻrtinchi qismining oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan maʼlumotlarni, shuningdek kredit axborotini, qimmatli qogʻozlar bozoridagi maxfiy axborotni va bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni, agar bu maʼlumotlar oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlsa, olishga hamda ularga ishlov berishga boʻlgan roziligidir. Bunda ijtimoiy himoya organining xodimlari mazkur arizadagi imzolarning haqiqiyligi uchun javobgar boʻladi. | |
35-modda. Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarga qoʻyiladigan talablar | 35-modda. Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarga qoʻyiladigan talablar |
Notariuslar notarial harakatlarni amalga oshirish uchun qirib oʻchirilgan yoki qoʻshimchalar kiritilgan, soʻzlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari boʻlgan hujjatlarni, shuningdek qalamda yozilgan hujjatlarni qabul qilmaydi. Agar hujjatdagi mavjud izoh berilmagan tuzatishlar yoki boshqa kamchiliklar taqdim etilgan hujjatning maqsadi uchun ahamiyatsiz boʻlsa, notarius bunday hujjatni notarial harakatni amalga oshirish uchun qabul qilishga haqli. | Notariuslar notarial harakatlarni amalga oshirish uchun qirib oʻchirilgan yoki qoʻshimchalar kiritilgan, soʻzlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari boʻlgan hujjatlarni, shuningdek qalamda yozilgan hujjatlarni qabul qilmaydi. Agar hujjatdagi mavjud izoh berilmagan tuzatishlar yoki boshqa kamchiliklar taqdim etilgan hujjatning maqsadi uchun ahamiyatsiz boʻlsa, notarius bunday hujjatni notarial harakatni amalga oshirish uchun qabul qilishga haqli. |
Notarial tasdiqlanadigan bitimlarning matni aniq va ravshan yozilgan boʻlishi kerak, hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech boʻlmaganda bir marta soʻz bilan, yuridik shaxslarning nomlari esa — ular organlarining manzillarini koʻrsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi toʻliq yozilib, yashash joyi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. | Notarial tasdiqlanadigan bitimlarning matni aniq va ravshan yozilgan boʻlishi kerak, hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech boʻlmaganda bir marta soʻz bilan, yuridik shaxslarning nomlari esa — ular organlarining manzillarini koʻrsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi toʻliq yozilib, yashash joyi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. |
Bir varaqdan ortiq boʻlgan hujjat ip oʻtkazib tikilgan, varaqlari raqamlangan va muhr bosib tasdiqlangan boʻlishi kerak. | Bir varaqdan ortiq boʻlgan hujjat ip oʻtkazib tikilgan, varaqlari raqamlangan va muhr bosib tasdiqlangan boʻlishi kerak. |
36-modda. Tasdiqlovchi yozuvlarni yozish va guvohnomalar berish | 36-modda. Tasdiqlovchi yozuvlarni yozish va guvohnomalar berish |
Bitimlarni tasdiqlashda, hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini, hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga qilingan tarjimasi toʻgʻriligini tasdiqlashda, hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlashda tegishli hujjatlarga tasdiqlovchi yozuvlar yoziladi. | Bitimlarni tasdiqlashda, hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini, hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga qilingan tarjimasi toʻgʻriligini tasdiqlashda, hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlashda tegishli hujjatlarga tasdiqlovchi yozuvlar yoziladi. |
Merosga boʻlgan huquq, mulk huquqi tasdiqlanganda, fuqaroning tirik ekanligi va muayyan joyda ekanligi faktlari, fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligi tasdiqlanganda, saqlash uchun hujjatlar qabul qilib olinganida tegishli guvohnomalar beriladi. | Merosga boʻlgan huquq, mulk huquqi tasdiqlanganda, fuqaroning tirik ekanligi va muayyan joyda ekanligi faktlari, fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligi tasdiqlanganda, saqlash uchun hujjatlar qabul qilib olinganida tegishli guvohnomalar beriladi. |
37-modda. Notarial harakatlarni amalga oshirish huquqini cheklashlar | 37-modda. Notarial harakatlarni amalga oshirish huquqini cheklashlar |
Notariuslar oʻz nomiga va oʻz nomidan, xotini (eri) nomiga hamda uning nomidan, xotinining (erining) va oʻzining qarindosh-urugʻlari (ota-onasi, bolalari, nabiralari, tugʻishgan aka-uka va opa-singillari), ular bilan vasiylik va homiylik tufayli bogʻlangan shaxslar nomiga hamda ularning nomidan, notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas. | Notariuslar oʻz nomiga va oʻz nomidan, xotini (eri) nomiga hamda uning nomidan, xotinining (erining) va oʻzining qarindosh-urugʻlari (ota-onasi, bolalari, nabiralari, tugʻishgan aka-uka va opa-singillari), ular bilan vasiylik va homiylik tufayli bogʻlangan shaxslar nomiga hamda ularning nomidan, notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas. |
38-modda. Notarial harakatni amalga oshirishni rad etish | 38-modda. Notarial harakatni amalga oshirishni rad etish |
Notarius quyidagi hollarda notarial harakatni amalga oshirishni rad etadi, agar: | Notarius quyidagi hollarda notarial harakatni amalga oshirishni rad etadi, agar: |
bunday harakatni amalga oshirish qonunga zid boʻlsa; | bunday harakatni amalga oshirish qonunga zid boʻlsa; |
bu harakat boshqa notarius tomonidan amalga oshirilishi kerak boʻlsa; | bu harakat boshqa notarius tomonidan amalga oshirilishi kerak boʻlsa; |
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari boʻlmagan vakil notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan boʻlsa; | muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari boʻlmagan vakil notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan boʻlsa; |
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida koʻrsatilgan maqsadlarga zid boʻlsa; | yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida koʻrsatilgan maqsadlarga zid boʻlsa; |
bitim qonun talablariga muvofiq boʻlmasa; | bitim qonun talablariga muvofiq boʻlmasa; |
notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonunchilik talablariga muvofiq boʻlmasa. | notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonunchilik talablariga muvofiq boʻlmasa. |
Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan taqdirda notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi. | Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan taqdirda notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi. |
Notarius notarial harakatni amalga oshirish toʻgʻrisidagi murojaati rad etilgan shaxsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon etishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim. | Notarius notarial harakatni amalga oshirish toʻgʻrisidagi murojaati rad etilgan shaxsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon etishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim. |
39-modda. Notarial harakat ustidan, notarial harakatni kechiktirish yoki uni amalga oshirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish | 39-modda. Notarial harakat ustidan, notarial harakatni kechiktirish yoki uni amalga oshirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish |
Amalga oshirilgan notarial harakatni, notarial harakatni kechiktirish yoki notarial harakatni amalga oshirishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni notoʻgʻri deb hisoblagan manfaatdor shaxs bu xususda notarial idora turgan joydagi sudga shikoyat qilishga haqlidir. | Amalga oshirilgan notarial harakatni, notarial harakatni kechiktirish yoki notarial harakatni amalga oshirishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni notoʻgʻri deb hisoblagan manfaatdor shaxs bu xususda notarial idora turgan joydagi sudga shikoyat qilishga haqlidir. |
40-modda. Notarial harakatlarni roʻyxatga olish | 40-modda. Notarial harakatlarni roʻyxatga olish |
Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar reyestrda roʻyxatga olinadi. Har bir notarial harakat alohida tartib raqami bilan roʻyxatga olinadi. | Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar reyestrda roʻyxatga olinadi. Har bir notarial harakat alohida tartib raqami bilan roʻyxatga olinadi. |
Notariuslar ushbu Qonun 6-moddasining ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan jismoniy yoki yuridik shaxslarning yozma arizasiga binoan notarial harakatlarni roʻyxatga olish reyestrlaridan koʻchirmalar beradi. | Notariuslar ushbu Qonun 6-moddasining ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan jismoniy yoki yuridik shaxslarning yozma arizasiga binoan notarial harakatlarni roʻyxatga olish reyestrlaridan koʻchirmalar beradi. |
41-modda. Notarial harakatlarni, notarial guvohnomalarni, tasdiqlovchi yozuvlarni roʻyxatga olish reyestrlarining shakllari | 41-modda. Notarial harakatlarni, notarial guvohnomalarni, tasdiqlovchi yozuvlarni roʻyxatga olish reyestrlarining shakllari |
Notarial harakatlarni, notarial guvohnomalarni, bitimlar va tasdiqlanuvchi hujjatlardagi tasdiqlovchi yozuvlarni roʻyxatga olish reyestrlarining shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. | Notarial harakatlarni, notarial guvohnomalarni, bitimlar va tasdiqlanuvchi hujjatlardagi tasdiqlovchi yozuvlarni roʻyxatga olish reyestrlarining shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. |
42-modda. Notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini berish | 42-modda. Notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini berish |
Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan, nusxalari notarial idoraning yigʻmajildlarida saqlanayotgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda nomidan yoxud topshirigʻiga binoan notarial harakatlar bajarilgan jismoniy va yuridik shaxslarning yoki ular qonuniy vakillarining yozma arizasiga koʻra yoʻqolgan hujjatlarning dublikatlari beriladi. | Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan, nusxalari notarial idoraning yigʻmajildlarida saqlanayotgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda nomidan yoxud topshirigʻiga binoan notarial harakatlar bajarilgan jismoniy va yuridik shaxslarning yoki ular qonuniy vakillarining yozma arizasiga koʻra yoʻqolgan hujjatlarning dublikatlari beriladi. |
Dublikatlarni berish ushbu Qonunning 6 va 40-moddalari talablariga rioya etgan holda bajariladi. | Dublikatlarni berish ushbu Qonunning 6 va 40-moddalari talablariga rioya etgan holda bajariladi. |
7-bob. BITIMLARNI TASDIQLASH | 7-bob. BITIMLARNI TASDIQLASH |
43-modda. Notarial tartibda tasdiqlanadigan bitimlar | 43-modda. Notarial tartibda tasdiqlanadigan bitimlar |
Notariuslar qonunchilikka binoan notarial shaklda tasdiqlanishi majburiy qilib qoʻyilgan bitimlarni tasdiqlaydi. Tomonlarning xohishiga koʻra notarius boshqa bitimlarni ham tasdiqlashi mumkin. | Notariuslar qonunchilikka binoan notarial shaklda tasdiqlanishi majburiy qilib qoʻyilgan bitimlarni tasdiqlaydi. Tomonlarning xohishiga koʻra notarius boshqa bitimlarni ham tasdiqlashi mumkin. |
44-modda. Roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlash | 44-modda. Roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlash |
Roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi bitimlar boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan yoki garovga qoʻyilayotgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirdagina tasdiqlanishi mumkin. Bunda mol-mulkning boshqa shaxsga oʻtkazuvchiga yoki garovga qoʻyuvchiga tegishliligi hamda boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi tekshiriladi. Taqiq mavjud boʻlgan hollarda koʻrsatilgan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitim faqat kreditor bilan oluvchi shaxs qarzni oluvchining hisobiga oʻtkazishga rozi boʻlgan taqdirda tasdiqlanishi mumkin. | Roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi bitimlar boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan yoki garovga qoʻyilayotgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirdagina tasdiqlanishi mumkin. Bunda mol-mulkning boshqa shaxsga oʻtkazuvchiga yoki garovga qoʻyuvchiga tegishliligi hamda boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi tekshiriladi. Taqiq mavjud boʻlgan hollarda koʻrsatilgan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitim faqat kreditor bilan oluvchi shaxs qarzni oluvchining hisobiga oʻtkazishga rozi boʻlgan taqdirda tasdiqlanishi mumkin. |
45-modda. Vasiyatnomalarni tasdiqlash | 45-modda. Vasiyatnomalarni tasdiqlash |
Notariuslar muomalaga layoqatli fuqarolarning qonunchilik talablariga muvofiq tuzilgan va ularning oʻzlari notariusga shaxsan taqdim etgan vasiyatnomalarini tasdiqlaydi. Vasiyatnomalarni vakillar orqali tasdiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi. | Notariuslar muomalaga layoqatli fuqarolarning qonunchilik talablariga muvofiq tuzilgan va ularning oʻzlari notariusga shaxsan taqdim etgan vasiyatnomalarini tasdiqlaydi. Vasiyatnomalarni vakillar orqali tasdiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Vasiyatnomani tasdiqlab berishda vasiyat qiluvchidan uning vasiyat qilinayotgan mol-mulkka boʻlgan huquqini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etish talab qilinmaydi. | Vasiyatnomani tasdiqlab berishda vasiyat qiluvchidan uning vasiyat qilinayotgan mol-mulkka boʻlgan huquqini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etish talab qilinmaydi. |
46-modda. Vasiyatnomalarni oʻzgartirish va bekor qilish tartibi | 46-modda. Vasiyatnomalarni oʻzgartirish va bekor qilish tartibi |
Notariuslar, vasiyatnomani bekor qilish toʻgʻrisida ariza olingan taqdirda, shuningdek vasiyatnomani bekor qiluvchi yoki oʻzgartiruvchi yangi vasiyatnoma olingan taqdirda vasiyatnomaning notariusda saqlanayotgan nusxasiga va notarial harakatlarni roʻyxatga olish reyestriga bu xususda belgi qoʻyadi. Vasiyatnomani bekor qilish haqidagi arizaga qoʻyilgan imzo notarial shahodatlanishi lozim. | Notariuslar, vasiyatnomani bekor qilish toʻgʻrisida ariza olingan taqdirda, shuningdek vasiyatnomani bekor qiluvchi yoki oʻzgartiruvchi yangi vasiyatnoma olingan taqdirda vasiyatnomaning notariusda saqlanayotgan nusxasiga va notarial harakatlarni roʻyxatga olish reyestriga bu xususda belgi qoʻyadi. Vasiyatnomani bekor qilish haqidagi arizaga qoʻyilgan imzo notarial shahodatlanishi lozim. |
47-modda. Ishonchnomalarni tasdiqlash | 47-modda. Ishonchnomalarni tasdiqlash |
Notariuslar bir yoki bir necha shaxs nomidan bir yoki bir necha shaxs nomiga yozilgan ishonchnomalarni tasdiqlaydi. | Notariuslar bir yoki bir necha shaxs nomidan bir yoki bir necha shaxs nomiga yozilgan ishonchnomalarni tasdiqlaydi. |
Oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma shunday ishonib topshirish huquqi koʻrsatib qoʻyilgan asosiy ishonchnoma taqdim etilganidan keyin yoki asosiy ishonchnoma boʻyicha vakil ishonchnoma bergan shaxsning manfaatlarini himoya qilish uchun vaziyat taqozosi bilan shunday ish tutishga majbur boʻlganligi haqida dalillar taqdim etganidan keyin notarial tasdiqlanishi kerak. Oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma asosiy ishonchnoma boʻyicha berilganidan koʻproq huquqni qamrab olmasligi kerak. Oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati bu ishonchnomani berishga asos boʻlgan asosiy ishonchnomaning amal qilish muddatidan ortiq boʻlishi mumkin emas. | Oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma shunday ishonib topshirish huquqi koʻrsatib qoʻyilgan asosiy ishonchnoma taqdim etilganidan keyin yoki asosiy ishonchnoma boʻyicha vakil ishonchnoma bergan shaxsning manfaatlarini himoya qilish uchun vaziyat taqozosi bilan shunday ish tutishga majbur boʻlganligi haqida dalillar taqdim etganidan keyin notarial tasdiqlanishi kerak. Oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma asosiy ishonchnoma boʻyicha berilganidan koʻproq huquqni qamrab olmasligi kerak. Oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati bu ishonchnomani berishga asos boʻlgan asosiy ishonchnomaning amal qilish muddatidan ortiq boʻlishi mumkin emas. |
48-modda. Bitim mazmuni bayon etilgan hujjat nusxalarining soni | 48-modda. Bitim mazmuni bayon etilgan hujjat nusxalarining soni |
Notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim mazmuni bayon etilgan hujjat nusxalarining soni notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxslar tomonidan belgilanadi, lekin u bitimda qatnashuvchi tomonlar miqdoridan oshib ketmasligi kerak. Biroq vasiyatnomalar va mol-mulkni garovga qoʻyish, turar joyni va boshqa koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomalar notariusga kamida ikki nusxada taqdim etiladi, ulardan bittasi notarial idoraning yigʻmajildlarida qoladi. | Notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim mazmuni bayon etilgan hujjat nusxalarining soni notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxslar tomonidan belgilanadi, lekin u bitimda qatnashuvchi tomonlar miqdoridan oshib ketmasligi kerak. Biroq vasiyatnomalar va mol-mulkni garovga qoʻyish, turar joyni va boshqa koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomalar notariusga kamida ikki nusxada taqdim etiladi, ulardan bittasi notarial idoraning yigʻmajildlarida qoladi. |
8-bob. MEROS MOL-MULKNING QOʻRIQLANISHIGA DOIR CHORA-TADBIRLAR KOʻRISH, MEROSGA BOʻLGAN HUQUQ TOʻGʻRISIDA GUVOHNOMALAR BERISH | 8-bob. MEROS MOL-MULKNING QOʻRIQLANISHIGA DOIR CHORA-TADBIRLAR KOʻRISH, MEROSGA BOʻLGAN HUQUQ TOʻGʻRISIDA GUVOHNOMALAR BERISH |
49-modda. Merosxoʻrlarni meros ochilganligi haqida xabardor qilish | 49-modda. Merosxoʻrlarni meros ochilganligi haqida xabardor qilish |
Notarius meros ochilganligi haqidagi xabarni olgach, bu haqda turar joyi va ish joyi oʻziga maʼlum boʻlgan merosxoʻrlarni xabardor qilishi shart. | Notarius meros ochilganligi haqidagi xabarni olgach, bu haqda turar joyi va ish joyi oʻziga maʼlum boʻlgan merosxoʻrlarni xabardor qilishi shart. |
Notarius bu haqda ommaviy axborot vositalarida oshkora maʼlum qilish yoki xabar berish yoʻli bilan ham merosxoʻrlarni chaqirishi mumkin. | Notarius bu haqda ommaviy axborot vositalarida oshkora maʼlum qilish yoki xabar berish yoʻli bilan ham merosxoʻrlarni chaqirishi mumkin. |
50-modda. Merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalarni qabul qilish | 50-modda. Merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalarni qabul qilish |
Meros ochilgan joydagi notarius qonunchilikka muvofiq merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalarni qabul qiladi. Merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalar yozma ravishda berilishi kerak. | Meros ochilgan joydagi notarius qonunchilikka muvofiq merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalarni qabul qiladi. Merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalar yozma ravishda berilishi kerak. |
51-modda. Meros qoldiruvchining kreditorlaridan daʼvolarni qabul qilish | 51-modda. Meros qoldiruvchining kreditorlaridan daʼvolarni qabul qilish |
Meros ochilgan joydagi notarius qonunchilikka muvofiq meros qoldiruvchining kreditorlaridan daʼvolarni qabul qiladi. Daʼvolar yozma ravishda bayon etilishi shart. | Meros ochilgan joydagi notarius qonunchilikka muvofiq meros qoldiruvchining kreditorlaridan daʼvolarni qabul qiladi. Daʼvolar yozma ravishda bayon etilishi shart. |
52-modda. Meros mol-mulkni qoʻriqlash | 52-modda. Meros mol-mulkni qoʻriqlash |
Meros ochilgan joydagi notarius, basharti merosxoʻrlarning, vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilarning, kreditorlar yoki davlatning manfaatlari uchun zarur boʻlsa, jismoniy va yuridik shaxslarning xabariga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi. | Meros ochilgan joydagi notarius, basharti merosxoʻrlarning, vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilarning, kreditorlar yoki davlatning manfaatlari uchun zarur boʻlsa, jismoniy va yuridik shaxslarning xabariga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi. |
53-modda. Meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida topshiriq berish | 53-modda. Meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida topshiriq berish |
Agar meros qoldiruvchining mol-mulki yoki uning bir qismi meros ochilgan joydan tashqarida boʻlsa, meros ochilgan joydagi notarius bu haqda meros mol-mulk joylashgan yerdagi notariusga meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida topshiriq yuboradi. | Agar meros qoldiruvchining mol-mulki yoki uning bir qismi meros ochilgan joydan tashqarida boʻlsa, meros ochilgan joydagi notarius bu haqda meros mol-mulk joylashgan yerdagi notariusga meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida topshiriq yuboradi. |
Meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrgan notarius meros ochilgan joydagi notarial idoraga koʻrilgan chora-tadbirlar haqida xabar qiladi va meros mol-mulk roʻyxatining nusxasini yuboradi. | Meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrgan notarius meros ochilgan joydagi notarial idoraga koʻrilgan chora-tadbirlar haqida xabar qiladi va meros mol-mulk roʻyxatining nusxasini yuboradi. |
54-modda. Meros mol-mulkni roʻyxatga olish va uni saqlash uchun topshirish | 54-modda. Meros mol-mulkni roʻyxatga olish va uni saqlash uchun topshirish |
Meros mol-mulkning qoʻriqlanishi uchun notariuslar bu mol-mulkni roʻyxatga oladi va mol-mulkni saqlash uchun merosxoʻrlarga yoki boshqa shaxslarga topshiradi. | Meros mol-mulkning qoʻriqlanishi uchun notariuslar bu mol-mulkni roʻyxatga oladi va mol-mulkni saqlash uchun merosxoʻrlarga yoki boshqa shaxslarga topshiradi. |
Meros tarkibida boshqarishni talab etadigan mol-mulk boʻlsa, shuningdek meros qoldiruvchining kreditorlari merosxoʻrlar merosni qabul qilib olgunga qadar daʼvo qoʻzgʻatgan hollarda notarius meros boshqaruvchisini tayinlaydi. | Meros tarkibida boshqarishni talab etadigan mol-mulk boʻlsa, shuningdek meros qoldiruvchining kreditorlari merosxoʻrlar merosni qabul qilib olgunga qadar daʼvo qoʻzgʻatgan hollarda notarius meros boshqaruvchisini tayinlaydi. |
Meros boshqaruvchilari va meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan boshqa shaxslar meros mol-mulkni talon-toroj qilganlik, boshqa shaxsga berganlik yoki yashirganlik uchun va merosxoʻrlarga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiriladi. | Meros boshqaruvchilari va meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan boshqa shaxslar meros mol-mulkni talon-toroj qilganlik, boshqa shaxsga berganlik yoki yashirganlik uchun va merosxoʻrlarga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiriladi. |
55-modda. Meros mol-mulkni saqlaganlik uchun taqdirlash | 55-modda. Meros mol-mulkni saqlaganlik uchun taqdirlash |
Meros boshqaruvchilari va meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan boshqa shaxslar, agar merosxoʻr boʻlmasalar, meros mol-mulkni saqlaganlik uchun merosxoʻrlardan haq olishga haqlidir. Koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun qilgan zarur xarajatlari ham qoplanadi, bunda mol-mulkdan foydalanish hisobiga amalda olingan foyda chegirib tashlanadi. | Meros boshqaruvchilari va meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan boshqa shaxslar, agar merosxoʻr boʻlmasalar, meros mol-mulkni saqlaganlik uchun merosxoʻrlardan haq olishga haqlidir. Koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun qilgan zarur xarajatlari ham qoplanadi, bunda mol-mulkdan foydalanish hisobiga amalda olingan foyda chegirib tashlanadi. |
56-modda. Meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlarni toʻxtatish | 56-modda. Meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlarni toʻxtatish |
Meros mol-mulkni qoʻriqlash merosxoʻrlar tomonidan meros qabul qilib olingunga qadar, agar meros ular tomonidan qabul qilib olinmagan boʻlsa, qonunda belgilab qoʻyilgan merosni qabul qilib olish muddati oʻtgunga qadar davom etadi. | Meros mol-mulkni qoʻriqlash merosxoʻrlar tomonidan meros qabul qilib olingunga qadar, agar meros ular tomonidan qabul qilib olinmagan boʻlsa, qonunda belgilab qoʻyilgan merosni qabul qilib olish muddati oʻtgunga qadar davom etadi. |
Meros ochilgan joydagi notarius meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar toʻxtatilishi haqida merosxoʻrlarni, agar mol-mulk vorislik huquqi boʻyicha davlatga oʻtsa, tegishli davlat organini oldindan xabardor qilishi shart. | Meros ochilgan joydagi notarius meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar toʻxtatilishi haqida merosxoʻrlarni, agar mol-mulk vorislik huquqi boʻyicha davlatga oʻtsa, tegishli davlat organini oldindan xabardor qilishi shart. |
57-modda. Meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni toʻlash | 57-modda. Meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni toʻlash |
Notarius merosxoʻrlar tomonidan meros qabul qilib olinguniga qadar, agar meros qabul qilib olinmagan boʻlsa, davlatga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berilguniga qadar meros mol-mulk hisobidan: | Notarius merosxoʻrlar tomonidan meros qabul qilib olinguniga qadar, agar meros qabul qilib olinmagan boʻlsa, davlatga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berilguniga qadar meros mol-mulk hisobidan: |
meros qoldiruvchi kasal boʻlgan vaqt mobaynida unga qarab turish, shuningdek vafot etgan taqdirda uni dafn etish va qabrini obod qilish; | meros qoldiruvchi kasal boʻlgan vaqt mobaynida unga qarab turish, shuningdek vafot etgan taqdirda uni dafn etish va qabrini obod qilish; |
meros qoldiruvchining qaramogʻida boʻlgan fuqarolarni taʼminlash; | meros qoldiruvchining qaramogʻida boʻlgan fuqarolarni taʼminlash; |
ish haqi boʻyicha daʼvolarni va ularga tenglashtirilgan daʼvolarni qanoatlantirish; | ish haqi boʻyicha daʼvolarni va ularga tenglashtirilgan daʼvolarni qanoatlantirish; |
meros mol-mulkni qoʻriqlash va uni boshqarish, shuningdek merosxoʻrlarni chaqirish haqidagi xabarni eʼlon qilish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash toʻgʻrisida farmoyish beradi. | meros mol-mulkni qoʻriqlash va uni boshqarish, shuningdek merosxoʻrlarni chaqirish haqidagi xabarni eʼlon qilish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash toʻgʻrisida farmoyish beradi. |
Qonun hujjatlarida meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni qoplashning boshqa hollari ham belgilanishi mumkin. | Qonun hujjatlarida meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni qoplashning boshqa hollari ham belgilanishi mumkin. |
58-modda. Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar berish joyi va muddatlari | 58-modda. Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar berish joyi va muddatlari |
Meros ochilgan joydagi notarius merosxoʻrlarning yozma arizalariga koʻra merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar beradi. | Meros ochilgan joydagi notarius merosxoʻrlarning yozma arizalariga koʻra merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar beradi. |
Guvohnomalar qonunchilikda belgilangan muddatlarda beriladi. | Guvohnomalar qonunchilikda belgilangan muddatlarda beriladi. |
59-modda. Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish tartibi | 59-modda. Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish tartibi |
Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlarga qonunchilikka muvofiq beriladi. | Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlarga qonunchilikka muvofiq beriladi. |
Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma barcha merosxoʻrlarga birgalikda yoki ularning xohishiga bogʻliq ravishda har biriga alohida berilishi mumkin. | Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma barcha merosxoʻrlarga birgalikda yoki ularning xohishiga bogʻliq ravishda har biriga alohida berilishi mumkin. |
Notariuslar voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz merosxoʻrlarning mulkiy manfaatlarini muhofaza qilish uchun ularga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berilganligi haqida merosxoʻrlar yashayotgan joydagi vasiylik va homiylik organlariga xabar qiladi. | Notariuslar voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz merosxoʻrlarning mulkiy manfaatlarini muhofaza qilish uchun ularga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berilganligi haqida merosxoʻrlar yashayotgan joydagi vasiylik va homiylik organlariga xabar qiladi. |
Mol-mulk vorislik huquqi boʻyicha davlatga yoki qonunda nazarda tutilgan hollarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga oʻtgan taqdirda merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma tegishli davlat organiga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga beriladi. | Mol-mulk vorislik huquqi boʻyicha davlatga yoki qonunda nazarda tutilgan hollarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga oʻtgan taqdirda merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma tegishli davlat organiga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga beriladi. |
60-modda. Qonun boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berishning shartlari | 60-modda. Qonun boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berishning shartlari |
Notarius qonun boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish chogʻida tegishli dalillarni talab qilib olish yoʻli bilan meros qoldiruvchining vafot etganligini, meros ochilgan joy va vaqtni, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berishni soʻrab ariza topshirgan shaxslarning meros qoldiruvchi bilan qonun boʻyicha vorislikka chaqirish uchun asos boʻladigan munosabatlari mavjudligi yoki mavjud emasligini, meros mol-mulkning tarkibi va joyini tekshirib koʻradi. | Notarius qonun boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish chogʻida tegishli dalillarni talab qilib olish yoʻli bilan meros qoldiruvchining vafot etganligini, meros ochilgan joy va vaqtni, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berishni soʻrab ariza topshirgan shaxslarning meros qoldiruvchi bilan qonun boʻyicha vorislikka chaqirish uchun asos boʻladigan munosabatlari mavjudligi yoki mavjud emasligini, meros mol-mulkning tarkibi va joyini tekshirib koʻradi. |
Agar qonun boʻyicha merosxoʻrlarning biri yoki bir nechasi vorislikka chaqirishga asos boʻladigan munosabatlar mavjudligini isbotlaydigan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlmasa, ular merosni qabul qilib olgan va tegishli isbotlarni taqdim etgan boshqa barcha merosxoʻrlarning yozma roziligi bilan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomaga kiritilishi mumkin. | Agar qonun boʻyicha merosxoʻrlarning biri yoki bir nechasi vorislikka chaqirishga asos boʻladigan munosabatlar mavjudligini isbotlaydigan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlmasa, ular merosni qabul qilib olgan va tegishli isbotlarni taqdim etgan boshqa barcha merosxoʻrlarning yozma roziligi bilan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomaga kiritilishi mumkin. |
61-modda. Vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish shartlari | 61-modda. Vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish shartlari |
Notarius vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish chogʻida tegishli dalillarni talab qilib olish yoʻli bilan meros qoldiruvchining vafot etganligini, vasiyatnomaning bor-yoʻqligini, meros ochilgan vaqt va joyni, meros mol-mulkning tarkibi va joyini tekshiradi. | Notarius vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish chogʻida tegishli dalillarni talab qilib olish yoʻli bilan meros qoldiruvchining vafot etganligini, vasiyatnomaning bor-yoʻqligini, meros ochilgan vaqt va joyni, meros mol-mulkning tarkibi va joyini tekshiradi. |
Notarius merosdan shak-shubhasiz ulush olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar doirasini ham aniqlaydi. | Notarius merosdan shak-shubhasiz ulush olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar doirasini ham aniqlaydi. |
611-modda. Mediator vazifasini bajarish | 611-modda. Mediator vazifasini bajarish |
Notarius fuqarolik-huquqiy munosabatlar, shu jumladan mulkiy va meros masalalari boʻyicha oʻzaro maqbul qaror qabul qilish uchun taraflarning ixtiyoriy roziligi asosida nizoda mediator sifatida ish yuritadi. | Notarius “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda mediator vazifasini bajarishga haqli. |
Taraflar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijalaridan kelib chiqadigan nizoni yoxud majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari xususida oʻzaro maqbul qarorga erishgan taqdirda, notarius taraflar oʻrtasida tuzilgan mediativ kelishuvni tasdiqlaydi. | Taraflar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijalaridan kelib chiqadigan nizoni yoxud majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari xususida oʻzaro maqbul qarorga erishgan taqdirda, notarius taraflar oʻrtasida tuzilgan mediativ kelishuvni tasdiqlaydi. |
9-bob. ER-XOTINNING UMUMIY MOL-MULKIDAGI ULUSHGA BOʻLGAN MULK HUQUQI TOʻGʻRISIDA GUVOHNOMALAR BERISH. MOL-MULKNI BOSHQA SHAXSGA OʻTKAZISHNI TAQIQLAB QOʻYISH VA TAQIQNI BEKOR QILISH | 9-bob. ER-XOTINNING UMUMIY MOL-MULKIDAGI ULUSHGA BOʻLGAN MULK HUQUQI TOʻGʻRISIDA GUVOHNOMALAR BERISH. MOL-MULKNI BOSHQA SHAXSGA OʻTKAZISHNI TAQIQLAB QOʻYISH VA TAQIQNI BEKOR QILISH |
62-modda. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomalar berish | 62-modda. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomalar berish |
Notarius er-xotinning yozma arizasiga muvofiq ulardan biriga yoki har ikkisiga nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkdagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma beradi. | Notarius er-xotinning yozma arizasiga muvofiq ulardan biriga yoki har ikkisiga nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkdagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma beradi. |
63-modda. Marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) arizasiga koʻra umumiy mol-mulkdagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berish | 63-modda. Marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) arizasiga koʻra umumiy mol-mulkdagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berish |
Er-xotindan biri vafot etgan taqdirda er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) yozma arizasiga koʻra meros ochilgan joydagi notarius tomonidan berilib, merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlar bu xususda xabardor qilinadi. | Er-xotindan biri vafot etgan taqdirda er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) yozma arizasiga koʻra meros ochilgan joydagi notarius tomonidan berilib, merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlar bu xususda xabardor qilinadi. |
Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinga (erga) nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkning yarmisi uchun berilishi mumkin. | Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinga (erga) nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkning yarmisi uchun berilishi mumkin. |
Agar marhum erdan (xotindan) keyin xotin (er) tomonidan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani olish haqida yozma ariza berilmasa, er- xotinning umumiy mol-mulkidagi ulush ajratilmaydi. | Agar marhum erdan (xotindan) keyin xotin (er) tomonidan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani olish haqida yozma ariza berilmasa, er- xotinning umumiy mol-mulkidagi ulush ajratilmaydi. |
Merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlarning yozma arizasiga koʻra va marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) roziligi bilan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomada vafot etgan erning (xotinning) ham umumiy mol-mulkdagi ulushi belgilanishi mumkin. | Merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlarning yozma arizasiga koʻra va marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) roziligi bilan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomada vafot etgan erning (xotinning) ham umumiy mol-mulkdagi ulushi belgilanishi mumkin. |
64-modda. Mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlab qoʻyish va taqiqni bekor qilish | 64-modda. Mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlab qoʻyish va taqiqni bekor qilish |
Mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlab qoʻyish va taqiqni bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan shartlarda va tartibda amalga oshiriladi. | Mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlab qoʻyish va taqiqni bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan shartlarda va tartibda amalga oshiriladi. |
Birlamchi bozordagi koʻchmas mulk va transport vositalariga nisbatan ipoteka shartnomalarini rasmiylashtirgan bank va boshqa kredit tashkilotlari mol-mulkka taqiq qoʻyish hamda taqiqni yechishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali mustaqil ravishda amalga oshiradi. | Birlamchi bozordagi koʻchmas mulk va transport vositalariga nisbatan ipoteka shartnomalarini rasmiylashtirgan bank va boshqa kredit tashkilotlari mol-mulkka taqiq qoʻyish hamda taqiqni yechishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali mustaqil ravishda amalga oshiradi. |
10-bob. HUJJATLAR NUSXALARINING VA HUJJATLARDAN OLINGAN KOʻCHIRMALARNING TOʻGʻRILIGINI, IMZONING HAQIQIYLIGINI VA TARJIMANING TOʻGʻRILIGINI SHAHODATLASH | 10-bob. HUJJATLAR NUSXALARINING VA HUJJATLARDAN OLINGAN KOʻCHIRMALARNING TOʻGʻRILIGINI, IMZONING HAQIQIYLIGINI VA TARJIMANING TOʻGʻRILIGINI SHAHODATLASH |
65-modda. Hujjatlar koʻchirma nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlash | 65-modda. Hujjatlar koʻchirma nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlash |
Notariuslar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan hujjatlar koʻchirma nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlaydi. | Notariuslar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan hujjatlar koʻchirma nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlaydi. |
Koʻchirma olinayotgan hujjatda oʻzaro bogʻliq boʻlmagan bir nechta alohida masalaga oid qarorlar mavjud boʻlgan taqdirdagina koʻchirmaning toʻgʻriligi shahodatlanishi mumkin. Koʻchirma hujjatning muayyan masalaga doir qismining toʻla matnini aks ettirishi kerak. | Koʻchirma olinayotgan hujjatda oʻzaro bogʻliq boʻlmagan bir nechta alohida masalaga oid qarorlar mavjud boʻlgan taqdirdagina koʻchirmaning toʻgʻriligi shahodatlanishi mumkin. Koʻchirma hujjatning muayyan masalaga doir qismining toʻla matnini aks ettirishi kerak. |
Notarius hujjatlar koʻchirma nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlar ekan, hujjat mazmunining qonuniyligini, unda bayon qilingan faktlarning haqiqatga mosligini, uni imzolagan jismoniy shaxslarning shaxsini, muomalaga layoqatliligi va vakolatlarini, hujjatni yuborgan yuridik shaxsning huquq layoqatini tasdiqlamaydi. | Notarius hujjatlar koʻchirma nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlar ekan, hujjat mazmunining qonuniyligini, unda bayon qilingan faktlarning haqiqatga mosligini, uni imzolagan jismoniy shaxslarning shaxsini, muomalaga layoqatliligi va vakolatlarini, hujjatni yuborgan yuridik shaxsning huquq layoqatini tasdiqlamaydi. |
Agar bir qismi boshqa hujjatning koʻchirma nusxasini ifodalagan bir necha varaqdan iborat hujjat aslining koʻchirma nusxasi yoki hujjatning aslidan olingan koʻchirma toʻgʻriligi shahodatlanayotgan boʻlsa, tasdiqlov yozuvida bu haqda belgi qoʻyiladi. | Agar bir qismi boshqa hujjatning koʻchirma nusxasini ifodalagan bir necha varaqdan iborat hujjat aslining koʻchirma nusxasi yoki hujjatning aslidan olingan koʻchirma toʻgʻriligi shahodatlanayotgan boʻlsa, tasdiqlov yozuvida bu haqda belgi qoʻyiladi. |
66-modda. Hujjat nusxasidan koʻchirilgan nusxaning toʻgʻriligini shahodatlash | 66-modda. Hujjat nusxasidan koʻchirilgan nusxaning toʻgʻriligini shahodatlash |
Hujjat nusxasidan koʻchirilgan nusxaning toʻgʻriligini notariuslar, basharti avvalgi nusxaning toʻgʻriligi notarial tartibda shahodatlangan boʻlsa yoki hujjatning nusxasi uning asl nusxasi tayyorlangan korxona, muassasa, tashkilot tomonidan berilgan boʻlsa, shahodatlaydi. Keyingi holatda hujjatning nusxasi mazkur yuridik shaxsning ish qogʻozida bayon etilgan, muhr bosib tasdiqlangan va unda shu hujjatning asli mazkur korxona, muassasa, tashkilotda ekanligi yozib qoʻyilgan boʻlishi kerak. | Hujjat nusxasidan koʻchirilgan nusxaning toʻgʻriligini notariuslar, basharti avvalgi nusxaning toʻgʻriligi notarial tartibda shahodatlangan boʻlsa yoki hujjatning nusxasi uning asl nusxasi tayyorlangan korxona, muassasa, tashkilot tomonidan berilgan boʻlsa, shahodatlaydi. Keyingi holatda hujjatning nusxasi mazkur yuridik shaxsning ish qogʻozida bayon etilgan, muhr bosib tasdiqlangan va unda shu hujjatning asli mazkur korxona, muassasa, tashkilotda ekanligi yozib qoʻyilgan boʻlishi kerak. |
67-modda. Hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlash | 67-modda. Hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlash |
Notarius imzoning haqiqiyligini shahodatlar ekan, hujjatda bayon etilgan faktlarni emas, balki faqat imzoning muayyan shaxs tomonidan qoʻyilganligini tasdiqlaydi. | Notarius imzoning haqiqiyligini shahodatlar ekan, hujjatda bayon etilgan faktlarni emas, balki faqat imzoning muayyan shaxs tomonidan qoʻyilganligini tasdiqlaydi. |
Bitimni ifodalovchi hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlashga yoʻl qoʻyilmaydi. | Bitimni ifodalovchi hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlashga yoʻl qoʻyilmaydi. |
68-modda. Tarjimaning toʻgʻriligini shahodatlash | 68-modda. Tarjimaning toʻgʻriligini shahodatlash |
Notarius, basharti u tegishli tillarni bilsa, bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi. | Notarius, basharti u tegishli tillarni bilsa, bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi. |
Agar notarius tegishli tillarni bilmasa, tarjima tarjimon tomonidan qilinishi mumkin, notarius uning imzosi haqiqiyligini shahodatlaydi. | Agar notarius tegishli tillarni bilmasa, tarjima tarjimon tomonidan qilinishi mumkin, notarius uning imzosi haqiqiyligini shahodatlaydi. |
11-bob. FAKTLARNI TASDIQLASH | 11-bob. FAKTLARNI TASDIQLASH |
69-modda. Fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlash | 69-modda. Fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlash |
Notarius fuqaroning tirik ekanligi faktini uning shaxsiy iltimosiga koʻra va uning ishtirokida tasdiqlaydi. | Notarius fuqaroning tirik ekanligi faktini uning shaxsiy iltimosiga koʻra va uning ishtirokida tasdiqlaydi. |
Voyaga yetmagan shaxsning tirik ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek uni oʻz homiyligiga olgan muassasalar va tashkilotlarning iltimosiga koʻra amalga oshiriladi. | Voyaga yetmagan shaxsning tirik ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek uni oʻz homiyligiga olgan muassasalar va tashkilotlarning iltimosiga koʻra amalga oshiriladi. |
70-modda. Fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash | 70-modda. Fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash |
Notarius fuqaroning iltimosiga koʻra uning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi. | Notarius fuqaroning iltimosiga koʻra uning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi. |
Voyaga yetmagan shaxsning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek uni oʻz homiyligiga olgan muassasalar va tashkilotlarning iltimosiga koʻra amalga oshiriladi. | Voyaga yetmagan shaxsning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek uni oʻz homiyligiga olgan muassasalar va tashkilotlarning iltimosiga koʻra amalga oshiriladi. |
701-modda. Yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash | 701-modda. Yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash |
Notarius yuridik shaxsning rahbar organi yigʻilishini chaqiruvchi organning yoki shaxsning iltimosiga koʻra ushbu yigʻilish oʻtkazilishi chogʻida hozir boʻladi va yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash toʻgʻrisida hamda ushbu qarorni qabul qilish chogʻida hozir boʻlgan ishtirokchilarning (aksiyadorlarning) tarkibi haqida guvohnoma beradi. | Notarius yuridik shaxsning rahbar organi yigʻilishini chaqiruvchi organning yoki shaxsning iltimosiga koʻra ushbu yigʻilish oʻtkazilishi chogʻida hozir boʻladi va yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash toʻgʻrisida hamda ushbu qarorni qabul qilish chogʻida hozir boʻlgan ishtirokchilarning (aksiyadorlarning) tarkibi haqida guvohnoma beradi. |
Notarius yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini belgilash uchun yuridik shaxsning huquq layoqatini tekshiradi, yuridik shaxs rahbar organining qaror qabul qilish borasidagi vakolatini, yigʻilishda kvorum mavjudligini va ovozlarni sanab chiqish asosida qaror qabul qilish uchun kerakli ovozlar soni mavjudligini qonunchilikka va yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga muvofiq aniqlaydi. | Notarius yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini belgilash uchun yuridik shaxsning huquq layoqatini tekshiradi, yuridik shaxs rahbar organining qaror qabul qilish borasidagi vakolatini, yigʻilishda kvorum mavjudligini va ovozlarni sanab chiqish asosida qaror qabul qilish uchun kerakli ovozlar soni mavjudligini qonunchilikka va yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga muvofiq aniqlaydi. |
702-modda. Dalillarni taʼminlash | 702-modda. Dalillarni taʼminlash |
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda manfaatdor shaxslarning iltimosiga binoan notarius sudda yoki maʼmuriy organda ish yuzaga kelgan taqdirda, agar taqdim etish keyinchalik mumkin boʻlmay qoladi yoki qiyin boʻladi deb taxmin qilish uchun asoslar mavjud boʻlsa, dalillarni taʼminlaydi. | Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda manfaatdor shaxslarning iltimosiga binoan notarius sudda yoki maʼmuriy organda ish yuzaga kelgan taqdirda, agar taqdim etish keyinchalik mumkin boʻlmay qoladi yoki qiyin boʻladi deb taxmin qilish uchun asoslar mavjud boʻlsa, dalillarni taʼminlaydi. |
Dalillarni taʼminlash maqsadida notarius guvohlarning koʻrsatuvlarini yozib oladi, yozma va ashyoviy dalillarni koʻzdan kechiradi va guvohlantiradi, ekspertiza tayinlaydi, Internet jahon axborot tarmogʻidagi faktlarni tasdiqlaydi. | Dalillarni taʼminlash maqsadida notarius guvohlarning koʻrsatuvlarini yozib oladi, ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni koʻzdan kechiradi va guvohlantiradi, ekspertiza tayinlaydi, Internet jahon axborot tarmogʻidagi faktlarni tasdiqlaydi. |
71-modda. Fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlash | 71-modda. Fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlash |
Notarius fuqaro taqdim etgan fotosuratdagi shaxs shu fuqaroning aynan oʻzi ekanligini tasdiqlaydi. | Notarius fuqaro taqdim etgan fotosuratdagi shaxs shu fuqaroning aynan oʻzi ekanligini tasdiqlaydi. |
72-modda. Hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash | 72-modda. Hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash |
Notarius oʻziga hujjat taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi. | Notarius oʻziga hujjat taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi. |
721-modda. Mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash | 721-modda. Mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash |
Notarius mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi. | Notarius mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi. |
Mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash mualliflik va turdosh huquqning yuzaga kelishi uchun asos boʻlmaydi. | Mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash mualliflik va turdosh huquqning yuzaga kelishi uchun asos boʻlmaydi. |
722-modda. Elektron hujjatning qogʻoz shaklidagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlash | 722-modda. Elektron hujjatning qogʻoz shaklidagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlash |
Notarius mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlmagan harakatlarni amalga oshirishda notarial tartibda tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalarning elektron shakli qogʻozda taqdim etilgan hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydi. | Notarius mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlmagan harakatlarni amalga oshirishda notarial tartibda tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalarning elektron shakli qogʻozda taqdim etilgan hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydi. |
Hujjatning tasdiqlangan elektron shakli qogʻozdagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga egadir. | Hujjatning tasdiqlangan elektron shakli qogʻozdagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga egadir. |
Oddiy yozma shaklda tuzilgan bitimlarning, shuningdek shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning elektron shaklini qogʻozdagi hujjat bilan teng yuridik kuchga egaligini tasdiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi. | Oddiy yozma shaklda tuzilgan bitimlarning, shuningdek shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning elektron shaklini qogʻozdagi hujjat bilan teng yuridik kuchga egaligini tasdiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi. |
12-bob. JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING ARIZALARI VA (YOKI) BOSHQA HUJJATLARINI TOPSHIRISH. PUL SUMMALARI VA QIMMATLI QOGʻOZLARNI DEPOZITGA QABUL QILIB OLISH | 12-bob. JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING ARIZALARI VA (YOKI) BOSHQA HUJJATLARINI TOPSHIRISH. PUL SUMMALARI VA QIMMATLI QOGʻOZLARNI DEPOZITGA QABUL QILIB OLISH |
73-modda. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish | 73-modda. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish |
Notarius jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) oʻzga hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi. | Notarius jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) oʻzga hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi. |
Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlar ularning topshirilganligini maʼlum qilish sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaxslarga imzo qoʻydirib topshiriladi. Arizalar telefaks, kompyuter tarmoqlari va boshqa texnik vositalardan foydalanib ham uzatilishi mumkin. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini notarial harakatni amalga oshirishni soʻragan shaxs qoplaydi. | Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlar ularning topshirilganligini maʼlum qilish sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaxslarga imzo qoʻydirib topshiriladi. Arizalar telefaks, kompyuter tarmoqlari va boshqa texnik vositalardan foydalanib ham uzatilishi mumkin. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini notarial harakatni amalga oshirishni soʻragan shaxs qoplaydi. |
Shaxsning iltimosiga koʻra notarius arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarning topshirilganligi haqida guvohnoma beradi. | Shaxsning iltimosiga koʻra notarius arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarning topshirilganligi haqida guvohnoma beradi. |
74-modda. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilish | 74-modda. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilish |
Notarius qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda kreditorga topshirish uchun qarzdordan depozitga pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qiladi. | Notarius qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda kreditorga topshirish uchun qarzdordan depozitga pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qiladi. |
Notarius pul summalari va qimmatli qogʻozlar kelib tushganligi haqida kreditorga xabar qiladi hamda uning talabi boʻyicha unga tegishli pul summalari va qimmatli qogʻozlarni topshiradi. | Notarius pul summalari va qimmatli qogʻozlar kelib tushganligi haqida kreditorga xabar qiladi hamda uning talabi boʻyicha unga tegishli pul summalari va qimmatli qogʻozlarni topshiradi. |
Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga majburiyat bajariladigan joydagi notarius qabul qiladi. | Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga majburiyat bajariladigan joydagi notarius qabul qiladi. |
Notarius pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilish uchun depozit hisobvaragʻini ochishi kerak. | Notarius pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilish uchun depozit hisobvaragʻini ochishi kerak. |
Notariusning shaxsiy mablagʻlarini ushbu hisobvaraqqa oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Notariusning shaxsiy mablagʻlarini ushbu hisobvaraqqa oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Notarius qarzdorga depozit hisobvaragʻi ochilgan bankka taqdim etish uchun pul mablagʻlari depozit hisobvaragʻiga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida yozma xabarnoma beradi. | Notarius qarzdorga depozit hisobvaragʻi ochilgan bankka taqdim etish uchun pul mablagʻlari depozit hisobvaragʻiga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida yozma xabarnoma beradi. |
Kreditorning yoki qarzdorning depozit hisobvaragʻiga qabul qilingan pul mablagʻlarini va qimmatli qogʻozlarini berish, shuningdek depozitdan foydalanganlik uchun toʻlov bank tomonidan notariusning xabarnomasiga asosan amalga oshiriladi. | Kreditorning yoki qarzdorning depozit hisobvaragʻiga qabul qilingan pul mablagʻlarini va qimmatli qogʻozlarini berish, shuningdek depozitdan foydalanganlik uchun toʻlov bank tomonidan notariusning xabarnomasiga asosan amalga oshiriladi. |
75-modda. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarning ularni depozitga topshirgan shaxsga qaytarilishi | 75-modda. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarning ularni depozitga topshirgan shaxsga qaytarilishi |
Pul summalari va qimmatli qogʻozlarning ularni depozitga topshirgan shaxsga qaytarilishiga toʻlov kimning foydasiga amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha shaxsning yozma roziligi bilan yoki sud qaroriga binoan yoʻl qoʻyiladi. | Pul summalari va qimmatli qogʻozlarning ularni depozitga topshirgan shaxsga qaytarilishiga toʻlov kimning foydasiga amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha shaxsning yozma roziligi bilan yoki sud qaroriga binoan yoʻl qoʻyiladi. |
13-bob. IJRO XATLARI YOZISH | 13-bob. IJRO XATLARI YOZISH |
76-modda. Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish | 76-modda. Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish |
Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish uchun notarius qarzdorlikni belgilovchi hujjatlarga ijro xatlarini yozadi. | Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish uchun notarius qarzdorlikni belgilovchi hujjatlarga ijro xatlarini yozadi. |
77-modda. Qarzni undirish soʻzsiz amalga oshiriladigan hujjatlar roʻyxati | 77-modda. Qarzni undirish soʻzsiz amalga oshiriladigan hujjatlar roʻyxati |
Ijro xatlariga asosan qarzni undirish soʻzsiz amalga oshiriladigan hujjatlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qoʻyiladi. | Ijro xatlariga asosan qarzni undirish soʻzsiz amalga oshiriladigan hujjatlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qoʻyiladi. |
78-modda. Ijro xatlarini yozish shartlari | 78-modda. Ijro xatlarini yozish shartlari |
Ijro xatlari quyidagi hollarda yoziladi: | Ijro xatlari quyidagi hollarda yoziladi: |
taqdim etilgan hujjatlar qarzdorning undirib oluvchidan qarzdor ekanligi yoki boshqa majburiyatini shubhasiz tasdiqlasa; | taqdim etilgan hujjatlar qarzdorning undirib oluvchidan qarzdor ekanligi yoki boshqa majburiyatini shubhasiz tasdiqlasa; |
daʼvo qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlab oʻtgan vaqt uch yildan ortiq boʻlmasa. | daʼvo qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlab oʻtgan vaqt uch yildan ortiq boʻlmasa. |
Agar ijro xati berish haqidagi talab uchun qonunchilikda boshqa muddat belgilangan boʻlsa, ijro xati shu muddat ichida beriladi. | Agar ijro xati berish haqidagi talab uchun qonunchilikda boshqa muddat belgilangan boʻlsa, ijro xati shu muddat ichida beriladi. |
79-modda. Ijro xatining mazmuni | 79-modda. Ijro xatining mazmuni |
Ijro xatida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi lozim: | Ijro xatida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi lozim: |
ijro xatini yozayotgan notarius ism-sharifining bosh harflari, familiyasi, lavozimi; | ijro xatini yozayotgan notarius ism-sharifining bosh harflari, familiyasi, lavozimi; |
undirib oluvchining nomi va manzili; | undirib oluvchining nomi va manzili; |
qarzdorning nomi va manzili, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami; | qarzdorning nomi va manzili, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami; |
undirib olish amalga oshiriladigan muddat; | undirib olish amalga oshiriladigan muddat; |
undirib olinishi kerak boʻlgan summalar yoki talab qilib olinishi kerak boʻlgan narsalar, shu jumladan toʻlanishi kerak boʻlgan penya, foizlar; | undirib olinishi kerak boʻlgan summalar yoki talab qilib olinishi kerak boʻlgan narsalar, shu jumladan toʻlanishi kerak boʻlgan penya, foizlar; |
undirib oluvchi toʻlagan yoki qarzdordan undirilishi kerak boʻlgan davlat boji yoki tarif summalari; | undirib oluvchi toʻlagan yoki qarzdordan undirilishi kerak boʻlgan davlat boji yoki tarif summalari; |
ijro xati yozilgan sana (yil, oy, kun); | ijro xati yozilgan sana (yil, oy, kun); |
ijro xatining reyestrda qayd etilgan tartib raqami; | ijro xatining reyestrda qayd etilgan tartib raqami; |
ijro xatini yozgan notariusning imzosi; | ijro xatini yozgan notariusning imzosi; |
notariusning muhri. | notariusning muhri. |
80-modda. Ijro xatini taqdim etish muddatlari va ijro xati boʻyicha undirib olish tartibi | 80-modda. Ijro xatini taqdim etish muddatlari va ijro xati boʻyicha undirib olish tartibi |
Ijro xati, agar qonunchilikda boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, u yozilgan kundan boshlab uch yil muddat ichida majburiy ijro uchun taqdim etilishi mumkin. | Ijro xati, agar qonunchilikda boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, u yozilgan kundan boshlab uch yil muddat ichida majburiy ijro uchun taqdim etilishi mumkin. |
Ijro xatini taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatini, shuningdek ijro xati boʻyicha undirishni tiklash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. | Ijro xatini taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatini, shuningdek ijro xati boʻyicha undirishni tiklash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. |
14-bob. VEKSELNI PROTEST QILISH. CHEKNI TOʻLOVGA TAQDIM ETISH VA CHEKNING TOʻLANMAGANLIGINI TASDIQLASH | 14-bob. VEKSELNI PROTEST QILISH. CHEKNI TOʻLOVGA TAQDIM ETISH VA CHEKNING TOʻLANMAGANLIGINI TASDIQLASH |
81-modda. Vekselni protest qilish | 81-modda. Vekselni protest qilish |
Notarius puli toʻlanmagan, aksept qilinmagan va aksept sanasi koʻrsatilmagan vekselni qonunchilikka muvofiq protest qiladi. | Notarius puli toʻlanmagan, aksept qilinmagan va aksept sanasi koʻrsatilmagan vekselni qonunchilikka muvofiq protest qiladi. |
82-modda. Chekni toʻlovga taqdim etish va chekning toʻlanmaganligini tasdiqlash | 82-modda. Chekni toʻlovga taqdim etish va chekning toʻlanmaganligini tasdiqlash |
Toʻlovchining turar joyidagi notarius toʻlovga taqdim etilgan chekni qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda qabul qilib oladi. | Toʻlovchining turar joyidagi notarius toʻlovga taqdim etilgan chekni qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda qabul qilib oladi. |
Chek toʻlanmagan taqdirda notarius chekning toʻlanmaganligini unga yozib qoʻyish yoʻli bilan tasdiqlaydi va buni reyestrda qayd etadi. Chekka yozish bilan birga chek beruvchiga uning chekini bank toʻlamaganligi va bu xususda chekka yozib qoʻyilganligi haqida bildirish xati yuboriladi. | Chek toʻlanmagan taqdirda notarius chekning toʻlanmaganligini unga yozib qoʻyish yoʻli bilan tasdiqlaydi va buni reyestrda qayd etadi. Chekka yozish bilan birga chek beruvchiga uning chekini bank toʻlamaganligi va bu xususda chekka yozib qoʻyilganligi haqida bildirish xati yuboriladi. |
Chek toʻlanmagan taqdirda notarius chek saqlovchining iltimosiga koʻra ijro xatini yozadi. | Chek toʻlanmagan taqdirda notarius chek saqlovchining iltimosiga koʻra ijro xatini yozadi. |
15-bob. HUJJATLARNI SAQLASH UCHUN QABUL QILIB OLISH VA ULARNI QAYTARIB BERISH | 15-bob. HUJJATLARNI SAQLASH UCHUN QABUL QILIB OLISH VA ULARNI QAYTARIB BERISH |
83-modda. Hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib olish | 83-modda. Hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib olish |
Notarius hujjatlarni saqlash uchun roʻyxat boʻyicha qabul qilib oladi. Roʻyxatning bir nusxasi notariusda qoladi, boshqa nusxasi hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga beriladi. | Notarius hujjatlarni saqlash uchun roʻyxat boʻyicha qabul qilib oladi. Roʻyxatning bir nusxasi notariusda qoladi, boshqa nusxasi hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga beriladi. |
Agar hujjatlar lozim tarzda oʻrab joylashtirilgan boʻlsa, shaxsning iltimosiga koʻra notarius ularni roʻyxatsiz ham qabul qilib olishi mumkin. Hujjatlar oʻramiga notariusning muhri qoʻyiladi hamda u notarius va hujjatlarni topshirgan shaxs tomonidan imzolanadi. Bunday hollarda notarius hujjatlar oʻramining but saqlanishi uchun javob beradi. | Agar hujjatlar lozim tarzda oʻrab joylashtirilgan boʻlsa, shaxsning iltimosiga koʻra notarius ularni roʻyxatsiz ham qabul qilib olishi mumkin. Hujjatlar oʻramiga notariusning muhri qoʻyiladi hamda u notarius va hujjatlarni topshirgan shaxs tomonidan imzolanadi. Bunday hollarda notarius hujjatlar oʻramining but saqlanishi uchun javob beradi. |
Hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga guvohnoma beriladi. | Hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga guvohnoma beriladi. |
84-modda. Saqlash uchun qabul qilingan hujjatlarni qaytarish | 84-modda. Saqlash uchun qabul qilingan hujjatlarni qaytarish |
Saqlash uchun qabul qilingan hujjatlar ularni saqlash uchun topshirgan shaxsga yoki uning qonuniy vakiliga guvohnoma va roʻyxatni taqdim etganidan keyin yoxud sudning qarori boʻyicha qaytarib beriladi. | Saqlash uchun qabul qilingan hujjatlar ularni saqlash uchun topshirgan shaxsga yoki uning qonuniy vakiliga guvohnoma va roʻyxatni taqdim etganidan keyin yoxud sudning qarori boʻyicha qaytarib beriladi. |
16-bob. DENGIZ PROTESTLARINI AMALGA OSHIRISH | 16-bob. DENGIZ PROTESTLARINI AMALGA OSHIRISH |
85-modda. Dengiz protestlari haqidagi ariza | 85-modda. Dengiz protestlari haqidagi ariza |
Notarius kema egasining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun dalil-isbotlarni taʼminlash maqsadida kema kapitanining kema suzib borayotganda yoki u toʻxtab turgan joyda sodir boʻlgan hamda kema egasining oldiga mulkiy talablar qoʻyish uchun asos boʻlishi mumkin boʻlgan hodisa toʻgʻrisidagi arizasini qabul qiladi. | Notarius kema egasining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun dalil-isbotlarni taʼminlash maqsadida kema kapitanining kema suzib borayotganda yoki u toʻxtab turgan joyda sodir boʻlgan hamda kema egasining oldiga mulkiy talablar qoʻyish uchun asos boʻlishi mumkin boʻlgan hodisa toʻgʻrisidagi arizasini qabul qiladi. |
Dengiz protesti haqidagi arizada yuz bergan hodisa tafsilotlari va kapitanning oʻziga ishonib topshirilgan mulkning but saqlanishini taʼminlash yuzasidan koʻrgan chora-tadbirlari bayon etilgan boʻlishi kerak. | Dengiz protesti haqidagi arizada yuz bergan hodisa tafsilotlari va kapitanning oʻziga ishonib topshirilgan mulkning but saqlanishini taʼminlash yuzasidan koʻrgan chora-tadbirlari bayon etilgan boʻlishi kerak. |
Dengiz protesti toʻgʻrisidagi arizada bayon etilgan holatlarning tasdigʻi sifatida kema kapitani ariza bilan bir vaqtda yoki kema portga kirgan kundan boshlab, agar hodisa portda yuz bergan boʻlsa, u yuz berganidan soʻng yetti kundan kechiktirmay notariusga koʻzdan kechirish uchun kema daftarini va kema daftaridan olinib kapitan tomonidan tasdiqlangan koʻchirmani taqdim etishi shart. | Dengiz protesti toʻgʻrisidagi arizada bayon etilgan holatlarning tasdigʻi sifatida kema kapitani ariza bilan bir vaqtda yoki kema portga kirgan kundan boshlab, agar hodisa portda yuz bergan boʻlsa, u yuz berganidan soʻng yetti kundan kechiktirmay notariusga koʻzdan kechirish uchun kema daftarini va kema daftaridan olinib kapitan tomonidan tasdiqlangan koʻchirmani taqdim etishi shart. |
86-modda. Dengiz protestlari haqida ariza berish muddatlari | 86-modda. Dengiz protestlari haqida ariza berish muddatlari |
Dengiz protesti haqidagi ariza kema portga kirgan vaqtdan boshlab yigirma toʻrt soat ichida beriladi. Agar dengiz protesti haqida ariza berish zaruratini keltirib chiqargan hodisa portda yuz bergan boʻlsa, protest hodisa yuz bergan vaqtdan boshlab yigirma toʻrt soat ichida berilishi kerak. | Dengiz protesti haqidagi ariza kema portga kirgan vaqtdan boshlab yigirma toʻrt soat ichida beriladi. Agar dengiz protesti haqida ariza berish zaruratini keltirib chiqargan hodisa portda yuz bergan boʻlsa, protest hodisa yuz bergan vaqtdan boshlab yigirma toʻrt soat ichida berilishi kerak. |
Protestni belgilangan muddatda berishning imkoni boʻlmagan taqdirda, buning sabablari dengiz protesti haqidagi arizada koʻrsatilishi kerak. | Protestni belgilangan muddatda berishning imkoni boʻlmagan taqdirda, buning sabablari dengiz protesti haqidagi arizada koʻrsatilishi kerak. |
87-modda. Dengiz protesti haqida dalolatnoma tuzish | 87-modda. Dengiz protesti haqida dalolatnoma tuzish |
Notarius kapitanning arizasi, kema daftaridagi maʼlumotlar, shuningdek kapitanning oʻzi hamda kema qoʻmondonligi tarkibidan kamida ikki guvohni va kema komandasi tarkibidan ikki guvohni soʻroq qilish asosida dengiz protesti haqida dalolatnoma tuzadi va uni oʻz imzosi hamda gerbli muhr bilan tasdiqlaydi. Dengiz protesti haqidagi dalolatnomaning bir nusxasi kapitanga yoki vakil qilingan shaxsga beriladi. | Notarius kapitanning arizasi, kema daftaridagi maʼlumotlar, shuningdek kapitanning oʻzi hamda kema qoʻmondonligi tarkibidan kamida ikki guvohni va kema komandasi tarkibidan ikki guvohni soʻroq qilish asosida dengiz protesti haqida dalolatnoma tuzadi va uni oʻz imzosi hamda gerbli muhr bilan tasdiqlaydi. Dengiz protesti haqidagi dalolatnomaning bir nusxasi kapitanga yoki vakil qilingan shaxsga beriladi. |
17-bob. CHET EL HUQUQI NORMALARINING QOʻLLANILISHI. XALQARO SHARTNOMALAR | 17-bob. CHET EL HUQUQI NORMALARINING QOʻLLANILISHI. XALQARO SHARTNOMALAR |
88-modda. Notarius tomonidan chet el huquqi normalarining qoʻllanilishi | 88-modda. Notarius tomonidan chet el huquqi normalarining qoʻllanilishi |
Notarius Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, xalqaro shartnomalarga muvofiq chet el huquqi normalarini qoʻllaydi. | Notarius Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, xalqaro shartnomalarga muvofiq chet el huquqi normalarini qoʻllaydi. |
Notarius xalqaro shartnomalar talablariga muvofiq tuzilgan hujjatlarni qabul qilib oladi, shuningdek, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga zid kelmasa, ularga boshqa davlatlarning qonunchiligida nazarda tutilgan shaklda tasdiqlovchi ustxatlar yozadi. | Notarius xalqaro shartnomalar talablariga muvofiq tuzilgan hujjatlarni qabul qilib oladi, shuningdek, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga zid kelmasa, ularga boshqa davlatlarning qonunchiligida nazarda tutilgan shaklda tasdiqlovchi ustxatlar yozadi. |
89-modda. Meros mol-mulkni qoʻriqlash va merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish | 89-modda. Meros mol-mulkni qoʻriqlash va merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish |
Chet el fuqarosi vafotidan keyin uning Oʻzbekiston Respublikasi hududida qolgan mol-mulkini qoʻriqlash yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi vafot etganidan keyin chet el fuqarosiga tegishli boʻlgan mol-mulkni qoʻriqlash, shuningdek bunday mol-mulk xususida merosga boʻlgan huquq haqida guvohnomalar berish bilan bogʻliq harakatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. | Chet el fuqarosi vafotidan keyin uning Oʻzbekiston Respublikasi hududida qolgan mol-mulkini qoʻriqlash yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi vafot etganidan keyin chet el fuqarosiga tegishli boʻlgan mol-mulkni qoʻriqlash, shuningdek bunday mol-mulk xususida merosga boʻlgan huquq haqida guvohnomalar berish bilan bogʻliq harakatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. |
90-modda. Chet elda amal qilishga moʻljallangan ishonchnomalar | 90-modda. Chet elda amal qilishga moʻljallangan ishonchnomalar |
Notarius tomonidan tasdiqlangan, chet elda amal qilishga moʻljallangan, amal qilish muddati koʻrsatilmagan ishonchnomalar ularni bergan shaxs tomonidan bekor qilinguniga qadar oʻz kuchida qoladi. | Notarius tomonidan tasdiqlangan, chet elda amal qilishga moʻljallangan, amal qilish muddati koʻrsatilmagan ishonchnomalar ularni bergan shaxs tomonidan bekor qilinguniga qadar oʻz kuchida qoladi. |
91-modda. Notariusning chet elda tuzilgan hujjatlarni qabul qilishi | 91-modda. Notariusning chet elda tuzilgan hujjatlarni qabul qilishi |
Chet elda boshqa davlatlar vakolatli organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida tuzilgan yoki ulardan kelayotgan hujjatlar rasmiylashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan taqdirdagina notarius tomonidan qabul qilinadi. | Chet elda boshqa davlatlar vakolatli organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida tuzilgan yoki ulardan kelayotgan hujjatlar rasmiylashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan taqdirdagina notarius tomonidan qabul qilinadi. |
Bunday hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda rasmiylashtirilmagan yoki apostil qoʻyilmagan holida notarius tomonidan qabul qilinadi. | Bunday hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda rasmiylashtirilmagan yoki apostil qoʻyilmagan holida notarius tomonidan qabul qilinadi. |
92-modda. Notariusning boshqa davlatlar adliya organlari bilan oʻzaro munosabatlari | 92-modda. Notariusning boshqa davlatlar adliya organlari bilan oʻzaro munosabatlari |
Notariusning boshqa davlatlar adliya organlari bilan oʻzaro munosabatlari tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi. | Notariusning boshqa davlatlar adliya organlari bilan oʻzaro munosabatlari tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi. |
93-modda. Xalqaro shartnoma | 93-modda. Xalqaro shartnoma |
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida notarial harakatlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, notarial harakatlarni amalga oshirish chogʻida xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllanadi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida notarial harakatlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, notarial harakatlarni amalga oshirish chogʻida xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllanadi. |
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi notariusga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilmagan notarial harakatni amalga oshirish vakolatini bersa, notarius bu notarial harakatni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilagan tartibda amalga oshiradi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi notariusga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilmagan notarial harakatni amalga oshirish vakolatini bersa, notarius bu notarial harakatni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilagan tartibda amalga oshiradi. |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
1996-yil 26-dekabr, | 1996-yil 26-dekabr, |
343-I-son | 343-I-son |