04.06.2021 yildagi O‘RQ-692-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.06.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 3-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 23-aprelda maʼqullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va amal qilish sohasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning amal qilishi boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan yoki uning hududida vaqtincha turgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning amal qilishi chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida hamda xalqaro shartnomalarida belgilangan imtiyozlariga va immunitetlariga daxl qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisidagi qonunchilik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Asosiy tushunchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqaroligi boʻlmagan shaxs — Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmagan va oʻzining chet davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega boʻlmagan shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el fuqarosi — Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega boʻlmagan, boshqa davlat fuqaroligiga va oʻzining boshqa davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega boʻlgan shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el fuqarosining va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasi (bundan buyon matnda identifikatsiyalovchi karta deb yuritiladi) — identifikatsiyalovchi karta egasining shaxsini va fuqaroligini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy roʻyxatga olinganligini tasdiqlaydigan, egasining shaxsga doir biografik va biometrik maʼlumotlari kiritilgan elektron jismni (chipni) oʻz ichiga olgan hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harakatlanish hujjatlari — milliy pasportlar, shuningdek ularning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjatlar boʻlib, ular asosida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish (undan chiqish) va uning hududida boʻlish huquqiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Ikki yoki undan ortiq davlat fuqaroligiga ega boʻlgan chet el fuqarolari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikki yoki undan ortiq davlat fuqaroligiga ega boʻlgan chet el fuqarolari qaysi davlat fuqaroligiga mansubligi toʻgʻrisidagi hujjatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga kirgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida oʻsha davlatning fuqarolari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq taʼminlanadi. Ular Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasining qonuni oldida tengdirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan, boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻz tanloviga koʻra oʻzining amaldagi harakatlanish hujjatlari boʻyicha joylashtirish joylarida yoki boshqa uy-joy maydonida, shuningdek davolash muassasalarida vaqtincha yashashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan, boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar qonunchilikda belgilanadigan tartibda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyi boʻyicha doimiy roʻyxatga olingan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarosining va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga identifikatsiyalovchi kartalarni rasmiylashtirish hamda berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Siyosiy boshpana berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini hisobga olgan holda, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari hamda normalari asosida, ushbu Qonunga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy boshpana oʻz fuqaroligi boʻyicha mansub boʻlgan mamlakatda yoki doimiy yashash joyida ijtimoiy-siyosiy faoliyati, diniy eʼtiqodi, irqiy yoki milliy mansubligi uchun taʼqib qilinishdan yoki taʼqibning jabrlanuvchisi boʻlishiga real tahdiddan, shuningdek xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan inson huquqlari buzilishlarining boshqa hollaridan boshpana va himoya izlayotgan, boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, shuningdek ularning oila aʼzolariga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Identifikatsiyalovchi kartani berish va bekor qilish, uning amal qilish muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Identifikatsiyalovchi kartani berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Identifikatsiyalovchi karta:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga — ular oʻn olti yoshga toʻlganida yoki ota-onasining, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga koʻra — bola tugʻilgan paytidan eʼtiboran va oʻn olti yoshga toʻlguniga qadar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash uchun ruxsatnoma olgan shaxslarga, shu jumladan “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan shaxslarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan, biroq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilmagan yoki “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilgan shaxslarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida koʻchmas mulk sotib olgan chet el fuqarolariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha korxonalar tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan shartlar asosida investitsiyalar kiritgan chet el fuqarolariga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning muassislariga (ishtirokchilariga), shuningdek ularning oila aʼzolariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berilgan chet el fuqarolariga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Identifikatsiyalovchi kartaning amal qilish muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Identifikatsiyalovchi karta quyidagi amal qilish muddatlariga beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi tugʻilgan bir yoshgacha boʻlgan bolalarga — ikki yilga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir yoshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan shaxslarga — besh yilga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn olti yoshdan oltmish yoshgacha boʻlgan shaxslarga — besh yilga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltmish yoshdan oshgan shaxslarga — oʻn yilga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy roʻyxatdan oʻtkazilgan fuqarolariga identifikatsiyalovchi karta ularning milliy pasportlarining amal qilish muddatidan oshmaydigan muddatga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun 9-moddasining oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, shuningdek ularning oila aʼzolariga identifikatsiyalovchi karta oʻn yil muddatga, biroq oʻz harakatlanish hujjatlarining amal qilish muddatidan oshmaydigan muddatga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Identifikatsiyalovchi kartani bekor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Identifikatsiyalovchi karta quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs qonunchilikda belgilangan tartibda xorijga doimiy yashash uchun chiqib ketganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha chiqib ketganda, agar ular uch yildan keyin uzrli sabablarsiz Oʻzbekistondagi doimiy yashash joyiga qaytmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha chiqib ketgan fuqaroligi boʻlmagan shaxs harakatlanish hujjatining amal qilish muddati tugaguniga qadar uzrli sabablarsiz Oʻzbekistondagi oʻz doimiy yashash joyiga qaytmaganda, harakatlanish hujjatini uzrli sabablarsiz xorijda almashtirmaganda yoxud uni almashtirishni rad etganda. Kasallik, yashab turilgan mamlakatda konsullik muassasasi mavjud emasligi va fuqaroga bogʻliq boʻlmagan boshqa sabablar uzrli sabablar hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
identifikatsiyalovchi kartani bekor qilish toʻgʻrisida chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs shaxsan murojaat qilganda yoxud notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma boʻyicha boshqa shaxs murojaat qilganda yoki xorijdagi tegishli organlarning soʻroviga koʻra;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga maʼmuriy tarzda chiqarib yuborilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudning qaroriga asosan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs bedarak yoʻqolgan deb eʼlon qilinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs vafot etganda — fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining shaxsning oʻlimi haqidagi guvohnomasi yoki maʼlumotnomasi asosida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi qabul qilinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el fuqarosi oʻz milliy pasportining amal qilish muddati tugagandan keyin olti oy ichida uni almashtirmaganda yoki oʻz mamlakatining fuqaroligidan chiqqanligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari rahbarlarining iltimosnomasi asosida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan doimiy yashash uchun ruxsatnoma olinganda — ushbu organlar va tashkilotlarning bildirishnomasi asosida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
identifikatsiyalovchi kartani olish chogʻida shaxs tomonidan oʻzi yoki oʻz qarindoshlari haqida yolgʻon maʼlumotlar, shuningdek qalbakilashtirilgan va soxta hujjatlar taqdim etilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning asosiy huquqlari, erkinliklari hamda majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻz shaʼni va obroʻsiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish, turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim Oʻzbekiston Respublikasining qonunida nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv oʻtkazishi yoki uni koʻzdan kechirishi, yozishmalar va telefonda soʻzlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan faqat Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari asosida protsessual majburlov va maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ularning huquqlari hamda ushlab turilishiga yoxud qamoqqa olinishiga sabab boʻlgan holatlar toʻgʻrisida xabar qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab erkin harakatlanish huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ushbu Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab erkin harakatlanish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab harakatlanishi hududida Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlarining ruxsatnomalari asosida harakatlanish amalga oshiriladigan chegara zonalarida hamda chegara chiziqlarida cheklanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chegaraoldi hududlar aholisining oʻzaro safarlari qoidalarini tartibga soluvchi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi bilan belgilangan hujjat asosida Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelgan chet el fuqarolari harakatlanishining oʻziga xos xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida yoki xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari bilan teng ravishda mulk huquqidan foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida va xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulkni meros qilib olish yoki vasiyat qilish, shuningdek boshqa mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlardan foydalanish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Mehnat faoliyatiga doir huquq
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi qonunchiligiga muvofiq huquqlardan foydalanadi hamda ularning zimmasida majburiyatlar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq muayyan lavozimlarga tayinlanish yoki muayyan mehnat faoliyati turi bilan shugʻullanish Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansublik bilan bogʻliq boʻlsa, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ushbu lavozimlarga tayinlanishi, saylanishi yoki muayyan mehnat faoliyati turi bilan shugʻullanishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Ijtimoiy taʼminotga boʻlgan huquq
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan, pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning ijtimoiy taʼminoti tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Sogʻliqni saqlashga boʻlgan huquq
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning sogʻliqni saqlashga boʻlgan huquqi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq kafolatlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar sogʻliqni saqlashga boʻlgan huquqdan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari bilan teng ravishda foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Taʼlim olish huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim olishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar taʼlim olishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Nikoh tuzilganligini (nikohdan ajratilganlikni) qayd etishga va oilaviy munosabatlarga doir huquq
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududida nikoh tuzilganligini qayd etishga doir huquqqa ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarolarining, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan nikohi tuzilganligini qayd etish hamda chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻrtasida, shuningdek chet el fuqarolari va (yoki) fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻrtasida nikoh tuzilganligini qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududida oilaviy munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda huquqlardan foydalanadi va ularning zimmasida majburiyatlar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida, boshqa davlat hududida oʻsha davlatning qonunchiligiga rioya etilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻrtasida tuzilgan nikohlar, agar Oʻzbekiston Respublikasining oila toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilgan nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar mavjud boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻrtasidagi nikohdan, shuningdek chet el fuqarolari oʻrtasidagi nikohdan ajratish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Madaniy faoliyat sohasida ishtirok etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududida madaniy faoliyat sohasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda huquqlardan foydalanadi hamda ularning zimmasida majburiyatlar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻz ona tilidan foydalanish, shuningdek, milliy madaniyati va anʼanalarini rivojlantirish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida ishtirok etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda nodavlat notijorat tashkilotining muassislari, ishtirokchilari (aʼzolari) boʻlishi mumkin, bundan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va xalqaro shartnomalarida belgilangan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Murojaat qilish huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlariga, tashkilotlarga hamda ularning mansabdor shaxslariga “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari murojaatlarni koʻrib chiqish chogʻida chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini, agar ular davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etadigan maʼlumotlarni oʻz ichiga olmasa, shuningdek ular bilan tanishish jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Davlat xizmatlaridan foydalanish huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq davlat xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi saylovlarida hamda referendumida ishtirok etishini cheklash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati vakillik organlari saylovlarida saylovchilar sifatida ishtirok etishi mumkin emas, davlat hokimiyati organlariga saylanishi (tayinlanishi) mumkin emas, Oʻzbekiston Respublikasining referendumida, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari saylovida ishtirok etish huquqiga ega emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda. Chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqlari, erkinliklari, shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston xalqining tarixiy, maʼnaviy va madaniy merosini asrab-avaylashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. Chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning umumiy harbiy majburiyatga aloqadorligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy harbiy majburiyat Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda. Chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga soliq solish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan soliqlarni va unda nazarda tutilgan yigʻimlarni Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan soliq imtiyozlaridan foydalanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kirishi, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishi, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarolari, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, amaldagi harakatlanish hujjatlari boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan viza rejimi oʻrnatilgan mamlakatlar uchun esa Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi kirish vizalari (shu jumladan elektron vizalar) mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasiga kirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi kirish vizalari mavjud boʻlgan taqdirda amaldagi harakatlanish hujjatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga kirishi mumkin, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun 9-moddasining oltinchi xatboshisiga binoan oʻziga identifikatsiyalovchi karta berilgan, boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning kirish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish yoki uning hududi orqali tranzit oʻtish uchun vizalar, bundan elektron vizalar mustasno:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining konsullik boʻlimlari (bundan buyon matnda konsullik muassasalari deb yuritiladi) tomonidan, bunday konsullik muassasalari mavjud boʻlmagan taqdirda esa Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ikki tomonlama bitimlari mavjud boʻlgan boshqa davlatlarning konsullik muassasalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro aeroport maqomiga ega boʻlgan aeroportlaridagi boʻlinmalari tomonidan rasmiylashtiriladi va beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish uchun vizalar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining konsullik muassasalari va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro aeroport maqomiga ega boʻlgan aeroportlaridagi boʻlinmalari tomonidan chet el fuqarolarining barcha toifalariga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida hollarda (favqulodda vaziyatlarda, davlat tashriflarini yoki rasmiy tashriflarni, yirik siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-maʼrifiy, gumanitar va sport tadbirlarini oʻtkazish, shuningdek investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida) Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari rahbarlari boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish uchun vizalar berish toʻgʻrisida mustaqil ravishda qaror qabul qilish huquqiga ega boʻlib, qabul qilingan qaror toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini bir sutka ichida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolari elektron kirish vizasini olish imkoniyatiga ega boʻlgan mamlakatlar roʻyxatiga kiritilgan chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalariga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilmagan holda tegishli elektron tizim orqali Oʻzbekiston Respublikasining elektron vizasini rasmiylashtirishi va olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar vizalarining amal qilish muddatini uzaytirish qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasiga kirish tartibi, ularga vizalar berish hamda ularning amal qilish muddatlariga oid ushbu Qonun bilan tartibga solinmaydigan munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tenglik asosida tuzilgan xalqaro shartnomalarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishni rad etish asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarosiga va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xavfsizligini yoki jamoat tartibi muhofaza qilinishini taʼminlash manfaatlarini koʻzlab;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar shaxs xalqaro va xorijiy terrorchilik, ekstremistik hamda boshqa jinoiy tashkilotlar faoliyatiga aloqador boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar shaxs oʻzi haqida bila turib soxta maʼlumotlar bergan boʻlsa, qalbaki hujjatlarni taqdim etgan boʻlsa yoki zarur hujjatlarni taqdim etmagan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar shaxs ilgari Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan vaqtida jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan va sudning hukmi bilan jazoga tortilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish huquqi muayyan muddatga cheklangan va bu muddat hali tugamagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar shaxs kasal boʻlsa yoki uning sogʻligʻida fuqarolar xavfsizligi va sogʻligʻi uchun tahdid tugʻdiradigan buzilishlar boʻlsa hamda tegishli kasallik Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatda koʻrsatilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish uchun viza berishni rad etish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishni rad etish yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish uchun vizani bekor qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilgan organlar boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni, ularning qarindoshlari va vakillarini bunday qarorlar qabul qilinishining asoslari toʻgʻrisida xabardor qilishi shart emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-modda. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasidan, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi chiqish vizalari mavjud boʻlgan taqdirda, amaldagi harakatlanish hujjatlari boʻyicha chiqib ketadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarosiga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga amal qilish muddati tugagan milliy pasport bilan, vizasiz va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishga quyidagi hollarda ruxsat beriladi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qaror asosida chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs chiqarib yuborilayotgan yoki jinoiy javobgarlikka tortilgan boʻlsa (milliy pasportiga chiqarib yuborish toʻgʻrisida qoʻyilgan qayd asosida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs va unga hamrohlik qiluvchi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasiga muayyan muddatga vizasiz, elektron, turistik, haydovchilik va tranzit vizasi bilan kelgan boʻlib, shu muddat ichida ular baxtsiz hodisa (jarohat yoki boshqa ogʻir kasallik) oqibatida tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib keta olmagan boʻlsa (tibbiyot muassasasining xulosasi asosida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
epidemiya (pandemiya) munosabati bilan karantin joriy etilgan hududda vaqtincha turish muddati tugagan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs karantin davri tugaganidan keyin oʻttiz kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi hududini tark etayotgan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
haydovchi boʻlgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududiga avtotransport vositasida kirib kelgan boʻlsa hamda yoʻl-transport hodisasi yoki avtotransport vositasi buzilganligi sababli (ushbu vaziyatni tasdiqlovchi hujjatlar asosida) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan belgilangan muddatda chiqib ketish imkoniga ega boʻlmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyat, shu jumladan maishiy xususiyatga ega ofat (turar joylar yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylar yongʻini, qulashi, transport vositasi yonib ketishi) natijasida oʻzining aybisiz jabrlangan boʻlsa (mazkur holatni tasdiqlovchi hujjat asosida).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida ichki ishlar organlarining qaydi mavjud boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasidan harakatlanish hujjatlari boʻyicha chiqib ketadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-modda. Chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash uchun asoslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarosiga va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishiga quyidagi hollarda ruxsat berilmaydi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uning chiqib ketishi davlat xavfsizligini taʼminlash manfaatlariga zid boʻlsa, chiqishga monelik qiluvchi holatlarning amal qilishi tugaguniga qadar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsga nisbatan uning doimiy yashash uchun chet elga chiqishiga monelik qiluvchi shartnoma, kontrakt majburiyatlari amalda boʻlsa, ushbu majburiyatlar tugaguniga qadar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa, ushbu jinoiy ish boʻyicha ish yuritish tugagach ish yuzasidan protsessual qaror qabul qilinguniga qadar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxs jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan boʻlsa, jazoni oʻtab boʻlguniga yoki jazodan ozod etilguniga qadar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxs oʻz zimmasiga sud tomonidan yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan boʻyin tovlayotgan boʻlsa, majburiyatlarni bajarish tugaguniga qadar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxs chiqish hujjatlarini olish chogʻida oʻzi haqida bila turib soxta maʼlumotlarni bergan boʻlsa, holatlar aniqlashtirilguniga qadar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudda shaxsga nisbatan fuqarolik daʼvosi qoʻzgʻatilgan boʻlsa, sud tomonidan qaror qabul qilinguniga va u ijro etilguniga qadar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishni rad etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilgan organlar chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni, ularning qarindoshlarini bunday qarorlar qabul qilinishining asoslari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-modda. Chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtuvchi, boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kirishiga hamda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishiga tranzit vizalar mavjud boʻlgan taqdirda amaldagi harakatlanish hujjatlari boʻyicha ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit vizasiz tranzit oʻtish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali havo, temir yoʻl, avtomobil va suv transporti bilan tranzit oʻtishiga boriladigan mamlakatga kirish uchun haqiqiy hisoblangan hujjatlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi boshqa transportga oʻtish punktidan joʻnab ketish sanasi tasdiqlangan tegishli harakatlanish hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining tranzit vizasiga ega boʻlgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtuvchi, boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtish punktiga tranzit oʻtish qoidalariga rioya etgan holda, belgilangan yoʻnalish boʻyicha harakatlanishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida tranzit vizasida koʻrsatilgan muddat ichida toʻxtashi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtishi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-modda. Boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida turishi hamda tranzit harakatlanishini nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida turishi hamda tranzit harakatlanishini nazorat qilish ichki ishlar organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34-modda. Huquqbuzarliklar uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoyatlar, shuningdek maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha yoki doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar turish qoidalarini buzganlik hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish qoʻllanilishi, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi uchun taqiq qoʻyilishi, shuningdek ularning turish muddati qisqartirilishi ham mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasida turish qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35-modda. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha turgan yoki doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar turish qoidalarini buzganlik, yaʼni haqiqiy boʻlmagan hujjatlar boʻyicha yashash, doimiy yashaydigan yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishning, harakatlanishning yoki yashash joyini tanlashning belgilangan tartibiga rioya etmaganlik, turish muddati tugaganidan keyin chiqib ketishdan boʻyin tovlaganlik, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtish qoidalariga rioya etmaganlik, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan hamda doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan jinoyati uchun sud tomonidan tayinlangan jazoni ijro etib boʻlganidan yoki oʻtab boʻlganidan yoxud Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborilib, keyinchalik ularning Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi cheklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan yoki doimiy yashaydigan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kirishini cheklash muddati hamda tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqini cheklash muddati ular Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborilgan (Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtgan) paytdan eʼtiboran hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida turish qoidalarini buzgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga majburiy ravishda chiqarib yuborilgan taqdirda, ular muddati oʻtgan harakatlanish hujjatlari yoki vizalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali vakolatli organlar xodimlarining hamrohligida oʻtkazib yuborilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat, shaxsiy, savdo yoki jamoat ishlari boʻyicha, oʻqish, malaka oshirish, ishlash uchun yoki turist sifatida kelgan, boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish xarajatlari ularni taklif etayotgan hamda qabul qilayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning zimmasida boʻladi. Boshqa chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni chiqarib yuborish xarajatlari ichki ishlar organlarining zimmasida boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarosiga va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga berilgan viza ular Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborilayotganda bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan chet el fuqarosining va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning ota-onasidan biri yoxud homiysi yoki vasiysi Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy asoslarda yashash huquqiga ega boʻlsa, ushbu shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida turish qoidalarini buzganda, yaʼni Oʻzbekistonda yashash huquqini beruvchi hujjatlarsiz yoki haqiqiy boʻlmagan hujjatlar boʻyicha yashaganda, vaqtincha turgan yoki doimiy yashaydigan joyi boʻyicha roʻyxatga olishning, harakatlanishning yoki yashash joyini tanlashning belgilangan tartibiga rioya etmaganda, turish muddati tugaganidan keyin chiqib ketishdan boʻyin tovlaganda, xuddi shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining hududi orqali tranzit oʻtish qoidalariga rioya etmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan jinoyati uchun sud tomonidan tayinlangan jazoni ijro etib boʻlganda yoki oʻtab boʻlganda yoxud Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36-modda. Oʻzbekiston Respublikasida turish muddatini qisqartirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasida turish qoidalarini buzadigan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida turish muddati Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda qisqartirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida turish muddati yuridik shaxslar yoki taʼlim tashkilotlari bilan shartnomaviy munosabatlar tugatilganda ularning iltimosnomalari asosida hamda taklif qilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxslarning arizasiga koʻra ham qisqartirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37-modda. Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38-modda. Retorsiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlariga maxsus cheklovlar boʻlgan davlatlar fuqarolarining huquqlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan javob tariqasida cheklovlar belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Qonun kuchga kirguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga berilgan yashash guvohnomasi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda bekor qilinguniga yoki identifikatsiyalovchi kartaga almashtirilguniga qadar haqiqiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 4-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRQ-692-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2021-y., 03/21/692/0528-son, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son; 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son; 15.11.2024-y., 03/24/998/0924-son)