25.12.1996 yildagi 457-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.12.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “AVTOMOBILDA YUK TASHUVCHILARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA KIRISHLARI, BOʻLISHLARI, YUK OLIB OʻTISHLARI VA UNDAN CHIQIB KETISHLARI TARTIBI TOʻGʻRISIDA” 1995-YIL 11-YANVARDAGI 11-SON QARORIGA QOʻSHIMCHALAR VA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari tarmogʻini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, shuningdek yoʻl ishlarini mablagʻ bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-apreldagi 121-son qarori tahriridagi) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 5-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasiga kirish hujjatlarini rasmiylashtirganlik uchun stavka va kirganligi uchun toʻlov, viza va boj yigʻimlaridan tashqari, 250 AQSh dollari miqdorida belgilansin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) qaror quyidagi mazmundagi 15-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“15. Xorijiy davlatlar ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab yurishi uchun toʻlovlar toʻgʻrisidagi Nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, chet davlatlar ogʻir yuk koʻtaruvchi va katta hajmli transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab yurishidan tushgan mablagʻlar Respublika yoʻl fondiga oʻtkaziladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-band 16-band deb hisoblansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-dekabrdagi 433-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 23-son, 189-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarorini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 1995-yil 2-avgustdagi 308-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qaror 1997-yil 1-yanvardan kuchga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yil 25-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
457-son

Vazirlar Mahkamasining 1995-yil
11-yanvardagi 11-son qaroriga
6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlar ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab yurishi uchun toʻlovlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Yoʻllar va sunʼiy inshootlarning tezda eskirishiga sabab boʻluvchi hamda qatnovda xalal berishni vujudga keltiruvchi ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalarining yurishi uchun toʻlovlar ularni saqlash, taʼmirlash, oʻtkazib yuborishlarni tashkil etish va harakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha ish hajmlarini qoplash xarajatlari bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalarining umumiy foydalanishdagi yoʻllar boʻylab yurishi uchun toʻlovga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
marshrutni kelishib olish va yurishga ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun toʻlov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositasi umumiy haqiqiy vaznining yoʻl qoʻyiladigan umumiy vazndan oshib ketganligi uchun toʻlov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻildirak oʻqi haqiqiy nagruzkalarining yoʻl qoʻyiladigan yoʻl konstruksiyalaridan oshib ketganligi uchun toʻlov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositasi hajmlarining oshib ketganligi uchun toʻlov.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yigʻimlardan katta hajmli va ogʻir yukli transport vositalarining yurib oʻtishi tufayli vujudga kelgan yoʻllar va inshootlarni taʼmirlash, saqlash boʻyicha qoʻshimcha ish hajmlarini bajarishda, oʻtkazib yuborishlarni tashkil etishda va harakat xavfsizligini taʼminlashda foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ruxsatnomasiz yurib oʻtganlik uchun transport vositasi egasidan yurib oʻtish uchun toʻlovning oʻn baravari miqdorida qoplov puli undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yoʻl harakati qoidalariga yoxud tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya qilmaslik tufayli yoʻllarga va yoʻl inshootlariga zarar yetkazganlik uchun transport vositasi haydovchisi amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Agar yoʻllarga va inshootlarga yetkazilgan zarar katta hajmli va ogʻir yukli transport vositalari kelishilgan qatnov marshruti boʻyicha, Yoʻl harakati qoidalariga rioya etgan holda yurib oʻtganda roʻy bersa, u holda javobgarlik va zararni toʻlash, amaldagi qonunchilikka muvofiq, qatnov marshruti kelishib olingan tashkilot zimmasiga tushadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Katta hajmli va ogʻir yukli transport vositalarini Davlat avtomobil nazorati patrul avtomobillarining kuzatib borganligi uchun toʻlov ushbu Nizom bilan tartibga solinmaydi. Ushbu toʻlov transport vositalari egalaridan Davlat avtomobil nazorati bilan tuzilgan shartnoma asosida undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. OGʻIR YUKLI VA KATTA HAJMLI TRANSPORT VOSITALARINING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING UMUMIY FOYDALANISHDAGI AVTOMOBIL YOʻLLARI BOʻYLAB YURIB OʻTGANLIGI UCHUN TOʻLOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Transport vositasi umumiy haqiqiy vaznining yoʻl qoʻyiladigan vazndan koʻpligi uchun toʻlov miqdori jadvaldagi tariflarga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-jadval
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Umumiy haqiqiy vaznning yoʻl qoʻyiladigan ortiqchalik miqdori, t‎

Yurib oʻtilgan 1 km uchun tarif, AQSh dollari‎

0 dan 5 gacha‎ 0-02‎ 26 dan 30 gacha‎ 0-23‎
6 dan 10 gacha‎ 0-03‎ 31 dan 35 gacha‎ 0-33‎
11 dan 15 gacha‎ 0-06‎ 36 dan 40 gacha‎ 0-46‎
16 dan 20 gacha‎ 0-10‎ 41 dan 45 gacha‎ 0-63‎
21 dan 25 gacha‎ 0-15‎ 46 dan 50 gacha‎ 0-85‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ogʻir yukli transport vositalari avtomobil yoʻllari boʻylab yurib oʻtganda gʻildirak oʻqi haqiqiy nagruzkasining yoʻl qoʻyiladigan miqdordan ortiqchaligi uchun toʻlov nagruzkasi ortiqcha boʻlgan har bir oʻq uchun 2-jadvaldagi tariflarga muvofiq undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Transport vositalari hajmlarining ortiqchaligi uchun toʻlov yurib oʻtilgan 1 km yoʻl uchun 0,15 AQSh dollari miqdorida undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalari tashuvlari uchun arizalarni koʻrib chiqish, marshrutni kelishib olish va ruxsatnomalar berish uchun toʻlovlar miqdori yoʻl organlari tomonidan ikkita tarif bir martalik va marshrutning 100 kilometri boʻyicha belgilanadi. Bir martalik tarifi AQSh dollarini tashkil qiladi. Marshrutning 100 kilometri uchun tarif 11 AQSh dollariga teng.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-jadval
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Gʻildirak oʻqi haqiqiy nagruzkasining yoʻl qoʻyiladigandan ortiqchaligi

Har bir oʻqning yoʻl qoʻyiladigandan ortiqcha nagruzka bilan yurib oʻtgan yoʻli uchun tarif, 1 km. yoʻl uchun AQSh dollari

1.01 dan 1.05 gacha 0-11 1.51 dan 1.55 gacha 0-55
1.06 dan 1.10 gacha 0-12 1.56 dan 1.60 gacha 0-64
1.11 dan 1.15 gacha 0-14 1.61 dan 1.65 gacha 0-73
1.16 dan 1.20 gacha 0-18 1.66 dan 1.70 gacha 0-85
1.21 dan 1.25 gacha 0-21 1.71 dan 1.75 gacha 0-95
1.26 dan 1.30 gacha‎ 0-25‎ 1.76 dan 1.80 gacha‎ 0-08‎
1.31 dan 1.35 gacha‎ 0-30‎ 1.81 dan 1.85 gacha‎ 0-22‎
1.36 dan 1.40 gacha‎ 0-35‎ 1.86 dan 1.90 gacha‎ 0-38‎
1.41 dan 1.45 gacha‎ 0-41‎ 1.91 dan 1.95 gacha‎ 0-54‎
1.46 dan 1.50 gacha‎ 0-48‎ 1.96 dan 2.00 gacha ‎ 0-73‎