O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ShAHAR VA ShAHAR ATROFI AVTOTRANSPORTIDA YO‘LOVChILAR TAShISh TARIFLARI TO‘G‘ISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-maydagi 259-sonli “Aholiga sotiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining chakana narxlarini va xizmatlarning tariflarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Yoqilg‘i, energiya manbalari, texnika va asbob-uskunalarga sarflanayotgan xarajatlar muttasil o‘sib borayotgan sharoitda respublika shahar va shahar atrofi yo‘lovchilar transportining barqaror ishlashi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1993-yilning 5-yanvaridan boshlab metro, tramvay, trolleybus va avtobusda bir marta yurish uchun cheklangan tarif — 3 so‘m qilib belgilansin.
2. 1993-yilning 5-yanvaridan boshlab shahar atrofiga yo‘lovchilarni avtomobilda tashish tariflarining amaldagi cheklangan miqdori 1,5 baravar oshirilsin.
3. Aholining ayrim toifalariga shahar va shahar atrofi yo‘lovchilar avtomobil transportida yurish uchun hozirgi vaqtda amal qilib turgan imtiyozlar saqlab qolinsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 16-oktabrdagi 474-son qarori bilan tasdiqlangan shahar va shahar atrofi avtotransportida yo‘lovchilar tashish tariflarining cheklangan miqdori (2-ilova) bekor qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 30-dekabr,
598-son