Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi, shuningdek, sud amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Maʼmuriy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti haqida” 2019-yil 25-oktabrdagi 20-sonli qarori:
3-bandi 2-kichik bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“beriladigan apellatsiya va kassatsiya shikoyatlaridan:”;
21, 22-bandlaridagi “, nazorat” soʻzi chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha sud amaliyoti haqida” 2019-yil 24-dekabrdagi 24-sonli qarori:
birinchi xatboshisidagi “tuman (shahar)” degan soʻzlar “tumanlararo” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Yirik investor boʻlmagan investorning investitsiya faoliyati bilan bogʻliq daʼvo arizalari (shikoyatlari) javobgar joylashgan erdagi tumanlararo maʼmuriy sudga yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlariga taqdim etilishi mumkin.
Yirik investorning investitsiya faoliyati bilan bogʻliq daʼvo arizalari (shikoyatlari), shuningdek, tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan daʼvo arizalari tumanlararo maʼmuriy sudga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga taqdim etilishi mumkin”;
toʻrtinchi xatboshisi tegishincha oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishni tartibga soluvchi qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-noyabrdagi 35-sonli qarori:
2-bandining birinchi xatboshisidagi “Maʼmuriy sudga” degan soʻzlar “Jinoyat ishlari boʻyicha sudga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
30-bandidagi “maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati” degan soʻzlar “jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati” degan soʻzlar bilan, “maʼmuriy sudlar” degan soʻzlar “sudlar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatoliklarni belgilashni tartibga soluvchi qonunchilikning sudlar tomonidan qoʻllanishi haqida” 1992-yil 13-noyabrdagi 5-sonli qarori:
muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining protsessual qonunlariga oʻzgartirishlar kiritilganligi, shuningdek, sudlarda tushuntirish berilishi lozim boʻlgan masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:”;
1-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Tushuntirilsinki, sudlar fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatoliklarni belgilash toʻgʻrisidagi arizalarni, agar dastlabki yozuvlar saqlangan yoki tiklangan boʻlsa, shuningdek, ularga farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiyasi, ismi, otasining ismini oʻzgartirish, voyaga yetmagan bolaning familiyasini oʻzgartirish munosabati bilan ushbu yozuvlarga fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan oʻzgartirishlar kiritilgan yoxud fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarida jiddiy tafovutlar boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 38-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 228-moddasiga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-sonli qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga binoan koʻradi”;
4-bandi chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 20-aprel,
19-son