06.05.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3298
Hujjat 10.08.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga (ro‘yxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) asosan buyuraman:
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonunining 8-moddasiga asosan davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinishi va e’lon etilishi kerakligi;
O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 46-moddasiga muvofiq ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan zarur o‘zgartishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritiladi hamda ilgari qabul qilingan barcha normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid bo‘lsa yoxud yangi normativ-huquqiy hujjat bilan to‘laligicha qamrab olingan yoki amalda o‘z huquqiy ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lsa, lekin rasman o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilmagan bo‘lsa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomning 18-bandiga asosan vazirlik va idoralar tomonidan Adliya vazirligining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan normativ hujjatlarni qonunchilikka muvofiq holga keltirish haqidagi taqdimnomasi bajarilmagan taqdirda Adliya vazirligi ushbu hujjatlarni davlat reyestridan chiqarishga haqli ekanligi va bu me’yoriy hujjatni yuridik kuchga ega emas deb hisoblash uchun asos bo‘lishi;
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarining (ro‘yxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) 111-bandiga asosan qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilmagan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilishi natijasida yuzaga keladigan “huquqiy bo‘shliqlar” oqibatlari uchun ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlik va idoralar rahbarlari javobgar bo‘lishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1999-yil 5-noyabrda 19530/03-1-son bilan tasdiqlangan Chet elda ta’lim olgan yosh mutaxassislar mehnat faoliyatining monitoringi to‘g‘risida nizom (ro‘yxat raqami 836, 1999-yil 10-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlari axborotnomasi 1999-y., 11-son).
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat yer resurslari qo‘mitasi tomonidan 2000-yil 21-aprelda 29-son bilan tasdiqlangan Hosildan qolgan qishloq xo‘jalik yerlarini konservatsiya qilish tartibi to‘g‘risida nizom (ro‘yxat raqami 926, 2000-yil 22-may) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 10-son).