04.05.2021 yildagi 271-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.05.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻl harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Adliya vazirligining 2021-yil 1-avgustdan boshlab quyidagi davlat xizmatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslarning oʻquv guruhlarini (keyingi oʻrinlarda — oʻquv guruhlari) roʻyxatga olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchiligiga nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qaroriga muvofiq milliy haydovchilik guvohnomasini berish sohasida 2021-yil 1-apreldan boshlab avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyati uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik subyektlariga (keyingi oʻrinlarda — tadbirkorlik subyektlari) barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish huquqi berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlar Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati vakilining bevosita yoki onlayn nazorati ostida oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos boʻladigan maxsus himoyalangan sertifikatlar beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus himoyalangan sertifikatlarning barcha zarur rekvizitlari tadbirkorlik subyekti tomonidan davlat xizmatlari markazlari va ichki ishlar organlariga avtomatlashtirilgan holda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2021-yil 1-avgustdan boshlab oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish, shuningdek, haydovchilikka nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun barcha tegishli hujjatlarni YIDXP orqali ham taqdim etish imkoniyati yaratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-avgustdan boshlab oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish, shuningdek, haydovchilikka nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun barcha tegishli hujjatlar faqat YIDXP orqali taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda tadbirkorlik subyektlarining oʻquv kurslarini tugatgan haydovchilikka nomzodlardan imtihon qabul qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (keyingi oʻrinlarda — DYHXX) organlari tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish borasidagi faoliyatni monitoring va nazorat qilish quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlgan avtomatlashtirilgan elektron tizimdan foydalangan holda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslarni DYHXX organlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish orqali oʻquv guruhlaridagi haydovchilikka nomzodlarning dastlabki va yakuniy elektron hisobini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv guruhlaridagi haydovchilikka nomzodlarning taʼlim jarayonidagi ishtirokini va yakuniy imtihonlarni nazorat qilib, taʼlim sifatini baholab borish, shu jumladan, haydovchilikka nomzodlarni oʻqishga qabul qilish, guruhdan guruhga oʻtkazish, roʻyxatdan chiqarish va oʻqishni tugatganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (sertifikat, guvohnoma va boshqalar)ni elektron tarzda olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berish uchun haydovchilikka nomzodlardan imtihonlarni qabul qilishning elektron navbat tizimini yoʻlga qoʻyish, imtihon topshirayotgan haydovchilikka nomzodlarning shaxsini identifikatsiya qilish hamda ular toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazariy va amaliy imtihonlarni inson omili aralashmagan holda qabul qilish hamda natijalarini avtomatik tarzda baholash va rasmiylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
haydovchilikka nomzodlarga DYHXX organlari hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar, shu jumladan, imtihonlarni qabul qilish jarayonlarining qonuniyligi, shaffofligi, sifati va samaradorligini baholash hamda ularning reytingini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy haydovchilik guvohnomalarini rasmiylashtirish, shu jumladan, ularni almashtirish yoki yoʻqolgani oʻrniga yangisini olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni elektron qabul qilish va roʻyxatdan oʻtkazish hamda elektron navbatga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish, haydovchilikka nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish (shu jumladan, almashtirish yoki yoʻqolgani oʻrniga yangisini berish) fuqarolarning doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan hududidan qatʼi nazar, respublikaning barcha hududlarida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga davlat raqami belgilarini berish Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlar markazlarida bittadan roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlim (boʻlinma)larida eksterritoriallik tamoyili asosida, respublikaning boshqa hududlarida fuqaroning doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan hududida;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish (shu jumladan, almashtirish yoki yoʻqolgani oʻrniga yangisini berish) DYHXXning barcha roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlim (boʻlinma)larida hamda kamida 20 ta davlat xizmatlari markazlarida eksterritorial tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturida avtomototransport vositalari va ular egalarining tarixini aks ettiruvchi elektron bazani yaratgan holda haydovchidan talab etiladigan hujjatlarni elektron shaklga bosqichma-bosqich oʻtkazish ishlarini boshlash belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-sentabrdan boshlab haydovchilardan avtomototransport vositasini boshqarish uchun ishonchnoma (notarial tartibda tasdiqlangan), texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot, avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma elektron shaklga oʻtkazish orqali mazkur hujjatlarni avtomototransport vositasi haydovchisidan talab etish tartibi bekor qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar ilgʻor xorijiy tajribani puxta oʻrgangan holda haydovchidan talab etiladigan hujjatlarni elektron shaklga oʻtkazish boʻyicha ishlarni toʻliq yakunlash yuzasidan asoslangan takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslarning oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchiligiga nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-avgustga qadar DYHXX organlari bilan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha faoliyat yurituvchi oʻquv tashkilotlarining tegishli maʼlumotlar bazalari elektron tizim orqali oʻzaro integratsiya qilinishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-avgustga qadar davlat xizmatlari YIDXP orqali koʻrsatilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan axborot dasturlarining ishlab chiqilishini va ulardan erkin foydalanish maqsadida bu boradagi davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonining toʻliq avtomatlashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyulga qadar avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyati uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik subyektlari elektron hisobini yuritish reyestrini shakllantirsin hamda mazkur reyestrni YIDXP tizimiga integratsiya qilgan holda uning real vaqt rejimida avtomatik tarzda yangilab borilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Davlat test markazi Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda haydovchilikka nomzodlardan nazariy imtihonlarni inson omili aralashmagan holda olish tizimini joriy etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazariy imtihon savollarining animatsion yoki boshqa shakllarda sodda boʻlishini hamda yoʻl harakati qoidalari va oʻquv dasturida nazarda tutilgan mavzular doirasida shakllantirilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
haydovchilik guvohnomasini olishga talabgorlarga har qanday usulda yordam berish yoki turli xil telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish imkonini bermaydigan vaqtni belgilash hamda nazariy savollar takrorlanishining oldini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
haydovchilik guvohnomasini olishga talabgorlardan imtihon olish jarayoni jamoatchilik tomonidan, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻi orqali kuzatilishi imkonini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazariy savollarni muntazam ravishda sifat jihatdan yangilab borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning yoʻl harakati qoidalari boʻyicha bilim darajasini (ixtiyoriy ravishda) sinovdan oʻtkazish, shuningdek, haydovchilikka nomzodlarning oʻquv guruhlarida olgan bilimlarini tekshirish boʻyicha Internet jahon axborot tarmogʻi orqali servis xizmatini toʻlov asosida koʻrsatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyulga qadar DYHXX organlarida avtomatlashtirilgan elektron tizimlarning YIDXPga integratsiya qilingan holda toʻliq ishga tushirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomatlashtirilgan elektron tizimlar bilan ishlash jarayonlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan kuzatilib hamda muvofiqlashtirib boriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
haydovchilikka nomzodlardan imtihon olish va milliy haydovchilik guvohnomalarini rasmiylashtirish jarayonlari video kuzatuv qurilmalari orqali hududiy DYHXX organlari tomonidan nazorat qilib boriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DYHXX organlarida avtomatlashtirilgan elektron tizimlarni joriy etish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning yoʻl harakati qoidalari boʻyicha bilim darajasini (ixtiyoriy ravishda) sinovdan oʻtkazish, shuningdek, haydovchilikka nomzodlarning oʻquv guruhlarida olgan bilimlarini tekshirish boʻyicha Internet jahon axborot tarmogʻi orqali servis xizmati koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi va avtomatlashtirilgan elektron tizimlarni joriy etish xarajatlarini qoplash va xodimlarni ragʻbatlantirish uchun maqsadli sarflanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Belgilansinki, haydovchilikka nomzodlardan amaliy imtihonlarni qabul qilish uchun DYHXXning avtomatlashtirilgan elektron tizimlarga integratsiya qilinadigan zamonaviy avtodromlarini tashkil etish hamda ularga maxsus avtotransport vositalarini xarid qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda mazkur qarorning 4-bandiga muvofiq yangi tartib joriy etilayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 4-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
271-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 271-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAʼMURIY REGLAMENTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi)ning oʻquv guruhlarini Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali roʻyxatga olish boʻyicha davlat xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat xizmati YIDXP orqali Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari (keyingi oʻrinlarda — DYHXX organlari) tomonidan koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. YIDXP va DYHXX organlari oʻrtasidagi idoralararo elektron axborot almashinuvi elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI)ni majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat xizmatini koʻrsatish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Davlat xizmati koʻrsatish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXPda elektron roʻyxatdan oʻtadi va mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Soʻrovnomaga ariza beruvchining ERIsi bilan tasdiqlangan roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan oʻquv guruhi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotnoma va oʻqishga nomzodlarning soni 25 kishidan oshmagan oʻquv guruhi roʻyxati ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻrovnomani toʻldirish jarayonida oʻquv guruhining turi, yaʼni haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malakasini oshirishga ixtisoslashganligi boʻyicha avtomatik tarzda qoʻshimcha ilova etilishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyxati belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Soʻrovnoma toʻldirilib, tegishli hujjatlarning nusxalari ilova qilinganidan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻrovnoma bilan faqat bitta oʻquv guruhini roʻyxatga olish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchidan belgilangan hujjatlar roʻyxatida koʻrsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiy taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi yoki unga ilova qilingan hujjatlarning toʻliq boʻlmasligi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmati koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etish qatʼiy taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. YIDXP orqali berilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda tegishli xizmat koʻrsatuvchi DYHXX organiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. DYHXX organining masʼul xodimi bir ish kunida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tushgan elektron ariza va unga ilova etilgan hujjatlar toʻgʻri va toʻliq toʻldirilganligini tekshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda tushgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda kamchiliklar aniqlagan taqdirda, bu haqida ariza beruvchiga YIDXP orqali matrik shtrixli kod qoʻyilgan va xodimning ERIsi bilan tasdiqlangan xabarnoma joʻnatilib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan batafsil tushuntirish beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi arizasi rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida hujjatlardagi kamchiliklarni toʻgʻrilab, takroran murojaat qilish huquqiga ega;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) maʼlumotlar toʻgʻri va hujjatlar toʻliq boʻlgan taqdirda, oʻquv guruhini alohida elektron jurnalda roʻyxatga oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) roʻyxatga olish natijasi haqidagi maʼlumotnomani ariza beruvchiga YIDXP orqali matrik shtrixli kod qoʻyilgan va xodimning ERIsi bilan tasdiqlangan holda joʻnatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar oʻquv guruhlarini ushbu Nizomda belgilangan tartibda roʻyxatga oʻtkazmagan holda tashkil etishlari taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. DYHXX organlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari mazkur Reglament talablari ijrosi boʻyicha DYHXX organlari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.

2. Oʻquv guruhini roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlari va ularning elektron shaklini jamlaydi.

3. Elektron shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi (unga ilova etiladigan hujjatlarning elektron shaklini ilova qilgan holda) va oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi.

Hududiy DYHXX bilan oʻqitishni boshlash boʻyicha kelishganidan soʻng 10 kun ichida

2-bosqich

YIDXP

Soʻrovnomani tegishli DYHXX organiga joʻnatadi.

Avtomatik ravishda

3-bosqich

DYHXX organi

1. Tushgan soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning toʻgʻri toʻldirilganligi hamda toʻliqligini tekshiradi.

2. Oʻquv guruhini elektron jurnalda roʻyxatga oladi.

3. Roʻyxatga olish natijasi boʻyicha maʼlumotnomani shakllantiradi va YIDXP orqali QR-kod va ERI bilan tasdiqlangan shaklda joʻnatadi.

1 kun ichida

4-bosqich

YIDXP

1. Roʻyxatga olish rad etilgan taqdirda, rad etish sabablari toʻgʻrisida ariza beruvchini xabardor qiladi.

2. Roʻyxatga olish amalga oshirilgan taqdirda, bu haqida ariza beruvchini xabardor qiladi.

Avtomatik ravishda

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

__________________

(sana)

__________________

(raqam)

Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun

SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Yuridik shaxsning toʻliq nomi:

2. Tashkiliy-huquqiy shakli:

3. Asosiy faoliyat turi:

4. STIR:

5. MFO:

6. Hisobvaragʻi:

7. Xizmat koʻrsatayotgan bank nomi:

8. Joylashgan joyi (pochta manzili):

9. Telefon raqami:

10. Elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa):

11. Yuridik shaxsning ishonchli vakili F.I.O. va JSH SHIR maʼlumotlari:

12. Telefon raqami:

13. Xizmatdan foydalanish turi*:

II. Soʻrovnomaga ilova:

Oʻquv guruhini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning elektron shakli:**

Izoh.

* DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻquv guruhining turi, yaʼni haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malakasini oshirishga ixtisoslashganligi;

**Xizmat turidan kelib chiqib hujjatlar roʻyxati va ular haqidagi maʼlumot Nizom talablari asosida avtomatik tarzda belgilanadi.

Ariza beruvchining

elektron raqamli imzosi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 271-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchiligiga nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAʼMURIY REGLAMENTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha faoliyat yurituvchi oʻquv tashkilotlarini tugatgan haydovchilikka nomzodlar yoki qonun hujjatlarida imtihon topshirishi nazarda tutilgan haydovchilar (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi)dan imtihon qabul qilish hamda milliy haydovchilik guvohnomalarini almashtirish va yoʻqolgani oʻrniga yangisini berish yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish, shuningdek, uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qilinganda davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat xizmatlari YIDXP orqali Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (keyingi oʻrinlarda — DYHXX) organlari yoki avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyati uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik subyektlari (keyingi oʻrinlarda — tadbirkorlik subyektlari) tomonidan koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat xizmatlari koʻrsatish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi hamda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq elektron shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Soʻrovnomaga ilova etiladigan hujjatlarning roʻyxati koʻrsatiladigan xizmat turlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat taʼlim muassasalari hamda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish, shuningdek, imtihonlarni oʻtkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) talablari asosida soʻrovnomani toʻldirish jarayonida avtomatik tarzda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻrovnomaga talab etiladigan hujjatlarning skaner qilingan “PDF” shaklidagi nusxalari ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Soʻrovnoma toʻldirilib, tegishli hujjatlarning nusxalari ilova qilinganidan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10,0 foizi miqdorida yigʻim undirilishi belgilanib, qonun hujjatlariga muvofiq uning 90,0 foizi undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda undirilgan yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10,0 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38,75 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Soʻrovnomada xato maʼlumotlar koʻrsatilgan yoki maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilmagan taqdirda, shuningdek, davlat xizmati koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanmaganda soʻrovnoma avtomatik ravishda rad etiladi hamda bu haqida ariza beruvchiga onlayn rejimida avtomatik tarzda elektron javob qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatlari koʻrsatish boshqa asoslarga koʻra rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ariza beruvchi tomonidan kiritilgan barcha hujjatlar YIDXP orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha DYHXX organiga yoki ushbu hududda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomani toʻldirish jarayonida imtihon topshirish uchun aniq bir hudud yoki tashkilotni tanlash imkoniyati yaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. DYHXX organining yoki tadbirkorlik subyektining masʼul xodimi bir ish kunida imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish yuzasidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tushgan elektron ariza va unga ilova qilingan hujjatlarning toʻgʻri toʻldirilganligi va toʻliqligini, shuningdek, tegishli toʻlovlarning toʻlanganligini tekshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) hujjatlar toʻgʻri va toʻliq boʻlgan taqdirda, ularni alohida elektron jurnalga kiritadi hamda ariza beruvchining nazariy imtihonga qoʻyilganligini qayd etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda tushgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, elektron jurnalga kiritish rad etilib, bu haqida ariza beruvchiga YIDXP orqali matrik shtrixli kod qoʻyilgan va masʼul xodimning ERIsi bilan tasdiqlangan xabarnoma joʻnatilib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan batafsil tushuntirish beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi arizasi rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan kundan boshlab 30 kalendar kun mobaynida hujjatlardagi kamchiliklarni toʻgʻrilab, davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlamagan holda takroran murojaat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda YIDXP orqali ushbu bandda koʻrsatilgan muddatlarda takroriy murojaatni tegishli DYHXX organiga yoki tadbirkorlik subyektiga yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) kelgusi 10 ish kuni ichida nazariy imtihon topshirishning aniq sanasi va vaqti, shuningdek, imtihon topshiriladigan tegishli DYHXX organi yoki tadbirkorlik subyekti koʻrsatilgan xabarnomani rasmiylashtiradi hamda uni matrik shtrixli kod qoʻyilgan va xodimning ERIsi bilan tasdiqlangan holda ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. DYHXX organining masʼul xodimi milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish va yoʻqolgani oʻrniga yangisini berish yuzasidan bir ish kunida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tushgan elektron ariza va unga ilova qilingan hujjatlarning toʻgʻri toʻldirilganligi va toʻliqligini, shuningdek, tegishli toʻlovlarning toʻlanganligini tekshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) hujjatlar toʻgʻri va toʻliq boʻlgan taqdirda, ularni alohida elektron jurnalga kiritadi hamda milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish (almashtirish va yoʻqolgani oʻrniga yangisini berish)ga ruxsat beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda tushgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda kamchiliklar aniqlagan taqdirda, elektron jurnalga kiritish rad etilib, bu haqida ariza beruvchiga YIDXP orqali matrik shtrixli kod qoʻyilgan va xodimning ERIsi bilan tasdiqlangan xabarnoma joʻnatilib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan batafsil tushuntirish beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizomda belgilangan alohida hollarda ariza beruvchiga nazariy va (yoki) amaliy imtihonlarni topshirganidan soʻng milliy haydovchilik guvohnomasi berilishi haqidagi xabarnoma yuborilib, unda buning uchun topshirilishi lozim boʻlgan hujjatlar haqida tushuntirish beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imtihon topshirish ushbu Reglament va Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi arizasi rad etilganligi boʻyicha xabarnomani olgan kundan boshlab 30 kalendar kun mobaynida hujjatlardagi kamchiliklarni toʻgʻrilab, davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlamagan holda takroran murojaat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda YIDXP orqali ushbu bandda koʻrsatilgan muddatlarda takroriy murojaatni tegishli DYHXX organiga yoki tadbirkorlik subyektiga yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) kelgusi 10 ish kuni ichida milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish yoki yangisini olish boʻyicha murojaat qilish haqidagi aniq sana va vaqt belgilangan, shuningdek, tegishli DYHXX organi koʻrsatilgan xabarnomani rasmiylashtirib, ularni matrik shtrixli kod qoʻyilgan va xodimning ERIsi bilan tasdiqlangan holda ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ariza beruvchi imtihonlarni topshirishi yuzasidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) haydovchilikka nomzodlar shaxsini tasdiqlovchi va soʻrovnomaga ilova qilingan hujjatlarning asli bilan birga xabarnomada koʻrsatilgan tegishli DYHXX organiga yoki tadbirkorlik subyektiga belgilangan sana va vaqtda nazariy imtihonda qatnashish uchun yetib kelishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi uzrli sabablarsiz belgilangan sana va vaqtda nazariy imtihonga yetib kelmagan yoki tegishli hujjatlarning aslini taqdim etmagan taqdirda, imtihonni qabul qiluvchi masʼul xodim nazariy imtihon oʻtkazilmaganligi haqidagi xabarnomani shu kunning oʻzida elektron arizalarni koʻrib chiqish uchun masʼul xodim (ish joyi)ga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masʼul xodim ariza beruvchining belgilangan sana va vaqtda nazariy imtihonga yetib kelmaganligi yoki tegishli hujjatlarning aslini DYHXX organiga yoki tadbirkorlik subyektiga taqdim etmaganligi sababli rad etilganda, uzrli sabablarni isbotlovchi hujjatlar 10 ish kuni ichida taqdim etilgan taqdirda, davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanmagan holda imtihon qabul qilinishi mumkinligi haqida matrik shtrixli kod qoʻyilgan va xodimning ERIsi bilan tasdiqlangan holda bir ish kuni ichida ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda xabarnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi uzrli sabablarga koʻra belgilangan vaqtda nazariy imtihonga yetib kelmaganligi yoki tegishli hujjatlarning asli taqdim etilmaganligi haqidagi maʼlumot rad etilishini tasdiqlay olmasa, uning soʻrovnomasi rad etiladi. Bunda ariza beruvchi ushbu Reglamentning 7-bandida nazarda tutilgan yigʻim summasini toʻlagan holda davlat xizmatlaridan takroran foydalanish huquqiga ega boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ariza beruvchi DYHXX organida yoki tadbirkorlik subyektida inson omilini istisno etuvchi nazariy imtihonlarni qabul qilish tizimi orqali belgilangan tartibda nazariy imtihondan oʻtgan taqdirda, unga darhol tizim orqali avtomatik tarzda amaliy imtihonga ruxsat beriladi hamda 2 oylik muddat ichida amaliy imtihon topshirishi lozimligi haqida ogohlantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi nazariy imtihondan oʻtmagan taqdirda, unga darhol tizim orqali avtomatik tarzda 7 kalendar kun oʻtganidan soʻng nazariy imtihonni takroran topshirishi mumkinligi haqida maʼlumot beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu muddat oʻtmagunga qadar tizim tomonidan ariza topshiruvchiga takroran nazariy imtihon topshirishga ruxsat berilmaydi. Kelgusi nazariy imtihonni topshirishda ariza beruvchi imtihondan oʻtmagan taqdirda ham tizim avtomatik tarzda shu jarayonni takrorlaydi. Bunda nazariy imtihonlarni takroran topshirish soni cheklanmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ariza beruvchi inson omili aralashmagan holda (Nizomda belgilangan alohida hollar bundan mustasno) sunʼiy ong orqali baholanadigan faqat maxsus tashkil etilgan avtodromda belgilangan vaqtda amaliy imtihonlarni topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi nazariy imtihonni topshirganidan soʻng 2 oylik muddat ichida amaliy imtihonni topshirishi lozim. Bunda tizim avtomatik tarzda amaliy imtihonni takroran topshirish vaqtini 7 kalendar kundan keyingi kunlarga belgilaydi. Agar ariza beruvchi 2 oylik muddatda amaliy imtihonni topshira olmasa, tizim avtomatik tarzda uni yana nazariy imtihon topshirishga qaytaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazariy va amaliy imtihonlarni qayta topshirish ushbu Reglament va Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) ariza beruvchi amaliy imtihonni topshirgan taqdirda, tizim avtomatik tarzda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchiga milliy haydovchilik guvohnomasini olishga ruxsat berib, buning uchun zarur boʻlgan hujjatlarni DYHXX organiga taqdim etish boʻyicha maʼlumot beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli DYHXX organiga milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish boʻyicha xabarnoma yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) ariza beruvchi oʻzi xohlagan vaqtda tegishli DYHXX organiga milliy haydovchilik guvohnomasini olish boʻyicha murojaat qilib, fotosuratga tushadi va shu kunning oʻzida milliy haydovchilik guvohnomasini qabul qilib oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ariza beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish va yoʻqolgani oʻrniga yangisini berish yuzasidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ariza beruvchi shaxsini tasdiqlovchi va soʻrovnomaga ilova qilingan hujjatlarning asli bilan birga xabarnomada koʻrsatilgan tegishli DYHXX organiga belgilangan sana va vaqtda milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish yoki yoʻqolgani oʻrniga yangisini olish uchun kelib, fotosuratga tushadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi bir yil mobaynida milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish, shu jumladan, almashtirish yoki yoʻqolgani oʻrniga yangisini olish uchun kelmagan yoki tegishli hujjatlarning aslini taqdim etmagan taqdirda, tizim avtomatik tarzda ariza beruvchiga milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirishni rad etadi. Bunda ariza beruvchi guvohnomani almashtirish yoki yoʻqolgani oʻrniga yangisini olish uchun ushbu Reglamentning 7-bandida nazarda tutilgan yigʻim summasini toʻlagan holda davlat xizmatlaridan takroran foydalanish huquqiga ega;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tayyor boʻlgan milliy haydovchilik guvohnomasini belgilangan tartibda qabul qilib oladi. Bunda hujjatlarni topshirish, fotosuratga tushish, haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish va uni ariza beruvchiga topshirish shu kunning oʻzida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ariza beruvchi tayyor boʻlgan milliy haydovchilik guvohnomasini qabul qilib olmagan taqdirda, uning guvohnomasi arxivda ikki yilgacha saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saqlash muddati oʻtib ketgan taqdirda, milliy haydovchilik guvohnomasi belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ariza beruvchi uning arizasi DYHXX organi yoki tadbirkorlik subyekti tomonidan elektron jurnalda roʻyxatga olingunga qadar davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortish va toʻlangan yigʻim summasini qaytarib olish huquqiga ega. Ariza elektron jurnalda roʻyxatga olinganidan soʻng davlat xizmatlaridan foydalanish rad etilganda, toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. DYHXX organlari va tadbirkorlik subyektlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchiligiga nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchiligiga nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.

2. Tegishli hujjatlar va ularning elektron shaklini jamlaydi.

3. Elektron shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi (unga ilova qilinadigan hujjatlarning elektron shaklini ilova qilgan holda) va oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi.

4. Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun belgilangan miqdordagi yigʻimni toʻlaydi.

1 kun ichida

2-bosqich

YIDXP

Soʻrovnomani tegishli DYHXX organiga yoki tadbirkorlik subyektiga joʻnatadi.

Avtomatik ravishda

3-bosqich

DYHXX organi yoki tadbirkorlik subyekti

1. Tushgan soʻrovnoma va ilova qilingan hujjatlarning toʻgʻri va toʻliq toʻldirilganligi hamda toʻlovlarning toʻlanganligini tekshiradi.

2. Hujjatlarni alohida elektron jurnalga kiritadi.

3. Murojaatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha xabarnomani shakllantiradi va YIDXPga ERI bilan tasdiqlangan shaklda joʻnatadi.

1 kun ichida

4-bosqich

DYHXX organi yoki tadbirkorlik subyekti

Haydovchilikka nomzoddan nazariy va amaliy imtihonlarni qabul qiladi.

Xabarnomada belgilangan sana va vaqtda

5-bosqich

Ariza beruvchi

Xabarnomada koʻrsatilgan joyga belgilangan sana va vaqtda borib milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun hujjatlarni taqdim etadi va fotosuratga tushadi.

Xabarnomada belgilangan sana va vaqtda

6-bosqich

DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markazi

Milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga taqdim etadi.

1 kun ichida

Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchiligiga nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

__________________

(sana)

__________________

(raqam)

Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchiligiga nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun

SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:

Imtihon topshirish uchun

1. Familiyasi, ismi, otasining ismi:

2. Tugʻilgan sanasi:

3. Doimiy roʻyxatda turish manzili:

4. Vaqtinchalik yashash manzili:

5. JSH SHIR:

6. Telefon raqami:

7. Elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa):

8. Nechanchi marta imtihon topshirishi:

9. Qaysi turdagi avtomototransport vositalarini boshqarish boʻyicha imtihon topshirishi:

10. Haydovchilarni tayyorlash boʻyicha oʻqigan oʻquv muassasasi nomi va joylashgan tumani (shahar)

11. Oʻqishni boshlagan va tugatgan vaqti, oʻquv guruhi raqami:

12. Imtihon topshirish hududi: *

13. Nogironligi (kar yoki kar-soqov va boshqalar) turi:

14. Tramvay, trolleybus boshqarish boʻyicha imtihon topshirish:

Milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish yoki yoʻqolgani oʻrniga yangisini olish uchun

1. Familiyasi, ismi, otasining ismi:

2. Tugʻilgan sanasi:

3. Doimiy roʻyxatda turish manzili:

4. Vaqtinchalik yashash manzili:

5. JSH SHIR:

6. Telefon raqami:

7. Elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa):

8. Xizmatdan foydalanish turi: **

9. Doimiy roʻyxatda turish hududidan boshqa hududdagi DYHXX organida guvohnomani rasmiylashtirish istagi:

10. Almashtirilayotgan yoki yoʻqolgan guvohnomada boshqarishga ruxsat etilgan avtomototransport vositalarining turi:

11. Oxirgi 12 oy davomida avtomototransport vositasini boshqarganligi:

12. Nechanchi marta guvohnomani almashtirishi yoki yoʻqolgani oʻrniga yangisini olishi:

13. Avtomototransport vositasini boshqarish uchun vaqtinchalik ruxsatnoma zarurligi:

II. Soʻrovnomaga ilova:

Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchiligiga nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish hamda milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning elektron shakli: ***

Izoh.

* Ariza beruvchi oʻziga qulay boʻlgan hududda joylashgan DYHXX organini yoki tadbirkorlik subyektini belgilashi lozim;

** Ariza beruvchi xizmatdan foydalanish turini, yaʼni milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish yoki yoʻqolgani oʻrniga yangisini olish istagida ekanligini belgilashi lozim;

*** Xizmat turidan kelib chiqib hujjatlar roʻyxati va ular haqidagi maʼlumot tegishli Nizom talablari asosida avtomatik tarzda belgilanadi.

Ariza beruvchining

elektron raqamli imzosi

Keyingi tahrirga qarang.