29.04.2021 yildagi 255-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.04.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Butunjahon internet tarmogʻida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentabrdagi 707-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishda qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Butunjahon Internet tarmogʻida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentabrdagi 707-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 29-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
255-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 255-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Butunjahon Internet jahon axborot tarmogʻida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentabrdagi 707-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifalaridan foydalanishni cheklash sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishning alohida shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagi mazmundagi 3-ilova bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishning alohida shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom mulkdor va (yoki) operatorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ishlov berishda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida ishlov berishda ularning jisman Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda belgilangan tartibda Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxsga doir maʼlumotlar bazalarida yigʻilishi, tizimlashtirilishi va saqlanishiga oid qonunchilik hujjatlari talablarini bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishning alohida shartlari — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ishlov berishda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida ishlov berishda ularning jisman Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda belgilangan tartibda Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxsga doir maʼlumotlar bazalarida yigʻilishi, tizimlashtirilish va saqlanishiga oid shartlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanishni cheklash — mulkdor va (yoki) operatorlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida Internet jahon axborot tarmogʻidagi resursdan foydalanishini toʻxtatishga yoki tezlikni kamaytirishga doir tashkiliy va dasturiy-texnik chora-tadbirlar majmuasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsga doir maʼlumotlar — muayyan jismoniy shaxsga taalluqli boʻlgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qogʻozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsga doir maʼlumotlar bazasi — tarkibida shaxsga doir maʼlumotlar mavjud boʻlgan axborot tizimi tarzidagi maʼlumotlar bazasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsga doir maʼlumotlar bazasining mulkdori (keyingi oʻrinlarda — mulkdor) — shaxsga doir maʼlumotlar bazasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsga doir maʼlumotlar bazasining operatori (keyingi oʻrinlarda — operator) — shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni amalga oshiruvchi davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsga doir maʼlumotlar subyekti (keyingi oʻrinlarda — subyekt) — shaxsga doir maʼlumotlar oʻziga taalluqli boʻlgan jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestri — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishning alohida shartlariga rioya etmagan shaxsga doir maʼlumotlar bazasining mulkdorlari va (yoki) operatorlarining roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish — shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish, tizimlashtirish, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yoʻq qilish boʻyicha bir harakatni yoki harakatlar majmuini amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishning alohida shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati Shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) yuritish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida ishlov berishning alohida shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasi) tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkdor va (yoki) operatorlarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishning alohida shartlariga rioya etishini oʻrganish va tekshirish hamda monitoring va tahlil qilish ishlarini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida ishlov berishning alohida shartlari buzilgan taqdirda ushbu qonun buzilish holatini bartaraf etish yuzasidan davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning shaxsga doir maʼlumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida ishlov beruvchi mulkdor va (yoki) operatorlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishning alohida shartlarini buzganliklari yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomalarni tuzadi va koʻrib chiqish uchun sudga yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkdor va (yoki) operatorlarning axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish faoliyatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestrni yuritadi hamda xorijiy davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlar bilan shaxsga doir maʼlumotlar sohasida hamkorlikni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishning alohida shartlarini buzgan mulkdor va (yoki) operatorlarni Reyestrga kiritish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishning alohida shartlarini buzgan mulkdor va (yoki) operatorlarni Reyestrga kiritish va Reyestrdan chiqarish ushbu Nizomga sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 2-fevraldagi PF-5653-son Farmoniga asosan oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida ishlov berishning alohida shartlari buzilish holatlarini aniqlash maqsadida Internet jahon axborot tarmogʻida shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov beruvchi mulkdor va (yoki) operatorlar faoliyati monitoringini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Markaz tomonidan Internet jahon axborot tarmogʻida shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov beruvchi mulkdor va (yoki) operatorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishning alohida shartlari buzilganligi holatlari aniqlanganda, bu haqda, 24 soat davomida shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organiga xulosa berish uchun maʼlumot kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi Markaz tomonidan taqdim etilgan maʼlumotni olgandan soʻng 24 soat ichida “Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasiga shaxsga doir maʼlumotlarga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida ishlov beruvchi mulkdor va (yoki) operatorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishning alohida shartlari buzilganligi yuzasidan xulosa taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi xulosasida quyidagilar aks etgan boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xulosa qabul qilingan sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrganish predmeti (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishning alohida shartlarini buzgan mulkdor va (yoki) operatorlar resurslari roʻyxati);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtkazilgan monitoring natijalari (buzilgan qonunchilik hujjatlari bandlari koʻrsatilgan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestrga kiritish va shaxsga doir maʼlumotlar bazasining mulkdorlari va (yoki) operatorlariga nisbatan choralar koʻrish yuzasidan takliflar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasi taqdim etilgan xulosa kelib tushgan kundan boshlab bir kun muddatda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan shaxsga doir maʼlumotlar bazasi mulkdori yoki operatoriga aniq muddat belgilagan holda tegishli koʻrsatma beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasi mulkdori yoki operatori koʻrsatmada keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etish chorasini koʻrishi va “Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasiga oʻz vaqtida maʼlumot kiritishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. “Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasi koʻrsatmasida belgilangan muddat ichida koʻrsatmada nazarda tutilgan qonun buzilishi holatlari bartaraf etilmagan taqdirda, mulkdor va (yoki) operator toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Reyestrga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida ishlov berishning alohida shartlarini buzgan mulkdor va (yoki) operatorlarni Reyestrga kiritilishiga asos boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organ xulosasi ustidan sudga shikoyat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari huquqlarini buzgan mulkdor va (yoki) operatorlarni faoliyatini Internet jahon axborot tarmogʻi milliy segmentida cheklash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida ishlov berishning alohida shartlarini buzgan mulkdor va (yoki) operatorlar faoliyatini Internet jahon axborot tarmogʻi milliy segmentida cheklash Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Foydalanishni cheklash identifikatsiya maʼlumotlari Reyestrga kiritilgan shaxsga doir maʼlumotlar bazasining mulkdori va (yoki) operatorining Internet jahon axborot tarmogʻi axborot resurslariga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. “Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasi Reyestrga kiritilgandan soʻng 12 soat davomida shaxsga doir maʼlumotlar bazasi mulkdori yoki operatorining Internet jahon axborot tarmogʻi axborot resurslaridan foydalanishini cheklash boʻyicha Vazirlikka taqdimnoma beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Vazirlik Reyestrga kiritilgandan soʻng 12 soat davomida shaxsga doir maʼlumotlar bazasi mulkdori yoki operatorining Internet jahon axborot tarmogʻi resurslaridan foydalanishini cheklashni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasining mulkdor va (yoki) operatorni Reyestrdan chiqarish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. “Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan shaxsga doir maʼlumotlar bazasining mulkdorini va (yoki) operatorini Reyestrdan chiqarilishi uchun quyidagilar asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz maʼlumotiga asosan shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organining mulkdor va (yoki) operator tomonidan Internet jahon axborot tarmogʻi resursida kamchiliklar bartaraf etilganligi yuzasidan xulosasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida ishlov berishning alohida shartlarini buzgan mulkdor va (yoki) operatorlarni Reyestrga kiritilishi uchun asos boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi xulosasini bekor qilish toʻgʻrisida sud qarorining qonuniy kuchga kirishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. “Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasi Internet jahon axborot tarmogʻi resursi egasining Internet jahon axborot tarmogʻi resursida kamchiliklar bartaraf etilganligi yuzasidan bildirgan yozma (elektron) murojaatini oʻrganib, bir kun muddatda shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organiga xulosa berish uchun taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi Markaz bilan birgalikda mulkdor va (yoki) operator tomonidan Internet jahon axborot tarmogʻi resursida kamchiliklar bartaraf etilganligi yuzasidan maʼlumotini 24 soat davomida oʻrganib chiqadi va “Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasiga xulosa beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. “Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasi mazkur Nizomning 16-bandida keltirilgan holatlar asosida 24 soat davomida shaxsga doir maʼlumotlar bazasining mulkdorini va (yoki) operatorini (yoki axborot resursi identifikatsiya maʼlumotlarini) Reyestrdan chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasining mulkdorini va (yoki) operatorini (yoki axborot resursi identifikatsiya maʼlumotlarini) Reyestrdan chiqarilgach, Vazirlik “Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasi taqdimnomasi asosida foydalanishni cheklovchi toʻsiqlarni 12 soat davomida oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Reyestrda qayd etilgan, ishlov berilgan va boshqa amalga oshirilgan maʼlumotlar hamda ularning oʻzgarish tarixi oʻrnatilgan tartibda saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishning alohida shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishning alohida shartlarini buzgan mulkdor va (yoki) operatorlarni Shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestriga kiritish va undan chiqarish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqich

Subyekt

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha Markaz va shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishning alohida shartlari buzilish holatlarini aniqlash maqsadida Internet jahon axborot tarmogʻida shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov beruvchi mulkdor va (yoki) operatorlar faoliyati monitoringini amalga oshiradi.

Doimiy

ravishda

Yuridik yoki jismoniy shaxslar

Markazga oʻrnatilgan tartibda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishning alohida shartlari buzilishi mavjud Internet tarmogʻi veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifalari hamda resurslarida shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov beruvchi tashkilotlar haqida murojaat qilish orqali maʼlumot berish.

Doimiy

ravishda

2-bosqich

Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha Markaz

Internet jahon axborot tarmogʻida shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov beruvchi mulkdor va (yoki) operatorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida ishlov berishning alohida shartlari buzilganligi holatlari aniqlanganda, bu haqida shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organiga xulosa berish uchun maʼlumot kiritadi.

Aniqlangan

muddatdan

boshlab

24 soat

davomida

Shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi

Shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi Markaz tomonidan taqdim egilgan maʼlumotni olgandan soʻng “Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasiga shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov beruvchi mulkdor va (yoki) operatorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishning alohida shartlari buzilganligi yuzasidan xulosa taqdim etadi.

Aniqlangan

muddatdan

boshlab

24 soat

davomida

3-bosqich

“Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasi

Taqdim etilgan xulosa asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan shaxsga doir maʼlumotlar bazasi mulkdori yoki operatoriga aniq muddat belgilagan holda tegishli koʻrsatma beradi.

Xulosa kelib

tushgan kundan

boshlab bir kun

muddatda

Shaxsga doir maʼlumotlar bazasi mulkdor yoki operator

Shaxsga doir maʼlumotlar bazasi mulkdori yoki operatori koʻrsatmada keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etish chorasini koʻradi va “Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasiga oʻz vaqtida maʼlumot kiritadi.

Taqdimnomada

belgilangan

muddatlarda

4-bosqich

“Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasi

Koʻrsatmada belgilangan muddat ichida koʻrsatmada nazarda tutilgan qonun buzilishi holatlari bartaraf etilmagan taqdirda, shaxsga doir maʼlumotlar bazasi mulkdor va (yoki) operator toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestri”ga kiritiladi.

Koʻrsatmadagi

muddatdan soʻng

5-bosqich

“Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasi

“Shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar Reyestri”ga kiritilgandan soʻng shaxsga doir maʼlumotlar bazasi mulkdori yoki operatorining Internet tarmogʻi axborot resurslaridan foydalanishini cheklash boʻyicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdimnoma beradi.

12 soat

davomida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

“Shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar Reyestri”ga kiritilgandan soʻng shaxsga doir maʼlumotlar bazasi mulkdori yoki operatorining Internet tarmogʻi axborot resurslaridan foydalanishini cheklashni amalga oshiradi.

12 soat

davomida

6-bosqich

Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha Markaz va shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi

Shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organ Markaz bilan hamkorlikda mulkdor va (yoki) operator tomonidan Internet tarmogʻi axborot resursida kamchiliklar bartaraf etilganligi yuzasidan maʼlumotini oʻrganib chiqadi va “Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasiga xulosa beradi.

24 soat

davomida

“Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasi

Shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi xulosasiga asosan Internet tarmogʻi axborot resursini “Shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestri”dan chiqaradi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdimnoma beradi.

24 soat

davomida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Shaxsga doir maʼlumotlar bazasining mulkdorini va (yoki) operatorini (yoki axborot resursi identifikatsiya maʼlumotlarini) “Shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar Reyestri”dan chiqarilgach, Davlat nazoratini amalga oshiruvchi organ taqdimnomasi asosida foydalanishni cheklovchi toʻsiqlarni oladi.

12 soat

davomida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/255/0402-son)