28.04.2021 yildagi 246-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.09.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati maʼmuriy markazini qurish ishlarini jadallashtirish hamda zamonaviy ishbilarmonlik va turar-joy markazlarini tashkil etishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati maʼmuriy markazini qurish ishlarini yanada jadallashtirish, tuman (shahar) markazlari meʼmoriy qiyofasini yaxshilash va obodonlashtirish, uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, shuningdek, zamonaviy biznes, moliyaviy va turistik infratuzilmalarning jadal rivojlanishi hamda servis xizmatlari turlarini kengaytirish va sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Aqlli shahar” konsepsiyasi boʻyicha Toshkent viloyati maʼmuriy markazi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 26-martdagi 236-son qaroriga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati maʼmuriy markazi qurilishi uchun 246,2 gektar yer uchastkasi, shu jumladan “Konchi” massivi hududida — 113 gektar va “Yangi turmush” massivi hududida — 133,2 gektar yer uchastkasi ajratib berilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati maʼmuriy markazi hududida obyektlar qurilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun Nurafshon shahar hokimligi huzurida “Toshkent viloyati maʼmuriy markazini qurish direksiyasi” davlat unitar korxonasi tashkil etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Toshkent viloyati maʼmuriy markazini qurish direksiyasi” davlat unitar korxonasi “Aqlli shahar” konsepsiyasi boʻyicha Nurafshon shahrida Toshkent viloyati maʼmuriy markazini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida buyurtmachi funksiyasini amalga oshirganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Toshkent viloyati maʼmuriy markazini qurish direksiyasi” davlat unitar korxonasini saqlab turish investitsiya loyihasining TIA (TIH) belgilangan tartibda tasdiqlangungacha, keyinchalik amalga oshirilgan xarajatlarni Toshkent viloyati mahalliy budjetiga buyurtmachini saqlab turishga investitsiya loyihasida nazarda tutilgan mablagʻlardan qoplagan holda — Toshkent viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari, shuningdek, buyurtmachini saqlab turishga investitsiya loyihasida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobiga amalga oshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qurilish vazirligi hamda Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Aqlli shahar” konsepsiyasi boʻyicha Nurafshon shahrida Toshkent viloyati maʼmuriy markazini qurish” investitsiya loyihasini “Nurafshon business city” konsepsiyasiga oʻzgartirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nurafshon shahar hokimligi huzuridagi “Toshkent viloyati maʼmuriy markazini qurish direksiyasi” davlat unitar korxonasini Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi “Toshkent viloyatida biznes markazlarini qurish direksiyasi” davlat unitar korxonasi shaklida qayta tashkil etish (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Direksiya Nurafshon shahar hokimligi huzuridagi “Toshkent viloyati maʼmuriy markazini qurish direksiyasi” davlat unitar korxonasining huquq va majburiyatlari, shuningdek shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Direksiyani saqlash xarajatlari Toshkent viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari, shuningdek, buyurtmachini saqlab turishga investitsiya loyihasida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Direksiya “Nurafshon business city” hamda tuman va shaharlarda tashkil etiladigan boshqa zamonaviy ishbilarmonlik va turar-joy markazlari (keyingi oʻrinlarda — biznes markazlar) boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini bajaradi, ularning hududlarida obyektlar qurilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Direksiyaning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-avgustdagi PQ-3895-son qarori 3-bandida belgilangan asosiy vazifalarga muvofiq tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) biznes markazlar hududlarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muzey, xalqaro konferensiya va forumlar oʻtkazish uchun “Ekspomarkaz”, teatr, kutubxona, yoshlar ijodiyot saroyi, sport-sogʻlomlashtirish obyektlari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo qilish ishlari — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va Toshkent viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa obyektlarni qurish ishlari — investorlarning oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) “Nurafshon business city” zamonaviy ishbilarmonlik va turar-joy markazi hududidagi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotishdan tushgan mablagʻlar (savdoga chiqarish va sotish xarajatlari chegirib qolingan holda) Direksiya tasarrufida qoldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda mablagʻlar muhandislik va transport kommunikatsiyalarining maydon ichki tarmoqlarini qurish, umumiy foydalaniladigan hududlarni obodonlashtirish hamda Direksiyani saqlash bilan bogʻliq xarajatlari uchun sarflanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan “e” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Direksiyaga va biznes markazlarini qurish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi — investorlar, bosh pudrat tashkilotlari hamda tashkilotlar — norezidentlarga “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini qurish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish doirasida qonunchilik hujjatlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari uchun belgilangan huquqlar, shuningdek, soliq va bojxona imtiyozlari tatbiq etilishi inobatga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Toshkenti viloyati hokimligi bir oy muddatda biznes markazlari hududida yer uchastkalarini realizatsiya qilish natijasida tushgan mablagʻlarni Direksiyaning faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni inobatga olgan holda taqsimlash tartibi boʻyicha taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Toshkent viloyati hokimligining biznes markazlar hududida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini va boshqa aloqa tarmoqlarini zamonaviy uzoq muddat xavfsiz ekspluatatsiya qilishga moʻljallangan yer osti tonnel usulida qurish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Nurafshon business city” zamonaviy ishbilarmonlik va turar-joy markazini tasdiqlangan Bosh rejasiga muvofiq zarur infratuzilma, shu jumladan ichimlik va oqova suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz, avtomobil yoʻllari hamda irrigatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash, loyihalash, qurish ishlari, keyinchalik ularni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tarmoq tashkilotlariga topshirish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobiga Direksiya buyurtmachiligi asosida amalga oshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Toshkent viloyati hokimligi “Nurafshon Business city” zamonaviy ishbilarmonlik va turar-joy markazining tasdiqlangan Bosh rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan 2021 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasining “Aqlli shahar” konsepsiyasi boʻyicha Toshkent viloyati maʼmuriy markazi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 26-martdagi 236-son qarorining 2, 3 va 4-bandlari, shuningdek, qarorga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov hamda Toshkent viloyati hokimi D.A. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 28-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
246-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/246/0384-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)