15.04.2021 yildagi PQ-5077-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.04.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizning tinchligi va osoyishtaligiga boʻlgan har qanday tahdidlarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini ilgʻor xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, shuningdek, zamon talablaridan kelib chiqib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Qurolli Kuchlarning kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti etib (keyingi oʻrinlarda — Universitet) qayta tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitet quyidagi sohalar uchun malakali kadrlarni maqsadli tayyorlashni amalga oshiruvchi bazaviy oliy harbiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya uchun — jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasining tegishincha jamoat tartibini saqlash, yoʻl harakati xavfsizligi va pasport tizimi talablarini amalga oshirish yoʻnalishlarida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun — harbiy diplomatiya, yurisprudensiya va iqtisodiyot hamda muhandislik-texnik, tarbiyaviy-psixologik va qoʻmondonlik-taktik faoliyat sohasida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz qoʻriqlash tuzilmalariga ega boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari uchun — qoʻriqlash faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish sohasining barcha yoʻnalishlarida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha faoliyatni samarali tashkil etishga qodir boʻlgan malakali mutaxassislarni tegishli ixtisoslik va huquqshunoslik yoʻnalishlari boʻyicha chuqurlashtirilgan holda oʻqitish hamda ularni jangovar va jismoniy tayyorgarlikdan oʻtkazish orqali maqsadli tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun kadrlarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashning samarali tizimini joriy etish, ularda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda vatanparvarlik va yuksak odob-axloq sifatlarini kamol toptirish orqali chuqurlashtirilgan holda tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv jarayonini oʻqitishning zamonaviy shakl va uslublari, pedagogik va axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda nazariya va amaliyot uzviyligini taʼminlash orqali tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, jamoat xavfsizligini taʼminlashning eng dolzarb muammolari boʻyicha kompleks ilmiy tadqiqotlarni, shu jumladan mahalliy va xalqaro grantlarni jalb etgan holda, oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv jarayoniga xorijiy mamlakatlarning nufuzli taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining malakali mutaxassislarini jalb etish, shuningdek, qoʻshma ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish va pedagogik tajriba almashish sohasida doimiy xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab, Universitetda professional kadrlarni tayyorlash jarayoniga bakalavriat va magistraturani oʻz ichiga oluvchi ikki bosqichli oliy taʼlim tizimi joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetda bakalavriat dasturi boʻyicha oʻqitish jarayoni taʼlimning kunduzgi va sirtqi shakllarida tashkil etilib, bitiruvchilarga oliy taʼlimning birinchi bosqichini tamomlaganligini tasdiqlovchi diplom beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetda magistratura dasturi boʻyicha oʻqitish jarayoni bir yillik oʻqish muddati bilan amaliy faoliyatga yoʻnaltirilgan holda tashkil etilib, bitiruvchilarga oliy taʼlimning ikkinchi bosqichini tamomlaganligini tasdiqlovchi diplom beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetning sirtqi taʼlim shakli kamida uch yillik harbiy xizmat (xizmat) stajiga ega boʻlgan Milliy gvardiyaning amaldagi harbiy xizmatchilari (xodimlari) uchun nazarda tutilib, unda oʻqish muddati oliy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslar uchun toʻrt yilni, oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar uchun toʻlov-kontrakt asosida uch yilni tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetning yillik qabul kvotasi bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakliga 300 nafargacha kursantlarni, sirtqi taʼlim shakliga 100 nafargacha tinglovchilarni tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitet magistraturasini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplom harbiy xizmat (xizmat)ni oʻtashda Qurolli Kuchlar Akademiyasining ikki yillik magistratura dasturini, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining ikkinchi darajadagi magistraturasini, shuningdek, xorijiy mamlakatlar harbiy akademiyalarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplomlarga tenglashtiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetning sirtqi taʼlim shakliga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati tomonidan har yili belgilanadigan qoʻshimcha kvota boʻyicha boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Qurolli Kuchlarda kamida uch yillik harbiy xizmat (xizmat) stajiga ega boʻlgan harbiy xizmatchilar (xodimlar) toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy gvardiya qoʻmondoni R.M. Joʻrayevga — Universitetda ikki bosqichli oliy taʼlim tizimini sifatli joriy etish, shu jumladan oʻquv jarayonini eng zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish, professor-oʻqituvchilar tarkibining ilmiy-pedagogik salohiyatini tubdan oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramovga — ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligini taʼminlovchi boʻlinmalari bilan Universitet oʻrtasida oʻzaro hamkorlikning uygʻun mexanizmlarini joriy etish, taʼlim oluvchilarning faoliyat sohasi boʻyicha samarali stajirovka oʻtashini taʼminlash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy gvardiya (R.M. Joʻrayev) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A.X. Toshkulov) bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda mazkur qaror talablarini inobatga olgan holda Universitetga oʻqishga qabul qilish tartibini hamda ochiq va xolisona tanlov mezonlarini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Universitetda joriy etilayotgan taʼlim tizimiga muvofiq oʻqitishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks tashkiliy choralarni koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Universitetning Vasiylik kengashi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Vasiylik kengashi Universitetning quyidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha rivojlanishiga koʻmaklashadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim oluvchilarning amaliyot oʻtashini tashkil etish hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirish boʻyicha Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan samarali hamkorlikni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy taʼlimning rivojlanishiga koʻmaklashadigan dasturlar va istiqbolli tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga samarali tatbiq etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim va ilm-fan sohasida oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan, shu jumladan xorijiy taʼlim muassasalari bilan maqsadli uzviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetga moliyaviy va tashkiliy yordam berish, uning faoliyatini taʼminlash va rivojlantirish uchun budjetdan tashqari mablagʻlarni, mahalliy va xalqaro grantlarni jalb qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vasiylik kengashining barcha aʼzolariga oʻz vakolatlari doirasida Universitetni rivojlantirish va samarali faoliyat koʻrsatishi uchun koʻmaklashish boʻyicha shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetga oʻqishga qabul qilish tanlov asosida, Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ehtiyojini hisobga olgan holda har yili belgilanadigan kvotalar doirasida amalga oshirilib, taʼlim oluvchilarga oʻrnatilgan tartibda stipendiya (pul taʼminoti) toʻlanadi va moddiy taʼminot belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitet kursantlarini kelgusida harbiy xizmat (xizmat) oʻtash uchun idoralararo taqsimlash taʼlim yoʻnalishlariga muvofiq bitiruv bosqichida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitet bitiruv bosqichidagi kursantlarning faoliyat sohasi boʻyicha stajirovkasi oʻqishni tamomlagandan soʻng harbiy xizmat (xizmat) oʻtash uchun yuborilishi nazarda tutilgan boʻlinmalarda tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning harbiy xizmatchilari (xodimlari) mehnatga soatbay haq toʻlash shartlari asosida mutaxassislik fanlari boʻyicha Universitetda oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish huquqiga ega;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitet tomonidan Milliy gvardiya akademik litseylarining oʻquv-metodik jarayoni muvofiqlashtiriladi hamda ularga tizimli amaliy va axborot-resurs yordami koʻrsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetga oʻqishga kiruvchi abituriyentlarning antropometrik parametrlari Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga harbiy xizmat (xizmat)ga qabul qilish talablariga muvofiq tartibda tanlangan mutaxassislikka qarab belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetning ilmiy va professor-oʻqituvchilar tarkibi lavozimlariga tegishli sohada kamida besh yillik ilmiy, pedagogik yoki amaliy ish tajribasiga ega shaxslar harbiy xizmatchilar lavozimlari hisobidan tayinlanishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetning xizmatchilar uchun belgilangan professor-oʻqituvchilar tarkibi lavozimlariga tayinlanadigan pedagog xodimlar bilan shartnomalar bir yil muddatga tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetga kunduzgi taʼlim shaklining bakalavriat va magistratura dasturlari boʻyicha umumiy asoslarda yurisprudensiya, psixologiya va iqtisodiyot sohalarida kadrlarni talabalar tarkibiga kiritgan holda tayyorlash huquqini berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy asoslarda kadrlar tayyorlashni toʻlov-kontrakt asosida amalga oshirish va bitiruvchilarga “zaxiradagi ofitser” harbiy unvoni va tegishli mutaxassislik boʻyicha diplom berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, mazkur taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quyidagi huquqlar berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Milliy gvardiya qoʻmondoniga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitet kursantlari (talabalari) va tinglovchilarini oʻqishdan chetlashtirish va ularni oʻqishga tiklash tartibini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vasiylik kengashi bilan kelishilgan holda Universitetda taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, kadrlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, yangi istiqbolli yoʻnalishlar (mutaxassisliklar)ni kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Universitet boshligʻiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov-kontrakt asosidagi oʻqitish mablagʻlari hisobidan Universitetning iqtidorli kursant va talabalariga qoʻshimcha individual stipendiyalar tayinlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv jarayoniga yuqori ilmiy-pedagogik mahoratga ega boʻlgan, birinchi navbatda, ilgʻor xorijiy taʼlim muassasalarining mutaxassislarini soatbay va uzoq muddatli ishlash shartlarida shartnoma asosida jalb etish va mehnat bozori konyunkturasini inobatga olgan holda ularning mehnatiga haq toʻlash miqdorini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida oʻzaro hamkorlik boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri memorandum va bitimlarni tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro hamkorlik va ikki tomonlama shartnomalar doirasida xorijiy davlatlarning harbiy xizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni belgilangan tartibda tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
professor-oʻqituvchilar tarkibining amaliy stajirovka oʻtash joyi va idorasini mustaqil belgilash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetda amaldagi oʻquv dasturlari boʻyicha oʻqitish ular muqaddam oʻrnatilgan tartibda yakunlanguniga qadar saqlanib qoladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetda toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati har yili Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetda toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish, mol-mulkning ijarasi, pullik kurslarni tashkil etish va boshqa xizmatlarni koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar uning budjetdan tashqari hisobraqamiga tushadi va ushbu mablagʻlarning 50 foizdan kam boʻlmagan qismi oʻquv jarayoniga shartnoma asosida malakali mutaxassislarni jalb qilish, xalqaro miqyosdagi tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, shaxsiy tarkibni har oylik moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetning xizmatchilar hisoblangan boshqaruv va professor-oʻqituvchilar tarkibidagi xodimlariga avvalgi ish joyi boʻyicha berilgan martaba darajalari uchun belgilangan ustama haqlari (mavjud boʻlsa) saqlanib qoladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetning xizmatchilar hisoblangan boshqaruv, ilmiy va professor-oʻqituvchilar tarkibidagi lavozimlariga tegishincha Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi “Respublika oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 164-son va 2009-yil 18-avgustdagi “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 233-son qarorlari bilan belgilangan mehnatga haq toʻlashning bazaviy lavozim maoshlari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Kamilov), Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A.Sh. Bekmurodov), Universitetga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muntazam ravishda ilmiy va professor-oʻqituvchilar tarkibining yetakchi xorijiy taʼlim muassasalarida malaka oshirishini, shu jumladan iqtidorli harbiy xizmatchilarni magistratura va doktoranturaga oʻqishga yuborishni tashkil etish, shuningdek, oʻquv jarayoniga ularning yuqori malakali mutaxassislarini keng jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetakchi xorijiy taʼlim, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahliliy muassasalar bilan oʻzaro xalqaro hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum va bitimlarni tayyorlash hamda tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetning buyurtmalariga koʻra, mazkur qaror doirasida jalb etiladigan Universitet professor-oʻqituvchilar tarkibidagi xorijiy fuqarolarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmasdan kirish vizalarini rasmiylashtirishga koʻmaklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) Universitetning buyurtmalariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy mutaxassislarni jalb etishga ruxsatnomani berish (uzaytirish)ni, shuningdek, mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berish (uzaytirish)ni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar vazirligi (N.S. Turaxodjayev) Universitetning buyurtmalariga koʻra, mazkur qaror doirasida jalb etiladigan xorijiy fuqarolarga koʻp martalik vizalar berilishini va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga olinishini va muddati uzaytirilishini oʻrnatilgan tartibda taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Milliy gvardiya (R.M. Joʻrayev) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A.X. Toshkulov) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Universitetda maqsadli situatsion-immitatsion poligonlarni tashkil etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Milliy gvardiyaning asoslantirilgan buyurtmalariga asosan 2022-yil 1-yanvardan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qarorni inobatga olgan holda Davlat budjeti xarajatlari parametrida Universitetni saqlab turish uchun zarur ajratmalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuziladigan shartnomalar asosida Universitetning oʻquv jarayoniga malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish uchun pul mablagʻlari ajratilishini nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Milliy gvardiya qoʻmondoni R.M. Joʻrayev belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 1-iyul va 2022-yil 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 15-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-5077-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5077-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining Vasiylik kengashi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

V.V. Maxmudov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, Vasiylik kengashi raisi

D.B. Kadirov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

R.M. Joʻrayev

Milliy gvardiya qoʻmondoni

P.R. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

K.F. Kamilov

Oliy sud raisi

N.T. Yoʻldoshev

Bosh prokuror

A.A. Azizov

Davlat xavfsizlik xizmati raisi

B.N. Kurbanov

mudofaa vaziri

R.K. Davletov

adliya vaziri

A.X. Toshkulov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

A.X. Kamilov

tashqi ishlar vaziri

Lavozimi boʻyicha

Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5077-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetidagi taʼlim mutaxassisliklari (yoʻnalishlari)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Mutaxassislik (yoʻnalish) nomi

Beriladigan malaka

Taʼlim shakli

Oʻqish muddati

I. Bakalavriat

1.

Maxsus vazifalarni bajarish qoʻshinlarining qoʻmondonlik-taktik faoliyati

sohalar boʻyicha menejer

kunduzgi

4 yil

2.

Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik taʼminlash

psixolog

kunduzgi

4 yil

3.

Xavfsizlikni huquqiy taʼminlash

yurist

kunduzgi

4 yil

4.

Xalqaro harbiy hamkorlikni huquqiy taʼminlash

yurist

kunduzgi

4 yil

5.

Iqtisodiy xavfsizlik

iqtisodchi

kunduzgi

4 yil

6.

Aniqlash va qoʻriqlash tizimlardan foydalanish boʻyicha qoʻmondonlik-muhandislik faoliyati

muhandis

kunduzgi

4 yil

7.

Qoʻriqlash boʻlinmalarining qoʻmondonlik-taktik faoliyati

yurist

kunduzgi

3 yil

8.

Yoʻl patrul xizmatining qoʻmondonlik-taktik faoliyati

yurist

kunduzgi

3 yil

9.

Patrul-post xizmatining qoʻmondonlik-taktik faoliyati

yurist

kunduzgi

3 yil

10.

Pasport tizimini huquqiy taʼminlash

yurist

kunduzgi

3 yil

11.

Xavfsizlikni huquqiy taʼminlash

yurist

sirtqi

4 yil/3 yil*

12.

Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik taʼminlash

psixolog

sirtqi

4 yil/3 yil*

13.

Yurisprudensiya**

yurist

kunduzgi

4 yil

14.

Psixologiya**

psixolog

kunduzgi

4 yil

15.

Iqtisodiyot**

iqtisodchi

kunduzgi

4 yil

II. Magistratura

16.

Jamoat xavfsizligini tezkor-taktik taʼminlashning qoʻmondonlik-shtab faoliyati

sohalar boʻyicha menejer

kunduzgi

1 yil

17.

Tarbiyaviy-psixologik taʼminlashning qoʻmondonlik-shtab faoliyati

psixolog

kunduzgi

1 yil

18.

Qoʻriqlash faoliyatini taʼminlashning qoʻmondonlik-muhandislik faoliyati

elektrotexnik komplekslar va tizimlar muhandisi

kunduzgi

1 yil

19.

Jamoat xavfsizligini huquqiy taʼminlash

yurist

kunduzgi

1 yil

20.

Iqtisodiy xavfsizlik

iqtisodchi

kunduzgi

1 yil

21.

Yurisprudensiya**

yurist

kunduzgi

1 yil

22.

Psixologiya**

psixolog

kunduzgi

1 yil

23.

Iqtisodiyot**

iqtisodchi

kunduzgi

1 yil

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* oliy maʼlumotga ega boʻlmaganlar uchun — 4 yil, oliy maʼlumotga ega boʻlganlar uchun 3 yil.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** kadrlarni umumfuqaroviy asosda tayyorlash.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2021-y., 07/21/5077/0348-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son; 04.09.2026-y., 07/26/302/0885-son; 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)