Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON SSR MINISTRLAR SOVETINING 1962 YIL 15 MAYDAGI 347-SON QARORINING 1-BANDINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Notariat masalalariga doir normativ bazani “Davlat notariati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Toshkent shahridagi notarial idoralar ishini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1962-yil 15-maydagi 347-son qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda ilgari birinchi Toshkent shahar davlat notarial idorasiga biriktirilgan ayrim notarial harakatlarni Toshkent shahrining tuman davlat notarial idoralariga berish masalasini hal etsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 11-dekabr,
455-son