07.11.1995 yildagi 424-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.11.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

IXTISOSLASHTIRILGAN “ASAKA” DAVLAT-AKSIONERLIK TIJORAT BANKINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Koʻchirma]

Avtomobilsozlikni yanada rivojlantirishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining avtomobil sotib olishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻzavtosanoat” uyushmasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Xalq bankining Toshkent shahrida bosh ofisi boʻlgan Ixtisoslashtirilgan “Asaka” davlat-aksionerlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Asaka” bankining oʻzbekistonlik taʼsischilari bilan bir qatorda bankni tashkil etishda xorijiy yuridik shaxslar ham qatnashishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“DEU” korporatsiyasining (Koreya Respublikasi) uning “Asaka” bankini taʼsis etishda qatnashishi haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Asaka” banki taʼsischilariga bir oy muddatda taʼsis majlisini oʻtkazish, taʼsischilarning ustav fondidagi ulushlarini belgilash, bank ustavini tasdiqlash va belgilangan tartibda ustav fondini shakllantirish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Asaka” banki boshqaruvi ikki oy muddatda belgilangan tartibda aksiyalar chiqarishni va sotishni amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar “Asaka” bankining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika avtomobilsozligi sanoatini va tegishli infrastrukturani rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarini ustuvor darajada mablagʻ bilan taʼminlash maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarning erkin mablagʻlarini toʻplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobilsozlik sanoati hamda uning infrastrukturasi korxonalari va tashkilotlariga, shuningdek avtomobillarni sotish va ularga texnik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq korxonalarga kompleks kredit-hisob-kitob xizmatlari koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobil sanoati korxonalarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun xorijiy investorlar resurslarini jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni sotib olish uchun keyinchalik fuqarolarga berish maqsadida Xalq bankiga oʻzaro kelishilgan shartlarda kredit resurslarini jalb etish va berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi uchun respublikada butlovchi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni va lokal loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qogʻozlar bilan, shu jumladan “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi avtomobillarini sotib olish huquqini beruvchi qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el valyutasi bilan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublika valyuta birjasida, operatsiyalarni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Asaka” banki faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish uchun ilovaga* muvofiq tarkibda komissiya tuzilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Markaziy bankka:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda “Asaka” bankini roʻyxatdan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston tijorat banklari uyushmasi bilan birgalikda “Asaka” bankini malakali mutaxassislar bilan taʼminlashda yordam koʻrsatish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Moliya vazirligi, Morkaziy bank, Ixtisoslashtirilgan “Asaka” davlat-aksionerlik tijorat banki hamda Xalq banki:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda — avtomobil sotib olish uchun fuqarolarga imtiyozli kreditlar berish tartibini, unda fuqarolarga ularning garovi va Xalq banki muassasalari kafolati bilan kredit berilishini nazarda tutgan holda;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda — opsionlarni muomalaga chiqarish va ular bilan operatsiyalarni amalga oshirish qoidalarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Oʻzavtosanoat” uyushmasi uch oy muddatda “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni toʻplash, sotish va ularga texnika xizmat koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan punktlar tashkil etishni taʼminlasin, bunda texnika xizmat koʻrsatish stansiyalarining mavjud shoxobchalaridan foydalansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Belgilab qoʻyilsinki, 1998-yilning 1-yanvarigacha “Asaka” banki mablagʻlarining uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltiriladigan qismi soliqlardan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Asaka” banki xizmat koʻrsatadigan avtomobil sanoati korxonalariga soʻmlarning Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan avtotransport vositalariga butlovchi va ehtiyot qismlarni import qilishga yoʻnaltiriladigan qismini erkin muomaladagi valyutaga imtiyozli ayirboshlash huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Asaka” banki muassasalarini joylashtirish uchun binolar ajratsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Markaziy bank va “Oʻzsanoatqurilishbank”ning “Oʻzsanoatqurilishbank”ning Asaka shahridagi boʻlimini “Asaka” banki filialiga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. “Oʻzsanoatqurilishbank” ikki oy muddatda boʻlimning asosiy fondlarini va mol-mulkini qoldiq qiymati boʻyicha “Asaka” banki balansiga oʻtkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Aloqa vazirligi “Asaka” banki buyurtmanomalariga binoan zarur miqdorda maxsus aloqa vositalari ajratilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov va Markaziy bank Boshqaruvi raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1995-yil 7-noyabr,

424-son