Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 12.11.1992 yildagi 523-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 18.03.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1992-yil 8-yanvardagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlik markaziy apparatining ilova qilinayotgan tuzilmasi, uning xodimlari soni 140 nafardan iborat qilib belgilangan holda (binoga xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi haqidagi Nizom tasdiqlansin (1, 2-ilovalar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligiga vazirning uch nafar oʻrinbosariga, shu jumladan, bitta birinchi oʻrinbosari hamda 11 kishidan iborat hayʼatga ega boʻlishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi Adliya vazirligining markaziy apparati uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Adliya vazirligi huzurida qonunchilik muammolarini tadqiq qilish instituti va “Adolat” yuridik adabiyotlar nashriyoti tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligi institut va nashriyotning faoliyatini tartibga soluvchi tegishli meʼyoriy aktlarni ishlab chiqsin va qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish Respublika jamgʻarmasi tashkil etilsin hamda Jamgʻarma toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Adliya idoralari va davlat notariatida maxsus unvonlar — xodimlarning martaba darajalari belgilansin va ular toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin (4-ilova).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligiga adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan xodimlarning lavozim maoshlariga malaka darajalari va martaba darajalari uchun 5, 6-ilovalarga muvofiq qoʻshimcha haq toʻlashga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligiga umumiy majburiy xususiyatga ega boʻlgan meʼyoriy aktlarning loyihalarini ularni dastlabki ekspertizadan va keyinchalik davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etishni;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik idoralarining yuridik xizmatlari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun Adliya vazirligi bilan har yili bitim tuzishni taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Adliya vazirligiga huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish vazifasi yuklatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Adliya vazirligi bir oy muddat ichida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasiga: vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy aktlarini huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida; tegishli yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida; huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish Respublika jamgʻarmasini tashkil etish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi Nizomni tayyorlasin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzshartnomasavdo”, Moliya vazirligi, Davlat matbuot qoʻmitasi va “Sharq” nashriyot-matbaa konserni bilan birgalikda qonunchilik muammolarini tadqiq qilish instituti, “Adolat” nashriyoti tashkil etilishi va “Hayot va qonun” jurnali chiqarilishi bilan bogʻliq barcha masalalarni hal etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Adliya vazirligi ishtirokida ikki oy muddat ichida sudlar, adliya idoralari, notariat muassasalari va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish boʻlimlari muassasalarini binolar, transport vositalari va zamonaviy tashkiliy texnika bilan taʼminlashning aniq dasturini amalga oshirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish Qoidalarini tasdiqlash, ularning roʻyxatga olinganlik uchun toʻlovlarini yigʻish tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida” 1991-yil 2-apreldagi 83-son qarorining 5-bandiga oʻzgarish kiritilib quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mazkur qarorga muvofiq jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olganlik va ularga keyinchalik oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritilganligi uchun olinadigan toʻlovlar summasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ixtiyorida qoladi va belgilangan tartibda foydalaniladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Yustitsiya ministrligi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi 1972-yil 27-sentabrdagi 427-son qarori (OʻzSSR QT, 1972-y., № , 57-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari oʻrtoq I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorning qanday amalga oshirilayoganligi 1993-yilning aprel oyida koʻrib chiqilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 12-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
523-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-noyabrdagi 523-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatining
TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Rahbariyat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qonunchilik boʻyicha boshqarma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Iqtisodiy islohot boʻyicha qonunchilik va nopmativ hujjatlar loyihalarini tayyoplash va huquqiy ekspeptiza qilish boshqarmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Fuqarolarga huquqiy yopdam koʻpsatish boshqarmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Jamoat birlashmalari boʻyicha boshqarma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Xalq xoʻjaligidagi huquqiy ishlar boshqarmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Sudlar faoliyatini tashkiliy taʼminlash boshqarmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Kadplar boshqarmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ishlar boshqarmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10.Huquqiy siyosatni va xalqaro-huquqiy aloqalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Markaziy buxgaltepiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Moliya-xoʻjalik boshqarmasi
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-yanvardagi 27-son qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 12-noyabrdagi 523-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi haqidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) — ijroiya hokimiyatning respublika organi hisoblanadi, oʻz faoliyatiga koʻra bevosita Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentiga boʻysunadi va maqomiga koʻra Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik tizimiga: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining adliya boshqarmalari, notariat, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish muassasalari, Toshkent sud ekspertiza ilmiy-tadqiqot instituti, qonunchilik muammolarini tadqiq qilish instituti, Toshkent davlat yuridik instituti, Toshkent yuridik kolleji, nashriyot, “Adolat” xoʻjalik hisobidagi huquqiy yordam koʻrsatish markazi kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq sudlarni (bu yerda va bundan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudidan tashqari) tashkiliy jihatdan taʼminlashni va advokaturaga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga va boshqa qonunchilik aktlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Adliya idoralari, muassasalari va sudlarni moddiy-texnik taʼminlash, shuningdek, adliya tizimi va sudlarning xodimlari mehnatiga haq toʻlash uchun Vazirlikka ajratiladigan pul doirasida respublika budjeti hamda Adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan va oʻzining toʻliq nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlik “Hayot va qonun” — “Jizn i zakon” jurnalini oʻzbek va rus tillarida nashr etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. VAZIRLIKNING VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlikning asosiy vazifalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) adliya idoralari, sudlar, davlat organlari va respublikaning oʻzini oʻzi boshqaruvchi mahalliy organlarining huquqiy siyosat sohasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirish va axborot bilan taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) iqtisodiy islohot boʻyicha qonunchilik va nopmativ hujjatlar loyihalarini tayyoplash va huquqiy ekspeptiza qilish, pespublikaning qonunchilik va boshqa nopmativ hujjatlarini tayyoplashda qatnashish, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Ppezidentining farmonlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroplarini tartibga solish va kodifikatsiya qilish;
(“b” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-yanvardagi 27-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlar va xususiy mulk egalarining huquqlariga rioya etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining soʻzsiz bajarilishini nazorat qilish;
(“b” kichik band ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 27-apreldagi 152-son qarori bilan toʻldirilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) fuqarolarning jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek, ularning ustavlarga qanday rioya qilayotganliklari ustidan nazoratni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditoplik faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik birlashmalari, aksioneplik jamiyatlari, birjalar, kopxonalarning ustavlarini davlat poʻyxatidan oʻtkazish va ular oʻz ustavlariga pioya etishlari ustidan nazopatni amalga oshirish;
(“v” kichik band ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-yanvardagi 27-son qarori bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
(“g” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 2-martdagi 76-son qarori bilan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining umumiy majburiy tusdagi meʼyoriy hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) fuqarolarga va yuridik shaxslarga yordam koʻrsatish bilan bogʻliq tadbirkorlik faoliyatini litsenziyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining yuridik xizmatlariga uslubiy yordam koʻrsatish, ushbu organlarning, shuningdek, ularga qarashli korxonalar, respublika muassasalari va idoralarining tashqi iqtisodiy faoliyatlarini huquqiy taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) Oʻzbekiston Respublikasining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tomonlardan biri Oʻzbekiston Respublikasi boʻlib hisoblanganda boshqa respublikalar, xorijiy davlatlar sudlarida nizolar koʻrib chiqilayotganda vakillik qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishlari prinsiplariga qatʼiy amal qilgan holda sudlar faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlari va davlat boshqaruvi organlarining yuridik kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlash va ular bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l) yuridik umumiy majburiy taʼlimni tashkil etish, Toshkent sud ekspertiza ilmiy-tadqiqot institutining, qonunchilik muammolarini tadqiq qilish institutining, Toshkent davlat yuridik institutining, Toshkent yuridik kollejining va tizimning boshqa oʻquv muassasalarining faoliyatini takomillashtirish, huquqiy fanlarni rivojlantirishga va ularning yutuqlaridan Oʻzbekiston Respublikasining davlat, xoʻjalik va madaniy qurilishida foydalanishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
m) Vazirlik tizimi xodimlariga zarur mehnat va dam olish sharoitlari yaratib berish toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik koʻrsatish hisoblanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-yanvardagi 27-son qaroriga muvofiq “g” — “l” kichik bandlari tegishli ravishda “d” — “m” kichik bandlari deb hisoblangan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlik oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) huquqiy siyosatni oʻtkazish boʻyicha respublika muvofiqlashtirish Kengashining faoliyatiga rahbarlik qilishni amalga oshiradi, boshqa huquqni muhofaza qilish organlari va davlat boshqaruvi organlari ishtirokida respublikada qonunchilik jarayonini, qonuniylikni va huquq targʻibot mustahkamlanishini taʼminlash, shuningdek, huquqiy umumiy taʼlimni kompleks davlat dasturi boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarning uzoq muddatli rejalarini ishlab chiqadi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) barcha davlat va boshqa organlardan huquqiy statistika maʼlumotlarini talab qilib oladi, Ushbu masalalar boʻyicha statistik hisobotning yuritilishiga va tahlil qilinishiga uslubiy rahbarlik qilishni taʼminlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini fuqarolarning huquqiy himoya qilinganligi va ularga yuridik yordam koʻrsatishning ahvoli toʻgʻrisida xabardor qilib turadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari boʻyicha va oʻz tashabbuslariga koʻra qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy aktlarning loyihalarini ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun tegishli organlarga kiritadi, yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarning loyihalari yuzasidan yuridik xulosalar beradi, respublika qonunchiligini tartibga solish boʻyicha ishlarni olib boradi, ularga oʻzgarishlar yoki qoʻshimchalar kiritishga oid takliflarni tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasi bilan doimiy amaliy aloqada boʻladi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan qonun loyihalarining oʻtishiga koʻmaklashadi, buning uchun deputatlar oʻrtasida zarur tushuntirish ishlarini olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) jamoat birlashmalari ustavlarining, respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining fuqarolar va respublikaning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi meʼyoriy-huquqiy aktlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va boshqa qonunlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar beradi, ular asosida ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomonlardan biri Oʻzbekiston Respublikasi hisoblangan xalqaro-huquqiy tusdagi hujjatlar boʻyicha yupidik xulosa bepadi;
(“d” kichik band ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-yanvardagi 27-son qarori bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) tadbirkorlar va xususiy mulk egalarining huquqlariga rioya etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligining soʻzsiz bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining bajarilishini taʼminlash va buzilishining oldini olishga doir shoshilinch chora-tadbirlar koʻradi;
(“e” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 27-apreldagi 152-son qarori bilan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) fuqarolarga va yuridik shaxslarga huquqiy yordam berish bilan bogʻliq tadbirkorlik faoliyati uchun litsenziya (ruxsatnoma) beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) xalq xoʻjaligida huquqiy ishlarni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, uni yaxshilash yuzasidan tavsiyanomalar ishlab chiqadi, ishlarning qoʻyilishi amaliyotini tekshiradi va tahlil qiladi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning yuridik xizmatlarining ijobiy ish tajribalari joriy qilinishi chora-tadbirlarini koʻradi, ularning tashqi iqtisodiy faoliyatlarini huquqiy taʼminlashni amalga oshiradi, yuriskonsultlarning malakasini oshirish toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) oʻz huquq doirasida boshqa respublikalarning, xorijiy davlatlarning tegishli yuridik organlari bilan, shuningdek, xalqaro yuridik tashkilotlar bilan ishlarni muvofiqlashtirish, huquqiy yordam koʻrsatish va hamkorlik qilish toʻgʻrisida shartnomalar yoki bitimlar tuzadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) Oʻzbekiston Respublikasining, Prezidentning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilishni, shu jumladan, sudda himoya qilishni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l) sudlarni tashkil etish (joylashtirish, tuzilish, shtatlar) masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va ularni belgilangan tartibda tegishli organlarga kiritadi, belgilangan tartibda sudyalarni tayyorlashni, tanlashni va lavozimga taqdim etishni va respublika sudlarining xalq maslahatchilari saylovini oʻtkazishni amalga oshiradi; sudyalarning mustahkamligini mustahkamlash, odil sudlovlarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻradi, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi sudlari sudyalarining konferensiyalarini chaqiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
m) respublika sudlarining tashkiliy faoliyatini oʻrganadi va umumlashtiradi, ularni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning qarorlarini, ajrimlarini, jinoiy ishlarning mulkiy jazo berish qismi boʻyicha sudlarning hukmlari, jarimalari va qarorlarini, shuningdek, ijro etilishi sud ijrochilariga yuklatilgan boshqa organlarning qarorlarini ijro etish ishlarini tashkil etadi va nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
n) adliya idoralari, sudlar va davlat boshqaruv organlarining huquqiy statistikasini yuritish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtiradi va umumlashtiradi, tegishli statistika umumlashtirishlarni tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o) notariat va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish idoralarini tashkil etadi va ular faoliyatiga rahbarlik qiladi, ularning ishini tekshiradi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, fuqarolarga huquqiy xizmat koʻrsatish darajasini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi; amalga oshirilgan notarial harakatlar va fuqarolik holati dalolatnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish statistikasini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
p) amaldagi qonunchilik bilan belgilangan doirada va tartibda respublika advokatura muassasalari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi; advokatlar hayʼati orqali fuqarolarga va tashkilotlarga yuridik yordam koʻrsatishni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
r) davlat organlari va jamoat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini targʻib qilish va tushuntirish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtiradi, tizimning oʻquv muassasalariga rahbarlikni amalga oshiradi, huquqiy axborot sohasida texnik siyosatni ishlab chiqadi va hayotga tadbiq qiladi, huquqni amalga oshirish muammolarini tadqiq etadi, uni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi, huquq va odil sudlov masalalari yuzasidan jamoatchilik fikrini oʻrganadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
s) kriminalogiya, kriminalistika va sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etadi; Toshkent sud ekspertizasi ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatiga rahbarlik qiladi, huquq fanlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha ilmiy-amaliy konferensiyalar va kengashlar tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
t) adliya muassasalari organlari va sud kadrlari rezervini yaratadi, ularni tayyorlashni tashkil etadi, kadrlarni tanlashni amalga oshiradi va belgilangan tartibda ularni joy-joyiga qoʻyishda qatnashadi, ularni qayta tayyorlashni uyushtiradi, qonunchilik muammolarini tadqiq qilish institutiga rahbarlik qiladi, bunda institutda Vazirlik tizimi, deputatlar korpusi, shuningdek, ijroiya hokimiyat mahalliy organlari va xoʻjalik tashkilotlari xodimlarining samarali oʻqitilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
u) davlat organlarining yuridik kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlaydi, ularni Toshkent davlat yuridik institutida, Toshkent yuridik kollejida va Vazirlik tizimining boshqa oʻquv muassasalarida tayyorlash ishlarini tashkil etadi va rahbarlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
f) respublika oliy va oʻrta oʻquv muassasalari talabalari va oʻquvchilari uchun yuridik darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarining rejalarini ishlab chiqadi, shuningdek, ularni hamda kodekslar, meʼyoriy aktlar toʻplamlari, ilmiy-ommabop va boshqa yuridik adabiyotlarni nashr etishni tashkil qiladi; adliya idoralari muassasalari va sudlarni qonunchilik materiallari bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
x) fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vazirlikda va unga qarashli organlarda va sudlarda ishning tashkil etilishi bilan bogʻliq xatlari, arizalari, shikoyatlarni koʻrib chiqishni tashkil etadi va ularda qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ts) adliya tizimi va sud xodimlarini moddiy va ijtimoiy taʼminlash toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqadi; respublika adliya idoralari, muassasalarining va sudlarning moddiy-texnika taʼminotini tashkil etadi, sudlar, notarial idoralar, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish boʻlimlari va boshqa adliya muassasalari binolarining kapital qurilishini amalga oshirish hamda ularni tuzatish chora-tadbirlarini koʻradi; ijroiya hokimiyatining mahalliy organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ch) belgilangan tartibda oʻziga qarashli organlarni va respublika sudlarini moliyaviy taʼminlashni amalga oshiradi; adliya tizimida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi va nazorat qiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 27-apreldagi 152-son qaroriga muvofiq “e” — “ts” kichik bandlari tegishli ravishda “j” — “ch” kichik bandlari deb hisoblangan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. ADLIYA VAZIRLIGINING HUQUQLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Adliya vazirligi oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) boshqa respublikalar va xorijiy davlatlarning sudlarida Oʻzbekiston Respublikasining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor huquqiy nizolar boʻyicha daʼvogar va javob beruvchi vakil sifatida ish koʻrish, buning uchun zarur boʻlgan maʼlumotnomalar va hujjatlar bilan tanishish va ularni respublikaning barcha davlat organlari va jamoat tashkilotlaridan olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, davlat xizmatlari, jamoat tashkilotlari, ilmiy muassasalar va oʻquv yurtlaridan qonunchilik aktlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari yuzasidan xulosalar olish va koʻrsatilgan organlarning rahbarlari bilan kelishgan holda ushbu loyihalarni tayyorlash boʻyicha komissiya (ishchi guruhlari) tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini qoʻyish va ularni koʻrib chiqish uchun respublika sudlari sudyalarining malaka hayʼatlariga berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) adliya idoralari, muassasalari, sudlarning rahbarlari va mutaxassislarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining koʻrib chiqishi uchun qonunchilikni qoʻllash masalalari boʻyicha takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) tadbirkorlar va xususiy mulk egalari huquqlariga rioya etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining barcha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, ijro etuvchi hokimiyat mahalliy organlari, mulkchilikning barcha shakllaridagi muassasalar, korxonalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar tomonidan soʻzsiz bajarilishini tekshirish. Ulardan tegishli hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishni talab qilish, koʻrsatib oʻtilgan organlar va korxonalarning rahbarlariga aniqlangan qonunchilik buzilishlarini, qonun buzilishlarining sabablarini va ularga yoʻl ochib beradigan shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida oʻn besh kun muddatda bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish, tadbirkorlar va xususiy mulk egalari huquqlariga rioya etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligini buzayotgan shaxslarni belgilangan javobgarlikka tortish uchun yuqori yoki sud organlariga murojaat qilish;
(“e” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 27-apreldagi 152-son qarori bilan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idopalar, ijpo etuvchi hokimiyat mahalliy opganlarida, mulkchilikning barcha shakllaridagi kopxonalar va tashkilotlarda huquqiy ishlarning ahvolini va ularning yupidik xizmatlarining faoliyatini, shuningdek, xoʻjalik birlashmalari, aksioneplik jamiyatlari, birjalar, auditoplik firmalarining Adliya vazirligida poʻyxatga olingan ustavlarga pioya etilishini tekshirish, ular tomonidan tegishli hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilishini talab etish, qayd etib oʻtilgan opganlar va kopxonalarning pahbarlariga aniqlangan qoida buzishlarni bir oy muddatda albatta bartaraf etish toʻgʻpisida takliflar kiritish, amaldagi qonunchilik ijpo etilmaganligi uchun mansabdop shaxslarni belgilangan javobgarlikka toptish yoki ularning aybi bilan davlatga yoki kopxonaga yetkazilgan moddiy zararni undirib olish uchun yuqopi opganlarga yoki sudga mupojaat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) fuqarolar jamoat birlashmalari ustavlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi, shuningdek, respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlarining fuqarolar va tashkilotlar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar tartibga solinadigan yoxud aholining muayyan toifasi yoki yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlariga boshqacha usulda daxl qilinadigan meʼyoriy aktlar loyihalarining Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq kelishi masalalarini hal etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) oʻz huquqi doirasida boshqa respublikalarning, xorijiy davlatlarning yuridik organlari bilan va xalqaro yuridik tashkilotlar bilan toʻgʻridan toʻgʻri aloqada boʻlish huquqiga egadir.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 27-apreldagi 152-son qaroriga muvofiq “e” - “z” kichik bandlari tegishli ravishda “j” — “i” kichik bandlari deb hisoblangan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. VAZIRLIK IShINI TAShKIL ETISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan, keyinchalik tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim etiladigan Vazir boshchilik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan oʻrinbosarlarga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir Vazirlik faoliyatiga rahbarlik qiladi, Vazirlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, oʻzining oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, Vazirlik faoliyatining ayrim uchastkalariga va Vazirlikka qarashli organlar ishiga rahbarlik qilish uchun ularning javobgarligi darajalarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Vazirlik huquq doirasiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha adliya organlari, muassasalari va sudlar ijro etishi majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar va yoʻriqnomalar chiqaradi, ushbu buyruqlar, farmoyishlar va yoʻriqnomalarning ijrosini tekshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlikning notarial harakatlarni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish, sud qarorlarini ijro etish, respublika xalq xoʻjaligidagi yuridik xizmatlarning huquqiy ishlarini va faoliyatini yaxshilash masalalari boʻyicha yoʻriqnomalari va koʻrsatmalari Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha vazirliklar, idoralar, ijroiya hokimiyat mahalliy organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, kooperativlar va fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar rahbarlari bilan birgalikda qoʻshma buyruqlar va yoʻriqnomalar chiqaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) oʻz huquq doirasida huquqiy masalalar boʻyicha boshqa respublikalar va xorijiy davlatlar bilan shartnomalar va bitimlarni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan xodimlar soni va ish haqi toʻlash fondi doirasida, Vazirlik markaziy apparati tarkibini belgilaydi va shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Vazirlik markaziy apparati boshqarmalari va boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek, oʻziga qarashli muassasalarning nizomlari (ustavlari)ni belgilangan tartibda tasdiqlaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Vazirlik markaziy apparatining, shuningdek, respublika adliya idoralari, muassasalari va sudlarining xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) respublika notariat va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish muassasalari tizimini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) tegishli davlat organlariga respublika adliya organlari va sudlarni tashkil etish hamda ularning xodimlari sonini belgilash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) sud kadrlarini tanlash, joy-joyiga qoʻyish, shuningdek, respublika sudlari sudyalarini chaqirib olish va muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish bilan bogʻliq masalalarni qonun bilan belgilangan tartibda hal qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) boshqarmalar va boʻlimlarning rahbarlarini, Vazirlik markaziy apparatining boshqa xodimlarini, adliya tizimiga kiruvchi oʻziga qarashli muassasalarning rahbarlarini ishga qabul qiladi va lavozimdan ozod qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari adliya boshqarmalarining tegishlicha rahbarlari lavozimlariga nomzodlar toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining Raisi bilan birgalikda respublika sudlari sudyalarini malaka attestatsiyasidan oʻtkazish va ularga malaka darajalari berish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
m) respublika adliya idoralari, muassasalari va sudlari xodimlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqadi; respublika sudlarining raislari va raislarining oʻrinbosarlari hamda sudyalariga nisbatan intizomiy ishlarni koʻzgʻatadi, Vazirlikning, oʻziga qarashli muassasalarning, notariat va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish idoralarining xodimlariga, shuningdek, sud ijrochilariga intizomiy jazo beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlikda tarkibida Vazir (rais), Vazirning (lavozimlari boʻyicha) oʻrinbosarlari va Vazirlikning boshqa xodimlaridan iborat hayʼat tuziladi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Vazirning taklifiga koʻra hayʼatning miqdoriy va shaxsiy tarkibini tasdiqlaydi, Vazir hayʼat majlislarini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik hayʼati Vazirlik faoliyatining asosiy masalalarini koʻrib chiqadi, Vazirlik boshqarmalari va boʻlimlari, oʻziga qarashli organlar rahbarlarining hisobotlarini va Oʻzbekiston Respublikasi sudlari raislarining ularning ishlarini tashkil etish masalalari boʻyicha axborotlarini eshitadi, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, oʻqitish va tarbiyalash, qarorlar ijrosini tekshirish, Vazirlikning eng muhim buyruqlari va boshqa aktlari loyihalarini, shuningdek, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, ijroiya hokimiyat mahalliy organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va kooperativlarning, ularning rahbarlarini taklif etgan holda, huquqiy ishlari va yuridik xizmatlari faoliyatining ahvolini tekshirish yakunlarini muhokama qiladi. Hayʼatning qarorlari, odatda, Vazirning buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-martdagi 147-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan —Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 5-6-son, 54-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-noyabrdagi 523-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA IDORALARI VA DAVLAT NOTARIATI XODIMLARINING MARTABA DARAJALARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi adliya idoralari va davlat notariati xodimlariga maxsus unvonlar — martaba darajalari berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya idoralari va davlat notariati xodimlarining maxsus unvonlari quyidagi martaba darajalaridan iborat boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-darajali davlat adliya maslahatchisi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-darajali davlat adliya maslahatchisi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-darajali davlat adliya maslahatchisi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-darajali adliya maslahatchisi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-darajali adliya maslahatchisi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-darajali adliya maslahatchisi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-darajali yurist
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-darajali yurist
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-darajali yurist
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya idoralari va davlat notariati xodimlariga martaba darajalari ijobiy attestatsiya, malakasiga muvofiq oliy yuridik maʼlumot mavjud boʻlgan taqdirda, egallab turgan lavozimi va ish stajiga, shuningdek, oldingi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlarni hisobga olgan holda navbati bilan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilarga martaba darajalari beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi‎ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziriga ‎
1-darajali davlat adliya maslahatchisi ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi oʻrinbosariga‎
2-darajali davlat adliya maslahatchisi ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosarlariga‎
3-darajali davlat adliya maslahatchisi ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hayʼati aʼzolari boʻlgan boshqarma boshliqlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vaziriga; Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalari boshliqlariga;‎
1-darajali adliya maslahatchisi ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining mustaqil boshqarmalari va boʻlimlari boshliqlariga; viloyat hokimliklari adliya boshqarmalari boshliqlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirining hamda Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklarining adliya boshqarmalari boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlariga;‎
2-darajali adliya maslahatchisi‎ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshliqlarining oʻrinbosarlariga, boshqarma boʻlimlari b�shliqlariga; viloyatlar hokimliklari adliya boshqarmalari boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirining hamda Toshkent viloyat va Toshkent shahar hokimliklari boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlariga‎
3-darajali adliya maslahatchisi‎ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining bosh konsultantlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalari boʻlimlarining boshliqlariga; viloyatlar hokimliklari adliya boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlariga va adliya boshqarmalari boʻlimlariiing boshliqlariga;‎
1-darajali yurist ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yetakchi konsultantlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining, Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalarining bosh konsultantlariga;‎ viloyat markazlari birinchi davlat notarial idoralarining katta notariuslariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar birinchi davlat notarial idoralarining katta davlat notariuslarining oʻrinbosarlariga; Toshkent shahar nohiyalari birinchi davlat notarial idoralarining katta davlat notariuslariga;
2-darajali yurist ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining katta konsultantlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalarining yetakchi konsultantlariga; davlat notarial idoralarining katta davlat notariuslariga;‎
3-darajali yurist ‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalarining katta konsultantlari va konsultantlariga; davlat notarial idoralarining davlat notariuslariga‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi, 1, 2 va 3-darajali davlat adliya maslahatchilarining martaba darajalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1, 2 va 3-darajali adliya maslahatchisi, shuningdek, 1, 2 va 3-darajali yurist martaba darajalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Har bir martaba darajasida boʻlish muddati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3, 2, 1-darajali yuristlar uchun — 2,5 yilni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3, 2, 1-darajali adliya maslahatchilari uchun — 4 yilni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3, 2, 1-darajali davlat adliya maslahatchisi martabasida boʻlish muddati belgilanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi adliya idoralari va davlat notariati xodimlariga 1-darajali davlat adliya maslahatchisi martabasini oʻz ichiga olgan holda ana shu martabagacha egallab turgan lavozimi boʻyicha nazarda tutilganidan qatʼi nazar ketma-ketlikka va martabada boʻlish muddatiga rioya qilmagan holda martaba darajasi berishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ishda alohida oʻrnak koʻrsatganligi yoki xizmat burchini namunali ijro etganligi uchun oldingi martaba darajasida xizmat qilishning belgilangan muddati tamom boʻlgunga qadar martaba darajasi berishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ketma-ketlikka rioya qilmagan holda xodim yuqori lavozimga koʻtarilayotganda boʻlgan martabadan ikki daraja yuqori boʻlmagan martaba darajasi berishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) birinchi marta attestatsiyadan oʻtayotgan xodimlarga ular egallab turgan lavozim boʻyicha nazarda tutilganidan bir daraja past martaba darajalari berishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Yuridik ish tajribasiga ega boʻlmagan shaxslarga martaba darajasi lavozimga tayinlangandan 6 oy oʻtgandan keyin, yosh mutaxassislarga esa — stajirovka muddati tamom boʻlib, lavozimga tayinlangach beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Adliya idoralari va davlat notariatining bir martaba darajasi belgilangan muddatda xizmat qilgan, lekin xizmat faoliyatida yoki xulq-atvorida jiddiy kamchiliklarga ega boʻlgan xodimlariga navbatdagi martaba darajasi berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Martaba darajalari berilgan xodimlar ularda umrlarining oxirigacha boʻladilar hamda faqat Oʻzbekiston Respublikasi adliya idoralari va davlat notariatida ishlash bilan muvofiq kelmaydigan xatti-harakatlari uchun ishdan boʻshatilgan taqdirda ulardan mahrum boʻlishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Xizmat burchini qoʻpol ravishda buzganligi, badnom qiluvchi nojoʻya ish qilganligi yoki xizmat vazifalarini muntazam ravishda yetarlicha bajarmaganligi uchun xodimning martabasi pasaytirilishi mumkin, lekin u ega boʻlgan martaba darajasidan ikki daraja past boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Martaba darajasidan mahrum qilish yoki uni pasaytirish 3-darajali davlat adliya maslahatchisidan past boʻlmagan martabaga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, boshqa shaxslar uchun esa — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi adliya idoralari va davlat notariati xodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Adliya idoralari va davlat notariatining martaba darajalariga ega boʻlgan xodimlarining lavozim maoshlariga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda qoʻshimcha haq toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻzbekiston Respublikasi adliya idoralari va davlat notariatining martaba darajalariga ega boʻlgan xodimlarini farqlash belgilari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 9-iyuldagi 343-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 12-noyabrdagi 523-son qaroriga
6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Malaka darajalari uchun sudyalarning lavozim maoshlariga qoʻshiladigan
QOʻShIMChA HAQ MIQDORLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Oylik qoʻshimcha haq miqdorlari

Oliy malakali sudya 1000
Birinchi malakali sudya 900
Ikkinchi malakali sudya 800
Uchinchi malakali sudya 700
Toʻrtinchi malakali sudya 600
Beshinchi malakali sudya 500
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1992-y., 11-son, 32-modda; 1994-yil., 1-son, 3-modda; 1995-y.,3-son, 8-modda; 4-son, 16-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 44-modda; 5-6-son, 54-modda; 7-8-son, 66-modda; 15-16-son, 138-modda; 2011-y., 14-son, 134-modda; 2012-y., 37-son, 429-modda)