Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2022 14.09.1995 yildagi 359-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2022
Hujjat 14.09.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ ORGANLARINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASh VA UNING XODIMLARINI IJTIMOIY HIMOYA QILIShNI KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli “Yaratilgan yangi ish oʻrinlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-martdagi 114-son qarorining respublika soliq organlarining moddiy-texnika taʼminotiga oid qismini bajarish boʻyicha yetarlicha ish olib bormayotganliklari qayd etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda 1-ilovaga* muvofiq davlat soliq organlarini joylashtirish uchun tegishli binolar ajratilishi toʻgʻrisidagi masalani belgilangan tartibda hal etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari koʻrsatib oʻtilgan bandning bajarilishi toʻgʻrisida 1996-yil 1-yanvargacha axborot bersinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti loyihasini tuzishda hisoblash, nusxa koʻchirish-koʻpaytirish va bosish texnikasi sotib olish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq va bojxona organlari tizimi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga oid tadbirlarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun 1996-yildan boshlab maqsadli mablagʻlar ajratilishini 2 — 4-ilovalarga* muvofiq nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1 — 4-ilovalar berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 1996-yilga investitsiya dasturini shakllantirishda tuman soliq inspeksiyalarini joylashtirish uchun bir xildagi binolar qurilishini nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi 1995-yilda soliq organlari ishining oʻziga xos sharoitlarini hisobga olgan holda bir xildagi binolar loyihalarini ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 1995/1996 oʻquv yilidan boshlab maktab, hunar-texnika, oʻrta maxsus va oliy taʼlim oʻquv rejalari va dasturlariga soliq qonunchiligi asoslari boʻyicha kurs yoki fakultativ kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilab qoʻyilsinki, soliq organlari xodimlarining lavozim maoshlariga maxsus shaxsiy unvonlar uchun qoʻshimcha haq Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 20-oktabrdagi 483-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan koeffitsiyentlar boʻyicha lavozim maoshidan kelib chiqib toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Davlat soliq qoʻmitasi huzurida soliq va bojxona organlarini avtomatlashtirishni dasturiy taʼminlashni ishlab chiqish uchun xoʻjalik hisobidagi “Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi” tashkil etish, shuningdek uni maʼlumotlarni berish milliy axborot-hisoblash tarmogʻining kichik tizimini yaratish maqsadida davlat muassasalari va banklarning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bilan integratsiyalashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bir oy muddatda xoʻjalik hisobidagi “Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi” Ustavini, soliq va bojxona organlarining mahalliy, mintaqaviy va boshqa axborot-hisoblash tarmoqlarini tashkil etish, joriy etish va foydalanish tartibi va qoidalari hamda ularning davlat muassasalari va banklarning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bilan oʻzaro hamkorligi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi va Adliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi soliq organlarining soliqlar toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish ishi samaradorligini oshirish hamda soliq toʻlovchilarning toʻliq hisobga olinishi hamda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning budjetga oʻz vaqtida tushishini taʼminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1995-yil 14-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
359-son