1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.11 Nafaqalarni tayinlash, qayta hisoblash va toʻlash. Boshqa masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 4-avgustdagi PQ-4797-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 09/21/654/0981-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-aprelga qadar har bir mahallaning ID identifikatsiya raqami va hududiy chegarasi koʻrsatilgan yagona elektron maʼlumotlar bazasini ishlab chiqib, joriy etsin va uning “Yagona reyestr” ATga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2021-yil 1-aprelga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, tizimida umumtaʼlim tashkilotlari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat va nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida oʻquvchilar boʻyicha tegishli maʼlumotlarni oʻz ichiga oladigan yagona elektron maʼlumotlar bazasini ishlab chiqib, joriy etsin va uning “Yagona reyestr” AT bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda ushbu yagona elektron maʼlumotlar bazasining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — JSHSHIR) maʼlumotlar bazasi bilan bogʻlanishini toʻliq yakunlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-onalar hamda vasiylikka va homiylikka olingan bolalar va oilaga tarbiyaga berilgan (patronat) bolalar boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini ishlab chiqib, joriy etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2021-yil 1-apreldan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga vasiylikka va homiylikka olingan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni idoralararo elektron maʼlumotlar almashinuvi orqali taqdim etishni taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va nodavlat umumtaʼlim tashkilotlariga oʻquvchini oʻqishga qabul qilishdan boshlab bitirgunga qadar (oʻqishga qabul qilish, sinfdan sinfga oʻtkazish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishni tugatish va boshqalar) tegishli buyruqlar va boshqa hujjatlar faqat yagona elektron maʼlumotlar bazasida shakllantirilishini va rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamentiga 2021-yil 1-apreldan boshlab ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-onalar va ularning bolalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga idoralararo elektron maʼlumotlar almashinuvi orqali taqdim etilishini yoʻlga qoʻyish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi 2021-yil 1-aprelga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tizimida maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar boʻyicha tegishli maʼlumotlarni oʻz ichiga oladigan yagona elektron axborot tizimini ishlab chiqib, joriy etsin hamda uning “Yagona reyestr” AT bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu tizimga davlat, nodavlat va davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan maʼlumotlar doimiy ravishda kiritib borilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda ushbu yagona elektron axborot tizimini JSHSHIR maʼlumotlar bazasi bilan bogʻlanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida oliy taʼlim tashkilotlari, kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar, akademik litseylar mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-aprelga qadar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari, kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar, akademik litseylarning talaba (oʻquvchi)lari toʻgʻrisida hamda ularning oʻqish jarayoniga tegishli boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga oladigan yagona elektron maʼlumotlar bazasining shakllantirilishini yakunlasin va “Yagona reyestr” AT bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-apreldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari, kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar, akademik litseylarning talaba (oʻquvchi)larini oʻqishga qabul qilishdan boshlab taʼlim tashkilotini bitirguniga qadar (oʻqishga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, akademik taʼtil berish, talabalar safidan chiqarish va boshqalar) ushbu taʼlim tashkilotlarining tegishli buyruqlari va boshqa hujjatlari faqat yagona elektron maʼlumotlar bazasida shakllantirilishini va rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi 2021-yil 1-aprelga qadar oʻz axborot tizimlarining oʻzaro integratsiyasini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-aprelga qadar barcha jismoniy shaxslarga JSHSHIR biriktirilishini hamda ushbu maʼlumotlarning Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya qilinishini toʻliq yakunlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2021-yil 1-aprelga qadar jismoniy shaxslarning avtotransport vositalarini sozligi yoki nosozligi boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini ishlab chiqib, joriy etsin va “Yagona reyestr” AT axborot tizimi bilan maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻysin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimidagi idoralararo elektron oʻzaro axborot almashinuvi doirasidagi maʼlumotlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “Yagona reyestr” AT Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va YUNISEFning Oʻzbekistondagi Vakolatxonasi qoʻshma ish rejasi asosida YUNISEFning Oʻzbekistondagi Vakolatxonasi tomonidan berilgan grantlar hamda Jahon bankining kreditlari, shuningdek, ularning texnik va ekspert jihatidan qoʻllab-quvvatlashi hisobidan ishlab chiqilishi va joriy etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “Yagona reyestr” ATni ishlab chiqish uchun YUNISEFning Oʻzbekistondagi Vakolatxonasi tomonidan “Development Pathways” ixtisoslashtirilgan xalqaro kompaniya bilan shartnoma tuzilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyuldagi PF-6038-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida 2020-yil sentabr — dekabr va 2021-yil yanvar oylarida mehnatga layoqatli ishsiz aʼzosi mavjud boʻlganligi sababli ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash boʻyicha rad etilgan murojaatlar avval taqdim etilgan arizalar asosida oila aʼzosini tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritish va boshqa ish bilan band boʻlganligini avtomatik ravishda belgilash orqali qayta koʻrib chiqilib, ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlanganligi, shuningdek, bola ikki yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa olishga taqdim etilgan arizalar 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa tayinlashga oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yagona reyestr” ATni “Development Pathways” ixtisoslashtirilgan xalqaro kompaniyadan 2021-yilning yakuniga qadar bosqichma-bosqich begʻaraz qabul qilib olish, keyinchalik uning texnik jihatdan faoliyatini taʼminlash va doimiy takomillashtirib borish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Axborot-hisoblash markazi tomonidan amalga oshirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yagona reyestr” AT imkoniyatlarini metodik jihatdan doimiy ravishda takomillashtirib borish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi) tomonidan amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, “Yagona reyestr” AT Pensiya jamgʻarmasi foydalanuvchisi hisoblanadi.
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 09/21/654/0981-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam oluvchi oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini “Yagona reyestr” AT orqali muntazam ravishda tahlil qilsin, zarur hollarda, oilalarni kam taʼminlangan deb eʼtirof etish mezonlarini qayta koʻrib chiqish va ularga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam oluvchi oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati boʻyicha hududlar va tuman (shahar)lar kesimidagi tahlillar asosida ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarini hududlar va tuman (shahar) mahalliy budjetlari kesimida rejalashtirish mexanizmini takomillashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-apreldagi 308-son qarori bilan tasdiqlangan Sirdaryo viloyatining kam taʼminlangan oilalariga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomning 48-bandidagi “2020-yil 1-oktabrgacha” soʻzlari “2021-yil 1-aprelgacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2021-yil 1-apreldan eʼtiboran oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 5-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 09/21/654/0981-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-martdagi 122-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimidagi idoralararo elektron oʻzaro axborot almashinuvi doirasidagi maʼlumotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Tashkilot nomi
Talab etiladigan maʼlumotlar
I. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar boʻyicha
1.
Moliya vazirligi
1. Mahalliy budjetda va boshqa manbalarda ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam xarajatlari uchun nazarda tutilgan mablagʻlarning rejasi toʻgʻrisida maʼlumot.
2. Davlat oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga toʻlangan stipendiyalar.
3. Qimmatli qogʻozlar, qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar, dividendlar olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
4. Jazoni ijro etish muassasalaridan chiqqan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish uchun beriladigan bir martalik nafaqalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
5. Kam taʼminlangan oila yoki oila aʼzosi sifatida roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot.
2.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
1. Mehnat organlariga murojaat qiluvchilar (ishsiz, ish izlovchi, ishsizlik nafaqasi va boshqalar) toʻgʻrisida maʼlumot.
2. Jamoat ishlarida qatnashganlar va ularga toʻlangan oylik ish haqi toʻgʻrisida maʼlumot.
3. Fuqarolarga vazirlik tizimidagi jamgʻarmalar tomonidan berilgan subsidiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumot.
4. Tashkillashtirilgan holda chet elga vaqtincha ishga yuborilganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
3.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Bepul tibbiy xizmatlar olish uchun berilgan orderlar.
4.
Ichki ishlar vazirligi
1. Jismoniy shaxslarning mulkida boʻlgan yoki bosh ishonchnoma asosida foydalanilayotgan avtotransport vositasi (ishlab chiqarilgan sana, turi, markasi, texnik holati va boshqalar) toʻgʻrisida maʼlumot.
2. Jazoni ijro etish muassasalarida boʻlgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot.
3. Fuqarolarga berilgan pasportlar toʻgʻrisida maʼlumot.
4. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga berilgan yashash guvohnomalari boʻyicha maʼlumot.
5.
Ichki ishlar vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya-larini rivojlantirish vazirligi
Ariza beruvchi va uning oila aʼzolarining doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxati, shu jumladan, vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida maʼlumot.
6.
Maktabgacha taʼlim vazirligi
1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumot.
2. Kam taʼminlangan oilalarning aʼzolariga koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatlar (ota-onalar toʻlovi boʻyicha imtiyozlar va boshqalar) toʻgʻrisida maʼlumot.
7.
Xalq taʼlimi vazirligi
1. Vasiylikka va homiylikka olingan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumot.
2. Kam taʼminlangan oilalarning aʼzolariga koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatlar (bepul qishki kiyim-bosh, darsliklar toʻplami, ota-onalar toʻlovida imtiyozlar va boshqalar) toʻgʻrisida maʼlumot.
3. Mexribonlik uylarida tarbiyalanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Talaba (tinglovchi)lar (taʼlim tashkiloti, oʻqish shakli, oʻqish turi, taʼlim kursi, yoʻnalishi va boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
9.
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (ID-raqamlari, nomlanishi, chegaralari, koʻchalari va boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
10.
Transport vazirligi
1. Fuqarolarning ayrim toifalariga transport (shahar, havo, temir yoʻl)da imtiyozli yurish boʻyicha berilgan imtiyozlar toʻgʻrisida maʼlumot.
2. Yoʻlovchi tashish xizmati bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslar tomonidan litsenziyalar berilgan avtotransport vositalari va ularning egalari toʻgʻrisida maʼlumot.
11.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga berilgan subsidiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumot.
12.
Davlat soliq qoʻmitasi
1. Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar, mulkiy daromadlar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan daromadlar.
2. Jismoniy shaxsning yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi maqomi va toʻlangan qatʼiy soliq summasi.
3. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar va toʻlangan ijtimoiy soliq toʻgʻrisida maʼlumot.
4. Korxonalarning taʼsischilari va taʼsis etilgan korxonaning ustav fondidagi ulushi toʻgʻrisidagi maʼlumot.
13.
Kadastr agentligi
1. Koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida maʼlumot.
2. Turar joyning yashash maydoni hamda tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaliklarining maydoni.
14.
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi***
1. Pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilar va ularga toʻlangan pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlar miqdorlari toʻgʻrisida maʼlumot.
2. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj 80 yoshga toʻlgan keksalarni yoki I guruh nogironligi boʻlgan shaxsni parvarish qilayotganlar shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot.
15.
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi
1. Oila aʼzolarining fuqarolik holati toʻgʻrisida maʼlumot.
2. Oila tarkibi boʻyicha maʼlumotlar.
3. Qayd etilgan fuqarolik holatlari (tugʻilganlik, nikoh qayd etilganligi, vafot etganlik va boshqalar) toʻgʻrisidagi shu jumladan, chet elda qayd etilgan holatlar boʻyicha maʼlumotlar.
16.
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi
1. Nogironligi boʻlgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot.
2. Yakka-yolgʻiz shaxslarga ajratilgan bepul oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena vositalari toʻgʻrisida maʼlumot.
3. Bolalar uyi, “Muruvvat” va “Sahovat” internat uylarida tarbiyalanayotgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot.
17.
Markaziy bank
1. Jismoniy shaxslarning depozit hisobvaraqlaridagi mablagʻlar toʻgʻrisida maʼlumot.
2. Olingan pul oʻtkazmalari toʻgʻrisida maʼlumot.
3. “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kredit olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot.
18.
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi
Jismoniy shaxslar tomonidan toʻlangan va olingan alimentlar toʻgʻrisida maʼlumot.
19.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi
Ariza beruvchi va uning oila aʼzolariga biriktirilgan JSHSHIRlar toʻgʻrisida maʼlumot.
II. Boshqa tashkilotlar boʻyicha
20.
AT “Xalq banki”
1. Toʻlangan (toʻlanmagan) bolalar nafaqasi, moddiy yordam, toʻlanmasdan budjetga qaytarilgan mablagʻlar hamda hisobvaraqlardagi qoldiq mablagʻlar toʻgʻrisida maʼlumot.
2. Yangi ariza beruvchilarga va amaldagi nafaqa oluvchilar nomiga ochilgan plastik kartalar toʻgʻrisida.
3. Nafaqa va moddiy yordam uchun moliyalashtirilgan, toʻlangan va toʻlanmasdan tegishli mahalliy budjetga qaytarilgan mablagʻlar miqdorlari va nafaqa oluvchilar toʻgʻrisida maʼlumot.
21.
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa egalari kengashi
1. Aholining tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligi (hosildorlik darajasi (ball-boniteti), maydoni) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
2. Fuqarolarning yirik va mayda shoxli chorva mollari (shu jumladan, parrandalari) toʻgʻrisida maʼlumot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Real vaqt rejimida maʼlumotlar bazasiga kirish dasturiy kompleks va maʼlumotlar bazasi tuzilmasiga aralashish huquqisiz JSHSHIRga asosan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Oʻzbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari hamda kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar, akademik litseylar boʻyicha taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*** Pensiya jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtiriladigan pensiyalar. ijtimoiy nafaqalar kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlar boʻyicha maʼlumotlar taqdim etiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 09/21/654/0981-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-martdagi 122-son qaroriga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2498-son qarori)” 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga 1-ilovaning 45-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini idoralararo elektron oʻzaro hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-apreldagi 308-son qarorining 3-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari, shuningdek, qarorga 1 va 2-ilovalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 15-iyuldagi 588-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 120-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-son Farmoni)” 2020-yil 20-maydagi 307-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qaroriga 4-ilovaning 15-bandi va 74-bandining “a” kichik bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni)” 2020-yil 20-iyundagi 396-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2021-y., 09/21/122/0186-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 09/21/654/0981-son; 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 16.11.2023-y., 09/23/596/0856-son; 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)