02.03.2021 yildagi 114-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.03.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son Farmonining ijrosini taʼminlash, shuningdek, raqobat toʻgʻrisidagi qonun talablarining buzilish xavfining oldini olish va biznes yuritishning korporativ standartlarini joriy etishga oid samarali tizimni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son Farmoniga (keyingi oʻrinlarda — Farmon) muvofiq faoliyatning raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini taʼminlash, ularning buzilish xavfini aniqlash va oldini olish boʻyicha ichki tashkiliy tartib-taomillar tizimi (monopoliyaga qarshi komplayens):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-yanvardan tajriba (sinov) tariqasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hamda Farmonga 5-ilova bilan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan davlat ishtirokidagi korxonalarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-yanvardan tabiiy monopoliya subyektlari, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek, oxirgi uch yilda tovar sotishdan olingan jami tushumining oʻrtacha yillik miqdori 30 milliard soʻmdan oshadigan korporativ buyurtmachilarda joriy etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) monopoliyaga qarshi komplayens tizimi faoliyatning raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini taʼminlash, huquqbuzarliklar xavfini aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan ichki tashkiliy chora-tadbirlar va taomillarni oʻz ichiga oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) quyidagilar monopoliyaga qarshi komplayens tizimining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining ehtimoliy buzilish xavflarini aniqlash va baholash hamda uni boshqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini taʼminlash va monitoring qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining hamda ularning rahbarlari tomonidan oʻz vazifalarini bajarish jarayonida raqobatga zid xatti-harakatlar amalga oshirilishining oldini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini ishlash samaradorligini baholash va taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning xodimlarida raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining oldini olish va muntazam ravishda ushbu yoʻnalish boʻyicha ularning malakasini oshirish yuzasidan oʻqitish yoʻli bilan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga doir fikrlarini rivojlantirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga ichki muvofiqlikni taʼminlashni nazarda tutuvchi Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish va uning ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 2-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
114-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi 114-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish va uning ishlash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 6-iyuldagi PF–6019-son Farmonga 5-ilova bilan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan davlat ishtirokidagi korxonalar, tabiiy monopoliya subyektlari, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek oxirgi uch yilda tovar sotishdan olingan jami tushumining oʻrtacha yillik miqdori 30 milliard soʻmdan oshadigan korporativ buyurtmachilarda (keyingi oʻrinlarda — xoʻjalik yurituvchi subyektlar) monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish, uning faoliyat yuritish va monitoring qilish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopoliyaga qarshi kurashish organi — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopoliyaga qarshi komplayens — faoliyatning raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini taʼminlash, huquqbuzarliklar xavfini aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan ichki tashkiliy chora-tadbirlar va taomillar tizimi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopoliyaga qarshi komplayens toʻgʻrisidagi hisobot — davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga amal qilinishini tashkil etish haqidagi axborotni oʻz ichiga oladigan hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli shaxs (boʻlinma) — davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariga bevosita boʻysunadigan, monopoliyaga qarshi komplayens tizimini ishlab chiqish, joriy etish va uning tegishli monitoringini, shuningdek, faoliyatini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan alohida tarkibiy boʻlinma yoki shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdolar — tovar va xizmatlarni xarid qilish va sotish bilan bogʻliq boʻlgan taomillar, shu jumladan, elektron savdo taomillari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur nizom quyidagilar uchun tatbiq etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-yanvardan — tajriba (sinov) tariqasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son Farmonga 5-ilova bilan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan davlat ishtirokidagi korxonalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-yanvardan — tabiiy monopoliya subyektlari, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek oxirgi uch yilda tovar sotishdan olingan jami tushumining oʻrtacha yillik miqdori 30 milliard soʻmdan oshadigan korporativ buyurtmachilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar monopoliyaga qarshi komplayens tizimining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining ehtimoliy buzilish xavflarini aniqlash va baholash hamda uni boshqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini taʼminlash va monitoring qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining hamda ularning rahbarlari tomonidan oʻz vazifalarini bajarish jarayonida raqobatga zid xatti-harakatlar amalga oshirilishining oldini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini ishlash samaradorligini baholash va taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning xodimlarida raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining oldini olish va muntazam ravishda ushbu yoʻnalish boʻyicha ularning malakasini oshirish yuzasidan oʻqitish yoʻli bilan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga doir fikrlarini rivojlantirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish, uning faoliyat yuritishini taʼminlash va monitoring qilish maqsadida tashkiliy tuzilma, shtatdagi xodimlari soni va faoliyat xususiyatiga muvofiq vakolatli shaxs (boʻlinma) tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish, uning faoliyat yuritishini taʼminlash va monitoring qilish ichki audit xizmatiga yuklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini tashkil etish va uning ishlash samaradorligini baholash davlat boshqaruvi organlarida rahbar tomonidan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatda hokim tomonidan va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda ijro etuvchi organ yoki kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish va uning faoliyatini monitoring qilish vakolatli shaxsi (boʻlinmasi) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vakolatli shaxs (boʻlinma) quyidagilarni amalga oshiradi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishini monitoring qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyatga tegishli materiallarni tahlil qiladi (shu jumladan, raqobatni va (yoki) isteʼmolchilarning huquq va manfaatlarini cheklaydigan normalarni aniqlashga qaratilgan ichki hujjatlarni xatlovdan oʻtkazadi), aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan choralarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat cheklovlarini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan omillarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopoliyaga qarshi komplayens tizimining faoliyat yuritishi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha boshqa tuzilmaviy boʻlinmalar bilan oʻzaro aloqalarni muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilish bilan bogʻliq ichki oʻrganish ishlarini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopoliyaga qarshi kurashish organi bilan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi boʻyicha oʻzaro axborot almashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xavflarini kamaytirish maqsadida bir yilga moʻljallangan “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopoliyaga qarshi komplayens tizimini tashkil etish boʻyicha ichki nizom ishlab chiqadi hamda uning belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari oʻzgarishlarni monitoring qiladi, shuningdek, idoraviy hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xavflarini aniqlaydi, xavflar bilan bogʻliq holatlar hisobini yuritadi va yuzaga kelish ehtimolini belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida raqobat cheklovlarini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan manfaatlar toʻqnashuvini aniqlaydi, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning xodimlariga raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga amal qilish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha maslahatlar beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopoliyaga qarshi komplayens masalalari boʻyicha muntazam ravishda treninglar oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarning loyihalarini oʻrganadi va raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan normalar aniqlangan taqdirda, bu haqda rahbarni xabardor qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy organlari oʻzlarining hududiy boʻlinmalarida monopoliyaga qarshi komplayens tizimining joriy etilishi va samarali faoliyat koʻrsatishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili birinchi fevralga qadar monopoliyaga qarshi komplayens haqidagi hisobotni davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rahbariyatiga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vakolatli shaxsning (boʻlinmaning masʼul xodimlarining) lavozimga tayinlanishi va lavozimdan ozod etilishi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organida — rahbar tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruv organlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyat hududiy organlarida — mazkur organlarining rahbarlari tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida — viloyat, tuman (shahar) hokimi tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektda — ijro etuvchi organ tomonidan kuzatuv kengashi (agar mavjud boʻlsa) bilan kelishilgan holda, monopoliyaga qarshi organni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda monopoliyaga qarshi organni xabardor qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organi — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasini;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmalariga xabarnoma yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli shaxs (boʻlinma) davlat boshqaruvi organida bevosita rahbarga, davlat boshqaruv organlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyat hududiy organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida viloyat va tuman hokimlariga, xoʻjalik yurituvchi subyektda ijro etuvchi organga yoki kuzatuv kengashiga (agar mavjud boʻlsa) boʻysunadi va hisobdor boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vakolatli shaxs (boʻlinmaning masʼul xodimlari) lavozimiga nomzod quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyot, boshqaruv tizimi (menejment), huquq yoxud davlat boshqaruvi organi yoki xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustuvor ravishda komplayens, xavflarni boshqarish, ichki audit yoxud davlat organi yoki xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatini yuridik taʼminlash yoʻnalishlari boʻyicha kamida bir yillik ish tajribasining mavjudligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Monopoliyaga qarshi kurashish organi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish va faoliyatini yuritishda hamda raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xavflarini kamaytirish boʻyicha bir yilga moʻljallangan “yoʻl xaritasi”ning ishlab chiqilishida koʻmaklashadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xavflarini kamaytirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish natijalarini oʻrganadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopoliyaga qarshi komplayens tizimining asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarining bajarilish natijalarini baholaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan taqdim etilgan monopoliyaga qarshi komplayens haqidagi hisobotni oʻrganadi hamda kamchiliklar va qonunbuzarliklar aniqlangan taqdirda, davlat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tegishli ogohlantirishlar beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konsalting kompaniyalarni jalb etgan holda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish boʻyicha seminarlar, konferensiyalar va amaliy treninglarni tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish va uning ijrosini monitoring qilish, raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xavflarini aniqlash va baholash, monopoliyaga qarshi komplayens tizimini ishlash samaradorligining asosiy koʻrsatkichlari va uni baholash tartibi hamda boshqa chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi namunaviy nizomni ishlab chiqib tasdiqlaydi, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yetkazadi hamda Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xavflarini aniqlash maqsadida vakolatli shaxs (boʻlinma) tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishiga yoki bozorda raqobatni cheklashga olib keladigan normalar va qoidalarni aniqlash maqsadida normativ-huquqiy hujjatlarni oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy etiladigan yangi cheklovlar, ruxsat berish tartib-taomillarining yangi turlari, litsenziyalarni, shuningdek, ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni yoki litsenziyalarni olish uchun qoʻshimcha talablar yoki shartlarni hamda texnik tartibga solish talablarining joriy etilishini oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tender va birja savdolariga qoʻyiladigan monopoliyaga qarshi talablarga amal qilinishini tahlil qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xaridlarining raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniqlangan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish holatlarini tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini qoʻllash amaliyotini monitoring va tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xavflarini kamaytirish boʻyicha ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini muntazam ravishda baholash;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan oʻzining ustun holatini suiisteʼmol qilishga, monopol yuqori yoki monopol past narxlarni oʻrnatishga, kontragentlarga manfaatsiz va cheklovchi shartnoma shartlarini majburan qabul qildirishga, til biriktirishlar, kelishuvlar va kelishilgan harakatlarni aniqlash, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tovar bozoriga kirishiga toʻsiqlar yaratishga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarni oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektning raqobat tartib-taomillarini, shu jumladan, savdolar va birja savdolarini oʻtkazish va ularda qatnashish boʻyicha talablarga amal qilishini oʻrganish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vujudga kelish ehtimoli boʻlgan monopoliyaga qarshi xavflarni tahlil qilish va ularning roʻyxatini komplayens-xavflar xaritasi koʻrinishida tuzish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xavflarini kamaytirish boʻyicha ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligini muntazam ravishda baholash.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining xususiyatidan kelib chiqqan holda, monopoliyaga qarshi komplayens tizimining samarali ishlashiga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar ham amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish boʻyicha aniqlanadigan xavflar vakolatli shaxs (boʻlinma) tomonidan mazkur nizomga ilovaga muvofiq darajalar boʻyicha taqsimlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi xavflari boʻyicha oʻtkazilgan baholash ishlari asosida vakolatli shaxs (boʻlinma) tomonidan xavflar tavsifi tuziladi, unga xavflarning paydo boʻlish sabablari va shartlarini baholash ishlari ham kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xavflarini tahlil qilish, aniqlash va baholash toʻgʻrisidagi axborot monopoliyaga qarshi komplayens haqidagi hisobotga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Monopoliyaga qarshi komplayens tizimining ishlash samaradorligini baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimining ishlash samaradorligini baholash uchun asosiy koʻrsatkichlar belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimining ishlash samaradorligini baholash boʻyicha asosiy koʻrsatkichlarni hisoblash metodikasi monopoliyaga qarshi kurashish organi tomonidan ishlab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Vakolatli shaxs (boʻlim) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimining erishilgan asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarini baholaydi (yilda kamida bir marta).
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimining ishlash samaradorligini baholash boʻyicha asosiy koʻrsatkichlarga erishilgani toʻgʻrisidagi axborot monopoliyaga qarshi komplayens haqidagi hisobotga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Monopoliyaga qarshi komplayens haqidagi hisobot
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Monopoliyaga qarshi komplayens haqidagi hisobot quyidagilarni oʻz ichiga qamrab oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xavflari boʻyicha oʻtkazilgan baholash ishlarining natijalari hamda kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarning bajarilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopoliyaga qarshi komplayens tizimining asosiy samaradorlik koʻrsatkichlariga erishilgani haqidagi axborot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan tasdiqlangan monopoliyaga qarshi komplayens boʻyicha hisobot oʻzlarining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi va uch ish kuni ichida monopoliyaga qarshi kurashish organiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Mazkur nizomni qoʻllash bilan bogʻliq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Mazkur nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi 114-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Monopoliyaga qarshi komplayens madaniyati va siyosatini joriy qilish

1.

Monopoliyaga qarshi komplayens faoliyatini tashkil etish.

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son Farmonga 5-ilova bilan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan davlat ishtirokidagi korxonalar, tabiiy monopoliya subyektlari, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek oxirgi uch yilda tovar sotishdan olingan jami tushumining oʻrtacha yillik miqdori 30 milliard soʻmdan oshadigan korporativ buyurtmachilarda (keyingi oʻrinlarda — xoʻjalik yurituvchi subyektlar) monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish.

2021 — 2024 yy.

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,

“Uzbekistan Airways” AJ,

“Kvars” AJ,

“Asaka” aksiyadorlik tijorat banki,

“UzAuto motors” AJ,

“Oʻztransgaz” AJ,

“Navoiyazot” AJ,

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ,

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ,

“Qizilqumsement” AJ,

xoʻjalik yurituvchi subyektlari,

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2.

Xavflarni baholash tartibini tashkil etish.

Xavflarni baholash tartib qoidalari boʻyicha ichki nizomlar va (yoki) koʻrsatmalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil aprel

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,

“Uzbekistan Airways” AJ,

“Kvars” AJ,

“Asaka” aksiyadorlik tijorat banki,

“UzAuto motors” AJ,

“Oʻztransgaz” AJ,

“Navoiyazot” AJ,

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ,

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ,

“Qizilqumsement” AJ,

xoʻjalik yurituvchi subyektlari,

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

3.

Jamiyatda raqobat madaniyati va raqobatga qarshi har qanday xatti-harakatlarga nisbatan murosasizlikni shakllantirish.

1. Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy qilish boʻyicha seminarlar, konferensiyalar va amaliy treninglar oʻtkazish.

2021-yil aprel-may

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2. Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish va uning ijrosini monitoring qilish, raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xavflarini aniqlash, monopoliyaga qarshi komplayens tizimini ishlash samaradorligining asosiy koʻrsatkichlari va uni baholash tartibini nazarda tutuvchi namunaviy nizomni ishlab chiqish.

2021-yil aprel

3. Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etilgan Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda ilgʻor xorijiy tajribaga asosan monopoliyaga qarshi komplayensning ishlash samaradorligini baholash boʻyicha asosiy koʻrsatkichlarni hisoblash metodikasini ishlab chiqish.

2022-yil 1-yanvarga qadar

4. Kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlariga monopoliyaga qarshi komplayens tizimni joriy etish sohasidagi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jahon banki hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotlari va boshqa xalqaro institutlarning texnik koʻmagidan foydalangan holda xalqaro ekspertlar va professor-oʻqituvchilarni jalb qilish.

Doimiy

II. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga zid xatti-harakatlar xavflarini baholash

4.

Barcha faoliyat turlari boʻyicha monopoliyaga qarshi xavflarni baholash va komplayens xavflarini minimallashtirish.

Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish xavfining oldini olish yillik harakatlar rejasini (“yoʻl xaritasi”) ishlab chiqish.

Har yili dekabr oyi

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,

“Uzbekistan Airways” AJ,

“Kvars” AJ,

“Asaka” aksiyadorlik tijorat banki,

“UzAuto motors” AJ,

“Oʻztransgaz” AJ,

“Navoiyazot” AJ,

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ,

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ,

“Qizilqumsement” AJ,

xoʻjalik yurituvchi subyektlari,

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

5.

Yoʻl xaritasida belgilangan bandlarning bajarilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish.

1. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish xavfining oldini olish yillik harakatlar rejasini (“yoʻl xaritasi”) ishlab chiqish va uning bajarilishi boʻyicha doimiy ravishda monitoring ishlarini olib borish.

2. Raqobat huquqini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida doimiy ravishda maʼlumot toʻplash va natijalarga koʻra ularda raqobat huquqini qoʻllash amaliyotidagi oʻzgarishlar va asosiy jihatlar boʻyicha tahliliy hisobot tayyorlash.

3. Raqobat qonunchilik hujjatlari normalarini qoʻllash amaliyotidagi natijalarni muhokama qilish va uchrashuvlarini oʻtkazish.

Doimiy

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

III. Monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish samaradorligini baholash

6.

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens faoliyatining samaradorligini baholash.

Monopoliyaga qarshi komplayens faoliyatining samaradorligini baholash uchun asosiy koʻrsatkichlarni hisoblash metodikasini ishlab chiqish.

2021-yil aprel

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

7.

Monopoliyaga qarshi komplayensning samaradorligini monitoring qilish.

1. Monopoliyaga qarshi komplayens boʻyicha hisobot tayyorlash:

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda raqobat toʻgʻrisidagi qonun buzilishi xavfini baholash natijalari toʻgʻrisida;

raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi xavfini kamaytirish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi toʻgʻrisida;

monopoliyaga qarshi komplayensning asosiy koʻrsatkichlariga erishish toʻgʻrisida;

monopoliyaga qarshi komplayens faoliyatining samaradorligini baholash uchun asosiy koʻrsatkichlarni hisoblash toʻgʻrisida.

Har yili 15-dekabrga qadar

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,

“Uzbekistan Airways” AJ,

“Kvars” AJ,

“Asaka” aksiyadorlik tijorat banki,

“UzAuto motors” AJ,

“Oʻztransgaz” AJ,

“Navoiyazot” AJ,

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ,

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ,

“Qizilqumsement” AJ,

xoʻjalik yurituvchi subyektlari,

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2. Monopoliyaga qarshi komplayens toʻgʻrisidagi hisobotni rasmiy veb-saytga joylashtirish va monopoliyaga qarshi organga yuborish.

Har yili 25-dekabrga qadar

8.

Monopoliyaga qarshi komplayensni amalga oshirish natijalarini baholash.

1. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi xavfini kamaytirish boʻyicha harakatlar xaritasi (yoʻl xaritasini) amalga oshirish natijalarini oʻrganish.

2. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi xavfini baholash natijalarini tahlil qilish orqali tavsiyalar ishlab chiqish.

3. Monopoliyaga qarshi komplayens koʻrsatkichlarining bajarilishi haqidagi natijalarni baholash.

Har yili, yanvar-fevral

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish va uning ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish darajasi boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY XAVFLAR TASNIFI*
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Ehtimollikni baholash
(yuz berish ehtimollari)

Oqibatlar darajasi

Past

Oʻrtacha

Yuqori

Yuqori ehtimollik

Oʻrtacha ehtimollik

Past ehtimollik

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish darajasi boʻyicha xavflar tasnifi tavsiyaviy ahamiyatga ega boʻlib, bozor faoliyatining oʻziga xos xususiyatiga qarab oʻzgartirilishi mumkin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2021-y., 09/21/114/0175-son; 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)